Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON ILM-FAN TARAQQIYOTI YO‘LIDA KIMYO SOHASIGA BERILAYOTGAN E’TIBOR'

YANGI O‘ZBEKISTON ILM-FAN TARAQQIYOTI YO‘LIDA KIMYO SOHASIGA BERILAYOTGAN E’TIBOR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
352
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O‘zbekiston / kimyo / biologiya / tabiiy fanlar / taraqqiyot / ilm-fan / uzluksiz taʼlim / New Uzbekistan / chemistry / biology / natural sciences / development / science / continuing education

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ismailov, Saidjon Azamjonovich

Mazkur maqolada yangi O‘zbekiston taraqqiyotida tabiiy fanlardan kimyo sohasiga bo’lgan e’tibor 5 tashabbus doirasida tahlil qilingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng ilm-fan taraqqiy etib, ilm-fan rivojiga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaygan. Maqolada O‘zbekiston ilm-fan taraqqiyotida tabiiy fanlar yo‘nalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FOCUS ON CHEMISTRY IN THE WAY OF SCIENTIFIC DEVELOPMENT OF NEW UZBEKISTAN

This article analyzes the focus of the development of the new Uzbekistan from the natural sciences to the field of chemistry in the framework of 5 initiatives. After the independence of Uzbekistan, science has developed and the attention to the development of science has increased. The article discusses the development of science in Uzbekistan, the improvement of the quality of continuing education and the effectiveness of science in the natural sciences.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON ILM-FAN TARAQQIYOTI YO‘LIDA KIMYO SOHASIGA BERILAYOTGAN E’TIBOR»

Scientific Journal Impact Factor

YANGI O'ZBEKISTON ILM-FAN TARAQQIYOTI YO'LIDA KIMYO SOHASIGA BERILAYOTGAN E'TIBOR

Ismailov Saidjon Azamjonovich;

Nizomiy nomidagi TDPU "Kimyo" kafedrasi katta o'qituvchisi

Mazkur maqolada yangi O'zbekiston taraqqiyotida tabiiy fanlardan kimyo sohasiga bo'lgan e'tibor 5 tashabbus doirasida tahlil qilingan. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng ilm-fan taraqqiy etib, ilm-fan rivojiga bo'lgan e'tibor yanada kuchaygan. Maqolada O'zbekiston ilm-fan taraqqiyotida tabiiy fanlar yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar, taraqqiyot, ilmfan, uzluksiz ta 'lim

В данной статье анализируется направленность развития нового Узбекистана от естественных наук к области химии в рамках 5 инициатив. После обретения Узбекистаном независимости наука развивалась, и внимание к развитию науки возросло. В статье рассматривается развитие науки в Узбекистане, повышение качества непрерывного образования и эффективность науки в естественных науках.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, химия, биология, естественные науки, развитие, наука, непрерывное образование.

This article analyzes the focus of the development of the new Uzbekistan from the natural sciences to the field of chemistry in the framework of 5 initiatives. After the independence of Uzbekistan, science has developed and the attention to the development of science has increased. The article discusses the development of science in Uzbekistan, the improvement of the quality of continuing education and the effectiveness of science in the natural sciences.

Key words: New Uzbekistan, chemistry, biology, natural sciences, development, science, continuing education

Mazkur maqolada yangi O'zbekiston taraqqiyotida tabiiy fanlardan kimyo sohasiga bo'lgan e'tibor 5 tashabbus doirasida mulohaza yuritiladi. О'zbekiston azaldan ilm-fan taraqiyoti va madaniyati rivojlanib kelayotgan mamlakatlardan biri

296

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

hisoblanadi. Xususan, kimyo, biologiya, anatomiya, tarix, falsafa, astronomiya, matematika, tibbiyot, tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar va haykaltaroshlik, to'qimachilik, kulolchilik, shishasozlik va boshqa kasblar keng rivojlangan. Bugungi kunda, O'zbekiston olimlari uzoq o'tmish mutafakkirlari qoldirgan ilmiy merosni faol o'rganib, fanni boyitish maqsadida o'zlarining yangi kashfiyotlari bilan jahon fani rivojiga munosib hissa qo'shib kelmoqdalar. Maqolada O'zbekiston ilm-fan taraqqiyotida tabiiy fanlar yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish ham tahlil qilinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Yangi O'zbekiston ilm-fan taraqqiyotida nafaqat kimyo sohasiga bo'lgan e'tibor, shuningdek, tabiiy fanlarga bo'lgan yosh avlodning dunyo qarashini kengaytirish va yangidan yangi bilimlarni kashf etish, qiziqishini oshirishda turli qarorlar amalga oshirilib, qator ilmiy-metodik adabiyotlar, qo'llanmalar chop etilib kelinmoqda. Va ushbu qaror,ilmiy-metodik adabiyotlar,qo'llanmalar manba sifatida maqolada foyladanildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi «Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 4805-sonli qarorda hozirda mamlakatimiz hududida kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati ushbu maktablar maqomiga moslashtirilgan. Shuningdek, mamlakatimiz tuman va shaharlarida kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar ochilishi haqida ham fikr yurutilgan.

Ushbu 164 ta maktabga mamlakatimizdagi oliy ta'lim muassasalarning 55 ta kafedrasi biriktirilib, ularni moliyalash uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan maxsus jamg'armalar tashkil etish rejalashtirilgan.

2020/21- o'quv yilida maktablarda tabiiy fanlar o'quv dasturlarida amaliy mashg'ulotlarning ulushini ko'paytirilmoqda.

Bundan tashqari, bir oy muddatda ixtisoslashtirilgan maktablarning kimyo va biologiya fanlari o'qituvchilarining bilimi va pedagogik mahoratini baholash va saralab olingan nomzodlarning malakasini oshirish rejasi tasdiqlanib, ixtisoslashtirilgan maktablarga va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari o'qituvchilari hamda rahbar kadrlari (direktor va

Scientific Journal Impact Factor

ixtisoslashgan fan bo'yicha direktor o'rinbosari)ning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan amalda belgilangan ustama haqi miqdori esa 50 foizgacha oshiriladi.

2021- yil 1-fevralga qadar Kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash bo'yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy etilib, ushbu baholash tizimi doirasida pedagoglarning kimyo yoki biologiya fanlarini bilish darajasini aniqlash va bu to'g'risida milliy malaka sertifikatlarini (keyingi o'rinlarda - milliy sertifikat) berish ushbu qaror asosida belgilangan tartibda Davlat test markazi tomonidan, tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi.

Mazkur 2021- yildan boshlab ilg'or xorijiy tajriba asosida ta'lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o'quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo'yicha milliy tanlov tashkil etilib, ushbu yildan har ikki yilda bir marta oliy ta'lim muassasa talabalari orasida kimyo va biologiya fanlari bo'yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadalari o'tkazilib kelinmoqda.

Shuning bilan birga, oliy ta'lim muassasalarning kimyo va biologiya ta'lim yo'nalishlari talabalari o'rtasida o'tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g'oliblari hamda kimyo va biologiya fanlari bo'yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari ham magistraturaga tegishli mutaxassisliklar bo'yicha o'qishga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinib, 2021/22- o'quv yilidan boshlab, kimyo va biologiya yo'nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy ta'lim muassasalar umumta'lim maktablari bitiruvchi sinflari o'quvchilari o'rtasida ko'p bosqichli (tuman (shahar) - viloyat - oliy ta'lim muassasasi) kimyo va biologiya fani bo'yicha o'zining olimpiadasini o'tkazishi va 1-3 o'rinlarni egallagan o'quvchilarni oliy ta'lim muassasa mablag'lari hisobidan imtihonsiz o'qishga qabul qilishi amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

Ayni qarorda xalqaro va respublika olimpiadalari g'oliblarini tayyorlagan professor-o'qituvchilarga bir marotaba oylik maoshining 100 foizi miqdorida, kimyo va biologiya fanlari bo'yicha talabalar uchun to'garaklar olib borayotgan professor -o'qituvchilarga o'quv yili davomida oliy ta'lim muassasalarning budjetdan tashqari mablag'lari hisobidan oylik maoshlariga 25 foiz miqdorida ustama belgilangan.

Jumladan, oliy ta'lim muassasalarning kimyo va biologiya ta'lim yo'nalishlari bo'yicha imtiyozli diplomga ega bitiruvchilari mazkur oliy ta'lim muassasalarning magistratura mutaxassisligiga qo'shimcha imtihonlarsiz to'lov-kontrakt asosida qabul qilinmoqda.Oliy ta'lim muassasalarning kimyo va biologiya mutaxassisligini a'lo baholar bilan tamomlagan magistrlar tayanch doktoranturaga oliy ta'lim muassasalar kengashi qarori asosida imtihonlarsiz to'g'ridan to'g'ri kvota doirasida qabul qilinishi qarorda nazarda tutilgan.

Scientific Journal Impact Factor

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi, "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi" PQ-4884-son qarorini tahlil etar ekanmiz, ushbu qarorda tabiiy fanlarni o'qitishga ham alohida urg'u berilgan.

Ushbu qaror "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilmfan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son Farmonini o'z ichiga olib, binobarin, "Ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi" ning ikkinchi punktida "Umumiy o'rta ta'lim tizimida ta'lim sifatini oshi rish, kadrlar salohiyatini ko'tarish va umumta'lim muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash", nazarda tutilib, aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasini takomillashtirish uchun quyidagilar maqsad

qilib qo'yilgan:

• aniq va tabiiy fanlarni amaliyot bilan bog'lash;

• o'qituvchilar uchun zamonaviy metodik qo'llanmalar yaratish;

• o'quvchilarda mantiqiy fikrlash, xususiy xulosalardan umumiy xulosalar chiqarish va umumiy xulosalarni xususiy hollarga tatbiq qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mediaresurslar yaratish;

• tabiiy fanlarni o'qitishdagi xalqaro tajribani o'rganish asosida ta'lim jarayonini spiralsimon yo'nalishda olib borish;

• magistrlik va doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan olimlarni umumta'lim maktablarida dars berishga jalb qilish;

• pedagogika yo'nalishlarida ta'lim olayotgan talabalarning amaliyot soatlarini oshirish, amaliyotni asosan chekka hududlarda joylashgan ta'lim muassasalarida o'tishini ta'minlash.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligi kimyo va biologiya fanlari o'qituvchilarini tayyorlash dasturlarini xorijiy universitetlar tajribasi asosida tahlil qilib, takomillashtirish choralarini ko'rib chiqdi va ularda, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutdi:

• o'quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish;

• xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish, stajirovkalarni tashkil etish va xorijiy mutaxassislarni jalb etish;

• o'qituvchilar faoliyatini baholashning ilg'or mezonlarini joriy etish.

Scientific Journal Impact Factor

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimizda yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Malumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, manaviy-marifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Ushbu tashabbusning ijrosini tabiiy fanlar bilan bog'lab ta'minlash maqsadida Nizomiy nomidagi TDPU Tabiiy fanlar fakulteti "Kimyo" kafedrasida ushbu tashabbus doirasida talaba yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishda ekspremental tajribalarni onlayn kuzatib borish uchun "TDPU Chemistry" nomli telegram kanali ochildi, tabiiy fanlarga bilimlarni internet tarmoqlari orqali chuquqrroq o'rganish uchun ilmiy-anjumanlar tashkil etildi va yoshlar manaviyatini yuksaltirish ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tabiiy fanlarga oid chet el adabiyotlar va o'zbek adabiyotla ri tahlil etilib kitobxonlik tanlovlari o'tkazildi.

Shuningdek, beshinchi tashabbus bo'lmish xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini ushbu soha bo'yicha o'rganib, taklif mulohazalar ishlab chiqildi va ish bilan tam'minlashga jalb etildi.

Mamalakatimizda yangi O'zbekiston taraqqiyotida tabiiy fanlardan kimyo sohasiga bo'lgan yana bir e'tibor natijasida poytaxtimizning Ulug'bek shaharchasida barpo etilishi kutilayotgan ilmiy kimyo klasterini nazarda tutib o'tsak. Unga ko'ra, 60 gektar maydonda ma'muriy va o'quv binolari, laboratoriyalar, O'zbekiston-Koreya ilmiy markazi, ilmiy xodimlar uchun turar joylar, yotoqxona, amfiteatr, bog' va quyosh elektr stansiyasi barpo etiladi.

XX asrdan boshlab yurtimizda ham kimyo fanining zamonaviy yetuk olimlari yetishib chiqa boshladi. Xususan, Zarifa Saidnosirova, Sobir Yunusov, Karim Ahmedov, Yunus Toshpo'latov, Obid Sodiqov, Hamdam Usmonov, Zokirjon Salimov, Sayyora Rashidova singari atoqli kimyogar olimlar nafaqat O'zbekistonning, balki dunyo ilm-fani rivojiga munosib hissa qo'shgan.

Qo'shimcha qilganda, yurtimizda har yili may oyining 31 sanasida "Kimyogarlar kuni" nishonlanib, ko'rik-tanlovlar, musobaqalar va ilmiy anjumanlar nishonlanib tashkil etib kelinadi.

Hozirda kimyo fanini o'qitish va o'rganish yangi O'zbekiston taraqqiy etishining bir qismi sifatida quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi:

• Kelajagi buyuk O'zbekistonimiz uchun talabalarni hozirgi zamon kimyo fan asoslarini ongli ravishda va puxta o'zlashtirishlariga erishish;

Scientific Journal Impact Factor

• Talabalar kimyo fanini o'rganishda atrofdagi tabiatni izohlash va undan oqilona foydalanish uchun zarur bo'lgan ilmiy asoslar bilan tanishtirish;

• Talabalarni tabiatga to'g'ri materialistik nuqtai nazardan qarash xususiyatlarini hosil qilishga alohida e'tibor berish lozim.

• Talabalarni ilmiy bilishini vositalaridan biri bo'lgan kimyoviy eksperimentlardan foydalana oladigan qilib tarbiyalash.

• Talabalarni mehnatga o'rgatish - ularni kelgusida amaliy faoliyatga tayyorlash.

• Talabalarni kimyo faniga qiziqishini yanada orttirish.

• Talabalarni mustaqil ravishda izlanuvchanlikka va bilim olishga o'rgatish.

• Talabalarda kundalik turmushda, hayotda bo'ladigan o'quv va malakalarini hosil qilish.

• Talabalarni qo'lidan keladigan ijtimoiy-foydali ishga jalb qilish

• Kimyo fanining hayotimizdagi ahamiyatini tushuntirish.

• Jismonan baquvvat, aqlan yutuk insonlar darajasiga yetkazish.

• Kimyo o'qitish talabalarni mehnatsevar, Vatanga muhabbat, fanga qiziqish ruhida tarbiyalash kerak.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, yurtimizda yangi O'zbekiston taraqqiyotida tabiiy fanlardan kimyo sohasiga bo'lgan e'tibor nafaqat fanga bo'lgan e'tibor mamlakatimiz rivojlanishida yurtimiz ilmiysalohiyati, xalqimiz va yosh avlod dunyoqarashi, bilim va fikrlash doirasi kengayishiga asosdir.

REFERENCES

1. Sh.M. Mirziyoyev. Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi. PQ-4805.12.08.2020

2. Sh.M. Mirziyoyev. Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi. PQ-4884.06.11.2020.

3. Sh.M. Mirziyoyev. "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108. 06.11.2020

4. X.T.Omonov, M.N.Mirvohidova.Kimyo o'qitish metodikasi. 2001.

5. T.Gulboyev. Kimyo ta'limi nazariyasi va metodikasi. 2001 .

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.