INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA TALABALARNI DINIY BAG'RIKENGLIK RUHIDA TARBIYALASH IMKONIYATLARI
Nargizaxon Atakulova
Andijon davlat universiteti, 2-kurs doktoranti (DSc) https://doi.org/10.5281/zenodo.1000512 7
Tolerantlik sog'lom diniy dunyoqarashning asosiy mezoni hisoblanadi. Ko'p millatli O'zbekiston jamiyatida turli dinga mansub insonlarga nisbatan tolerant munosabatda bo'lishga talaba-yoshlarni tayyorlashda tolerantlikning diniy asoslarini va madaniy yo'nalishlarini har tomonlama tushuntirish muhim ahamiyatga ega. Til, madaniyat, millatlararo bag'rikenlik kabi tushunchalarning mazmun mohiyatini talabalar ongiga yetkazish orqali ularda bag'rikenglik madaniyatini tizimli tarzda rivojlantirish mumkin. Chunki barcha madaniy an'analar turli dinlarning ijobiy tomonlarini o'zida mujassamlashtirgan bo'lib, pozitiv dunyoqarashni va ezgu amallarni targ'ib qilish imkonini beradi. Chunki har qanday din va millat o'zaro hamkorlik va madaniy gumanitar muloqot jarayonida rivojlanadi. Sog'lom diniy dunyoqarash insonlarning madaniy xatti-harkatlari, ezgu amallari, turmush tarzi, urf-odat va an'analariga xos bo'lgan e'tiqodiy qarashlarni o'zida mujassamlashtirgan falsafiy pedagogik xodisa hisoblanadi.
Diniy bag'rikenglik talabalarda totuvlik, hamjihatlik, hamkorlikka intilish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.Talabalar O'zbeksiton jamiyatida raqobatbardosh mutaxassis va faol fuqaro sifatida faoliyat ko'rsatishlari uchun bunyodkor g'oyalar va ta'limotlarga oid bilimlarni puxta o'zlashtirgan bo'lishlari lozim. Dunyodagi taraqqiyparvar insonlarga xos bo'lgan o'zaro ishonch, diniy bag'rikenglik, tinchlik va osoyishtalikka intish talabalar dunyoqarashida mustahkam o'rin olish lozim. Bo'lajak mutaxassislarning yuksak ma'navi yatli, madaniyatli shaxs va mutaxassis sifatida shakllanishida Islom dini, undagi hayotbaxsh g'oyalar muhim o'rin egallaydi. Islom dinida barcha insonlarning o'zaro tengligi e'tirof etilgan. Diniy bag'rikenglik sifatiga ega bo'lgan barcha insonlar o'zaro hamjihatlikda yashab, ezgu amallarni bajarishga moyil bo'ladilar. Ko'p asrlik pedagogk ta'limotlarimizda diniy bag'rikenglik shaxs dunyoqarashining asosini tashkil etishini barcha allomalar ta'kidlaganlar. Islom dini adashgan insonlarni ezgulikka undaydi, ularni poklaydi, gunoh qilishdan saqlanishga da'vat qiladi.
O'zbekistonda ko'p asrlik islomiy madaniyat shakllangan bo'lib, u har bir shaxsni shu jumladan talaba-yoshlarni ham xatti-harakatlari, e'tiqodi, ijtimoiy idellari, xulq-atvori, dunyoqarashini belgilagan. Sharq xalqlari madaniyatining asosini tashkil qilgan diniy bag'rikenglik o'zbek xalqi dunyoqarashi va turmush tarzining asosiga aylangan. Shuning uchun ham din talaba-yoshlar hayoti va shaxsiy-kasbiy taraqqiyotiga ham sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. Diniy dunyoqarashi sayoz bo'lgan yoshlar diniy toqatsizlik, shaxslararo munosabatlarning keskinlashuvi, buning natijasida etnik muloqot maydonida keskinlik va nomutanosiblikning vujudga kelishi, diniy tolerantlik esa o'z navabatida millatlararo totuvlikning asosiy omili, madaniy-gumanitar taraqqiyotning manbai sifatida xizmat qilishiga ko'maklashmoqda.
O'zbek xalqi har doim boshqa millat vakillariga nisbatan tolerant munosabatda bo'lish madaniyatiga egaligi bilan ko'plab xalqlardan farqlanadi. Bizning mamalkatimizda barcha millatlar va konfessiyalaria nisbatan tolerant munosabatda bo'linadi. Dinlar va millatlararo munosabatlar o'quvchi hamda talaba-yoshlarning o'zaro va boshqa millat vakillariga bo'lgan munosabatida yaqqol namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham islomiy qadriyatlarni talabalarga chuqur va tizimli tarzda o'rgatish ta'lim jarayonining asosiy vazifalaridan biridir. Chunki
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
g'oyalar insonlar ongiga tez ta'sir ko'rsatadi. Sharq xalqlari, shu jumladan Markaziy Osiyo xalqlarining diniy qadriyatari umuminsoniy madaniyat bilan uyg'unlashgan bo'lib, ezgulik targ'ibotiga yo'naltirilgan. Islomiy dunyoqarashga xos bo'lgan insonparvarlik, adolatlilik, diniy bag'rikenlik, boshqa din vakillariga hurmat bilan munosabatda bo'lish kabi diniy qadriyatlar mutafakkir ajdodlarimizni pedagogik ta'limotlari mazmuniga sngdirilgan.
Pedagogik ta'limotimizda nazarda tutilganidek qadriyatlar talaba-yoshlar ongiga singdirilishi, ular dunyoqarashining asosini tashkil etishi muhimdir.Diniy axloq va huquq me'yorlari ham talabalar dunyoqarashida muhim o'rin egallashi lozim. Bu o'z navbatida talaba-yoshlarda umuminsoniy madaniyatning rivojlanshiga ta'sir ko'rsatadi.
Sharq allomalari, jumladan Imom G'azzoliy diniy bag'rikenglik haqida o'z qarashlarini quyidagicha bergan:«Diniy mutaassiblar dindan foydalangan x;olda kishilarga xujum qiladigan katta yo'ldagi qaroqchilardir»
O'zbek xalqiga xos bo'lgan e'tiqod pokligi, sog'lom diniy qarash va bag'rikengilik O'zbeksiton davlatining siyosatida ustuvor o'rin egallamoqda. Chunki O'zbeksiton Respublikasida vijdon va e'tiqod erkinligining huquqiy me'yoriy asoslari yo'nalishlari va xarakteri Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan. 35-modda:Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi.
Shuning uchun ham mamlakatimizda shaxsning e'tiqod erkinligini hurmat qilish uning keng ko'lamda namoyon bo'ilishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Bu o'z navbatida turli millatvakillari orasidagi hamkorlik va madaniy diaolog ko'lamini kengaytirmoqda.Ushbu nuqtai nazardan qaraganda diniy bag'rikenglik tarbiyasi talabalarning shaxsiy kasbiy rivojlanishida o'ziga xos o'rin egallaydi. Diniy bag'rikenglik madaniyati turli tuman diniy e'tiqod va dunyoqarashga ega bo'lgan insonlarning bir Vatanda yashab yagona maqsad yo'lida harakat qilishlarini anglatadi.
O'zbeksiton Respublikasida fuqarolarning vijdon erkiligini amalda ta'minlash yo'lida alohida ishlar qilinmoqda, shaxsning vijdon erkinligi qonun bilan muhofaza qilingan. 2021 yilda qabul qilingan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar"to'g'risidagi Qonunda fuqarolarning diniy e'tiqodlari va dunyoqarashlarini qo'llab quvvatlaydi va muhofaza qiladi. Shu bilan bir qatorda mazkur qonunda:"Vijdon erkinligini ta'minlashning asosiy ustuvorliklari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning dinga munosabatidan qat'i nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bo'lgan o'z huquqlarini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
konfessiyalar o'rtasidagi tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy bag'rikenglikni ta'minlash;
vijdon erkinligini ta'minlashda dunyoviy davlat qurilishini saqlab qolish; vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonunchilikka fuqarolar hamda diniy tashkilotlar tomonidan rioya etilishini ta'minlash
jamoat tartibiga, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog'lig'i va axloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy g'oyalar hamda qarashlarning singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish" ta'kidlangan.
G'azzoliy, Motrudiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xo'ja Bahovuddin Naqshband, Xo'ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Bobur uning nevarasi Akbarshox kabilar diniy bag'rikenglikning yuksak namunasini ko'rsatganlar.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
Ularning tajribasi va ibrati bugungi kunda talaba-yoshlar uchun alohida ahamiyatga egaligi bilan qimmatlidir. Ular tomonidan ilgari surilgan diniy qarashlar va yaratilgan ilmiy manbalarda diniy e'tiqod va dunyoqarashni rivojlantirishga xizmat qiladigan bilimlar o'z ifodasini topgan. Ushbu bilimlar birinchi navbatda talabalarda milliy madaniyatga oid tasavvur va diniy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladi. Ma'lumki o'zbek xalqi o'z tarixiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida turli millat va din vakillari bilan yonma yon yashab ularning e'tiqodiy qarashlarini hurmat qilib kelgan. Shuning uchun ham diniy bag'rikenglik o'zbek xalqi vakillarining shaxsiy sifati hayotiy ko'nikmasiga aylangan. Ushbu tajribani yosh avlodga uzatishga kuchli ehtiyoj mavjud. Buning uchun talabalarga O'rta Osiyoda ko'p asrlar mobaynida turli madaniyatlar va diniy e'tiqodlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilganligi, bu ajdodlarimizning pedagogik merosida o'zining yorqin ifodasini topganligi, xalq og'zaki ijodiyoti namunalari va badiiy adabiyoti diniy bag'rikenglikka keng o'rin ajratilganligi haqidagi bilimlarni taqdim etish bilan bir qatorda ularni ushbu yo'nalishdagi didaktik manbalar va badiiy adabiyot namunalari bilan yaqindan tanishtirishga oliy ta'lim muassasalarida alohida e'tibor qaratish zarurligini ta'kidlab o'tish lozim. Shuning uchun ham diniy urf-odatlar, an'analar, qadriyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish talaba-yoshlar zimmasidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda O'zbekiston jamiyatida islomiy e'tiqod bilan bir qatorda boshqa din vakillari ham teng huquqlilik asosida bilim olish, mehnat qilish va o'zlarining diniy xohish irodalarini namoyon qilish huquqiga ega. Shuning uchun ham oliy pedagogik ta'lim dargohlaridagi tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etishda quyidagilarga alohida e'tibor qaratish talab etiladi.
1. Talaba-yoshlarning diniy konfessiyalar va vijdon erkinligiga oid bilimlarini boyitish va tasavvurlarini kengaytirish, shuningdek talabalarni diniy bag'rikenglikni rivojlantirishga ko'maklashadigan me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan yaqindan tanishtirish.
2. Talaba-yoshlarni vijdon erkinligi va diniy bag'rikenglik asoslari bilan muntazam qurollantirib borish taqozo qilinmoqda.
Shu maqsadda ularni ona zaminimizda azal-azaldan barcha din va din vakillariga nisbatan hurmat bilan qarash ular bilan qarindosh urug'chilik rishtalarini bog'lash haqidagi ilmiy badiiy tasavvurlar bilan yaqindan tanishtirish zaruriyati kuchaymoqda. Ushbu maqsadni muvaffaqiyatli oshirish uchun o'quv adabiyotlari mazmuniga diniy bag'rikenglik tarbiyasi uchun zarur bo'lgan didaktik vositlar, pedagogik yondashuvlar, shakllar, usullar, metolar, diniy madaniy modellarni singdirish talab qilinmoqda.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/6445147
2. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 05.07.2021 yildagi O'RQ-699-son Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida
3. Diniymutaassiblik: moxiyat, maksadlarvaoldiniolshpyullari / A. Xasanov, O. Yusupov, K, Shyermuhamedov. U. G'afurov, J. Karimov.- T.: «Movaraunnahr», 2013, - 160 b. 12-b.
4. Safarova R.G. Mutafakkir ajdodlarimiz merosi ta'lim oluvchilarni intellektual ma'naviy va madaniy jihatdan rivojlantirish manbai // Pedagogika.- Toshkent. 2022 yil 5-son. - B. 14-18
5. Safarova R.G. O'quvchilarda madaniy dunyoqarashni shakllantirish parametrlari// FarDU. ILMIY XABARLAR. 2021 yil 2-son. B.120-123.