GEOGRAFIYA FANLARINI O'QITILISHIDAGI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR: XORIJIY TAJRIBA
Z. N. Tojiyeva
O'ZMU Iqtisodiy va ijtimoiy eografiya kafedrasi professori, g.f.d.
M. M. Ibroximova
CHDPU 2-bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada mamlakatimizda geografiya fanlarini o'qitish jarayonida yangicha zamonaviy yondashuvlardan munosib foydalanish masalalari tahlil qilingan. Bu boradagi Finlandiya, Germaniya, Rossiya, Fransiya, Angliya, Yaponiya kabi davlatlar tajribalarining o'ziga xos xususiyatlari, bu mamlakatlarda mazkur fanning o'qitilishidagi asosiy zamonaviy yondashuvlar o'rganilgan. Amaliy tarzda o'qitiladigan mavzulardagi metodlar, bu mashg'ulotlarni sayohat-ekskursiya tarzida olib boriladigan joylar uchun qo'yilgan talablar haqida ma'lumotlar yoritilgan.
Kalit so'zlar: zamonaviy yondashuvlar, tizimli-strukturaviy yondashuv, tarixiy yondashuv, Finlandiya ta'limi, yashil darslar, dengiz darslari, ta'limni insoniylashtirish, "Xavf geografiyasi", salomatlik doktrinasi, Globus ilmi.
ABSTRACT
The article analyzes the issues of appropriate use of new modern approaches in the process of teaching geography in our country. In this regard, the specific characteristics of the experiences of countries such as Finland, Germany, Russia, France, England, and Japan, as well as the main modern approaches to the teaching of this subject in these countries, have been studied. Information about the methods of the subjects taught in a practical way, the requirements for the places where these trainings are conducted in the form of a trip-excursion is highlighted.
Keywords: modern approaches, systemic-structural approach, historical approach, Finnish education, green lessons, sea lessons, humanization of education, "Geography of Risk", doctrine of health, Globe Science.
KIRISH
Ma'lumki, muayyan sohadagi taraqqiyot insoniyatning shu sohada qo'lga kiritilgan barcha yutuqlarini keng qo'llanilishiga ko'p jihatdan bog'liq. Bu esa barcha xalqlarning tajribalarini
May, 2023
660
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
atroflicha o'rganish bilan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmonida 7 ta ustuvor yo'nalish va 100 maqsad belgilangan. 7 ustuvor yo'nalish sifatida "Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish" belgilanib, unda 12 ta maqsadni o'z oldimizga qo'ydik[1]. Bu maqsadlar barcha sohalarda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishni nazarda tutadi.
Chet el geografiya metodologiyasida, xuddi bizning ta'limdagi singari geografiyani o'qitishning tashkiliy shakllari odatda ikkita asosiy guruhga bo'linadi: sinf va sinfdan tashqari.
Sinfdan tashqari shakllarning xilma-xilligiga qaramay, mashg'ulot olib borishning sinf-auditoriya shakli hamma joyda asosiy shakl bo'lib qolmoqda. Biroq, uni amalga oshirish turli yo'llar bilan yoki tez-tez aytilgandek, turli xil ta'lim uslublari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
"O'quv uslubi geografiya o'qitishning xorijiy metodikalarining sevimli mavzularidan biridir. Ayniqsa, ingliz tilida so'zlashadigan mamlakatlarda ushbu mavzuga bag'ishlangan ko'plab adabiyotlar mavjud. Uslubni aniqlash uchun asos odatda uchta omilning tahlili hisoblanadi:
1) o'qituvchining roli va funksiyalari,
2) o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlar,
3) ta'lim faoliyatini, birinchi navbatda, sinfda tashkil etish xarakteri"[4].
Uslubiy-metodik adabiyotlarida eng umumiy, umumlashtirilgan shaklda
an'anaviy va progressiv ikkita asosiy uslubni ajratish odatiy holdir (ular rasmiy va norasmiy, reproduktiv va qidiruv, avtoritar va demokratik deb ham ataladi).
Ko'plab mamlakatlar ta'lim tizimida an'anaviy dars bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish uchun maqsadli belgilash bilan tavsiflanadi. Bunda o'qituvchining asosiy vazifasi o'quvchilarga kerakli ma'lumotlarni yetkazish, uning o'zlashtirilishini ta'minlash va yangi material qanday o'zlashtirilganligini tekshirishdan iborat bo'ladi. Ustoz-shogird munosabatlarining katta qismida bo'yruqbozlik (avtoritar) yondashuv ustunlik qiladi.
O'quvchilarning shaxsini tarbiyalash va rivojlantirishga yetarlicha e'tibor berilmaydi. Albatta, bu holatda ham darslar didaktik maqsadlariga ko'ra ancha xilma -xil bo'lishi mumkin. Ammo shunga qaramay, an'anaviy dars eng
keng tarqalgan bo'lib qolmoqda, bu bilim va ko'nikmalarni
May, 2023
sinash, yangi materialni o'rganish, mustahkamlash va uy vazifasini aniqlashni o'z ichiga oladi.
Shu munosabat bilan G'arb mamlakatlarida barcha maktab fanlari, shu jumladan geografiya bo'yicha juda ko'p tajriba to'plangan. "Masalan, Buyuk Britaniyada tajriba o'tkazildi, unda o'qituvchilarning rollari shunday taqsimlandiki, ularning ba'zilari ma'ruzalar, boshqalari seminarlar, boshqalari laboratoriya mashg'ulotlari, to'rtinchisi esa maslahatlar berib, uy vazifalarini tekshirdi. Fransiyada pedagogik izlanishlar natijasida "yakkama-yakka" ta'lim eksperiment - tajriba sifatida joriy etildi, bunda sinflar guruhlarga bo'linadi, o'quv kuni ertalab va tushdan keyin, o'quv haftasi esa uch qismga bo'linadi" [3].
Ko'plab xorijiy mamlakatlar geografiya ta'limi metodologiyasida o'quvchi-talabalarning faoliyati faqat darslik bilan cheklanib qolmasda, turli xil bilim manbalariga, jumladan, gazeta-jurnallar, tegishli bo'limlarning hisobotlari, hal qilinayotgan muammo bilan bog'liq bo'lgan shaxslar va olimning xatlari va xotiralari to'plamlari, mahalliy va davlat statistikasiga, ilmiy-ommabop adabiyot va boshqalarga asoslanadi.
Bizning mamlakatimizdagi kabi ko'plab xorijiy davlatlar geografiya metodologiyasida ham boshlang'ich sinflarda o'yinlar vaqti-vaqti bilan qo'llaniladi. "G'arb o'qituvchilarining fikriga ko'ra, bu bolalarga haqiqiy vaziyatlarni his qilishlariga, muammoga duch kelgan odamlarning ko'zlari bilan qarashga yordam beradi.
Chet ellik geografiya o'qituvchilarining fikriga ko'ra, ta'limni o'rtacha bilim va ko'nikmaga ega bo'lgan o'quvchiga qaratish tavsiya etilmaydi, chunki bu holda boshqa maktab o'quvchilarining kamida uchdan bir qismi o'qituvchining ko'rish maydonidan chiqib ketadi. Eng umumiy munosabat shundan iboratki, ta'lim sinfdagi barcha o'quvchilarning faolligini rag'batlantirishi, turlicha qobiliyatga ega bolalarning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishi kerak. O'qituvchi bolalarning birortasi yoki butun o'quvchilar guruhi umumiy faoliyatdan chetda qoladigan, o'qituvchining e'tiboridan mahrum bo'lgan vaziyatdan qochishi kerak. Mamlakatimizga tashrif buyurgan bir necha xorijiy pedagogik-metodik mutaxassislar "O'zbekiston ta'lim jarayonlarida o'qituvchi darsning katta qismini iqtidorli o'quvchilar bilan o'tkazadi, ko'proq savollarning javoblarini ham ulardan so'raydilar" deya ta'kidlashganini guvohi bo'lganmiz. Insof bilan fikr yuritilsa, chindan ham shunday holat mavjud, afsuski.
"O'rgatishga o'rganish" - zamonaviy darsning asosiy maqsadini qisqacha aytganda shunday shakllantirish mumkin. Biroq, bu shior, aftidan, geografik madaniyatning moddiy asosini
May, 2023
662
tashkil etuvchi haqiqiy geografik o'ziga xoslik fonga va hatto uchinchi rejaga (uchun) o'tib ketadigan mutloq maqsadga aylanmasligi kerak. (Masalan, alohida misollar bo'yicha tanlab o'qitishda). Shu sababli, ko'plab ekspert-mutaxassislar zamonaviy va an'anaviy darslar elementlarining oqilona kombinatsiyasiga ega bo'lishni maqsadga muvofiq deb bilishadi. Ta'lim tizimida kadrlarning yosh doirasi haqida so'z ketganda bir donishmandning quyidagi fikrini esga olish lozim deb bildik: "Ta'limda faqat katta yoshlilar bo'lsa - bu tragediya, faqat yoshlar bo'lib qolsa - bu komediya, katta yoshli - keng tajribali hamda yosh - izlanuvchan kadrlarning birligi - simfoniyani tashkil qiladi".
Fransiyadagi maktab geografik ta'limida alohida o'rinni Ta'lim vazirligi va Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi tomonidan maktab o'quvchilari uchun maxsus ishlab chiqilgan ekskursiyalar (yoki "konseptual yurishlar") egallaydi. Qoida tariqasida, ular milliy yoki mintaqaviy bog'larda ushbu qo'riqlanadigan hududlar xodimlari ishtirokida o'tkaziladi. Bir qator joylarda turli xil tabiiy va hududiy komplekslarni o'rganish uchun bir qator o'quv ekskursiyalari ishlab chiqilgan: "Dengiz sinfi", "Yashil sinf', "Shahar sinfi" Masalan, Port Kross [4] bog'ida maktab o'quvchilarini boshqa sharoitlarda erishib bo'lmaydigan suv osti chekkalari hayoti bilan tanishtirish uchun hatto suv ostida yurish ham o'tkaziladi.
Finlandiyada turli fanlar bo'yicha geografik mavzular maktab ta'limida o'rta asrlarga borib taqaladigan uzoqroq tarixga ega. Masalan, monastir maktablarining predmetlaridan biri "Globus ilmi" yoki "Yer haqidagi fan" edi.
Bugungi Finlyandiyada geografiya boshqa fanlar orasida munosib o'rin tutadi. Uni o'rganish bizdagi kabi boshlang'ich maktabda boshlanadi, o'rta maktabda davom etadi va umumta'lim maktabining katta, bitiruvchi sinfida tugaydi.
Bugungi kunda o'rta maktabda ishlash Milliy asosiy dastur bilan tartibga solinadi. O'quvchilar maktabda o'qiyotgan to'qqiz yildan sakkiz yarim yil davomida geografiya o'rganiladi. Har bir kurs haftasiga 1 soatdan iborat. Uch yillik gimnaziyada ikkita majburiy va bitta ixtiyoriy kurs mavjud. Qo'shimcha kurslarning mavjudligi uchta geografiya kursini tanlagan talabalar ushbu fan bo'yicha ko'proq soatga ega bo'lishlarini anglatadi. Geografiya bo'yicha Gimnaziya dasturi jismoniy geografiya, ijtimoiy geografiya va maxsus qo'shimcha kursdan iborat.
2003-yil oxiriga kelib Finlyandiyada maktab ta'limining asosiy islohoti yakunlandi. Qizg'in bahs-munozaralardan so'ng ta'lim dasturiga yangi fan -salomatlik doktrinasi kiritildi. Yana ikkita fan ildiz otgan: falsafa va kompyuter ta'limi. Bu islohotdan geografiya fani foyda ko'rmadi. Bu avvalgidek bir xil miqdordagi soatlarni oladi. Yana bir muhim masala geoinformatikaning maktab o'quv dasturidagi o'rni edi.
May, 2023
663
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1
Geoinformatika Finlyandiya jamiyatida allaqachon keng qo'llaniladi va kelajak uchun juda muhim hisoblanadi. Ammo maktabda, agar o'qituvchi faol va bu fanni o'rgatadigan darajada bilimli bo'lsa, ular u bilan tanishadilar.
Taxminan 50 yil oldin geografiyada miqdoriy inqilob deb ataladigan narsa sodir bo'ldi. Geografiyada akademik fan sifatida statistik ma'lumotlarga e'tibor qaratildi.
Butun sayyorada va har bir mamlakatda alohida yashash uchun xavfli joylar mavjud. Ayniqsa, katta shaharlarda bunday joylar ko'p. Demak, bu joylarni va ularga munosabatimizni o'rganuvchi yangi ilmiy yo'nalish - Xavf geografiyasiga oid bilimlarga ehtiyoj mavjud. "Xavf geografiyasi kurs Finlandiya universitetlarida juda mashhur bo'lib, ayni vaqtda maktab dasturlariga ham kiritilmoqda"[4]. Finlandiyada geografiya o'qituvchilari o'zlarining hayot yo'nalishi bilan faxrlanishadi.
Germaniyadagi maktab geografik ta'limida geografiyaning strukturasi an'anaviy ravishda vatanshunoslikka nisbatan katta moyillikka ega bo'lib, fanning tizimli kursi bilan tanishish shundan boshlanadi. "Shu munosabat bilan o'z mintaqasi va o'z mamlakati geografiyasini o'rganishda 7-8 kungacha davom etadigan joylarda mashg'ulotlar majmuasi, jumladan, mamlakatning chekka hududlarida joylarda dala amaliyotlari qo'llaniladi. Ekskursiyalardan tashqari, dala faoliyatining boshqa turlari ham keng tarqalgan: ishbilarmonlik o'yinlari (loyiha ishlab chiqish), yurishlar, ekologik desant (atrof-muhitni yaxshilash), dala geografik tadqiqotlari va hk."
Buyuk Britaniyadagi geografik ta'lim tizimi alohida e'tiborga loyiqdir, bu yerda geografiya fani hukumat qarori bilan o'rganish uchun eng muhim va majburiy fanlardan biridir. Endilikda geografiya alohida fan sifatida ingliz maktablarida Milliy dasturga ko'ra 1-sinfdan 9-sinfgacha o'qitiladi. Talabalar tomonidan geografik ma'lumotlarni mustaqil ravishda to'plash va keyinchalik qayta ishlash muhim o'rin tutadi. Shaxsiy dala tadqiqotlari natijalari geografiyadan yakuniy imtihonga topshiriladi.
Yaponiyada maktab geografiyasi muammolarini hal etishda nafaqat davlat organlari, balki jamoat tashkilotlari, kasb-hunar birlashmalari ham qayg'urmoqda. Maktab o'qituvchilari, universitet professorlari va olimlar Geografiyani o'rganish bo'yicha tadqiqot assotsiatsiyasi, Yaponiya geografik assotsiatsiyasi, Yaponiya geografiya ta'limi assotsiatsiyasi va Iqtisodiy geografiya assotsiatsiyasiga birlashganlar.
Yapon davlatining falsafiy tafakkuri, ijtimoiy hayoti va ichki siyosati har doim yaponlarning diniy ongiga asos bo'lgan sintoizm bilan bog'liq.
May, 2023
ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1
"Sintoizmning Yaponiya geografik ta'limining shakllanishiga ta'siri haqida quyidagi xulosalar chiqarish mumkin:
Birinchidan, sintoizm vatanparvarlik tuyg'usini tarbiyalashning asosiy omillaridan biri bo'lib, u maktab geografik ta'limida ham namoyon bo'ladi.
Ikkinchidan, sintoizm yaponlarning bag'rikengligini va maktab geografik ta'imida ham o'z ifodasini topgan Sharq va G'arb pedagogik tizimlar g'oyalariga ochiqligini shakllantirish imkoniyatini belgilab berdi.
Uchinchidan, sintoizm tabiatga hurmat va atrof-muhitni muhofaza qilishni belgilaydi, bu Yaponiya maktab geografik ta'limining eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir"[5].
Yapon tajribasidan xulosa qilgan holda bizning ta'lim tizimimizda ham milliy, diniy, an'anaviy qadriyatlardan har bir auditoriyaga mos va xos tarzda foydalanish umumiy maqsadga xizmat qiladi. Masalan, Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: "Amallar niyatga bog'liqdir..." deganlar.
Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohu alayhi: "Ilmning uchdan biri shu hadisda", deb ta'kidlagan bo'lsalarr, Imom Shofe'iy rahmatullohu alayhi esa "Ilmning yarmi shu hadisda", degan ekanlar. Shu asosda har bir o'qituvchi o'z auditoriyagamos bo'lgan holda ilm olishdan avvalo niyatni to'g'ri qilish lozimligi ko'nikmasini shakllantira olsa, o'ylaymizki, nafaqat geografik ta'limda balki, butun ta'lim tizimida ulkan yutuqlarga erishamiz.
Yuqorida o'rganilgan ma'lumotlardan kelib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki, xorijiy ko'plab mamlakatlarda maktab geografik ta'limi quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega:
1) Psixologiya fanini jalb qilgan holda o'quvchiga yo'naltirilgan ta'lim doirasida kognitiv faoliyatni rivojlantirish (muammoli o'qitish, bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, o'quv jarayonida o'yinlardan foydalanish, tadqiqot loyihalari va boshqalar).
2) Geografiya kurslari mazmunini "insoniylashtirish", boshqa o'quv fanlari bilan integratsiyalashuvini ta'minlash. Bu omilni bizning maktablarimizda ham keng qo'llash mumkin. Masalan, erkin iqtisodiy zonalar masalasi o'rganilayotganida ularning boshqa hududlardan farqli bo'lgan huquqiy maqomini bilish uchun huquqshunoslik faniga murojaat qilish, O'zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apreldagi "Erkin iqtisodiy zonalar to'g'risida" Qonuni matni bilan tahliliy tanishib chiqilsa, o'quvchida ham geografiya, ham huquqshunoslik
bo'yicha bilim hosil bo'lishiga erishiladi.
May, 2023
3) O'z ona yurti va o'lkasi geografiyasini o'rganishga alohida e'tibor qaratildi. Ona vatan, o'z mamlakati, dunyo haqida axloqiy g'oyalarni shakllantirish (Masalan Germaniyada).
4) Mashg'ulotlarda amaliy yo'nalish (mavhum emas, balki haqiqiy muammolarni hal qilish, birinchi navbatda, ushbu mamlakatda va ona yurtda katta ahamiyatga ega joylarda keng foydalanish; ishbilarmonlik o'yinlari).
5) Joylarda ishlash tizimi (dala atrof-muhitni o'rganish markazlari; dala mashg'ulotlari va amaliy mashg'ulotlar; "yashil", "dengiz" va "shahar" darslari, geografik yurishlar, sayohatlar, ekspeditsiyalar va boshqalar).
6) Ko'plab shaharlarda yosh tabiatshunoslar uchun stansiyalar mavjud, o'rta maktab o'qituvchilari o'quvchilarni qo'riqlanadigan hududlarga yoki boshqa tabiiy geografik maskanlarga ko'proq ekskursiyalarga olib boradilar, ko'p sonli o'rta maktab o'quvchilari har yili munitsipalitet(mahalliy hokimiyat) tomonidan o'tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashadilar va hokazo. (Rossiyada maktab geografik ta'lim tizimida fanni o'rganish bo'yicha xorijiy tajriba uchun mezonlarni belgilaydi.)
7) Turli maqsadlarda turli testlarni, murakkab tekshirish ishlarini (muqobil, ko'p tanlovli javoblar, rasmli, kartografik va boshqalar) nazorat qilish uchun keng foydalanish. Bu omil albatta o'quvchi-yoshlarda o'z mustaqil fikrining shakllanishiga xizmat qiladi.
8) O'qituvchilar faoliyatida metodik tadqiqotlardan foydalanish. Har bir o'qituvchi o'z sohasi bo'yicha olib borilgan yangi-yangi metodik ishlanmalar bilan tanishib, o'z faoliyatida qo'llab borishi.
9) O'quv jarayonining yuqori texnik jihozlari (kosmik fotosuratlar, o'quv televizion dasturlari, videofilmlar va video to'plamlar, kompyuter dasturlari, geografik axborot tizimlari va boshqalar) o'rta maktabda geografiya darslarida ham qo'llaniladi.
XULOSA
O'rganilgan ma'lumotlar asosida biz quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin: xorijiy davlatlar maktablarida geografiya o'qitish rivojlanishining hozirgi bosqichida geografiya o'qitishning O'zbekistondagi maktablarga qaraganda ustunlik qilishi aniq, albatta. Bunga quyidagi omillar sabab deb hisoblaymiz:
- geografiya kursining asosi bo'lgan ona yurt va ona yurt geografiyasini o'rganishga alohida e'tibor beriladi;
- birinchi navbatda o'quvchilarda bilim faolligini rag'batlantirishga, amaliy ko 'nikmalarni shakllantirishga alohida munosabatda bo'linadi;
May, 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1
- darsda turli xil mashg'ulot shakllari qo'llaniladi - o'yinlar, modellashtirish, ekskursiyalar, shaxsiy va guruhli geografik tadqiqotlar, loyihalar va boshqalar.
- sinf-auditoriyaning zamonaviy texnik jihozlar bilan ta'minlanganligi darajasi.
Bizning mamlakatimizda esa iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyatlari, maktab
va maktab geografik ta'limi tizimining o'ziga xos xususiyatlari sababidan sog'lom fikrlovchi, yuksak axloqiy fazilatlarga ega shaxsning shakllanishiga, uning ma'naviyatiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan bunday darajadagi tendensiya lozim darajada shakllanmagan. Shu boisdan ham bizlarda ko'p hollarda "to'g'ri yo'l ko'rsata olish" va turli vaziyatlarga javob bera olish qobiliyati shakllantirishda oqsashlar mavjud, deb ayta olamiz. Ularni bartaraf qilishda esa albatta, avvalo soha vakillaridan, qolaversa butun jamiyat a'zolaridan o'z burch va majburiyatlarini sidqidildan bajarishi talab etiladi.
Geografiya metodologiyasida xorijiy davlatlarning tajribalarini, yutuqlarini o'rganish, bizning mentalitetga mos bo'lgan qismlaridan dars mashg'ulotlarini tashkil etishda foydalanish ham alohida ahamiyatga ega. Yuqoridagi paragrafda Yaponiya, Fransiya Buyuk Britaniya, Germaniya, Finlandiya, Rossiya davlatlarining geografiya metodologiyasiga oid yutuqlari va o'ziga xos xususiyatlari bilan qisman tanishib chiqildi. Shulardan xulosa qilib, bizning geografiya dars mashg'ulotlarimizni tashkil etishda ham ularda mavjud tajribalardan foydalanish lozim. Xususan, Germaniyadagi geografiya ta'limi markaziga eng avvalo Ona Vatanga muhabbat hissini shakllantirish, uning barcha xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish masalasini qo'yish tajribasini o'zlashtirish, Fransiya va Angliyadan esa har bir obyektni imkon qadar his etib tushuntirish (o'rganilayotgan obyektga yoki uning xususiyatlari mujassam bo'lgan joylarga ekskursiyalar tashkil etish orqali) tajribasini o'zlashtirish, Yaponiyadan milliy, an'anaviy, diniy omillardan ta'lim sifatini yuksaltirishda munosib foydalanish tajribasini o'zlashtirish, Finlandiyadan esa eng avvalo bolaning shaxsiy fazilatlarini va unga hayotda kerak bo'ladigan ko'nikmalarni o'rgatish tajribasini o'zlashtirish mumkin.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni(https://lex.uz/uz/docs/-5841063#-5844604)
2. Т.А.Губарева. Зарубежный опыт преподавания географии в школе.(Особенности преподавания географии в других
странах (на примере Великобритании). Статья/2016
May, 2023
ISSN^^m-mS^^JSI^OJJTj^it^^
3. T.AXyöapeBa. Зарубежный опыт преподавания географии в школе.(Особенности преподавания географии в других странах (на примере Великобритании). Статья/2016
4. Научно-практическая конференция «Три века географического образования в России» 3—5 ноября 2003 г. Санкт-Петербург. (Перевод А.Г. БУЙЧИКА)
5. И.Л.Тхуго. Современное состояние и проблемы развития содержания школьного географического образования в Японии. диссертация ... кандидата педагогических наук: 13.00.02
6. F.A.Ibrohimov, Z.M.Kabirova. Inklyuziv ta'lim va yangicha pedagogik yondashuvlar. Academic research in educational sciences 2 (CSPI conference 1),
7. SI Doniyev, FA Ibrohimov, IS Joldasov. Boshlang'ich ta'lim rivojlanish tendensiyalari (Finlandiya ta'lim tizimi misolida). Pedagogika va psixologiyada innovatsiyalar.(2-maxsus son). Toshket-2020.
567-571
May, 2023