SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SIYOSIY PARTIYALARNING SIYOSIY
VA IJTIMOIY AHAMIYATI
Sardor Qavmiddinovich Norboyev
TDYU magistranti sardornorboyev 1403@gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola asosan, siyosiy partiya faoliyati va uning jamiyat hayotida tutgan o'rniga bag'ishlangan. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida demokratik jarayonlar va ijtimoiy taraqqiyot davom etayotgan bir paytda siyosiy partiyalarning bu jarayonlarda ishtiroki yanada ildamlashda davom etmoqda. Ushbu maqola ham bu jarayonlar tahlili va mazmuniga asoslangan.
Kalit so'zlar: siyosiy partiya, saylov, demokratik jarayonlar, ijtimoiy taraqqiyot.
ABSTRACT
This article is mainly devoted to the activity of the political party and its place in the life of the society. Nowadays, while democratic processes and social development continue in the Republic of Uzbekistan, the participation of political parties in these processes continues to increase. This article is also based on the analysis and content of these processes.
Key words: political party, election, democratic processes, social development.
Tan olish kerakki, har qanday mamlakat nafaqat ijtimoiy va siyosiy balki iqtisodiy va madaniy jihatdan ham rivojlanishni xohlaydi va bu borada tizim ham ishlab chiqishga harakat qiladi. Chunki xalqni, millatni saqlab qolish va uni jahon miqyosida o'z o'rnini egallashi uchun albatta, davlatga tizim kerak bo'ladi. Bu tizim esa qonun deb atalmish huquqiy mexanizm orqali yuritiladi. Biz yuqorida aytib o'tgan, "rivojlanish" bevosita qonun bilan bog'liq. Qonun esa millat manfaatlarini hisobga oladigan xalqning ifodasi sifatida xalq vakillari - deputatlar ishtirokida qabul qilinadi. Va aynan shu deputatlar va ularning faoliyati biz tilga oladigan siyosiy partiya bilan bog'liqdir.
Siyosiy partiya tushunchasiga dastavval, ta'rif berishdan oldin, siyosat atamasiga ta'rif berishni afzal ko'rdik.
Siyosat deb ataluvchi ijtimoiy fenomen yoki hodisaga insoniyat o'z taraqqiyotining ibtidosidayoq duch kelgan. O'tgan uzoq tarixiy davr mobaynida bir zamonlar urug' va qabilalararo tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar to'xtovsiz rivojlanib, bu murakkab dunyoda insonlarni birga yashashdek buyuk bir san'atni egallashga o'rgatdi. Siyosat tom ma'noda odamlarning ijtimoiy hayotni tashkil etishga
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
oid ehtiyojlarini aks ettiradi va jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining in'ikosi, hosilasi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi ijtimoiy hayotning turli sohalarini yo'naltirish, turli kuchlar manfaatlari muvozanatini topish va ta'minlash orqali jamiyat yaxlitligini, jipsligini ta'minlash, taraqqiyotning ilg'or strategiyasini ishlab chiqish hamda hayotga tatbiq etishdir. Odamlar siyosatni kundalik amaliy tajriba orqali oddiy kuzatuvlar va tadqiqotlar natijasida olingan ilmiy bilimlar asosida idrok etadilar. Siyosat to'g'risidagi kundalik, tartibga solinmagan tasavvurlar ko'p ming yillardan buyon mavjud. U yoki bu shaklda ular har bir insonda mavjud ommaviy ongning ajralmas qismini tashkil etadi. Bunday tasavvurlarga ko'ra kundalik hayotda aniq maqsadga yo'naltirilgan har qanday faoliyatni siyosat deb atash mumkin. Lekin siyosiy hodisalarning asosan tashqi, amaliy tomonini aks ettiruvchi kundalik bilimlar voqelikni chuqur va har tomonlama aks ettira olmaydi. Siyosat to'g'risidagi kundalik tasavvurlarning noaniqligi, cheklanganligi avvalo siyosat deb ataluvchi hodisaning murakkabligi, ko'pqirraliligi, sermazmunligiga borib taqaladi. Shuning uchun ham kundalik ijtimoiy bilimlar siyosat dunyosida odamlar uchun ishonchli yo'llanma bo'la olmaydi. Siyosat atamasining ilmiy talqinlari birmuncha ziddiyatli bo'lsa-da, mantiqiy asoslanganligi va tartibga solinganligi bilan kundalik tasavvurlardan ajralib turadi1.
Siyosiy partiya - O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro'yobga chiqarishga intiluvchi hamda o'z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko'ngilli birlashmasidir2. Bundan ko 'rinib turibdiki, siyosiy partiya oddiy xalqning siyosiy jarayonlarga ishtirok etishini ta 'minlaydigan eng muhim va eng oson yo 'ldir.
Ma'lumki, mamlakatimiz o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'ygan hozirgi vaqtda barcha soha va tarmoqlarda chuqur demokratik o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Taraqqiyot strategiyasi asosida jamiyatimizda ko'ppartiyaviylik, siyosiy plyuralizm, fikrlar rang-barangligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirishga alohida e'tibor berilmoqda.
Bugungi kunda yurtimizda beshta siyosiy partiya - "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati -O'zbekiston liberal-demokratik partiyasi, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi va Ekologik partiya faoliyat ko'rsatmoqda. Ularning o'z g'oya va dasturlarini amalga oshirishi, saylovlarda tenglik, ochiqlik va xolislik tamoyillari asosida faol ishtirok etib, parlament, mahalliy vakillik organlarida o'z fraksiyalari va partiyaviy guruhlarini
1 X.T. Odilqoriyev, D.X. Razzoqov "Siyosatshunoslik" :. Toshkent - 2012
2 "Siyosiy partiyalar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni // https://lex.uz/acts/-54191
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
shakllantirishi hamda mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha qonuniy asoslar yaratilgan.
Partiyalarning siyosiy ahamiyati haqida gapiriladigan bo'lsa asosan, ularning bevosita hokimiyatni, davlat vakillik organlari tarkibini shakllantirishda ishtirokini nazarda tutish mumkin. Bu saylov bilan bo'g'liq tushunchadir. Milliy qonunchiligimizda bo'lajak saylovlarda deputatlikka nomzodlar faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilishi qat'iy belgilab qo'yilgani har bir partiyaga katta huquq va imkoniyat berishi bilan birga yuksak mas'uliyat ham yuklaydi. Yangi qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi bu borada yanada keng imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatlidir.
Bejizga, davlatimiz rahbari "Har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas bo'lib, uning o'tkir talablariga javob bergan taqdirdagina siyosiy kuch sifatida yashay
"5
oladi" deb ta'kidlamadi.
Chunki saylovlarning ko'ppartiyaviylik va muqobillik, oshkoralik va transparentlik tamoyillari asosida, dunyoda umume'tirof etilgan demokratik standartlarga mos holda o'tishi ko'p jihatdan siyosiy partiyalarning ushbu jarayonga puxta tayyorgarlik ko'rishi hamda chuqur o'ylangan yangi g'oya va maqsadlar, dasturlar bilan ularda faol ishtirok etishiga bog'liq.
Siyosiy partiyaning siyosiy ahamiyati bevosita saylovlar jarayonida va Oliy Majlis palatalarida qonunlar qabul qilinishida namoyon bo'ladi. Va bu mamlakatimizning demokratik rivoji, shuningdek, erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishning takomillashuviga xizmat qiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda: "Qaysi partiyaga mansubligidan qat'i nazar, barcha yurtdoshlarimizni birlashtiradigan yagona va mushtarak maqsad - bu jonajon O'zbekistonimiz, uning buyuk kelajagidir. Ayni shu maqsad hammamizni ona yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilishga da'vat etadi"4.
Bugungi kunda mamlakatimizda siyosiy partiyalarning faoliyatini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Prezidentimiz tomonidan bevosita jamiyatimizning barcha sohalarini isloh etish, jumladan, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda nodavlat-notijorat tashkilotlari roli muhim ekanligini doim ta'kidlanmoqda va shu kabi fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini ham qo'llab-quvvatlash borasidagi ustuvor vazifalar ham belgilab berilmoqda. Bunga esa, 2021-yil 6-yanvarda Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlisga qilingan murojaatnomada "Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda nodavlat-notijorat
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvi 2019-yil 22-avgust // https://www.uzavtoyul.uz/uz
4 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvi 2019-yil 22-avgust // https://www.uzavtoyul.uz/uz
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
tashkilotlarini qo'llab-quvvatlashni davom ettiramiz"5 deb bildirilgan fikr buning yaqqol misoldir. Vaholanki, qonunchilikka muvofiq, siyosiy partiyalar ham jamoat birlashmasi sifatida nodavlat - notijorat tashkilotidir.
Ta'kidlash joizki, so'nggi yillarda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida demokratik o'zgarishlarni amalga oshirishda nodavlat-notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy faolligi tobora kengayib bormoqda. Shu boisdan, yaqin besh yillikda nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatini rag'batlantirish va mustahkamlash borasida davlatimiz tomonidan qator chora tadbirlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Biroq, bugungi kunda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi belgilangan bo'lsa-da, amaliyotda bu tajribadan deyarli foydalanilmayapti. Shu bois, O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondiga mahalliy nodavlat-notijorat tashkilotlarni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalarni moliyalashtirish uchun davlat subsidiyasini ajratib borish vazifasi belgilanmoqda. Bu yangilik kambag'allikni qisqartirish, yangi ish o'rinlarini tashkil etish kabi ijtimoiy foydali loyihalar amaliyotini takomillashtirish imkonini beradi6.
Yuqoridagi ma'lumotlar bevosita nodavlat-notijorat tashkilotlarining shu jumladan, siyosiy partiyalarning jamiyat oldidagi ijtimoiy ahamiyatidan darak beradi. Demak, siyosiy partiyaning ijtimoiy ahamiyatga molik jihatlarini Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O'zLiDeP) misolida ko'rib chiqamiz.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi - mulkdorlar qatlami, kichik biznes vakillari, tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlar, jamoat tashkilotlari vakillari, ishlab chiqarish sohasidagi mutaxassislar hamda o'z tadbirkorligi va tashabbuskorligini rivojlantirish evaziga xalq farovonligiga erishishga harakat qilayotgan ijodkor, olimlar va barcha fuqarolarning manfaatlarini va
n
siyosiy irodalarini ifodalovchi siyosiy tashkilot hisoblanadi . Ushbu partiyaning asosiy maqsadi quyidagilardir:
Siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish;
Ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish;
Jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini ta'minlash;
5 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2021 - yil 6 - yanvar. // https://uzlidep.uz/uz/news-of-uzbekistan/7998
6 https://yuz.uz/uz/news/nodavlat-notijorat-tashkilotlarini-davlat-tomonidan-qollab-quvvatlashning-yangicha-mexanizmi-
yaratilmoqda
O'zLiDeP partiya ustavi // https://uzlidep.uz/charter-of-the-party
7
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
Shu ijtimoiy toifa nomidan O'zbekistonning siyosiy sahnasiga chiqish va o'zining munosib o'rnini egallash.
Ushbu maqsadlardan shu narsa namoyon bo'lib turibdiki, agar mazkur partiya o'z oldiga qo'ygan maqsadlarga erishsa, jamiyat ijtimoiy hayoti uchun siljishlar namoyon bo'ladi. Ya'ni, tadbirkor qatlam bu - mamlakat iqtisodiyoti uchun, ijtimoiy hayot jabhalari uchun eng kerakli qatlam vakillari sanaladi. Demak, ushbu partiya tadbirkorlik faoliyatini mamlakat miqyosida yoyishga va tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratib berishga harakat qilsa, tadbirkorlik faoliyati rivojlansa, korxonalar ko'payib, bo'sh ish o'rinlari shakllanadi, kambag'allik qisqarishiga yordam beradi. Buning natijasida esa ijtimoiy qatlam egalari - oddiy xalq ham ish o'rinlariga ega bo'ladi. Buni shubhasiz, siyosiy partiyaning ijtimoiy ahamiyatga molik jihati desak mubolag'a bo'lmaydi.
Buni birgina Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O'zLiDeP) misolida emas balki boshqa siyosiy partiya misolida ko'rib chiqqan taqdirda ham ushbu jihatlar namoyon bo'ladi. Har bir siyosiy partiya o'z maqsadlariga monand tarzda mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotiga ta'sir o'tkazadi.
Muxtasar qilib aytganda, siyosiy partiya bu - xalq manfaati elchisi va uning qonuniy vakilidir. U ijtimoiy hayotda ham, siyosiy hayotda ham birdek muhim. Zero, siyosiy partiyalar demokratik jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylanishi kerak.
Foydalanilgan manbalar
1. X.T. Odilqoriyev, D.X. Razzoqov "Siyosatshunoslik" :. Toshkent - 2012
2. "Siyosiy partiyalar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni // https://lex.uz/acts/-54191
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvi 2019-yil 22-avgust // https://www.uzavtoyul.uz/uz
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2021 - yil 6 - yanvar. // https://uzlidep.uz/uz/news-of-uzbekistan/7998
5. https://yuz.uz/uz/news/nodavlat-notiiorat-tashkilotlarini-davlat-tomonidan-qollab-quvvatlashning-yangicha-mexanizmi-yaratilmoqda
6. O'zLiDeP partiya ustavi // https://uzlidep.uz/charter-of-the-party