Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q
DINIY BAGRIKENGLIK TINCHLIK GAROVIDIR
Umidjon Ismoil o'g'li Muzaffarov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi
Ushbu maqolamda hozirgi kunda diniy bag'rikenglik asosida jahon davlatlari va dindosh mamlakatlar o'rtasida o'zaro aloqalar, yurtimizda qonun ustivorligi, vijdon erkimligi va diniy tashkilotlar va davlat o'rtasidagi o'zaro aloqalarning konstitutsiyaviy maqomi, mamlakatimizda diniy sohda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida mulohaza qilamiz.
Kalit so'zlar: Diniy bag'rikenglik, vijdon erkinligi, tolerantlik, konferensiya, murosa, rezolutsiya, strategiya.
Har bir davlatda diniy bag'rikenglikka e'tibor qaratilishi kerak bo'lgan asosiy siyosat omillaridan biri hisoblanadi. Inson va jamiyat bir-biri bilan uzviy bog'liq. zero, inson uchun jamiyat qanchalar zarurbo'lsa, jamiyatni ham insonlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Prezdentimiz SH.Mirziyoyev xalqimiz dunyo qarashda tobora chuqur va mustaxkam o'rin egallayotgan bag'rikenglik tamoyili to'g'risida shunday deydi: "Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko' asrlar davomida turli millat va elat, madanyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo'stlik, ezgulik qalb saxovati va tom ma'nodagi bag'rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo'lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi". [1]
Biz bejizga yuqorida inson va jamiyat munosabatlari haqida so'z yuritmadik. Aytish joizki, aynan shu inson va jamiyat o'rtasidagi munosabatni mana 30 yildirki "Konstitutsiya"ga muvofiqlashtirib, yanada mustahkamlab kelmoqda.
Mening fikrimcha, Konstitutsiyaning har bir moddasi nafaqat har bir so'zi fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini ijtimoiy huquqlarini himoya qiladi, uning borligi bizga ishonch baxsh etadi, imkoniyatlarimizni belgilaydi va eng asosiysi tinchligimizni ta'minlaydi.
Mustaqillikgacha va mustaqillikning ilk davrida ham bizning muqaddas dinimizga terroristik va ekstremistik guruhlar tomonidan "Islom" dini niqobi ostida tinchligimiz va mustaqilligimizga rahna solishga urinishgan. 1992-yil 8-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi hamda konstitutsiyada "Shaxsiy huquq va erkinliklar","Jamoat birlashmalari" to'g'risidagi boblarning kiritilishi muammoli masalaning yechimi boldi[2].
ANNOTATSIYA
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q
Qadimdan o'zbek xalqining mehmondo'stlik, mehnatsevarlik, bag'rikenglik, Tinchlik parvarlik kabi insoniy fazilatlari ulug'lanadi. Shu bois, O'zbekistonda ko'p millat va elat vakillari tinch-totuv yashab kelmoqda. Ayni vaqtda, diyorimizda o'z madaniyati va an'analariga ega bo'lgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari mavjud.[3] Albatta, mamlakat aholisining milliy tarkibini asosiy qismi o'zbeklar hisoblanadi. Yanada oydinlashtiradigan bo'lsak, bugungi kunda mamlakatimiz aholisi 35 milliondan ortiq bo'lib, shulardani va o'z navbatida ular orasida islom dinidan tashqari, xristianlik, buddaviylik va boshqa dinga e'tiqod qiluvchilar mavjud[4]. Bularning barchasi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 18-moddasida quyidagicha aks ettirilgan: "O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo'yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo'lishi shart". [5]
Darhaqiqat, islom dinining muqaddas kitobi bo'lmish "Qur'oni Karim"da ham bu so'zlar ta'kidlangan. "Mumtahana" surasini 8-9 - oyatlarida shunday zikr etilgan: "Sizlar bilan dinda urush qilmagan o'zga din vakillari bilan bordi-keldi qiling. Ular bilan adolatli muomalada bo'ling"[6] Guvohi bo'lganingizdek, Qur'oni Karimda ham diniy bag'rikenglik, boshqa din vakillariga bo'lgan hurmat qat'iy belgilab qo'yilgan.
Shunday qilib, dinning hozirgi mavqei O'zbekistonda sobiq sho'ro davri holatidan butunlay farq qiladi. Dinimiz Taraqqiyoti uchun davlatimiz barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Diniy e'tiqodi esa davlat tomonidan kafolatlanadi. Jumladan, 2021-yil 5-iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yangi tahriridagi "Vijdon Erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonuni qabul qilindi.[7]
Mazkur qonun O'zbekistonda dinning mavqei va o'rnini juda aniq belgilab berdi. Qonunga Muvofiq O'zbekistonda din davlatdan ajratildi. Bu qonun natijasida bizning dinimiz o'zining oldingi mavqeini tikladi, jamiyatning ma'naviy hayotida o'z o'rnig a ega bo'ldi.
Muqaddasdinimizning haqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi va bag'rikengligi, odamzodni doimo ezgulikka chorlashi, hayot sinovlarida o'zini oqlagan qadriyat va an'analarni ajdodlardan avlodlarga yetkazishdagi beqiyos o'rni va ahamiyati bilan bog'liq. Darhaqiqat, islom dinidan har bir inson o'ziga ma'naviy ozuqa,ruhiy madad olishi mumkin. Faqatgina, dinni to'g'ri tushunib, uning asl mazmun mohiyatini anglab yetsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Afsuski, ba'zibir diniy ekstremistik tashkilotlar dinning tub mohiyatini chuqur anglab yetmay, noto'g'ri talqin qiladi va insonlar ongini zaharlashadi. Masalan, bunday diniy tashkilotlarga "Musulmon birodarlar" harakatini yaqqol misol qilsak bo'ladi.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q
Bunga javoban davlatimizdaboshqa qonuniy-diniytashkilotlar ham faoliyat yuritib kelmoqda. Bu borada, Konstitutsiyamizning 61-moddasini aytib o'tish o'rinlidir. Ushbu moddaning mazmuni quyidagicha: "Diniytashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi".[8]
Bu moddaga hamohang holda Adliya vaziri Rasulbek Davletovning diniy tashkilotlar, ularning ba'zi hodimlari faoliyati borasidagi fikrlariga to'xtalib o'tamiz. "Huquqshunoslar adashmaydigan vijdon o'lchovi bu qonun bo'ladi. Diniy tashkilotlar ayrim vakillari chiqib u ishni qilsa bunday bo'larkan, bu ishni qilsa bunday bo'lar ekan, ma'lum bir viloyatdagilar bunday degan gaplariga huquqiy nuqtayi nazaridan chidab tura olmaymiz."[9]
Shuningdek, Adliya vaziri hech kim ijtimoiy maqomdan qatiy nazar fuqarolarni qonunda belgilangan huquq kafolatini inkor qila olmasligini bildirdi. Bu esa qonun ustivorligi qay darajada yuqori ekanligini belgilab beradi.
Bularning barchasida Respublikada dinga bo'lgan munosabat va imkoniyatlarni ko'rishimiz mumkin. 2017 yilda yurtboshimiz tashabbusi bilan "2017-2021 yillarga mo'ljallangan"O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi" ishlab chiqildi.[10] Strategiyaning beshinchi yo'nalishi "Xavfsizlik, millatlar aro totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o'ylangan o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalish",- deb belgilandi. Bu islohotning isboti sifatida Samarqand shahrida bo'lib o'tgan, "Inson huquqlarining 70 yilligiga bag'ishlangan konferensiya"ni aytish mumkin. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasida bo'lib o'tgan konferensiyada ham o'zlarining "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" deb nomlangan maxsusrezolutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qildilar. "Rezolutsiyaning bosh maqsadi- barchaning ta'lim olish huquqini ta'minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko'maklashishdan iboratdir",- deydi hurmatli prezidentimiz o'z nutqlarida. Demak, biz - yoshlar, yurtboshimizning murojaatlariga "labbay" deb javob bermog'imiz, islohotlarni joylardagi amaliyotlarni ta'minlashga o'z hissamizni qo'shishimiz zarur va shart deb o'ylayman. Bu ham bo'lsa, davlatimizda fuqarolarimiz xavfsizligi, millatlararo va dinlar aro bag'rikenglikka berilayotgan e'tibordan dalolatdir.
Xulosa o'rnida shun aytish keraki yurtboshimiz tomonidan diniy bag'rikenglika asoslangan amaldagi qonun ustuvorligni ta'minlashimiz va ularni ro'yobga chiqazishimiz uchun har birimizdan muhim bir vazifa talab qilinadi ya'ni boshqa din vakillariga doimo bag'rikenglik o'zaro yordamga asoslngan ijtimoiy munosabalarni o'rnatmog'imiz hozirgi kunda bosh g'oyamiz bo'lmog'i lozim.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. https://president.uz/oz/lists/view/2208
2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi -T. 2022. 14-bet.
3. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 16.11.2019-y., 06/19/5876/4029-son
4. https://data.gov.uz/uz/sphere/12
5. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi -T. 2022. 12-bet
6. Quroni Karim tarjima kitobi 2019 .T. 74-bet.
7. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 06.07.2021-y., 03/21/699/0635-son.
8. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi -T. 2022. 18-bet.
9. https://m.kun.uz/uz/news/2022/02/08/hamma-ozi-hal-qiladi-adliya-vaziri-imom-domlalarning-internetdagi-chiqishlariga-munosabat-bildirdi.
10. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 6-son, 70-modda
11. Икрамов Р.А., Хожиев Р.Б. (2020). Воспитание гармонично развитого поколения является приоритетом государственной молодежной политики. Вестник науки и образования. № 14 (92). Част 3. С. 88-90
12. Ходжиев Р.Б., Норбоева Д.О. (2021) Креативное мышление - важный фактор социального развития. Вестник науки и образования. № 10 (113). Част 3. С. 76-79.
13. Х,ожиев Р.Б., Норбоева Д.О. (2021) Ёшлар ижтимоий хдётнинг когнитив асослари. "Academic Research in Educational Sciences " № 2(2), 544-555-6. R.B.Hojiyev, G.B.Xolmo'minov, M.L.Sharipov (2020) Raising a harmoniously developed generation is a priority of democratic reforms in Uzbekistan. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8. Number 5. pp-
1-3.