Научная статья на тему 'XORIJ TAJRIBALARI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI'

XORIJ TAJRIBALARI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3085
350
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagog kadr / sivilizatsiya / o‘qituvchi / standartlar / ta’lim dasturlari / strategiya / tizim / tarkibiy o‘zgarishlar / dolzarblik. / pedagogical staff / civilization / teacher / standards / educational programs / strategy / system / structural changes / relevance.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — A. Ibragimov, I. Muradov

Ushbu maqolada o‘qituvchilar uchun o‘quv, ijtimoiy va kasbiy qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda mamlakatimiz uchun ham, umuman jahon hamjamiyati uchun ham katta qiziqish uyg‘otayotgan ayrim fanlar bo‘yicha o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish asosida pedagog xodimlarni tayyorlash va ular bilan samarali ishlash tufayli yuqori pedagogik ta’lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar tajribasi tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BASED ON FOREIGN EXPERIENCES TEACHER TRAINING IN UZBEKISTAN IMPROVEMENT ISSUES

This article discusses the needs of teachers in some disciplines, which are of great interest for both our country and the world community in determining the prospects for the development of the system of educational, social and professional support for teachers. The study analyzes the experience of countries that have achieved high pedagogical education processes due to the training of pedagogical staff and effective work with them.

Текст научной работы на тему «XORIJ TAJRIBALARI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XORIJ TAJRIBALARI ASOSIDA O'ZBEKISTONDA PEDAGOG KADRLAR

TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Ibragimov Abdimalik Gapparovich

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bo'lim mudiri, i.f.n., dotsent.

Muradov Ikrom Turdiboyevich A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi https://doi.org/10.5281/zenodo.7297822

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'qituvchilar uchun o'quv, ijtimoiy va kasbiy qo'llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda mamlakatimiz uchun ham, umuman jahon hamjamiyati uchun ham katta qiziqish uyg'otayotgan ayrim fanlar bo'yicha o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyojlarni o'rganish asosida pedagog xodimlarni tayyorlash va ular bilan samarali ishlash tufayli yuqori pedagogik ta'lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar tajribasi tahlil etiladi.

Kalit so'zlar: pedagog kadr, sivilizatsiya, o'qituvchi, standartlar, ta'lim dasturlari, strategiya, tizim, tarkibiy o'zgarishlar, dolzarblik.

ПОДГОТОВКА ПЕДАГОГОВ В УЗБЕКИСТАНЕ НА ОСНОВЕ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ

Аннотация. В данной статье рассмотрены потребности учителей по отдельным предметам, представляющим большой интерес для нашей страны и мирового сообщества в определении перспектив развития системы образовательной, социальной и профессиональной поддержки учителей, опыт стран проанализированы достигшие высоких процессов педагогического образования за счет подготовки педагогических кадров и эффективной работы с ними на основе обучения.

Ключевые слова: педагогический коллектив, цивилизация, учитель, стандарты, образовательные программы, стратегия, система, структурные изменения, актуальность.

BASED ON FOREIGN EXPERIENCES TEACHER TRAINING IN UZBEKISTAN

IMPROVEMENT ISSUES

Abstract. This article discusses the needs of teachers in some disciplines, which are of great interest for both our country and the world community in determining the prospects for the development of the system of educational, social and professional support for teachers. The study analyzes the experience of countries that have achieved high pedagogical education processes due to the training ofpedagogical staff and effective work with them.

Keywords: pedagogical staff, civilization, teacher, standards, educational programs, strategy, system, structural changes, relevance.

KIRISH

Jahonda inson omili va kapitali, qobiliyati va salohiyatidan innovatsiyalarni, raqamli boshqaruv tizimi va axborot kommunikatsiya vositalarini joriy qilish asosida samarali foydalanish keng tadbiq etilayotgan bugungi kunda, pedagog kadrlar tayyorlashdagi muammolar inson kapitali sifatining o'sishini susayishiga sabab bo'lmoqda. Pedagogika oliygohi bitiruvchisi, nafaqat fuqarolarni bilimli qilib tayyorlash va mamlakat inson kapitalini shakllantirish, shu bilan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

birga mavjud o'qituvchilik qadriyatlarini asrab-avaylash, rivojlantirish va keyingi avlodga uzatishda ham muhim bo'g'in hisoblanadi.

Shu bilan birga ohirgi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida (iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlarda ham) ta'lim tizimining barcha bosqichlarida yuqori malakali pedagog kadrlar tanqisligi kuzatilmoqda. Respublikamizda ham kadrlar bo'shlig'ini to'ldirish, shu jumladan, umumta'lim maktablarida pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarni qondirish ob'ektiv zarurat. Ushbu masalalarni hal qilish mexanizmlarini ilg'or horijiy tajribalar asosida ishlab chiqish zarurati tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi va ushbu ishning tadqiqot mavzusi sifatida tanlanishiga asos bo'ldi.

Ta'limda ixtisoslashtirishning ilmiy asoslangan tizimi joriy qilinmaganligi, ta'lim tarmoqlarida moddiy-texnik va innovatsiya tizimining talab darajasida emasligi, oliy ma'lumotli professional pedagog kadrlar tayyorlaydigan Oliy ta'lim muassasalari (OTM)ning malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari bilan integratsion munosabatlaridagi muayyan muammolarning yuzaga kelishi natijasida xalq ta'limi tizimida ayrim fanlar (boshlang'ich ta'lim, rus tili va adabiyoti, ingliz tili, matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, fizika va astranomiya) bo'yicha o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyoj qondirilmay qolmoqda.

METOD VA METODOLOGIYASI

Pedagogik kadrlar tayyorlash va pedagogik faoliyat bilan bog'liq ta'limotlar eramizgacha yaratilgan asarlarda ham o'z aksini topgan va Sharqda zardushtiylik ta'limotining manbai "Avesto" (eramizgacha I asr) da, Islom dinining muqaddas kitobi "Qur'oni Karim" (VII asr) va "Hadisi sharif" (Imom al-Buxoriy "Al-jome' as-sahih", IX asr) da, O'rta Osiyo uyg'onish davri mutafakkirlaridan Abu Nasr al-Farobiy ("Fozil odamlar shahri", 20-asrning 70-80-yillari), Abu Ali Ibn Sino ("Donishnoma", XI asr), Burxoniddin Zarnudjiy (Ta'lum al-Mutaalallim, XII asr,), Muslihiddin Sa'diy Sheroziy ("Bo'ston", 1257, "Guliston", 1258), Alisher Navoiy ("Mukammal asarlar to'plami" 20 jildlik, 1987-2003) larning badiiy - falsafiy asarlarida, G'arbda Qadimgi Yunoniston va Rimda Demokrit, Suqrot, Aflotun, Arastu, Mark Fabiy Kvintilian, Yan Amos Komenskiy, Adolf Distegverg kabi buyuk faylasuf, pedagog, mutafakkirlarning ta'limotlarida, ma'rifiy-axloqiy asar tarzida maydonga kelib, pedagogik faoliyat va uning mazmuni to'g'risida qimmatli fikrlarni ifodalagan.

Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot taraqqiyoti sharoitida pedagogik jarayonga "Onalar maktabi"(1632), "Buyuk didaktika" (Yan Amos Komenskiy, 1632), "O'qituvchilar uchun 33 qoida" (Adolf Disterverg, 1956), "O'qituvchiga ta'lim yo'lida o'quv qo'llanma"(1150), "O'rtoq, o'qituvchi, fan tanlash haqida"(1206) (Burhoniddin Zarnudjiy), "Nozik iboralar" (Az-Zamaxshariy, 1992), "Qutadg'u bilig" (Yusuf Xos Hojib, 1439) kabi pedagogik asarlar paydo bo'lgan. Bu esa o'z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda diniy va dunyoviy bilimlarni o'rgatuvchilarga qo'llanma sifatida tavsiya etilgan. Natijada pedagogik faoliyat yuzaga kelgan.

Pedagoglar tayyorlash hamma davrda aniq tarixiy tavsifga ega va shunday bo'lib qoladi. Keyingi davr Sharq va O'rta Osiyo allomalari, ma'naviyat va ma'rifat darg'alari pedagog kasbi mohiyati, uning ijtimoiy-iqtisodiy tavsifi to'g'risida qimmatli so'zlarni aytganlar. Buni biz Abdulla Avloniy, Oybek, G'afur G'ulom, Abdullo Oripov va kenja avlod ta'limotida yaqqol ko'ramiz.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4623-son Qarorida pedagogik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ta'lim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo'shuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar yetkazib berish, sohaga ilg'or ta'lim texnologiyalarini joriy qilish kerakliligi asosiy maqsad ekanligi qayd etilgan.

2022-2026-yillarga mo'ljallangan O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"da ham ushbu mavzu yuzasidan fikrlar yuritilib, bir qancha ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Ushbu maqolada o'qituvchilar uchun o'quv, ijtimoiy va kasbiy qo'llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda mamlakatimiz uchun ham, umuman jahon hamjamiyati uchun ham katta qiziqish uyg'otayotgan ayrim fanlar bo'yicha o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyojlarni o'rganish asosida pedagog xodimlarni tayyorlash va ular bilan samarali ishlash tufayli yuqori pedagogik ta'lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar tajribasi tahlil etiladi.

Ma'lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda ta'lim tizimini, xususan, pedagogikani jamiyatning yangi talablariga muvofiq, tez o'zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, umuman ta'lim paradigmasining o'zgarishi bilan isloh qilishga katta ahamiyat berilmoqda.

O'zbekistonda salohiyatli pedagogik ta'lim tizimi azaldan mavjud. Shu bilan birga o'zbek pedagogik ta'lim tizimining ijobiy jihatlaridan biri, O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanayotgan va mehnat bozorining barqaror bo'lmagan sharoitida pedagogika ta'lim yurti bitiruvchisi o'z kasbi bo'yicha faoliyat yuritmasa ham, shu diplom bilan boshqa sohada o'z faoliyatini davom ettira olish imkoniyati kengligidir.

Chet el universitetlarida, shu jumladan, Amerika pedagogika oliy o'quv yurtlari bitiruvchilarining tor doiradagi mutaxasislari mehnat bozori ehtiyojlari va o'zgarishlariga moslashuvida hamda ayrim fanlar bo'yicha o'qituvchi-mutaxasislarni tayyorlashda muammolar paydo bo'lmoqda. Shunga ko'ra, O'zbekistonda pedagogika ta'lim yurtlari bitiruvchilarining umumiy va kasbiy malakasi yuqoriligi o'tish davri iqtisodiyoti uchun qulay bo'ldi.

Yevropa mamlakatlarida maxsus pedagogika oliy ta'lim muassasalari yo'q, biroq pedagogika institutlarini o'z ichiga olgan yirik universitetlar faoliyat yuritadi. Yevropa standartlariga ko'ra, ta'lim doirasida turli tarmoqlar va kasblar o'rtasida harakatlanishga imkoniyat ko'plab oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim dasturlari orqali ta'minlanadi va ular bo'lajak o'qituvchiga yetarli darajadagi malaka beradi.

Finlyandiyaning o'qituvchi--pedagoglar tayyorlash tizimi ko'p mamlakatlar uchun na'muna bo'lib xizmat qiladi. O'tgan asrning oxirida o'qituvchilar uchun magistratura darajasi minimal ta'lim me'yori deb belgilandi (shu jumladan, boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun ham), bu esa qaysidir darajada mamlakatdagi o'qituvchilar hurmatini va ijtimoiy maqomini oshirish uchun muhim hissa qo'shdi.

Finlyandiyada maktab o'qituvchisi bo'lish uchun juda qattiq tanlovdan o'tish zarur: pedagogika mutaxassisliklarining eng yaxshi talaba-bitiruvchilari 12% atrofida maktablarga ishga olinadi. Finlyandiya ta'lim tizimining yana bir ijobiy jihati, kichik guruhlarda o'qitishga ustuvorlik berilishi. Bu shubhasiz, ta'limning yuqori sifatda bo'lishiga olib keladi. Mamlakatda maktab ta'limining muvaffaqiyati maktab o'quvchilarini qo'llab-quvvatlash tizimi bilan ham bog'liq. Finlyandiyada jami iqtisodiyotda bandlar ulushida ijtimoiy ishchilar va psixologlar soni jihatidan, barcha Yevropa mamlakatlari orasida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi.

Buyuk Britaniyada ham o'qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Malakali o'qituvchi maqomini olish uchun muqobil ta'lim dasturlari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Bular maktab bazasida o'qituvchilarni tayyorlash (School Centered Initial Teacher Training), "tezkor yo'l" (The Fast Track Programs) deb ataluvchi dasturlar va boshqalardir.

Bugungi kunda ta'lim sohasida yetakchi o'rinni "aqlli maktablar, ziyoli millat" strategik dasturida o'z aksini topgan mavjud imkoniyatlarni amalga oshirish paradigmasiga ega bo'lgan Singapur egallaydi. Ushbu strategiyaning asosiy g'oyasi "umrbo'yi ta'lim" g'oyasi bo'lib, u bilan mamlakat kelajagi uzviy bog'liq. Singapurda Finlandiyadagi kabi o'qituvchilik kasbi ijodkorlik hisoblanib, o'qituvchi kasbi ijobiy va jamiyatda sharafli hisoblanadi, shuning uchun, o'qituvchi kasbiga talabgor nomzodlar eng yaxshi deb tan olinishi uchun yetarlicha uzoq va murakkab tanlov jarayonidan o'tadilar.

Xitoy dunyoda eng katta aholi soniga ega bo'lgan davlat bo'lganligi sababli ham hukumat qashshoqlikni kamaytirish maqsadida ta'lim tizimini rivojlantirish dasturini ishlab chiqqan. Olib borilgan islohotlar natijasida keyingi 10 yilliklarda Xitoy ta'lim tizimi katta yutuqlarga erishdi. XX asrning o'rtalariga qadar Xitoy iqtisodiyoti asosan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan bo'lib, qo'l mehnatiga tayangan dehqonchilik bilan shug'ullanishgan. Aholining katta qismi qishloqlarda istiqomat qilgan va ta'limda ko'proq gumanitar fanlar falsafa, tarix va ijtimoiy sohalarga ustuvorlik berilgan.

Xitoy ta'lim tizimi asosan maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim, o'rta ta'lim va oliy ta'limdan iborat. Xitoy Xalq Respublikasining "Majburiy ta'lim to'g'risida"gi qonunining qabul qilinishi barcha uchun majburiy o'rta ta'lim tizimini shakllantirdi. Yangi qonunga ko'ra 9 yillik ta'lim majburiy va bepul qilib belgilandi.

Xitoyda pedagogik ta'lim hozirda xalqaro darajaga etib bormoqda. Rossiya, Yaponiya va AQSh tajribasidan kelib chiqib, milliy an'analarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o'z tizimi yaratilmoqda. So'nggi o'n yilliklarda Xitoyda pedagogik kadrlar tayyorlash tizimning rivojlanishi boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha tez va jadallashgan. Yo'naltiruvchi g'oyalardan biri kasbiy pedagogik kadrlar tayyorlashning iqtisodiyot va umuman jamiyat bilan aloqasini mustahkamlashga, urbanizatsiya va sanoatlashtirishga qaratildi. Mamlakatda pedagogik kadrlar tayyorlash ochiqligini oshirishga intilmoqda: mavjud ta'lim muassasalari negizida boshqa oliy o'quv yurtlari ishtirokidagi pedagogik ta'lim tizimi bosqichma-bosqich shakllanmoqda.

2021-yilda Xitoyda ta'lim tizimini yanada isloh qilish rejalashtirilgan hamda quyidagi tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda: uzluksiz ta'limning mukammal tizimini yaratish, katta sonli aholini mehnat bozoriga tayyorlash uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, ta'lim va ilmiy-texnik yangiliklar o'rtasida uzviy bog'liqlikni shakllantirish, mamlakat tomonidan ta'lim tizimini modernizatsiya qilish uchun zarur intellektual qo'llab-quvvatlash.

Xitoy yoshlari uchun pedagogik oliy o'quv yurtlariga qabul qilishning jozibali jihatlaridan biri bepul ta'lim olishning joriy etilishi bo'ldi. Bu bepul ta'lim uchun talabalar OTMni bitirganidan so'ng qishloq maktablarida ikki yil davomida ishlab berishi kerak va keyin boshlang'ich yoki o'rta maktablarda yana o'n yil ishlashlari lozim. Biroq, bunday qat'iy sharoitlarning o'zi o'qituvchilik kasbini olishga bo'lgan qiziqishni oshirish uchun etarli emas. Shuning uchun o'qituvchilar uchun ijtimoiy imtiyozlar va yuqori ish haqi oshishi doimiy ko'zda tutilgan.

Tahlillar ko'rsatganidek, ko'pgina mamlakatlarda pedagog kadrlar tayyorlashning asosiy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

maqsadi o'z amaliyotini rivojlantirish va butun hayoti davomida mustaqil o'rganishga qodir bo'lgan o'qituvchini tayyorlashdir.

Amerika, Yevropa va Osiyoning bir qator mamlakatlarida pedagog kadrlar tayyorlashdagi umumiy tendensiya o'qituvchilik kasbining nufuzini oshirish, kasbiy malakali o'qituvchini ish bilan ta'minlash va saqlab qolish, kadrlar siyosatini takomillashtirish, o'qituvchilarni o'z ustida ishlashga jalb etish, professional jamoalarni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish orqali kasbiy kompetentlikni oshirish bo'yicha sa'y-harakatlarni yo'naltirishdan iboratdir.

Angliya va AQSh universitetlarida bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorlash tizimi ko'p darajali-bakalavr, magistraturadan iborat. Qozog'iston va Rossiyada bakalavr, mutaxassis, magistr sifatida bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorlash tizimi shakllangan. Ta'lim muddati 4 yildan 11 yilgacha belgilangan. Aksariyat o'qituvchilar ta'lim sohasida gumanitar fanlar magistri yoki aniq fanlar magistri darajasi bilan universitetlarni bitirib chiqadilar. O'rta hisobda ma'lum bir mutaxassislik bo'yicha magistr darajasini olgan talabalar 4-5 yil davomida o'qiydi. Hozirgi kunda Angliyadagi davlat maktablarida ta'limning barcha darajalarida (maktabgacha, boshlang'ich, shu jumladan tayyorlov va o'rta ta'lim sinflarida) dars berish uchun malakali o'qituvchi maqomiga ega bo'lish lozim.

O'zbekistonda ta'lim tizimidagi islohotlarning navbatdagi bosqichi ilg'or xorijiy tajriba asosida tor doiradagi mutaxasis-pedagoglarni tayyorlashga o'tish hisoblanadi. Bu esa o'z navbatida tayyorlanadigan pedagog kadrlarni har bir yo'nalish bo'yicha aniq ehtiyojlarni aniqlash asosida amalga oshirishni ob'ektiv zaruratga aylantiradi. I.D.Fruminning fikriga ko'ra, xorijiy mamlakatlarning muvaffaqiyatli tajribasidan foydalanish yoki pedagogik kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishning pedagogik tizimini rivojlantirishning o'ziga xos usulini izlash kerak.

Mamlakatda ta'lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko'tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg'or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish zarurati quyidagi omillar bilan bog'liq:

- o'rta hisobda yiliga 800 mingdan ortiq chaqaloq tug'ilishi (kelajakda ularni sifatli ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish uchun yil sayin umumta'lim maktablarida o'quvchi o'rinlarini kengaytirish hamda o'qituvchilar sonini oshirib borishni taqozo qiladi (1-2-rasmlar);

- innovatsion iqtisodiyotga o'tish sharoitida mahalliy hamda jahon mehnat bozorida mutahassislarning malaka va ko'nikmalariga bo'lgan talablarining oshib borishi;

- so'nggi yillarda jamiyatda o'qituvchi kasbi obro'sining pasayishi hamda o'qituvchilikka nomzodlarning pasayish tendensiyasi;

- bugungi kunda umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o'qituvchilarning aksariyati bilim sifati va pedagogik mahorati zamon talabiga javob bermasligi.

Ushbu muammolarni hal qilish borasida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

MUHOKAMA

Jumladan, maktabgacha ta'lim qamrovining oshishi, 11 yillik umumiy o'rta ta'lim tizimini qayta joriy qilinishi hamda oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash ko'lamining kengayishi munosabati bilan yuqori malakali mutaxassislarga nisbatan yuzaga kelayotgan ehtiyojni o'z vaqtida ta'minlash maqsadida so'nggi yillarda pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan xorijiy va mahalliy oliy ta'lim muassasalari faoliyati kengaytirildi, mazkur ta'lim sohasi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bo'yicha xorijiy davlatlar bilan qo'shma ta'lim dasturlari tashkil etildi.

1-rasm. Umumta'lim muassasalari dinamikasi , dona

Manba: O'zbekiston Respubliksi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi

Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablari soni 1990-1991-o'quv yiliga nisbatan 1797 taga ko'payib, 21,6 foizga oshgan.

Shundan, shahar joylardagi umumiy o'rta ta'lim maktablari soni yillar davomida o'sib borib, 1990-1991-o'quv yiliga nisbatan 2 188 taga ko'payib, 1,3 barobar oshgan. Qishloq joylarda umumiy o'rta ta'lim maktablari soni 5,1 foizga kamayish tendensiyasi urbanizatsiya jarayoni ta'sirida qishloqlarni shaharga aylantirilishi hisobiga sodir bo'lgan.

7000,0 6000,0 5000,0 4000,0 3000,0 2000,0 1000,0 0,0

6083,7

6283,2

4695,3

2000/2001

2010/2011

2020/2021

2-rasm. O'quvchilar soni xaqida ma'lumot, ming o'quvchi

Manba: O'zbekiston Respubliksi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi

O'quvchilar soni dinamikasining tahlil natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, 2000-2001 o'quv yiliga nisbatan 199 500 taga ko'payib 3,3 foizga oshgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbekiston Respublikasida 2000-2001 o'quv yilida 6 083 700 o'quvchi ta'lim olgan bo'lsa, 2010-2011 o'quv yilida 4 695 300 o'quvchi, 2020-2021 o'quv yilida esa 6 283 200 nafar o'quvchi ta'lim olgan. Tahlillar natijasiga ko'ra, o'n yil davomida o'rtacha 19,3 foizga o'quvchilar soni oshib borsa, 2030-yilga kelib O'zbekiston Respublikasida o'quvchilar soni 7 495 858 dan, ya'ni bir yilda 749 585 nafar o'quvchidan oshib ketishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, 2009-2010 o'quv yilida o'rtacha har bir maktabda 501 o'quvchi o'qigan bo'lsa, 2019-2020 o'quv yilida esa o'rtacha har bir maktabda 611 nafar o'quvchi ta'lim olgan. O'tgan o'n yil davomida maktab qurilishining orqada qolayotganligi sababli, har bir maktabga bir yilda qo'shimcha ravishda o'rtacha 110 o'quvchi qabul qilishiga to'g'ri kelmoqda. Maktablarda o'quvchilarni qabul qilish sig'imi, har bir sinfdagi o'quvchilar soni me'yori, maktablarning moddiy-texnika bazasi ta'minoti va holati, asosiy va qo'shimcha o'quv adabiyotlari bilan ta'minlanganligi, o'tiladigan fanlarni malakali mutaxassis o'qituvchilar bilan qamrab olinganligi kabi dolzarb masalalar ta'lim tizimining keyingi muammolari ekanligi ma'lum bo'lib qolmoqda.

3-rasm. Umumta'lim niuassasalari o'qituvchilari soni o'sish dinamikasi, kishi

Manba: O'zbekiston Respubliksi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi

Tahlil natijasi shuni ko'rsatadiki, o'qituvchilar soni 1990-1991 o'quv yiliga nisbatan 142 164 taga ko'payib, 38,9% ga ortgan. Jumladan, shahar joylardagi o'qituvchilar soni dinamikasiga qarasak, yillar davomida o'sib borib, 1990-1991 o'quv yiliga nisbatan 131 786 taga ko'payib, 2,2 barobar oshgan. Qishloq joylardagi o'qituvchilar soni dinamikasi yillar davomida beqaror bo'lib, 1990-1991 o'quv yiliga nisbatan 10 378 taga ko'payib, 4,0% ga ortgan.

O'qituvchilar son jihatdan ortgan bo'lsada, biroq maktablar soniga nisbatan solishtirilganda 2016-2017 o'quv yiligacha -6,2%ga pasayib ketgan. Ohirgi yillarda o'qituvchilarning maktablarga qaytishi sabab ushbu ko'rsatkich 15,2%ga oshgan. Bitta umumiy o'rta ta'lim maktabiga to'g'ri keladigan o'qituvchilar soni o'rganilganda, o'rtacha ko'rsatkich 2016-2017 o'quv yiligacha kamayib kelayotgan edi. Umumiy o'rta ta'lim bosqichining 11 yillik bo'lishi sababli ushbu o'rtacha ko'rsatkich 9 nafarga oshgan.

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, shahar joylarda o'qituvchilar soni 2,2 barobarga ortgan bo'lsa, qishloq joylarda 4,0%ga oshgan xolos. Sababi yuqori bilimli kadrlar shahar joylarda qolishmoqda.

16,0 14,0 12,0 10,0

13,4

8,0 6,0 4,0 2,0 0,0

4-rasm. Bir o'qituvchiga to'g'ri keladigan o'quvchilar soni dinamikasi, kishi

Manba: O'zbekiston Respubliksi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi

Bitta o'qituvchiga to'g'ri keladigan o'quvchilar soni dinamikasi o'rganilganda, o'rtacha ko'rsatkich 2010-2011 o'quv yiligacha -2,4 nafargacha kamayib kelayotgan edi. 1 ta maktabga to'g'ri keladigan o'qituvchi soni yillar mobaynida o'sib borib 2016-2017 o'quv yiliga nisbatan 9 nafarga ya'ni 22,0% ga oshgan.

Umumiy o'rta ta'lim maktablariga o'qituvchilarining qaytishi, so'nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta'lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlarning amalga oshirilishi, jumladan moddiy va ma'naviy rag'batlantirishlarning muntazam ravishda oshib borayotganligi sababli ushbu o'rtacha ko'rsatkich oshib bormoqda.

Yuqorida keltirilgan holatlarni ob'ektiv baholash uchun TALIS-2018 tadqiqotining uslubiyati asosida O'zbekistonda A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti rahbar va xodimlari tomonidan 2021-yilda ichki tadqiqotlar o'tkazdi. Tadqiqot namunasi mamlakatimizning 14 ta hududining 4000 umumiy ta'lim tashkilotlaridagi 12446 nafar respondentlardan so'rovlar olingan bo'lib, shundan 349 nafari maktab direktorlari, 1090 nafari direktor o'rinbosarlari, 10544 nafari o'qituvchilar va 463 nafari xalq ta'limi tizimidagi boshqa lavozimlarda ishlovchilardir. Tadqiqotlar xalq ta'limi tizimining 18 fanini o'z ichiga olgan bo'lib, "Ayrim fanlar bo'yicha malakali o'qituvchilarni yetishmasligi maktab direktori yoki o'qituvchi sifatidagi samaradorligingizga qay darajada ta'sir qiladi?" degan savol bilan respondentlarga murojaat qilinganda, ta'siri yo'q - 2340 (18,8%), ma'lum darajada ta'sir qiladi - 2885 (23,2%), sezilarli darajada ta'sir qiladi - 4676 (37,6%), yuqori darajada ta'sir qiladi - 2545 (20,4%) deb javob berishdi. Tahlillardan ma'lumki, ayrim fanlar bo'yicha malakali o'qituvchilarni yetishmasligi sezilarli darajada - 4676 (37,6%) maktab direktori yoki o'qituvchi sifatidagi faoliyati samaradorligiga ta'sir qilar ekan.

Shuningdek, 2021-yil may-iyun oylarida ayrim fanlar (boshlang'ich ta'lim, rus tili va adabiyoti, ingliz tili, matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, fizika va astranomiya) bo'yicha kadrlarga bo'lgan ehtiyojlar o'rganilganda shu jihat ma'lum bo'ldiki, xalq ta'limi tizimidagi 5 ta hudud(Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Farg'ona, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahri)da olib borilgan "umumiy o'rta ta'lim muassasalarida faoliyat

2000/2001 2010/2011 2016/2017 2020/2021

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

yuritayotgan o'qituvchilar va mavjud ehtiyojlar" nomli tajriba-sinov natijasida umumiy 1354 nafar o'qituvchiga bo'lgan ehtiyoj aniqlangan. Ushbu ehtiyoj umumiy kadrlarga (5 ta hudud bo'yicha) nisbatan 1,6% ni tashkil etadi.

Fanlar kesimida ehtiyojni tahlil qilsak, eng yuqori talab "Informatika va axborot texnologiyalari" (3,5%) va "Rus tili va adabiyoti" (3,4%) o'qituvchilariga, eng quyi talab esa "Boshlang'ich ta'lim" o'qituvchilariga (0,4%) ekanligi ma'lum bo'ldi.

Ushbu holatlarni bartaraf qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirligi o'rtasida "O'zbekiston Respublikasi maktablarida rus tili fanini va umumta'lim fanlarini rus tilida o'qitish sifatini oshirish" loyihasi amalga oshirilishi belgilandi.

Mazkur loyiha doirasida O'zbekistonda faoliyat olib boradigan A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining mutaxassislari Respublikamizning barcha hududlariga taqsimlangan holda umumta'lim maktablarida rus tili fani va umumta'lim fanlarini rus tilida o'qitish sifatini oshirish bo'yicha mahalliy o'qituvchilar bilan birgalikda faoliyat olib borishadi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xalq ta'limi tizimida ayrim fanlar bo'yicha o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyojlarni o'rganish asosida pedagog kadrlar buyurtmasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish asosida tarmoq samaradorligini oshirishda to'planib qolgan yuqoridagi muammolarni xal etish bo'yicha ilmiy jixatdan asoslangan va amaliy ahamiyatga molik bo'lgan fikr muloxazalar, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo'lib qoladi.

Umumta'lim maktablarini ehtiyoj yuqori bo'lgan fan o'qituvchilari bilan ta'minlash uchun pedagogika yo'nalishidagi OTMlar talaba va maktab o'rtasida 3 tomonlama shartnoma asosida qabul kvotalarini shakllantirish zarur.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4623-son Qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026- yillarga mo'ljallangan O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmonida

5. Avesto. Asqar Mahkam o'zbekcha tarjima. -T.:2001. 56-bet

6. F.K.Voros (1975). DEMOCRITUS' EDUCATIONAL THOUGHT, Paedagogica Historica, 15:2, 457-470, DOI: 10.1080/0030923750150206

7. Brickhouse, Thomas C. (2000). The Philosophy of Socrates. Westview Press.

8. Lodge R. C. Plato's theory of education. - Routledge, 2014.

9. Arastu «Mantiq» eramizgacha 384-322 yy.

10. Arthur E. Walzer (2003) Quntilian's "Vir Bonus" and the stoic wise man, Rhetoric Society Quarterly, 33:4, 25-41, DOI: 10.1080/02773940309391266

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

11. Karimjonov A., Jabborova O. YAN AMOS KOMENSKY'S VIEWS ON EDUCATION //Ekonomika i sotsium. - 2021. - №. 5-2. - S. 977-983.

12. A.Radjiyev, F.Karimov, A.Ibragimov, M.Axmedov. TALIS-2018 xalqaro tadqiqotlari talablari asosida o'tkazilgan so'rovnoma va tadqiqotning hisoboti. TALIS-2023 xalqaro tadqiqotiga O'zbekistondagi maktab o'qituvchilari va direktorlarini tayyorlash. 1-qism. T.: 2021. 72 bet

13. И.Д.Фрумин. За что в ответе? Компетентностный подход как эстественный этап обновления содержания образования. //Учителская газета. - 2002 - № 36 - С. 3839.

14. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2004 yil.

15. Андреас Шляйхер. Образование мирового уровня. Как выстроит школную систему ХХИ века? Успешные реформы и высокие резултаты. Москва, 2019. 336 с.

16. Sh. Paxrutdinov. Barqaror taraqqiyot va rahbar mas'uliyati. T.: "Akademiya", 2011. 303 bet.

17. Sh. Qurbonov, E. Seytxalilov. Ta'lim sifatini boshqarish. T.: "Turon-Iqbol", 2006. 592 bet.

18. R. X. Djuraev, S.T.Turg'unov. Ta'lim menejmenti. T.: "Voris-Nashriyoti", 2006. 263 bet.

19. https://www.uzedu.uz/oz O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi ma'lumotlari.

20. https://n.ziyouz.com/kutubxona/durdona-to-plamlar/alisher-navoiy-mukammal-asarlar-to-plami-20-jildlik-1987-2003

21. https://lex.uz/docs/-4749364

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.