Научная статья на тему 'INDIVIDUAL TA’LIM – INNOVATSION O‘QITISH USULI'

INDIVIDUAL TA’LIM – INNOVATSION O‘QITISH USULI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1241
95
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
individual ta‟lim muhiti / ta‟lim sifati / zamonaviy pedagogika / Prezident maktablari / ixtisoslashtirilgan maktablar / ijod maktablari / individual yondashuv / “Kouching” metodikasi. / : individual educational environment / quality of education / modern pedagogy / Presidential schools / specialized schools / creative schools / individual approach / "Coaching" methodology.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maftuna Faxriddinovna Qurbonova

Ushbu maqolada ta‟lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar, maktab ta‟limini individual yondashuv asosida tashkil etish zarurati hamda individual ta‟lim muhitini yaratish afzalliklari haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INDIVIDUAL EDUCATION AS AN INNOVATIVE TEACHING METHOD

This article discusses reforms aimed at improving the quality and efficiency of education, the need to organize school education based on an individual approach, and the advantages of creating an individual educational environment.

Текст научной работы на тему «INDIVIDUAL TA’LIM – INNOVATSION O‘QITISH USULI»

INDIVIDUAL TA'LIM - INNOVATSION O'QITISH USULI

Maftuna Faxriddinovna Qurbonova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i, p.f.f.d (PhD) maftunaqurbonova29@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar, maktab ta'limini individual yondashuv asosida tashkil etish zarurati hamda individual ta'lim muhitini yaratish afzalliklari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: individual ta'lim muhiti, ta'lim sifati, zamonaviy pedagogika, Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, individual yondashuv, "Kouching" metodikasi.

INDIVIDUAL EDUCATION AS AN INNOVATIVE TEACHING METHOD

ABSTRACT

This article discusses reforms aimed at improving the quality and efficiency of education, the need to organize school education based on an individual approach, and the advantages of creating an individual educational environment.

Keywords: individual educational environment, quality of education, modern pedagogy, Presidential schools, specialized schools, creative schools, individual approach, "Coaching" methodology.

KIRISH

Ta'lim sifatni oshirish zamonaviy pedagogikaning dolzarb vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kun maktablari tobora tabaqalashib, ixtisoslashib, xususiylashib bormoqda. Jumladan bugungi kun o'quvchisi umumta'lim maktablari, Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablarida tahsil olmoqda. Ixtisoslashtirilgan maktablar aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy soha fanlariga ixtisoslashgan bo'lsa, ijod maktablari adabiyotga, san'atga, rassomlik, musiqa san'atiga qiziqishidan kelib chiqib o'quvchilar saralanadi.

Prezident maktablarini tashkil etish taklifi 2018-yil 16-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi doirasida Nukus shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvda bildirilgan edi [1]. Mazkur

March, 2023

394

maktablarni tashkil etish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- „Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" qaror [2];

- „Prezident maktablari to'g'risida nizom" [3];

- „O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish to'g'risida" Prezident farmoni [4];

- Prezidentning 2021-yilda imzolagan qaroriga muvofiq, agentlik nomi „Prezident ta'lim muassasalari agentligi"ga o'zgartirildi [5].

Ilk Prezident maktablari 2019-yilda Toshkent, Nukus, Namangan va Xiva shaharlarida o'z faoliyatini boshladi. Prezident maktablariga 2020-yilgi qabul imtihonlari COVID-19 pandemiyasi sababli kelgusi yilga qoldirildi.

Prezident maktablariga 4-sinfni tamomlagan o'quvchilar qabul qilinadi[6]. Prezident maktablariga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar STEAM fanlardan o'tgan o'quv yilini matematika va tabiatshunoslik fanlaridan a'lo bahoga tugatgan bo'lishlari shart. Bundan tashqari, talabgor o'quvchilar o'qiyotgan maktab Prezident maktabi joylashgan hududga mansub bo'lishi lozim.

Har bir alohida Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uchun 24 nafar o'quvchidan iborat bo'lib, ular keyinchalik ikkita sinfga bir xil - 12 nafardan o'quvchi taqsimlanadi.

Milliy ta'lim tizimida Prezident maktablari qoshida 2022-2023-o'quv yilidan boshlab ixtisoslashgan maktablar o'z faoliyatini boshladi. O'quvchilar Prezident maktablariga eng yuqori ball asosida qabul qilinadi, undan keyingi o'zlashtirish va test natijalariga ko'ra ixtisoslashgan Prezident maktablariga o'quvchilar qabul qilinmoqdi. Ushbu maktablar faoliyati "Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi" tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Ixtisoslashtirilgan, ijod maktablarida individual ta'lim asosida o'qitish tizimi amalga oshirilayotganligi sababli maktab o'quvchilari xalqaro darajadagi grandlar sovrindoriga aylanmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ixtisoslashtirilgan, ijod maktablar imtihonlaridan o'ta olmagan o'quvchilar umumta'lim maktablarida o'qishni davom ettirmoqda. Umumta'lim maktablarida sifatli ta'lim muhitini yaratishda individual yondashuv asosida ta'lim jarayonini tashkil etish zarurati ortmoqda. Individual yondashuv natijasida ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga erishiladi.

Individual ta'lim muhitini yaratishda o'quvchilar bilan sinf rahbari, psixolog, fan o'qituvchilari va maktab jamoasi tomonidan olib borilgan diagnostika ishlari natijasida har bir o'quvchining

March, 2023

395

shaxsiy portfoliosi shakllantiriladi. Diagnostika jarayonida suhbat, savol-javob, kuzatish, analiz-sintez usullari asosida o'quvchilarning bilish darajasi, qiziqishi, ijtimoiy ahvoli aniqlanadi. Diagnostika natijalariga ko'ra faol o'zlashtiruvchi, bo'sh o'zlashtiruvchi hamda oraliqdagi o'quvchilar guruhlari shakllanadi.

Dars jarayonida o'zlashtira olmayotgan o'quvchilar jamoaviy muhokama qilinishi, hamda ota-onasi oldida ma'sulyatsizlik va ishonchni oqlamaslik bilan bog'liq vaziyatga duch kelishi o'quvchida psixologik hurujlarni yuzaga keltiradi. Bunday jarayonlarda o'quvchi darsdan sovishi, fanni o'zlashtirmasligi, o'qishga bo'lgan qiziqishni pasayishi hamda boshqa salbiy illatlarga bo'lgan qiziqishini ortishiga sabab bo'ladi. Keng jamoatchilik fikrlari tahlil etilganda o'quvchi shaxsini hurmat qilinmasligi uning jamoa oldida salbiy illatlari va kamchiliklarini muhokama qilinishi suitsitni keltirib chiqargan sabablardan biri sifatida ko'rsatilgan.

Individual ta'lim - bu innovatsion o'qitish usuli bo'lib, bunda har bir o'quvchi uchun maxsus ishlab chiqilgan o'quv dasturi bo'yicha dars mashg'ulotlarida ishtirok etadi. Dars davomida ular sinfdoshlari bilan birga dars jarayonida ishtirok etadi, lekin kun davomida o'z vazifalarini bajarish uchun asosan yakkaxon ishlaydilar.

Har bir dars, ular turli vazifalarni va har bir darsda shaxsiylashtirilgan o'quv dasturlarini bajarishda, o'qituvchi dars bermaydi, balki har bir o'quvchi shaxsiy rivojlanishi uchun ko'rsatmalarni taklif qiladi.

NATIJALAR

Individual ta'lim birinchi navbatda o'quvchi shaxsini qadr qimmatini ko'tarishga xizmat qiladi. Individual ta'lim o'quvchining o'ziga bo'lgan ishonchini oshirishga, bilishga bo'lgan qiziqishi va ishtiyoqini oshirishga, olgan bilimlarni kundalik hayotda qo'llay olish ko'nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi. Individual yondashuv o'quvchiga qulay bo'lgan ta'lim muhiti va ta'lim jarayonini tashkil etishga yordam beradi.

O'quvchi dars jaroyonida fanlarni o'zlashtira olmasligi, o'qituvchi tomonidan berilgan ma'lumotlarni qabul qila olmasligi yoki darslikdagi mavzularning tushuna olmasligidan noqulay vaziyatlarga tushishi uning ruhiy olamiga katta ta'sir qiladi. Jamiyatda inson qadr qimmatini ta'minlanishi, bevosita ta'lim jarayonida o'quvchi shaxsini hurmat qilinishi, o'quvchi qiziqishlarini qo'llab quvatlanishi, o'quvchi kamchiliklarini jamoaviy muhokama qilinmasligi natijasida shakllanadi.

Davlat rahbari tomonidan inson qadr-qimmati va manfaati uchunligi olib borilayotgan barcha islohotlar ta'lim jarayoni, ta'limni tashkil etish, ta'lim samaradorligi va imkoniyatlari o'quvchi uchun degan g'oyani shakllanishga sabab bo'lmoqda. Individual ta'lim

March, 2023

396

yondashuvi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan bo'lib, inson qadr-qimmati va inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maktab o'quvchisida olib borilgan diagnostika natijasida o'quvchilarning bo'sh o'zlashtirish sabablari aniqlanadi hamda ularni faol o'zlashtirishi, olgan bilimlarini kundalik hayotida qo'llay olish imkoniyatini oshirish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish tasvisya etiladi:

o'quvchining shaxsiy faoliyat grafigi va shaxsiy ish rejasi mutaxasislar tomonidan ishlab chiqish;

o'quvchining shaxsiy faoliyat grafigi va shaxsiy ish rejasiga o'quvchilarning qiziqishlari va fizialogik va ruhiy holatini inobatga olib yaratilish;

bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan individual suhbatlar o'tkazish; individual suhbatlarni pedagog xodim kouching tarzida o'tkazish va motivator tarzida olib borish.

MUHOKAMA

Individual ta'lim muhitini yaratishda "Kouching" metodikasidan foydalanish yaxshi samara beradi. "Kouching" metodikasi maqsadni va unga erishishning optimal yo'llarini aniqlaydi; o'quvchining mustaqilligi va javobgarligini oshiradi; o'z faoliyatidan qoniqa olish; samarali hamkorlikning yangi yo'llarini topish; qiyin holatlarda muhim yechimni tez topish; individual maqsadlarni ta'lim muassasasi maqsadlari bilan moslashtirish; o'z hayot tarzini boyitish; yangi imkoniyatlarni ochish; hayotni yangi produktiv shaxsiy munosabatlar bilan boyitish va boshqalarga yordam beradi [7].

Kouching - inglizchadan tarjima qilinganda "Mashq qildirmoq" so'zini anglatadi. Ta'limda esa, o'qituvchi bilan o'quvchining samarali faoliyatiga imkoniyat yaratuvchi uzluksiz jarayonni nazarda tutadi. Kouching - bu muhim o'quv maqsadiga erishish uchun o'quvchiga individual konsultatsiya berish, uning ichki potensialini ochish, zarur qobiliyat va ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, natija olish uchun ilg'or strategiyalarni o'zlashtirishdir. Kouching maqsadi - nimagadir o'qitish emas, balki o'quvchining zarur bilim va tajribani egallashi uchun o'zini-o'zi o'qitishga sharoit yaratishdir. Bu metodika kasbiy va shaxsiy o'sishi uchun o'quvchilarning o'z oldiga qo'ygan vazifalar va o'zgarishlarga ehtiyojlarini anglash, imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo'ljallangan. U ta'limda, shuningdek, biznesda, shaxslararo munosabatda, oilada, jismoniy sog'lom bo'lish kabi hayotning turli sohalarida rejalarni amalga oshirishga yo'naltirilgan [8].

Kouchingning asosiy maqsadlaridan yana biri bu, o'quvchilarni yangicha o'ylash va fikrlashga o'rgatishdir. Birinchidan, ishonch munosabatini o'rnatish lozim. U o'z

March, 2023

397

o'qituvchisiga savol beradi, uning g'oyalarini eshitadi, yutuqlarini ko'radi va ular to'g'risida gapiradi. Ikkinchidan, agar unga yordam berishga to'g'ri kelsa, o'qituvchi doimo so'raydi: "Siz bizning suhbatdan nima kutasiz?" va o'quvchining rejalarini amalga oshirishga yordam berishga harakat qiladi. Agar o'quvchi fikri unda gumon tug'dirgan bo'lsa, u deyarli hech qachon tanqid qilmasdan so'raydi: "Agar ... bo'lsa, nima bo'lishi mumkin?", "Siz uning bu yo'lining ... oqibatini o'yladingizmi?". Natijada, o'quvchi o'z rejasini takomillashtirish ustida ishlaydi.

Kouchingdan foydalanish bilan o'quvchilar o'z maqsadlariga juda tez, eng samarali yo'l va qoniqish olish bilan erishadi. Kouchingning afzalliklari shundaki, u o'quv faoliyati samaradorligini yaxshilaydi, o'quvchilarni har tomonlama rivojlantiradi hamda ularni eng yaxshi yo'llar va metodlar bilan o'qitadi. Kouching tez o'qitishni nazarda tutadi, bu jarayon o'z navbatida: quvonch va qoniqish olib keladi; jamoada o'zaro munosabat yaxshilanadi; hayot sifati, o'qishda esa muhit yaxshilanadi; o'qituvchida ko'p bo'sh vaqt mavjud bo'ladi; ko'plab kreativ g'oyalar paydo bo'ladi; inson resurslari va mahoratidan yaxshi foydalaniladi; o'quvchilarning oldin aniqlanmagan iqtidorini ochadi va boshqalar. [9].

Bizningcha kouching - o'quvchining individualligini rivojlantirish (bilish, anglash, javobgarlik, o'z ustida ishlash, o'zini o'zi nazorat qilish), bilim berishning o'zgacha shakli, o'quvchining shaxsiy rivojlanishi va kasbiy faoliyatini yaratish istagiga tayangan ikkita shaxs ya'ni o'qituvchi o'quvchining ijodiy sherikligidir.

XULOSA

Individual ta'lim muhitini yaratishda sinf rahbari va maktab psixologiga asosiy mas'uliyat yuklanadi. Sinf rahbari va maktab psixoligi o'quvchining ota- onasi bilan hamkorlik ishlarini olib borishi kerak. Individual ta'lim muhitida o'quvchining kamchiliklari jamoaviy muhokama qilinmasdan balki yakka tartibda qiziqishlari va qobiliyatlarini tahlil qilish natijasida o'quvchini uddalay olishi hamda bilishga bo'lgan qiziqishlari to'g'risida o'quvchining ota-onasi bilan fikr almashishi o'quvchidagi kamchilik va illatlarni muhokama qilishdan ko'ra ko'proq ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin.

Individual yondashuv jarayonida o'quvchi bilan o'qtuvchining munosabati kauching metodikasiga asoslanishi o'quvchilarning maqsadlari sari intilishiga va o'zining ichki imkoniyati va bilish darajasiga bo'lgan ishonchini oshirishga ximat qilishi kerak. O'quvchi bilan individual ishlash jarayonida o'quvchining qaysi sohalarga qobiliyatli ekanligini aniqlash va qiziqishlarini to'g'ri yo'naltirish asosida o'quvchida zamonaviy ko'nikmalar shakllanadi.

March, 2023

398

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Umumta'lim maktablarida individual yondashuv asosida o'quvchi maktabni bitirish jarayonida maktabni o'zlashtirganlik to'g'risidagi shaxodatnomaning ballar monitoringi asosida oliy ta'limga kirishi, o'quvchida ta'limni keyingi bosqichini egallash bo'yicha qiziqishini oshirish va yangi maqsadlarni belgilashga motivatsiya vazifasini bajaradi. Bir paytning o'zida o'quvchilarga individual yondashuv asosida qo'shimcha kasb hunarni o'rgatilishi bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarning yoki oliy ta'lim muassasasida ta'lim jarayonini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'lmagan o'quvchilarga ishlab chiqarish sohasi bilan bog'liq ta'lim muassasasida o'qishini ya'ni ta'limni davom ettirish imkoniyatini beradi. Mana shu natijalar asosida bo'sh o'zlashtriruvchi o'quvchilar qo'shimcha kasbga yo'naltirilishi hamda faol o'quvchilarga fanlarning chuqurlashtirib o'tilishi umumta'lim maktablardagi ta'lim sifati va samaradorligi oshirish imkonini beradi.

REFERENCES

1. „Yurtimizning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etiladi". President.uz (16-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2021-yil.

2. „Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori". President.uz (20-fevral 2019-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2021-yil.

3. „Prezident maktablari to'g'risida nizomni tasdiqlash haqida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori". Lex.uz (25-iyun 2019-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2021-

4. „O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni". President.uz (9-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2021-yil.

5. „Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori". Lex.uz (25-iyun 2019-yil). Qaraldi: 19-iyul 2021-yil.

6. „Prezident maktablariga qabul qilish tartibi". Piima.uz. Qaraldi: 9-may 2022-yil.

7. Xarris D. Kouching: lichnostnbiy rost i uspex. -M:. 2004. - 112 s.

8. Maksimov V.Ye. Kouching ot A do Ya. Vozmojno vse. - SPb.: Izdatelstvo "Rech", 2004. - 272 s.

9. Qurbonova M.F. O'quvchilarning o'quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishda kouching metodikasi // Maktab va hayot. - Toshkent, 2020. Maxsus son №1, - B. 8-10.

10. Mustafoyeva Munojat Oltinbekovna. (2022). PSYCHOLOGICAL APPROACH TO TEACHING A FUTURE PHYSICS TEACHER. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(5), 86-92. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/63

yil.

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.