Научная статья на тему 'JAMIYAT MA’NAVIY TARAQQIYOTIDA DINIY BAG‘RIKENLIK OMILI'

JAMIYAT MA’NAVIY TARAQQIYOTIDA DINIY BAG‘RIKENLIK OMILI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1257
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
din / tolerantlik / diniy bag‘rikenglik / konfessiya / ma’naviyat / ma’naviy taraqqiyot / etnosiyosat / dunyoviy davlat / terrorizm / fundamentalizm. / religion / tolerance / religious tolerance / confession / spirituality / spiritual development / ethnopolitics / secular state / terrorism / fundamentalism.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Akilova, O‘g‘ilxon Mirzapayasovna

Ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali jamiyatda mamlakat tinchligi va taraqqiyotining asosiy omili millatlararo va dinlararo bag‘rikenglikdir. Diniy bag‘rikenglikning amal qilishi mamlakatning demokratlilik darajasi hamda ma’naviy qiyofasini belgilab beradi. Masalaning yana bir jihati diniy bag‘rikenglik din niqobi ostidagi yot mafkuralarning yoyilishiga befarqlikni anglatmaydi. Muqaddas diniy ta’limotlarning asosida ma’naviy barkamollik yotadi. Shunday ekan, diniy bag‘rikenglik jamiyat ma’naviy taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir. Maqolada shu masalalar atroflicha yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A FACTOR OF RELIGIOUS TOLERANCE IN THE SPIRITUAL DEVELOPMENT OF SOCIETY

In a multi-ethnic and multi-confessional society, interethnic and inter-religious tolerance is a key factor in the peace and development of the country. The practice of religious tolerance determines the level of democracy and the spiritual image of the country. Another aspect of the problem is that religious tolerance does not mean indifference to the spread of foreign ideologies under the guise of religion. Spiritual excellence is at the core of sacred religious teachings. Consequently, religious tolerance is one of the most important factors in the spiritual development of society. The article discusses these issues in detail.

Текст научной работы на тему «JAMIYAT MA’NAVIY TARAQQIYOTIDA DINIY BAG‘RIKENLIK OMILI»

Scientific Journal Impact Factor

О

JAMIYAT MA'NAVIY TARAQQIYOTIDA DINIY BAG'RIKENLIK

OMILI

Akilova O'g'ilxon Mirzapayasovna

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligi mashinalarini mexanizatsiyalash

instituti tayanch doktaranti

Ko p millatli va ko p konfessiyali jamiyatda mamlakat tinchligi va taraqqiyotining asosiy omili millatlararo va dinlararo bag'rikenglikdir. Diniy bag 'rikenglikning amal qilishi mamlakatning demokratlilik darajasi hamda ma 'naviy qiyofasini belgilab beradi. Masalaning yana bir jihati diniy bag'rikenglik din niqobi ostidagi yot mafkuralarning yoyilishiga befarqlikni anglatmaydi. Muqaddas diniy ta'limotlarning asosida ma'naviy barkamollik yotadi. Shunday ekan, diniy bag'rikenglik jamiyat ma'naviy taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir. Maqolada shu masalalar atroflicha yoritilgan.

Kalit so'zlar: din, tolerantlik, diniy bag'rikenglik, konfessiya, ma'naviyat, ma'naviy taraqqiyot, etnosiyosat, dunyoviy davlat, terrorizm, fundamentalizm.

В полиэтническом и многоконфессиональном обществе ключевым фактором мира и развития страны является межэтническая и межрелигиозная терпимость. Практика религиозной толерантности определяет уровень демократии и духовный имидж страны. Другой аспект проблемы заключается в том, что религиозная терпимость не означает безразличие к распространению чужих идеологий под прикрытием религии. Духовное совершенство лежит в основе священных религиозных учений. Следовательно, религиозная толерантность - один из важнейших факторов духовного развития общества. В статье эти вопросы рассматриваются подробно.

Ключевые слова: религия, толерантность, религиозная толерантность, конфессия, духовность, духовное развитие, этнополитика, светское государство, терроризм, фундаментализм.

In a multi-ethnic and multi-confessional society, interethnic and inter-religious tolerance is a key factor in the peace and development of the country. The practice of religious tolerance determines the level of democracy and the spiritual image of the country. Another aspect of the problem is that religious tolerance does not mean

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

0

indifference to the spread of foreign ideologies under the guise of religion. Spiritual excellence is at the core of sacred religious teachings. Consequently, religious tolerance is one of the most important factors in the spiritual development of society. The article discusses these issues in detail.

Keywords: religion, tolerance, religious tolerance, confession, spirituality, spiritual development, ethnopolitics, secular state, terrorism, fundamentalism.

O'zbekiston o'zining ko'p asrlik tarixi davomida qadim-qadimdan ko'pmillatli va ko'pkonfessiyali aholisiga ega bo'lgan mamlakat sifatida o'zaro hamkorlikda tinch-totuvlikda yashab kelgan. Istiqlol yillarida ushbu hamjixatlik yanada mustahkamlanmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta'kidlaganidek, "Mustaqillik yillarida mamlakatimizda millatlararo munosabatlar rivojida yangi bosqich boshlandi. Bag'rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O'zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri etib belgilandi. Bularning barchasi hayotda o'zining to'liq ifodasini topdi."(1).

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bizga ma'lumki, ko'pmillatli demokratik jamiyatda ko'pincha millatlararo munosabatlar davlat siyosatining asosiy komponenti sifatida namoyon bo'ladi. O'zining tarkibi va mazmuni jihatidan xilma-xil xalqlar birligidan tashkil topgan bizning jamiyatimizda millatlararo totuvlikni saqlashga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Insonparvar, adolatli, huquqiy jamiyat qurishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan mamlakatimiz aholisi ongida har bir millatning o'z milliy madaniyati borligini, har bir etnos, etnik guruh dunyoda yagona ekanini, ularga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lish, zinhor birini boshqasidan ustun qo'yish mumkin emasligini nazardan qochirmaslik nihoyatda muhim hisoblanadi. BMTning YuNESKO tashkiloti tomonidan 1995 yili qabul qilingan "Bag'rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi"da bag'rikenglik tushunchasiga qo'yidagicha ta'riflar berilgan va uning mohiyati yoritilgan: Bag'rikenglik - bizning dunyodagi turli madaniyatlarning, o'zini ifodalash va alohidaligini namoyon qilishning xilma xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish hamda to'g'ri tushunishni anglatadi. Bag'rikenglik bilim, samimiyat, ochiq muloqot, hur fikr, vijdon va e'tiqod vujudga keltiradi. Bag'rikenglik turli-tumanlikdagi birlikdadir. U burchgina emas, balki, siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag'rikenglik - tinchlikka erishishni ta'minlovchi va urush madaniyatsizligidan

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

o

tinchlik madaniyatiga eltuvchi kuchdir. Bag'rikenglikni namoyon qilish inson huquqlariga befarq yoki ijtimoiy adolatsizlikka sabr-toqatli munosabatda bo'lish, iymon-e'tiqodidan voz kechib boshqalarning e'tiqodiga yon bosish emas. U shuni anglatadiki, har kim o'z e'tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini tan olmog'i lozim. U shuni anglatadiki, odamlar tashqi ko'rinishi, qiyofasi, o'zini tutishi, nutqi, xulqi va qadriyatlari jihatidan farqlanadi, ular dunyoda yashashga va o'zlarining ana shu individualligini saqlab qolishga haqlidirlar. U yana shuni nglatadiki, ir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas (2).

Diniy bag'rikenglikning millatlararo munosabatlarga ta'siri quyidagilarda namoyon bo'ladi:

Birinchidan, din va diniy qadriyatlar etnosiyosiy paradigmaga qarshi chiqmaydi, balki rivojlanishini ta'minlashga o'z vosita va usullari bilan yordam beradi. Etnosiyosiy paradigmaning strategik maqsadi jamiyatning barcha a'zolari, shu jumladan dirga e'tiqod qilvchilar, konfessiyalar, diniy tashkilot a'zolariga ham daxldordir.

Ikkinchidan, O'zbekiston dunyoviy demokratik, huquqiy davlat, unda din davlatdan ajratilgan, din davlat ishlariga aralashmaganidek, davlat ham diniy idoralar, tashkilotlar ichki ishlariga aralashmaydi. Biroq bu din va diniy idoralar, e'tiqod qiluvchilar istagan ishini qilishi, davlat va jamiyat hayotiga indiferent munosabatda bo'lishi mumkin, degan fikrga olib kelmasligi zarur. Dindorlar qanday ijtimoiy -axloqiy va siyosiy-huquqiy qadriyatlarga tayanishiga davlat, jamiyat befarq qaray olmaydi.

Uchinchidan, xalqlar, millatlar inoq yashaganida, strategik maqsadni o'zining hayotiy maqsadi sifatida qabul qilganida ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlash mumkin.

To'rtinchidan, polietnik davlatlarda etnomadaniy plyuralizm va politeizm tabiiy hol hisoblanadi. Etnomadaniy plyuralizm bilan politeizmni murosada ushlab turish, ularni ijtimoiy taraqqiyot manfaatlariga xizmat qilishini ta'minlash etnosiyosiy paradigma zimmasidagi murakkab vazifalardan biridir.

Beshinchidan, diniy bag'rikenglik destruktiv guruhlarga, fundamentalizm va terrorizmga xushomad, yon bosish emas, u mudom xatti-harakatlar va g'oyaviy qarashlarni ijobiy yoki salbiy xarakterga ega ekanini ajrata oladigan voqelikdir. Insonning "ijtimoiy mavjudot" ekanligi uning xatti-harakatlari va g'oyaviy qarashlariga ma'lum bir talablar, xatto cheklanishlar qo'yadi. Bu ijtimoiy talablar va cheklanishlar huquqiy normalar hamda ma'naviy-axloqiy imperativlar orqali belgilanadi.

Scientific Journal Impact Factor

0

Oltinchidan, millatlararo munosabatlarda dinga, diniy qadriyatlarga tayanish vijdon erkinligi orqali ta'minlanadi. Qaysi dinga e'tiqod qilish, qanday diniy qadriyatlarni e'zozlash, targ'ib etish va qo'llab-quvvatlash shaxsning konstitusion huquqidir. Ammo din va diniy tashkilotlarning millatlararo munosabatlarga bevosita aralashishi, ularni u yoki bu shaklda uyushtirish, bir millatni ikkinchisiga qarshi qo'yishi mumkin emas. Milliy-etnik din yoki diniy tashkilot bo'lishi davlatning polietnik va politeistik xususiyatiga ziddir. Dinga e'tiqod millat, etnik belgi tanlamaydi, u har bir insonning ixtiyoridagi ishdir.

Yettinchidan, millatlararo munosabatlarda din va diniy tashkilotlar to'plagan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-axloqiy tajribalardan foydalanish har ikki tomon, ayniqsa ijtimoiy taraqqiyot uchun, konstruktiv ahamiyatga ega. Lekin etnosiyosiy paradigma dinda konservativ va dogmatik unsurlar ham borligini, ulardan destruktiv kuchlar foydalanishga intilayotganini unutishi

mumkin emas. Diniy fundamentalizm va terrorizm keng tarqalayotgani bois, davlatlararo, millatlararo munosabatlarda bir-biriga shubha bilan qarash, to'la ishonmaslik real voqelikka aylangan.

O'zbekistonda politeizm qaror topgan, aholining 90 foizdan ortig'i islom diniga, qolganlari boshqa dinlarga e'tiqod qiladi. "Bizning mamlakatimiz azal-azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makon sifatida dunyo sivilizatsiyasi tarixida alohida mavqega ega. Bu muborak zaminda bizning ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan qaraganlar, mana shu yurt ozodligi yo'lida ular bilan birga kurash olib borgani, yelkadosh bo'lib mehnat qilganini hech kim inkor eta olmaydi" (3). Haqiqatan ham, mintaqamizda g'oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va turli xalqlarning tinch-totuv yashashini ta'minlagan markaz bo'lib kelgan. Diniy bag'rikenglik etnik nizolar, fuqarolar urushi va mutaassiblikdan, achchiq tarixiy tajribadan kelib chiqqan g'oyadir. Diniy bag'rikenglik o'z e'tiqodi va dinidan voz kechish kerak, degan ma'noni bildirmaydi, balki, u insonlarning qadr -qimmatini, vijdon erkinligi va mustaqil fikr yuritishini hurmat qilishni anglatadi. Respublikamizda istiqomat qiluvchi turli din vakillari o'rtasida inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligiga asoslangan teng huquqlilikning mavjudligi va konfessiyalararo hamkorlikning yaxshi yo'lga qo'yilganligi mamlakatimizda ijtimoiy barqarorlikka, jamiyat ma'naviy taraqqiyotiga zamin yaratmoqda. Davlatimizning dinga "inson e'tiqodsiz yashay olmaydi", degan tamoyil asosida munosabatda bo'lishi ham konfessiyalararo munosabatlarni sog'lomlashtirishga hizmat qiladi. Konstitutsiyamizning 31-moddasida: "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki qaysi dinga e'tiqod qilmaslik

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi"(4), deb belgilab qo'yilgan. Unda dunyoviy davlatning dinga bo'lgan munosabatini ifodalaydigan asosiy tamoyillari o'z ifodasini topgan. Unga muvofiq: birinchidan, davlat asosiy qonuni orqali dinga qarshi siyosat yurgizmaslikni o'z zimmasiga oladi; ikkinchidan, e'tiqod qilish yoki qilmasldik har bir insonning ajralmas huquqi ekanligi e'tirof etiladi; uchinchidan, yuqoridagi ikki asosiy tamoiyllardan kelib chiqqan holda va jamiyatda e'tiqodiy munosabatlarni tartibga solish va uni ta'minlash uchun davlat diniy qarashlarning majburan singdirilishiga yo'l qo'ymaslikni kafolatlaydi. Respublikamizda 16 diniy konfessiya va 2200 dan ortiq ta diniy tashkilot faoliyat olib boradi. Mazkur tashkilotlardan 1875 tasi islom diniga, 33 tasi rus pravoslav cherkoviga, 24 tasi Yevangel, xristian-baptistlar Ittifoqiga, 22 tasi Yevangel Pol xristian cherkoviga, 4 tasi Yevangel - lyuteran cherkoviga, 11tasi yettinchi kun advintislar cherkoviga, 5 tasi Rim - katolik cherkoviga, 1 tasi Arman - apostol cherkoviga, 7 tasi Baxay-ishonch uyushmasiga, 2 tasi Krishna jamiyatiga, 2 tasi iegovlarga, 8 tasi iudeya jamoasiga, 60 tasi protestantlar cherkoviga, 1 tasi O'zbekiston Bibliya jamiyatiga, 1 tasi Golos Boji jamoasiga va yana 1 tasi Budda ibodatxonasiga tegishlidir (5) O'zbekistonda millat va elatlar vakillarining diniy qiziqishlari hurmat qilinadi.

XULOSA

Odamlarning ongi, qalbi va ruhiyatiga, ma'naviyatiga ta'sir o'tkaza oladigan dinning jamiyat hayotidagi roliga to'g'ri baho bera olmaslik diniy qadriyatlarni taraqqiyot va dunyoviylik bilan uyg'unlashtirmaslik salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. O'zbekistondagi diniy bag'rikenglik sharqona kadriyatlarga, sharqona sivilizatsiyaning hayotbaxsh kuchiga, ulardagi pozitiv tajribalarga asoslanmoqda. Bizning ko'pgina qadriyatlarimiz tarixan islom va undagi gumanistik an'analar bilan bog'liqdir. Shu sababli ham, islomdagi yangi etnosiyosiy paradigmani va mamlakatimizdagi totuvlik, birodarlik va bag'rikenglikni qo'llab-quvvatlashga yordam beradigan qadriyatlarni, ijtimoiy-axloqiy g'oyalarni yanada keng o'rganish, targ'ib etish lozim. Polietnik va politeistik davlatlarda konfessiyalararo munosabatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Konfessiyalararo munosabatlarning bag'rikenglik asoslariga qurilishi jamiyatdagi umumiy ma'naviy muhitga, qolaversa, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Ovozi gazetasi. 26.01.2017.

2. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz. T. 9. - Toshkent: "O'zbekiston", 2001. - 222 b.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

3. YuNESKO xalqaro me'yoriy hujjatlari. Konvesiyalar, bitimlar, protokollar, tavsiyanomalar, deklaratsiyalar. (To'plam) "Bag'rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi" - Toshkent: "Adolat", 2004. - 91-92 b.

4. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - Toshkent: "O'zbekiston", 2019. -8 b.

5. http://uza.uz/oz/society/konfessiyalararo-mulo-ot-va-diniy-ba-rikenglik-zhamiyat-bar--16-11-2017

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.