UMUMTA'LIM MAKTABLARDA TA'LIM SIFATINI TA'MINLASH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Azamat Maqsudovich To'rayev
Chirchiq davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi 71908-sonli harbiy qism harbiy xizmatchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolamizda ta'lim jarayonida uchraydigan muammolar, ularni ijobiy hal etish yo'llari, hamda ta'lim sifatini oshirish masalalari atroflicha o'rganilgan Bir qancha professor va o'qituvchilar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, ularning pedagogik faoliyati davomida duch kelgan kamchiliklar, ta'lim jarayoni rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribalari tahlil qilingan
Kalit so'zlar: pedagogika, ta'lim sifati, ijtimoiy munosabat, ma'naviy tarbiya, "Qurbaqa sindromi", jahon tajribasi, malakali mutaxassis.
ABSTRACT
In this article, the problems encountered in the educational process, the ways to positively solve them, and the issues of improving the quality of education are studied in detail. The research conducted by several professors and teachers, the shortcomings encountered during their pedagogical activities, and the experiences of foreign countries where the educational process has developed are analyzed.
Keywords: pedagogy, quality of education, social attitude, spiritual education, "Frog syndrome", world experience, qualified specialist.
KIRISH
Davlatning rivojlanishida va siyosiy ustuvor yo'nalishlaining mustahkamligini ta'minlashda xalq ta'limining o'rni va ma'suliyati asosiy ustundir. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy yoki boshqa sohalarda rivojlangan davlatlar qatoriga kirish uchun eng asosiy vosita va manba bu - bilim hisoblanadi. Bilim esa asosan maktablarda, ta'lim muassasalarida qolaversa, oilada ham shakallantiriladi va mustahkamlanadi. Maktab - biror-bir sohada faoliyat yurituvchi yuqori malakali mutaxassisni tayyorlashga zamin yaratadi. Bilimli yosh avlodni o'qitishda umumta'lim maktablari holatining zamon talablariga javob bera olishi, maktablardagi ta'lim sifatini ta'minlash muammolarini ijobiy hal qilish masalalari bugungi kunning dolzarb masalasi sifatida namoyon bo'lmoqda
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Mahalliy tadqiqotchilardan C. A. Toshtemirova[14], Xodjamqulov U.N.[16] ta'lim sifatini ta'minlash va malakali kadrlarni
January, 2023
360
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
tayyorlashd a Master yondashuvinig imkoniyatlari; Sh.Q. Mardonov[13] zamonaviy pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, M.M. Vaxobov[10] ta'lim sifatini oshirishni ishlarini modellashtirish masalasida tadqiqot ishlarini olib borganlar.
MDH olimlaridan V.A. Slastenin, M.V.Klarin, YE. I. A.I.Subetto [12], Varchenko [11] va boshqa olimlar ta'lim sifatini ta'minlash muommolari masalasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar.
Tadqiqot jarayonida umumlashtirish, analiz va sintez metodlaridan foydalanilgan
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Statistik holatni tahlil qiladigan bo'lsak, respublikamizda umumta'lim maktablar soni 10 000 dan ortiq bo'lib, o'rtacha har bir maktabda 600 dan ortiq o'quvchi tahsil olmoqda Respublikamiz bo'yicha o'quvchilar soni 6 000 000 dan ortiq. E'tiborli tomoni shundaki, mamlakatimida turli millat vakillarining o'z ona tilida tahsil olishiga imkoniyatlar yaratilgan Jumladan, turkman, qirg'iz, tojik, qozoq, qoraqalpoq va rus tillarida ta'lim beriladigan 600 dan ortiq umumta'lim maktablari faoliyat ko'rsatmoqda. Ta'lim sifatini oshirish maqsadida xususiy, ijodiy, ixtisoslashtirilgan maktablar va xorijiy ta'lim muassasalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan dasturlariga muvofiq, darslar asosan ingliz tilida olib boriladigan Prezident maktablari ham tashkil etildi. Ta'limga berilayotgan islohatlardan biri bu - eskirgan va o'zining samaradorligini bermayotgan qonun hujjatlari qayta ishlab chiqildi, o'zgartirishlar kiritildi, qo'shimcha qonun va farmoyishlar e'lon qilindi.
Xususan, 2020 yil 23 sentabr, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi 637-sonli qonuni (yangi tahriri); 2019 yil 8 oktabr, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 5847-sonli farmoni, 2020 yil 29 oktabr, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 6097-sonli farmoni, 2019 yil 29 oktabr, O'zbekiston Respublikasining "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi 576-sonli qonuni, 2020 yil 24 iyul, O'zbekisto n Respublikasining "Innovatsion faoliyat to'g'risida"gi 630-sonli qonuni, 2019 yil 31 dekabr, "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" Vazirlar Mahkamasining 1059-sonli qarori hamda maktab ta'limini rivojlantirish sohasida ham 20 yaqin qonun hujjatlari qayta ishlangan va qabul qilingan Undan tashqari chet el davlatlarining ta'lim jarayonini o'rganish, samara beradigan ustovor yo'nalishlarni pedagogika sohasiga tatbiq qilish maqsadida Prezidentimiz 2022 yil 25 oktabr kuni videoselektor yig'ilishida mutasaddilarga bir oy muddatda Qashqadaryodagi 48 ta maktabni tanlab olib, kelgusi o'quv yilidan ularda Finlyandiya ta'lim tizimini joriy etish
vazifasini qo'ydilar.
January, 2023
Qilinayotgan islohatlar, ta'lim sohasini rivojlantirish uchun chiqarilayotgan qaror va farmonlar, ularning amaliy ijrolariga qaramasdan, ta'lim sohasida, ayniqsa umumta'lim maktablarda ta'lim sifatini ta'minlashning bir qancha muammolari mavjud. Ta'lim sifatini ta'minlashga to'siq bo'layotgan muommolarni quyidagicha tasnifladik:
1. Birinchi muammo bu pedagoglarimizning nufuzini oshirish muommosi. Maktab va ota-ona hamkorlik munosabatlarinig mustahkam emasligi, ota-onalarning o'qituvchilarga ishonchi yetarli darajada emasligi, farzandiga nisbatan chora qo'llashga yo'l qoymayotganligi kabilardir. Bugungi kunda o'qituvchu nufuzini oshirish boyicha bir qancha samarali ta'lim islohatlari amalga oshirilayotganligiga qaramasdan biq qancha muomolar mavjud. O'qituvchining dars jarayonini, o'quvchilar tomonidan videotasvirga olinishi, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilishi, ushbu lavhaga izohlarning yozilishi o'qituvchining psixologiyasiga salbiy ta'sir qiladi. Agar o'qituvchi darsni yuqori saviyada o'tsa muammo emasku, deyishingiz ham mumkin. Muammoli tomoni shundaki, o'qituvchi o'zining internet tarmog'ida muhokamalarga sabab bo'lishini hohlamaydi, sababi qasddan salbiy fikrlar bilan qoralanishi ehtimoli mavjud. Bining fikrimizcha, o'qituvchi ota-ona tomonidan emas, balki muassasa rahbari tomonidan jazolanishi lozim. Ota-onalarning meyoridan ortiq farzandini erkalatishlari, bolalarini himoya qilishga urinishi natijasida tarbiyaviy jarayonga, qolaversa ta'lim sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Fikrimizcha, mazkur muammolarning oldini olishda qonun hujjatlarini mukammalashtirish va qayta ko'rib chiqishga ehtiyoj mavjud. O'qituvchilarning sha'nini himoya qilishda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga (1975-moddaga) o'zgartirish kiritish maqsadga muvofiqdir. Chunki, o'qituvchining sha'nini kamsituvchi harakatlarga nisbatan javobgarlikka tortish bo'yicha huquqiy asosga alohida to'xtalinmagan. O'qituvchining daxlsizligini ta'minlaydigan qonun hujjatlarini ishlab chiqish zarur. Shu bilan birgalikda sifatsiz ta'lim uchun ham o'qituvchini ma'muriy javobgarlikka tortish masalalarinini ham ko'rish maqsadga muvofiqdir.
O'qituvchi o'quvchini dars vaqtida ta'lim jarayoniga halaqit qilsada, unga munosib jazo qo'llay olmaydi. Sababi jazo qo'llashga huquqiy asos yo'q. Ammo ushbu o'quvchilarning ta'lim sifati va tarbiyasiga ota-ona emas o'qituchi-murabbiylar birinchi navbatda javobgar. Ta'lim-tarbiya berishni istagan o'qituvchi nohaq, buni istamagan o'quvchi haq bo'lib chiqaveradi. Bunda o'qituvchi nima qilishi kerak? Bilmasvoy o'quvchiga kamida qoniqarli baho qo'yiladi. Tarbiyasiz bolaga ham na'munali xulq egasi deb tavsifnoma yoziladi. Eng asosiy muammo o'quvchi mustaqil hayotga shu
January, 2023
362
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
tartbiya va bilimi bilan yo'l oladi. Ta'limda, qonunchilikda ko'rsatilmagan o'qituvchi, o'quvchi va ota-onalar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlari qonuniy tartibga solinishi, huquqiy asoslari belgilanishi zarur.
Muammoning yana bir yechimi sifatida har bir dars o'tiladigan sinf xonalari va laboratoriyalarga kuzatuv kameralari o'rnatilishi kerak. Kuzatuv vositalari orqali ta'lim jarayoni sifatini nazorat qilish imkoniyati paydo bo'ladi. Shu o'rinda e'tirozli fikrlar berilishi tabiiy, sababi maktablarning 7500 ga yaqini qishloq hududlarida joylashgan, 2500 ga yaqini esa shaharda joylashgan. Qishloq maktablarida internet tizimi bilan bog'liq muommolar mavjud. Shaharlarda joylashgan maktablarga qaratilgan e'tibor kabi, qishloq hududlarda joylashgan maktablarga ham e'tibor va nazoratni kuchaytirish lozim.
2. Ikkinchi muammo bu - Moddiy-texnik ta'minotning yetarli darajada emasligi. Ayrim chet el davlatlarida o'qituvchilarning oylik maoshi boshqa kasb egalariga nisbatan ancha yuqori. Masalan Yaponiyada, o'qituvchining oylik maoshi vazirlarning oylik maoshi bilan tenglashtirilgan. O'rtacha 4000 dollargacha maosh oladi. Bizda esa o'rtacha oliy ma'lumotli o'qituvchi 3 000 000 (250 dollar), ga yaqin oylik maoshi bilan ta'minlanadi. Ya'ni 15-16 barobar kam. To'g'ri oylik maoshni hisoblashda davlatning rivojlanganligi, yillik budjeti, import, eksport salohiyati va boshqa bir qancha iqtisodiy shkalalarni tahlil qilish lozim. Bizning hududga Yaponiyaning oylik maoshi shart emas, lekin o'qituvchining ehtiyojlarini qondirishga, oiladagi, hayotidagi muammolarni hal qilishga yetarli darajada bo'lishi kerak. Undan tashqari o'qituvchida yozilmagan qonun qoidalar asosida to'siqlar bor. Masalan o'ziga biriktirilgan sinf xonalarini ta'mirlash, o'quv ko'rgazmali vositalarni shaxsiy hisobidan tayyorlash va boshqa bir qancha muammolar hali ham mavjud. Hududmizda 300 ga yaqin yangi maktab qurilishiga ehtiyoj sezilmoqda. O'qituvchilar soni ham yetarli darajada emas, ayniqsa rus tili, matematika, ingliz tili, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan bo'sh ish o'rinlari boshqa fanlarga nisbatan ko'proq. Maktablarda bo'sh ish o'rinlarning o'z vaqtida to'ldirilmasligi oylik maoshning kamligidandir. Bir muammo o'z vaqtida hal qilinmasa boshqa muammolarni o'ziga ergashtiradi.
Yopiq va ochiq sport maydonlarining yo'qligi, maktablarning ta'mirga muhtojligi, qo'shimcha o'quv xonalariga bo'lgan ehtiyoj, AT bilan to'liq ta'minlanmaganligi muommolari mavjud. Vaholanki, bugungi rivojlanish jadallik bilan yuqorilab borayotgan bir davrda moddiy-texnik ta'minot ta'lim jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi.
3. Uchinchi muammo bu - maktabdagi o'quv
dasturlarining murakkabligi.
January, 2023
Maktablarda o'qitilayotgan darliklarning ko'pchiligida tizimlilik tamoyiliga rioya qilinmayapti. O'quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish maqsadida darsliklar yildan yilga murakkablashib bormoqda. Bu bir tomondan ijobiy tomonga ega bo'sa, ikkinchi tomondan murakkab topshiriqlar o'quvchida fanga nisbatan qiziqishning pasayishiga olib kelishi mumkun.
4. To'rtinchi muammo bu - ta'lim va tarbiya balansining to'g'ri olib borilmayotganligi.
Ta'lim va tarbiya bir-biridan ajralmas tushunchadir. Bu jarayonda ishtirokchilar nafaqat maktab, balki ota-ona va mahallaning ham o'z o'rni bor.
O'qituvchining asosiy belgilangan vazifasi o'quvchiga ta'lim berishdir. Ammo shu o'rinda haqli savol tug'iladi. Ta'lim-tarbiya tendensiyasi to'g'rimi, yoki tarbiya-ta'lim. Tarixga nazar soladigan bo'lsak, bola tarbiyasida tarbiya-ta'lim tendensiyasi Sobiq SSSR davrida kuchli bo'lganligi bizga ma'lum. O'qituvchi o'quvchini jazolay olgan. Sababi ularga iqtidorli, bilimli yoshlardan ko'ra, berilgan vazifalarni so'zsiz bajaradigan itotkor yoshlar kerak bo'lgan. Bilimli fuqarolar o'zlarining manfaatida tarbiyali odamlarning mehnatidan foydalanishgan. Bu berayotgan tushunchalarimiz tarbiyasiz bilimli odam bo'lish kerak degani emas. Bugungi davrda bilimli va tarbiyali fuqarolarga ehtiyoj yuqori. Ta'limni tekshirish uchun jurnalga qo'yilgan baholar yetarli bo'ladi. Bu baholar shunchaki o'qituvchining dars o'tganligiga huquqiy asos bo'lyapti. Aslida esa o'quvchini baholashda muammolar ko'p. Oddiy bir holat o'qituvchi darsga kelmadi, dars o'tilmadi, lekin jurnal to'ldiriladi, asossiz baholar qo'yiladi. O'qituvchi o'quvchining qiziqishini bilimini inobatga olmasdan jurnalga qoniqarli baho qo'ydi. Ota-ona bolasidan qoniqarli bahoni qayta topshirib o'zgartirishni talab qildi. Lekin buning imkoni yo'q ekan, sababi buyrokratik to'siqlar. Kundalik kom saytida bahoni o'zgartirish imkoni bo'lsada, uni o'qituvchi o'zgartirmaydi. Agarda o'qituvchi bahoni o'zgartirsa, mukofat puli berilmas ekan. Bunday yozilmagan qonun qoidalar o'quvchida fanga nisbatan qiziqishning pasayishi, intilishning yo'qolishini yuzaga keltirib, bahosini (agar u haqiqatdan past baho olgan bo'lsa) to'g'irlashga harakat qilmaydi. Bunday voqeiliklar orqali ta'lim sifatini baholashning aniq tartibi yo'qligini asoslamoqchimiz.
Respublikamiz maktablardagi o'quvchilar soni 6 000 000 ortiq. Bugun davomat 99 %, bu juda zo'r natija deb qabul qilinadi, lekin 1% (60 000 ta) o'quvchilar qayerda, nima ish bilan mashg'ul. Davomat 99 % bo'lganida ham ko'ryapsiz bu juda katta muammo, davomatimiz zo'r deb aytishga haqqimiz yo'q. Respublikamiz bo'yicha bir kunda 60 000 o'quvchi nazoratsiz. Maktabga bormagan o'quvchilar (kasalligi
January, 2023
364
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
tufayli sababli yoki shunga o'xshash holatlar bundan mustasno) ning, noto'g'ri yo'llarga kirib qolish hollari kuzatiladi. Demak tarbiya masalasida davomat bo'yicha ota-onalarning javobgarliklarini oshirish qonun hujjatlari bilan ko'rib chiqilishi eng muhim choralardan biriga aylanmoqda. Ta'lim sifatini ta'minlashda jahon tajribasini tahlil qiladigan bo'lsak, Finlandiyada barcha maktablar davlat tasarrufidagi maktablar bo'lib xususiy maktablar yo'q.
Maqolada turli xil muammolarni tahlil qilishga, o'rganishga, qisman bo'lsada ularning yechimini ko'rsatishga harakat qildik. Ilmiy tadqiqot jurnallarida chop etilayotgan maqolalarda umumta'lim maktablarda ta'lim sifatini ta'minlash muammolari bo'yicha bir qancha fikrlar takliflar bor, lekin ularning amaliy ijrosi sekinlik bilan bajarilayotganligi yoki umuman bajarilmayotganligi asosiy muammodir.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Maktab ta'lim-tarbiyasining bugungi kundagi ahvolini "Qurbaqa sindromi" bilan qiyoslash mumkun. Qurbaqani suvga solib, sekin astalik bilan suvni qaynatsak, qurbaqa suvdan chiqishga harakat qilmaydi va o'ladi. Agar qaynab turgan suvga qurbaqani solsangiz, qurbaqa yashashga harakat qilib, suvdan sakrab chiqib ketishga harakat qiladi. Xuddi shu jarayonni ta'limga ham taqqoslash mumkin, astalik bilan bilimsizlikka ko'nikib boriladi, to'satdan talab qilinadigan bilimga negativ fikrlar bildiriladi, e'tirozlar kuchayadi. Bugungi kunda kadrlar sifatini ta'minlashda oliy ta'limga talabalarni qabul qilish jarayoni va o'qituvchilarni attestatsiya qilish tartibini ham qayta ko'rib chish zarur. Zero sifatsiz kadrlar sifatsiz avlodni tarbiyalaydi. Ta'limdagi muammolar davlatning barqaror rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Maktab ta'limi muammolari tizimli va maqsadli ravishda hal qilinishimaqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagi muammolarni tahlil qilish asosida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
1. Ta'lim tizimi taraqqiy etgan davlatlarining samarali ta'lim ta'lim tizimini tahlil qilish va respublikamiz ta'lim sohasiga tatbiq qilish.
2. O'qituvchining daxlsizligini ta'minlaydigan qonun hujjatlarini ishlab chiqish.
3. Sifatsiz ta'lim uchun ma'muriy javobgarlikni joriy qilish.
4. O'qituvchi, o'quvchi va ota-onalar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni qonun talablarini bilan tartibga solish, ma'muriy javobgarlik kodeksi moddalariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish.
5. Bola tarbiyasida ota-onalarning ma'suliyatini oshirish, maktabdagi salbiy davomat bo'yicha ota-onalarni qonun orqali
javobgarlikka tortish.
January, 2023
ISSN: 2lSl-l3S5
Cite-Factor: G,S9 j SIS: l,l2 j ASI-Factor: j SJIF: 5,? j UIF: б,!
6. Ta'limda va qonunchilikda ko'rsatilmagan kamchiliklarni o'rganish va huquqiy asoslarini belgilash.
7. Maktabning moddiy-texnik ta'minotni kuchaytiгish.
S. Maktabdagi muгakkab o'quv daгsliklaгini tizimlilik tamoyili asosida zamon talablariga moslatiгish va hokazo.
REFERENCES
1. 2Q2Q yil 23 sentaba O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi 637-sonli qonuni (yangi tahriri).
2. 2Q19 yil S oktabr, O'zbekiston Respublikasi fteadmüning, "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2Q3Q yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 5S47-sonli famoni
3. 2Q2Q yil 29 oktabr, O'zbekiston Respublikasi fteadentining, "Ilm-fanni 2Q3Q yilgacha гivojlantiгish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 6Q97-sonli farmoni.
4. 2Q19 yil 29 oktabr, O'zbekiston Respublikasining "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi 576-sonli qonuni.
5. 2Q2Q yil 24 iyul, O'zbekiston Respublikasining "Innovatsion faoliyat to'g'risida"gi 63Q-sonli qonuni.
6. 2Q19 yil 31 dekabr, "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" Vazirlar Mahkamasining1Q59-sonli qarori.
7. Yangi O'zbekiston strategiyasi. Sh.M.Mirziyoyev. Toshkent 2Q21.
S. Yangi O'zbekiston Demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. Sh.M.Mirziyoyev. Toshkent 2Q21.
9. RJ. Ishmuhamedov, M.Yuldoshev, "Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar". Ta'lim tizimi xodimlari, metodistlar, o'quvchilar tarbiyachi va murabbiylar uchun qo'llanma. Toshkent - 2Q17. 3-nashr.
1Q. Vaxobov M.M. Umumiy o'rta ta'lim tizimida o'qitish sifati monitoringi modelini takomillashtirish II pedagogika fanlari doktori diss. -T., 2Q16. - 26Q b
11. Varchenko YE. I. Upravleniye kachestvom obrazovaniya v obrazovatelnom uchrejdenii II Molodoy ucheniy. 2013. № 3. -S. 471-474.
12. Subetto A.I. Kachestvo obrazovaniya: problemi otsenki i monitoringa I A.I.Subetto II Obrazovaniye. 2002, № 2. S. 1S-21.
13. Mardonov SH.Q. Yangi ta'limiy qadriyatlar asosida pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish. - T.: Fan, 2QQ6. - 232 b.
14. S.A.Toshtemirova.Klaster yondashuvi asosida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish.13.QQ.Q1.ped.fan.bo'yicha (PhD) Chirchiq.2Q21.-S.16Q.
15. Xamraqulov J. Sifatli ta'lim - iqtisodiy taraqqiyot poydevori II Iqtisodiyot va moliY. Toshkent. 2011, № 11. B. - 5Q.
16. Xodjamqulov U.N. Pedagogik ta'lim klasteri ilmiy-pedagogik muammo sifatida II Zamonaviy ta'lim. -T.: 2019, № 10 (83). -B.
1Q-15.
January, 2023