Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA DINIY BAG‘RIKENGLIK VA INSONIYLIK FAZILATI'

O‘ZBEKISTONDA DINIY BAG‘RIKENGLIK VA INSONIYLIK FAZILATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

15
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy / etnik / millatlararo / elatlar / urf-odatlar / etiket / oila / milliy omil / milliy o'ziga xoslik / milliy jarayon / optimistik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — U. M. Abilov

Mazkur maqolada O'zbekistonda diniy bag'ri kenglik va insoniylik fazilati hamda millatlararo muomala madaniyatini shakllantirish, yosh avlodga yo'naltirilgan tarbiya borasidagi taklif va mulohazalar haqida fikrlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA DINIY BAG‘RIKENGLIK VA INSONIYLIK FAZILATI»

„ , , , , , , . .. , . Ozbekiston - 2030 strategiyasi:

Toshkent davlat iqtisodiyot umversiteti . . ,. . , , , . . , . , -

inson salohiyatini ro yobga chiqarish imkoniyatlari

m ■■ .C..TJ- v rv ■ Uzbekistan - 2030 Strategy:

Tashkent State University of Economics

Opportunities to Realize Human Potential

O'ZBEKISTONDA DINIY BAG'RIKENGLIK VA INSONIYLIK FAZILATI

U. M. Abilov

Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'zbekistonda diniy bag'ri kenglik va insoniylik fazilati hamda millatlararo muomala madaniyatini shakllantirish, yosh avlodga yo'naltirilgan tarbiya borasidagi taklif va mulohazalar haqida fikrlar berilgan.

Kalit so'zlar: milliy, etnik, millatlararo, elatlar, urf-odatlar, etiket, oila, milliy omil, milliy o'ziga xoslik, "milliy jarayon, optimistik.

Har bir shaxs doimo, turli xil ijtimoiy, shu jumladan milliy-etnik guruhlarning ham kayfiyatini, o'zligini yakka tartibda aks ettiruvchisi hamdir. Zero, milliylikdan yiroq bo'lgan insonning o'zi bo'lmaydi. Shaxsning millati, uning dunyoqarashiga o'ziga xos rang beradi. Bu esa shaxsning optimistik va pessimistik qarashlari, qadriyatlari va ustuvor yo'nalishi inson shaxsi namoyon bo'lishining asosiy shakllaridan biridir.

Rus faylasufi N.Berdyaev "...inson jamiyat qatoriga rus, fransuz, nemis yoki ingliz sifatidagi alohida olingan odam, sifatida emas, balki o'zining milliyligi bilan kiradi. Ruslar, fransuzlar, inglizlar, nemislar va butun dunyo xalqlarini birlashishga chaqirish mumkin, lekin yer yuzidan milliy guruhlar, milliy ruhiy shakllar va madaniyatlar yo'qolib ketishini hohlash mumkin emas.... Madaniyat hech qachon alohida olingan insonga tegishli bo'lmaydi, u doimo muayyan insoniy guruhga tegishli, ya'ni milliy xalqchil bo'ladi va shu jihati bilan umuminsoniy darajaga ko'tarilishi mumkin", deb ta'kidlagan edi.

Insonning jamiyatdagi o'rni va tabiiy ravishda faqat o'ziga xos milliyligi, etnoruhiy va irqiy belgilarning ifodalanishi bilan cheklanib qolmaydi. Bunda shaxs ijtimoiy borliqning boshqa jihatlarini ham inkor etmasligi lozim. Ayni paytda, ilmiy adabiyotda ham inson shaxsida aks etadigan o'ziga xos milliylik va milliy jihatlar o'rnini haddan ziyod ko'klarga ko'tarish kabi holatlar ham kuzatiladi. Bu esa tabiiy ravishda boshqa odamlarning milliy qadr-qimmatini kamsitishiga olib keladi.

Mazkur masalada mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, respublikamizda istiqomat qilayotgan xalqlarning milliy kechinmalari, shu jumladan, ruhiyatiga ham O'zbekiston rahbariyati alohida e'tibor bilan yondashdi. Ayni paytda ular ham o'zlariga bo'lgan e'tiborni his etishlari, o'z xalqlari vakillari sifatida namoyon

17-aprel, 2024

438

Tashkent State University of Economics

bo'lishlari uchun shart-sharoit mavjudligi, millatlararo ijobiy muhit yaratilishiga amaliy harakatni turli xil millatlarning milliy-madaniy markazlari faoliyati orqali e'tirof etmoqdalar.

Shunisi quvonarliki, turli xil millatlar va elatlar, respublikamizda esa o'zbek millati vakillari umuminsoniy g'oyalar va qadriyatlarga o'tishni milliy o'zlikning kamsitilishi, deb tushunmaydilar.

Umuminsoniy qadriyatlar ahamiyatining oshib borishi insonning milliy va ko'pmillatli muhitdagi mavqeini sezilarli darajada o'zgartiradi. Shuning uchun ham bugungi kunda uning uchun milliy va millatlararo manfaatlarni o'zaro bog'lashning maqbul yo'nalishlari va variantlari belgilab olindi, respublikamizdagi yangilanish jarayonlarining kelajakdagi oqibatlarini hisobga olgan holda o'zining amaliy faoliyati chegaralarini tartibga solish borasida davlat miqyosidagi dasturlar asosida faoliyat olib borilmoqda.

Milliy va millatlararo, umuminsoniy qadriyatlar ko'pmillatli jamiyatda shaxs borlig'ining bir-biridan ajralgan ikkita alohida shakli sifatida namoyon bo'lishi mumkin emas. Ular yagona jarayonning uzviy ikkita jihati sifatida o'zaro bir-biriga bog'liqdir. Shu bilan birga shuni alohida ta'kidlash lozimki, shaxsning ma'naviy dunyosida milliy va millatlararo qadriyatlar namoyon bo'lishiga ko'ra bir-biriga teng emasdir. Matbuotda odatda, etnik jihatdan bir-biriga yaqin va bir-biridan uzoq joylashgan millat va elatlar bir qatorga qo'yiladi. Bunda ular o'rtasida til va madaniy birlik, umumiy tarixiy o'tmishning mavjudligi yoki mavjud emasligi inkor qilinadi, turli xil millat va elatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yaqin o'tmishdagi darajasi hisobga olinmaydi. Ushbu hollarda, umuminsoniy qadriyatlar bilan boyib borish jarayonini "anglab olish" juda murakkabdir. Lekin bu manfaatlar integratsiya qilinishidan qo'rqish yoki ushbu holatni shubha ostiga olinishini keltirib chiqarishi mumkin. Muloqotdagi ustuvorliklarning xilma-xil "darajalari" turli xil yakuniy natijaga olib keladi. Shuning uchun ham bir xil millatlarning dunyoqarashida umuminsoniy jihatlar, qadriyatlar, shakllar ko'proq, boshqalarinikida esa kamroq aks etadi. Ushbu holatga alohida urg'u berilib, absolyutlashtirilsa, milliylikning millatlararo qadriyatlardan uzoqlashib ketishi, birinchisi ikkinchisiga qarama-qarshi qo'yilishi ham kuzatiladi. Millatlararo qadriyatlarning o'rni haddan ziyod oshirib ko'rsatilishi o'tmishda milliylik ahamiyatining pasaytirilishiga olib kelgan (uni himoya qilishga bo'lgan har qanday intilish ko'pchilik uchun millatchilikda ayblanish bilan yakunlangan edi. Fitrat, Cho'lpon va boshqa ko'plab qatag'on qurbonlarining taqdiri buning misolidir).

439

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Milliy o'zlikning siquvga olinishi pessimizni oziqlantirib turuvchi ijtimoiy yo'qotishlarga olib kelgan va olib kelayotgan bo'lsa-da, ayni paytda, millatlaro, umuminsoniy qadriyatlarning inkor etilishi bundan-da yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Milliy asosdagi janjallar - bu turli xil millat vakillarining birgalikda yashagan uzoq tarixi davomida to'plangan qadriyatlarni mensimaslikning oqibatidir. Shuning uchun ham, millatlararo munosabatlarda vujudga kelayotgan optimizm va pessimizmning turli o'ziga xos jihatlarini aniqlash maqsadida, muayyan shaxsning real ijtimoiy aloqalarini bugungi kun nuqtai-nazaridan o'rganish, bunda ushbu shaxs o'zini mansub deb hisoblayotgan millat tomonidan bosib o'tilgan tarixiy rivojlanish yo'lini hisobga olishni taqozo etadi.

Misol uchun, urush davrda tug'ilgan va shaxs sifatida shakllangan o'zbeklarning yosh avlodida urushdan keyingi yosh avlodiga xos bo'lgan ko'pchilik jihatlar mavjuddir. O'z-o'zidan ravshanki, shaxs shakllanayotgan va rivojlanayotgan milliy muhit muhim ijtimoiy asoslarga egadir. Lekin, bu bilan milliy omillarning ijtimoiy mohiyatini o'zining barcha ko'rinishlari bilan va barcha millatlar uchun bir xil deb bo'lmaydi. Hatto joylashishi, madaniyati, diniga ko'ra bir-biriga yaqin bo'lgan, birgalikda hayot kechirishning ko'p asrlik asoslariga ega bo'lgan o'zbek va tojik xalqlarida ham kundalik turmush tarzi va urf-odatlarida, dam olish shakllarida, ruhiy o'ziga xosliklarida va albatta, tilida farqlar mavjud. Bu jihatlar hisobga olinmas ekan, milliy o'ziga xosliylik ham o'z-o'zidan yo'qola boradi.

Milliy muhit o'ziga ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy omillarining har qanday tarixiy davri uchun umumiy bo'lgan ustqurmaviy asoslarini xos tarzda o'zida aks ettiradi. Masalan, bugungi kunda, O'zbekiston MDH davlatlari orasida o'zining ijtimoiy barqarorligi bilan ajralib turishi umum tomonidan tan olingan. Barcha omillarida ushbu barqarorlikning saqlanishida o'zbek millatining xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbek millatiga mansub shaxslar chuqur mulohaza yuritadigan insonning obro'-e'tibori, qadr-qimmatini hurmat qilish kabi xislatlarga egadir.

Aksariyat hollarda dunyoqarashning ildizlari milliy muhit omili bilan belgilanadi. Ushbu muhit xalqning ijtimoiy xususiyatida mustahkamlangan bo'lib, o'zining barcha tarkibiy qismlari (ish faoliyatining an'anaviy shakllari, turmush tarzining xususiyati, dam olish shakli, muomala tamoyillari) bilan insonlarning ongi, xatti-harakati, qadriyatlar tizimiga katta ta'sir ko'rsatadi va shu tarzda shaxsning millat vakili sifatidagi shaxsiyatini amalda namoyon etadi. Demak, bu muayyan milliy birlik turmush tarzining o'ziga xos muayyan tarixiy shaklida namoyon

440

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

bo'layotgan ob'ektiv va sub'ektiv omillar insonning hayot tajribasida amalga oshirilayotgan "ijtimoiy makondir"

"Milliy omil", "milliy o'ziga xoslik", "milliy jarayonlar" va umuman "milliylik" tushunchalari doimo rivojlanishda bo'lib, muntazam ravishda boshqa millatlarning, millatlararo va umuminsoniy mazmun bilan boyib boradi. Umuminsoniy, millatlararo qadriyatlarni milliy qadriyatga aylanishi mexanizmi, bu ularning oddiy bir mexanik qo'shilib ketishi emasdir. Bu doimo o'zida o'z milliyligidan kelib chiqib, anglab yetilgan, o'zga millat qadriyatining yangilanib borish jarayonidir. Ya'ni, bu "o'z" va "o'zga" qadriyatlarning ijodiy omuxta bo'lishidir. Ushbu jarayon taraqqiyotni belgilaydi, milliy ruhiyat va barcha jamiyat ongiga yangi xususiyatlarni beradi.

Turmush tarzining turli xil bo'g'inlarida milliy muhit tarkibiy qismlari asosan umumiy tarixiy taqdir bilan belgilanadigan moddiy va ma'naviy madaniyat, ijtimoiy tajriba, urf-odatlar, etiket, oila va kundalik turmushdagi an'analar, geografik va ob-havo shart-sharoitlari (bir nechta millat uchun umumiy bo'lishi mumkin bo'lgan yashash makoni), dunyoqarashning o'ziga xosligi, ya'ni muayyan xalq: o'zbeklar, ruslar, tojiklar, gruzinlar va h.k. milliy o'zligining saqlanib qolishini belgilovchi turmush tarzining qariyb butun majmuasidan iboratdir.

Millatlararo qadriyatlar tarkibiy qismlarga ajralgan barqaror xo'jalik, madaniy, ilmiy aloqalar, millatlararo aloqa tili, milliy mafkura elementlari, xalqlar do'stligi sifatida talqin qilinadigan sub'ektiv moyillik, umumiy ruhiyat ko'rinishlarini kiritish mumkin. Ko'pmillatli muhit yanada ko'p qirralidir. Chunki u o'zida milliy va millatlararo, o'ziga xos va chetdan qabul qilingan, saqlanib qolingan va o'zgadan olingan qadriyatlarni o'z ichiga olgan umuminsoniy qadriyatlar jamlamasidir.

O'tmishi, buguni yo'q bo'lgan va kelajakka intilmagan, milliylik bilan bog'lanmagan millatlararo, ya'ni umuminsoniy qadriyatlar bo'lmaydi. Millatlararo totuvlik jarayoni, agarda uni sub'ektiv suiste'mollikdan xoli bo'lgan jarayon sifatida tushunilsa, u yoki bu millat vakilining milliy xususiyatlari, xarakteri, qiziqishlari, odati va ustuvorliklari bir xillashtirib yuborilishini anglatmaydi.

Dunyo tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, milliy xususiyatlar rivojlanib borishi bilan bir vaqtda ro'y berayotgan hayot tarzining barcha sohalaridagi integratsiya tamoyillari millatlararo munosabatlar modellarida ustuvorlikka egadir. Lekin ushbu holatda milliy uyg'onish, mustaqillik, o'ziga xoslik jarayonlari o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Bu esa fuqarolik, etnik birlik, til jihatdan umumiylik masalalarini juda dolzarb qilib qo'yadi. Aslida millatlararo xususiyatlar ijtimoiy munosabatlar, jamiyatdagi odamlarning ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarini (iqtisodiyotda, siyosatda,

17-aprel, 2024

441

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

ilm-fanda, maishiy turmushda) yaqqolroq namoyish etadi. Lekin bunda insonlar hayotiga xatti-harakat, fikrlash tarzi, uslubi va shaklini birxillashtirish zo'rlik bilan singdirilgan, shaxsga sig'inish va turg'unlik yillarining salbiy ta'sirini yengib o'tish kerak. Chunki ular loqaydlik, ikkiyuzamachilik, jamiyatda optimistik kayfiyatlarning yo'qolishiga olib kelar edi. Shuning uchun ham O'zbekistonda milliy munosabatlarda ijtimoiy siyosat yuritish usullarini tanlashda har qanday millatga mansub inson shaxsida umuminsoniy, milliy va individual betakror xususiyatlar borligi e'tiborga olindi.

MDHning ayrim davlatlarida milliy munosabatlarning hozirgi holati jahon rasmiy doiralari, keng xalq ommasini asosli ravishda tashvishlantirmoqda. Bu esa bir tomondan oshkora millatlararo ziddiyatlar bo'lmagan barcha mustaqil respublikalardagi ruhiy kayfiyatga ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchi tomondan, umuminsoniy qadriyatlar namoyon bo'ladigan o'ziga xos milliylik yoki etnopsixologik xususiyatlarning hisobga olinishini taqozo etadi. Bular jumlasiga, masalan, ijtimoiy optimizm, doimo ijtimoiy o'zgaruvchan faoliyat sub'ekti bo'lgan shaxsning faolligi kabilar kiradi.

Bunday faoliyatni optimallashtirish shuni taqozo etadiki, har bir inson milliy mahdudlikdan xoli bo'lsin, ruhiy taraqqiyot va ijtimoiy farovonlikning keng istiqbollariga ega bo'lsin, millatlararo aloqalarda nafaqat salbiy jihatlarni, balki hamma odamlarni birlashtiruvchi umumijtimoiy manfaatlarni ko'ra bilsin. Aynan shular o'ziga xos milliylikning nafaqat ruhiy dunyoda, shaxsning yo'nalishlarida, hayot tarzining o'ziga xosligida mustahkamlanishini taqozo etadi, umuminsoniy, millatlararo xususiyatlarning ham bo'lishi lozimligini ko'rsatadi. Zero, milliy suveren davlatchilikning mustahkamlanishini ko'p millatli tashqi dunyodan uzilish, deb tushunish kerak emas. Aksincha, har bir shaxsning umuminsoniy qadriyatlari bilan boyishi, odamlar ongida milliy dunyoqarashni siqib chiqarmaydi, balki ularni bir necha bor kuchaytiradi va insonni hamda millatni dunyo madaniyatiga yaqinlashtiradi. Ammo bu jarayonga milliylik, xalqchillik niqobi ostida shaxsiy manfaatlari uchun kurashayotgan kuchlar to'sqinlik qilishi mumkin.

Albatta, millatlararo do'stlikni yuzaki tushunuvchilar ham bor. Masalan, og'izda xalqlar do'stligini ulug'lab, bu "do'stlik" uchun biron-bir millatni (juhudlar, turklar, armanlar, ruslar va sh.k.) tanlaydilar. Tabiiyki, bunday yondoshuv millatlararo uyg'unlikka, demak, milliy taraqqiyot, millatlararo totuvlikda optimistik tendensiyalarning mustahkamlanishiga xalal beradi.

Millatchilikning bugungi qiyofasi o'zgacha. Masalan, kosmopolit-millatchilar paydo bo'lishdi. Bir-birini inkor etuvchi bu tushunchalarning mohiyati shundan

17-aprel, 2024

442

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2Q3Q Strategy:

iboratki, og'izda ular milliylikni umuman rad etadilar. Lekin buning uchun boshqa millatlar ularning millatini qabul qilishi kerak. Vatanparvarlik, milliylik, milliy mustaqillik taraqqiyot yo'lidagi g'ov sifatida inkor etiladi. Biroq, bu inkorlar "o'zga" millatlarga tatbiq etiladi.

Bu esa, millatlararo muomala madaniyatini shakllantirish, yosh avlodga yo'naltirilgan tarbiya borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishni taqozo etadi. Vaholanki, aynan yoshlarda muayyan maqsadga yo'naltirilgan, qat'iy me'yorlangan tarzda milliy, millatlararo va umumiy qadriyatlarni o'zlashtirish tuyg'usi kuchli. Zero, ular birgalikdagina millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirishga, respublikamizdagi optimistik shart-sharoitini mustahkamlashga qodir. Bunday tarbiyaviy ishlar shaxs sifatida shakllanishida yoshlarning tub manfaatlariga mos, turmushlarini optimistik tarzda yo'naltiradigan, turli millatlarga mansub odamlarning qadriyatlari va xatti-harakatlaridan o'rnak olishga qaratilgan.

Ayni paytda jahonda bir millat nomi bilan ataluvchi, lekin turfa xil millat, elat, xalq va etnik guruhlar vakillaridan iborat aholiga ega bo'lgan davlatlar juda ko'plab topiladi. Shular jumlasiga aholisi, 130 dan oshiq millat vakillaridan tashkil topgan O'zbekiston ham kiradi. Tabiiyki, ko'p millatli davlatning ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, madaniy turmush tarzi, taraqqiyotida ham o'ziga xoslik mavjud.

Turli xil millat - qadriyatlar va madaniyat, millat va ma'naviyat - bular uyg'un tushunchalardir. Ma'naviyatsiz va qadriyatsiz millat bo'lmaydi. Buni har bir kishi his qilishi lozim. Eng muhimi, bu borada O'zbekiston fuqarolarida to'la imkoniyatlar bor.

Hozirgi kunda Respublika milliy-madaniy markaz atrofida 138 ta - arman, yahudiy, tatar, tojik, koreys, ozarbayjon, boshqird, turkman, nemis, ukrain, turk, grek, bolgar kabi milliy-madaniy markazlar faoliyati muvofiqlashtirilgan. Ular mustaqillikning dastlabki davri, 1992 yil 13 yanvarda tashkil etilgan Respublika Baynalmilal madaniyat markazi bilan hamkorlikda ish olib boradilar va o'z Nizomlari, dasturlari hamda ish rejalariga egadirlar. Markaz faoliyati xalq urf-odatlari va an'analari, marosimlarini tiklash, ularni O'zbekistonda yashovchi xalqlar o'rtasida targ'ib etishga qaratilgan.

Shuningdek, bu markazlarda o'zbek xalqi madaniyati, san'ati, tili ham targ'ib etiladiki, bu xalqlarni yaqinlashtirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga xizmat qiladi. Respublika Baynalmilal markaz qoshida tashkil etilgan millatlararo "Navro'z" teatri ham bunga yordam beradi. Uning sahnasi turli teatr maktablari va yo'nalishlarini obrazli ko'rsatish imkonini beradi, millatlararo munosabatlar madaniyati, siyosiy madaniyatni yuksaltirishga yordam beradi. Bu esa jamiyatda

17-aprel, 2024

443

Tashkent State University of Economics

barcha millat vakillari o'rtasidagi ijtimoiy optimizm darajasini va O'zbekiston kelajagiga bo'lgan har bir fuqaroning ishonchini yanada oshiradi.

Bu borada barcha millatlarda, ayniqsa, tub bo'lmagan millat vakillarida, ularning millatidan, dinidan qat'i nazar, yoshlarda vatanparvarlik hissini kuchaytiruvchi tarbiya usullaridan foydalanish foydali. Masalan, ko'p millatli ish muassasalarida Vatanimiz tarixi, urf-odatlari, an'analari, imkoniyatlari va kelajagini aks ettiruvchi hamda tarannum etuvchi tadbirlarni o'tkazish ijobiy samara berishi tabiiy. Eng asosiysi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan va amaldagi mavjud haq-huquqlar: har bir millat kishisi o'zi qilayotgan mehnatining samarasi, baxtli kelajagiga ishonch, oilasida hukm surayotgan xotirjamlik, bo'sh vaqtini turmush tashvishlaridan xoli o'tkazish, ma'naviy va madaniy ehtiyojlarini to'liq qondirish imkoniyatlarining mavjudligi Vatanga bo'lgan mehr-muhabbatni yanada oshiradi. Bu yoshlar ongida milliy ma'naviyatga bo'lgan yangicha yondashishni, hurmat-e'tiborni tarbiyalashda o'ta muhimdir.

REFERENCES

1. Abilov O'.M. "O'zbekiston taraqqiyotining optimisik ruhi" Toshkent. 2003.

2. Nazarov Q. Jahon falsafasi qomusi. Toshkent "Ma'naviyat" nashriyoti. 2019.

3. Abilov O'.M. Optimistik evolyutsiya: tafakkur, ma'naviyat, mafkura. Toshkent. "Fan ziyosi" 2023 yil.

4. «Insoniyat, millat va til: o'zaro aloqadorlik va rivojlanish tendensiyalari» Ilmiy-nazariy seminar materiallari to'plami. Toshkent, 2024 yil.

444

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.