SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
RELIGIOUS TOLERANCE IS THE DEVELOPMENT OF POLITICAL
STABILITY OF SOCIETY
Nilufar Mavlonova
Master of the National University of Uzbekistan Tashkent, Uzbekistan ABSTRACT
In this article, we will give brief information about the ideas of religious tolerance and the extent to which tolerance is implemented in our country.
Key words: religion, tolerance, social stability, friendship, brotherhood, goodness, society, Dukeheim, UNESCO, UN, environmental destruction, terrorism, religious extremism.
РЕЛИГИОЗНАЯ ТОЛЕРАНТНОСТЬ - РАЗВИТИЕ ПОЛИТИЧЕСКОЙ
СТАБИЛЬНОСТИ ОБЩЕСТВА
Нилюфар Мавлонова
Магистр Национального Университета Узбекистана Ташкент, Узбекистан
АННОТАЦИЯ
В данной статье мы дадим краткую информацию об идеях религиозной толерантности и о том, насколько толерантность реализуется в нашей стране.
Ключевые слова: религия, толерантность, социальная стабильность, дружба, братство, добро, общество, Дюркгейм, ЮНЕСКО, ООН, разрушение окружающей среды, терроризм, религиозный экстремизм.
DINIY BAG'RIKENGLIK JAMIYAT SIYOSIY BARQARORLIGINING
TARAQQIYOTI
Nilufar Mavlonova
O'zbekiston Milliy universiteti magistranti Toshkent, O'zbekiston
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolamizda diniy bag'rikenglik g'oyalari, hamda uning tajiyat barqarorligining asosiy poydevorlaridan biri ekanli, shuningdek yurtimizda bag'rikenglikning qay darajada amalga oshirilayotganligi haqida qisqacha malumotlar beriladi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
Kalit so'zlar: din, bag'rikenglik, ijtimoiy barqarorlik, do'stlik, birodarlik, ezgulik, jamiyat, Dyukgeym, YUNESKO, BMT, ekologik halokat, terorizm,diniy ekstremizm.
KIRISH
Bugungi kun globallashuv davrida dinlararo bag'rikenglikka erishish uchun ular o'rtasida madaniy muloqot, ezgulik yo'lidagi hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilishi nafaqat bugungi kunda yurtimizda balki, butun dunyoda asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, keyingi besh yil ichida jahonda bo'lib turgan geosiyosiy vaziyatlar shuni ko'rsatadiki har qanday davlatni ichdan yemiruvchi asosiy amillardan biri hech shubxalanmasdan diniy mojarolar deya olamiz. Bizga malumki o'tgan asrda butun boshli insoniyat boshiga tushgan musibatlar - yadro urushi xavfi, ekologik halokatlar, terrorchilik va diniy ekstremizm kabi ofat-balolar dinlarni ezgulik, barcha insonlar uchun yagona bo'lgan sayyoramizni saqlab qolish yo'lida birlashish va hamkorlik qilishga undamoqda lekin, shu o'rinda turli guruxdagi diniy konfessiyalar hamda, irqchi teroristik guruhlarni boshini silayotgan diniy buzg'unchilar oqibatida XXI asrda ham, dunyoning bir qator davlatlarida hali -hanuz urushlar davom etmoqda. Biz bilamizki, barcha dinlarning asosiy mohiyatini ezgulik, do'stlik va birodarlik, mehr-shafqat kabi tushunchalar tashkil qiladi. Aynan ana shu tushunchalar turli din vakillarini muloqotga, hamkorlikka da'vat etadigan umumiy zamin bo'lib xizmat qiladi. Bugungi kunda bashariyat bu haqiqatni tobora chuqurroq anglamoqda.
Qilichev Rajab ustozimiz aytganidek: "diniy bag'rikenglik bu - bir ko'chada ikki diniy idoraning(masjid bilan cherkov) erkin, hech qanday cheklovlarsiz va do'stona faoliyat yuritishidir" - degan edi. Diniy bag'rikenglik g'oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e'tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish, ularning kuchi va iste'dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi.
Bugungi Yangi O'zbekistonimizda ham, bu borada qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan. Bunga misol qilib aytishimiz mumkinki: "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi"1.
Tinchlik va barqarorlikning muhim sharti bo'lgan bu g'oya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a'zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi, hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
1 O'zbekiston Respublikas yangi tahrirdagi konsitutsiyasi. 2023-yil, 1-may. 35-modda, 6-bet.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
Jamiyat - bu odamlar birlashuvining barcha shakllari va ularning o'zaro aloqalari vao'zaro ta'sirlalarining barcha usullari majmuidir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Insoniyat jamiyatga birlashganidan beri din jamiyatni ajralmas eng muhim ijtimoiy omillardan biri hisoblanib kelmoqda. Dinning ijtimoiy fenomen sifatida talqin qilinishi, uning jamiyat hayotidagi real vazifalarini bajarishi hamda muayyan talablarga javob berishni anglatadi. Din ijtimoiy fenomen sifatida obyektiv omil sanalib, tashqi va majburiy tarzda kishilarga har qanday jamoatchilik instituti sifatida ta'sir o'tkazadi. Dinning jamiyatda bajaradigan bir qancha funksiyalar mavjud. Ba'zi mualliflar fikriga ko'ra dinning muhim funksiyalardan biri bu boshqaruv-nazorat funksiyadir.
Din ham jamoatchilik ongining boshqa shakli sifatida kishilar xulq-atvoriga ta'sir ko'rsatadi. Din mazkur funksiyani muayyan qadriyat va me'yorlar tizimini yaratish asosida amalga oshiradi. Kishilar xulq-atvori boshqaruviga odat va an'analarni shakllantiruvchi diniy ibodatlar ham ta'sir ko'rsatadi. U ma'naviy va axloqiy qadriyat, marosim va udumlar tizimini o'z me'yoriga moslashtirib boradi. Boshqaruv-nazorat funksiya-sining hayotiyligi muqarrardir. Mavjud funksiya doirasida asrlar davomida diniy axloq asoslari yaratilgan.
Dinning ikkinchi muhim funksiyasi bu jipslashtiruvchi (integrativ) funksiyasidir. Dinning integrativ vazifasi jamiyat a'zolarini - ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, millati kabi xususiyatlaridan qat'i nazar - birlashtiruvchi kuch ekanligida namoyon bo'ladi. Integrativ yoki funksionalistik yondashuvning asoschilaridan biri E. Dyurkgeymning fikricha, din xuddi yelim kabi kishilarni umumma'naviy qadriyatlar, e'tiqod, urf-odat va an'analar asosida birlashtirishga, yaxlit bir majmuaga aylantirishga xizmat qiladi. E. Dyurkgeym, ayniqsa,diniy sig'inish masalasiga alohida e'tibor beradi. Uningcha, din sig'inish orqali jamiyatni bir butun qiladi, shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi va itoat etishga undaydi, ijtimoiy yaxlitlikni mustahkamlaydi, an'analarni qo'llab-quvvatlaydi, kishida qanoathosil qiladi2.
Ushbu funksiyalarni to'liqligicha amalga oshirishi uchun jamiyatda birdamlik, hamjihatlik, o'zaro hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlar shakllangan bo'lishi kerak.
Bunday qadriyatlarni shakllantirishda esa diniy bag'rikenglik hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, ko'p millatlik mamlakatlarda dinlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik jamiyat taraqqiyoti uchun birlamchi omillardan biri hisoblanadi.
Diniy bag'rikenglik jamiyat hayotida rivojida betakror rol o'ynashi hech kimga sir emas. Bunga bir nechta sabablar bor. Jamiyat barqaror rivojlanishi va unda tinch-totuv hayot ta'minlanishi uchun davlat nafaqat chegaralar daxlsizligi, shu bilan birga mamlakat ichidagi etnik mojarolarni oldini olish uchun diniy bag'rikenglikka
2 Bag'rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi,1995-yil
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
alohida e'tibor berishi zarurdir. Chunki mojarolarning eng xavfli va tez avj oladigan diniy va etnik mojarolar hisoblanadi. Ularning yechimi uzoq vaqt talab etishi mumkin.
Ko'plab jamiyatlar bir nechta etnik guruhlarlardan, millatlardan tashkil topadi. Tabiiyki, ularning dinlari ham turlicha bo'ladi. Ana shunday jamiyatlarda eng ahamiyatli narsa shundan iboratki, insonlar bir-biriga nisbatan tolerantlik, diniy bag'rikenglikni namoyish etish, bir hududda yashab turgan boshqa xalqlarning urf -odatlarini, an'analarini hurmat qilishi ushbu jamiyat rivoji uchun asos bo'ladi.
Aks holda shaxlarlar o'zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarga kirisha olmaydilar. Bu holat esa jamiyatning bir nuqtada qotib qolishga olib kelishimumkin.
Dunyoning eng dolzarb muammolaridan biri bu - xalqlar va dinlar o'rtasidagi bag'rikenglik, tolerantlik g'oyasidir. Ushbu tushuncha atrofida yer kurrasining barcha xalqlari, elatlarining jipslashish zaruriyati tug'ildi. Chunki, faqat bag'rikenglikkina dunyoni halokatdan, bo'lajak fojealardan asraydi. Shu boisdan, YUNESKO 1995 yili Parijda "Bag'rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi" ni qabul qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan esa 1996 yildan buyon har yilning 16 noyabr sanasi "Bag'rikenglik kuni" deb e'lon qilindi. Ushbu deklaratsiyada diniy bag'rikenglikning ijtimoiy jihatlariga alohida urg'u berilgan. Xususan, unda shunday deyilgan: "Bag'rikenglik bugungi kunda har doimgidan ham muhimroqdir. Biz iqtisodiy globallashuv jarayoni, aloqa vositalari tez rivojlanayotgan, integratsiya va o'zaro aloqadorlik, katta miqyosdagi migratsiya va aholining ko'chishi, urbanizatsiya va ijtimoiy tuzilmalar qayta shakllanayotgan asrda yashamoqdalar. Har bir mintaqa serqirradir va shuning uchun murosasizlik va nizolarning ko'payishi dunyoning barcha nuqtalariga tahdid qiladi. Bu tahdid global xarakterga ega bo'lgan sababli, unimilliy chegaralar doirasida cheklanib qolishi mumkin emas"3.
O'zbekistonda yashab faoliyat ko'rsatayotgan turli din vakillarining ma'naviy dunyosi, e'tiqod erkinligi uchun istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab keng yo'l ochildi. Yosh davlatimiz din ma'naviy-madaniy hayotning uzviy qismi ekanidan kelib chiqib, unga bo'lgan munosabatni tubdan o'zgartirdi. Mamlakatimiz rahbari dinga bo'lgan yangicha munosabatni "dunyoviylik -dahriylik emas" degan tamoyil asosida aniq va ravon belgilab berdi. 1998 yilda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar" to'g'risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilinib, davlat va din munosabatlari qonuniy tartibga solindi. Mazkur qonunning maqsadi har bir shaxsning erkinligi va diniy e'tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat'iy nazar, fuqarolarning
3 Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi,1948-yil.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
tengligini ta'minlash, shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat4.
Bugungi kunda mamlakatimizda turli e'tiqodga mansub tashkilotlar o'rtasida o'zaro hurmat va bag'rikenglik muhiti o'rnatilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Qadim-qadimdan din aksariyat milliy qadriyatlarni o'zida mujassam etib keladi. Milliy qadriyatlarning asrlar o'sha bezavol yashab kelayotgani ham dinning ana shu tabiati bilan bog'liq. Chunki, dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g'oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do'stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik, poklik, mehr-oqibat va bag'rikenglikka chorlaydi.
Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O'zbekistonda turli din, millat va elat vakillari farovon yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo'lib, islom, xristianlik, yahudiylik, bahoi jamoalari va krishnani anglash jamiyati, bular bilan birgalikda ularning turli oqimlari va yo'nalishlari vakillari tinch, osoyishta va farovon hayot kechirib kelmoqda.
Mustaqillik sharoitida etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil va qat'iy siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamkorlik qaror topdi. Konstitustiyamizda "O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar", degan tamoyilning mustahkamlab qo'yilishi esa, bu boradagi ishlarning qonuniy asosi bo'lib xizmat qilmoqda.
Milliy qadriyatlar tolerantlikni rivojlantirishda muhim o'rin tutadi. Tolerantlik - o'zligini anglagan millat vakillarining boshqa millat vakillari tomonidan kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik, ular bilan tinch, farovon hayot kechirishidir.
Tolerantlik tuyg'usi insonning xulq atvori, odob axloqi, siyosiy - ma'naviy pokligi, o'z xalqi va milliy merosi boyligi hamda milliy qadriyatlarga bo'lgan munosabatini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa har bir insonda bag'rikenglik, baynalmilallik tuyg'ularini uyg'otadi.
Bugungi kunda respublikamiz bo'yicha faoliyat ko'rsatayotgan 2224 ta diniy tashkilotdan 175 tasi noislomiy bo'lib, ulardan 159 tasi nasroniy, 8 tasi yahudiylar, 6 tasi bahoiy jamoasi, 1 tasi Krishnani anglash jamiyati va 1 tasi buddaviylikni tashkil etadi. Bulardan tashqari Respublikada Konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
Yuqoridagi fikirlarimizni mustahkamlagan holda, Konsitutsiya-mizda: Konstitutsiyaviy tuzumni zo'rlik bilan o'zgartirishni maqsad qilib qo'yuvchi, O'zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga qarshi
4 Narbekov A.V. Dinshunoslik asoslari, Toshkent.: 2007-yil.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targ'ib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga, aholining sog'lig'iga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi siyosiy partiyalarning, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek milliy va diniy belgilariga ko'ra siyosiy partiyalarning, harbiylashtirilgan birlashma-larning tashkil etilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va birlashmalar tashkil etish taqiqlanadi"5.
XULOSA
Xulosa shuki, "O'zbekiston-umumiy uyimiz", "Vatan yagonadir", 'Bag'rikenglik - o'zbek xalqining buyuk fazilati","O'zbekiston - bag'rikeng diyor", "Diniy e'tiqodlar - tinchlik xizmatida"kabi iboralar bejizga aytilmaydi. Bu g'oya xalqimizning, millati, dinidan qat'i nazar, shu yurtda yashayotgan har bir insonning hayotida mustahkam o'rin egallaydi.
Tobora globallashib va murakkablashib borayotgan bugungi davrda hayotning o'zibizga turli millat, e'tiqod va din vakillari o'rtasida o'zaro hurmat va hamjihatlik hukm surgan sharoitdagina umumiy bo'lgan O'zbekiston har millatimizning kelajagini ta'minlashga erishish mumkinligini ko'rsatib turibdi. O'zbekistonning bu borada olib borayotgan oqilona siyosati yurtimizning ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy g'oyalarni barcha yurtdoshlarimiz bilan hamkor va hamjihat bo'lib amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik beradiki, dinlararo totuvlik, insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridandir. Mustaqillik bizga ana shu ezgu an'analarni izchil davom ettirish va avloddan avlodga yanada mukammal bo'lib o'tishini ta'minlash imkonini beradi. Din qadim-qadimdan insoniyat uchun zarur bo'lgan ma'naviy qadriyatlarni o'zida aks ettirib, ezgulik, mehr-oqibat, poklik, halollik, do'stlik va birodarlik g'oyalarini amalga oshirishga xizmat qilib keladi. Ko'pgina milliy qadriyatlarning zavol topmasdan yashab kelayotgani ham dinning ana shu xususiyatlari bilan bog'liq.
Diniy bag'rikenglik g'oyasi barcha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular o'rtasida hamkorlik o'rnatishga va shu tariqa butun insoniyatning orzusi bo'lgan adolat tantanasiga erishishga da'vat etadi. Dinlararo bag'rikenglik deb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e'tiqodini o'zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona vatanda, olijanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib yashashiga aytiladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi konsitutsiyasi. 2023-yil, 1 -may.
5 O'zbekiston Respublikas yangi tahrirdagi konsitutsiyasi. 2023-yil, 1-may. 71-modda, 11-bet.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
2. "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar" to'g'risidagi qonun,1998
3. Yovqochev Sh.A. Siyosat va din. O'quv qo'llanma,2009
4. Narbekov A.V. Dinshunoslik asoslari,Toshkent-2007
5. Mo'minov A, Yo'ldoshxo'jayev H. Dinshunoslik,Toshkent,2003
6. Yovqochev Sh.A. Siyosat va din. O'quv qo'llanma,2009
7. Kholikulov, M. (2023). Scientific-Theoretical and Philosophical Origin of the Doctrine of Unity in Sufism. Web of Semantic: Universal Journal on Innovative Education, 2(2), 213-216.
8. Qaxor ogli, X. M. (2022). Ideological and theoretical basis of sufism. Barqarorlik vayetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 389-393.
9. Sadriyevna, A. L., & Qaxor o'g'li, X. M. (2023). Komil inson falsafiy genezisida Abu Ali ibn Sino qarashlari tahlili. Barcha sohalar bo^yicha, 32.