GEOGRAFIYA FANINI O'QITISHDA XORIJIY MAMLAKATLAR
TAJRIBASI
Madiyar Daniyarovich Abdullayev
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Geografiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi
uz geo graf22 @ gmail. com
Ushbu maqolada geografiya fanini o'qitishda ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasi va ulardagi ilg'or o'qitish usullari yoritilib berilgan.
Kalit so'zlar: geografiya ta'limi, ta'lim tizimi, ilg'or xorijiy tajribalar, o'qitish usullari, innovatsion ta'lim.
This article highlights the experience of some foreign countries in teaching geography and their advanced teaching methods.
Keywords: geography education, educational system, advanced foreign experiences, teaching methods, innovative education.
Jahon ta'limida zamonaviy va safatli bilim berish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. XXI asrda ta'lim yangi ijtimoiy-madaniy o'zgarishlarni shakllantirmoqda. Jahonda ta'lim sohasining rivojlanishi fanlarni interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar asosida o'qitishni takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Mamlakatimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar iqtisodiyot sohalari va ilm-fan sohasidagi islohotlar umumiy o'rta ta'lim maktablarida geografiya ta'limini isloh qilishga ahamiyat berilmoqda. Geografiya fani sohasida ham ta'lim jarayoniga ilg'or xalqaro tajribalarni joriy etish, o'quvchilarning fanni o'qish orqali bilim darajasining oshirishga xizmat qiladi. O'qitish amaliyotiga ta'limning innovatsion shakllarini joriy etish, o'quvchilarning bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarining shakllanishiga xizmat qiladi. Bu vazifani amalga oshirishda hozirgi zamonaviy pedagogning kasbiy mahorati alohida o'rin tutadi. Pedagog o'quvchilarga bilim beruvchi sifatidagina emas, balki ularning o'qishi, izlanishi va fikrlashi uchun sharoit yaratib beradigan shaxs sifatida turishi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
lozimdir.
July, 2022
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Dunyoning ko'pgina mamlakatlarida geografiya fanini o'qitishda e'tibor berilayotgan asosiy jihat shundaki, o'quvchilarning ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan. Bu davlatlarda geografiya ta'limi ko'proq fan bo'yicha muammolarni, nazariyalarni, qonunlarni va kategoriyalarni o'rganishga qaratilgan.
Oxirgi o'n yilliklarda jahon mamlakatlaridagi maktablarda geografiya fani bo'yicha ta'lim berish va oliy ta'lim muassasalarida geografiya o'qituvchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish ancha yuqori pog'onaga ko'tarildi.
Hozirgi kunda geografiya ta'limi jahonning ko'pgina mamlakatlarida uchta yo'nalishda o'qitiladi.
Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta'limi asosiy tabiiy va iqtisodiy geografiya kurslaridan tashkil topgan. Shahar va qishloq joylaridagi barcha mamlakatlarda yagona o'quv rejasi asosida o'tkaziladi.
Ikkinchi guruh mamlakatlarda geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida emas, balki integratsiya tarzida bo'lib, boshqa fanlar, kurslar tarkibiga qo'shilib ketgan. Bunda geografiyani chuqur o'rganishni xohlovchilar maxsus fakultativ mashg'ulotlar orqaligina o'z bilimlarini oshirishlari mumkin. Shu tufayli ham bu guruhdagi davlatlarda geografiya ta'limi bo'yicha yagona davlat rejasi yo'q. Har bir o'qituvchi maktab joylashgan sharoit nuqtai nazardan kelib chiqib, o'quv dasturini tuzishi mumkin.
Uchinchi guruh mamlakatlarda geografiya majburiy o'rganiladigan fanlar qatoriga kirmaydi va uni fakultativlar orqali o'rganish, asosiy o'rinni egallaydi. Umuman olganda Yevropa va Amerikaning rivojlangan mamlakatlarida barcha o'quvchilar uchun majburiy bo'lgan fanlar qatorida, xilma-xil murakkablikdagi fakultativ kurslar turi keng tarqaldi [1].
NATIJALAR
Jahon tajribasida 3 bosqichli ta'lim tizimi asosiy hisoblanadi, ya'ni boshlang'ich maktab (I-IV sinf), o'rta bosqich (V-IX sinf), yuqori bosqich (IX-XII sinf).
Ko'pchilik davlatlarda har bir bosqichdagi ta'limda o'qish yili o'zgarib tura di, boshlang'ich maktabda 6-9 yosh, o'rta bosqich 10-14 yosh, yuqori sinfda 14-16 yoshni tashkil qiladi. Har bir bosqichda geografiya ta'limi o'ziga xos maqsadga ega. Masalan, birinchi bosqich maktabda geografiya ta'limining asosiy maqsadi, yaqin atrof-muhitni o'rganish, moddiy va ma'naviy boyliklarga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat. Ikkinchi bosqichda o'z mamlakatining xo'jalik hayotini o'rganish zarur kasblar
July, 2022
198
haqida ma'lumotlar olish, ta'limiy ko'nikma va malakalarini shakllantirishd an iborat. Uchinchi bosqichdagi maktablarda insoniyatning global muammolarini va jahon xo'jaligini o'rganishdan iborat. Jahon tajribasida geografiya o'qitishning ahvoli muhim emas. Shu tufayli uni o'quvchilarga o'qitish bo'yicha ikki fikr tarafdorlarining fikri-o'quv rejalarda geografiyani mustaqil fan sifatida muntazam o'tishni amalga oshirish bo'lsa, ikkinchi yo'nalish tarafdorlari geografiyani boshqa o'quv fanlari bilan integratsiya tarzida qo'shib, o'tishni isbotlab berishga urinadilar.
Rivojlangan mamlakatlarda geografiya ta'limida ta'limning ruhiy jabhalari asosiy o'rinni egallaydi. O'quvchi ruhiyati uning bilish faoliyatini o'rganish katta e'tibor beriladi. Geografiya ta'limida turli matnlar, o'yinlar, immitatsiya keng qo'llaniladi. Ular hatto, ta'lim metodlari sifatida ham qo'llaniladi. Umuman bunday ta'limning asosiy maqsadi o'quvchilarni kelgusi hayotga, ya'ni ishbilarmonlikka tayyorlashdan iborat. Turli mamlakatlardagi geografiya o'quv darsliklari va qo'llanmalarini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, bitta o'quv kursini o'qish uchun bir nechta qo'llanmalar chiqariladi. Ko'pchilik hollarda ular qiziqarli ma'lumotlarga boy bo'lib, axborot berish xususiyatiga ega. Bunday qo'llanmalarda matn 20-30%, tasvir 20%, statistika 20%, savol va topshiriqlar 20% ni tashkil etadi. Quyi sinflarda o'tiladigan geografiya darsliklarida deyarli xarita yo'q, ular o'rnini xarita sxemalari egallagan. Matnlarda raqamli sxemalar deyarli uchramaydi, mavjudlari ham taqqoslash harakteriga ega bo'lib, ular eng past, eng yuqori, eng kichik, eng baland, eng uzun kabi tarzida beriladi.
Darsliklarda ishlab chiqilgan mavzu yoki bo'limlardan keyin qo'yiladigan savol va topshiriqlar mavzuning mazmunini aks ettirmasligi ham mumkin. Qo'yiladigan savollarning aksariyati muammoli topshiriqlar, diskussiya savollari, amaliy o'yinlar tarzida berilgan. O'quvchilar uchun chiqarilgan geografiya darsliklarida kompyuterlar bilan ishlash uchun maxsus savollar, qiziqarli topshiriqlar, matematik statistika usullari, turli o'yinlar, testlar tarzida geografik bilimlarni egallashga keng o'rin berilgan. O'quvchlar ularni mustaqil bajarish jarayonida tadqiqotchi rolini o'ynaydilar.
Geografiya fani o'quv dasturlari ko'pchilik davlatlarda bir xil bo'lib, mamlakatning tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o'rganishga qaratilgan. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida o'quv dasturlari, geografiya darsliklari mamlakat xalq xo'jaligi ehtiyojlarini e'tiborga olgan holda tuzilmoqda.
Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda geografiya ta' limining mazmuni jihatidan yuqori darajada bo'lib, o'quvchilardan ma'lum ko'nikmalar
shakllantirishga qaratilgan.
July, 2022
Keyingi paytlarda rivojlanayotgan mamlakatlarda o'quv dasturlari geografiya darslari iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini e'tiborga olgan holda tuzilmoqda.
Ko'pchilik mamlakatlar geografiya ta'limi davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tizimi bilan bog'liq bo'lib, ularda tabiiy va iqtisodiy geografiyani o'rganish asos qilib olingan.
Deyarli, barcha rivojlanayotgan va rivojlanmagan mamlakatlarda ekologik ma'lumotlar bilan o'quvchilarni tanishtirish geografiya dasturlarida yetarlicha o'rinni egallagan. Maktablarda geografiya bo'yicha yagona dastur yo'q. Har bir o'lka o'z dasturi va darsliklariga ega.
Dunyoning ko'plab davlatlarida geografiya ta'limida eng ko'p qo'llaniladigan usullar quydagilar hisoblanadi.
1) Evristik suhbat usuli. Bunda e'tibor o'quvchilarni ko'proq mustaqil bilim olishga, kichik tadqiqotlar qilishga o'rgatishdan iborat. Rasmlar, turli xil hujjatlar, vositalar asosida muammolar va savollar o'quvchilar diqqatiga havola etiladi. Bunday usul ko'proq AQSH, Buyuk Britaniya, Yangi Zellandiya, G'arbiy Yevropa davlatlarida keng tarqalgan.
2) Tarqatmalar usuli. Bunda turli chizmalar, jadvallar, xaritalar va boshqa tarqatma materiallar tarqatiladi. Bu tarqatmalar vazifasiga ko'ra turlicha ko'rinishda bo'lishi mumkin. Masalan, tarqatma materialda xatoliklar beriladi va o'quvchilar bu xatoliklarni topish, ularni yechish yo'llarini izlashlari lozim bo'ladi. Turli xil misollar va masalalar yechish ham o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini oshirish tufayli ulardan keng qo'llaniladi, o'quvchilarda ishbilarmonlik, uddaburonlik hislatlarini shakllantirish uchun ham ko'proq misol va masalalardan foydalaniladi.
3) To'g'ri-noto'g'ri usuli. Matnlar, ya'ni javoblar to'g'ri, noto'g'ri tarzda aralashtirilib berilishi shulardan to'g'risini raqamlar bilan belgilab ajratish ham keng qo'llaniladigan usullardandir.
4) Statistik manbalar bilan ishlash, kartografik qo'llanmalardan foydalanish, matematik modullashtirish keng tarqalgan o'qitish metodlari hisoblanadi. Ayniqsa diskussiya, rivojlangan mamlakatlar geografiya ta'limida keng tarqalgan.
Hozirda mamlakatimizda darslik va o'quv qo'llanmalar xorij iy davlatlardagi kabi tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Bu masalani hal etishda o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim mazmunini belgilashda ustuvor maqsad bo'lishi zarur. Ta'lim mazmunini belgilashda o'qitish texnologiyasi va o'quvchi tomonidan bajariladigan ta'limiy topshiriqlarni aniq rejalashtirish talab etiladi. Buning uchun darslarda nostandart testlar, mavzu asosida muammoli va tadqiqot harakteriga ega turli yo'nalishdagi topshiriqlar, innovatsion usullarni yaratish va kengaytirishga
July, 2022
200
imkoniyat yaratadigan o'quv va uslubiy qo'llanmalarni tayyorlash hamda ularni takomillashtirib borish maqsadga muvofiq.
Mamlakatimizda geografiya fanini yangi ta'lim texnologiyalari asosida qo'llash uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Lekin mazkur texnologiyalarni qo'llash bo'yicha ilmiy-metodik ishlar juda sust olib borilmoqda.
Rivojlanagan mamlakatlar xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Germaniya kabi mamlakatlarda ta'limda qo'llanilayotgan innovatsion usullarning aksariyati o'quvchilarning kreativ fikrlashi va qobiliyatini hisobga olgan holda olib boriladi.
MUHOKAMA
Jahondagi globallashuv va integrallashuv sharoitida barcha sohalarda kuchli raqobat muhitini shakllantirib, natijada ta'lim sohasiga nisbatan yangi talablarni qo'ymoqda.
Birinchidan, ayni paytda, barcha mamlakatlar, birinchi navbatda jamiyat, munosabatlar tabiatini o'zgartiruvchi innovatsion texnologiyalarni o'zlashtirish bilan bog'liq bo'lgan o'zgarishlarni boshidan kechirmoqda, ya'ni:
biznes va tadbirkorlikning jadal rivojlanayotgan raqamli muhiti hamda insonlar turmush tarzidagi zamonaviy o'zgarishlar, jumladan, pandemiya holati;
mehnat bozorining real talablari asosida yuqori kompetentli mutaxassislar tayyorlab beruvchilar o'rtasidagi global raqobatning kuchayishi bilan bog'liq o'zgarishlar;
ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlari yo'nalishlarining ommalashishi, ishtirokchilar safi va tadqiqot yo'nalishlarining kengayishi bilan bog'liq o'zgarishlar;
xalqaro baholash natijalariga ko'ra davlatlar va sohalarning barqaror taraqqiyotini ta'minlovchi strategik dasturlarning qabul qilinishi bilan bog'liq o'zgarishlar yuz bermoqda.
Ikkinchidan, ta'lim tizimida yuzaga kelgan muammolarning yechimini ta'lim sifatidagi yo'qotishlarsiz, ilg'or xorijiy tajribalarga asoslangan holda, yangi yondashuvlar asosida topish talab etilmoqda.
Uchinchidan, raqamli iqtisodiyot muhitida XXI asr ko'nikmalariga ega bo'lgan kadrlarga ehtiyoj oshib ketmoqda, globallashuv davrida mamlakatimizning barqaror taraqqiyotini ta'minlay olishga qodir vatanparvar shaxslarni tarbiyalay oladigan ta'lim zarurdir.
XULOSA
July, 2022
Geografiya fani bo'yicha respublikamizda xorijiy mamlakatlarning ta'lim tajribasidan kelib chiqqan holda quydagi ishlarni amalga oshirish mumkin:
- dars jarayonida faollashtirish, muammoli hamda tadqiqot xarakteriga ega bo'lgan yangi g'oyalar yaratish;
- tizim yoki faoliyat yo'nalishini o'zgartirishga qaratilgan aniq maqs adlar qo'yish;
- noan'anaviy yondashuvlar, odatiy bo'lmagan tashabbuslar orqali harakatga keltiruvchi, ta'lim jarayonining sifatini kafolatlaydigan innovatsion metodlar yaratish va amaliyotga tatbiq etish;
- o'quv topshiriqlari, nostandart testlardan iborat bo'lgan darslik va o'quv qo'llanmalarni yaratish;
- o'qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to'la tushunishi va o'z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur.
REFERENCES
1. Vahobov H, Alimqulov N.R., Sultanova N.B. Geografiya o'qitish metodikasi. Nodirabegim.-T .: 2021. - B. 22-34
2. Ibroimov, S., & Madaminova, M. (2020). Maktablarda geografiya fanini o'qitish samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarni qo'llash. Academic research in educational sciences, (1).
3. Sultonova N.B. , Abdimurotov O.U. "Amaliy geografiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish". "Ta'lim texnologiyalari" ilmiy-uslubiy jurnal 2014-yil № 2(46). Toshkent, 55-59
4. Alimqulov N.R. Abdimurotov O.U. Yandasheva G. Sobirov E. "Umumta'lim maktablarida geografiya darslarini o'qitishda kartografik texnologiyalardan foydalanish". Farg'ona vodiysida tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishning dolzarb muommolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Namangan, 6-7-iyun 2014-yil. 122-124-bet
5. Abdimurotov O.U. "Tabiiy geografiya kurslarida amaliy mashg'ulotlarni tashkil qilishda interfaol metodlarning qo'llanishi". Ta'limni axborotlashtirishning zamonaviy interfaol texnologiyalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent, 2015-yil II-Tom 25-27-bet
6. Alimqulov N.R. Sultonova N.B. Abdimurotov O.U. " Umumiy yer bilimi kursida amaliy mashg'ulotlarni o'qitishda modulli ta'lim texnologiyasidan foydalanish". Geografiya fani va ta'limning zamonaviy muommolari.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent, 20- may
2015-yil 361-364-bet
July, 2022
7. Sultonova N.B. Abdimurotov O.U. "O'zbekiston tabiiy geografiyasi kursida Keysstadi texnologiyasidan foydalanish". Geografiya fani va ta'limning zamonaviy muommolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent, 20-may 2015-yil 423-426-bet
8. Abdimurotov O.U. Umumta'lim maktablari o'quv atlaslari mazmunini takomillashtirish (5, 6 va 7-sinf atlaslari misolida). Узбекистан География жамияти ахбороти, 56-жилд - Т., 2019.
9. Abdimurotov O.U. The importance of preparing future geography teachers for the international PISA program. "Экономика и социум" электронное научно-практическое периодическое издание. Выпуск №5(72) май, 2020.
10. Shernayev A.O'. The System Of Working With Maps In Geography Lessons In Secondary Schools Of Uzbekistan. Jour of adv research in dynamical & control systems, vol. 12, special issue -06, 2020.
July, 2022