Научная статья на тему 'INSONPARVARLIK TAMOYILLARI ASOSIDA QURILGAN JAMIYAT TARAQQIYOTIDA MA’NAVIY TARG‘IBOT ISHLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

INSONPARVARLIK TAMOYILLARI ASOSIDA QURILGAN JAMIYAT TARAQQIYOTIDA MA’NAVIY TARG‘IBOT ISHLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ochiqlik / oshkoralik / shaffoflik / Yangi O'zbekiston / strategiya / insonparvarlik / axloqiy munosabatlar / erk / sharaf

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sabo Tulanovna Burxonova

Mazkur maqolada mamlakatimizda insonparparlik tamoyillariga asoslangan jamiyatning barpo etilishi, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va mustahkamlash, ularning erkin faoliyati kafolatlarini ta‟minlash, davlat organlarining fuqarolar bilan yaqin hamkorligini ijtimoiy sheriklik orqali yo„lga qo„yish, davlat organlari faoliyati ustidan ta‟sirchan jamoatchilik nazoratini o„rnatish yuzasidan kompleks va izchil ishlar amalga oshirilishi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSONPARVARLIK TAMOYILLARI ASOSIDA QURILGAN JAMIYAT TARAQQIYOTIDA MA’NAVIY TARG‘IBOT ISHLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

INSONPARVARLIK TAMOYILLARI ASOSIDA QURILGAN JAMIYAT TARAQQIYOTIDA MA'NAVIY TARG'IBOT ISHLARINING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Sabo Tulanovna Burxonova

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada mamlakatimizda insonparparlik tamoyillariga asoslangan jamiyatning barpo etilishi, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va mustahkamlash, ularning erkin faoliyati kafolatlarini ta'minlash, davlat organlarining fuqarolar bilan yaqin hamkorligini ijtimoiy sheriklik orqali yo'lga qo'yish, davlat organlari faoliyati ustidan ta'sirchan jamoatchilik nazoratini o'rnatish yuzasidan kompleks va izchil ishlar amalga oshirilishi yoritib berilgan.

Kalit so'zi: ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik, Yangi O'zbekiston, strategiya, insonparvarlik, axloqiy munosabatlar, erk, sharaf

Globallashuv jarayoni tobora avj olayotgan va jamiyatga xos axloqiylik, insoniylik tushunchalarining qadri sayozlashayotgan bugungi sinov davrida kelajak avlodga ma'naviy meros qoldirish masalasiga nisabat o'ylaymizki, hech kim befarq va loqayd emas. Ayniqsa, yurtdoshlarimizga ma'naviy va moddiy yordam taqdim etayotgan, muhtojlarga yordam qo'lini uzatayotgan, bunday savobli ishlar uchun o'z vaqti, mablag'i va xizmatlarini ayamayotgan turli tashkilotlar mas'ullari, deputatlar, tadbirkorlar - barcha saxovatpesha insonlarning sa'y-harakatlari tahsinga sazovordir.

Ma'lumki, insonparvarlik ("inson" arabcha; "parvar" fors-tojikcha; "lik"-o'zbekcha ko'plik qo'shimchasi bo'lib - kishiga g'amxo'rlik, gumanizm) odamzodning qadri, uning erkinligi qobilyatlari har tomonlama nomoyon bo'lishi uchun kurashish, insonning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta'min etishga intilish, insoniylikning barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma'nosini anglatadi [1]. Insonparvarlikning yuksak darajada taraqqiy etishi jamiyatning ma'naviy meros va milliy qadriyatlariga bo'lgan munosabatiga bog'liqdir.

Ma'naviy meros va milliy qadriyatlarga aksiologik yondashuvning to'rtta asosiy mezoni mavjud bo'lib, ular: insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik va taraqqiyparvarlikdir. Insonparvarlik esa ma'naviyat va madaniyat uchun universal mezon bo'lib, u ma'naviy merosning har bir muayyan hodisasi, qadriyatning inson

17-aprel, 2024

588

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

uchun, uning aqliy va hissiy kamoloti, erkin yashashi, ozodligi uchun qay darajada xizmat qilishi va qay darajada ahamiyatliligini aniqlashga imkon beradi. Ma'naviy meros jamiyatda alohida olingan inson uchungina emas, balki butun jamiyat, xalq uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ma'naviy merosni baholaganda umummilliy manfaatlardan kelib chiqish lozim.

Yangi O'zbekistonni barpo etishning ma'naviy omillari ta'sirchanligini oshirishdek serqirra jarayon bilan bog'liq ustuvor yo'nalishlar davlatimiz rahbarining "2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi [2] Farmoni va u bilan tasdiqlangan "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi" belgilab olingan edi. Bugungi kunda u Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasi timsolida davom etayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz.

Xususan, ushbu strategiyada davlat va jamiyat hayotini isloh qilish rejalar majmuida alohida o'rin tutadi. O'zbekiston birmuncha murakkab bo'lsa-da, eng to'g'ri yo'ldan, ya'ni jamiyat hayotining barcha jabhalariga bir-biriga bog'liq komponentlar sifatida yondashib, ularning barchasini qamrab olgan kompleks islohotlarni amalga oshirish yo'lidan borayotir. Bu esa tariximizda, qolaversa, boshqa davlatlar tajribasida bugungi kunda kuzatilayotgan kamchiliklar, aniqrog'i, isloh qilinayotgan sohani bunday Yangilanishlardan chetda qolgan boshqa sohalar orqaga tortishi mumkinligi kabi holatlarning oldini oladi.

Shu ma'noda, bugungi kunda Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan tub islohotlar ham istiqlol yillarida mazkur yo'nalishdagi ezgu intilishlarning mantiqiy davomi bo'lmoqda, deyish mumkin. Bu asosdagi islohotlar odamlarni ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik muhitida yashash va ishlashga ham da'vat etmoqda. Bunday haqchil muhitda yashashga intilish esa xalqimizni har tomonlama mukammal, farovon turmush kechirishini ta'minlaydi. Darhaqiqat, Taraqqiyot strategiyasi demokratik rivojlanishning Yangi bosqichini boshlab berdi.

Mazkur strategiya asosida keng ko'lamda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan aynan davlat va fuqarolik jamiyati o'rtasidagi yaqin hamkorlikka bog'liq jarayondir. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Bizning muhim vazifamiz - fuqarolar, davlat va jamiyat o'rtasida o'zaro mas'uliyat, huquq va burchga bog'liq ekaniga oid prinsipni izchil amalga oshirishdan iborat. Bu prinsip mamlakatimiz oldida turgan muhim vazifalarni hal qilishda davlat va fuqarolik jamiyati o'rtasida samarali hamkorlikni ta'minlaydigan konstitutsiyaviy asosdir. Biz barchamiz - fuqarolar ham,

17-aprel, 2024

589

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

jamiyat ham, davlat ham Vatanimiz ravnaqi uchun, mamlakatimizda tinchlik-barqarorlikni mustahkamlash uchun, tarixiy, ma'naviy va madaniy merosimizni saqlash, boyitish va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish uchun birdek mas'ulmiz"

[4].

Bu borada amal qilayotgan qonunlar har bir fuqaroga emin-erkin yashash va shaxsiy fikrlash, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligiga erishish, ular ishi bo'yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqini kengaytirdi. Mamlakatimizda qaror topgan etnik, ma'naviy muhit sog'lomligi o'z navbatida o'sha munosabat asosida jonkuyarlik, daxldorlik, majburiyat, mas'uliyat hislarini o'zida mushtarak etgan vatanparvarlik ruhini qaror toptirmoqda.

Bizga ma'lumki ma'naviy hayot haqiqiy ma'nodagi insoniy hayot, faoliyat, muayyan ijtimoiy sohada kishilar kechiradigan hayotdir. Ma'naviy hayot kishilar mavjudligining real, jonli jarayoni, har qanday darajadagi mavjudligi ifodasi bo'lib, u kundalik oddiy tushunchalardan tortib, insoniyatning eng qaynoq ijodi, ruhiy olami, hissiy kechinmalarigacha bo'lgan holatlarni o'z ichiga oladi [5]. Aynan shuning uchun ham insonparvar jamiyat taraqqiyotida ma'naviy omillar va tamoyillar eng muhim mezonlardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda "Davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak" degan tamoyil mamlakatimizni rivojlantirish va Yangi O'zbekistonni barpo etish strategiyasini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati, nodavlat tashkilotlar va OAVni qo'llab-quvvatlashda insonparvarlik g'oyalari asos bo'lib xizmat qilmoqda.

Bu jihatdan, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash samarali boshqaruvni amalga oshirishdagi ustuvor yo'nalishlardan biridir.

Keyingi yillarda fuqarolik jamiyati institutlari mustahkamlandi, jamoatchilik nazorati kuchaytirildi, nodavlat tashkilotlar tizimi faol rivojlantirilmoqda. Oila instituti va jamiyatning ma'naviy-axloqiy negizini mustahkamlash bo'yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda, barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Bugungi kunda O'zbekistonda 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda va ular mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda yaqindan ko'maklashmoqda. Shuning uchun parlament qoshida bir necha yildan buyon Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyat olib bormoqda.

So'nggi yillarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash, davlat organlari va ular o'rtasida ijtimoiy

17-aprel, 2024

590

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2Q3Q Strategy:

opporiunitiesjoRealizeHumnPoientiaL

sheriklikni kuchaytirish, ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida izchil ishlar olib borildi.

Xususan, 2017-2021 yillarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 1270 dan ortiq loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Davlat budjetidan 117 milliard so'm miqdordagi mablag'lar ajratildi. Normativ-huquqiy baza yanada takomillashtirilib, 20 ga yaqin qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Ko'rilayotgan choralar natijasida 2017-2021 yillarda fuqarolik jamiyatining eng asosiy instituti hisoblanadigan nodavlat notijorat tashkilotlari soni 20,7 foizga oshdi, shu jumladan 187 ta yirik respublika nodavlat notijorat tashkilotlari o'z faoliyatini boshladi [3].

Nodavlat notijorat tashkilotlari manfaatlarini ifoda etish, davlat bilan ular o'rtasidagi ko'prik vazifasini bajarishga qaratilgan, aholi bilan ochiq muloqot olib borishning Yangi samarali vositalarini joriy etish maqsadida davlat organlari huzurida jamoatchilik nazorati tizimi faoliyati yo'lga qo'yildi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ushbu jarayonlarning oqilona mujassamlashishi, ommalashuvi va tijoratlashuvini ijtimoiy muammolarni hal etish, hozircha jahon andozalari pog'onasiga ko'tarilmagan muomalar, muloqot madaniyati, xulq-atvor, yurish-turish, kiyinish odobi, bo'sh vaqtni mazmunli tashkil etish kabi kundalik odatlarni yuqori madaniyat tomonga yetaklaydigan omil desak mubolag'a bo'lmaydi. Aholi dam olish maskanlari, nodavlat madaniy-ma'rifiy muassasalar, teatrlar faoliyatini, shu jumladan diniy muassasalarni keng rivojlantirish bu borada mutaxassislarga katta vazifa yuklaydi.

Bugungi kunda iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyotlarning o'zaro mutanosib uyg'un tarzda rivojlanib kelayotgani mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bo'lib xizmat qilmoqda. Demak, ma'naviyat va iqtisod bir-birini inkor qilmaydi, balki bir-birini quvvatlab, o'zaro ta'sirlanib, rivojlanib boradi.

Yurtimizda iqtisodiy islohotlarning yangi, yuqori bosqichiga o'tayotgan ekanmiz, bu fan, madaniyat va ma'naviyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda, albatta. Bu esa, o'z navbatida, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan demokratik davlatni yanada rivojlantirishga muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Hamdamova M. Ma'naviyat asoslari (Barkamol avlodni tarbiyalashda uzluksiz ta'limni insonparvarlashtirish texnologiyasi). -Toshkent, Fan va texnologiya, 2008. -B. 6.

17-aprel, 2024

591

Tashkent State University of Economics

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoni. // https://www.lex.uz/docs/-3107036

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 martdagi "2021-2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6181-sonli Farmoni. // https://www.lex.uz/uz/docs/-5319756

4. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi. // https: //www.president.uz/oz/lists/view/1328.

5. Umarov E., Abdullayev M. Ma'naviyat asoslari. O'quv qo'lanma. -Toshkent: Cho'lpon, 2006. -B. 36.

6. Tulanovna, B. S. (2023). On the Wide Celebration of the 75th Anniversary of the Adoption of the Universal Declaration of Human Rights. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 4(10), 30-32.

7. Tulanovna, B. S. (2023). Advantages and Disadvantages of Online Education Tools. American Journal of Science on Integration and Human Development (29932750), 1(2), 21-23.

8. Бурхонова, С. Т. (2023, April). Концепция Преподования Истории Как Предмет В Учбных Заведениях. In Conference on Applied and Practical Sciences (pp. 85-87).

9. Бурхонова, С. (2023). XIX АСР ОХИРИ-ХХ АСР БОШЛАРИДАДА ХАЛК ТАЪЛИМИ, МАЪНАВИЙ-МАЪРИФИЙ ДАРАКАТЛАР.(ЖИЗЗАХ ВИЛОЯТИ МИСОЛИДА). Talqin va tadqiqotlar, 1(24).

10. Tulanovna, B. S. (2023). The Importance of Youth Education in the Development of the New Uzbekistan. Journal of Innovation in Education and Social Research, 1(2), 1-3.

592

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.