MILLIY VA DINIY QADRIYATLARNING UYG'UNLASHUVI
Dilorom Tursunalievna Hamdamova Namangan davlat universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada qadriyatlar tavsifi, milliy va diniy qadriyatlar uyg'unligi omillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan bog'liq tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: din, madaniyat, siyosat, jamiyat, milliy uyg'onish, diniy qadriyatlar, milliy qadriyatlar, e'tiqod, vijdon erkinligi
HARMONIZATION OF NATIONAL AND RELIGIOUS VALUES
Dilorom Tursunalievna Hamdamova Namangan State University
Abstract: In this article, the description of values, the factors of harmony of national and religious values are analyzed in connection with socio-political processes.
Keywords: religion, culture, politics, society, national awakening, religious values, national values, belief, freedom of conscience
O'zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining konstitutsion ta'minlanishi fuqarolarda din va diniy qadriyatlarga nisbatan adolatli va xolisona munosabatni belgilash imkoniyatini yaratdi.
Sho'rolar hukmronligi davrida har qanday din(lar) ma'naviy-ma'rifiy qoloqlikning natijasi, jamiyat va inson kamoloti yo'lidagi to'siq hisoblanib, uni kishilar ongidan, xalqlar hayotidan batamom siqib chiqarishga zo'r berilgan edi1. Endi ma'lum bo'ldiki, aslida har bir din, xususan, islom dini jamiyat, millat ma'naviyatini yuksaltirishda, komil inson shaxsini shakllantirishda juda muhim o'rin tutar ekan. Shu bois, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi va uni mustahkamlash yo'lidagi dastlabki sa'i-harakatlar xalqimiz hayotida diniy qadriyatlarni tiklash, kishilarimizning diniy e'tiqod erkinligini ta'minlash, davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabatlarini to'g'ri yo'lga qo'yishdan, umuman dinlarni chuqur o'rganish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan boshlangan edi.
Dinlararo bag'rikenglik g'oyasi xilma-xil diniy e'tiqodga ega bo'lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda yaxshi niyatlar yo'lida hamkor va xamjihat bo'lib yashashini anglatadi. Asrlar mobaynida din aksariyat ma'naviy qadriyatlarni o'zida
1 MaMamoKnpoB C., YraMypogoB A., P.KpgnpoBa Э. Ba ôomrç. MHJJHH TaparçKHëTHHHr roaBHH-Ma^KypaBHH acoc^apn. -TomKeHT: 2008. -B.127.
ITiy^^^BI 295 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)
mujassam etib kelmoqda. Bugungi kunda tajavuj bo'lgan barcha dinlar, shu jumladan islom dini ham ezgulik g'oyalariga asoslanadi yaxshilik, hamjihatlik, totuvlik o'zaro hurmat bir-birlarini anglash, millat ravnaqi yo'lida fidoiylikka undaydi.
Bugungi kunda bu g'oya millatlararo totuvlikni ta'minlab berish yo'lida nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a'zolarining hamkorligini nazarda tutadi.
O'zbek xalqining madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar mobaynida Sharqning ma'naviy o'choqlaridan biri bo'lib kelgan. Bundan tashqari, biz yashab turgan hudud g'oyat xilma-xil diniy e'tiqodlar, dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan mintaqa hisoblanadi.
Ma'lumki, har bir millat tarixan dinlarning birortasi ta'sirida bo'ladi, unga imon keltiradi, e'tiqod (ixlos) qiladi. Jahon dinlari o'z mohiyati jihatidan baynalminal xususiyatga ega bo'lsa-da, ammo ular milliy qadriyatlarni saqlovchi, e'zozlovchi va rivojlantiruvchi ma'naviy vosita sifatida ham maydonga chiqadilar. SHuning uchun ko'pincha millat diniy shiorlar ostida o'z mustaqilligi uchun kurashadi. Masalan, 1918-1923-yillarda O'zbekistondagi milliy-ozodlik urushi islom shiorlari va qadriyatlari asosida borgan. Chunki mahalliy aholining milliy asosiy ko'pchiligi diniy qadriyatlar orqali milliy qadriyatlarni anglab kelganlar, binobarin, millat sha'nini diniy qadriyatlar orqali himoya qilganlar. Demak, o'sha tarixiy vaziyatda mustamlakachilikka qarshi milliy-ozodlik uchun kurashga xalq ommasini safarbar etishda diniy shiorlar qo'l kelgan. Biroq, istiqlolchilik harakatining asosiy mafkurachilari islom aqidaparastlari bo'lgani sababli millat sha'nini himoya qilishda birlik, jipslikka putur etgan, oqibatda rus bolsheviklari milliy-ozodlik harakati qatnashchilarining oralarini buzishga erishib, osonlikcha tor-mor keltirish imkoniyatiga ega bo'lganlar. Demak, diniy qadriyatlarning milliy qadriyatlar uyg'unlashuvi jarayoniga konkret (aniq) tarixiy nuqtai nazardan yondashib, baholash va munosabat bildirish lozim. Ba'zi bir tarixiy sharoitda konkret mamlakatda diniy qadriyatlar bilan milliy qadriyatlarning uyg'unlashuvi ijtimoiy taraqqiyot va inson kamolotiga xizmat qilsa, boshqa bir mamlakatda va boshqa bir tarixiy sharoitda u taraqqiyot va inson kamoloti zavoli ham bo'lishi mumkin.
Masalan, ijtimoiy ong diniy va milliy qadriyatlar bilan qorishib ketishi dinlarning siyosiylashuvi uchun g'oyaviy negiz bo'lib, real milliy qadriyatlar diniy qadriyatlar bilan almashinadi. Natijada diniy zaminda millatlararo mojarolar, katta-katta urushlar ham kelib chiqadi. Vahhobiylik, xizbuttahrirchilik g'oyalari arab -musulmon olamida tarqalgan bo'lsa-da, har bir mamlakatda ular go'yoki milliy manfaatlarning himoyachilari sifatida o'zlarini ko'rsatishga harakat qiladilar. Milliy qadriyatlarni tushunmagan, o'z millati sha'nini unutgan ba'zi kimsalar ularga ergashib, o'z millatiga xiyonat qilishgacha borib etadilar.
Millatlararo va dinlararo munosabatlar insonparvarlik yo'nalishida qaror topish va muomala madaniyatida katta tarixiy tajriba to'plagan o'zbeklarda milliy va diniy
fîcïV^^^BI 296 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJlF 2022)
bag'rikenglik millat sha'ni uchun kurashning bir shakli sifatida namoyon bo'ladi. Bu hol O'zbekistonda yashayotgan va turli diniy e'tiqodga ega xalqlar, millat va elatlar namoyandalariga qo'lni-qo'lga berib, buyuk istiqbol uchun kurashda yakdil bo'lishlari uchun o'ziga xos shart-sharoit vazifasini o'tamoqda2.
Barcha dinlar jumladan islom dini qadriyatlarini chuqur o'rganish, ularning imkoniyatlaridan millatlararo totuvlikni ta'minlash yo'lida samarali foydalanish milliy uyg'onish, milliy tiklanish jarayonining muhim tomonidir. Diniy qadriyatlar milliy, umuminsoniy qadriyatlar bilan chambarchas bog'lanib ketgan. Insonparvarlik, adolatparvarlik, qo'shnichilik, boshqa millat vakillariga hurmat bilan qarash haqidagi diniy qadriyatlarning zamini ijtimoiy xayotning o'zidadir. Har qanday qadriyat inson qalbi va ongiga chuqur singishi, uning e'tiqodiga aylanishining muhim shartidir. Din ham jamiyatdagi ijtimoiy muhitni barqaror-lashtirishga, takomillashtirishga qaratilgan g'oyaviy qarashlardan biridir.
Diniy axloq hamda huquqni mohiyati va mezonlarining chuqur o'rganish, ularni xayotga joriy etish komil insonni tarbiyalashga bevosita ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Diniy meros va qadriyatlarning milliy uyg'ornish va poklanishga, barcha millat vakillarini teng ko'rishga, shu orqali milliy tiklanishga ko'rsatayotgan ijobiy ta'siri ham shundadir. Shu bilan birga diniy qadriyatlarini millatlararo totuvlikni ta'minlab berishdagi ahamiyatnin xaddan tashqari bo'rrtirib yuborish kerak emas. Yurt tinchligi, barqarorlik, millatlararo totuvlikni ta'minlab berishda diniy g'oyalarning roli katta bulsada u asosiy va yolg'iz mezon bo'la olmaydi.
Millatlar uchun zarur bo'lgan milliy uyg'onish, ruhiy poklanish diniy an'analarga rioya qilishgina emas, balki asosiy dunyoviy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy muammolarning hal etishga yo'l izlashdir.
Dunyoning ayrim mamlakatlarida diniy qadriyatlarni oyoq osti qilish, e'tiqodga qarab ajratishga qilinayotgan harakatlar turli millat vakillari o'rtasida kelishmovchiliklarni kelib chiqishiga sababchi bo'lmoqda.
Mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq ayrim mintaqalardagi fojealardan xulosa chiqargan holda, hamda diniy qadriyatlardan tinchlik va barqarorlikni ta'minlash yo'lida foydalanishga katta e'tibor berilmoqda.
O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlardan tashqari diniy qadriyatlarimizga ham alohida o'rin berilayotganligi tasodifiy hol emas. Chunki milliy va diniy qadriyat o'rtasida qat'iy chegara yo'q. Ular doimiy ravishda o'zaro bog'liq holda namoyon bo'ladi, bir-biri bilan muloqotda, birgalikda mavjud bo'ladi. Milliy va diniy qadriyatlar mutelikdan, fikr qaramligidan qutulish, milliy o'zlikni anglashga xizmat qilishi bilan ular jamiyatda demokratik umumbashariy tamoyillarining qaror topishiga zamin yaratadi.
2 .Ha^acoB M., rocynoB y., H0M030Ba K. MHMHH -MatHaBHÖ THKiaHHm. y^yB Ky^aHMa. -TomKeHT: 2008. -B.191. ITÏy^^^BI 297 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJlF 2022)
Bugungi kunda respublikamizda islomdan tashqari yana ko'plab ro'yxatdan o'tgan diniy konfessiyalar faoliyat ko'rsatishmoqda. Ular dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirish jarayonida milliy zaminda mojarolar chiqishiga yo'l qo'ymaslik uchun ham kurashmoqdalar. Binobarin, milliy o'zlikni anglash insoniy yo'nalishda rivojlanishga munosib hissa qo'shib, o'zlari mansub bo'lgan millat sha'niga dog' tushirmaslikka harakat qilmoqdalar. Zero, milliy o'zlikni anglash chinakam baynalminalchilik his-tuyg'ulari ham rivojlangan bo'lishini taqozo etadi. Buyukmillatchilik, buyukdavlatchilik shovinizm, milliy kalondimog'lik va diniy mutaassiblikka qarshi kurash jarayonida millat sha'ni-shavkati va shuhrati oshib boradiki, buni aslo unutmaslik zarur.
Insoniyat umri davomida ta'lim va tarbiyaning turli institutsional tuzilmasi vositasida ilm-fan yutuqlaridan baxramand bo'ladi. Bu bir tomondan, shaxsning farovon hayotiga bo'lgan intilishi va qiziqishi sabab yuzaga kelsa, ikkinchi tomondan, jamiyatda mavjud tartib qoidalarga rioya qilish barobarida ta'lim jarayonining ishtirokchisiga aylanadi. Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ilm fanning inson shaxsini shakllantiruvchi omil sifatida baholanganini kuzatish mumkin3
O'zbeklar tarixan boshqa xalqlar, elatlar va millatlar hamda o'zga diniy e'tiqod egalari his-tuyg'ulariga zo'r hurmat qilish ruhida tar-biyalangan jahondagi zakovatli millatlar sirasiga kiradilar. Sahovatpeshalik, ochiqko'ngillik, rahm-shafqatlilik, insonparvarlik, mehmondo'stlik, rioya-andishalik, izzat-ikromlilik - bular o'zbek milliy tabiat (mentaliteti)ning ajralmas hususiyatlari bo'lib, bu kabi fazilatlar tufayli ular o'z millati sha'ni uchun kurashib keladilar.
Xulosa qilib aytganda, millat sha'nini ko'tarishda bugungi kunda ulg'ayib, voyaga etib borayotgan yoshlarni alohida o'z o'rni bordir. O'zbekistonning kelajagi bugungi kun yoshlarining qo'lidadir. O'zbekiston yoshlari turli sohalarda erishayotgan yutuqlari bilan yurtimizni dunyoga tanitmoqdalar va millatimiz sha'nini ulug'lashga o'z hissalarini qo'shmoqdalar. Yurtimizni ko'plab iqtidorli yoshlari dunyoning taniqli universitetlarida tahsil olib o'z qobilyatlarini namoyish etib kelmoqdalar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Мамашокиров С., Утамуродов А., РДодирова Э. ва бошк;. Миллий тараккиётнинг гоявий-мафкуравий асослари. -Тошкент: 2008. -Б. 127.
2. Лафасов М., Юсупов У., Номозова К. Миллий -маънавий тикланиш. Укув кулланма. -Тошкент: 2008. -Б.191.
Inatullaev Bakhromjon. Integration of science, education and production in educational efficiency.// Journal of Social Studies.2020, Special Issue, pp. 65-72. http://dx.doi.org/10.26739/2181-9556-2020-SI-7. https://tadqiqot.uz/index.php/soci/article/view/1246
298
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)
3. Inatullaev Bakhromjon. Integration of science, education and production in educational efficiency.// Journal of Social Studies.2020, Special Issue, pp. 65-72. http://dx.doi.org/10.26739/2181-9556-2020-SI-7. https://tadqiqot.uz/index.php/soci/article/view/1246
299
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)