Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA MAKTAB TA’LIMI TUZILISHI VA UNDA FINLANDIYA TAJRIBASINI JORIY QILISH IMKONIYATLARI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA MAKTAB TA’LIMI TUZILISHI VA UNDA FINLANDIYA TAJRIBASINI JORIY QILISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
37
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Maktab ta’limi / Prezident maktablari / ixtisoslashtirilgan maktablar / ijod maktablari / xususiy maktablar / tenglik tamoyili / fin umumta’lim maktablari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rejabboyev Nurillo Abdulboqiyevich, Yuldashev Ulugbek Kadirjanovich

Yangi O‘zbekistonning o‘zining taraqqiyot davrida ta’lim tizimini rivojlantirishni ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olgan. So‘nggi yillarda maktab ta’limi tizimida Finlandiya tajribasi keng o‘rganilmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekiston va Finlandiya maktab ta’limi tizimi, maktablar turlari, ta’lim tillari solishtiriladi. Taqqoslash asosida Finlandiya tajribasini O‘zbekistonda joriy qilish imkoniyatlari haqida xulosalar beriladi. Maqolada maktab ta’limi borasidagi O‘zbekistondagi so‘nggi yillardagi o‘zgarishlar va yutuqlarga ham qisqacha to‘xtalib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA MAKTAB TA’LIMI TUZILISHI VA UNDA FINLANDIYA TAJRIBASINI JORIY QILISH IMKONIYATLARI»

YANGI O'ZBEKISTONDA MAKTAB TA'LIMI TUZILISHI VA UNDA FINLANDIYA TAJRIBASINI JORIY QILISH IMKONIYATLARI 1Rejabboyev Nurillo Abdulboqiyevich, 2Yuldashev Ulugbek Kadirjanovich

1Namangan Davlat Universiteti Tarix kafedrasi kata o'qituvchisi, tarix fanlari bo'yicha falsafa

doktori (PhD)

2University of Business and Science, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10800038

Annotatsiya. Yangi O'zbekistonning o'zining taraqqiyot davrida ta'lim tizimini rivojlantirishni ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olgan. So'nggi yillarda maktab ta'limi tizimida Finlandiya tajribasi keng o'rganilmoqda. Ushbu maqolada O'zbekiston va Finlandiya maktab ta'limi tizimi, maktablar turlari, ta'lim tillari solishtiriladi. Taqqoslash asosida Finlandiya tajribasini O'zbekistonda joriy qilish imkoniyatlari haqida xulosalar beriladi. Maqolada maktab ta'limi borasidagi O'zbekistondagi so'nggi yillardagi o'zgarishlar va yutuqlarga ham qisqacha to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Maktab ta'limi, Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, xususiy maktablar, tenglik tamoyili, fin umumta'lim maktablari.

Аннотация. В новый период развития Узбекистана развитие системы образования определено как одна из приоритетных задач. В последние годы широко изучается опыт Финляндии в системе школьного образования. В данной статье сравниваются системы школьного образования Узбекистана и Финляндии, типы школ и языки обучения. На основе сравнения сделаны выводы о возможностях внедрения финского опыта в Узбекистане. В статье также кратко затронуты изменения и достижения последних лет в Узбекистане в сфере школьного образования.

Ключевые слова: Школьное образование, Президентские школы, специализированные школы, творческие школы, частные школы, принцип равенства, финские общеобразовательные школы.

Abstract. In the new development period of Uzbekistan, the development of the education system has been identified as one of the priority tasks. In recent years, the experience of Finland in the school education system has been widely studied. This article compares the school education system of Uzbekistan and Finland, the types of schools, and the languages of education. Based on the comparison, conclusions are given about the possibilities of introducing Finnish experience in Uzbekistan. The article also briefly touched on the changes and achievements of recent years in Uzbekistan regarding school education.

Keywords: School education, Presidential schools, specialized schools, creative schools, private schools, principle of equality, Finnish comprehensive schools.

Yangi O'zbekiston o'zining so'nggi yillardagi taraqqiyotida ta'lim tizimiga ko'p e'tibor qaratmoqda. Jumladan, maktab ta'limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarda jahon tajribasi qo'llanilmoqda. Xususan, dunyoda maktab ta'limi tizimida katta muvaffaqiyatlarga erishgan Finlandiya tajribasi o'rganishga kirishildi. Chunki, Finlandiya maktab o'quvchilari deyarli har yili xalqaro PISA testida yaxshi natijalar qayd etib kelmoqda. Lekin ushbu davlat tajribasini joriy qilishda O'zbekistonning o'ziga xos xususiyatlarini ham hisobga olish talab etiladi.

Eng avvalo O'zbekiston va Finlandiyada mavjud maktab turlaridagi farqlarni ko'rib chiqamiz. O'zbekiston Respublikasida bugungi kunda umumta'lim maktablaridan tashqari

ixtisoslashtirilgan maktablar, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek, nodavlat maktablar faoliyat ko'rsatmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017-yil 15-mart kuni tasdiqlangan "Umumiy o'rta ta'lim to'g'risida"gi nizomda namunaviy ustav umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi (hozirgi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi - mualliflar) tomonidan, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (hozirgi Prezident ta'lim muassasalari agentligi - mualliflar) tomonidan ishlab chiqilishi belgilab qo'yilgan [1]. Bundan ko'rinib turibdiki, davlat ta'lim muassasalarining o'zi ikki yuqori tashkilot tomonidan ishlab chiqiladigan ustav asosida faoliyat ko'rsatadi. Nodavlat ta'lim muassasalarining faoliyati esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar boshqa umumiy o'rta ta'lim maktablariga nisbatan ko'proq imkoniyatlarga ega. Shuningdek, ushbu turdagi maktablar faoliyatini rivojlantirish bo'yicha ko'plab qabul qilinayotgan qarorlar, ularning faoliyatini yanada yaxshilashga qaratilgan. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-mart kuni qabul qilingan "Ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida ushbu turdagi ta'lim muassasalarini oliy o'quv yurtlari otaliqqa olishi va ularning ta'lim jarayoniga innovatsion pedagogik usul va texnologiyalarni joriy qilishning ilmiy asoslarini yanada mustahkamlash choralarini ko'rishda maktablarga mas'ul qilinib tayinlanishi, ilg'or xorijiy mamlakatlarning e'tirof etilgan darsliklaridan foydalanish, o'qituvchilar xorijiy tillardan birini kamida boshlang'ich darajada bilishi kabi talabning qo'yilishi belgilab qo'yildi [2]. Ushbu maktablar faoliyati ta'lim tizimining rivojiga katta hissa qo'shib kelmoqda.

Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida davlat uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlashi belgilab qo'yilgan [3]. Shundan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasida nodavlat xususiy maktablar ochilishiga katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Finlandiyada esa butunlay boshqacha jarayonni kuzatish mumkin. 1968-yil fin parlamenti tomonidan qabul qilingan qonunga ko'ra, har bir bola yoki o'smir, o'z yashash joyi va ota-onasining moliyaviy ahvolidan qat'iy nazar, to'qqiz yillik sifatli ta'lim olish huquqiga ega edi [4]. Xuddi shu davrdan bir xil imkoniyatlarga ega 9 yillik umumta'lim maktablari shakllantirishga kiritildi. Shuningdek, eski xalq maktablari va pullik o'rta ta'limdan voz kechildi. 1987-yilda Bosh vazir Holkeri o'zining murojaatida fin ta'lim siyosatidagi asosiy tushunchani har bir o'quvchining ijtimoiy kelib chiqishi qanday bo'lishidan qat'iy nazar bir xil ta'lim olish imkoniyatiga egaligi sifatida tushuntirdi [5].

Finlandiyaning umumta'lim maktablarida asosiy dasturiy maqsad tenglikni yaratishdan iborat bo'lgan. Ta'lim siyosatidagi asosiy bahslar shu ta'limdagi tenglik va adolatni yaratish bilan bog'liq bo'lgan. Finlandiyaning umumta'lim maktablarini tashkil etish bilan bog'liq siyosati muvaffaqiyatli ravishda umumiy farovonlik, aholining ta'lim darajasini oshirish yordamida foydali ijtimoiy natijalarga olib keldi [6]. Finlandiyada 1970-yillardayoq paydo bo'lgan bunday maktablar 2001-yilgacha jamoatchilik tomonidan tanqidlarga sabab bo'layotgan edi [7]. 2001-yilgi PISA testi natijalari barcha shubhalarga barham berdi.

Finlandiya umumta'lim maktablarida tenglik tamoyili asosiy maqsad sifatida qo'yilgan bo'lsa-da, ba'zi-bir muammolarni ham aytib o'tish kerak. Ma'lumki, fin umumta'lim maktablari boshqaruvi mahalliy munitsipalitetlar ixtiyoriga berilgan. Ushbu holat shaharlarda o'quvchilarning maktablarga jalb qilinishi mamlakat miqyosida farq qilishiga sabab bo'ldi. Bu esa "barcha uchun bir xil maktab" tamoyilini so'roq ostida qoldiradi [8]. Maktablarda ta'lim tizimi deyarli bir xil bo'lsa-da, ularning moliyaviy ta'minlanishi munitsipalitetlarga bog'liqligi uchun biroz farqlar mavjud. Shunday kamchiliklarga qaramasdan, Finlandiya o'quvchilarga teng imkoniyatlar yaratgan davlat sifatida namuna bo'la oladi.

O'zbekistonda Finlandiya tajribasini joriy qilishda masalaning ushbu tomoniga e'tibor qaratish talab etiladi. Chunki O'zbekiston ta'lim tizimida turli maktablar faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, o'qitish sifati va shart-sharoitlar borasida bir-biridan tubdan farq qiladi. Iqtisodiy imkoniyatlari yaxshi bo'lgan oila farzandlari zamonaviy jihozlar va kuchli pedagoglarga ega nodavlat maktablarda ta'lim olish imkoniyatlariga ega. Davlat nazoratidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar barcha qulayliklarga ega bo'lsa-da, barcha o'quvchilar bunday ta'lim muassasalarida o'qish imkoniyatiga ega emaslar. Demak, fin ta'lim tajribasini joriy qilishda tenglik va adolat kabi tamoyillarni qayta ko'rib chiqish ham maqsadga muvofiq.

O'zbekistonda yetti tilda: o'zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, turkman, qirg'iz va qozoq tillarida ta'lim olib borilmoqda [9]. Bu O'zbekiston aholisining ko'p millatlilik xususiyati bilan bog'liq. Ushbu barcha tillarda darsliklar nashr etiladi va davlat tilidan tashqari boshqa tildagi maktablar ma'lum hududda yashovchi millat vakillari sonidan kelib chiqib tashkil etilgan.

Finlandiyada esa boshqa millat vakillari ozchilikni tashkil etib, aholi asosan uch rasmiy til: fin, shved va sami tillarida gaplashadi [10]. Maktablarda asosiy ta'lim fin va shved tillarida olib boriladi. Bundan tashqari Finlandiya shimolidagi hududlarda sami xalqlari yashaydi va ular asosan o'z tillarida so'zlashadi. Tayanch ta'lim to'g'risidagi Aktga ko'ra, ushbu sami xalqlari o'z tillarida ta'lim olish huquqiga ega. Finlandiya Ta'lim va madaniyat vazirligi 2020-yilda sami tillarida o'qitishni takomillashtirish ishchi guruhini tashkil etdi [11]. Bundan ko'rininb turibdiki, Finlandiyada ham ozchilikni tashkil etuvchi millat vakillarini o'z ona tilida ta'lim olishiga imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu jihatdan O'zbekiston va Finlandiya ta'lim siyosatida o'xshashlikni ko'rish mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.03.2017 dagi "Umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 140-sonli qarori (https://lex.uz/docs/-3137130?0NDATE=22.03.2017%2000)

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.2020 dagi "Ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 141-sonli qarori (https://lex.uz/uz/docs/-4761058)

3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2023. - B.20.

4. Ilkka Taypale. Finlandiyaning 100 ijtimoiy innovatsiyasi / Finlandiya qanday qilib Finlandiya bo'ldi: siyosiy, ijtimoiy va maishiy innovatsiyalar. - Toshkent: Sharq, 2019. - B.128.

5. Hannu Simola and others. Dynamics in education politics. Understanding and explaining the Finnish case. - New York: Routledge, 2017. - P.40.

6. Jaaka Kauko. The Finnish Comprehensive School: Conflicts, Compromises and Institutional Robustness / Great Policy Successes. - Oxford: Oxford University Press, 2019. - P.135.

7. Тимоти Уокер. Финландия таълим мужизаси: Х,амма гап танаффусдами? Марокли дарс утишнинг 33 сири. - Тошкент: "Global books", 2023. - Б.9.

8. Martin Thrupp and others. Finland's famous education system. Unvarnished insights into Finnish schooling. - Singapore: Springer, 2023. - P.193.

9. O'zbekistonning eng yangi tarixi. Darslik. - Toshkent, 2022. - B.199.

10. Pasi Sahlberg. Finnish lessons 2.0: what can the world learn from educational change in Finland? Second edition. - New York: Teachers College Press, 2015. - P.30.

11. Martin Thrupp and others. Finland's famous education system. Unvarnished insights into Finnish schooling. - Singapore: Springer, 2023. - P.301-305.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.