Научная статья на тему 'Ta’lim tizimi barqarorligini ta’minlashda xorijiy manbalarning o’rni'

Ta’lim tizimi barqarorligini ta’minlashda xorijiy manbalarning o’rni Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
287
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Ta’lim / zamonaviy bilim / modernizatsiya / ta’lim texnologiyalari / sifatli ta’lim

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilafruz Dilmurod Qizi Qayumova

Mazkur maqolada ta’lim tizimi va uni rivojlantirish, Finlandiya ta’lim tizimi, Amerika ta’lim tizimi, O’zbekistonda ta’lim tizimini rivojlanishi haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Ta’lim tizimi barqarorligini ta’minlashda xorijiy manbalarning o’rni»

Ta'lim tizimi barqarorligini ta'minlashda xorijiy

manbalarning o'rni

Dilafruz Dilmurod qizi Qayumova dilafruzqayumova000@mail. com Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada ta'lim tizimi va uni rivojlantirish, Finlandiya ta'lim tizimi, Amerika ta'lim tizimi, O'zbekistonda ta'lim tizimini rivojlanishi haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim, zamonaviy bilim, modernizatsiya, ta'lim texnologiyalari, sifatli ta'lim

The role of foreign resources in ensuring the stability of the

educational system

Dilafruz Dilmurod kizi Kayumova dilafruzqayumova000@mail. com Namangan State University

Abstract: This article provides information about the educational system and its development, the Finnish educational system, the American educational system, and the development of the educational system in Uzbekistan.

Keywords: Education, modern knowledge, modernization, educational technologies, quality education

"Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug' istiqboli, birinchi navbatda, ta'lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog'liq"- Shavkat Mirziyoev.

Bugun yangi O'zbekiston jahon hamjamiyati safida o'z o'rniga ega bo'lib bormoqda. Mamlakatdagi har bir soha zamonga xos va mos tarzda rivojlantirilib, har bir sohada yangilanish nafasi ufurmoqda.

Jahonda ta'lim sohasini rivojlantirish masalasi dolzarb vazifalar sifatida e'tirof etilmoqda. Ta'lim har bir davlatning ma'naviy-madaniy hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilab beruvchi asos hisoblanadi. Ta'lim paradigmasida har bir o'quvchining individual rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olib, zamonaviy o'qitish

tizimida o'quvchilarda fanlarga oid kompetentsiyalarini shakllantirish, ularda mustaqil fikrlash, ijodkorlik, yaratuvchanlik, tashabbuskorlik, muloqotga tezda kirisha olish kabi xususiyatlarni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu esa, o'z navbatida kompleks yondashuv asosida boshlang'ich ta'limdan boshlab o'quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirishning metodik asoslarini takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.

Bugungi kunda ta'lim sohasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada o'quvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini uzluksiz ta'limning boshlang'ich bo'g'inlaridan boshlash, aniqlash va rivojlantirish maqsadida xalqaro dasturlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, o'quvchilarining bilm olish darajasini takomillashtirish ustida tizimli hamda maqsadga yo'naltirilgan faoliyatni tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Shu jihatdan o'quvchilarni zamonaviy xorjiy tajribalar asosida bilm olish ko'nikmalarini rivojlantiruvchi ta'limiy jarayonni tashkil etishning pedagogik va metodik imkoniyatlarini yanada kengaytirish alohida ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida: "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" tasdiqlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi prezidenti SHavkat Mirziyoyev 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son farmoni tasdiqlandi. Ushbu konsepsiyadan kutilayotgan natijalar Oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari, nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta'lim bilan qamrov darajasining 50 foizdan yuqori bo'lishi ta'minlash, sohada raqobat muhitini yaratish. Oliy ta'lim muassasalarini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tkazish, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg'or standartlarini joriy etish bilan birga o'quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo'naltirilgan ta'limdan amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga o'rgatuvchi ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o'tish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko'lamini kengaytirish va boshqa budjetdan tashqari mablag'lar hisobiga oliy ta'lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlari tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy tatqiq etuvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish, oliy ta'limning investitsiyaviy jozibadorligi oshirish, xorijiy ta'lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish talaba-yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora

tatbirlarni o'z ichiga olgan beshta tashabbus asosida rivojlantirish va boshqa maqsadli rejalar ko'zda tutilgan. [1] Ta'lim dunyodagi eng o'zgaruvchan jarayon bo'lib shaxsni balki jamiyatni ham shakllantiradi. Dunyoning qaysi burchagida bo'lishimizdan qat'iy nazar birinchi ta'limga e'tibor berishimiz kerak, chunki ta'lim bizga yangi bilimlar olish, oqilona fikrlash, hayotda taraqqiyot va dunyoni tushunishga yordam beradi. Ta'lim barcha mamlakatlarda mavjud va qadrlanadi.

Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda ta'lim tizimida ko'plab yangicha isloxotlar amalga oshirilmoqda. O'zining ta'lim tizimi bilan yuqori o'rinlarni egallab kelayotgan Finlandiya ta'lim tizimi tajribasini misol tiriqasida keltirib o'tsak. Finlandiya o'zining ta'lim tizimi bilan boshqa davlatlardan ajralib turadi. Finlyandiyaning asosiy ta'lim to'g'risidagi qonunida (1998-yil) Finlyandiya ta'limining uchta asosiy maqsadi belgilab berilgan:

1) o'quvchilarga hayotda zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni berish

2) jamiyatda rivojlanish va tenglikni targ'ib qilish hamda

3) butun mamlakat bo'ylab ta'lim sohasida tenglikni ta'minlash.

Finlyandiya aholisi bugungi kunda 5,5 mln. kishini tashkil etadi va mamlakatda

mavjud 2341 ta umumta'lim maktablarida taxminan 560500 nafar o'quvchi tahsil oladi. Maktablarda haftasiga 5 kunlik o'qish joriy etilgan. Barcha maktablar bir xil mavqega ega, bolalar qobiliyatiga ko'ra turli sinf yoki ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga ajratib o'qitilmaydi.

Finlyandiya ta'lim tizimining asosini quyidagi 7 ta tamoyil tashkil etadi deyish mumkin:

1. Tenglik - Finlyandiyadagi barcha maktablar o'quvchilarga bir xil sharoit va bir xil ta'lim tizimini taqdim etadi.

2. Bepul ta'lim - bepul ta'lim berish bilan birgalikda o'quvchilarga barcha o'quv jihozlari va tushlik ham bepul taqdim etiladi.

3. Individuallik - darslarni o'zlashtirishi qiyin bo'lgan o'quvchilar bilan o'qituvchilar yoki yaxshi o'zlashtirgan o'quvchilar alohida shug'ullanishadi. Finlyandiyada o'quvchilar qo'shimcha darslarga qoldirilmaydi.

4. Amaliylik - o'quvchilarni imtihonga emas balki hayotga tayyorlash. Darslarda o'quvchilar, masalan, viza kartadan qanday foydalanish, shartnomalar tuzish, saytlar yaratish, tikish, ovqat pishirish, marketing va sotuv ishlari bilan shug'ullanish kabi amaliy ishlar bilan shug'ullanadilar.

5. Ishonch va o'qituvchilar salohiyati - barcha maktablardagi o'qituvchilar magistratura darajasiga ega bo'lishlari shart. O'quvchilarga uy vazifasi deyarli berilmaydi, ota-onalar farzandlari bilan uyda shug'ullanmaydi va o'qituvchilarning o'quvchilarni hayotga tayyorlashiga to'liq ishonishadi.

6. Ixtiyoriylik - dars jarayonida qay darajada ishtirok etish o'quvchilar ixtiyorida. O'qituvchilar o'quvchilarni darsga qiziqtira olmasalar o'quvchilar sinfni

tark etishi yoki o'zlari yoqtirgan boshqa biror mashg'ulot bilan shug'ullanishlari mumkin.

7. Mustaqillik - fin ta'lim tizimida o'qituvchilar o'quvchilarni imkon qadar o'zlari bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishlari kerakligiga yo'naltiradi. Bilimlarni hayotda qanday tatbiq etish ko'nikmalari amaliy mashg'ulotlar yordamida shakllantiriladi. O'quvchilarning har qanday fikrlari inobatga olinadi va qo'llab quvvatlanadi.

Bundan tashqari, fin jamiyatida mavjud yuqori saviyadagi kitobxonlik madaniyati ham o'quvchilarning muvaffaqiyatiga bevosita ta'sir qiladi. Xulosa qilib aytganda, Finlyandiya ta'lim tizimining muvaffaqiyati fin xalqining qadriyatlari va madaniyat bilan chambarchas bog'liq. Finlyandiya muvaffaqiyatidan saboq olish, ta'lim tizimini chuqur o'rgangan holda undagi muhim jihatlarni o'zimizga moslashtirgan holda foydalanishimiz zarur.

O'zining ta'lim tizimi bilan Amerika ham ko'plab talabalarni o'ziga jalb etadigan yetakchi davlatlardan biridir. U yerda sifatli ta'lim, dunyoga tanilgan professor-o'qituvchilar va zamonaviy infratuzilma va inshootlar mavjud. AQSH universitetlari ikki milliondan ortiq kurslarni taklif qiladi.Ta'lim tizimi boshlang'ich, o'rta maktab, oliy ta'limni o'z ichiga oladi. Oliy ta'limda bakalavriat va aspirantura mavjud. AQSH kredit tizimiga o'tgan bo'lib, unda o'qish dasturingizni yakunlash uchun 30kreditni to'plashingiz kerak.

AQSH maktablarida o'qish uslubi boshqa mamlakatlarnikidan biroz farq qiladi. Ular nazariy bilimga emas, balki amaliy bilimga ko'proq e'tibor berishadi. Shuningdek, dunyodagi eng nufuzli ta'lim tizimlaridan birida ta'lim olish sizni yorug'likda turishingizga yordam beradi. Shuningdek, AQSh talaba ta'limiga dunyoning istalgan davlatiga qaraganda ko'proq pul sarflaydi. Bu AQSh ta'lim tizimining eng yaxshilaridan biri bo'lishining sabablaridan biridir. Amerika Qo'shma Shtatlarida savodxonlik darajasi taxminan 99 foizni tashkil qiladi. Fuqarolarni zarur boshlang'ich ma'lumotga ega bo'lish uchun yig'adigan qonun tufayli. Ushbu shtat qonunchiligini 6 yoshdan 8 yoshgacha bo'lgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan har bir talaba ta'lim olishi kerak. Xulosa shuki AQSh ta'lim tizimining afzalliklari uning talabalar tarkibidagi xilma-xilligi, ta'lim tizimidagi talablar, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg'unligi hamda dunyo miqyosida tan olingan universitetlardir.

Xulosa qilib aytganda, Amerika va Finlyandiya davlatlari ta'limiga berilgan ustuvorlik uzoq yillardan beri o'quvchilarning xalqaro baholash dasturlarida yuqori natijalarga erishishining asosi bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Finlandiya davlati o'quvchilari hamma tadqiqotlarda tabiiy fanlar bo'yicha - dunyoda ikkinchi, matematika bo'yicha esa, beshinchi o'rinni egallashadi. Biz bolani yo hayotga tayyorlaymiz, yo-imtihonga. Biz birinchisini tanladik, shiori Finlyandiya ta'limining yetakchi shiorilaridandir. Yoki Amerika ta'lim tizimidagi zamonaviy texnologiyalar

bilan ishlashi dunyo bo'ylab yildan yilga ko'plab o'qituvchilarni qiziqtirib kelayotgani ushbu davlatlarning ta'lim tizimi o'rganib amaliyotga joriy qilish kerakligini anglatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. PF-5847-son 08.10.2019. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida https://lex.uz/ru/docs/-4545884#-4547594

2. Best education system in the world-20best countries https://www.upgradabroad.com/articles/best-education-system-in-the-world/

3. Amerika ta'limi https://fayllar.org/amerika-talimi.html

4. O'zbekistonda ta'lim- wikipediya https://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%Ca%BBzbekistonda_ta%CA%BClim

5. М^шибекова БошланFич синфларда steam - таълим технологиясидан фойдаланиш методикаси......авторефарат PhD -Наманган. 2022

6. С.Сулаймонова "Анимацион ёндашув асосида бошла^ич синф укувчиларида экологик тушунчаларни ривожлантириш технологияси" авторефарат PhD -Наманган. 2022

7. Azimaxon Kamolova osh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12. 590-592 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.