Научная статья на тему 'OILAVIY QO‘SHNICHILIK MUNOSABATLARI ASOSIDA AHOLI BILAN IJTIMOIY TA’LIMIY VA TARBIYAVIY ISHLARNI TAKOMILLASHTIRISH'

OILAVIY QO‘SHNICHILIK MUNOSABATLARI ASOSIDA AHOLI BILAN IJTIMOIY TA’LIMIY VA TARBIYAVIY ISHLARNI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
276
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Diniy bag‘rikenglik / fuqaro / aholi / qo’shnichilik / jamiyat / Religious tolerance / citizen / population / neighborliness / community

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Qurbanova Aziza Uktamovna

Ushbu maqolada oilaviy qo‘shnichilik munosabatlari asosida aholi bilan ijtimoiy ta'limiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, diniy bag‘rikenglik, aholining ishchanlik faolligi, qo’shni davlatlar bilan hamkorlik masalalari haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF SOCIAL EDUCATIONAL AND EDUCATIONAL WORK WITH THE POPULATION ON THE BASIS OF FAMILY NEIGHBORHOOD RELATIONS

This article focuses on the improvement of social and educational work with the population on the basis of family-neighborhood relations, religious tolerance, business activity of the population

Текст научной работы на тему «OILAVIY QO‘SHNICHILIK MUNOSABATLARI ASOSIDA AHOLI BILAN IJTIMOIY TA’LIMIY VA TARBIYAVIY ISHLARNI TAKOMILLASHTIRISH»

Scientific Journal Impact Factor

О

OILAVIY QO'SHNICHILIK MUNOSABATLARI ASOSIDA AHOLI BILAN IJTIMOIY TA'LIMIY VA TARBIYAVIY ISHLARNI

TAKOMILLASHTIRISH

Qurbanova Aziza Uktamovna

Qaгshi davlat univeгsiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada oilaviy qo'shnichilik munosabatlari asosida aholi bilan ijtimoiy ta'limiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, diniy bag'rikenglik, aholining ishchanlik faolligi, qo 'shni davlatlar bilan hamkorlik masalalari haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: Diniy bag'rikenglik, fuqaro, aholi, qo'shnichilik, jamiyat

This article focuses on the improvement of social and educational work with the population on the basis of family-neighborhood relations, religious tolerance, business activity of the population

Keywords: Religious tolerance, citizen, population, neighborliness, community

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена совершенствованию социально-воспитательной работы с населением на основе семейно-соседских отношений, религиозной толерантности, деловой активности населения

Ключевые слова: религиозная толерантность, гражданин, население, добрососедство, общность.

Diniy bag'rikenglik hamisha diniy zamindagi adovatga qarshi o'ziga xos qalqon vazifasini o'tagan. U turli e'tiqodlarning bir zamon va makonda birgalikda mavjud bo'lishiga,o'zaro hamkorlik va hamjihatlikning shakllanishiga yo'l ochgan. Bu esa o'z navbatida yurt tinchligi va taraqqiyotiga, umuminsoniy madaniyat va ma'naviyatning keng rivojlanishiga xizmat qilgan. Insoniyat tarixida kishilar orasidagi teng huquqlilikning buzilishiga, o'zaro ziddiyatlarga sabab bo'luvchi omillardan biri bu turli din vakillarining boshqa dinga e'tiqod va amal qiluvchilarga diniy ayirmachilik asosida qarashi, o'z diniga bo'lgan tarafkashlik tuyg'usi, o'zga dindagi kishilarga boshqacha nazar bilan qarashlaridir. Mana shunday qarashlar oqibatida bugun dunyoning turli davlatlarida har xil nizo va qarama- qarshiliklar yuzaga kelayotir. Diniy bag'rikenglik aynan mana shu hodisalaming oldini olishda juda muhim sanaladi. Istiqlol yillari Vatanimizda yashayotgan turli xalqlar o'rtasida

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

o'zaro hurmat, teng huquqlilik va hamjihatlikni mustahkamlashga, uning qonuniy asoslarini yaratishga jiddiy e'tibor qaratildi. Ushbu tamoyillar O'zbekiston Konstitutsiyasi va barcha qonunlarimizda aniq va qat'iy muhrlab qo'yildi. Jumladan, Konstitutsiyamizning 4-moddasida O'zbekiston davlati o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odat va an'analari hurmat qilinishini ta'minlashi, ularning rivoji uchun sharoit yaratishi alohida ko'rsatib o'tildi. Konstitutsiyamizning 18-moddasida esa mamlakatimizning barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga egaligi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengligi belgilab qo'yildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xalqimiz sho'rolar zamonida qatag'on, quvg'inga uchragan ko'plab millat vakillariga boshpana berdi, og'ir damlarda bir burda nonini ular bilan baham ko'rdi. Natijada koreys, nemis, polyak, yunon, qrim-tatar, turk, tojik va boshqa ko'plab millat vakillari o'zbek elida muqim yashab qolishdi. Ularning zurriyotlari esa shu zaminda tug'ilib-o'sib, shu yerda ta'lim-tarbiya oldilar.Shunday sharoitda ma'naviy tarbiya masalasi, milliy qadriyatlarimizni saqlab qolish muammosi beqiyos ahamiyat kasb etadi. Insonlar o'rtasidagi bu munosabatlarning haqhuquqlariga rioya qilinib, ezgulik, o'zaro hurmat va mehr-oqibat asosida shakllangan jamiyat gullab-yashnab, fozil jamiyatga aylanadi va uning birligiga hech qanday tashqi kuch, g'arazli maqsad va hokazolar rahna sololmaydi. Zero, uning binosi o'zaro bir-biriga birikib, kirishib ketgan va bir-birini mahkam tutib turadigan pishiq g'ishtlardan bunyod bo'lgandir. Bordiyu bu jipslikka putur yetadigan bo'lsa, jamiyat tanazzulga yuz tutish xavfi ostida qoladi. Shuning uchun ham dinimiz kishilarning ijtimoiy aloqalaridagi axloqiy me'yorlarni ko'z qorachig'iday asrab-avaylash, ularning binosini to'g'ri tiklab, minorasini baland ko'tarishga buyuradiRespublikada har yili aholi bandligini ta'minlash bo'yicha tasdiqlanadigan dasturlarni amalga oshirish, bo'sh va kvotalanadigan ish o'rinlariga ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, o'zini o'zi band qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida ta'sirchan chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Yurtimizning qator shahar va tumanlarida turli xalqlarning milliy-madaniy markazlari tashkil etilgan. Bu markazlar har xil millat farzandlarining o'ziga xos do'stlik koshonasiga aylangan. Respublikamiz ta'lim muassasalarida esa o'quv dasturlari o'zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, turkman, qirg'iz va boshqa qardosh xalqlarning tillarida olib borilmoqda. Radio va televidenielar o'z eshittirish va ko'rsatuvlarini bir necha tillarda uzatadi. Shuningdek, 10 dan ortiq tillarda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Tabiiyki, bu yerda har xil

596

Scientific Journal Impact Factor

0

millat vakillari o'zlariga ko'rsatilayotgan beqiyos g'amxo'rliklarga javoban davlat boshqaruvi ishlarida, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy hayotda faol va erkin qatnashmoqdalar. Dunyoda milliy-etnik munosabatlar tobora murakkablashib, hatto eng ilg'or davlatlarda ham oz sonli millat vakillarini kamsitish, xo'rlash va siqib chiqarish holatlari kuzatilayotgan bir davrda diniy bag'rikenglik, totuvlik, o'zaro hamkorlik masalasi mamlakatlarning tinchligi va taraqqiyoti uchun eng muhim tamoyillardan biri bo'lib xizmat qiladi.

Aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini rag'batlantirishga, ijtimoiy zaif qatlamlar bandligini ta'minlashga, aholi bandligini ta'minlash bo'yicha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Birgina misol: Qozog'iston va O'zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi tabiiy boyliklari ko'p, iqtisodiy quvvat zaxirasi katta, tarixi va madaniyati mushtarak mamlakatlardir. Bu tarixiy vaziyatda davlatlarimiz yanada ahil, do'stlik, qardoshlik rishtalari har qachongidan-da mustahkam bo'lishi darkor.

Darhaqiqat, so'nggi uch-to'rt yilda O'zbekiston dunyoga ochildi, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar markaziga aylandi. Uzoq va yaqindagi mamlakatlar bilan milliardlab dollarga teng sarmoyaviy shartnoma hamda kelishuvlar imzoladi. O'zbekiston hukumati fuqarolarning ijtimoiy muammolariga ham tezkorlik bilan yechim topyapti. Soliq sohasida, ayniqsa, qishloq aholisi uchun katta yengilliklar berilmoqda. Ilm-fan va ta'lim faol qo'llab-quvvatlanmoqda. Davlat tili munosib o'rniga ega. Mamlakatning davlat qarzlari yo'q. Biz qozog'istonliklar bu va boshqa ijobiy o'zgarishlarni mamnuniyat bilan kuzatib boryapmiz. Ayniqsa, O'zbekiston dunyoda kechayotgan jarayonlarga, BMT Bosh Assambleyasida ko'rilayotgan masalalarga o'z munosabatini ochiq bayon etayotgani diqqatga sazovordir.

Qozog'iston ham jadal rivojlanmoqda. Oxirgi yigirma yildan ortiq davr uchun "Avval iqtisod, keyin siyosat" -tamoyili asosidagi izchil taraqqiyot yo'li belgilab olindi.Bu mahsulotlar ishlab chiqarish sanoatda uch, qishloq xo'jaligida ikki barobar, transportda tashish hajmlari uchdan ikki qismga qisqarib ketgan 1993-1994 yillarda juda muhim edi.

Shunga yarasha fuqarolarning ham daromadlari sezilarli tushib ketgandi. Inflyatsiya esa 3000 foiz va undan ham oshgandi. Binobarin, ijtimoiy-iqtisodiy xarakterga ega qat'iy chora-tadbirlar zarur edi.

Bu boradagi oqilona siyosat tufayli o'tgan asrning 90-yillaridagi tizimli inqirozdan chiqib ketishning uddasidan chiqildi. Bozor iqtisodiyotiga og'riqsiz o'tish hamda xorij investisiyalarini jalb etish, kichik va o'rta biznesni ravnaq toptirish

Scientific Journal Impact Factor

0

yuzasidan choralar qabul qilindi. Bank hamda moliya sohasini isloh etish bo'yicha tadbirlar jadal amalga oshirildi. 1993 yil 15 noyabr kuni esa o'zimizning milliy valyuta — tenge muomalaga kiritildi. Bu esa mustaqil moliya-kredit va monetar siyosatni yuritish imkonini yaratdi.

O'z navbatida, agrar tarmoqlarda mulkka bo'lgan davlat monopoliyasiga barham berildi. Shu asnoda jamoa va shirkat xo'jaliklari (kolxozlar hamda sovxozlar) fermerlik xo'jaliklariga aylantirildi. 1997 yildan boshlab yillik Murojaat yo'llash an'anasi yo'lga qo'yildi. Unda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish bo'yicha yangi va aniq vazifalar belgilab beriladi.

2000 yilda Qozog'iston Respublikasining Milliy fondi faoliyati yo'lga qo'yildi. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari ham o'sib boryapti. Prezident huzurida esa Xorijlik investorlar kengashi tuzildi. Umuman olganda, mustaqillik yillarida Prezidentimiz iqtisodiy jihatdan kuchli Qozog'istonni barpo eta oldi. U bugun dunyoning deyarli barcha mamlakatlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda Qozog'iston ham O'zbekiston kabi nafaqat Markaziy Osiyoda, balki sobiq ittifoq hududidagi eng jadal rivojlanayotgan davlatlar qatorida bormoqda. Respublikamiz Yevroosiyodagi qulay geografik va oraliqdagi joylashuvidan sezilarli iqtisodiy foyda ko'ryapti, preferensiyalarga ega bo'lmoqda. Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot (YalM)ning yillik o'sishi qariyb 3 — 7 foizni tashkil etayotgan bo'lsa, iqtisodiy rivojlanish sur'atlari bo'yicha esa dunyoning yetakchi o'nta davlati qatoridan joy olgan. 2001 — 2005 yillarda yalpi ichki mahsulotning o'rtacha o'sish sur'ati 10 foizga yetgan edi. Keyingi 6-7 yilda esa Qozog'iston YalM o'sishi bo'yicha Qatar va Xitoydan keyin, dunyoning eng jadal ravnaq topayotgan uchinchi davlatiga aylandi.

Mamlakatda sanoat-innovasion taraqqiyotni jadallashtirishga qaratilgan noyob dastur amalga oshirilyapti. Servis-texnologik iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o'tish uchun xom ashyoga yo'naltirilgan iqtisodiyotdan voz kechish yo'li tanlandi. O'tgan yillarda uni ro'yobga chiqarish asosida 1 mingdan ziyod yangi korxonalar ochildi. Yangi ish o'rinlari yaratildi. Zamonaviy dunyoda iqtisodiyotimiz infratuzilmasini mustahkamlashga qaratilgan "Yo'l xaritasi" ishonchli shakl va yangi yo'nalishlar kasb etmoqda. Prezidentning "Nurli jol" dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilyapti. Ilgari tasavvur ham qilib bo'lmaydigan xalqaro toifadagi o'arbiy Xitoy — G'arbiy Yevropa avtobani (avtoyo'li)ni qurish ishlari jadallik bilan davom ettirilyapti. Ushbu yo'lning sezilarli qismi esa respublikamiz hududidan o'tgan. Nur-Sultondan boshlab

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

о

yelpig'ich (yarimdoira) tartibida barcha tomonda ilg'or qurilish me'yorlari hamda texnologiyalari asosida superzamonaviy ko'p tasmali avtobanlar bunyod etilyapti. Aviatrassalar va temir yo'llarning yangi yo'nalishlari ochilmoqda. Xususan, "Kazax eyr" yangi aviakompaniyasi tashkil etildi. Mashinasozlik jadal ravnaq topayotir. Zamonaviy samolyotlar, mashinalar, lokomotiv va vagonlar qurilmoqda. Amerikaning tinchlik jamg'armasi ma'lumotlariga ko'ra, 2015 yilda Qozog'iston MDHga a'zo davlatlar orasida eng kam xatarga ega barqaror mamlakat deb topildi. Jahon banki reytingida esa investisiyalarni jalb qilish bo'yicha qulay sharoitlar yaratilgan eng yaxshi o'nta davlat qatoridan joy oldi. Qozog'istonga kiritilgan chet el sarmoyalari hajmi rekord daraja — 300 milliard AQSh dollariga yetdi. Qozog'iston yuqori sifatli un eksporti bo'yicha dunyoda birinchi o'ringa chiqdi. Shunga yarasha Qozog'istonning ko'plab mamlakatlar, xususan, O'zbekiston bilan ham tovar aylanmasi o'sib boryapti.

REFERENCES

1. Расулов А. М. УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ТАРИХИДА ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИНИНГ УРНИ //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. - 2020. - №. SI1№ 3.

2. Rasulov A. M. УЗБЕКИСТОНДАГИ ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИНИНГ ТАРМО^ЛАРИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 836-838.

3. https://lex.uz/docs/3107036 7.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.