Научная статья на тему 'KIMYO FANINI O'QITISHDA PEDAGOGIK HAMKORLIK FINLANDIYA VA O’ZBEKISTON MISOLIDA'

KIMYO FANINI O'QITISHDA PEDAGOGIK HAMKORLIK FINLANDIYA VA O’ZBEKISTON MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
61
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Boshlang'ich maktab / o’rta maktab / litsey / gimnaziya / oliy ta’lim.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xasanova Nilufar Xaqnazarovna, Nizamova Saida Adilovna

Maqolada Finlandiya ta'lim tizimi va kimyo fanini o‘qitish metodikasi haqida ma'lumotlar berilgan. Finlandiya ta'lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, O‘zbekiston ta'lim tizimi bilan o‘xshash jihatlari, afzallik va kamchiliklari ko‘rsatilgan. Finlandiya ta'lim tizimi va kimyo fanini o‘qitishning afzallik tomonlarini o‘rganish ularni metodologik jihatdan takomillashtirish hamda O‘zbekiston ta'lim tizimiga joriy qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KIMYO FANINI O'QITISHDA PEDAGOGIK HAMKORLIK FINLANDIYA VA O’ZBEKISTON MISOLIDA»

KIMYO FANINI O'QITISHDA PEDAGOGIK HAMKORLIK FINLANDIYA VA

O'ZBEKISTON MISOLIDA 1Xasanova Nilufar Xaqnazarovna 2Nizamova Saida Adilovna

1AFRAGANUS UNIVERSTY o'qituvchisi, 2Turin PU akademik lisey o'qituvchisi, p.f.d.

1nilufarxasanova@inbox.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10115742

Annotatsiya. MaqoladaFinlandiya ta'lim tizimi va kimyofanini o'qitish metodikasi haqida ma'lumotlar berilgan. Finlandiya ta'lim tizimining o'ziga xos xususiyatlari, O'zbekiston ta'lim tizimi bilan o'xshash jihatlari, afzallik va kamchiliklari ko'rsatilgan. Finlandiya ta'lim tizimi va kimyo fanini o'qitishning afzallik tomonlarini o'rganish ularni metodologik jihatdan takomillashtirish hamda O'zbekiston ta'lim tizimiga joriy qilish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Boshlang'ich maktab, o'rta maktab, litsey, gimnaziya, oliy ta'lim.

Аннотация. В статье представлены сведения о финской системе образования и методике преподавания химии. Показаны особенности финской системы образования, сходство с системой образования Узбекистана, преимущества и недостатки. Изучение преимуществ финской системы образования и преподавания химии, внесение предложений и рекомендаций по их методическому совершенствованию и внедрению в систему образования Узбекистана.

Ключевые слова: Начальная школа, средняя школа, лицей, гимназия, высшее образование.

Abstract. The article provides information about the Finnish education system and the methodology of teaching chemistry. Specific features of the Finnish educational system, similarities with the educational system of Uzbekistan, advantages and disadvantages are shown. Studying the advantages of the Finnish educational system and the teaching of chemistry, making suggestions and recommendations for their methodological improvement and introducing them into the educational system of Uzbekistan.

Keywords: Primary school, secondary school, college, lyceum, gymnasium, higher education.

Kirish (Introduction). O'zbekiston ta'lim tizimini takomillashtirish uchun Buyuk Britaniya, Fillandiya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya va shu kabi boshqa davlatlarning o'qitish tizimini o'rganish va afzallik tomonlarini tadbiq etish kerak bo'ladi. Oxirgi yillarda O'zbekistonning jadal rivojlanishi xorijiy davlatlar bilan olib borayotgan iqtisodiy va siyosiy hamkorlligning natijasidir.

Ayni damda O'zbekiston uchun turli sohalarda o'z bilim va ko'nikmalarini mustaqil takomillashtirishga, kerak bo'lsa yangi bilimlar va kasblarni o'zlashtirishga qodir bo'lgan yoshlarni tarbiyalash muhimdir. Shu bilan birga, kimyo fanini yaxlit tizim sifatida o'qitishda innovatsion texnologiyalarga asoslangan o'qitish uslublarining ilg'or mexanizmlarini ishlab chiqish uchun xorijiy davlatlar bilan hamkorlik zarurati yuzaga keldi.

Qilingan adabiyotlar tahlili chet el pedagogik tajribasini, ta'lim va tarbiya nazariyalarini qiyosiy o'rganish o'z mamlakatimizdagi ta'lim tizimlarini takomillashtirish va yanada samarali ta'lim tizimlarini yaratish uchun andoza bo'lib xizmat qiladi.

Xalqaro miqyosda kimyo fanini o'qitish sifatini yaxshilash, ta'lim jarayoniga ishlab chiqarish tehnologiyalarni o'rganish, mavzularga bog'lash , o'quvchilarni kimyo sanoatiga qiziqtirish va yangi texnologiyalarni tatbiq etish, integrasiyalash, aralash ta'lim texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanish, o'quvchilarning aqliy salohiyati, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan zamonaviy metodik ta'minotni yaratishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Masalan, Finlandiya na'lim tizimini chuqur o'rganish va o'zaro hamkorlik qilish yaqqol misol bo'la oladi.

Tahlil va natijalar (Analysis and results). Finlandiyadagi ta'lim tizimi -Finlyandiyada maktab ta'limi dunyodagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan har 3 yilda bir marta o'tkaziladigan xalqaro tadqiqotlar natijalariga ko'ra, Finlyandiya maktab o'quvchilari dunyodagi eng yuqori bilim darajasini ko'rsatdilar: ular eng ko'p kitob o'qiydigan bolalar deb tan olindi, tabiiy fanlar bo'yicha 2-o'rin va matematikadan 5-o'rinni egalladi. Finlyandiyada maktab ta'limida asosiy shior: hamma narsada tenglik. Peshqadam va zaif maktablar mavjud emas. Shuning uchun ota onalar bolalarni uyiga yaqin maktablarga berishadi. Mamlakatdagi eng yirik maktabda 960 nafar, eng kichigida 11 nafar o'quvchi bor. Hammasi aynan bir xil uskunalar, imkoniyatlar va mutanosib moliyalashtirishga ega. Finlar uchun inson hayotida barcha fanlar bir xil darajada muhim rol o'ynaydi. Maqsad - yoshlarni bir fanni o'qishga majburlashdan ko'ra, ularga keng ta'lim berish va hayotga tayyorlash.

Maktab ta'limi. Finlyandiyada deyarli barcha maktablar davlat tasarufida bo'lib, xususiy maktablar kam. Maktab ta'limi ikki bosqichdan iborat: quyi (alakoulu) 1- 6-sinfgacha va yuqori (ylakoulu) 7- 9-sinfgacha. Qo'shimcha 10-sinfda o'quvchilar keying bosqichga tayyorgarlik ko'rish va o'z baholarini oshirishlari mumkin. Keyin o'quvchilar kasb-hunar kollejiga boradilar yoki litseyda (lukio) o'qishni davom ettiradilar 11-12-sinflar.

Finlar o'quvchilarni sinfi, qobiliyati yoki martaba afzalligi bo'yicha toifalarga ajratmaydi. Shuningdek, "yomon" va "yaxshi" o'quvchilar yo'q. O'quvchilarni bir-biri bilan solishtirish taqiqlanadi. Sog'lig'da nuqsoni bor bolalar ham hamma bilan birga o'qiydilar. Oddiy maktabda ko'rish yoki eshitish qobiliyati zaif o'quvchilar uchun sinf yaratilishi mumkin. Finlar alohida muomalaga muhtoj bo'lganlarni iloji boricha jamiyatga integratsiya qilishga harakat qilishadi.

Finlyandiya mehnat qonunchiligida qabul qilingan o'qituvchilik kasbining o'ziga xos xususiyatlari tufayli o'qituvchilar o'quvchilarni kamsitishi mumkin emas.

Har bir bola uchun individual ta'lim va rivojlanish rejasi tuziladi. Bir sinfdagi dars davomida bolalar turli qiyinchilik darajasidagi mashqlarni bajaradilar.

Finlyandiya maktablarida imtihonlar o'tkazilmaydi. Nazorat va oraliq testlar o'qituvchining ixtiyorida. Umumta'lim maktabining oxirida faqat bitta majburiy standart sinov o'tkaziladi. Finlandiyada o'quvchilar shartnoma va bank kartasi nima ekanligini, olingan meros yoki kelajakda olinadigan daromadlar bo'yicha soliq foizini hisoblashni, internetda tashrif qog'ozi, veb-saytini yaratishni biladilar.

O'qituvchilar o'quvchining e'tiborini jalb qilishga harakat qilishadi, lekin agar u o'qishga qiziqishi yoki qobiliyati to'liq bo'lmasa, bola kelajakda amaliy foydali bo'lgan "oddiy" kasbga yo'naltiriladi va "2" baho bilan jazolanmaydi. Ular hamma ham samolyot yasashi shart emas, kimdir avtobus haydashni yaxshi bilishi kerak deb hisoblaydilar. Finlar buni ham o'rta maktabning vazifasi deb bilishadi - berilgan o'smir litseyda o'qishni davom ettirishi kerakmi yoki minimal bilim darajasi yetarlimi, kasb-hunar maktabiga borish kimga naf keltirishini aniqlashadi.

O'quvchilarning yoshi Maktab O'qish davri Dars vaqti

5-11 yosh Boshlang'ch maktab 1-6 sinif 45 minut

11-16 yosh O'rta maktab 7-9 sinif 45 minut

16-18 yosh Koledj,litsey, gimnaziya 10-12 sinf 45 minut

Fanlarni o'qitilishi. Birinchi sinfdan ikkinchi sinfgacha ona (fin) tili va o'qish, matematika, tabiatshunoslik, dinniy tarbiya yoki hayotni tushunish (dinga befarqlar uchun), musiqa, tasviriy san'at, mehnat va jismoniy ta'lim o'rganiladi. Bir darsda bir vaqtning o'zida bir nechta fanlarni o'rganish mumkin. Uchinchi sinfdan boshlab ingliz tilini o'rganish boshlanadi. Mamlakatda 10 balllik baholash tizimi qabul qilingan, ammo 1-sinfdan 3-sinfgacha hech qanday baho qo'yilmaydi. 7-sinfgacha og'zaki baholash qo'llaniladi: o'rtacha, qoniqarli, yaxshi, a'lo. Sinfdan sinfga kochganda baho qo'yiladi.

Kimyo fanining o'qitilishi. Finlandiyada mingdan ortiq maktab, yuzga yaqin kollej va universitetlar mavjud bo'lib, ularda yuqori sifatli kimyo fani bo'yicha ta'lim olish mumkin. Kimyo fani 7-sinfdan o'tiladi. Kimyo fanidan alohida fan dasturi tuzilmagan. O'qituvchi maktab o'quvchilaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqaradi.

Kimyo fanini o'qitishda quyidagi yo'nalishlarga etibor qaratiladi.

7- sinf 8- sinf

1. Texnika xavfsizlifi. Kimyoviy 1. Energiya paydo bo'lishi va turlari

moddalar 2. Atrof muhitda va inson organizimida

2. Kimyoviy reaksiya turlari boradigan reaksiyalar

3. Kimyoviy tajribalar 3. Kimyoviy moddalarning xossalari,

4. Kichik ilmiy loyihalar kimyoviy hodisalar va jarayonlar

4. Organik moddalar

9- sinf 10,11,12 siflar

1. Atom tuzilish, Kimyoviy elementlar Kimyo fani litsey va gimnaziyalarda

2. Kimyoviy bog'lanishlar chuqurlashtirilib o'tiladi

3. Metal va metalmaslar

4. Organik moddalarning xossalari

Yo'nalishlar O'zbekiston Filandiya

Kimyo fanini 7-11 sinf - o'rta maktab, 7-9 sinf o'rta maktab

o'qitilishi 10-11 sinf-akademik lisey, kollej, OTM 10-12 sinf -Kolledj, litsey, gimnaziya, OTM

Fanga oid standart talablari asosida ishlab maktab o'quvchilaridan kelib chiqqan

dasturlar chiqiladi holda ishlab chiqariladi

Fanning nomi umumiy kimyo, anorganik kimyo, umumiy kimyo, anorganik kimyo,

organik kimyo organik kimyo

Fanga xaftasiga 2 soatdan 7 sinf-xaftasiga 2 soat, II-semestr

ajratilgan 8 sinf - xaftasiga 3 soat, I-semestr

soatlar 9 sinf - xaftasiga 2 soat, I-semestr

Darsliklar har bir sinflar buyicha darsliklar darslik va o'quv qo'llanmalar, Internet

mavjud materiallari asosida

Texnik laboratoriya xonalari, kimyoviy Har bir maktab bazasidan kelib chiqqan

ta'minot jixozlar va moddalar mavjud. holda mavjud

Didaktik materiallar darslik, o'quv qo'llanma, tarqatma materiallar, texnik vositalar, kompyuter taqdimotlari Internet materiallari va unda foydalaniladigan platformalar

Baholash usullari umumta'lim maktablarida chorak va yakuniy akademik litsey va kollejda joriy, oraliq va yakuniy nazorat. 5 balli sistema Darsda baho qo'yilmaydi. Sinfdan sinfga ko'chganda kuzatuv natijasi asosida qo'yiladi. 10 balli sistema

Uyga vazifa Og'zaki, yozma Qo'shimcha ma'lumotlar yig'ish.

Jadval mualliflar tomonidan tuzilgan

Muhokama (Discussion). Fillandiya maktablarida kimyo fanini o'qitishda atrof- muhitda sodir bo'ladigan hodisalar orqali tushuntiriladi. Finlandiyada ta'lim asosan atrof olamni o'rganishga qaratilgan bo'lib fanlar integratsiyasiga ahamiyat beriladi. Kimyo fanini o'rganishda olingan bilimlarni kundalik hayotda qo'llay olishga, tadqiqot ishlari olib borishga yo'naltirilgan. Buning uchun o'quvchilarga mustaqil ishlash ucun loyiha ishlar beriladi. Loyiha ishini individual yoki kichik guruhlarda bajariladi. Loyiha ishini bajarishda muammo o'rtaga tashlanadi, muammoni hal qilish uchun o'quvchilar ma'lumot yig'ishadi va o'z qo'llari bilan bajarishadi. O'quvchilarga kundalik hayotda ishlatiladigan buyumlarni tarkibini tahlil qilish va tadqiqot olib borish taklifi beriladi. Bu usul kreativ fikrlash, ijodgorlik, izlanuvchanlik, yaratuvchanlikni shakillantiradi.

O'quvchining yoshi, qabul qilish darajasi inobatga olingan holda mavzular yoritilib boriladi. Bunday usulda kimyoni o'qitilishining afzalliklari quyidagilardan iborat.

1. O'quvchi fanga atrof muhitni o'rganish orqali kirib keladi.

2. Mavzular soddalashtirilgan holda berilib boriladi.

3. Murakkab mavzularga oldindan ma'lumotlar berilib boriladi.

4. Uyga vazifa berilmaydi, faqat mavzuga oid malumotlar yig'ish beriladi.

5. Har bir bobdan keyin kichik loyiha ishlari berib boriladi.

Xulosa va takliflar. (Conclusion/Recommendations). Finlandiya ta'lim tizimining yutug' tomonlari ko'p, masalan: o'quvchilarning darsda erkinligi, fanlarni tanlay olishi, sifatni mustahkamlashga alohida e'tibor berilishi; o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida erkin munosabat o'rnatilganligi; o'quvchilar o'rtasida farq bo'lmaslig uchun baholashning o'zgacha usuli borligi; ijodiy muhit yaratilganligij; javob bera olmagan o'quvchilarni ham o'qituvchi xushmuomalalik bilan to'g'ri yo'naltira olishi; ta'lim maqsadli individuallashganligidir.

O'rganilgan ma'lumotlar asosida xulosa qilib quyidagilarni O'zbekiston ta'lim tizimi maktablarda kimyo fanini o'qitishda quyidagilarni joriy qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

1. o'quv dasturlarini ilg'or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish;

2. o'quv yuklamalari va fanlarni qayta ko'rib chiqish;

3. darslik va adabiyotlar sifatini oshirish;

4. kimyo fani yo'nalishida zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish;

5. xalqaro andozalarga to'liq javob beradigan axborot texnologiyalarni joriy etish;

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirishning samarali yo'llari" gi PK-2909-sonli qarori. 2017 yil, aprel 20.

2. 2.Qiyosiy Ta'lim.Sohail Naqvi.Jurnal-september No. 6. 2012yil / sahifa 55/

3. Miralieva D. uslubi majmua. T.: Iqtisodiyot., 2016 y, 30-dekabr.

4. Fayzullayeva N. T.: TDIU. O'quv qo'lanma. "Iqtisodiyot"., 2016 y

5. Rahmatullayev N.G\, Omonov H.T., Mirkomilov Sh.M. "Kimyo o'qitish metodikasi", O'quv qo'llanma, Toshkent, "Iqtisod-Moliya"-2013 y

6. G.Q. Xoliqova., Sh.Sh. Karimov., S.A. Karomatov. «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 /Volume: 1, ISSUE: 4

7. Listyarini, R. V.; Pamenang, F. D. N.; Harta, J.; Wijayanti, L. W.; Asy'ari, M.; Lee, W. The Integration of Green Chemistry Principles into Small Scale Chemistry Practicum for Senior High School Students. Jurnal Pendidikan IPA Indonesia, 2019, 8, 371-378. https://doi.org/10.15294/jpii.v8i3.19250.

8. Мейнандер, Х. История Финляндии / Х. Мейнандер. - М. : Весь мир. - 2008.

9. Сайт Управления образования Финляндии http://www.hel.fi /wps/portal/Opetusvi rasto/?WCM_GLOBAL_CONTEXT=/Opev/fi/ Etusivu

10. Сайт начальной школы «Мери Растила» в г. Хельсинки http://www.merir.edu.hel.fi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.