DOIRA IJROCHILIGI RIVOJIDA TA'LIM BOSQICHLARI O'RTASIDAGI
UZVIYLIKNI TA'MINLASH
Qudratilla Qobilqoriyev
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Cholg'u ijrochiligi" kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada doira ijrochiligi rivojida ta'lim bosqichlari o'rtasidagi uzviylikni ta'minlash muammolari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: doira ijrochiligi, bolalar musiqa va san'at maktablari, uzviylik, san'at va madaniyat maktablari, ta'lim bosqichlari.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматриваются проблемы обеспечения преемственности между этапами обучения в развитии исполнительство дойры.
Ключевые слова: исполнительство дойры, детские школы музыки и искусство, зависимость, школы искусств и культуры, этапы обучения.
ABSTRACT
This article discusses the problems of ensuring continuity between the stages of training in the development of doyra performance.
Keywords: doyra performance, children's schools music and art, competition, schools of music and art, the stages of education.
Hozirda respublikamizda musiqiy ta'lim sohasida mutaxassislarni tayyorlash uch bosqichli tizim asosida amalga oshirib kelinmoqda.
Ularning birinchisi maktabdan tashqari ta'lim bosqichi ьолнь, asosan bolalar musiqa va san'at maktablarida musiqiy ta'limning tegishli уо^^Ь^й to'yicha boshlang'ich bilim, malaka va ^nikma hosil qilishdan iborat. Shuningdek, о^^^ yoshlarning ьо^ь vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida madaniyat markazlari, "Barkamol avlod" yoshlar ijodiyot markazlari tashkil etilgan. Lekin ulardagi to'garaklar dasturi о,qishning keyingi bosqichini davom ettirish imkonini bermaydi.
Bolalar musiqa va san'at maktablarini qurish va bu orqali о^Л kelayotgan yosh avlodning har tomonlama ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning bir-biriga bog'langan yaxlit tizimini shakllantirish, bolalarning ijodiy salohiyatini yanada keng ochib berish, musiqa va san'atning boshqa turlarini chuqurroq tushunishi hamda
ularga nisbatan mehr-muhabbat uyg'otish, milliy hamda jahon musiqiy merosini o'rganishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko'plab qarorlar qabul qilindi. Bunga asosan, bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash hamda foydalanish samaradorligini oshirish, ularni yangi avlod zamonaviy o'quv uskunalari va anjomlari, shu jumladan multimediya shaklidagi o'quv adabiyoti va metodik qollanmalar, mahalliy va xorijiy kompozitorlar ijodiga doir nota to'plamlari va klavirlar, shuningdek sifatli korgazmali materiallar bilan ta'minlash kabi vazifalar belgilab berildi.
Ikkinchi bosqich Orta maxsus kasb-hunar ta'limi (hozirda kasbiy ta'lim) tizimida ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari, akademik litseylar, maxsus maktab-internatlarida o'quvchilarga o'rta maxsus ma'lumot beruvchi kichik mutaxassislar tayyorlash orqali amalga oshirib kelinmoqda.
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevralda qabul qilingan "Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta'lim vazirligining Orta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi faoliyatini takomillashtirish to,g,risida"gi PQ-3504-son Qarori bilan san'at va madaniyat kollejlari ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarga aylantirildi.1
Oquvchilarni mutaxassislik fanlaridan chuqurlashtirilgan va kasbga yo'naltirilgan holda o'qitish, ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma'naviy rivojlanishini ta'minlash hamda yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar faoliyatining maqsadi hisoblanadi. Shuningdek, yuqoridagi qaror va nizom orqali o'quvchilarni san'at va madaniyat yo'nalishida tanlagan kasblari bo'yicha mutaxassislik fanlaridan chuqurlashtirilgan va kasbga yo'naltirilgan davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq sifatli o'qitishni tashkil etish, kelgusida oliy ta'lim muassasasida o'qishni davom ettirishi yoki tanlagan kasbi va ixtisosligiga muvofiq mehnat faoliyati bilan shug'ullanishi uchun yuqori darajada sifatli bilimlar olishi va kasbiy tayyorgarligini ta'minlaydigan davlat talablari doirasida ixtisoslashtirilgan o'quv dasturlarini amalga oshirish belgilab berildi.
"Musiqiy ta'limda doira ijrochilarini tayyorlashning eng muhim bosqichi bu bolalar musiqa va san'at maktabi hisoblanadi. BMSMda doira ijrochiligi bo'yicha ta'lim olish muddati besh yil hisoblanadi. Bu bosqichda o'quvchi doira cholg'usi haqida ilk tasavvur hosil qiladi hamda undagi ijrochilik mahoratini egallashning dastlabki jarayonlarini o'zlashtiradi. Ushbu jarayonda cholg'udagi ijro holati, uslublari, zarblari (shtrixlari)ni puxta o'zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
1 Lex.uz internet sayti Tashkent, Uzbekistan
Mashg'ulotlar yakka tarzda olib boriladi. Nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ijrochilik mahorati egallanadi".
Yuqori sinflarga o'tgan sari asta-sekinlik bilan murakkab o'lchov va mashqlarga o'tish lozim. Bunda turli qo'l mashqlari, etyudlar bilan birgalikda ustoz doirachilar yaratgan va ijro etgan doira usullari, milliy musiqa madaniyatimizning barcha sohalarida qo'llaniluvchi usullar, doira raqslarida ijro etiluvchi usullardan namunalar sinflar kesimida, o'quvchilarning ijro imkoniyatidan kelib chiqqan holda oddiydan murakkabgacha bo'lgan shaklda nota savodxonligiga e'tibor bergan holda o'rgatib borilishi maqsadga muvofiq.
Kuzatuvlarimiz natijasida ma'lum bo'ldiki, ayrim bolalar musiqa va san'at maktablaridagi doira sinfi darslarini yuqorida qayd etilgan jihatlarga rioya qilmagan holda yuzaki tarzda o tish hollari uchramoqda. O quv jarayonida doira usullarini o'rgatish asosan og'zaki tarzda olib borilmoqda. Bu esa o'quvchilarning nota savodxonligini egallashlari va kelajakda doira ijrochiligini har tomonlama puxta egallashlariga salbiy ta'sir o'tkazadi. Afsuski, ba'zi bolalar musiqa va san'at maktablarida boshqa cholg'u mutaxassisligiga ega bo'lgan pedagoglar doira cholg'usi ijrochiligidan saboq berib kelayotgan holatlari ham yo'q emas. Bu holat doira cholg'usiga e'tiborsizlik natijasi desak, adashmagan bo'lamiz.
Doira ijrochilarini tayyorlashning keyingi bosqichi madaniyat va san'at maktablari, iqtidorli bolalar akademik litseylarida davom ettiriladi. Unda o'quvchilar ikki yil davomida tahsil oladilar. Bu bosqichdagi dolzarb muammolardan biri shundaki, ularning ikki yillik ixtisoslashtirilgan maktablarga aylantirilganligidir. Sababi, BMSMlarida doira ijrochiligidan saboq berish davri besh yilni tashkil etadi. Shu orada BMSMlarda ba'zi o'quvchilar umumiy o'rta ta'limni tugatmasdan oldin BMSMlarini bitiradi. Natijada musiqiy ta'limning keyingi bosqichi orasida bo'shliq yuzaga keladi. Bu davr mobaynida o'quvchi BMSMda olgan bilimlarini unutib, keyingi bosqichda yana boshidan boshlashga to'g'ri kelmoqda. Shuningdek, o'quv rejada mutaxassislikka oid bo'lmagan fanlarning ko'pligi, mutaxassislik fanlari bilan bog'liq yakka darslarning vaqti
45 minut etib belgilanganli o'quvchilarning mutaxassislik fanlarini chuqur o'zlashtirishiga to'sqinlik qilmoqda. Doira ijrochiligidan saboq oluvchi o'quvchilar ijro etayotgan asarlar tahsil olayotgan ta'lim bosqichi talablari asosida bo'lishi lozim. Bu orinda ham kamchiliklar mavjud.
Har bir cholg'uda bo'lgani kabi doirada ham ijrochilik mahoratini oshirish oddiylikdan murakkablik sari bosqichma-bosqich rivojlanib borishi lozim. Lekin
2 Qobilqoriyev Q. "Doira cholg'usining o'zbek milliy musiqa madaniyatidagi o'rni" Magistrlik dissertatsiyasi. - Toshkent: 2020-y. 98 b.
hozirgi kunda BMSMlarda o'qiyotgan o'quvchilarning ta'limning keyingi bosqichida o'rganishi lozim bo'lgan asarlarni ijro qilishlarini kuzatishimiz mumkin. Natijada ayrim o'quvchilarning asarni to'laqonli maromiga yetkazolmay ijro qilolmasliklarini, ijro mahorati yetmasligini guvohi bo'lamiz. Balki ijro qilinayotgan bunday asarlar o'quvchining iqtidoriga qarab tanlanayotgandir. Lekin shunday bo'lsa-da har bir bosqichda tizimli dastur asosida asarlar bosqichma-bosqich o'rganib borilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Bu holat ixtisoslashtirilgan san'at maktablarida ham shu ko'rinishda davom etmoqda. Oliy ta'limda o'rganishi kerak bo'ladigan asarlarni o'quvchi maktab davrida o'zlashtirmoqda. Natijada oliy ta'limdagi to'rt yillik tahsil davomida quyi bosqichda o'rgangan asarlarini ijro qilib, bitirib ketish holatlari kuzatilmoqda. Buning sababi musiqiy ta'lim sohasida uzviyligi yetarli darajada ta'minlanmagani desak to'g'ri bo'ladi. Bu borada musiqiy ta'limning barcha bosqichlari bilan o'zaro aloqalarni yo'lga qo'yish, ular o'rtasida tizimli o'qitish jarayonini tashkillashtirish lozim. Buning uchun har bir bosqichda faoliyat olib boradigan malakali mutaxassislarning o'zaro hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yish lozim. Ijro dasturlarini tizimli ravishda shakllantirish maqsadga muvofiq.
"Fikrimizcha, oliy ta'limda doira ijrochiligidan saboq olayotgan talabalarga ijrochilikdagi amaliy konikmalar bilan birgalikda ularning mutaxassisilik cholg'usi bilan bog'liq nazariy bilimlarni chuqur o'zlashtirishlariga alohida e'tibor qaratish lozim. Kelajakda oz sohasi bo'yicha o'qishni davom ettirib, ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish istagida bo'lgan yuqori kurs talabalari uchun ta'limning keyingi bosqichi va undagi ta'lim jarayonlari haqida tushunchalar berib
"5
borish foydadan holi bo'lmaydi".
Doira cholg'usi bilan bog'liq ilgari o'rganilmagan jihatlarni tadqiq qilish, doira ijrochiligi bilan bog'liq zamonaviy o'quv dasturlari, yangi darsliklar, o'quv qollanmalar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI:
1. Islomov D. "Moziydan sado" monografiya - Toshkent: "Ekstremum press" nashriyoti, 2019-y. 140 b.
2. Islomov D. "Doira san'ati darg'alari" monografiya. - Toshkent: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2019-y. - 150 b.
3. Madrimov B. "O'zbek musiqa tarixi". O'quv qo'llanma. - Toshkent: "Barkamol fayz media", 2018-y. - 120 b.
3 Qobilqoriyev Q. "Doira cholg'usining o'zbek milliy musiqa madaniyatidagi o'rni" Magistrlik dissertatsiyasi. - Toshkent: 2020-y. 99 b.
4. Nazarov SH. "Zarbli asboblarning yoshlar ma'naviy estetik tarbiyasini shakllantirishda tutgan o'rni". Magistrlik dissertatsiyasi. - Toshkent: 2016-y. 70 b.
5. Qobilqoriyev Q. "Doira cholg'usining o'zbek milliy musiqa madaniyatidagi o'rni" Magistrlik dissertatsiyasi. - Toshkent: 2020-y. 116 b.