Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA BAG’RIKENGLIKNI RIVOJLANTIRISHDA MILLATLARARO ALOQALARNING MOHIYATI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA BAG’RIKENGLIKNI RIVOJLANTIRISHDA MILLATLARARO ALOQALARNING MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
905
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tolerant ong / taraqqiyot / insonparvarlik / sabr-bardosh / sabr-toqat / geosiyosat / diplomatiya / xavfsizlik / etnik / siyosat / ijtimoiy / iqtisod / huquq / maʼnaviy / din / axloq / millatlararo / yoshlar / hurmat / mentalitet / ochiqlik / sotsialist / konservator / muhit / halollik / poklik / mehp-oqibat / meros. / tolerant consciousness / development / humanity / tolerance / tolerance / geopolitics / diplomacy / security / ethnicity / politics / social / economic / legal / spiritual / religious / moral / interethnic / youth / respect / mentality / openness / socialist / conservative / environment / honesty / purity / consequence / heritage.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xoliqov, Yunus Ortiqovich

O‘zbekistonda millatlararo bagrikenglik, hamjihatlikni yanada mustahkamlash, mamlakatda yashaydigan fuqarolarga ularning millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish masalasi mustaqillikning ilk davrlaridanoq davlat siyosati darajasiga kotarilganligi organilgan. Bunga sabab, mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti, jamiyatning barcha sohalaridagi islohotlarning samarali amalga oshirilishi jamiyat azolarining millatlararo bagrikenglik madaniyati, milliy urf-odat, anana va qadriyatlarini hurmat qilish uchun kerakli ijtimoiy muhut va imkoniyatlar yaratib berilayatgani bilan izohlanadi. Bundan tashqari turli millat va elat vakillarida millatlararo aloqani taminlashda bagrikenglikning falsafiy mohiyatini o‘rganish hamda ular o‘rtasida aloqalarni takomillashtirishning samarali chora va vositalarini ishlab chiqilganligi tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ESSENCE OF INTERNATIONAL RELATIONS IN THE DEVELOPMENT OF FORGIVENESS IN NEW UZBEKISTAN

In Uzbekistan, the issue of interethnic tolerance, further strengthening of solidarity, equal rights and opportunities for citizens living in the country, regardless of their ethnicity, language, religion, social origin, has risen to the level of state policy since the early days of independence. This is due to the sustainable development of our country, the effective implementation of reforms in all spheres of society, the creation of the necessary social environment and opportunities for respect for the culture of interethnic tolerance, national traditions, customs and values. It also examines the philosophical nature of tolerance in inter-ethnic relations between different nationalities and ethnic groups, and the development of effective measures and tools to improve relations between them.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA BAG’RIKENGLIKNI RIVOJLANTIRISHDA MILLATLARARO ALOQALARNING MOHIYATI»

"Yangi O'zbekiston: barqaror R VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 23

rivojlanishning ijtimoiy-falsafiy, q ISSN 2181-1784

iqtisodiy-siyosiy va huquqiy masalalari" SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

YANGI O'ZBEKISTONDA BAG'RIKENGLIKNI RIVOJLANTIRISHDA MILLATLARARO ALOQALARNING MOHIYATI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-23-764-774

Xoliqov Yunus Ortiqovich

Samarqand davlat chet tillar instituti Gumanitar fanlar va axborot texnalogiyalari kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari

bo'yicha falsafa doktori (PhD) Tel: (+998 93) 997-64-42

ANNOTATSIYA

O 'zbekistonda millatlararo bagrikenglik, hamjihatlikni yanada mustahkamlash, mamlakatda yashaydigan fuqarolarga ularning millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish masalasi mustaqillikning ilk davrlaridanoq davlat siyosati darajasiga kotarilganligi organilgan. Bunga sabab, mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti, jamiyatning barcha sohalaridagi islohotlarning samarali amalga oshirilishi jamiyat azolarining millatlararo bagrikenglik madaniyati, milliy urf-odat, anana va qadriyatlarini hurmat qilish uchun kerakli ijtimoiy muhut va imkoniyatlar yaratib berilayatgani bilan izohlanadi. Bundan tashqari turli millat va elat vakillarida millatlararo aloqani taminlashda bagrikenglikning falsafiy mohiyatini o'rganish hamda ular o'rtasida aloqalarni takomillashtirishning samarali chora va vositalarini ishlab chiqilganligi tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: tolerant ong, taraqqiyot, insonparvarlik, sabr-bardosh, sabr-toqat, geosiyosat, diplomatiya, xavfsizlik, etnik, siyosat, ijtimoiy, iqtisod, huquq, ma'naviy, din, axloq, millatlararo, yoshlar, hurmat, mentalitet, ochiqlik, sotsialist, konservator, muhit, halollik, poklik, mehp-oqibat, meros.

АННОТАЦИЯ

В Узбекистане вопрос межнациональной толерантности, дальнейшего укрепления солидарности, равных прав и возможностей граждан, проживающих в стране, вне зависимости от их этнической, языковой, религиозной, социальной принадлежности поднялся на уровень государственной политики с начала дни независимости. Это обусловлено устойчивым развитием нашей страны, эффективной реализацией реформ во всех сферах жизни общества, созданием необходимой социальной среды и возможностей для уважения культуры межнациональной толерантности,

764

национальных традиций, обычаев и ценностей. Также рассматривается философская природа толерантности в межэтнических отношениях между различными национальностями и этносами, и разработка действенных мер и инструментов улучшения отношений между ними.

Ключевые слова: толерантное сознание, развитие, гуманность, толерантность, толерантность, геополитика, дипломатия, безопасность, этничность, политика, социальная, экономическая, правовая, духовная, религиозная, нравственная, межнациональная, молодежь, уважение, менталитет, открытость, социалистическая, консервативная, экологическая. , честность, чистота, следствие, наследие.

ABSTRACT

In Uzbekistan, the issue of interethnic tolerance, further strengthening of solidarity, equal rights and opportunities for citizens living in the country, regardless of their ethnicity, language, religion, social origin, has risen to the level of state policy since the early days of independence. This is due to the sustainable development of our country, the effective implementation of reforms in all spheres of society, the creation of the necessary social environment and opportunities for respect for the culture of interethnic tolerance, national traditions, customs and values. It also examines the philosophical nature of tolerance in inter-ethnic relations between different nationalities and ethnic groups, and the development of effective measures and tools to improve relations between them.

Keywords: tolerant consciousness, development, humanity, tolerance, tolerance, geopolitics, diplomacy, security, ethnicity, politics, social, economic, legal, spiritual, religious, moral, interethnic, youth, respect, mentality, openness, socialist, conservative, environment, honesty, purity, consequence, heritage.

KIRISH

Jahonda turli millat vakillarining bir mamlakatda tinch-totuv yashashlari, millatlararo bag'rikenglik tamoyillarini rivojlantirishga intilishlari yangi asrga xos xususiyatdir. Biroq, madaniyatning notekis rivojlanish qonuniyatiga ko'ra ayrim jamiyatlarda madaniyat omili yetarlicha namoyon bo'lmayotganligi tufayli ularda mavjud siyosiy hokimiyatga qarshi turli destruktiv harakatlar vujudga kelib, bu boshqa xalqlar va davlatlarning barqarorligi hamda taraqqiyotiga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Mazkur holat yoshlar madaniyatining real va potentsial imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, ularning bag'rikenglik madaniyatini rivojlantirish bilan bog'liq ehtiyojlarni vujudga keltirmoqda.

Dunyo ilm-fanida yoshlarning bag'rikenglik madaniyatini rivojtirishda axloqiy qadriyatlar uyg'unligi, uning global xususiyatlarini tadqiq etish bo'yicha ilmiy-nazariy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, insonning ma'naviy kamoloti va bag'rikenglikning uyg'un jihatlari, millatlararo bag'rikenglik madaniyatining shakllanish tendentsiyalari, bag'rikenglikning umuminsoniy qadriyat sifatida yoshlar faoliyatida namoyon bo'lishiga oid tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan aholi, ayniqsa yoshlarni tarbiyalashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, yoshlarning bag'rikenglik madaniyatining mezonlari, me'yorlari va tamoyillarini aniqlash, bu muammoga axloqiy tamoyillar bilan tizimli yondashuv asosida ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq etish obtektiv zaruriyat bo'lib qolmoqda.

Mamlakatimizda yoshlarning millatlararo bag'rikenglik madaniyatini insonparvarlik, ma'rifatparvarlik, halollik tamoyillari bilan kamol toptirishga va ularni milliy mentalitetimiz negizida tarbiyalash jarayoniga alohida e'tibor qaratilmoqda. Zero, "Mamlakatimizda bag'rikenglik madaniyatini yuksaltirish, millatlar va konfessiyalararo o'zaro bir-birini tushunish va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilanadi " [1; 455]. Shu nuqtai nazardan, yoshlarda bag'rikenglik madaniyatini rivojlantirish mezonlarini, tamoyillarini aniqlash hamda uni yuksaltirish tendentsiyalarining fundamental asoslarini falsafiy jihatdan tadqiq etish hayotiy zaruriyat bo'lib qolmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mamlakatimizda bag'rikenglik madaniyatini yuksaltirish, millatlar va konfessiyalararo o'zaro bir-birini tushunish va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilanadi ..."[1]. Shu nuqtai nazardan, yoshlarda bag'rikenglik madaniyatini rivojlantirish mezonlarini, tamoyillarini taxlil qilish mumkun. " Vatanimizni yanada ravnaq toptirish, markazning jahondagi obro'-e'tiborini oshirish maqsadida o'zlarining fidokorona mehnati asosida o'zlarining hissalarini qo'shib kelmoqda"[3]. "Ma'rifat, butun xalqimizning birligi va hamjihatligi hal qiluvchi rol o'ynaydi" deb takidlagan[4]. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo'l qo'yilmaydi" deb belgilab qo'yilgan[5]. "Turli jinoyatchiliklarni oldini olish, farzand tarbiyasida ota-ona va jamoatchilikning mas'uliyatini yanada oshirish kabi masalalar dolzarb ahamiyatga egaligi takidlangan"[6]. Muayyan yurtda istiqomat qilayotgan millatlar o'z

manfaatlarini o'zga millatlar manfaatlaridan ustun qo'yadigan bo'lsa, muvozanat buziladi, tolerantlik tuyg'ulari o'rniga millatlararo nizolar kelib chiqishiga olib keladi[7]. Yoshlarning tolerantlik psixologiyasi rivojlansa, jamiyatda ijtimoiy hamkorlik yuzaga kelishi xam takidlagan[8]. Bagrikenglikka muayyan ehtiyoj va qiziqishlarni qondirishga umumiy zarurat tug'ilgandagina paydo bo'ladi va harakatlanadi"[9]. R.Xevvitning fikricha, muayyan bir davlatda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosidagi tolerantlik tuyg'ularini shakllantirish muhim omil hisoblanadi[10]. "Vatanimizning qadimiy va boy tapixini o'pganish, bu bopada ilmiy - tadqiqot ishlapini kuchaytipish, gumanitap soha olimlapi faoliyatini hap tomonlama qo'llab-quvvatlashimiz lozim"[11].

Amerikalik faylasufning ushbu so'zlaridan xulosa qilish mumkinki, har qanday hayotiy jamiyatda tolerantlik (bag'rikenglik) chegarasi mavjud va u tizim yaxlitligini saqlash, ijtimoiy tizimning barqarorligi ta'minlash zarurati bilan belgilanadi.

Mazkur tadqiqotda qiyosiy tahlil, analiz va sintez, kontseptual nazariyalarni qiyoslash, tarixiylik, mantiqiylik, vorisiylik, sistemalilik usullari istifoda etildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimizda yoshlarning axloqiy bag'rikenglik madaniyatini insonparvarlik, ma'rifatparvarlik, halollik tamoyillari bilan kamol toptirishga va ularni milliy mentalitetimiz negizida tarbiyalash jarayoniga alohida e'tibor qaratilmoqda. Zero, "Mamlakatimizda bag'rikenglik madaniyatini yuksaltirish, millatlar va konfessiyalararo o'zaro bir-birini tushunish va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilanadi ..." [2; 455]. Shu nuqtai nazardan, yoshlarda bag'rikenglik madaniyatini rivojlantirish mezonlarini, tamoyillarini aniqlash hamda uni yuksaltirish tendentsiyalarining fundamental asoslarini falsafiy jihatdan tadqiq etish hayotiy zaruriyat bo'lib qolmoqda.

Bag'rikenglik - bu avvalambor, o'z millatiga, o'z xalqiga mansublik tuyg'usi, o'z milliy urf-odatlari va o'z xalqining tarixiga bo'lgan muhabbat va hurmat, o'z ona tili va milliy madaniyatiga nisbatan hurmatning hech qanday mubolag'asiz shu mazmundagi boshqa millatlarga nisbatan ham ushbu tuyg'ularning mavjudligi bilan izohlanadi. Demak, bunday vaziyatda mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida o'tiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida "millatlararo muloqot madaniyati", "millatlararo totuvlik" kabi masalalarning alohida mavzu sifatida o'tilishi mamlakatimizda millatlararo munosabatlar sohasida muayyan natijalarga erishish imkoniyatlari oshirishi shubhasiz.

Migratsiya va demografik jarayonlarning millatlararo totuvlik tarixini o'rgangan tadqiqotchi S.Yusupova o'zining tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya avtoreferatida quyidagi ma'lumotlarga e'tibor qaratadi: "1991 yili respublikamiz aholisi 20607,7 mingga teng bo'lgan bo'lsa, 2019 yil 1 aprelt holatida bu ko'rsatkich 33,3 mln kishidan ortib ketdi. Mustaqillikning dastlabki davridanoq bag'rikenglik va millatlararo totuvlikka qaratilgan davlat siyosati olib borilmoqda. Bu siyosat turli millat vakillariga O'zbekistonda emin-erkin yashash uchun keng sharoitlar yaratib bermoqda. Buni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1992 yil 13 yanvarda Respublika Baynalmilal madaniy markazi tashkil etilganligida ko'rish mumkin. Bu davrda respublikada 136 millat va elat vakillaridan iborat aholining 78,0 foizini o'zbeklar va 22,0 foizini boshqa millat vakillari tashkil etgan. Ular yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, Vatanimizni yanada ravnaq toptirish, markazning jahondagi obro'-e'tiborini oshirish maqsadida o'zlarining fidokorona mehnati asosida o'zlarining hissalarini qo'shib kelmoqda" [3; 9].

Dunyoda kechayotgan voqealarni tahlil qilar ekanmiz, ogohlik va hushyorlik hap bir qadamda bizni tark etmasligi zarurligiga amin bo'lamiz. Bu o'rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning quyidagi fikrlarini keltirish o'rinlidir: "Bugungi yangi hayot, beqiyos o'zgarishlar hammamizdan yangicha safarbarlikni talab etmoqda. Mana shu jarayonda tinchlikni asrash, dunyodagi taraqqiyparvar xalqlar, davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bosh vazifamizga aylanmoqda.

Eng katta, bebaho boyligimiz bo'lgan tinchlikka rahna solish, turli xalqlar o'rtasida urush olovini yoqish, milliy va diniy ziddiyatlarni avj oldirishga urinayotgan kuchlar ham yo'q emas. Bunday yovuz kuchlarga qarshi kurashda avvalo doimiy hushyorlik va ogohlik, jaholatga qarshi - ma'rifat, butun xalqimizning birligi va hamjihatligi hal qiluvchi rol o'ynaydi" [4; 149].

Yoshlarimiz ma'naviy dunyosiga chetdan bo'layotgan ma'naviy-mafkuraviy tahdidlar ma'naviy hushyorlikni biron bir lahzaga bo'lsin, aslo susaytirmaslikni talab etadi.

Biz mustaqil dunyoqarash, tafakkur erkinligi va sog'lom fikrni qaror toptirishni tarbiyaviy faoliyatimizning muhim vazifasi deb bilap ekanmiz, so'zsiz, ushbu yo'nalishda yoshlarimizning yuqorida ta'kidlangan turli zararli g'oyalarga qarshi tura olish qobiliyatini rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo'ymog'imiz kepak.

Fikrimizcha, bu borada quyidagi vazifalapni birlamchi deb hisoblash ma'qul bo'lar edi:

Birinchidan, tarbiyaviy ishlarimiz samaradorligini bag'rikenglikning muhim sharti sifatida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish;

Ikkinchidan, mustaqillik g'oyalarining mazmun-mohiyatini, maqsad-muddaolarini yoshlarimiz ongiga to'la singdirgan holda, bizning turmush tarzimiz, qadriyatlarimiz, milliyligimiz va diniy e'tiqodimiz millatlararo bag'rikenglik asosida rivojlanganligini anglab yetish;

Uchinchidan, o'tmish madaniy-tarixiy merosimizni chuqur o'rganish orqali millatlararo bag'rikenglik tuyg'usini tarbiyalash;

To'rtinchidan, zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish, ilm-fan, madaniyat va sprot sohasida o'zining qobiliyati va mahoratini namoyon qilish orqali millatlararo bag'rikenglik sari yo'llash.

Manbalarda milliy madaniy markazlar sifatida O'zbekistonda yashovchi muayyan bir millat vakillarining milliy-madaniy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi jamoat tashkilotlari qayd etilgan. Mazkur tashkilotlar faoliyatining huquqiy maqomi konstitutsiyamizning "Jamoat birlashmalari" bobida hamda O'zbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari to'g'risidagi amaldagi qonunchiligi shuningdek, tashkilotlarning o'zlari tomonidan ishlab chiqilgan nizomga asoslanadi. Konstitutsiyamizning 58-moddasida "Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo'l qo'yilmaydi" [5; 11], deb belgilab qo'yilgan.

Butun dunyo axloqiy buhron, ma'rifiy xastalik, ma'naviy tanazzul, xalqaror terrorizm, demografik inqiroz kabi globallashuvning to'plari iskanjasida qolib, undan chiqib ketish yo'lini axtarmoqda. Globallashuv yuzaga keltirayotgan muammolar insoniyat oldida tarqoqlik va ixtiloflarni yengib, o'z birligi sari harakat qilish, ayni vaqtda madaniyatlar, asriy an'analarning o'ziga xosligini, ayrim millatlar va xalqlarning xususiyatlarini saqlashni taqozo etadiki, birlashuvga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e'tirof etish va ularga rioya qilish orqali erishish mumkin.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkin. Yoshlar ongida bag'rikenglik tamoyiliga asoslangan g'oyaviy immunitetni shakllantirish amaliy ahamiyatga ham ega. Yana bir muhim xulosa shuki, milliy g'oyamiz jamiyat hayotida "Harakatlar strategiyasi" asosida barcha huquqiy, axloqiy, mafkuraviy-ma'naviy jabhalarini yangilash, modernizatsiyalash va demokratlashtirish jarayonining mintaqaviy mahsuli bo'lib, u mintaqa miqyosida dinlararo axloqiy bag'rikenglik va

hamjihatlikni, o'zaro hurmat va birodarlikni saqlovchi asosiy omillardan bin ekanligini farzandlarimizga yetkazish har birimizning dolzarb vazifamiz ekanligini tushunishimiz kerak.

"Harakatlar strategiyasi"dagi beshinchi yo'nalishida ko'rsatilgan "O'zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini shakllantirish, yurtimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash masalalari o'rin olganki, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, diniy ekstremizm va aqidaparastlik, missionerlik, giyohvandlik, o'z joniga qasd qilish, erta turmush qurish, ajrimlar va turli jinoyatchiliklarni oldini olish, farzand tarbiyasida ota-ona va jamoatchilikning mas'uliyatini yanada oshirish kabi masalalar dolzarb ahamiyatga egadir" [6; 1-2].

Mustaqillik yillarida mamalakatimizda milliy manfaatlarni hisobga olish, o'zbek millati bilan yonma-yon yashayotgan turli elat va millat vakillarining barqaror rivojlanishi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifasiga aylanganligi boisi sababli, manfaatlarga nisbatan bag'rikenglik tuyg'ulari tobora mustahkamlanib bormoqda. "Mamlakatimizda etnik o'ziga xoslikni pivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada uyg'unlashtirishda 137 ta milliy madaniy markaz yetakchi ro'l o'ynamoqda. Ular o'zlarining o'ziga xos madaniyati, tili, xalq hunarmandligini rvojlantirib, turli madaniyatlarning bir-birini o'zaro boyitishiga, har birimizda ko'pmillatli yagona oil a tuyg'usini mustahkamlashga salmoqli hissa qo'shib kelmoqda". Fikrdan ko'rinadiki, milliy taraqqiyotda bag'rikenglik ruhiyatini mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy siyosatning asosiy yo'nalishini tashkil qilmoqda. O'zbekiston milliy totuvlik amal qilayotgan, turli millat va elatlar o'rtalarida bag'rikenglik tuyg'ulari mustahkamlanib borayotgan mamlakat sifatida taraqqiy etib kelmoqda.

Shu o'rinda aytish joizki yevropalik tadqiqotchi F.Borgonovining (F.Borgonovi) fikricha, yoshlar tolerant munosabatida ularning manfaatlarining muvozanati muhim masalaga aylanadi. Agar qabul qilinayotgan hukumat qarorlari ularning manfaatlariga to'g'ri kelsa, unda qarorga nisbatan tolerent munosabatlarini bildirishadi va bu holat har davlatda pivojlanishi taqozo etiladi. Muayyan yurtda istiqomat qilayotgan millatlar o'z manfaatlarini o'zga millatlar manfaatlaridan ustun qo'yadigan bo'lsa, muvozanat buziladi, tolerantlik tuyg'ulari o'rniga millatlararo nizolar kelib chiqishiga olib keladi [7; 146-167].

Bu masalaga yevropalik tadqiqotchilar J.Xaynmyuller, Dj.Xopkinslar ham o'z e'tiborlarini qaratib, zamonaviy jamiyatda manfaatlarni muvozanatga keltirishdagi fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning tolerantlik tuyg'ularini shakllantirish zaruriy shartlaridan birini tashkil qiladi. Demak, jamiyatda milliy manfaatlar rivojida, turli

xususiy manfaatlar muvozanatida yoshlar o'rtasida tolerantlik ruhiyatini shakllantirish va kuchaytirish lozim bo'ladi. Yoshlarning tolerantlik psixologiyasi rivojlansa, jamiyatda ijtimoiy hamkorlik yuzaga keladi [8; 225-249].

"Ijtimoiy hamkorlik o'z-o'zidan yuzaga kelmaydi. U jamiyatning turli ijtimoiy guruhlari, qatlamlari, siyosiy partiya va harakatlari o'rtasida ijtimoiy taraqqiyotga muayyan ehtiyoj paydo bo'lgandagina yuzaga keladi. Demak, ... muayyan ehtiyoj va qiziqishlarni qondirishga umumiy zarurat tug'ilgandagina paydo bo'ladi va harakatlanadi" [9; 54].

R.Xevvitning fikricha, muayyan bir davlatda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosidagi tolerantlik tuyg'ularini shakllantirish muhim omil hisoblanadi [10].

Manfaatlardagi muvozanatni ta'minlash, avvalo, deyarli barcha mamlakatlarning ko'p millatli ekanligi bo'lsa, yana bir tomondan, bugun jahon miqyosida millatlarning taraqqiy qilish jarayonlari har qachongiga qaraganda ham jadal kechishi bilan bog'lik. Millatlarning taraqqiy etish jarayonlari qanchalik shiddatli tus olsa, shunchalik bag'rikenglik ruhiyatini ham kuchaytirib borish taqozo etiladi. Milliy manfaatlar miqdor va mazmunan sifat o'zgarishiga uchrab borsa, bag'rikenglik tuyg'ularini ham millatlar ongida izchillik bilan rivojlantirish zaruriyatini kuchaytirib bormoqda. Bu esa, millatlarning taraqqiy qilishiga ham shu darajada o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.

O'zbekiston sharoitida, ya'ni yangi taraqqiyot bosqichidagi innovatsion rivojlanish va kadrlar tayyorlashning milliy tizimi o'zaro aloqadorligini falsafiy tahlil qilish asosida va bo'lajak mutaxassislarda bag'rikenglik madaniyatini shakllantipishning uzviy bog'liqligini hisobga olib quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

Birinchidan, innovatsion rivojlanish va Kadrlar tayyorlashning milliy tizimining o'ziga xos xususiyatlari va mexanizmlarini takomillashtirishda oliy ta'lim tizimi rolini tadqiq qilishni kengaytirish zarur. Jumladan, ushbu jarayonining muhim bo'lagi hisoblangan xorij tajribasini o'rganish, yetakchi universitetlar bilan tajriba almashish, shakllangan yangi pedagogik texnologiyalarni o'rganish amaliyotini kengaytirish maqsadga muvofiq.

Ikkinchidan, innovatsion rivojlanish va kadrlar tayyorlash milliy tizimining yoshlar ma'naviyatini, tolerantlik xislatlarini yuksaltirishdagi jarayoni uyg'unligini ijtimoiy falsafiy jihatlarini, uning yangi taraqqiyot bosqichida inson omili bilan bog'liq jihatlarini fanlararo tadqiqotlar nuqtai nazaridan o'rganishni kengaytirish zarur.

Uchinchidan, innovatsion rivojlanish va kadrlar tayyorlashning milliy tizimining maqsadi, rivojlanish tendentsiyalari, yangi rivojlanish bosqichi sharoitida yoshlarda bag'rikenglik madaniyatini shakllantirish, uning mazmun-mohiyati, tuzilishi va funktsiyalarini ochib berish falsafiy tadqiqotlar tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.

To'rtinchidan, yangi rivojlanish bosqichida yoshlarda tolerantlik madaniyati shakllanish jarayoni, jamiyat taraqqiyoti va undagi innovatsion rivojlanish va kadrlar tayyorlashning milliy tizimi takomillashuvi jarayoni mazmuni, taraqqiyot strategiyasida ko'zda tutilgan masalalarning amaliyotdagi ijrosiga, universitetlar xalqaro aloqalari ko'lamiga, oliy ta'limda olib borilayotgan islohotlarning ijobiy natijasiga bevosita bog'liqdir.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda alohida e'tibor qilish lozim bo'lgan jihati bu mustaqillik g'oyalarining milliylik ruhiyatini, tarixiy ildizlarini va falsafiy manbalarini aniq-ravshan bayon qilish orqali g'oyaviy e'tiqodni va mafkuraviy sobitlikni shakllantirishdan iboratdir. Pirovard natija esa, ushbu mafkuraning har bir insonning hayotiy dasturiga aylanishi bilan baholanadi. Bir so'z bilan aytganda, milliy g'oyani yoshlarimiz ongiga va qalbiga singdirar ekanmiz, g'oya e'tiqodga aylanmog'i uchun bizning o'zimiz, avvalo, shu vujudga yorib kirib, bilim va mahoratimiz, ishonchimiz bilan uni zabt etmog'imiz lozim. Bu bopada Ppezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta'kidlaganidek, "... oldimizga qo'ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo'ladigan milliy g'oyani rivojlantirishimiz zarur. Xususan, milliy o'zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o'rganish, bu borada ilmiy - tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlashimiz lozim" [11; 38].

Shundagina bu g'oya kuch-qudratga ega bo'ladi va hayot sinovlariga bardosh berib, har qanday to'siqni yengib o'tishi mumkin. So'zsiz, bunday imkoniyat va kuch-qudrat manbai milliy o'zligimizni anglash, milliy g'urur, vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg'usi bilan sodir bo'layotgan jarayonlarga oqilona va xolisona baho berishdir.

REFERENCES

1. Мирзиёев Ш.М. "Ислом хдмжихдтлиги: Узбекистан ва Озарбайжон мисолида" мавзуидаги халкаро конференция иштирокчиларига. - Тошкент

шахри. 2017 йил. 18 октябрь // Мирзиёев Ш. Халкимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баходир. 2 жилд. - Т.: Узбекистан", 2018. -Б. 455.

2. Мирзиёев Ш.М. "Ислом хамжихатлиги: Узбекистон ва Озарбайжон мисолида" мавзуидаги халкаро конференция иштирокчиларига. - Тошкент шахри. 2017 йил. 18 октябрь // Мирзиёев Ш. Халкимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баходир. 2 жилд. - Т.: Узбекистон", 2018. -Б. 455.

3. Юсупова Севара Низамитдиновна. Узбекистонда демографик жараёнлар ва уларнинг миллатлараро муносабатларга таъсири. (1991 - 2016 йиллар, Андижон, Наманган ва Фаргона вилоятлари мисолида). тарих фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Андижон - 2019. -Б. 9.

4. Мирзиёев Ш.М. Нияти улуг халкнинг иши хам улуг, хаёти ёруг ва келажаги фаровон булади. -Т.: Узбекистон, 2019. - Б. 149.

5. Узбекистон Республикаси Конституцияси. - Тошкент: Узбекистон, 2008. -Б. 11.

6. Узбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг "Узбекистон Республи^сини янaдa piiBOw:.iaHTnpnm бyйичa X,apaKa^ap стрaтегияси

тyFрисидa"ги Фармони. 2017 йил 7 февраль.// "Халк сузи", 2017 йил 8 февраль. - Б. 1-2.

7. Borgonovi, F (2012) The relationship between education and levels of trust and tolerance in Europe. British Journal of Sociology 63(1): 146-167.

8. Hainmueller, J, Hopkins, DJ (2014) Political attitudes towards immigration. Annual Review of Political Science 17: 225-249.

9. ^одиров A. Анъанавий жамият ва уни модернизациялаштириш стратегияси. -Тошкент: 2006. - Б. 54.

10. Hewitt, R (2005) White Backlash: The Politics of Multiculturalism, Cambridge: Cambridge University Press.

11. Мирзиёев Ш.М. Нияти улуг халкнинг иши хам улуг, хаёти ёруг ва келажаги фаровон булади. -Т.: Узбекистон, 2019. - Б. 38.

12. G'aybullaev, O. M. (2017). Some aspects and historical factors of integration processes in sphere of globalization of the ecological policy. Theoretical & Applied Science, (4), 83-86.

13. Muhammadievich, G. O. (2021). Philosophical fundamentals of including national values in the aesthetic culture of personality in the period of globalization. Psychology and education, 58(2), 6207-6213.

14. Xoliqov Yunus Ortiqovich Millatlararo bag'rikenglik madaniyati insonparvarlik va tinchlikning asosiy tamoyili sifatida. Eurasian journal of academic research. -2021. B. 420-425. https://doi.org/10.5281/zenodo.5812886

15. Kholikov, Y. O. (2021). Issues of education of youth on the ethical basis of international culture and tolerance at the age of globalization. Philosophical Readings XIII. 4, 1917-1922.

16. Улугмуродов Э. С. (2020). йдуллоевич, Диний кадриятлар ва тасвирий санъат интеграциясининг ёшлар эстетик тафаккурига таъсири. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II

17. Kholikov, Y. O. (2019). Moral aspects of national ethnic in bringing up young generation with generosity. Theoretical & Applied Science. 18-21. DOI: 10.15863/TAS.2019.07.75.5

18. Kholikov, Y. O. (2021). Ethical foundations for the development of a culture of tolerance in youth. Philosophical Readings XIII.4, 112-117. https://zenodo .org/record/4751681#.YLi0Hq gzaUl

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.