Научная статья на тему 'TАLАBАLАRNI DINIY BАG‘RIKENGLIK VА MILLАTLАRАRO TOTUVLIK RUHIDА TАRBIYАLАSHНИНГ IJTIMOIY PEDАGOGIK ZАRURIYАTI.'

TАLАBАLАRNI DINIY BАG‘RIKENGLIK VА MILLАTLАRАRO TOTUVLIK RUHIDА TАRBIYАLАSHНИНГ IJTIMOIY PEDАGOGIK ZАRURIYАTI. Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
169
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / diniy bag‘rikenglik / millatlararo totuvlik / ma’naviyat / axloq / jamiyat / millat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — A. M. Rasulova

O‘zbekiston Respublikаsi tа’lim vа fаn sohаsidа olib borilаyotgаn tub islohotlаrning mаqsаdi tаlаbаlаrni diniy bаg‘rikenglik vа millаtlаrаro totuvlik ruhidа tаrbiyаlаshni ijtimoiy pedаgogik muаmmo sifаtidа pedаgogik tа’lim sohаsining аsosiy mаrkаzidа o‘rgаnishgа e’tibor qаrаtmoqdа. Xususаn, O‘zbekiston Respublikаsi Prezidenti Shаvkаt Mirziyoyevning 2022-yilning 20-dekаbrdаgi Oliy Mаjlis vа O‘zbeksiton xаlqigа qilgаn murojааtnomаsidа oltitа yo‘nаlishgа аjrаtgаn holdа murojааt qildi. Ushbu murojааtning ikkinchi yo‘nаlishidа biz “Yаngi O‘zbekiston”ni “ijtimoiy dаvlаt” tаmoyili аsosidа qurishni mаqsаd qilyаbmiz. Buni Konstitutsiyаdа mustаhkаmlаshimiz kerаk. Ijtimoiy dаvlаt bu, eng аvvаlo, inson sаlohiyаtini ro‘yobgа chiqаrish uchun teng imkoniyаtlаr, odаmlаr munosib hаyot kechirishgа zаrur shаroitlаr yаrаtish, kаmbаg‘аllikni qisqаrtirish demаkdir. Shu bois, birinchi nаvbаtdа, e’tiborni Yаngi O‘zbekiston uchun eng kаttа investitsiyа bo‘lgаn tа’limni qo‘llаb quvvаtlаshgа qаrаtаmiz. “Nаjot – tа’limdа, nаjot – tаrbiyаdа, nаjot – bilimdа. Chunki, bаrchа ezgu mаqsаdlаrgа bilim vа tаrbiyа tufаyli erishilаdi” deb qilgаn murojааtlаrining tub zаmiridа hаm bir qаnchа ishlаrni аmаlgа oshirish vаzifаsi yuklаtilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TАLАBАLАRNI DINIY BАG‘RIKENGLIK VА MILLАTLАRАRO TOTUVLIK RUHIDА TАRBIYАLАSHНИНГ IJTIMOIY PEDАGOGIK ZАRURIYАTI.»

TALABALARNI DINIY BAG'RIKENGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIK RUHIDA TARBIYALASHHHHr IJTIMOIY PEDAGOGIK ZARURIYATI.

A. M. Rasulova

TDPU "Ma'naviyat asoslari va huquq ta'lim" kafedrasi v/b dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.10115263 Kalitso'zlar: ta'lim, tarbiya, diniy bag'rikenglik, millatlararo totuvlik, ma'naviyat, axloq, jamiyat, millat.

O'zbekiston Respublikasi ta'lim va fan sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning maqsadi talabalarni diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashni ijtimoiy pedagogik muammo sifatida pedagogik ta'lim sohasining asosiy markazida o'rganishga e'tibor qaratmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yilning 20-dekabrdagi Oliy Majlis va O'zbeksiton xalqiga qilgan murojaatnomasida oltita yo'nalishga ajratgan holda murojaat qildi. Ushbu murojaatning ikkinchi yo'nalishida biz "Yangi O'zbekiston"ni "ijtimoiy davlat" tamoyili asosida qurishni maqsad qilyabmiz. Buni Konstitutsiyada mustahkamlashimiz kerak. Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishga zarur sharoitlar yaratish, kambag'allikni qisqartirish demakdir. Shu bois, birinchi navbatda, e'tiborni Yangi O'zbekiston uchun eng katta investitsiya bo'lgan ta'limni qo'llab quvvatlashga qaratamiz. "Najot - ta'limda, najot - tarbiyada, najot - bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi" deb qilgan murojaatlarining tub zamirida ham bir qancha ishlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 2020-yil 23-sentyabrdagi 75-sessiyasida so'zlagan nutqida yoshlar masalasiga to'htalar ekan: "mamlakatimiz aholisining yarmidan ko'pini yoshlar tashkil etadi. Respublikamizda har bir yigit - qizning jamiyatda munosib o'rin egallashi va o'z salohiyatini namoyon etishi bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda". O'zbekistonda Yoshlar parlamentlari, Yoshlar ishlari agentligi faoliyat ko'rsatmoqda. Avgust oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida yoshlar huquqlariga bag'ishlangan Samarqand xalqaro forumi muvaffaqiyatli o'tkazildi. Fursatdan foydalanib, yana bir bor Yoshlar huquqlari to'g'risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Konvensiyasini qabul qilish bo'yicha O'zbekiston tashabbusini qo'llab - quvvatlashga chaqiraman» - deb dunyo hamjamiyatida mamlakatimizda o'sib kelayotgan yosh-avlodni diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash masalasiga ham keng e'tirof etmoqdaligini ham takidlash mumkin.

Bugungi kunda mamlakatimiz ta'lim-tizimida tadqiq qilinayotgan ta'lim standartlariga asosan oliy ta'limning bakalavriat ta'lim sohasida talabalar bilimi, tafakkuri, ilmiy dunyoqarashi, diniy-ma'rifiy qaprashlari, millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalanishida o'quv-tarbiya fanlari bo'yicha beriladigan bilimlarni chuqur va mustahkam egallab olishlarida talaba dunyoqarashining shakllanganlik darajasida bilimga ega bo'lishi, davlat siyosatining dolzarb masalalarini, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi e'tiborga olingan. Chunki, tabiat va jamiyatda kechayotgan barcha jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo'lishlik, umumkasbiy bilimlarni egallash hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarga asosan jamiyat hayotida hamda talaba kasbiy faoliyatida foydalana bilishi, ilmiy tasavvur va diniy-e'tiqodga ega bo'lishi alohida o'rin egallaydi. Demak, talabalarni diniy-bag'rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashda ma'naviy-ahloqiy axborotlarni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va undan

foydalanish usullarini egallay olishlari, o'z kasbiy faoliyatida mustaqil qarorlar qabul qila olishi, yangi bilimlami mustaqil holda egallaishi, mustaqil fikr yuritishi, o'z faoliyatini tashkil eta olishi, Vatan tarixini bilishi, ma'naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar yuzasidan o'z fikrini bayon qila olishi, millatlararo munosabatlarda diniy bag'rikenglik munosabatlari muhim o'rin egallaydi. Demak, bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda. Bu borada, hech shubhasiz, xalqimizga azaldan xos bo'lgan bag'rikenglik an'analari muhim rol o'ynamoqda[13;]. Shuning uchun, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda bag'rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni taminlash, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e'tiqodidan qat'i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, Vatan-uning sha'ni va shuhratini ko'klarga ko'tarish, o'zi tug'ilib o'sgan yurtiga muhabbat va sadoqat ruhida talabalarni tarbiyalash ta'lim-tizimning oldida turgan asosiy muammo sifatida qaralmoqda.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri etib, o'sib - kelayotgan, yosh-avlodni diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashni dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda. Chunki, respublikamizda qabul qilinayotgan qaror va farmonlarda ham buning o'z aksi ko'rsatilmoqd. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-mayda qabul qilingan "Millatlararo munosabatlar va xorijiy m a m l a k a t l a

r Talabalarni diniy bag'rikenlik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashda pedagoglar oldida turgan asosiy vazifalardan biri, ta'limiy-tarbiyaviy pedagogik jarayonlarni o'rganishda tnilliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, shaxsning insoniyat madaniyatini tashkil etadigan moddiy va ma'naviy qadriyatlarni anglab yetishi, e'tirof qilishi hamda faollashtirish va yaratuvchanlikka bo'lgan harakatga yo'naltirish bilan belgilanadi. Jamiyatda umumadaniy qadriyatlarga hurmatni tarbiyalashida amaliy va nazariy bilish o'rtasidagi aloqa mexanizmida nsosiy rolini milliy va umuminsoniy qadriyat yoki nazariya bilan amaliyot o'rtasida o'ziga xos «ko'prik» sanalgan diniy va umuminsoniy qadriyatli yondashuv asosida bajaradi. Shu jihatdan ddolat, ezgulik, vijdonlilik, insof, hayot, sog'liq, muhabbat, ta'lim, mehnat, oila, tinchlik, go'zallik, axloqiy va jismoniy yetuklik, ijodkorlik kabi qadriyatlar insonlarni barcha zamonlarda o'ziga jalb etib kelgan. Xususan, biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining èfodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo'ravonlik va qon to'kish bilan bir qatorga qo'yadiganlarni qat'iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom Hini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat etadi. Shuning i k

a l

o

uchun ham, o'sib kelayotgan yosh-avlodni diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalanishida ham dinning roli alohida o'rin tutadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 19-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqida diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikruhida tarbiyalash maslalariga to'xtalib o'tilgan ham bejiz emas. Ushbu 72-sessiyasida qabul qilingan «Ma'rifat va diniy bag'rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qilganligi ham bejiz emas. Chunki, yosh-avlodni diniy bag'rikeglik ruhida tarbiyalash masalasi ham alohida o'rin egallaydi. Shu sababli, ushbu hujjatning asosiy maqsadi sifatida ham — barchaning ta'lim olish huquqini ta'minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko'maklashishdan iborat qilib belgilanganligi ham bejiz emas. Ushbu rezolyusiya bag'rikenglik va o'zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta'minlash, e'tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslikka ko'maklashishga qaratilgan asosiy xujjat sifatida qaralish taklifini ilgari surganida alohida ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu tashabbuslarida ham O'zbekistondagi islohotlar, inson huquqlari, demokratiya, yoshlar masalasi, xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik, ekologiya, kabi qator global muammolar bilan bir qatorda diniy bag'rikenglikni mustahkamlash masalasiga ham alohida to'xtalganini BMTga a'zo 193 ta mamlakatlar tomonidan qo'llab-quvvatlandi va 2018 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasi 51-yig'ilishida A/Res/73/128-raqamli "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" rezolyusiyasi yakdillik bilan qabul qilingani davlatimiz rahbarining ushbu tashabbuslari jahon hamjamiyati tomonidan qo'llab - quvvatlangani alohida o'rin egallaydi. Jahon hamjamiyati tomonidan O'zbekiston tashabbusi qabul qilingan rezolyusiyada ko'proq ma'rifatparvarlik g'oyalari ilgari surilib, jahonda xavfsizlik va tinchlikni mustahkamlash yo'lida sog'lom kuchlarni birlashtirishning, o'zaro hurmat, inson huquqlari, murosa va o'zaro anglashuvning muhimligi e'tirof etilgan holda quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi: ushbu rezolatsiyada

birinchidan, rezolyusiyada madaniyatlar va dinlararo munosabatlardagi uyg'unlikni rag'batlantirish hamda shaxslarni din va e'tiqodlariga qarab kamsitilishiga qarshi kurashishga qaratilgan barcha xalqaro, mintaqaviy, milliy tashabbuslar qo'llab-quvvatlanadi.

ikkinchidan, hujjatda BMTning fan, ta'lim va madaniyat masalalari bo'yicha muassasasi - Yuneskoning tinchlik va bag'rikenglikni ta'minlashdagi hal qiluvchi o'rni e'tirof etilgan. Shu bilan birga, hozirgi davrda ayrim mintaqalardagi davom etayotgan din va e'tiqod borasida diskriminatsiya, tahqirlash hamda zo'ravonlik, terroristik guruhlar insonlarni dini va e'tiqodi sababli doimiy ta'qib qilayotganligidan jiddiy xavotir va tashvish bayon etilgan.

uchinchidan, hujjatda xalqaro huquq, inson huquqlarini buzib, milliy, irqiy va diniy adovatni qo'zg'agan holda qasddan diniy obidalar va tarixiy ziyoratgohlarga zarar yetkazilishi bilan bog'liq holatlarga, shunday holatlarning oldini olishga xalqaro hamjamiyat e'tiborini qaratish zarurligi bildirilgan.

to'rtinchidan, qayd etish kerakki, rezolyusiyaning 4-moddasi ko'plab ekspert va xorij OAVlari diqqatini tortdi. Unda hujjat barcha BMTga a'zo davlatlarning fikr, vijdon, din yoki e'tiqod erkinligini himoya qilish va rag'batlantirishga doir sa'y-harakatlarini faollashtirish va shu asosda:- barcha jamiyatlarda turli din va e'tiqodlar, ularning yurisdiksiyasi doirasida amal qiluvchi turfa diniy ozchiliklar tarixi, an'analari, tili va madaniyati haqida yanada keng bilimlarni targ'ib qilish orqali ta'lim va boshqa vositalar yordamida din va e'tiqod erkinligiga doir barcha

masalalarda o'zaro anglashuv, bag'rikenglik, kamsitishga yo'l qo'ymaslik borasidagi sa'y-harakatlar va hurmatni rag'batlantirish;

- milliy va xalqaro darajada madaniyatlararo hamkorlik va tinchlik o'rnatishga qaratilgan faoliyatning turli ko'rinishlarini qo'llab-quvvatlash;

- ushbu yo'nalishlardagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo'llab-quvvatlashga undaydi.

Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, O'zbekiston Prezidenti tomonidan xalqaro maydonda ilgari surilayotgan tashabbuslar doimiy va izchil xarakterga ega. Xususan, davlatimiz rahbari joriy yilning 6 noyabr kuni Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisidagi inauguratsiya nutqida yana bir bor ma'rifat va ma'naviyat masalasiga to'xtalib o'tdi. Jumladan, alohida urg'u berildiki, "... agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi - ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya'ni, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy g'oyalarni mujassam etadigan kuchli ma'naviyatga tayanamiz. Shu maqsadda "Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasini amalga oshiramiz". Xulosa o'rnida qayd etish lozimki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yil 19-sentyabrda ilgari surilgan dunyoda ma'rifat va diniy bag'rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan maxsus rezolyusiyani qabul qilish xususidagi tashabbusi va uning BMT Bosh Assambleyasi tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi global ahamiyat kasb etib, xalqaro hamjamiyatning jahonda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni mustahkamlash uchun qo'ygan navbatdagi katta qadami bo'ldi. Ushbu xalqaro hujjatning qabul qilinishi, shubhasiz, O'zbekiston tashqi siyosatining katta yutug'i, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning mahsuli ekanidan dalolatdir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan intellektual salohiyatga ega, jismonan sog'lom, axloqan pok, ma'naviy yetuk mutaxassislarni tayyorlashni kun tartibiga qo'ymoqda.

Pedagog va faylasuf olimlar O.Musurmonova, N.Erkaboeva, E.V.Ilenkov, J.Tulenov, Q.Nazarovlarning tadqiqotlarida ham yosh-avlod tarbiyasida diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash maslalariga to'xtalganida ma'naviyat, ma'rifat, ahloq, tarbiya tushunchalari bir-biridan farqli jihatlariga to'xtalgan.

O.Musurmonova o'z tadqiqotlarida milliy va umummilliy tarbiyaning eng muhim jihatlarini yoritar ekan, uning tarixiy taraqqiyot bosqichlarida qiyosiy o'rganilmagani, kishilarning milliy va diniy qadriyatlar haqidagi tushunchalari chegaralanganligi, ta'lim-tarbiya mazmunida qadriyatlarga e'tiborning yetarli emasligi, bu borada tajribalarning kamligiga e'tiborni qaratishni tavsiya etadi.

Pedagogik ta'lim va tarbiyada talabalarni diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash masalasi inson hayotidagi milliy va diniy qadriyatlarni, ta'lim-tarbiyani, pedagogik faoliyat va yaxlit ta'limni tushunish hamda qaror toptirish asosida amalga oshiriladi. Ta'lim tizimida milliy va diniy qadriyatlarning inson hayoti uchun xizmat qilishiga intilish pedagogikaning rivojlanishi va shakllanishining barcha bosqichlarida inson va jamiyat munosabatlari asosida paydo bo'lgan. Ana shu holat ta'limda talabalarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

N.Erkaboeva tadqiqotlarida yoshlar tarbiyasiga to'xtalar ekan, milliy g'oya va ma'naviyat asoslari bo'yicha mutaxassislarni tayyorgarligida ta'lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish orqali axloqan pok, kasbga sadoqatli, yuksak mahoratga va intellektual salohiyatli, Vatan va xalqi uchun jonini fido eta oladigan, qiyinchiliklardan qo'rqmaydigan, Vatanga xizmat qilishda barcha

murakkabliklariga bardosh bera oladigan fidoyilarni tayyorlash eng dolzarb masalalardan sanaladi. Bu dolzarb muammoni hal etishda ta'lim-tarbiya iste'moliga talabalarni o'zaro totuvlik ruhida tarbiyalash orqali vatanparvarlik va ma'naviy-axloqiy yuksaklikni tarbiyalash bugungi kunda kasb mahorati bilan birga intellektual salohiyatni ham tarkib toptiradi. Shunga ko'ra, milliy vatanparvarlik, ma'naviy-axloqiy, estetik fanlarni o'qitishda uyg'unlik muhim ahamiyatga ega deb e'tirof etganligi ham bejiz emas.

Ma'lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko'p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelmoqda. Mehmondo'stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma'nodagi bag'rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo'lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadigan asosiy jihatlardan hisoblanadi. Mamlakatimiz bosh qomusi bo'lmish Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda O'zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millati, tili va dinidan qat'i nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekani mustahkamlab qo'yilgan. Ularga o'z milliy madaniyati, an'ana va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Mamlakatimizda 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Davlat ta'lim muassasalarida o'qitish 7 tilda olib borilmoqda. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o'z ko'rsatuvlarini 12 tilda namoyish etmoqda, o'ndan ortiq tilda -gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Mamlakatimizda etnik o'ziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada uyg'unlashtirishda 137 ta milliy madaniy markaz yetakchi rol o'ynamoqda. Ular o'zlarining o'ziga xos madaniyati, tili, xalq hunarmandligini rivojlantirib, turli madaniyatlarning bir-birini o'zaro boyitishiga, har birimizda ko'p -millatli yagona oila tuyg'usini mustahkamlashga salmoqli hissa qo'shmoqda.

O'zbekistonda yashayotgan turli millat va elat vakillari o'rtasida do'stlik va bag'rikenglik munosabatlarini mustahkamlamoqda. Barchangizga ma'lumki, hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida millatlararo va dinlararo keskinlik kuchayib bormoqda, millatchilik, diniy murosasizlik bosh ko'tarmoqda. Bu illatlar davlatni yemirib, jamiyatni parchalab, radikal guruh va oqimlar uchun mafkura bazasiga aylanmoqda. Yanada ogoh va sergak bo'lish, eng asosiy boyligimiz bo'lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko'p millatli xalqimizning birdamligi va jipsligini ko'z qorachig'idek asrash hamda yanada mustahkamlash O'zbekistonni o'z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir deb ham takidlash mumkin.

Ma'lumki, pedagogik tarbiyada diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik, milliy va umuminsoniy qadriyat asosida ta'lim jarayonini insonparvarlashtirish g'oyasi asos bo'lib, yirik falsafiy - antropologik va ijtimoiy-siyosiy jihatdan muhim o'rin egallaydi. Demak, inson hayotini va sivilizatsiya rivojlanishi yoki uning taraqqiyotiga yordam berishi mumkin bo'lgan ijtimoiy harakatning strategiyasi ana shunga bog'liq. Bu esa ta'lim tizimini insonga kelajakda zarur bo'ladigan kuch-qudrat va uning ijtimoiy ahamiyatli dunyoqarashi hamda axloqiy manfaatlarini tiklashga olib keladi.

Diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashda ta'lim jaryonini insonparvarlik g'oyasi asosida rivojlantirishning maqsadi uning ta'limiy vositalari, mazmuni va texnologiyasini qayta ko'rib chiqishni talab qiladi. Hozirgi zamon ta'lim mazmuni yangi ilmiy-texnika axborotlaridangina iborat bo'lib qolmasligi lozim. Ta'lim mazmuni insonparvar shaxsni rivojlantiruvchi bilim va malaka, ijodiy faoliyat tajribasi, olam va odamga emotsional munosabatni, shuningdek, inson xulqini belgilab beruvchi diniy-axloqiy tuyg'ular tizimi teng darajada o'z o'rniga ega bo'lmog'i lozim.

Talabalarni diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlarini o'quv - tarbiyaviy jarayonda biz ma'lumotlarni qiyosiy taqqoslash hamda tarixiy izchillik asosida mantiqiylik prinsiplariga xos ravishda universitet talabalri orasidagi turli millat vakillari bilan o'zrao totuvlik munosabatlariga asoslangan holda milliy qadriyatlarimiz mos ajdodlarimizning xulq-odob me'yorlariga oid madaniy meroslarini jadal o'zlashtirishgan holda millatlararo totuvlik tamoyillarini qamrab olgan holda integrativlik asosida izchil ta'minlashni asosiy maqsad qildik.

Shu bilan birga, mashg'ulotlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'zining "Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi" deb nomlangan risolasida quydagi fikr va mulohazalar keltirib o'tilgan: "O'zbekistonni "Jaholatga qarshi ma'rifat" degan tamoyili asosida jahon miqyosida tinchlik va osoyishtalikni saqlash, vijdon erkinligi va dinlararo bag'rikenglikni ta'minlash, islom dinining insonparvarlik mohiyatini xaliqimiz va dunyo ahliga yetkazish borasidagi tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo'llab-quvvatlanmoqda. Bugungi notinch va tahlikali zamonda yoshlarning ongi va qalbini egallashga qaratilgan turli xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotganini barchangiz yaxshi bilasiz. Ularga qarshi kurashishda xalqimizning boy tarixi va madaniyati, buyuk ajdodlarimiz jasorati, jonajon O'zbekistonimizning milliy manfaatlari biz uchun kuch-kudrat manbai bo'lib xizmat qiladi. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O'zbekiston tomonidan "Yoshlar huquqlari to'g'risida"gi konvensiyani ishlab chiqish tashabbusi ilgari surilgani jaholatga qarshi ma'rifat tamoyili asosida olib borayotgan keng ko'lamli ishlarimizning uzviy bir qismi bo'lib, u yer yuzidagi ikki milliarddan ziyod yoshlarning haq-huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga egadir[19;]. deb takidlab o'tayotgan izchil islohotlariga amal qilgan holda o'z tadqiqotimizning dolzarb ekanligini asoslab tadqiq qildik. Chunki, o'sib kelayotgan yosh avlod bamisoli bir nihol kabi parvarishga muhtoj bo'ladi, shu sababli jamiyatda yoshlarning roli va o'rnini kuchaytirish maqsadida tizimli ishlarning yo'lga qo'yilganligi ham bejiz emas.

Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy markazida huquqiy davlat qurish g'oyasi yotmoqda. Buning uchun avvalambor, yosh-avlodni diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash g'oyasi asosiy ustuvor vazifa xisoblanadi. Shuning uchun ham, jamiyatda millatlararo va ziddiyatlararo qarama-qarshiliklarga qarshi kurashish murakkab ijtimoiy-siyosiy sharoitda turli ilmiy yo'nalishlarda va jamiyat hayotida ko'tarilgan diniy bag'rikenglik masalalari dolzarb bo'lib bormoqda. Mamlakatimizda jamoat tashkilotlari, davlat idoralari, ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, millatlararo munosabatlarga kirishuvchi milliy madaniy markazlar faoliyati alohida o'rin egallamoqda. Bugungi kunda ta'lim va fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida jamiyatning hayotining barcha sohalarida diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik g'oyasi asosida talabalar o'rtasida insholar, seminar treninglar o'tkazish ham muhim o'rin tutadi.

Demak, jamiyatda dinlararo bag'rikenglik g'oyasi xilma-xil diniy e'tiqodga ega bo'lgan insonlarning bir zaminda, Vatanda, olijanob g'oya va niyatlari yo'lida mushtarak holda hamkor va hamjihat bo'lib istiqomat qilishiga aytiladi. Shuning uchun ham dunyodagi insonlar etiqod qiladigan dinlarning barchasi inson qalbida ezgulik g'oyalariga yo'g'rilgan bo'ladi. Chunki, diniy bag'rikenglik g'oyasi insonda halollik, poklik, tinchlik, yaxshilik va do'stlik barcha ezgu qarashlarni o'zida jam qiladi. Jamiyatda insonlarni halollik va poklik, mehr-oqibat, insonparvarlik va bag'rikenglikka da'vat etadigan asosiy g'oya sifatida maydonga chiqadi. Yurtimizda qadimdan turli e'tiqodga mansub millat va elatlar istiqomat qilib keladi. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat farzandlarining hur va ozod diyorda, tinchlik va osoyishtalik kayfiyatida

yashashlari Vatanimizning bag'rikenglik o'lkasi ekanligining yorqin namunasidir. Ularning o'zaro hamjihatlikda, ahil-inoqlikda bir-birlarining e'tiqodlarini hurmat ehtirom ruhida yashab kelishlarining o'zi Yaratganning xalqimizga bergan ulkan ne'matidir.

Xulosa qilib, mamalakatimiz ertasi bo'lgan yoshlarni millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglik g'oyalari asosida tarbiyalash ularda, tolerant fikrlashni rivojlantirishda ta'lim va tarbiya jarayonining muhim o'rin egallaydi. Ta'lim berish inson hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. U ajdodlar tomonidan asrlar davomida to'plangan bilim, tajriba beradi. Ta'lim jarayoni inson hayotining uzoq davrini qamrab oladi, bu davrda maqsadli mehnat bilan o'quvchilarga ta'sir o'tkazish, ularda boshqa millat vakillariga nisbatan bag'rikenglik munosabatini shakllantirish mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-60-son Farmoni www.lex.uz .

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 23 sentyabrdagi BMT 75 sessiyasidagi nulqi. https://daryo.uz/2020/09/23/shavkat-mirziyoyev-bmt-bosh-assambleyasining-onlayn-formatda-otayotgan-75-sessiyasida-nutq-sozladi-video/

3. Mardonov Sh.Q. Pedagog kadrlarni ta'limiy qadriyatlar asosida tayyorlash va malakasini oshirishning pedagogik asoslari: Dis. ... ped. fan. dok. - Toshkent, 2006. - 302 b

4. K.A.Sharipov, M.P. Eshov, S.K. Xudoyqulov, G.Q. Abdurahmonova, L.F. Amirov. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambiliyasi 75-Sessiyasida so'zlagan nutqini o'rganish va keng jamoatchilik o'rtasida targib qilish bo'yicha. O'quv Qo'llanma. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 90 yilligiga bag'ishlanadi. TOSHKENT "MANAVIYAT" 2021.

5. Musurmonova O. Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. - T.: O'qituvchi, 1996. - 192 b

6. Erkaboeva N. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda pedagogik fikrlarning rivojlanishi (19922005 y.y.): Dis. ... ped. fan. dok. - T.: O'zPFITI, 2007... - 323 b.

7. Ilenkov E.V. Filosofiya i kultura. - M.: Politizdat, 1991. - 464 s.

8. Tulenov J. Hayot falsafasi. - T.: O'zbekiston, 1993. - 319 b.

9. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi (Aksiologiya). - T.: O'zbekiston faylasuflar Milliy jamiyati, 2004. - 193 b.

10. Millatlararo do'stlik va hamjihatlik — xalqimiz tinchligi va farovonligining muhim omilidir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Respublika baynalminal madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligiga bag'ishlangan uchrashuvdagi nutqi. https://uza.uz/posts/55849

11. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi.-Toshkent: O'zbekiston, 2019.-39 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.