JAMIYAT BARQARORLIGINI TA'MINLASHNING
IJTIMOIY-G'OYAVIY ASOSLARI
Sattarov Alisher Nurmaxammatovich
Toshkent shaharyuridik texnikumi umumta'lim fanlar kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada jamiyat barqarorligini ta'minlashning ijtimoiy asoslari xususida so'z yuritiladi. Millatlararo totuvlik, bag'rikenglik g'oyasining tarixiy, huquqiy asoslari hamda O'zbekistonda milliy-diniy bag'rikenglik va dunyoviylik prinsiplari yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Millatlararo totuvlik, bag'rikenglik, siyosiy demokratiya, ijtimoiy demokratiya, sharqona demokratiya, milliy tarbiya, ijtimoiy hamkorlik, polietnik davlat, monoetnik davlat.
ENSURING SOCIETY SUSTAINABILITY SOCIAL AND IDEOLOGICAL FUNDAMENTALS
Sattarov Alisher Nurmaxammatovich
Teacher of the Department of General Education, Tashkent City Law College
ABSTRACT
This article discusses the social foundations of social stability. The historical and legal bases of the idea of interethnic harmony and tolerance, as well as the principles of national-religious tolerance and secularism in Uzbekistan are covered.
Keywords: Interethnic harmony, tolerance, political democracy, social democracy, oriental democracy, national education, social cooperation, polyethnic state, monoethnic state.
ОБЕСПЕЧЕНИЕ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА СОЦИАЛЬНО-ИДЕОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ
Саттаров Алишер Нурмахамматович
Преподаватель кафедры общего образования Ташкентского городского
юридического колледжа АННОТАЦИЯ
В статье рассматриваются социальные основы социальной стабильности. Освещены исторические и правовые основы идеи межнационального согласия и толерантности, а также принципы национально-религиозной толерантности и секуляризма в Узбекистане.
Ключевые слова: Межэтническое согласие, толерантность, политическая демократия, социал-демократия, восточная демократия, национальное образование, социальное сотрудничество, полиэтническое государство, моноэтническое государство.
KIRISH
O'zbekiston hududida qadim-qadimdan ko'plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib keladi. Ular o'rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo'lmagani xalqimizning azaliy bag'rikengligini ko'rsatadi.
Shu bois bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni o'zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash maqsadi istiqlol mafkurasining asosiy vazifalaridan biridir. U xalqimizga bo'lgan olijanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi. Dinlarning umuminsoniy mohiyati, maqsadi bir bo'lib, ular aslida bir-birlariga zid emas. Aslida diniy bag'rikenglikning mohiyati shundan kelib chiqadi. Jamiyat tarixidan turli dinga mansub kishilarning yonma-yon yashab kelganligiga ko'plab misollar keltirish mumkin. Bizning mamlakatimiz hududida ham islom, ham nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan, diniy amallar erkin ijro etilgan. O'sha davrlarda ham ziyolilar, olimlar hayot saboqlarini bir-biridan o'rganganlar, ustoz-shogird bo'lishgan. Ularning turli dinlarga mansubligi bunday munosabatlarga halal bermagan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Jahon keng, dunyoda mamlakat ko'p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O'zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. O'zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, mehnatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzandlaridek yashashlarida namoyon bo'lmoqda. Bunday ahillik, do'stlik va hamkorlik o'zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. Bu asoslar mamlakatimiz Konstitutsiyasida mustahkamlab qo'yilgan.
Xususan, uning 18-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy
mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdir»1, - degan qoida ana shu bag'rikenglikning zamonaviy siyosiy-huquqiy ifodasidir.
Mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy his-tuyg'u-lariga daxldor muhim ahamiyatga ega bo'lgan bir qator tamoyillar belgilab qo'yilgan.
Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat'iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan.
Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e'tiqodidan qat'iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta'kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma'naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bo'lsak, mazkur qoidaning amaliy ahamiyati oydinlashadi.
Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan. Irqchilikdan g'ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariximizda umuman kuzatilmaganini alohida qayd etish lozim. Ammo ayrim mintaqalarda tajovuzkor millatchilik g'oyalari bilan qurollangan ayrim guruhlar diniy aqidaparastlik va irqchilik qarashlaridan o'z maqsadlari yo'lida foydalanishga urinayotganini ham unutmaslik zarur. Demak, muayyan hollarda ular uyushgan shaklda ham chiqishi mumkin. Islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchilik mafkurasini yaratayot gan ko'plab radikal va ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylantirib, ulardan terrorchilar tayyorlash bo'yicha konveyer tashkil etayotgan, xalifalik tuzishdek turli xomxayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak.
Millatlararo totuvlik - milliy istiqlol mafkurasining aso-siy g'oyalaridan biri bo'lib, u muayyan hudud, davlatda turli millat vakil-larining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha. Yoki boshqacha aytganda, millatlararo totuvlik g'oyasi umumbashariy qadriyat bo'lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir.
Bu g'oya - bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo'lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o'rtasida o'zaro hurmat, do'stlik va hamjihatlikni qaror toptirish va mustahkamlashning ma'naviy asosidir.
Milliy g'oya - har bir millat vakilining iste'dodi va salohiyatini to'la ro'yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.
Muayyan mamlakatga nom bergan (titul) millat bilan unda yashaydigan boshqa xalqlar o'rtasida hamjihatlik bo'lishi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan
1. Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacHHHHr Констнтyцннсн. - T.: Y36eKHCTOH, 2003.
133
biridir. Aksincha, milliy g'oyaning ahamiyatini tushunib yetmaslik jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin.
Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka rahna soluvchi illat, bu - tajavvuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday zararli g'oyalar ta'siriga tushgan jamiyat beqarorlik holatiga yuz tutishi muqarrar. XX asrda Yevropa xalqlarini asoratga solgan va ayrim davlatlarning tanazzuliga sabab bo'lgan fashizm yoki milliy xususiyatlar bilan hisoblashmagan va soxta baynalmilal-chilik g'oyasiga asoslangan kommunizm g'oyasi bunga yaqqol misol bo'ladi.
Demak, mamlakatlarda ko'p millatlilik omili demokratik o'zgarishlarni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning, fuqarolar jamiyati qurilishining ta'sirchan vositasiga aylanib qolgan.
3. Diniy bag'rikenglik - xilma-xil diniy e'tiqodda bo'lgan kishilarning olijanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor, hamjihat bo'lib, yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo'lida xizmat qilishini anglatadi. Hozirda bu g'oya ezgulik yo'lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a'zolari hamkorligini nazarda tutadi. Diniy bag'rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning muhim shartidir.
Q.Nazarovning fikricha, qadimdan diyorimizda buddaviylik, zardushtiylik, nasroniylik, yaxudiylik, islom dinlari yonma-yon yashab kelgan, madaniyat markazlari hisoblangan shaharimizda masjid, cherkov, sinagoglar faoliyat ko'rsatgan. Ularda turli millat, elat va dinga mansub bo'lgan xalqlar, qavmlar o'z diniy amallarini emin-erkin ado etgan. Vatanimiz tarixining eng murakkab, ziddiyatli, og'ir davrlarida ham yurtimizdagi mavjud din vakillari orasida diniy asosda mojarolar bo'lgan emas. Bu yurtimiz xalqlarining diniy bag'rikenglik borasida katta tajribaga ega bo'lganidan dalolat beradi1.
Hozirgi kunda mamlakatimizda 15 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko'rsatmoqda. Ularning o'z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonunda o'z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo'lib, ulug' va mushtarak g'oyalar yo'lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.
Hozirgi vaqtda O'zbekistondagi turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar o'z faoliyatini o'zaro teng huquqlilik, hamdo'stlik va hamkorlik asosida amalga
1 Ha3apoB OnH^gneB A. MHJJHH HCTHK^O^ FOACH: acocHH TymyHHa^ap, TaMOHH^ap Ba aTaMa^ap. - T.: .Hrnn acp aMogn, 2002, 36-37- öeraap.
oshirmoqda. Diniy bag'rikenglik turli dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning hamdo'stlik munosabatlarinigina nazarda tutmaydi, balki e'tiqodidan qat'iy nazar barcha kishilarning tengligi, umumiy ezgu maqsad yo'lida hamkorlikni ham qamrab oladi. Diniy qarashga ko'ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko'ra ham inson eng oliy mavjudotdir.
Diniylik dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin deganda, dunyoqarashning ezgulik, yaxshilik, halollik, tinchlik, do'stlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashni nazarda tutamiz. Haqiqatan ham diniy ta'limotlar, u dunyo hayotini tasvirlash vositasida bu dunyoda yuksak fazilatlarga ega bo'lishga undaydi.
Diniy bag'rikenglikning qaror topishi, mustahkamlanishi, rivojlanishi barcha kishilarni e'tiqodidan qat'iy nazar milliy g'oya va mafkurani amalga oshirish yo'lida birlashtiradi. U mafkurani milliy g'oya va kishilar ongi hamda qalbiga joylashishiga yordam beradi.
Aksincha, diniy bag'rikenglikni tor ma'noda tushunish, bir tomonlama talqin qilish umumiy maqsadlardan chalg'itib, kishilarni o'zaro guruhlarga bo'lib yuborishi mumkin. Shuningdek, ayrim guruhlarning g'arazli manfaat-lariga xizmat qiluvchi diniy niqobni yuzaga keltiradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan yondashmaslik, umummilliy tamoyillarga biroz e'tiborsizlik ham tinchlik va barqarorlikka salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Millatlararo hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor millatchilik va shovinizmning halokatli g'oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy g'oyaning amal qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy zarar yetkazadi. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda bu muammo ilmiy asosda, holisona hal qilinmoqda. Millatlar o'rtasida mojarolarga yo'l qo'ymaslik uchun etnik siyosatda shaxs huquqlari himoya qilinishining ustuvor bo'lishini, mamlakatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda hal qiladigan usullarga asoslanishi bosh yo'limiz ekanligiga, bozor munosabatlarini iqtisodiy taraqqiyotda barcha millatlarga mansub aholining manfaatlariga mos kelishiga, har bir millat madaniyati, tili, urf-odat va an'analari, madaniy merosini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmog'i lozim.
O'zbekistonda yangi demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini yaratishga kirishilgan hozirgi o'tish davrida diniy bag'rikenglik qanchalik muhim bo'lsa, diniy bag'rikenglik uchun milliy mafkura ham shunchalik muhimdir. Milliy mafkuraning yuksak g'oyalari, o'z navbatida, dinning haqiqiy mohiyatini jamiyat taraqqiyotidagi o'rnini anglab olishga yordam beradi. Diniy bag'rikenglik g'oyasini to'g'ri
tushunishga yordam berib, barcha kishilarni e'tiqodidan qat'iy nazar birlashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi kishilar ongi va qalbiga singganda diniy mutaassiblikka, ayirmachilikka hech qanday o'rin qolmaydi.
Respublikamiz aholisining milliy qiyofasi faqat Sharq emas, balki, Farb sivilizatsiyasiga mos umuminsoniy tamoyillar, islom, xristianlik va boshqa dinlarga e'tiqod, an'ana va urf-odatlar, rang-barang turmush tarzidan iborat ma'naviy mezonlarni o'zida aks ettiradi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2020.
2. Davlat tili haqida (yangi tahriri). O'zbekiston Respublikasining Qonuni.- T.: O'zbekiston, 1997.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. - T.: Sharq, 1997.
4. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston,
5. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: O'zbekiston, 2016.
6. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.-T.:O'zbekiston, 2017.
7. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. -T.:O'zbekiston, 2017.
8. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasi// https://www.lex. Uz
9. Nazarov Q. G'oyalar falsafasi .- T.: Akademiya, 2011.