Научная статья на тему 'JAMOATCHILIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MAHALLA INSTITUTINING ROLI: TAJRIBA VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI'

JAMOATCHILIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MAHALLA INSTITUTINING ROLI: TAJRIBA VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
78
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mahalla / fuqaro / jamoatchilik nazorati / mahalla instituti / vakolat. / mahalla / citizen / public control / mahalla institution / power.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — D. Oltinbekova

Maqolada mahalla tizimida ijtimoiy faoliyatning asosiy yo’nalishlarini o’rganib chiqish, aholining turmush darajasini yanada oshirish, ushbu jarayonda ijtimoiy ish xodimlarining o’rni va ahamiyatini ko’rsatib berishga alohida e‘tibor qaratilgan, mahalla instituti faoliyatining asoslari o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE MAHALLA INSTITUTION IN THE IMPLEMENTATION OF PUBLIC CONTROL: EXPERIENCE AND DEVELOPMENT PROSPECTS

The article is devoted to the study of the main areas of social activity in the mahalla system, improving the standard of living of the population, showing the role and importance of social workers in this process, as well as the basics of the mahalla institution.

Текст научной работы на тему «JAMOATCHILIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MAHALLA INSTITUTINING ROLI: TAJRIBA VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

JAMOATCHILIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MAHALLA INSTITUTINING ROLI: TAJRIBA VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Oltinbekova Dilhumor

O'zDJTU 3 Ingliz tili fakulteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7069601

Annotatsiya. Maqolada mahalla tizimida ijtimoiy faoliyatning asosiy yo'nalishlarini o'rganib chiqish, aholining turmush darajasini yanada oshirish, ushbu jarayonda ijtimoiy ish xodimlarining o'rni va ahamiyatini ko'rsatib berishga alohida e 'tibor qaratilgan, mahalla instituti faoliyatining asoslari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: mahalla, fuqaro, jamoatchilik nazorati, mahalla instituti, vakolat.

РОЛЬ ИНСТИТУТА МАХАЛЛИ В ОСУЩЕСТВЛЕНИИ ОБЩЕСТВЕННОГО КОНТРОЛЯ: ОПЫТ И ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ

Аннотация. Статья посвящена изучению основных направлений социальной деятельности в системе махалли, повышению уровня жизни населения, показу роли и значения социальных работников в этом процессе, а также основам деятельности института махалли.

Ключевые слова: махалля, гражданин, общественный контроль, институт махалли, власть.

THE ROLE OF THE MAHALLA INSTITUTION IN THE IMPLEMENTATION OF

PUBLIC CONTROL: EXPERIENCE AND DEVELOPMENT PROSPECTS

Abstract. The article is devoted to the study of the main areas of social activity in the mahalla system, improving the standard of living of the population, showing the role and importance of social workers in this process, as well as the basics of the mahalla institution.

Keywords: mahalla, citizen, public control, mahalla institution, power.

KIRISH

O'zbekistonda mahalla shaklidagi o'zini o'zi boshqaruvchi noyob ijtimoiy tashkilot azaldan mavjud. Halqimiz asrlar davomida mahalla orqali jamoatchilik fikrini aniqlashning hamda birdamlik ko'rsatishning o'ziga xos usullarini shakllantirib, milliy o'zligini, ulkan ma'naviy boyliklari, qadriyatlarini asrab-avaylab, boyitib kelmoqda. Istiqlol yillarida mahalla institutini rivojlantirishga, roli va vakolatlarini kengaytirishga jiddiy e'tibor qaratilib, uning tom ma'nodagi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiga aylanishi uchun zarur bo'lgan sharoitlar va imkoniyatlar yaratildi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbekistonda mahalla institutini yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan siyosat oqilona olib borilishi natijasida yildan yilga uning huquqiy asoslari mustahkamlanib, vakolatlari kengayib jamiyatdagi o'rni va nufuzi ortib bormoqda.

Shu bilan birga, mamlakatimizda mahalla tizimida aynan aholining, jamoatchilikni faolligini oshirish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish tobora muhim ahamiyatga ega ekanligi kuzatilmoqda.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish yo'lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarni butun jahon ko'rib turibdi va sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik nafaqat Respublikamizda, balki jumlai jahonda keng e'tirof etilmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirishda faollik ko'rsatmoqdalar, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta'minlashga ko'maklashmoqdalar.

Darhaqiqat ham, tinchlik, osoyishta turmush, barqarorlik mustaqillik yillarida xalqimiz erishgan ulkan zafarlardan biridir. Zero, fuqarolik jamiyatini barpo etishning zarur shartlaridan biri ham barqarorlik, tinchlik, osoyishtalikni ta'minlash va kafolatlash hisoblanadi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

TADQIQOT NATIJALARI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni bilan 2017- 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bu Farmon bilan O'zbekiston Respublikasining xar tomonlama rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki Farmonda davlatimiz mustaqilligini mustaxkamlash, tinchlik va osoyishtalikni, xalqimizning farovon turmushini ta'minlashga qaratilgan muxim chora-tadbirlar belgilangan bo'lib, ularni amalga oshirishda davlat va fuqarolik jamiyatining barcha institutlari oldiga ustivor vazifalar qo'yildi.

O'tgan davr mobaynida bu borada ko'plab ishlar amalga oshirilgan bo'lishiga qaramasdan oldimizda turgan vazifalar ham anchagina. Xususan, gap fuqarolik jamiyatini shakllantirish to'g'risida ketar ekan, shuni alohida ta'kidlash joizki, kishilarning ongi va tasavvuridagi - fuqarolik jamiyati, —fuqarolik jamiyati institutlari singari tushuncha va tasavvurlarini yanada kengaytirish va boyitish bilan birga, bizningcha, tiniqlashtirish ham zarur. Gap shundaki, ushbu tushunchalar keyingi paytda tez-tez takrorlanayotgan bo'lsa ham, aslida ular yangi tushunchalar emas. Chunki insoniyat bino bo'lgandan buyon fuqarolik jamiyatiga xos bo'lgan unsurlar ham mavjud bo'lib, yashab kelmoqda va uni rivojlantirish uchun harakat qilinmoqda. Boshqacha qilib aytganda fuqarolik jamiyati insoniyat yaratgan eng qadimiy sivilizatsiyalardanbiridir. Biroq bunda eng asosiysi fuqarolik jamiyatiga xos bo'lgan munosabatlarni shakllantirish darajasiga qay darajada e'tibor qaratilganligi va ushbu vazifaning uddalanganligidir. Shu ma'noda yurtimizda bu masalaga konseptual vazifa sifatida munosabatda bo'linayotganligi mazkur masalaga odamzot taraqqiyoti davomidagi boshqa yondashuvlardan tubdan farq qiladi.

Jamiyatdagi u yoki bu masalalarn hal etish maqsadida faol fuqarolarning tashabbuskorligi asosida tuzilgan uyushma va tashkilotlar, guruh va birlashmalar kabilarning yig'indisi fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasiga kiradi. Binobarin, fuqarolik jamiyati institutlari aholini faol turmush kechirishga undaydigan, yon-atrofda mavjud bo'lgan va uchrayotgan muammolarga nisbatan befarq va loqayd munosabatda bo'lmaslikka, davlat tashkilotlari hal qilishi qiyin bo'lgan yoki ularning e'tiboridan chetda qolayotgan ushbu muammolarning munosib echimini topishga va bu bilan esa butun jamiyat ravnaqi va rivojini jadallashtirishga yordam beradigan tashkilotlardir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Davlat esa bunday institutlarning tashkil topishi va faoliyat yuritishidan hamisha manfaatdordir, chunki ular jamiyat rivoji va taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lgan ko'plab muammolarni hal qilishda davlatga yaqindan ko'maklashadilar.

Bugungi kunga kelib mamlakatimiz miqyosida 9000 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yuritayotgan ekan, ular minglab masalalarni hal qilishda davlatga yaqindan ko'maklashmoqda. Bunda davlatning asosiy vazifalari, birinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyat yuritishi uchun zarur bo'lgan qonunchilik asoslarini yaratish va uni muntazam ravishda takomillashtirib borish, ikkinchidan esa, ularni moliyaviy jihatdan rag'batlantirish va qo'llab - quvvatlashdan iboratdir.

MUHOKAMA

Gap fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi to'g'risida ketar ekan, fuqarolarning o'zini - o'zi boshqarish institutlari faoliyati va uni yanada takomillashtirish masalalari to'g'risida alohida to'xtalib o'tish joizdir. Zotan, mustaqil O'zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvining asosiy maqsadi - kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o'tishdan iboratdir. —Buning ma'nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgani sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya'ni o'zini o'zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdirl.

Haqiqatdan ham xalqimiz hayotini o'zini o'zi boshqarishning betakror shakli bo'lgan mahallasiz tasavvur etib bo'lmaydi. Asrlar davomida milliy urf - odatlarimiz, an'analarimiz, rasm - rusmlarimiz, qadriyatlarimiz mahallada sayqal topib, avloddan - avlodga etib kelyapti. Kishilarni uyushtirish, ularni ezgu maqsadlar sari undash, milliy taraqqiyot g'oyalari atrofiga birlashtirishda mahallaning o'rni beqiyosligicha qolmoqda.

Shu ma'noda mahalla xalqimizning bag'rikenglik va odamiylik fazilatlarini to'liq namoyon eta olishi uchun betakror makondir. Mahallaga xos bo'lgan jamiki jihatlar asosida aslida insonga va jamiyatga nisbatan buyuk hurmat tuyg'usi mujassamlashgan.

Shubhasiz, mahalla institutini har tomonlama rivojlantirish uchun bu boradagi qonunchilikni takomillashtirib borish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda har bir mahalla ahlida o'ziga xos bo'lgan fazilatlardan faxrlanish, g'ururlanish tuyg'usi yuqori ekanligiga ham duch kelasiz. Bu esa o'z navbatida ushbu ijtimoiy institut jamiyatimiz turmushida o'z vazifasini muvaffaqiyat bilan ado etayotganligini aks ettiradi.

Viloyatdagi o'zini o'zi boshqarish organlari vazirliklar, mahalliy hokimliklar va -Nuroniy, - Ekosan, - Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armalari, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo'mitasi, Respublika ma'naviyat-targ'ibot markazining joylardagi bo'limlari singari bir qator jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqdalar. Natijada ular tomonidan mahallalar faoliyatini rivojlantirish, fuqarolar o'rtasida tinchlik-osoyishtalikni saqlash, milliy g'oya va mafkura, ma'naviyat va ma'rifat, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, aholi salomatligini himoyalash, fuqarolarga mehr-muruvvat ko'rsatish, mahallalarda ommaviy sportni rivojlantirish kabi masalalarda tizim xodimlariga yaqindan yordam ko'rsatilmoqda. XULOSA

Bugungi kunda — mahalla institutining nufuzi oshib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida birinchi bor uning huquqiy maqomi bayon etilishi va shu asosda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tizimining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratilishi mahallalar jamiyatimiz va davlatimiz tomonidan qo'llab-quvvatlaniyotganligining yorqin ifodasidir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Mahalla fuqarolik instituti sifatida qator muhim ijtimoiy funksiyalarni bajarib, ijtimoiy aloqalarni kuchaytirishga, ijtimoiy guruhlarning tengligini saqlashga yordam beradi. Ta'kidlash joizki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning davomiyligini ta'minlabgina qolmay, ushbu jarayonning jadallashuviga, islohotlarning chuqurlashuviga ham xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Mirziyoev SH.M. —Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi - Toshkent, — O'zbekiston nashriyoti 2016 yil.

2. Axmedov A.J. —Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini samarali tashkil etish -Farg'ona nashriyotill 2015 yil.

3. "Mahalla ko'zgusi" ilmiy-ommabop jurnali.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.