Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH'

TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
86
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / sifat / pedagogika / xalqaro tajriba.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Isayeva Nargiza Xamidovna, Turdiqulova Maftuna Maxmud Qizi

Maqolada ilg’or xorij tajribalaridan Finlandiya va Singapurning ta’lim tizimi tuzilmasi, tajribasi va zamonaviy ta’lim dasturlari qisqacha tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim tizimidagi yutuqlari, ta’lim standartlari monitoring qilingan. O’zbekistonning ayni damdagi yutuqlari e’tirof etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH»

TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH 1Isayeva Nargiza Xamidovna, 2Turdiqulova Maftuna Maxmud qizi

1Toshkent davlat pedagogika universiteti "Ta'lim menejmenti" kafedrasi v/b dotsenti

nargizaisaeva2018@bk.ru 2Maktab menejmenti ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8051825

Annotatsiya. Maqolada ilg'or xorij tajribalaridan Finlandiya va Singapurning ta'lim tizimi tuzilmasi, tajribasi va zamonaviy ta'lim dasturlari qisqacha tahlil qilingan. Shuningdek, ta'lim tizimidagi yutuqlari, ta'lim standartlari monitoring qilingan. O'zbekistonning ayni damdagi yutuqlari e 'tirof etilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, sifat, pedagogika, xalqaro tajriba.

Bugungi islohotlarga boy davrda Vatanimiz ta'lim tizimi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirmoqda. Jumladan, O'zbekistonda ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablag'lar yo'naltirilmoqda. Maktabgacha ta'lim, maktab va oliy ta'lim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat o'zgarishlari ro'y bermoqda.

Ushbu modernizatsiya jarayonlari, islohot va o'zgarishlar natijadorligi maktab ta'limiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish masalasiga borib taqalmoqda. Shunday ekan, maktab faoliyatini demokratlashtirish, uning insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosida o'quv tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirish muhim vazifa bo'lib qolmoqda . Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek : "Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir"[1].

Bu vazifalarni muvvafaqiyatli hal etishni muhim shartlaridan biri esa xorij ta'lim tizimi va pedagogikasi tajribalarini o'rganishdir. Bu borada Finlyandiya tajribasi alohida, ayni damda muhim ahamiyatga ega. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo'yicha dunyoda eng ilg'orlardan biri hisoblanadi.

Avvalroq Finlandiya ta'lim tizimi ham boshqa davlatlarnikidan farq qilmasdi, ta'lim yodlab o'rganishga asoslangan va qattiq standartlashtirilgan edi. Aynan 1960 yillar oxiriga kelib ta'lim sohasida boshlangan tizimli islohotlar 2000 yillardan boshlab Finlandiya ta'lim ko'rsatkichlari dunyoda eng yuqorilardan biriga aylanishiga olib keldi.

Finlar birinchi navbatda maktablarni kichik jamiyatlarga aylantirishga harakat qildi va buni ta'milash uchun uning quruvchilari — o'qituvchilarni tayyorlashga katta e'tibor qaratdi. O'qituvchilarni tayyorlash uchun uch yillik bakalavr va ikki yillik magistratura darajasidan iborat jami 5 yillik dastur joriy qilindi, o'qituvchi bo'lish uchun magistratura darajasiga ega bo'lish majburiy qilib qo'yildi.

Pedagogika yo'nalishiga eng qiyin qabul joriy qilingan, hujjat topshirganlarning esa 10 foizigina sinovdan o'ta oladi. Ya'ni bu qayerga topshirishni bilmaganidan topshirib kirib ketadigan yo'nalish emas, balki yuridik yoki iqtisodiy soha kabi eng nufuzli yo'nalishlardan biridir. 30-40 yil davomida uzluksiz o'ta yuqori darajali o'qituvchilar t ayyorlanishi natijasida mamlakatning barcha maktablari elita darajasidagi o'qituvchilar bilan to'lgan.

Minglab varaqlik o'quv dasturlari o'rnini ham 10 varaq atrofidagi umumiy tavsiyalar egallagan. O'qituvchilar berilgan standartlarni qat'iy joriy qiladigan texnik xodimlar emas, balki

vaziyatni tahlil qilib harakatlanadigan qaror chiqaruvchilar hisoblanadi. O'qituvchilarning malakasiga ishonch shunchalik kattaki, darsliklar uchun ham umummilliy standartlar bekor qilingan — o'qituvchilar o'zlarining va o'quvchilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib darslik tanlaydi.

Finlandiyada o'quvchilar maktabdagi butun davri davomida faqatgina bitta, o'rta maktab oxirida majburiy imtihon topshiradi. Yana bir muhim jihat shundaki, o'quvchilar o'rtasida ham, maktablar o'rtasida ham reytinglar umuman yo'q. O'zlashtirishi sekin yoki imkoniyati cheklangan o'quvchilarga individuallashtirilgan dastur taqdim etiladi va ularning boshqalarga yetib olishi ta'minlanadi.

Finlandiya boshqa mamlakatlar singari turli innovatsiyalarni birdaniga mamlakat miqyosida joriy qilishga urinib, muvaffaqiyatsizlikka uchrasa bir necha yildan keyin buni takrorlash yo'lidan ketmagan. U yerda bu doimiy tirik jarayon — nima yaxshi ekanligini maktablarning o'zlari hal qiladi. Bu tizim ishlashiga maktablarning o'zaro tengligi katta hissa qo'shadi — mamlakatda katta maktablar mavjud emas: barcha maktablarda o'quvchilar soni o'rtacha 300 nafar atrofida bo'lishga harakat qilinadi. Bu hamma maktablarga bir xil munosabatda bo'lish imkonini beradi. Bir sinfdagi o'quvchilar soni ham 20 nafardan oshmaydi.

Finlandiyadagi maktablarda o'qituvchi doska oldida turib 45 daqiqa mavzuni tushuntirishiga deyarli guvoh bo'lmaysiz. O'quvchilar o'zaro kelishilgan reja bo'yicha mavzuni o'zlari mustaqil o'rganadi, dars paytida esa kimdir o'qib o'tirganini, kimlardir guruhga bo'linib muhokama qilayotganini, boshqalar o'qituvchiga savollar berayotganini ko'rish mumkin.

Rivojlanayotgan davlatlar Finlyandiya tajribasiga qaraganda bir jihatga katta e'tibor qaratishlari lozim — ya'ni nimadir o'rganmoqchi bo'linsa, Finlyandiya ta'lim tizimining hozirgi holatdan emas, 50-60 yil oldingi holatiga va o'sha davrlardagi muammolarni yechish uchun qaysi bosqichlarni bosib o'tganiga qarashi lozim. Zero biz hozir aynan o'sha holatdamiz.

Yuqoridagi davlatning ta'lim sohasidagi tajribalaridan xulosa qilib yondashgan holda, bugungi kunda zamonaviy o'quv dasturlari, o'qitish metodikalarini o'rganib, yurtimiz umumta'lim maktablarida joriy qilish muhim masalaga aylangan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi ushbu tajriba asosida Milliy o'quv dasturini ishlab chiqdi hamda 2021-2022 o'quv yilidan boshlab ta'lim jarayoniga sinov tariqasida tadbiq etildi.

Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o'rganish orqali ta'lim tarbiyada qotib qolgan, o'z dolzarbligini yo'qotib borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos bo'lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo'shimcha boy manbalarga ega bo'lamiz. Davlatimiz rahbari mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha sohalarga islohotlar sur'atiga mos zamonaviy mutaxassislar kerakligini aytgan edi. Shu maqsadda butun ta'lim tizimi takomillashtirilmoqda. Maktabgacha ta'lim rivojlantirilayotganini maktab saboqlariga puxta zamin bo'lmoqda. Umumiy o'rta ta'lim sifati ilg'or xalqaro tajriba va zamon talablari asosida yuksaltirilmoqda. Prezident maktablari, buyuk allomalarimiz nomi bilan ataladigan ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, Temurbeklar maktablari kabi zamonaviy va innovatsion ta'lim maskanlari tashkil etildi.Ularda xalqaro tajribalar yo'lga qo'yilganligi kelajakda yetuk kadrlar yetishib chiqishidan dalolat beradi. 2019-yil 26- noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviy maktab" larni tashkil etish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4537-sonli Qarori qabul qilindi.[3] Qarorga muvofiq 2021-yilgacha maktablarnng kamida 3 foizi, 2025-yilgacha 20 foizi, 2030yilga qadar esa 50 foizini, "Zamonaviy maktab" larga aylantirishning asosiy parametrlari belgilandi [2] .

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoyev. "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan soha vakillariga yo'llagan tabrik nutqi. Toshkent, 01.10.2020y

2. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020, 384-bet

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining « "Zamonaviy maktab" larni tashkil etish chora tadbirlari to'g'risida»gi PQ-4537-sonli Qarori, 26.11.2019-y. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 07/19/4537/4078-son)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.