Научная статья на тему 'INVESTITSION LOYIHALAR ASOSIDA ZAMONAVIY IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH'

INVESTITSION LOYIHALAR ASOSIDA ZAMONAVIY IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
10
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
investitsion loyihalar / Prezident ta’lim muassalari / Prezident maktablari / tayanch maktablar / ixtisoslashtirilgan maktablar / IT / SAT / IB / STEAM / A-LEVEL / MYP / CIS / Kembridj tashkiloti / akkreditasiyasi / elektron axborot-kutubxona fondi / veb-dizayn / kompyuter grafikasi / tasviriy va raqamli san’at / audiovizual asarlar / xalqaro mezon / baholash tizimi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shakirova S.B, Egamova Sh.B

Maqolada ta’lim tizimini takomillashtirishda pedagog kadrlarning malakasini oshirishda zamonaviy ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirishga jabl qilingan mahalliy hamda xorijiy investitsion loyihalar faoliyati o‘rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INVESTITSION LOYIHALAR ASOSIDA ZAMONAVIY IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH»

INVESTITSION LOYIHALAR ASOSIDA ZAMONAVIY IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH 1Shakirova S.B., 2Egamova Sh.B.

1Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori 2Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matemalika fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10676668

Annatatsiya. Maqolada ta'lim tizimini takomillashtirishda pedagog kadrlarning malakasini oshirishda zamonaviy ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirishga jabl qilingan mahalliy hamda xorijiy investitsion loyihalar faoliyati o'rganiladi.

Kalit so'zlar: investitsion loyihalar, Prezident ta'lim muassalari, Prezident maktablari, tayanch maktablar, ixtisoslashtirilgan maktablar, IT, SAT, IB, STEAM, A-LEVEL, MYP, CIS, Kembridj tashkiloti, akkreditasiyasi, elektron axborot-kutubxona fondi, veb-dizayn, kompyuter grafikasi, tasviriy va raqamli san'at, audiovizualasarlar, xalqaro mezon, baholash tizimi.

KIRISH

Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, rivojlangan davlatlar bilan barcha sohalarda raqobatlasha olishiga bog'liqdir. Mamlakatning barcha sohalarida yetakchi kadrlar esa, ta'lim muassasalaridan yetishib chiqishi kunday ravshan. Shu bois, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'lim sohasini rivojlantirishga katta e'tibor qaratmoqda. Mamlakatimiz o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'ygan bugungi kunda, inson kapitaliga sarmoya kiritish, ta'limni isloh qilish, undagi mavjud muammolarga yechim topishni ustuvor vazifalardan biriga aylandi.

Bugungi kunda ta'lim davlat siyosatining muhim va asosiy bo'g'ini hisoblangani bois, ta'lim tizimini transformatsiya qilish, Xalqaro tajribalarni o'rganish, tahlil qilish, ulardan foydalanish, shuningdek, nufuzli xalqaro ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishga katta e'tibor qaratilmoqda.

ASOSIY QISM

"Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF-269-son, 21.12.2022 yil) qabul qilindi. Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezident ta'lim muassasalari agentligi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuriga o'tkazildi.[2]

O'zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

2022-yilda 14 ta Prezident maktablari Xalqaro Kembridj tashkilotining akkreditasiyasidan muvaffaqiyatli o'tib, rasmiy "A-Level" imtihon markazlariga aylangan bo'lsa, 2023-yilda 6 ta (Toshkent, Jizzax, Buxoro, Andijon, Xiva va Navoiy) hududdagi Prezident maktablari SAT (akademik baholash testi) xalqaro sertifikati imtihonlarini o'tkazadigan rasmiy markazlari sifatida tan olindi. Xalqaro (International Advanced Levels) dasturlar talablariga muvofiq o'quvchi va pedagog kadrlarning STEAM fanlari bo'yicha bilim va ko'nikmalarni baholash hamda ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyotini yo'lga qo'yish;

Agentlik tizimidagi maktablarni A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning elektron axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash, o'quvchilarga mazkur kutubxonalardan keng foydalanishga imkoniyat yaratish;

Agentlik tizimidagi maktablar o'quvchilarini liderlik, tizimli tahlil qilish, kreativ va tanqidiy fikrlash, notiqlik san'ati, loyihalarni boshqarish ko'nikmalariga o'rgatish;

Prezident maktablarida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, ularga keyinchalik o'qishini davom ettirish uchun oliy ta'lim muassasalarini tanlashda ko'maklashishga qaratilgan "Maktab maslahatchisi" (School Counsellor) dasturini joriy etish;

malakali mutaxassislar, mentorlar (ustozlar), ekspertlar va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni jalb etgan holda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun inklyuziv IT ta'limni joriy qilish;

ijod maktablarida o'quvchilarning chet el adabiyotlarini o'zbek tiliga tarjima qilish ko'nikmasini shakllantirish uchun "Yosh tarjimonlar to'garagi"ni tashkil etish;

ijod maktablarida veb-dizayn, kompyuter grafikasi, tasviriy va raqamli san'at, audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash hamda aktyorlik mahorati yo'nalishlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan to'garaklarni ochish.[3]

O'quvchi yoshlar o'zlari qiziqqan fanlar bo'yicha chuqur bilim olishlari maqsadida tashkil etilgan ushbu maktablar, ilg'or xorij tajribasini mamlakatimizga olib kelish va ularni aprobatsiyadan o'tkazish, hamda ta'lim tizimida joriy qilish uchun tashkil etilgan. Maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o'qituvchilarning bilim, ko'nikma va malakasini oshirishga qaratilgan zamonaviy tizimni yaratish dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Ta'lim muassasalarida o'quvchilarimizga naqshinkor devorlar, zamonaviy laboratoriyalar emas, balki ularni mahorat bilan ishlatadigan, yetuk tajribaga ega ustozlar bilim beradi. Shunday ekan, pedagoklarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish talab etiladi.

Bu borada, bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xorijlik tajribali o'qituvchilar mahalliy maktablarga biriktirilib, o'zbekistonlik hamkasblari bilan tajriba va metodlarini o'rtoqlashmoqda. Bu esa, mahalliy pedagoglarning malakasini oshirishga yordam beradi.

Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo'lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo'lmish yoshlarni ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg'or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo'lda xalqaro tajribalarni o'rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo'nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish bugungi kun talabi bo'lib qolmoqda.

Dunyodagi xalqaro bakalavr o'rta yillik dasturi (MYP) - xalqaro bakalavriyat (IB) o'tish davomiyligi doirasida butun olam bo'ylab 11 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan talabalar uchun tuzilgan ta'lim ko'rinishidagi dasturdir. Ushbu dastur 1994 yildan buyon o'z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Muhammad al-Xorazmiy hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda ta'lim sifatini oshirish, jahon standartlariga mos ta'lim tizimini tashkil etish maqsadida maktab jamoasi xalqaro IB dastiriga o'tish chora - tadbirlarini amalga oshirmoqda. Hozirgi paytda faqat o'z fan doirasida kifoyalanib qolib zamonaviy o'quvchiga ta'lim berib bo'lmaydi. Har tomonlama yetuk davr, jamiyat bilan uyg'unlikda yashay oladigan, o'zaro muloqot madaniyatiga ega yosh avlodni tarbiyalash, unga ta'lim beruvchidan juda ko'p narsani talab etadi.

Bundan tashqari, Prezident maktablari xalqaro maktablar kengashi CIS (Council of International Schools) tashkilotiga a'zo bo'lish 3 bosqichini amalga oshirmoqda.[3]

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoniga muvofiq xalqaro standartlar va talablar asosida maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning rivojlanishini baholash mezonlari va ko'rsatkichlari ishlab chiqildi. O'quv reja, dasturlar, zamonaviy darslik va o'qituvchilar uchun metodik qo'llanmalarni tajriba-sinovdan o'tkazish ishlariga olib borilmoqda. [1]

Istedodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda ilmga qiziqishini oshirish maqsadida bir qancha respublika tanlovlari amalga oshirildi. Jumladan, sovrinli fan olimpiadalari, "Zamin" fondi tomonidan robototexnika, mexatronika, dasturlash, raqamli dizayn yo'nalishlarida loyihalar, Raqamli avlod IT oromgohi loyihalari, kitobxonlik targ'ibotlari doirasida "Booktrailer", "Texnofest", EPAM E-KIDS dasturi, "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi, fizik loyihalar kuniga bag'ishlab FESTA-QUEST tanlovi, "Technovation Girls" xalqaro texnologik tanlovlari tashkil etilib kelinmoqda. Bu ro'yhatni yana ancha davom ettirish mumkin, albatta. Nafaqat respublikamizda, balki chet davlatlarda ham ko'plab semenarlarda faol yoshlarimiz safi kengayib bormoqda. Bularning bari, davlatimiz tomonidan ta'limga ko'rsatilayotgan e'tibor samarasidir.

XULOSA

Mamlakat ta'lim tizimini xalqaro maydonda nufuzini oshirishda, eng avvalo, sifatli ta'limni yo'lga qo'yish zarur. Sifatli ta'lim tizimi sifatli kadrlarni, sifatli kadrlar esa rivojlangan, yetuk jamiyatni qura oladi. Sifatli kadrlarni tayyorlashda boshqa mamlakatlardan nusxa olish emas, balki, ular ichidan eng yaxshilarini diqqat va xolislik bilan o'rganib amaloyotga tadbiq etish zarur.

REFERENCES

1. "Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarori PQ-5188-son, 19.07.2021 y.

2. Andreas Schleicher. World Class. How to build a 21st-century school system// Axatova R., Norboyeva D. tarjimasi. T:"Zamin Nashr" -2022.

3. https://piima.uz/page/about

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.