Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA UCHINCHI RENESSANS! ILM-FAN TARAQQIYOTIDA BUGUNGI YOSHLAR!'

YANGI O‘ZBEKISTONDA UCHINCHI RENESSANS! ILM-FAN TARAQQIYOTIDA BUGUNGI YOSHLAR! Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
2118
204
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviyat-ma’rifat / ta’lim va tarbiya / ilm / vatanga sadoqat / tadbirkorlik / irodalilik / mafkuraviy immunitet / mehr-oqibatlilik / ma’suliyatlilik / tolerantlik huquqiy madaniyat / innovasion fikrlash / mehnatsevarlik / indikator / ”temir daftar” / ”yoshlar daftari” / ”Ayollar daftari” / ”Mehr daftari” tushunchalari. / духовность / образование и воспитание / наука / патриотизм / предпринимательство / сила воли / идейный иммунитет / доброта / ответственность / толерантность / правовая культура / новаторское мышление / трудолюбие / индикатор / «Железной книги» / «Молодежной книги» / «Женской книги» / «Книги милосердия» концепции.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Abdullayeva Mashxura Abadbay Qizi, Azad Xudoybergenov

O‘zbekistonda ma’naviyat-ma’rifat kengashlari faoliyat va Movarounnahr tarixida davlat rahbarlari va olimlarning jamiyat qadriyatlariga bo‘lgan qarashlari, ilmma’rifatga munosabati borasidagi sa’yi-harakatlari dalilar bilan keltiriladi. Bu sohada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qilgan qarorlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asoslanib xulosalar berilgan. O‘zbekistonda ijtimoiygumanitar fanlar tadqiqot ob’ekti va bu sohada yo‘l qo‘yilayotgan sustkashliklarning dolzarb masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, yoshlarda vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuravi immunitet, mehr-oqibatlilik, ma’suliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shaklantirish va uni baholashning ilmiy asoslangan indikatori ishlab chiqishga to‘xaladi. Eng muhimi ijtimoiy-gumanitar fan vakillari bugun zamondan orqada qolayotganiga uchta omil sabab qilib ko‘rsatiladi.Ma’naviy-ma’rifiy va qadriyatlarni o‘lchash indikatori bormi degan savol qo‘yiladi va mualli Prezident Shavkat Mirziyoyevnin “Temir daftar”,”Yoshlar daftari”,”Ayollar daftar” va “Mehr daftar” larini shunda indikator funksiyasini bajarmoqda deganxulosaga keladi.Olimlar bu indikatorning falsafiy va ijtimoiy ahamiyatini ochib berish shart. Jamiyatda shu narsaga ehtiyoj sezilmoqda. Bu vazifani esa faylasuflar, tarixchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar va pedagoglar amalga oshiradi degan xulosaga keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Доказана деятельность духовно-просветительских советов в Узбекистане и история Мовароуннахра, взгляды руководителей государства и ученых на ценности общества, их усилия по отношению к науке и просвещению. Выводы основаны на решениях Президента и Кабинета Министров Республики Узбекистан. Обсуждаются объект исследования в области социальных и гуманитарных наук в Узбекистане и актуальные проблемы задержек в этой области. В частности, разработка научно обоснованных показателей для формирования и оценки таких качеств, как патриотизм, предприимчивость, сила воли, идеологический иммунитет, доброта, ответственность, толерантность, правовая культура, новаторское мышление, трудолюбие. Самое главное, есть три причины, по которым социальные и гуманитарные науки сегодня отстают. Возникает вопрос, существует ли индикатор для измерения духовности и ценностей, и автор приходит к выводу, что такими индикаторами служат «Железная книга», «Молодежная книга», «Женская книга» и «Книга милосердия» Президента Шавката Мирзиёева. Ученые должны объяснить философское и социальное значение этого индикаторы. В этом есть потребность в обществе. Он заключает, что эту задачу выполняют философы, историки, социологи, политологи и педагоги

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA UCHINCHI RENESSANS! ILM-FAN TARAQQIYOTIDA BUGUNGI YOSHLAR!»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

YANGI O'ZBEKISTONDA UCHINCHI RENESSANS! ILM-FAN TARAQQIYOTIDA BUGUNGI YOSHLAR!

Abdullayeva Mashxura Abadbay qizi

Qoraqalpog'iston, Beruniy tumani 31-maktab o'quvchisi Ilmiy rahbari: Azad Xudoybergenov

ANNOTATSIYA

O'zbekistonda ma'naviyat-ma'rifat kengashlari faoliyat va Movarounnahr tarixida davlat rahbarlari va olimlarning jamiyat qadriyatlariga bo'lgan qarashlari, ilm-ma'rifatga munosabati borasidagi sa'yi-harakatlari dalilar bilan keltiriladi. Bu sohada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qilgan qarorlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asoslanib xulosalar berilgan. O'zbekistonda ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqot ob'ekti va bu sohada yo'l qo'yilayotgan sustkashliklarning dolzarb masalalariga to'xtalib o'tilgan. Xususan, yoshlarda vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuravi immunitet, mehr-oqibatlilik, ma'suliyatlilik,

tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shaklantirish va uni baholashning ilmiy asoslangan indikatori ishlab chiqishga to'xaladi. Eng muhimi ijtimoiy-gumanitar fan vakillari bugun zamondan orqada qolayotganiga uchta omil sabab qilib ko'rsatiladi.Ma'naviy-ma'rifiy va qadriyatlarni o'lchash indikatori bormi degan savol qo'yiladi va mualli Prezident Shavkat Mirziyoyevnin "Temir daftar'V'Yoshlar daftari","Ayollar daftar" va "Mehr daftar" larini shunda indikator funksiyasini bajarmoqda deganxulosaga keladi.Olimlar bu indikatorning falsafiy va ijtimoiy ahamiyatini ochib berish shart. Jamiyatda shu narsaga ehtiyoj sezilmoqda. Bu vazifani esa faylasuflar, tarixchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar va pedagoglar amalga oshiradi degan xulosaga keladi.

Kalit so'zlar: ma'naviyat-ma'rifat, ta'lim va tarbiya, ilm, vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, ma'suliyatlilik, tolerantlik huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash, mehnatsevarlik, indikator, "temir daftar", "yoshlar daftari", "Ayollar daftari", "Mehr daftari" tushunchalari.

АННОТАЦИЯ

Доказана деятельность духовно-просветительских советов в Узбекистане и история Мовароуннахра, взгляды руководителей государства и ученых на ценности общества, их усилия по отношению к науке и просвещению.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Выводы основаны на решениях Президента и Кабинета Министров Республики Узбекистан. Обсуждаются объект исследования в области социальных и гуманитарных наук в Узбекистане и актуальные проблемы задержек в этой области. В частности, разработка научно обоснованных показателей для формирования и оценки таких качеств, как патриотизм, предприимчивость, сила воли, идеологический иммунитет, доброта, ответственность, толерантность, правовая культура, новаторское мышление, трудолюбие. Самое главное, есть три причины, по которым социальные и гуманитарные науки сегодня отстают. Возникает вопрос, существует ли индикатор для измерения духовности и ценностей, и автор приходит к выводу, что такими индикаторами служат «Железная книга», «Молодежная книга», «Женская книга» и «Книга милосердия» Президента Шавката Мирзиёева. Ученые должны объяснить философское и социальное значение этого индикаторы. В этом есть потребность в обществе. Он заключает, что эту задачу выполняют философы, историки, социологи, политологи и педагоги.

Ключевые слова: духовность, образование и воспитание, наука, патриотизм, предпринимательство, сила воли, идейный иммунитет, доброта, ответственность, толерантность, правовая культура, новаторское мышление, трудолюбие, индикатор, «Железной книги», «Молодежной книги»,

«Женской книги», «Книги милосердия» концепции.

ABSTRACT

The activities of spiritual and enlightenment councils in Uzbekistan and the history of Movarounnahr, the views of state leaders and scholars on the values of society, their efforts to treat science and enlightenment are presented with evidence. Conclusions in this area are based on the decisions of the President of the Republic of Uzbekistan and the Cabinet of Ministers. The object of research in the social sciences and humanities in Uzbekistan and the current issues of delays in this area are discussed. In particular, the development of science-based indicators for the formation and evaluation of such qualities as patriotism, entrepreneurship, willpower, ideological immunity, kindness, responsibility, tolerance, legal culture, innovative thinking, diligence. Most importantly, there are three reasons why the social sciences and humanities are lagging behind today. The question arises as to whether there is an indicator for measuring spirituality and values, and the author concludes that President Shavkat Mirziyoyev's "Iron Book", "Youth Book", "Women's Book" and "Book of Mercy" serve as such indicators. Scientists must explain the philosophical and social significance of this indicator. There is a need for this in society. He concludes that this task is performed by philosophers, historians, sociologists, political scientists and educators.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Keywords: spirituality-enlightenment, education and upbringing, science, patriotism, entrepreneurship, willpower, ideological immunity, kindness, responsibility, tolerance, legal culture, innovative thinking, diligence, indicator, "Iron Book", "Youth Book", "Women's Book", "Book of Mercy".

KIRISH

Dunyo xalqlari tarixida ma'naviyat va ma'rifat masalalariga har doim alohida e'tibor berib kelingan. Boshqa davlatlardan farqli o'laroq yangi O'zbekistonda ma'naviyat va ma'rifat masalalari va uning Kengashiga Prezident rahbarlik qiladi. Hududlarda esa viloyat va tuman hokimlari bu ishlarga ma'sul qilib tayinlangan. Bu yangi O'zbekiston modelidagi alohida o'rganiladigan dolzarb mavzulardan biri sanaladi. Bugun yangi O'zbekistonda ma'naviyat va ma'rifat masalalari davlat siyosati darajasida olib borilayotganligiga boshqa xalqlar va ularning siyosatchilari ham qiziqayotganligi bejiz emas. Shuning uchun ham Prezident Shavkat Mirziyoyevning "...jamiyat hayotining tanasi iqtisod bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir"1 degan g'oyasi yangi O'zbekiston modelida asosiy ustunlardan biridir. Ya'ni, O'zbekistond a kuchli iqtisod barpo etish bilan bir qatorda shu yurtda yashayotgan xalqlarning ma'naviy qadriyatlarini e'zozlash hamda boy ma'naviy meroslaridan komil insonni tarbiyalash borasida ulardan oqilona foydalanish demakdir. Bu jarayon esa ma'naviyat va ma'rifat bilan ruyobga chiqadi. Ma'naviyat, ma'rifat, ta'lim va ilm iqtisodga jon, ruh berishi bilangina kuchli iqtisod vujudga kelishi bu isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Agar sharq xalqlari tarixi va turmush tarziga e'tibor berilsa ma'naviyat va ma'rifat, odob va axloq masalalariga davlat rahbarlari ham va mutafakkir olimlar e'tiborsiz qaramagan. Shu jumladan, Movarunnahrda ham bu masala e'tiqodni shakllantirishda asosiy ustun sanalgan. Chunki, e'tiqodni to'g'ri shakllantirmay turib kuchli iqtisodni shakllantirish mumkin emas. Iqtisodning zaifligi va ma'naviyat-ma'rifatdagi inson fazilatiga xos bo'lmagan hatti-harakatlarning ro'y berayotganligi e'tiqod bilan bog'liqdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI ( ЛИТЕРАТУРНЫЙ ОБЗОР, ANALYSIS

OF REFERENCES)

Bu soha bo'yicha adabiyotlarni tahlil qilinsa, birinchi navbatda buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning hayoti va asarlariga alohida e'tibor berish kerak bo'ladi. Chunki, Abu Nasr Forobiy ilm sohasi bo'yicha yetuk dunyo olimlari bilan munozara qilganda 17 yoshda edi. U qadimgi Shom(hozirgi Suriya) hududidagi madrasada o'tkazilgan katta anjumanda falsafa ilmi bo'yicha ma'ruza qiladi. Ma'ruzasi tugagandan so'ng Abu Nasr Forobiyga ishtirokchilardan yetmishta savol tushadi va u kishi savol egalariga ularning ona tili va ular lahjasida arabga arab tilida, yunonga yunon tilida savollariga javob bergan ekan. Shundan so'ng sharq va g'arb olimlari

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. o'rtasida Abu nasr Forobiy 70 tilini biladi degan fikr keng tarqalib ketadi. Yaqin tariximizga nazar solsak, bundan 112 yil avval jadid ma'rifatparvar olimlardan Mahmudxo'ja Behbudiy esa yoshlarga murojaat qilib arab, fors, turk va rus tillarini mukammal o'rganishga da'vat qilgan edi. Chunki, zamon dunyoviy va diniy ilmlarni o'rganish uchun shu tillarni bilishni taqoza qilayotgan edi. Bugun yangi O'zbekistonda uchinchi renessansga poydevor qo'yish maktab ostonasidan boshlanar ekan, xorijiy tillarni o'rganish va bilish, eng so'ngi zamonaviy bilimlarni egallash va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish uchun tilning ahamiyati muhimdir. Shuning uchun ham qabul qilinayotgan dasturlar azaliy ilmiy,ma'naviy va ma'rifiy qadriyatlarning uzluksiz tiklanishidan darak beradi.Yangi O'zbekistonda falsafiy fanlarni o'qitishda buyuk mutafakkirlarning hayoti va faoliyati, asarlari va bu asarlarning bugungi kun uchun ahamiyatini tarixiy metoddan foydalangan o'rganish yo'lga qo'yilayotganligi fuqarolarda vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, ma'suliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi axloqiy fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir. Jamiyat va undagi qadriyatlar ahamiyati haqida Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri", Abu Rayhon Beruniyning "O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar", Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" kabi noyob asarlari va bugungi kunda ijtimoiy-gumanitar olimlar tomonidan iliq kutib olingan va o'z munosabatlarini bildirayotgan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" asari jamiyatshunos olimlar uchun metodik dasturamal bo'lib xizmat qilada. Faylasuf olimlardan I.Saifnazarov, Q.Nazarov, J.Yaxshilikov, N.Muhammadiyevlar so'nggi besh mobaynida jamiyat qadriyatlariga nisbatan yangicha yondoshuvlar vujudga kelayotganini o'z asarlarida bayon qilishdi.

MUHOKAMA (ОБСЕЖДЕНИЕ, DISCUSSION)

Prezidentimizning 2019 yil 5 martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash uchun 2019 yil 31 dekabrda Vazirlar Mahkamasi 1059-sonli "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi"2 va chora-tadbirlar dasturini qabul qilgan edi. Prezident qarori va hukumat qabul qilgan konsepsiya ijtimoiy gumanitar, xususan falsafiy fanlarni o'qitishda mutlaqo yangicha yondoshuvlarni talab qiladi. Mustaqillik davrida oliy ta'lim muassasalari o'quv rejasining birinchi "gumanitar ijtimoiy - iqtisodiy" fanlar blokida falsafiy fanlar turkumiga kiruvchi falsafa, etika, estetika, mantiq, dinshunoslik, madaniyatshunoslik fanlari o'qitib kelindi. Bu fanlar bo'yicha o'nlab darslik,o'quv qo'llanmalar,monografiyalar va boshqa risolalar chop etildi.Auditoriyalarda minglab ma'ruzalar o'qildi. Bu soha olimlarining komil insonni shakllantirish va tarbiyalash borasida shijoatli mehnatini inkor qilmagan holda shuni ta'kidlash lozimki, bugun

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. o'sha davrda yaratilgan adabiyotlar ma'naviy va ma'rifiy ishlami ruyobga chiqarishda, yangi O'zbekiston fuqarolarini ma'naviy- axloqiy yetuk qilib tarbiyalashga ojizlik qilib qoldi. Buning bir nechta omillari mavjuddir. Birinchi omil bu o'sha sovetlar davrida shakllangan va o'sha tizim mafkurasiga xizmat qilgan falsafiy fanlardan meros bo'lib o'tgan "quruq nazariy fikrlar"ning ustunligi, ikkinchi omil shu soha vakillarining so'zi va amaliyoti orasidagi tafovutlar, uchinchi omil bu soha vakillari orasida kam sonli bo'lsada poraxo'rlikning mavjudligi falsafiy fanlar qadriga putur yetkazdi. Tarbiya ta'lim muassasalarida ustoz va shogird o'rtasida poraxo'rlikning sodir bo'lishi sharq milliy qadriyatlarida eng jirkanch unsur sifatida qoralab kelingan.*2020-2021 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalari o'quv rejalaridagi o'zgarishlarga muvofiq "Majburiy fanlar" blokida bitta Falsafa fani o'qitilmoqda. Bu fan uch model bo'lib, "Falsafa", "Korrupsiyaga qarshi kurash","Dinshunoslik" kabi tarkibiy bo'limlardan iborat. Fanga ajratilgan auditoriya soatlar hajmi 60 soat , ayrim ta'lim yo'nalishlarida esa 30 soatni tashkil etmoqda. Talabaga 60 yoki 30 soat hajmda(50/50) mustaqil ta'lim topshiriqlari berilgan. Ayirim oliy ta'lim muassasalari o'quv rejasida bu fan mavjud emas. Jamiyatda inson va uning qadri, inson turmushi bilan bog'liq milliy va diniy qadriyatlarni saqlash, "ommaviy madaniyat"ning salbiy xurujlaridan muhofazalash hamda bugungi kundagi internet tizimi bilan kirib kelayotgan qadriyatlarimizning devalvatsiyasiga(qadrlanish va qadrsizlanish) fuqarolarda tanlash, saralash qobiliyatni shakllantirishda ijtimoiy gumanitar fanlar, xususan falsafiy fanlarning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "Milliy ma'naviyatimizni rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz hayotiga singdirishda ijtimoiy- gumanitar fanlar tizimining ahamiyati katta. Afsuski, hozirgi vaqtda bu fanlar rivoji, ular mansub ilmiy-amaliy va ta'lim-tarbiyaviy tizimni yangilash va optimallashtirish jarayoni zamondan ortda qolmoqda. Ayni paytda ijtimoiy fanlarni ta'lim bosqichlari va ixtisosliklar talablari va tamoyillariga mosligi, o'quvchilar, bakalavrlar va magistrlarning ehtiyojlari va qiziqishlari, kasb xususiyatlariga muvofiqligi haqidagi aniq tasavvurlar ham yo'q"3 deb ta'kidladi. Ijtimoiy gumanitar fanlar, jumladan falsafa fan vakillari oldida turgan eng dolzarb vazifalarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va unin amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi dasturida aniq ko'rsatib qo'yilgan. Eng dolzarb masalaning birinchisi bu ma'naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorini ishlab chiqish bo'lsa; ikkinchisi esa ma'naviy tarbiyada uzluksizlik va uzviylik tamoiyliga amal qilib ona homiladorligidan tortib to 30 yoshgacha ma'naviy tarbiyaning yo'nalishlarini belgilab olish; uchinchisi esa vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim qadriyatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish vazifa qilib qo'yilgan. Bu jarayonlar avvalo oilada,

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. mahallada, maktabgacha,umumiy o'rta va kasb-hunar ta'limi tizimida va nihoyat oliy ta'lim muassaslarida amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan. Yuqoridagi ma'naviy-ma'rifiy tarbiya jarayonlari va ularni baholash uchun indikatorlarni ishlab chiqishga oid ijtimoiy gumanitar fan vakillari faylasuflar, tarixchilar, sotsiologlar va siyosatshunoslar hamda pedagoglarning mavzuga oid adabiyotlarga nisbatan jamiyatda ehtiyoj sezilmoqda.O'zbekiston Fanlar akademiyasining tarmoq sohasi bu jarayon uchun olimlarning salohiyatini birlashtirishi lozim bo'lmoqda.Endi masalaning ikkinchi bir tomoni bor.Tabiiy va aniq fanlarda narsa va hodisaning xususiyatini yoki mohiyatini aniqlash uchun indikator o'lchovidan foydalanish hech kimni ajablantirmaydi.Jumladan,elektr tokining kuchini aniqlash uchun eng oddiy buyumlardan foydalanishni har qanday fuqaro ham biladi.Ammo,ijtimoiy gumanitar fanlar tadqiqot ob'ekti bo'lgan ma'naviy

-ma'rifiy va qadriyatlarni baholaydigan yoki o'lchaydigan indikatorni yaratish mumkinmikan degan savol paydo bo'lmoqda.Agar mumkin bo'lsa,buning yechimiga olimlar ikki yil bo'layaptiki taklif bermay sukut saqlab turibdi. Bu sohadagi muammoli vazifalarga ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan boshlangan va bugun komil ishonch bilan ruyobga chiqarilayotgan "Temir daftar","Yoshlar daftari","Ayollar daftari","Mehr daftari" kabi dasturlar jamiyatda ma'naviy-axloqiy muhitni sog'lomlashtirib, ma'naviy-ma'rifiy va milliy hamda diniy qadriyatlarni baholash va shaklantirishda ma'naviy indikator vazifasini bajarmoqda.Ijtimoiy gumanitar fan vakillari endi esa shu dasturlarning falsafiy mohiyatini va keyingi rivojlanish uchun ilmiy farazlarni ilgari surish lozim.Bu dasturlar jamiyatda ma'lum bir ijtimoiy qatlamning manfaatlarini ruyobga chiqarib,ularnig jamiyatda ijtimoiylashuviga ko'mak beradi.Natijada esa bu ijtimoiy qatlam jamiyatning eng faol innovatsion va kreativ fikrlaydigan qatlamiga aylanishi tabiiy. Ammo yoshlarning boshqa ta'lim muassasalarida, noishlab chiqarish tarmog'idagi (uyushmagan yoshlar) hamda katta yoshdagi fuqarolarga vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, ma'suliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash, mehnatsevarlik kabi qadriyatlarni shakllantirish ham chetda qolmasligi lozim. Bu fazilatlar namoyon bo'lishi uchun fikr, so'z va amal uyg'unligini ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Chunki, mentalitetimizda taqlid qilishga moyillik mavjud. Ijtimoiy gumanitar fan vakillari faoliyatida nazariya va amaliyot uyg'unligi ta'minlanmas ekan fanning boshqa fundamental fanlarga nisbatan reytingi past bo'lib qolaveradi.Agar tarix sahifalariga murojaat qilsak bunday uyg'unlikni ta'minlagan faylasuf olimlar Movarounnahrda ko'plab topiladi.Husan Voiz Koshifiy faylasuf olimlar va oliy ta'lim muassasalari muallimlari uchun ideal shaxs bo'lishi kerak.Chunki, Husayn Voiz Koshifiy olim,adib va axloq sohasining eng yetuk muallimidir.Alisher Navoiyining eng yaqin do'stlaridan biri bo'lgan.U Hirotda jom'e

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. masjidida har juma kuni namozdan so'ng va'z qilgan.Uning va'zini minglab kishilar tinglagan.U o'z va'zida Qur'oni karim oyatlari va minglab hadislarni yoddan bilishi hamda ularni ibratli rivoyatlar bilan bog'lab ta'sirchan usulda tinglovchilarga yetkazgan.Zamon bilan uyg'unlikda tushuntirgan.Uning nutq madaniyati barcha muallimlar uchun ham namunadir. Shu bilan bir qatorda Husayn Voiz Koshifiy turmushda halol yashagan,tafakkuri,so'zi va amali uyg'un bo'lib bir-birini to'ldirgan.Odamlarni e'tiqodli bo'lishga chaqirish bilan birga o'zi ham e'tiqodda pok bo'lgan. O'zbek she'riyatining sultoni Alisher Navoiy "Majolisun nafois" asarida Husayn Voiz Koshifiy haqida ibratli voqeani bayon qilgan.Husayn Voiz Koshifiy juma namozidan so'ng va'z aytadigan minbar yaqiniga bir kishi Ho'ja Hofizningqo'yidagi baytni yozib qo'ygan ekan.

Voizon chun jilva dar mehrobu minbar mekunad, Gar ba xilvat meravand on kori digir mekunad.

Ma'nosi(Voizlar minbar ustida,mehrob oldida jilva qilib so'zlaydilar,xilvatga borganidan keyin esa boshqa ishlar bilan shug'ullanadilar).Voiz Koshifiy bu baytdan ranjib qariyib bir ma'ruza qilmaydi va nihoyat shahar hokimi va xalqning talabi bilan keyin yana ma'ruza qilishni davom ettirgan ekan. Xo'ja Hofizning bu bayti o'sha davrning munofiq kishilari uchun bitilgan bayt edi. Bu baytdan bugun muallimlar xulosa chiqarib, so'zda va amalda e'tiqodi uyg'un bo'lsa talaba yoshlarning e'tiboriga sazovar bo'ladi.

XULOSA ( ЗАКЛЮЧЕНИЕ, CONCLUSION)

Jamiyatda qadriyatlar odamlarni boshqarish va sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish uchun ham ahamiyatlidir.Qadriyatlar esa ijtimoiy- gumanitar fanlarning tadqiqot ob'ektidir.Uchinchi renessans poydevorini yaratish yangi O'zbekiston strategiyasida alohida o'rin egallaydi.Uchinchi renessans ta'lim ostonasidan boshlanar ekan ta'lim bilan tarbiya, xususan jamiyat qadriyatlarini o'rganadigan va maishiy turmushga tadbiq etadigan ijtimoiy - gumanitar fanlarga yangicha dunyoqarash bilan yondoshish bugunning talabi va ehtiyoji.Chunki,oliy ta'lim muassasalarida fanlarni optimallashtirish deganda rektorlar ko'z oldida ijtimoiy - gumanitar fanlar namoyon bo'lishi bugun hech kimga sir emas.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev " Meni doimo o'ylantiradigan,tashvishga soladigan yana bir dolzarb masala bu - yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, madaniy saviyasi, bir so'z bilan aytganda tarbiyasi bilan bog'liq" 4 deb bejizga alohida ta'kidlamadi.Odob-axloq,yurish-turish,madaniy saviya falsafiy fanlarning o'rganish va joriy etish ob'ektidir.Jamiyatdagi devalvatsiyani(qadrlanish va qadrsizlanish) hamda degumanizatsiya holatlari kuzatilayotgan ekan ijtimoiy- gumanitar fanlarga munosabatni qayta ko'rib chiqish hamda bu sohaning o'quv rejasini biladigan va tahlil

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. eta oladigan mutaxassislar bilan muloqotni tashkil etish lozim bo'ladi. Buning uchun oiy ta'lim muassasalarida bugun amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida qo'yidagi omillarga e'tiborni qaratish lozim.Birinchidan,falsafa fani va uning tarkibidagi "falsafa" modulida talabalarga rivojlanishning umumiy qonunlari va kategoriyalari, mantiq, jamiyat va inson falsafasi, axloq hamda estetika mavzularida mashg'ulotlar olib borilsa yetarli bo'ladi.Chunki,boshqa mavzulari boshqa fanlar tarkibida mavjud va ularning takrorlanishi shart emas.Amaldagi o'quv adabiyotlarining matnini ham darslik yoki o'quv qo'llanma tilida qayta yozishga ehtiyoj sezilmoqda. Hech kim tushunmaydigan va talabani zeriktiradigan fikr va gaplardan qochib,rus va boshqa xorijiy tillardan zo'rma-zo'raki tarjimalardan voz kechish kerak.Ikkinchidan,"Korrupsiyaga qarshi kurash" modulini "falsafa" modulidagi "Axloqiy qadriyatlar falsafasi"(Etika) mavzusiga singdirib, uning tarkibida rejadagi bir savol sifatida o'tsa ham bo'ladi. Uchinchidan, "dinshunoslik" moduli berilgan mavzular umumiy o'rta ta'lim maktabi tarix va tarbiya fanlarida o'tiladigan mavzularni yana qaytadan takrorlash bo'lib qolgan. Bu oliy ta'lim tizimida fanning obro'sini tushiradi va talabalar yana maktab materiali berilmoqda deb fanga e'tiborsiz qaraydi.Shuning uchun "dinshunoslik" modulini yangidan qayta shakllantirish va bugun yangi O'zbekistonda mustaqillik yillarida hamda oxirgi besh yilda din va davlat munosabatlarida amalga oshirilgan islohotlar, xalqaro tashkilotlarning yangi O'zbekistonni xavotir o'yg'otadigan davlatlar ro'yxatidan chiqarganligini inobatga olib mavzu kiritish lozim.Dinni turmush bilan bog'lab tushuntirish va turmushdagi milliy va diniy omillar dialektikasiga e'tibor berish talab etilmoqda.Chunki,talabalaradn tushayotgan savollarning asosiy qismi turmushdagi din bilan bog'liq bo'lib qolmoqda.Hijob,soqol va ibodat shakllari bilan bog'liq savollar bundan yuz yil ilgari ham ko'tarilgan edi. Movarunnahr muhaddislari va ma'rifatparvar olimlar hamda yangi qabul qilingan yangi O'zbekistonning "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonunidan bu kabi savollarga javob olish mumkin.Shu nuqtai nazardan kelib chiqib bu modulni qayta tayyorlash va yozishga ehtiyoj bor.Bugun yoshlar turmushida nikoh masalasi va oila mustahkamligi shu modulda o'rgatilmasa qaerda o'rgatiladi. Ba'zi oliy ta'lim muassasalari rahbarlari fanlarni optimallashtirish deganda falsafa fanini qisqartirish kerak degan dogmatik dunyoqarashni targ'ib qilib yuribdi.Bu hol poytaxtdagi tayanch oliy o'quv yurtlaridan chiqmoqda.Vaholanki bu masalani davlatimiz rahbari, Prezident Sh.Mirziyoev bir necha marta videoselektor yig'ilishlarida va Oliy Majlisga Murojaatnomasida jamiyatshunos olimlar e'tibor qaratadigan soha ekanligini ta'kidlagan edi.Shu o'rinda turmushdagi nikoh bilan bog'liq bir statistik axborotni berib ketishni lozim.2016 yil 29340 nafar,2017 yil 31929 nafar,2018 yil 32326 nafar,2019 yil 31389 nafar,2020 yil esa 28233 nafar yoshlarning nikohi rasman sud orqali bekor bo'lgan. Agar O'zbekistonda har yili o'rtacha taxminan uch yuz ming atofida nikoh to'ylari

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. bo'layotgan bo'lsa, to'ydan keyin bir yil o'tmasdan taxminan 10-12 foiz yoshlarning

nikohi bekor bo'lmoqda. Bu masala jamiyatshunos olimlarning dolzarb mavzusidir.

Falsafani o'quv rejadan chiqarib tashlayotgan rektorlar jamiyatda shunday muammoni

borligini ko'pi bilmaydi. Falsafadan boshqa qaysi fan bunday ijtimoiy muammoga

yechim topa oladi?! Shuning uchun Respublikada oliy ta'lim muassasalari o'quv

rejasidagi majburiy blokdagi falsafa va dinshunoslik modullarini o'qitish bo'yicha

metodik kengash faoliyatini qayta ko'rib chiqib,fanga berilgan soatlar hajmi,fan

dasturining mazmun mohiyati hamda dasturning yangi adabiyotlar bilan

ta'minlanganlik darajasini taftishdan o'tkazish vaqti keldi.Bu fanni Respublika

bo'yicha o'qitishning yangi konsepsiyasini ishlab chiqish ham kerak.Chunki,uchinchi

renessans poydevori yaratilayotgan ekan, bu davrda yangi O'zbekistonda ma'rifatli

yangi avlod yoshlarini tarbiyalashdek ma'suliyat oliy ta'lim muassasalari zimmasiga

tushadi. Demak,falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarga oid yozilayotgan o'quv

adabiyotlarini tayyorlashda O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "Yangi

O'zbekiston strategiyasi" kitobi va unda ilgari surilgan "Yangi O'zbekiston - yangi

ma'rifiy jamiyat" konsepsiyasini nazarda tutib qaytadan tayyorlashga kirishish lozim.

Chunki,endi ma'naviyat,ma'rifat masalalari davlat siyosatining tarkibiy qismiga

aylanib ulgurdi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2019 yil 5 martdagi qarori

2. "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi VM 1059-sonli qarori.2019 yil 31 dekabr

3. Shavkat Mirziyoyev Yangi O'zbekiston strategiyasi.-Toshkent:-"O'zbekiston" nashriyoti, 2021. 464 bet

4. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-O'zbekiston,1993

5. Abu Rayhon Beruniy. O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar.-T.: 1987

6. Abdulla Avloniy.Turkiy guliston yoxud axloq.-T,:"O'qituvchi". 1992

7. Yaxshilikov J.Ya.,Muhammadiev N.E. Milliy g'oya- taraqqiyot strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti. Toshkent-2017

8. Yaxshilikov J.YA.Muhammadiyev N.E. Falsafa. Darslik. Samarqand-2021.

9. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

10. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

11. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

12. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

13. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.