Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON TASHQI MADANIY ALOQALARIDAGI O’ZIGA XOSLIKLAR'

O’ZBEKISTON TASHQI MADANIY ALOQALARIDAGI O’ZIGA XOSLIKLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
219
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Bag’rikenglik / diniy tashkilot / Uchinchi Renessans / millatlararo munosabatlar / ma’rifat va diniy bag’rikenglik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulmira Bektursinova, Nursultan Salawatdinov

Ushbu maqolada bag’rikenglik tushunchasi haqida ta’rif berilgan bo’lib, ya’ni bag’rikenglik turli millat va elatga daxldor kishilarning, turli xil diniy e‘tiqodli insonlarning bir zamin, yagona Vatan, bir yurtda, bir hududda oliyjanob g’oya, orzu-umid, maqsad va niyatlar yo’lida hamkor, hamfikr va hamjihat bo’lib yashashni anglatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON TASHQI MADANIY ALOQALARIDAGI O’ZIGA XOSLIKLAR»

O'ZBEKISTON TASHQI MADANIY ALOQALARIDAGI O'ZIGA

XOSLIKLAR

Gulmira Bektursinova gulmira. bektursinova1992@mail .ru Nursultan Salawatdinov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada bag'rikenglik tushunchasi haqida ta'rif berilgan bo'lib, ya'ni bag'rikenglik - turli millat va elatga daxldor kishilarning, turli xil diniy e'tiqodli insonlarning bir zamin, yagona Vatan, bir yurtda, bir hududda oliyjanob g'oya, orzu-umid, maqsad va niyatlar yo'lida hamkor, hamfikr va hamjihat bo'lib yashashni anglatadi.

Kalit so'zlar: Bag'rikenglik, diniy tashkilot, Uchinchi Renessans, millatlararo munosabatlar, ma'rifat va diniy bag'rikenglik.

PECULIARITIES OF FOREIGN CULTURAL RELATIONS OF

UZBEKISTAN

Gulmira Bektursinova [email protected] Nursultan Salawatdinov Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article describes the concept of tolerance, that is, tolerance is the cooperation of people of different nationalities and peoples, people of different religious beliefs, one land, one Motherland, in one country, one region for a noble idea, hopes, goals and intentions. means to live in harmony.

Keywords: Tolerance, religious organization, Third Renaissance, international relations, enlightenment and religious tolerance.

"Bizning qadimiy va sahovatli zaminimizda ko'p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo'stlik, ezgulik, qalb sahovati va tom ma'nodagi bag'rikenglik bizningxalqimizga doimo xos bo'lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi". O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Sh.M.Mirziyoyev

Bag'rikenglik turli millat va elatga daxldor kishilarning, turli xil diniy e'tiqodli insonlarning bir zamin, yagona Vatan, bir yurtda, bir hududda oliyjanob g'oya, orzu-umid, maqsad va niyatlar yo'lida hamkor, hamfikr va hamjihat bo'lib yashashni

anglatadi. Iftixor bilan aytishimiz mumkinki, jamiyat hayotining barcha jabhasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar o'z samarasini berayapti. Binobarin, istiqlol yillarida Vatanimizda yashayotgan turli millatlar o'rtasida o'zaro hurmat, tenghuquqlilik hamda hamjihatlikni mustahkamlash, uning qonuniy asoslarini yaratishga alohida e'tibor qaratildi. Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar markazida, avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadi turadi. Fuqarolar manfaatlarini faqatgina tinchlik va osoyishtalik, o'zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqali ta'minlash mumkin. Bugun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq inqirozga duch kelgan bir sharoitda ko'plab mintaqalarda millatlararo va konfessiyalararo ziddiyatlar kuchayayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz.

Shu bois, boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish uchun birdamlikni saqlash muhim ahamiyatga ega. O'zbekistonda aholining ko'p millatli bo'lishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qulay omili sifatida qaralmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda.

Xususan, mamlakatimizdagi davlat ta'lim muassasalarida o'qitish yetti tilda olib boriladi. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o'z ko'rsatuvlarini o'n ikki tilda namoyish etmoqda, o'ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi qoshida 138 ta milliy madaniy markaz, bundan tashqari, 16 ta konfessiyaga tegishli 2300 ga yaqin diniy tashkilot faoliyat yuritadi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan shiddatli o'zgarishlar jamiyatimiz, davlatimiz rivojlanishining yangi mafkurasi, ta'bir joiz bo'lsa, o'zgacha paradigmasini belgiladi. Uchinchi Renessans davri boshlanayotgan O'zbekiston mutlaqo yangi muhitda taraqqiyotga yuz tutmoqda. O'zbekiston dinlararo bag'rikenglik rivojiga salmoqli hissa qo'shib kelayotgan davlatlar sirasiga kiradi. Mamlakatimizda bag'rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlar va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini ta'minlash yangi O'zbekiston siyosatining ustuvor yo'nalishlari etib belgilangan. Konstitutsiyamizning 4-moddasida belgilab qo'yilganidek, O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tili, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi. Jumladan, O'zbekistondagi nemis milliy madaniy markazi raisi Natalya Kayzer: - Men tuprog'ini ko'zlarimga to'tiyo qilishga arziydigan o'zbek yurtida, mehribon insonlar

bag'rida tug'ilib o'sdim. Hech ham ko'nglim o'ksiganini eslay olmayman. To'g'risini aytsam, nemis millatiga mansub o'zbek ayoliman.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev har birimizning ko'nglimizga yo'l topadi, bizni ardoqlaydi. Men uchun bu yurtning begona giyohi yo'q, bir qultum suvi ham men uchun aziz. O'zbek xalqi bu men, siz, shu davrada o'tirgan barcha qorako'zlardir deya gapirdi. [4]

Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong o'z so'zida O'zbekistonda ilgari deyarli kuzatilmagan, taraqqiyotning tub burilishlarini o'zida qamrab olgan o'zgacha ijtimoiy-siyosiy hayot yuzaga kelib, so'z va din erkinligi yangicha ko'rinishda paydo bo'lganini e'tirof etdi.

O'zbekiston Sharq gavhari sifatida azaldan dunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qo'shib kelayotgan betakror o'lka, ajdodlarining ilmiy salohiyati bilan nafaqat mahalliy xalq, balki butun olam ahli iftixor tuysa arziydigan mamlakat. Uzoq gapirib, alohida izoh berishga hojat yo'q. Barcha millat va elat vakillarining huquq va erkinligi, bilim olishi va o'z diniga e'tiqod qilishi to'la ta'minlangan. Ularning ahilligiga havasim keldi, mamlakatda milliy madaniyat markazlari faoliyat yuritishi tahsinga loyiq.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o'z xalqiga o'tmishni anglashga sharoit yaratib berishi barobarida yangi dunyo istiqbolini shakllantirishdek ulug' ishlarga chorlayotgan shaxs ekaniga u kishi bilan uchrashganda amin bo'ldim. Mazkur anjumanning Prezident g'oyasi asosida tashkil etilib, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida o'tayotganida ham ramziy ma'no bor. Men bu taassurotlarimni bir umr hayrat bilan yodda saqlayman. O'zbekistonning taraqqiyotiga yuksak ishonch bildiraman, dedi Martin Chungong.

Bundan tashqari bugungi kunda bu sohaga oid chuqur o'ylangan siyosat va uni amalga oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar hayotga tadbiq etilib, millatlararo va dinlararo totuvlikni qo'llab-quvvatlashga e'tibor qaratilmoqda. Bu islohot va o'zgarishlarning negizida konstitutsion huquq va kafolatlar yotganini alohida qayd etish lozim. Shundan kelib chiqib, bu borada quyidagi dalillarni keltirib o'tish zarur.

Birinchidan, turli millat va din vakillarining o'z salohiyatini to'laqonli amalga oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun konstitutsiyaviy kafolatlar belgilangan. Bunda, eng avvalo, fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, teng huquq va erkinliklarini, ularning qonun oldida tengligini ta'minlash alohida e'tiborga olingan.

Mazkur sohada O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy tamoyillari sirasiga fuqarolarning teng huquqliligi, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, millat va elatlarning madaniy, til va diniy qadriyatlari, an'ana va urf-odatlarini o'zaro hurmat qilish kiradi. Konstitutsiyaviy kafolatlar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib

chiqishidan qat'iy nazar, fuqarolarga jamoat va davlat qurilishida ishtirok etishni ta'minlaydi.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasining millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni o'rnatish siyosati Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro huquqiy-me'yoriy hujjatlarga to'la mos keladi.

Ikkinchidan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash O'zbekistonning zamonaviy davlat sifatida rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mazkur sohaga alohida e'tibor qaratilmoqda. So'nggi to'rt yilda millatlararo munosabatlar va din sohasida 50 dan ortiq qonun hujjatlari va 40 ga yaqin qarorlar qabul qilindi.

Bu huquqiy hujjatlarning aksariyati fuqarolarning dini va millatidan qat'iy nazar, huquq va erkinliklarini kengaytirish, shu jumladan, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini oshirishga qaratilgan. Masalan, diniy tashkilot faoliyatini tugatish to'g'risida qaror qabul qilish vakolatlari ijro hokimiyati -adliya organlaridan sudlarga o'tkazilib, ularning faoliyati erkinligining huquqiy kafolatlari mustahkamlandi.

Diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish uchun davlat boji miqdori besh baravarga kamaytirildi, hisobotlarni taqdim etish davriyligi qisqartirildi. Bundan buyon diniy tashkilotlar faqat yilida bir marta hisobot taqdim etadi. Shuningdek, 2019 yilda millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati kotnseptsiyasi tasdiqlandi. Shu bilan birga, diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo'yicha bir qancha qarorlar qabul qilinib, unga ko'ra, mazkur sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish, turli millat va elatlar vakillari o'rtasida konstruktiv va o'zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish bo'yicha yangi tizim joriy etildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzurida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi tashkil etildi. Din ishlari bo'yicha qo'mita faoliyati takomillashtirildi.

Uchinchidan, Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda millatlararo va konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish borasida institutsional yondashuv yo'lga qo'yildi. Jumladan, Prezidentimizning 2018 yil 16 apreldagi - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qaroriga muvofiq, Din ishlari bo'yicha qo'mita huzuridagi Konfessiya ishlari bo'yicha kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi.

Kengash tarkibi 9 nafardan 17 nafar a'zoga - O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar vakillari hisobiga kengaydi. E'tiborli jihati, kengash a'zoligiga a'zolari oz sonli diniy tashkilotlarning rahbarlari ham kiritildi.

Jamoatchilik maslahatlashuv organi hisoblangan mazkur kengashning asosiy maqsadi O'zbekistondagi mavjud diniy-ijtimoiy jarayonlarni muhokama qilish hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Mamlakatimiz hududida yashayotgan millatlar urf-odati hamda islom dinining madaniy va tsivilizatsion merosi, ma'naviy-falsafiy ahamiyatini chuqur o'rganish bo'yicha ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad - fundamental ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida diniy bag'rikenglik, millatlararo munosabatlarning tarixiy ildizlarini chuqur o'rganish va uni bugungi kun sharoitida rivojlantirishdan iborat. Bu borada Islom tsivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy nomidagi xalqaro tadqiqot markazlari tashkil etildi. Shu bilan birga, tegishli oliy ta'lim muassasalarida sifatli diniy ta'lim olish imkoniyati kengaymoqda. O'rta, oliy diniy ta'lim, magistratura, boshlang'ich doktorantura va doktoranturani o'z ichiga olgan diniy ta'limning besh bosqichli tizimi shakllantirildi.

Islomiy ta'lim muassasalariga talabalarni qabul qilish kvotasi ikki baravar oshirildi. Shuningdek, Toshkent pravoslav seminariyasi va Toshkent xristian seminariyasi o'quv dargohlari ham o'z faoliyatini davom ettirmoqda.

To'rtinchidan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida muhim o'rin egallay boshladi. Hukumat xalqaro tashkilotlar hamda ushbu sohadagi mutaxassislar bilan konstruktiv muloqot va hamkorlik o'rnatishga alohida e'tibor qaratmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Zeyd Raad Al-Huseyn hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Milliy ozchiliklar bo'yicha Oliy komissari Lamberto Zanierning mamlakatimizga tashrifí chog'ida mazkur sohada olib borilayotgan islohotlar muhokama qilindi va xalqaro mutaxassislar tomonidan bu boradagi o'zgarishlarga yuqori baho berildi.

E'tiborli jihati, 2017 yilda mustaqil O'zbekiston tarixida ilk bora mamlakatimizga BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining din va e'tiqod erkinligi bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid tashrif buyurdi. Uning tavsiyalari asosida 2018 yil 4 may kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi din va e'tiqod erkinligini ta'minlash bo'yicha - Yo'l xaritasi tasdiqlandi. Umuman olganda, xalqaro hamjamiyat mamlakatimizning millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash borasidagi faoliyatini yuqori baholamoqda va O'zbekiston tajribasiga katta qiziqish bilan qaramoqda.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yil 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida bag'rikenglik va o'zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta'minlash, e'tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslikka ko'maklashishga qaratilgan - Ma'rifat va diniy bag'rikenglik deb

nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklif etilishi va ushbu hujjatning 2018 yil 12 dekabrda qabul qilinishi bunga yaqqol misol bo'la oladi.

2020 yil 13 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida bo'lib o'tgan saylovlarda O'zbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga uch yil muddatga - 2021-2023 yillarga saylandi. Mamlakatimiz uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo 193 davlatdan 169 tasi ovoz berdi. Bu saylovda eng ko'p ovoz berilgan davlat O'zbekiston bo'ldi. Bu ham yurtimizda millati va dinidan qat'iy nazar, inson huquqlarini ta'minlashga qaratilgan, shu jumladan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida olib borilayotgan siyosatning e'tirofi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida ijobiy va o'zaro hurmatga asoslangan muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida millatlararo va dinlararo munosabatlarning yangi modeli yaratildi. Ushbu model turli millat va din vakillari o'rtasidagi millatlararo va dinlararo muloqot, konstruktiv yondashuv va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslanadi. Shu ma'noda, so'nggi yillarda O'zbekistonda millatlararo munosabatlar va din sohasida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar mamlakatda ushbu sohalarda yangicha yondashuv va strategik maqsadni birlashtirgan tizim shakllanishiga xizmat qildi. Mazkur tizimning muvaffaqiyati esa yurtimizda tinchlikni saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, barqaror rivojlanish uchun zamin yaratmoqda. Zero, zamonaviy davlatning bosh maqsadi jamiyatda hamjihatlik va barqarorlik, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta'minlashdan iborat. Bu borada asosiy qonunimiz -Konstitutsiya nafaqat jamiyat va davlat taraqqiyotini belgilovchi oliy darajadagi siyosiy-huquqiy hujjat, balki mamlakatimizda yashovchi har bir fuqaroning munosib turmush tarzini kafolatlovchi muhim asosdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi

2. Sh.M.Mirziyoyev Yangi O'zbekiston strategiyasi nomli kitobi.

3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 723-sonli Millatlararo totuvlik, bag'rikenglik va hamjihatlikni ta'minlash bo'yicha jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi qarori

4. 2021-yil Samarqandda bo'lib o'tgan "Millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglikni ta'minlashda parlamentning ro'li" mavzusidagi forumdagi nutqidan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.