Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIKNI TA’MINLASHINING KONSTITUTSIYAVIY HUQUQIY ASOSLARI'

O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIKNI TA’MINLASHINING KONSTITUTSIYAVIY HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1635
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
millat / fuqaro / ko‘pmillatlilik / millatlararo totuvlik / diniy bag‘rikenglik / ijtimoiy birdamlik. / nation / citizenship / multinationality / interethnic harmony / religious tolerance / social solidarity.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Djurayeva, Ulmas Chariyevna, Yoqubov, Sherzod Nabi O‘G‘Li

Ushbu maqolada mamlakatimizda milliy tenglikning huquqiy qonunchilikda, ayniqsa, Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilganligi, milliy bag‘rikenglik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun – mohiyati haqidagi fikrlar bayon qilingan. Shuningdek, millatlararo totuvlikning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi roli, mamlakatimizdagi millat, elat va etnik guruhlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni erishilgan tarixiy xulosalarga asoslangan holda ilmiy va tizimli yondoshuv asosida yoritib berishga qaratildi. Maqolada milliy va diniy bag‘rikenglik va yagona Vatan tuyg‘usini shakllantirish masalalari ham yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONSTITUTIONAL LEGAL FUNDAMENTALS OF ENSURING INTERNATIONAL HARMONY IN UZBEKISTAN

This article discusses the fact that national equality in our country is enshrined in law, especially in the Constitution, and the content and essence of the ongoing reforms in the field of national tolerance. It also focused on the role of interethnic harmony in ensuring the stability of society, the role of nations, ethnic groups and ethnic groups in the development of society in our country on the basis of scientific conclusions and a scientific and systematic approach. The article also addresses issues of national and religious tolerance and the formation of a sense of a single homeland.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIKNI TA’MINLASHINING KONSTITUTSIYAVIY HUQUQIY ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

O'ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIKNI

TA'MINLAShlNING KONSTITUTSIYAVIY - HUQUQIY ASOSLARI

Ulmas Chariyevna Djurayeva,

Termiz davlat universiteti Fuqarolik jamiyati kafedrasi o'qituvchisi. e-mail:

ulmas @tersu.uz Sherzod Nabi o'g'li Yoqubov, Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti 2 bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mamlakatimizda milliy tenglikning huquqiy qonunchilikda, ayniqsa, Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo'yilganligi, milliy bag'rikenglik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun - mohiyati haqidagi fikrlar bayon qilingan. Shuningdek, millatlararo totuvlikning jamiyat barqarorligini ta'minlashdagi roli, mamlakatimizdagi millat, elat va etnik guruhlarning jamiyat taraqqiyotidagi o 'rni erishilgan tarixiy xulosalarga asoslangan holda ilmiy va tizimli yondoshuv asosidayoritib berishga qaratildi. Maqolada milliy va diniy bag'rikenglik va yagona Vatan tuyg'usini shakllantirish masalalari ham yoritilgan.

Kalit so'zlar: millat, fuqaro, ko'pmillatlilik, millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglik, ijtimoiy birdamlik.

ABSTRACT

This article discusses the fact that national equality in our country is enshrined in law, especially in the Constitution, and the content and essence of the ongoing reforms in the field of national tolerance. It also focused on the role of interethnic harmony in ensuring the stability of society, the role of nations, ethnic groups and ethnic groups in the development of society in our country on the basis of scientific conclusions and a scientific and systematic approach. The article also addresses issues of national and religious tolerance and the formation of a sense of a single homeland.

Keywords: nation, citizenship, multinationality, interethnic harmony, religious tolerance, social solidarity.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается тот факт, что национальное равенство в нашей стране закреплено законодательно, особенно в Конституции, а также содержание и суть проводимых реформ в области национальной

Scientific Journal Impact Factor

толерантности. Он также акцентировал внимание на роли межнационального согласия в обеспечении стабильности общества, роли наций, этносов и этносов в развитии общества в нашей стране на основе научных выводов и научного и системного подхода. В статье также рассматриваются вопросы национальной и религиозной толерантности и формирования чувства единой Родины.

Ключевые слова: нация, гражданство, многонациональность, межнациональное согласие, религиозная толерантность, социальная солидарность.

Har qanday mustaqil davlatda xalqning erkin yashashi, farovon turmush ko'rishi, xohish-irodasining amalga oshirilishi, ezgu maqsad-niyatlari huquqiy jihatdan kafolatlanishi lozim. Shu kafolat Vatan taraqqiyotini, davlat mustaqilligini, xalqning jipsligini, millatlararo do'stlik va hamjihatlikni, mustaqillikning barqarorligini ta'minlashga shart-sharoit yaratadi. Yuqorida aytilgan kafolat Respublikamiz Konstitutsiyasida o'z ifodasini topgan. Bu haqda Sh.Mirziyoyevning Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligiga bag'ishlangan uchrashuvidagi nutqida ham ta'kidlagandi: "Davlatimiz, O'zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro kelajagining kafolatini Konstitutsiya beradi. Fuqarolarning haq-huquqlari, burchlari Konstitutsiyada belgilangan, tegishli qonunlar bilan mustahkamlangan. Maqsadimiz - erkin, demokratik huquqiy davlat qurish. adolatli jamiyat barpo etish, hech bir insonni kamsitmaslik, e'tiqodini hurmat qilish, erkinligini ta'minlash" [1, B.49], - deb ko'rsatgan edi. Oldimizga qo'ygan yuksak maqsadlarga erishish uchun bugungi O'zbekistonga erkin va ravon fikrlay oladigan, uning hayotida faol ishtirok eta biladigan, o'z so'zini aytishga qodir, o'z vazifa va burchlarini to'g'ri anglab yetgan fuqarolar zarur. Bunday fuqaroni tarbiyalash -zamon, taraqqiyotimiz talabi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Maqola siyosiy tahlil, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ilmiy va xolislik tamoyillari asosida siyosiy aspektda yoritilgan. O'zbekiston xalqining milliy yuksalish davridagi milliy tenglik va milliy bag'rikenglik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun - mohiyati bayon etilgan.

Mustaqillik davrida mamlakatimizda ushbu mavzu yuzasidagi ma'lumotlarni N.Jo'rayev, S.Safoyev, A.Jalilov, R.Jumayev, N.Mamanazarov, Q.Jo'rayev,

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

R.Murtazayeva, R.Ubaydullayeva, I.Ergashev, X.Yunusova, V.Gentshke kabi olimlarning tadqiqotlarida uchratamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarda, qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjatlarda inson sha'ni, e'tiqod erkinligi va qadr -qimmatini hurmat qilish, uning huquq va erkinliklarini eng oliy qadriyat sifatida e'tirof etish g'oyasi o'z ifodasini topgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy maqsadi va tamoyili har bir fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlarini ta'minlashga qaratilgani e'tiborga molik.

Konstitutsiya vijdon va e'tiqod erkinligini o'zida mujassam etgan, yurtimizda istiqomat kiluvchi barcha millat va elatlarning tengligini ta'minlovchi, mustaqil diyorning mustaqilligini yorqin namoyon etuvchi asosiy hujjat, baxtimiz qomusi, xalqimizning or-u nomusi, diniy bag'rikengligimiz ifodasi hisoblanadi. Negaki, uning har bir moddasida, xar bir bandida xalqaro huquq me'yorlari ham, milliy bag'rikenglik tamoyillari ham aks etib turadi. Tarixan bosib o'tgan yo'limizga bir nazar tashlab, mustaqilligimizning yigirma olti yili mobaynida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob etar ekanmiz, konfessiyalararo muloqot, millatlar va dinlararo totuvlik hamda diniy bag'rikenglik sohalarida samarali ishlar amalga oshirilganiga guvoh bo'lamiz. "O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi to'g'risida"gi Qonunning 15-moddasida "O'zbekiston fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy kelib chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va e'tiqodidan qat'i nazar, bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, Respublika Konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo'ladilar" [3, B.7], deb yozilgan. Ushbu huquqlarning umumlashgan va jahon andozalariga javob beradigan siyosiy, huquqiy kuchga kirgani O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o'z aksini topdi.

Shuni hisobga olgan holda Konstitutsiyamizda bular alohida moddalar bilan belgilab qo'yilgan: 4-modda: "O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi"[4, 4-modda].

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida «O'zbekiston xalqini, millatidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi» [4, 8-modda], deb aniq belgilab qo'yilgan. «O'zbekiston xalqi» tushunchasi mamlakatimizda yashab, yagona maqsad yo'lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o'rtasidagi o'zaro hurmat, do'stlik va hamjihatlik uchun ma'naviy asos bo'lib xizmat qiladi.

Scientific Journal Impact Factor

18-modda: "O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irki, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab quyiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo'lishi shart" [4, 18-modda].

Mazkur moddada milliy hayotga, fuqarolarning milliy his-tuyg'u-lariga daxldor muhim ahamiyatga ega bo'lgan bir qator tamoyillar belgilab qo'yilgan.

Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat'iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan.

Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e'tiqodidan qat'iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta'kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma'naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bo'lsak, mazkur qoidaning amaliy ahamiyati oydinlashadi.

Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan. Irqchilik-dan g'ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariximizda umuman kuzatilmaganini alohida qayd etish lozim. Demak, fuqaroning qaysi millatga mansubligi uning huquq va erkinliklariga daxl qila olmaydi.

O'zbekistonning milliy siyosat modeli uning tashqi siyosat sohasidagi faoliyatida ham o'z ifodasini topgan. Republikamiz millat va elatlar huquq va erkinliklarni muxofaza qilishga doir xalqaro bitimlarni amalga oshirish xalqaro maydonda etnik birliklarning huquqlarini ta'minlash masalasiga doir tamoyillar ishlab chiqish jarayonida ham faol qatnashmoqda.

Xususan, O'zbekiston fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt, irqiy kamsitishlarning barcha turlariga barham berish to'g'risidagi xalqaro konvensiya, genotsid jinoyatlarining oldini olish va unga nisbatan jazolar to'g'risidagi konvensiya, millati, elati, dini yoki tili nuqtai nazaridan kam sonli bo'lgan guruhga mansub shaxslarning huquqlari to'g'risidagi deklaratsiya kabi qator hujjatlarni imzolagani ham mazkur yo'nalishdagi harakatlar ko'lamini belgilab beradi

«Bagrikenglik» tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari, jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, sotsiologiya, falsafa, iloxiyot, ijtimoiy axloq, qiyosiy dinshunoslik kabi fanlar doirasida keng istifoda etiladi. Lotincha «tolerare», ya'ni «chidamoq», «sabr qilmoq» ma'nosini anglatgan «tolerantlik» so'zi, asosan biror narsani, o'zgacha fikr yoki qarashni, o'z shaxsiy tushunchalaridan qat'i nazar, imkon qadar bag'rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Xususan, ushbu tushuncha deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to'ldiruvchi ma'no kasb etib,

[4, S.5-6].

Scientific Journal Impact Factor

«chidamlilik», «bardoshlilik», «toqatlilik», «o'zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish», «muruvvatlilik», «himmatlilik», «kechirimlilik», «mehribonlik», «hamdardlik» kabi ma'nolarga ega [25].

O'zbekiston - ko'p millatli mamlakat. Bugun uning xududida 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikka, O'zbekiston hududida yashayotgan barcha xalqlar o'rtasidagi do'stlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan milliy siyosat ishlab chiqildi. 2017 yilning yanvarida Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligiga bag'ishlangan uchrashuvidagi nutqida millatlararo do'stlik va hamjihatlik xalqimiz tinchligi va farovonligining muhim omili ekanligini ta'kidlashi, mamlakatimizda bu sohada e'tibor va g'amxo'rlikning izchil davom etayotganligining nishonasidir.

Mamlkatimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari Konstitutsiya va qonunlarida belgilab qo'yilgan teng huquqlilik va keng imkoniyatlardan foydalanib, milliy totuvlik va hamjihatlikda istiqomat qilishmoqdalar, Yurtimiz taraqqiyoti va uning gullab-yashnashiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shmoqdalar. Yurtimizda barcha xalqlar va millatlar uchun millatlararo totuvlikni ta'minlash Konstitutsiyamiz va joriy qonunlar bilan mustaxkamlangan. Demak, bosh qomusimizdagi milliy siyosatning asosiy maqsadi xalqimizning etnik va boshqa belgilaridan qat'i nazar yagona O'zbekiston xalqi sifatida jipslashuvi va birligiga erishishdir.

REFERENCES

1. Millatlararo do'stlik va hamjihatlik - xalqimiz tinchligi va farovonligining muhim omilidir // Sh.Mirziyoyevning Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligiga bag'ishlangan uchrashuvidagi nutqidan URL: http://uza.uz/uz/posts/millatlararo-d-stlik-va-amzhi-atlik-khal-imiz-tinchligi-va-f-24-

2. O'zbekiston Respublikasi: mustaqil davlatning bunyod bo'lishi. -Toshkent, O'zbekiston, 1992.

3. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Toshkent, O'zbekiston, 2018.

4. Права человека. Выпуск 1. -Ташкент: 1997.

5. Shodavlatovna D. S., Chorievna J. S. The issue of a just king in kaikous's nightmare //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. -2021. - Т. 11. - №. 3. - С. 1416-1420.

XULOSA

01-2017

Scientific Journal Impact Factor

6. Razhabovich P. T., Narzullaevich T. Z. A LOOK INTO THE HISTORY OF THE PREPARATION OF LOCAL PROFESSIONALS IN THE INDUSTRY //Утмишга назар журнали. - 2019. - Т. 26. - №. 2.

7. Алламуратов Ш., Джураева У. Ремесленные и торговые отношения в бекствах восточной Бухары в конце XIX-начале XX вв //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 3/S. - С. 105-110.

8. Mustafayev U. U. TA'LIM BOZORI VA INTELLEKTUAL SOTSIAL "TOVAR" SIFATI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - Т. 1. - №. 8. - С. 218-226.

9. Худайбердиева Г. Х., Алланазаров М. М. ЁШЛАРНИ ЕОЯВИЙ ТАРБИЯЛАШНИНГ УСУЛЛАРИ, ШАКЛЛАРИ ВА ВОСИТАЛАРИ //ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ. - 2020. - №. SI-2№1.

10. Давлатова Ш. Узбекистонда бошкарув структурасининг шаклланиши ва тараккиётида миллий масаланинг тутган урни (ХХ асрнинг 20-йиллари) //Тошкент: Navro'z. - 2016.

11. Khursandovna K. G., Umirzokvich R. U. NATIONAL COLOR: CONTENT-ESSENCE //Archive of Conferences. - 2021. - Т. 17. - №. 1. - С. 29-31.

12. Алланазаров М. М. Характеристика основных активных методов обучения //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2020. - №. 1. - С. 145-148.

13. Mustafayev U. U. YANGI O'ZBEKISTON: QADRIYATLAR VA FALSAFIY FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI BO 'YICHA AYRIM MULOHAZALAR //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - Т. 1. - №. 10. - С. 568-577.

14. TURSUNOV Z. N. STAGES OF ECONOMIC DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN AFTER THE SECOND WORLD WAR //THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука (Тараз). -2021. - №. 9. - С. 311-313.

15. Алланазаров М. Вопросы подготовки кадров в системе народного образования БНСР //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 5/S. - С. 95-99.

16. Хужаназаров А. З., Алламуратов Ш. А. РЕФОРМЫ В СИСТЕМЕ ЗДОРОВЬЯ УЗБЕКИСТАНА В ПОСЛЕДНИЕ ГОДЫ //Наука, техника и образование. - 2021. - №. 1 (76). - С. 19-23.

17. Pardaev T. R., Tursunov Z. N. THE ATTITUDE OF THE DESPOTIC REGIME TO NATIONAL AND RELIGIOUS VALUES //Утмишга назар журнали. - 2019. -Т. 23. - №. 2.

Scientific Journal Impact Factor

18. Дусназаров М. И., Жумаева Ш. Ч. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОНЯТИЯ СЕМЕЙНОГО ВОСПИТАНИЯ С ПОЗИЦИЙ СТАНОВЛЕНИЯ И РАЗВИТИЯ КУЛЬТУРНОЙ ТРАДИЦИИ //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2020. - №. 1. - С. 151-154.

19. Худайбердиева Г. Х. СУЩНОСТЬ И ОСОБЕННОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПРОФЕССИИ, ЕЁ РАЗВИТИЕ //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2020. - №. 1. - С. 179-181.

20. Shodavlatovna D. S. et al. The issue of public administration in nizamulmulk's "policy" //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. -2021. - Т. 11. - №. 3. - С. 1007-1012.

21. Mustafayev U. U. OLIY TA'LIM: SAVODSIZLIKNING ILDIZI QAYERDA? //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. -Т. 1. - №. 7. - С. 313-317.

22. Allamuratova X. LINGUISTIC FEATURES OF CONTOMINATIONAL AND APOTROPEIC NAMES IN THE SYSTEM OF ANTHROPONYMS OF UZBEKISTAN //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 2. - С. 141-145.

23. Жумаева Ш. Ч. РАЗВИТИЕ И СОХРАНЕНИЕ АУТЕНТИЧНОСТИ КАК УСЛОВИЕ ЕСТЕСТВЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ ЧЕЛОВЕКА //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2020. - №. 4. - С. 46-49.

24. Ramazanovich M. N., Kabilovich B. O. Constitutional and Legal Framework for Providing International Peace //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 18. - С. 218-220.

25. Хакимова М. Узбекистонда миллатлараро тотувликни таъминлаш сохдсидаги устувор йуналишлар //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 10/S. - С. 261-267.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.