Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILIDAN XITOY TILIGA SIYOSIY MATNLAR TARJIMASI VA SIYOSIY TERMINOLOGIYASI'

O‘ZBEK TILIDAN XITOY TILIGA SIYOSIY MATNLAR TARJIMASI VA SIYOSIY TERMINOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
251
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
siyosiy matnlar tarjimasi / siyosiy terminologiya / siyosiy matnlar / Siyosatshunoslik / ijtimoiy-siyosiy institutlar / ijtimoiy qatlamlar. / translation of political texts / political terminology / political texts / Political Science / socio-political institutions / social strata.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Siddiqov, Zavqiddin

Ushbu maqola siyosiy lug‘at va terminologiyaning o‘zbek tilidan xitoy tiliga tarjima qilinishining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSLATION OF POLITICAL TEXTS FROM UZBEK INTO CHINESE AND POLITICAL TERMINOLOGY

This article is devoted to the study of the peculiarities of the translation of political vocabulary and terminology from Uzbek into Chinese

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILIDAN XITOY TILIGA SIYOSIY MATNLAR TARJIMASI VA SIYOSIY TERMINOLOGIYASI»

O'ZBEK TILIDAN XITOY TILIGA SIYOSIY MATNLAR TARJIMASI VA SIYOSIY TERMINOLOGIYASI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7352424

SIDDIQOV Zavqiddin Ilmiy maslahatchi: f.f.d., DSc Hashimova S.A.

This article is devoted to the study of the peculiarities of the translation of political vocabulary and terminology from Uzbek into Chinese

Siyosiy muhit kishilik jamiyati paydo bo'lishi bilan vujudga kelgan hamda doimo xoh u, xoh bu shaklda bo'lsin doim uning taraqqiyotiga hamrohlik qiladi. Siyosatshunoslikni o'rganish siyosiy institut va harakatlar, shuningdek siyosatning o'zinida anglashga yo'l boshlaydi. Siyosat va davlatning tabiatini tushunish uchun siyosiy muhit katta ahamiyatga egadir. Jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etgan siyosiy muhit turli ijtimoiy fanlar - iqtisodiy nazariya, huquq, jamiyatshunoslik, psixologiya va shuningdek tilshunoslar, jumladan tilshunos-tarjimonlar o'ziga diqqatini jalb etadi.

Avvalambor, siyosat so'ziga ta'rif beradigan bo'lsak, aniq va tushunarli izohni O'zbekiston milliy ensiklopediyasidan keltirishni joiz bildik. Mazkur manbada izohlanichicha: "Siyosat — davlatni boshqarish san'ati. Siyosat turli ijtimoiy-siyosiy institutlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqa va guruhlar o'rtasidagi munosabatlar bilan bog'liq. Uning mohiyatini davlat hokimiyati shakllari, uni amalga oshirish va boshqarish tashkil etadi. Siyosat keng ma'noda jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy hayoti, davlat hokimiyati, uning ichki va tashqi faoliyati, siyosiy tashkilotlar va harakatlarning hokimiyatga munosabati, uni boshqarishda siyosiy manfaatlarni amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlarini o'zida ifoda etadi"1.

Siyosiy matnlar bizni har tomonlama o'rab turuvchi axborot manbaidir. Biz ro'znoma, jurnal va yangiliklar saytlarini o'qiymiz, televizor ko'ramiz, radio eshitamiz. Ommaviy axborot vositalari har kuni bizning mamlakatimiz va boshqa davlatlarning siyosiy hayotidagi turli xabarlarni yoritadilar. Bizning siyosatchilarimiz nutqini tarjimalarsiz o'zimiz tahlil qila olsak, chet mamlakatlarining siyosat va davlat arboblari bilan esa vaziyat o'zgacha. Ularning so'zlarining asl mohiyatini to'g'ri yetkazib berish uchun avvalambor nutqni o'zbek tili yoki boshqa chet tiliga tarjima qilib olish lozim. Bu esa oson ish emas. Siyosiy tarjima bu eng og'ir tarjima turlaridan biridir.

Siyosiy matnlarga davlat, partiya va jamoat arboblarining nutqlari; xalqaro, hukumat va ijtimoiy tashkilotlar nashrlari; tinchlik uchun kurash, xalqaro ahvolning keskinligini yumshatish, qurollanishni qisqartirish va chegaralash, milliy ozodlik harakatlari, iqtisodiy aloqalarga bag'ishlangan maqolalar va h.k. kiradi.

Siyosiy matnlarning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, nafaqat mazmunli bir butunlik sifatida, ya'ni nafaqat biror-bir xabar yoki masala to'g'risida axborotni o'zida aks ettiradi, balki yana boshqa funksiyalarni ham bajaradi. Siyosiy matn - bu avvalambor, mazkur masala yuzasidan ma'lum bir nuqtai nazarning ifodasidir. Boshqacha aytganda, ijtimoiy-siyosiy matn tarjimasi auditoriyaga targ'ibot va tashviqotchilik ta'sirini o'tkazish uchun mo'ljallangan.

1 «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» - T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. Kitob 7, - B 606.

807

Siyosiy adabiyot asarlarida sintaktik vositalar faol rol o'ynaydi. Ularga quyidagi xususiyatlar

xos:

a) Uzun murakkab gaplarning mavjud emasligi

b) Jumla, xat boshi, xat boshi zanjirining aniq tartibda kelishi

v) Parallelizmlar (shuningdek sinonimlar)ning mavjudligi. Bu bilan uslubning xususiyligi, lekin siqishganlikni ifodalash xususiyatini tan olish kerak bo'ladi.

g) Mazmuniga ko'ra muhim bo'lgan so'z, so'z birikmalar, gaplarning takrorlanishi.

Janr jihatidan ijtimoiy-siyosiy materiallar turlichadir. Ye.V.Chubukova uni 3 guruhga bo'ladi.

✓ rasmiy xujjat materiallari (konstitutsiyalar va qonun chiqarish aktlari, nizomlari, partiyalar nizomi, diplomatik xujjatlar - notalar, deklaratsiyalar, kommyunike, shartnomalar va h.k.)

✓ axborot-tavsifiy materiallar (axborot qaydnomalari, ma'lumot beruvchi materiallar, tarixiy tavsiflar, biror-bir hodisa yuzasidan umumlashtiruvchi qisqacha ma'lumot xususiyatiga ega maqolalar, muammoli tematik maqolalar va h.k.)

✓ tor ma'nodagi publisistik maqolalar (munozarali maqolalar, pamfletlar, nutqlar va

h.k.)

Rasmiy hujjat materiallariga maxsus terminologiyaning ko'pligi, realiyalarning qo'llanilishi, o'ziga xos turg'un nutq iboralari (klishelar)ning ishlatilishi xosdir. Axborot tavsifiy materiallar joriy siyosiy hodisalar bilan bog'liq termin, realiya, sitata, leksika va iboralarni o'z ichiga oladi. Publisistik materiallarda (tor ma'noda) erkin so'z va hikmatli gaplar ishlatiladi.

Ijtimoiy-siyosiy matnlarning leksik tarkibiga kelsak, ikki quyi tizim - ijtimoiy-siyosiy leksika va ijtimoiy-siyosiy terminologiyani farqlaymiz.

Ijtimoiy-siyosiy terminologiya tushunchasi ostida jamoatchilik tafakkurida ijtimoiy-siyosiy hayotning muayyan tushunchalariga munosib so'z yoki so'z birikmalarini tushunamiz. Ijtimoiy-siyosiy terminologiya emotsional betaraf va siljimasdir. Ijtimoiy-siyosiy leksika o'ziga mafkuraviy vazifani bajaruvchi emotsional bo'yoqdor leksik birliklarni o'zida qamrab oladi.

Tematik jihatdan ijtimoiy-siyosiy leksika va ijtimoiy-siyosiy terminologiya nihoyatda turli. Ijtimoiy-siyosiy mazmundagi matnlar harbiy soha, diplomatiya, saylov tizimi, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, jamoatchilik faoliyati kabilarga aloqador leksika va terminologiyani o'zida qamrab oladi. Shu bilan birga shuni ta'kidlab o'tish joizki, ijtimoiy-siyosiy leksika va ijtimoiy-siyosiy terminologiya ko'p jihatdan bir-biriga to'g'ri keladi.

Termin (lot. terminus - chek, chegara, chegara belgisi) - fan, texnika va boshqa sohaga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatish doirsai shu sohalar bilan chegaralangan so'z yoki so'z birikmasi. Terminlar bir ma'noli bo'lishi, ekspressiya emotsionallikka ega emasligi kabi belgilari bilan ham umumiste'mol so'zlaridan farqlanadi2.

Siyosiy terminologiya asosan ro'znoma-axborot uslubiga xos. Ijtimoiy-siyosiy sohada terminologik tizimning tartibliligi va jiddiyligi oz kuzatiladi. Ro'znoma-axborot materiallarida ko'pma'noli terminlar, termin-sinonimlar, qisqartma termin va nomlar ko'p uchraydi. Siyosiy xitoy terminologiyasidagi falu termini ham "qonunchilik", ham "huquqiy" ma'nolarida ishlatiladi.

Siyosiy terminlarning klassifikatsiyasi quyidagicha:

1. Partiyalar nomi:

"O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi" - ^^^ll^^fiÀ^^^^ Wuzibiekesitan

renmin minzhu dang

"Fidokorlar" partiyasi-ÎËS®^^ Zuguo jinbu dang

"Adolat" partiyasi-Gongzheng shehui minzhu dang

2 Hojiev A. Lingvistik terminlarning izohli lug'ati. - T.: O'qituvchi, 1985. - B 88.

808

"Milliy tiklanish" partiyasi-^^^^^ Minzu fuxing dang

Kommunistik partiya - ^^^ Gongchan dang Liberal partiya-êlÉ^ Ziyou dang

2. Ittifoq, birlashma va tuzilma nomlari:

Shanghai hamkorlik tashkiloti - i^^f^M^K Shanghai hezuo zuzhi Markaziy Osiyo Hamkorligi Tashkiloti - ^M^f^M^K Zhongya hezuo zuzhi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi - Dulianti

Birlashgan Millatlar Tashkiloti - ^^H Lianheguo

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti - Ü'l'l^nl^M^ Ouzhou ru Ou'an zuzhi Yevropa Ittifoqi- llW Oumeng

NATO - Beiyue {ikXWl^ài^iMR Beida xiyanggongyuezhu zuzhi)

Xalqaro valyuta fondi - H^^^S^M^ Guoji huobi jijin zuzhi

Jahon banki - ^^ff^T Shijie yinhang

Osiyo taraqqiyot banki - M^'l'l^^ff^T Yazhou kaifayinhang

Islom taraqqiyot banki - ^^^^^ff^T Yisilan kaifa yinhang

Xalqaro uyushma-Guoji shehui

3. Siyosiy lavozim nomlari: President — ^ zongtong

Tashqi ishlar vaziri-^^^^ waijiao buzhang; ^^ waizhang

Diplomat-^^^ waijiaoguan

4. Siyosiy qo'mitalar nomlari: Davlat departamenti-H^l guowuyuan

Davlat xavsizlik qo'mitasi-H^^^^ guoan weiyuanhui

Xavfsizlik kengashi-H^^S^^ guoan quanli shihui

5. Jamiyat uchun falokatli faoliyat, harakat nomlari: Terrorizm - kongbuzhuyi Aqidaparastlik - yuanjiaozhizhuyi Narkomaniya - xidu

Ekstremizm - jiduanzhuyi

Korrupsiya - H^A^^ yingsiwubi Narkoagressiya - ^m^^A dupin zousi

Rasmiy ishchi hujjatlarning atamashunosligi o'zining standartliligi va qolipliligi bilan ajralib turadi. Uni bilmasdan turib tarjimon muvofiq hujjatlar matninining adekvat, rasmiy tarjimasiga erisha olmaydi.

Rasmiy qog'ozlar matnlari odatda preambula - "boshlama"lar bilan boshlanadi. Ibora va ular tarjimasining muqarrar takrorlanib turishligini hisobga olgan holda kontekstdan qat'iy nazar har safar tarjima tilida bir ekvivalentga ega boshlamalarning ro'yhatini tuzib olish ham mumkin. Masalan,

Hech shubhasiz - haowuyiwen

Hech mubolag'asiz aytish mumkinki-keyi haowu kuazhang de shuo

Shuni tan olish kerakki - ^^^^ yingdang chengren

Shu munosabat bilan-^^^ jian yuci

Alohida ta'kidlab-^Mfê^ zhuozhong zhichu

Shuni e'tiborga olib-^ÈmÏ'J zhuyidao

'Uzbekistan-China: development of R VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26

cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181-1784

economic relations" SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

Agar qo'llanish nuqtai nazaridan alohida leksik birliklarni tahlil qilib chiqsak, asliyatdagi deyarli barcha iboralar yo ekvivalentiga ega bo'ladi, yoki tarjima tilida umumma'lum bo'lgan doimiy muqobillari bo'ladi. Solishtirib ko'raylik,

Kurash timsoli bo'lmoq-zuowei douzhengxiangzheng

So'z va harakat erkinligi --yanlun xingdong ziyou

Ozodlik uchun kurash-^ЙЙШ^^ wei ziyou er douzheng

Butun dunyoda--zai quan shijie

Katta hissa qo'shmoq-^^Ш^ЙЙЁ zuochu hen da de gongxian

Ehtirom ila xotirlamoq-zunjing de zhuinian

Siyosiy qarash-Й^пЩ^ zhengzhi guandian

Irqiy diskriminatsiya (kamsitish)-^ШШШ zhongzu qishi

Siyosiy va moddiy yordam-Щ.^й^'ЩШ^Ш^Щ zhengzhiyu wuzhi shang de zhichi

Doimiy muqobillar sifatida siyosiy tashkilotlarning nomlari namoyon bo'ladi. Masalan,

Atom energiyasi komissiyasi-Ш^Ш^^^ yuanzinengweiyuanhui

Qurolsizlantirish qo'mitasi majlisi-caijun weiyuanhui huiyi

Siyosiy matnlarni o'zbek tilidan xitoy tiliga tarjima qilishda ma'lum bir siyosiy terminlarning yasalishiga ham alohida e'tibor berilsa, boshqa shu tipdagi so'zlarni ham lug'atdan izlamay turib ham anglab olish mumkin. Masalan, hozirda davlatimiz siyosatida ustuvor taraqqiyot mezonlarini xitoy tilidagi muqobillarini ko'rib chiqsak demokratlashtirish, modernizatsiya (zamonaviylashtirish), globallashtirish kabi so'zlar majhul nisbatning -lashtirish so'z shakli yasovchi qo'shimchasi bilan yasalgan. Mazkur qo'shimcha xitoy tilidagi ft hua qo'shimchasiga mos keladi. Va shu tariqa, biz tarjimonlar bu so'zlar negizining xitoy tilidagi ma'nosini bilgan holda ft hua qo'shimchasini qo'shish bilan

i?c^ft minzhuhua - demokratlashtirish,

xiandaihua - modernizatsiya, ^ï^ft quanqiuhua - globallashtirish,

yishixingtaihua - mafkuralashtirish so'zlarini hosil qilamiz. Yana shu usulda yasaluvchi so'zlarni ko'rib chiqsak: 4 Erkinlik Й^ + ft = ê^ft zizhuxing

Mustaqillik + ft = dulixing

"Pishib yetilganlik" + ft = chengshuxing

Bosqichma-bosqichlilik + ft = ßfrSft jieduanxing FaolHk №+ft=№ft jijixing

4 Pragmatizm ^Д + ^^ = ^Д^^ shiyongzhuyi

Ob'ektivizm ^Щ + ^^ = ^Щ^^ keguanzhuyi

Terrorizm Sffi + ^^ = Sffi^^ kongbuzhuyi

Ekstremizm + ^^ = jiduanzhuyi

Kapitalizm + ^^ = zibenzhuyi

Separatizm ^^ + ^^ = ^^^^ fenlizhuyi

Siyosiy terminologiya haqida gapiradigan bo'lsak, xitoy tilida siyosiy terminlarning yasalishi odatda chet tilidan o'zlashgan so'zlarning ma'nan tarjima qilish yo'li bilan amalga oshiriladi. Shu sababli ko'pincha tarjimonga mazkur so'zlarni yodda saqlab qolish, yoki bo'lmasa hech iloji bo'lmaganda so'zni ma'no jihatdan aniqlashga urinib ko'rib tarjima qilishning imkoni mavjud. Masalan,

Bugun men Qonunchilik palatasi va Senatning birinchi qo'shma majlisida so'zga chiqar ekanman, asosiy maqsadim - jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilashning konsepsiyasini, shuningdek, mamlakatimizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizatsiya va isloh etish bo'yicha oldimizga qo'yiladigan asosiy vazifalarni qisqacha bayon etishdir.

l« 2005 ^^^^^^-t^iB^^f^a^ft^ÈIft^. Jintian zai lifayuan he canyiyuan de di yi ci lianxi huiyi shang yanshuo, wo xiang xiang nimen jianyao de chanshu minzhuhua he shehui gexin de zuizhongyao de gouxiang, yiji 2005 nian he jinhou hen chang yi duan shiqi guojia gaige he xiandaihua de zhuyao renwu.

Bu jumlada ishtirok etgan "Qonunchilik palatasi" so'zi Äii lifa - "qonun o'rnatish"" va I yuan - " palata" so'zlaridan (ÄÜ); "Senat" so'zi canyi - "muhokamada ishtirok etish", "maslahatchi, senator" va I yuan - "palata" so'zlaridan ; "demokratlashtirish" so'zi

f^ min - "xalq", ^ zhu - "boshqaruv" va ^ hua - "-lashtirish" morfemalaridan ;

"modernizasiya" so'zi Щ^, xiandai - "zamonaviy" so'zi va ^ hua - "-lashtirish" morfemalaridan (Щ^^) tashkil topgan. Ko'rib turganimizdek, xitoy tilining o'ziga xosligi ham shundan iboratki, so'zlarning alohida tarkibiy qismlari ma'nosiga ko'ra butun bir so'zning tarjimasini anglab olish mumkin.

Har bir mamlakat o'zining saylov tizimiga ega bo'lib, lekin saylov kampaniyalarining texnologiyalari, maqsad va vazifalarining ko'pgina umumiy jihatlari mavjud. Saylov tematikali matnlar tarjimasida asliyat tili va tarjima tili mamlakati saylov tizimlarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

saylov - ^^ xuanju, ^^ xuanding saylovchi - ^^À xuanjuren saylov kampaniyasi - xuanju yundong

ovoz berish - toupiao, biaojue;

ovoz - sangzi, shengyin; Wii yindiao; мМ yijianzhuzhang ;Ш

piao

O'zbek tilidagi siyosiy matnni xitoy tiliga tarjima qilishda leksik birliklarning tanlanishidagi muhim jihatlaridan yana biri uning yasalish shaklidir. Turk tilida kishilar orasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalovchi toplum (jamiyat) terminsining arabcha cemiyet muqobili ham mavjud bo'lib, turkcha yozma va og'zaki nutqning turli vazifadosh uslublarida keng qo'llaniladi. Cemiyet terminsi o'zagidan arab tilida ictimai sifati yasalgan. Ictimai sifatining fransuz tilidan o'zlashgan muqobili hisoblangan sosyal so'zi turkcha nutqda ictimai sifatidan ko'ra faolroq qo'llanadi3. Turkolog tadqiqotchilarimizning jamiyatshunoslik sohasidagi terminlar tadqiqoti borasidagi xulosalari bizning o'zbek tilimizdagi "jamiyat", "ijtimoiy", "sosial" so'zlarining etimologik kelib chiqishi xususidagi masalalarni oydinlashtiradi. Lekin yuqorida (turkiy tillarda) turli vazifadosh uslublarda turli ijtimoiy terminlarning qo'llanishi turlichadir degan fikrni xitoy tiliga tadbiq etadigan bo'lsak, xitoy tilida "jamiyat", "jamoatchilik", "ijtimoiy", "sosial" singari jamiyatshunoslik terminlari birgina o'zgarmas " shehui so'zi bilan ifodalanadi. Masalan, prezidentimizning ma'ruzasida uchragan quyidagi so'z birikmalarilarini ko'rib chiqsak: Ijtimoiy va sosial guruhlar - shehui tuanti,

Jamoat tashkilotlari - shehui zuzhe,

Jamoatchilik nazorati - shehui jiandu,

3 Hamidov X., Azzamova N., Turkcha ijtimoiy-falsafiy va siyosiy terminlar tarjimasiga doir, Tarjima masalalari, ilmiy maqolalar to'plami. - T.: , 2012. - B 132

Ochiq jamiyat modellari - ^Ж^^Ш^ kaifang shehui moshi va hokazolar.

Bu yerda barcha o'rinlarda bir shehui so'zi qo'llangan bo'lib, mazkur so'zning shakli

o'zgarmasligining boisi, xitoy tili aslida amorf tillarga oidligiga borib taqaladi. Amorf tillar affikslarga ega bo'lmagan, so'zlar orasidagi grammatik aloqalar bitishuv yo'li bilan yoki yordamchi so'zlar vositasida ifodalanadigan tillardir4. Shunday ekan xitoy tilidagi so'zlar turkiy tillardagi o'zlashma so'zlar singari fleksiyaga uchramaydi.

Shuni esda tutish lozimki, har bir mamlakatda o'z terminologiyasidan foydalaniladi: the King -Hï guowang (Buyuk Britaniyada), the Queen - ï^ wanghou (Buyuk Britaniyada), the Monarch - ^^ junzhu, Kreml - kelimulingong, Qizil Maydon - ^^ hongchang.

Tashqi ishlar vaziri - Foreign Secretary (Angliyada), Secretary of State (AQShda (DS 506)), Foreign Minister (Rossiyada), ^^^^ waijiaobuzhang yoki ^^ waizhang (XXRda).

Ona tilidan chet tiliga siyosiy matnlar tarjima aynan shu jihatlarga jiddiy e'tibor qaratish kerakki, tarjimon o'z vatani hamda tarjima tili mamlakatining siyosiy hamda davlat tizimi, siyosiy lavozim antromonimikasi, faoliyat yuritayotgan partiyalar maqsad-vazifalari, huquqiy, adliya tizimi kabi siyosiy hayotidan yaxshi xabardor bo'lishi lozim. Shu tufayli mazkur ishimiz o'zbek tilidan xitoy tiliga siyosiy matn tarjimasi mavzusiga bag'ishlanganligi uchun O'zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi siyosiy tizim o'rtasidagi tafovut va mutanosiblikni ko'rsatib o'tish joiz deb o'ylaymiz.

Avvalambor so'zni XXRning davlat organlari tizimidan boshlasak,

davlat organlari hukumati bu Butunxitoy Xalq vakillari Yig'ini (Ф^АйЛ^ПШ^ШАй ^ША^ Zhonghua renmin gongheguo quanguo renmin daibiao dahui ) hamda turli darajadagi mahalliy Xalq vakillari Yig'ini (йААй^ША^ Difang renmin daibiao dahui);

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi (Ф^Ай^^ПШ^Ш Zhonghua renmin gongheguo zhuxi);

Ma'muriy davlat organlari - Davlat Kengashi (Ф^Ай^^ПШШ^Рл Zhonghua renmin gongheguo guowuyuan) va turli darajadagi mahalliy xalq hokimiyatlari (йААй^^ difang renmin zhengfu) ;

Mamlakatning harbiy ishlari yuzasidan boshqaruv organlari - Markaziy Harbiy Kengash (Ф ^^^ Zhongyang weiyuanhui);

Davlat sud-huquq organlari - Oliy Xalq Sudi (ййАй^Рл zuigao renmin fayuan), turli darajadagi mahalliy xalq sudlari (йААй^Рл difang renmin fayuan) va maxsus xalq sudlari (# tezhong renmin fayuan);

Davlat prokuratura organlari - Oliy Xalq Prokuraturasi (й^АйШШРл zuigao renmin jianchayuan), turli darajadagi mahalliy xalq prokuraturalari (йААйШШРл difang renmin jianchayuan) va maxsus xalq prokuraturalari tezhong renmin jianchayuan).

Endi esa asosan O'zbekiston Respublikasi siyosiy faoliyatning tayanchi bo'lmish davlat qurilishi bilan bog'liq atamalarning tarjimada berilishini batafsil ko'rib chiqsak.

Ma'lumki, davlat boshqaruvida qonun chiqaruvchi, ijro organlari sud hokimiyati bevosita ishtirok etadi. Shundan kelib chiqqan holda mazkur paragrafda o'zbek tilidagi davlat boshqaruvi bilan bog'liq atamalarni uch guruhga tasniflab, ularning xitoy tiliga tarjimasiini tadqiq etish maqsadga muvofiq:

1. Qonun chiqaruvchi organ bilan bog'liq atamalar

2. Ijro hokimiyati bilan bog'liq atamalar

3. Sud tizimi bilan bog'liq atamalar

Qonun chiqaruvchi organ bilan bog'liq atamalar

4 Hojiev A. Lingvistik terminlarning izohli lug'ati. - T.: O'qituvchi, 1985. - B 15.

812

O'zbek tili siyosiy atamashunosligining salmoqli qismini qonun chiqaruvchi organlari bilan bog'liq atamalar tashkil etadi. Bizga ma'lumki, xitoy tilidagi "termin"lar monosemantik, ya'ni bir ma'nolilik xususiyatiga ekan. Shunday ekan, ana shu atamashunoslikning xitoy tilidagi ekvivalentlarini aniqlashtirib olsak, siyosiy matn tarjima faoliyatida zarur bo'lgan ko'nikma, malakaga ega bo'lamiz. Bu o'rinda dastlab hokimiyat uchga bo'linishini ko'ramiz:

1. Qonun chiqaruvchi-lifa

2. Ijro etuvchi-ÍT^ xingzheng

3. Sud -sifa

ifö lifa atamasi murakkab so'z bo'lib, uning tarkibiy qismlaridan bo'lmish Ä li -o'rnatmoq, Ш fa qonun demakdir.

Ш fa morfemasi bilan qonunchilikka oid ko'plab so'zlar yasalab, mazkur morfema quyidagi ma'nolarni bildiradi:

1. Voqea-hodisalarning borishida majburiyat va o'zgarmas holatni ta'minlovchi, belgilanganlardan ortiqcha xatti-harakatlarni cheklovchi qoidalar.

2. Qonun.

3. Fan sohalarida: ko'plab tajriba va kuzatuvlardan so'ng ayni shartlardan ayni natijalar kelib chiqishini qayd etuvchi vaziyat.

4. Ijtimoiy hayotda o'z-o'zidan yuzaga kelgan va rioya qilinishi jamiyatda majburiy bo'lgan jamoa tartiblari.

5. Fikrning mantiqiy bir qimmati bo'lishi uchun amal qilinishi shart bo'lgan asos.

Шfa ning yetakchi ma'nosi "qonun"dir. O'zbek tilidagi "qonun" so'zi arabcha so'z bo'lib, "belgilangan va tasdiqlanib, xalqqa e'lon qilingan, mamlakatda yashovchi har fuqaro uchun amal qilinishi kerak bo'lgan qoida" ma'nosiga ega.

Mazkur morfemadan yasalgan % ^ xianfa so'zi, asosiy qonun, ya'ni "konstitutsiya" ma'nosini bildiradi. % xian morfemasi asli u ham "asosiy qonun", "qonunlar majmui" degan ma'nolarni anglatadi.

xianfa so'zi bir qancha yuridik atamalarining yasalishida ishtirok etadi. Masalan, ЙРл xianfa fayuan birikmasi ikki so'zdan iborat bo'lib, "Konstitutsiyaviy sud" ma'nosiga ega. Masalan:

Prezident Respublika Parlamentiga Konstitutsiyaviy Cud mahkamasi bosh sud'yasi va uning a'zolarini taklif etadi - Zongtong xiang gongheguo

yihui tichu xianfa fayuan yuanzhang he chengyuan.

O'zbek tilidagi "modda" so'zi arabcha so'z bo'lib, quyidagi ma'nolarga ega:

1. Hissiyot bilan qabul qilinadigan, bo'linadigan, og'irligi bo'lgan parcha: Tosh, havo moddadir. 2. Qism, unsur, bo'lak. 3.Qonun, shartnoma kabilarga xos matnlar, har biri alohida hukm chiqargan va ko'pincha raqam bilan belgilangan bo'lim, huquqshunoslik sohasida, demak, modda so'zining aynan shu ma'nosi nazarda tutiladi.

Xitoy tilida esa bu atama tiaowen deb tarjima qilinib, mazkur so'z o'zbek tilidagi

atamaningko'rsatilgan birinchi va ikkinchi ma'nolariga ega emas, balki faqat uchinchi, "qonun, shartnoma matnlari" ma'nosida ishlatiladi. So'zni bo'lib tahlil qilsak ^ tiao - "punkt" , ^ wen -"yozuv", "matn" ma'nolariga ega.

Masalan:

Qoraqalpog'iston Jumhuriyati Konstitutsiyasida O'zbekiston Konstitutsiyasiga zid keluvchi moddalarning bo'lishi mumkin emas.

Kalakaerpakesitan gongheguo de guojia xianfa bu neng yu Wuzibiekesitan xianfa you xiang dichu de tiaowen.

Ijro hokimiyati bilan bog'liq atamalar

Ijro hokimiyati bilan bog'liq atamalar o'zbek va xitoy tillari siyosiy atamashunosligining kichik bir qismini tashkil etadi. Bu o'rinda dastlab, hokimiyatning taqsimlanishida muhim o'rin tutuvchi ijro hokimiyati bilan bog'liq muhim atamalarni ko'rib chiqishga harakat qilamiz. Hokimiyatning taqsimlanishi prinsipiga ko'ra ikkinchi o'rinni ijro hokimiyati egallaydi.

Ijro hokimiyati xitoy tili siyosiy atamashunosligida ff^ xingzheng bo'lib, ushbu atama ff xing "shug'ullanmoq", "amalga oshirmoq" hamda Ш zheng ""boshqaruv", "siyosat" so'zlaridan yasalgan bo'lib, qabul qilingan qonunlarga amal qilib boshqaruv bilan shug'ullanish, ya'ni "ijro etish" demakdir.

Prezident rahbarligida Respublika Vazirlar Mahkamasining davlat boshqaruvini amalga oshirishda ijro etish vakolati.

йШ^Л^ШЙШт^ШЖ^Ш^тШХ Zongtong lingdao gongheguo neige xingshi guojia guanli de xingzhengquan.

ff^ xingzheng atamasi asosida qator atama va ijro bilan bog'liq iboralar yasalgan: ff^^^ xingzheng jiguan - Ijroiya kengashi: shirkat yoki kompaniyalardagi qaror qabul qiluvchi va ijro etuvchi organ:

Respublika Ijroiya organini tashkil etish va unga rahbarlik qilish

M^^M^Ä^nfflff^tX^^^ zucheng bing lingdao gongheguo xingzheng quanli jiguan ff^ xingzheng atamasi yana "ma'muriy" deb ham tarjima qilinib, ushbu so'z bilan birikkan so'z birikmalarini ko'rib chiqsak,

Ma'muriy ish-ff^Iff xingzheng gongzuo

Ma'muriy bo'linish-ff^E^'J xingzheng quhua

Ma'muriy sud protsessi-ff^Ü xingzheng susong

Dunyoning ko'pchilik mamlakatlarida ijro vakolati va mas'uliyati mamlakat prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan Konstitutsiya va qonunlarga binoan amalga oshiriladi.

"Vazir" so'zi qadim tariximizdan mavjud bo'lib kelayotgan siyosiy atamalardan bo'lib, bu so'zni tarjima qilish jarayonida tarjima tilining o'ziga xosligidan kelib chiqib hamda uning milliy koloritini saqlagan holda o'giriladi. Xitoy tiliga bu so'z ^^ buzhang, ^E dachen, ffi xiang atamalari bilan ifodalanadi. ffi xiang morfemasi "vazir" ma'nosida aslo yakka qo'llanilmaydi, bu morfema o'zidan oldin yana bir morfemani olib yuradi. Masalan, ^ffi youxiang - ikkinchi vazir (podsho maslahatchisi)

shouxiang - bosh vazir ^Fffl waixiang - tashqi ishlar vaziri

Yana shuni aytib o'tish kerakki, ffi xiang atamasi tarixiy manbalarda o'z aksini topib, bu tarixiy lavozim nomlanishi hisoblanadi.

^E dachen atamasiga kelsak, bu termin faqatgina monarxiya tuzumidagi mamlakatlarda faoliyat olib boruvchi vazirlarga nisbatan ishlatiladi.

^^ buzhang atamasi zamonaviy so'zlardan hisoblanib, hozirgi siyosiy terminologiyada asosan aynan shu atama ishlatiladi.

fflfö^^ guofang buzhang - Mudofaa vaziri caizheng buzhang - Moliya vaziri waijiao buzhang - Tashqi ishlar vaziri

neiwu buzhang - Ichki ishlar vaziri

Bevosita "Vazirlar Mahkamasi" so'ziga kelsak, xitoy tiliga tarjimada bu transliteratsiya usulida ham, kalka olish usulida ham yasalmaydi, balki aynan shu ikki komponentli so'z birikmasiga monand bitta so'z to'g'ri keladi. Bu neige so'zi bo'lib, Й nei - "ichki", Й ge esa - "davlat (ma'muriy) mahkamasi" ma'nolarini ifodalaydi.

"Parlament Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan O'zbekiston Respublikasi byudjeti va uning nazoratini ijro etish haqida qonun chiqaradi".

Yihui genju neige ti'an

tongguo Wuzibiekesitan gongheguo de yusuan bing jiandu zhixing.

Sud tizimi bilan bog'liq atamalar

Xitoy tilida sud, sud hokimyati, sud organlari ma'nosida ¿¿^ fayuan, ¿¿Ш fating atamalari qo'llaniladi.

"Sud - odil sudlovning oliy nuqtasi va uning rolini oshirish huquqiy davlat barpo etish yo'lidagi qonuniy jarayon".

"Ж Й^ЙЕЭДШША, Fayuan shi

sifa shenpan de zui gao jiguan, tigao ta de zuoyong shi fazhi guojia xingcheng de heli guocheng".

Lekin sud atamasining "huquqiy jarayon" sifatida keladigan ma'nosini E^lJ shenpan, Ei shenxun tarzida tarjima qilamiz.

Sudga bermoq - ^¿ШЕ^ jiao fating shenpan

Sud javobgarligiga tortilmoq - ^¿¿ШЕ^ shou fating shenpan

Sud chog'ida - zai kaiting shi

Xalq nomidan, hukm chiqarish vakolatidan foydalanib, qonunga qarshi xatti-harakatlarda yoki muvofiq kelmagan ishlarda qonunni bajaruvchi, adolatni qaror toptiruvchi odam, hakam, ya'ni sudya ¿¿^ faguan deb tarjima qilinib, mazkur so'zda ¿i fa - "qonun", ^ guan - "amaldor" demakdir.

Konstitutsiyaviy sud hakami faqat O'zbekiston Konstitutsiyasiga bo'ysungan holda erkin faoliyat olib boradi. Sudya daxlsizlik huquqiga ega.

^äi^^ätäÜä, ¿М^^ШШо Xianfa

fayuan de faguan duli huodong, zhi fucong Wuzibiekesitan xianfa, faguan xiangyou bu ke qinfanquan.

O'zbek tilidagi yana bir siyosiy atamalardan biri "adliya" so'zi huquq va adliya ishlari bilan shug'ullanuvchi davlat muassasalari ma'nosini anglatib, xitoy tiliga ^¿i sifa, ^¿¿ЛА sifa jiguan deb tarjima qilinadi .

Й^ shemian so'zi "avf',"amnistiya" ma'nolariga ega bo'lib, "avf" so'zi o'zbek tiliga arab tilidan o'zlashgan. "Avf' co'zining quyidagi ma'nolari bor:

1. Biror gunohni,biror aybni yoki kamchilikni kechirish. 2. Ma'zur ko'rmoq yoki ko'rishmoq. 3.Vazifasidan ozod qilinmoq.

Й^ shemian so'zi xuanbu fe'li bilan kelganida, ж^Й^ xuan bushemian "amnistiya e'lon qilmoq" ma'nosini bildiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. rn&fë. - 2002

2. - 1959 ^o

3. ЖШ 0 - 1957 ^o

4. ïH.t^^o ° Sf^tl. - Ш., 1963

5. ЖШ 0 - 1957 Щ.

6. «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» - T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.

815

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. Hojiev A. Lingvistik terminlarning izohli lug'ati. - T.: O'qituvchi, 1985. 8 Hamidov X., Azzamova N., Turkcha ijtimoiy-falsafiy va siyosiy terminlar tarjimasiga doir, Tarjima masalalari, ilmiy maqolalar to'plami. - T.: , 2012.

9. С Хашимова. О ЯВЛЕНИИ КОНВЕРСИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022.

10. С.А.Насирова (2021). Политическая метафора (на примере материала по кадровой политике современной КНР). In Resent Scientific Investigation (pp. 69-73).

11. Хашимова, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In Страны. Языки. Культура: сборник материалов XI-й международной научно-практической конференции/Под ред. проф. Абуевой ННМахачкала: ДГТУ. 391 с (p. 361).

12. Хашимова, С. А. (2020). Особенности образования неодушевлённых существительных при помощи суффиксации в современном китайском языке. Modern Oriental Studies, 2(2), 3446.

13. Nasirova, S. A. (2019). Modification of semantics of social terms of the modern Chinese language. Opción: Revista de Ciencias Humanas y Sociales, (24), 260-273.

14. Хашимова, С. А. (2022). АГГЛЮТИНАТИВНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 196-202.

15. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10.

16. Насирова, С. А. (2020). Генезис общественно-политической терминологии китайского языка через призму истории китайской дипломатии. Modern Oriental Studies, 2(2), 22-33.

17. Хашимова, С. А. (2022). О НЕКОТОРЫХ ОСОБЕННОСТЯХ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). SO 'NGIILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 7(1), 85-91.

18. Хашимова, С. А. (2022, September). ОБРАЗОВАНИЕ ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ С ПОМОЩЬЮ АФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In E Conference Zone (pp. 5-10).

19. Abdullayevna, H. S. (2020). Peculiarities of the formation of animated nonsignificant using suffixing in the modern chinese language. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1504-1511.

20. Хашимова, С. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ ЧИСЛИТЕЛЬНЫХ ПРИ ПОМОЩИ АФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. World scientific research journal, 7(1), 20-23.

21. Насирова, С. А., Хашимова, С. А., & Рихсиева, Г. Ш. ВЛИЯНИЕ ПОЛИТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ КИТАЯ НА ФОРМИРОВАНИЕ ОБЩЕСТВЕННО -ПОЛИТИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ. Ответственный редактор, 162.

22. NS Abdullayevna.±£mRffl^№^^:

ШНЙ^^Ь' 87, 0

23. С.А.Насирова. Институт евнухов в древнем Китае: причины возникновения и особенности (2022). Фундаментальные и прикладные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации. С. 187-188.

24. NS Abdullayevna. Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии (2019). In КИТАЙСКАЯ ЛИНГВИСТИКА И СИНОЛОГИЯ 3,384,2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.