Научная статья на тему 'UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR VA INTEGATSIYAVIY YONDASHUV'

UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR VA INTEGATSIYAVIY YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

7425
673
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR VA INTEGATSIYAVIY YONDASHUV»

UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR VA INTEGATSIYAVIY YONDASHUV

Bahodir Sobirov

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori

O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo'lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Darhaqiqat, uzluksiz ta'lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma'lumotlarini o'zlashtiradi, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.

Ma'lumki, ta'lim - tarbiya insonga borliqni anglash sir asrorlarini tushunish, tinimsiz rivojlanayotgan dunyoga moslashish, dunyoqarashini shakllantirish, nihoyat, jamiyatni insonparvarlantirishga hissa qo'shish imkonini yaratadi.Har qanday davlatning qudrati va rivojlanish darajasini aynan ta'lim tizimi aniqlab beradi.Davlatning ushbu tizimga munosabati, uning kelajagini belgilaydi.

Bugungi kunda Ozbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim quyidagi ta'lim turlarini o'z ichiga oladi: -maktabgacha ta'lim; -umumiy o'rta, o'rta maxsus ta'limi; -professional ta'lim -oliy ta'lim;

-oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim;

-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

-maktabdan tashqari ta'lim.

O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimining bunday turlarining har bir bosqichida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ishlarni tarixan qisqa davr uchun misli ko'rilmagan rivojlanish sifatida baholash mumkin.

Bunday shiddatli rivojlanish bugungi kun uchun yetarlidek ko'rinadi. Lekin, har qanday yangilik boshqa yangilikning kirib kelishiga turtki bo'ladi.

Respublikamizda 11 yillik umumiy o'rta ta'lim, akademik litsey va texnikumlar tizimini shakllanganligi, ularning kadrlar yetishtirib berishdagi o'rni beqiyos.

Bundan tashqari talim tizimida uzviylik va uzluksizlik masalalarini yuqori darajada ko'rib chiqilishi yo'lga qo'yilgan bo'lib, tarkibiy qismlarining funksiyalari aniq belgilangan va o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni tizimli bajarilishini ta'minlashni talab etmoqda. Odatda, davlat talablarni bajarilishini statistik tizim orqali baholanib boriladi. Bunday statistik qarash va baholash o'zining qator ustunliklari bilan ajralib tursada, dinamik tizimlarda ro'y berishi mumkin bo'lgan ba'zi holatlarga e'tibor bilan qarash imkonini beramaydi.

Uzluksiz ta'lim tizimi sifatini ta'minlashda bir qancha muammoli masalalar mavjudligini ko'rish mumkin. Jumladan:

• Nima uchun maktabning birinchi sinfiga borgan bola darslarga moslashish va fan dasturida berilgan mavzularni o'zlashtirishda qiynaladi?

• Nega boshlang'ich ta'limda yaxshi baholarga o'qigan bola yuqori sinflarda o'qishi pasayib ketadi?

• Nima uchun o'quvchi kasb tanlashda mustaqil tanlovni amalga oshira olmaydi?

• Nega oliy ta'limni tugatganlar kasbiy faoliyatga tezkor kirishib keta olmaydi? Bu kabi savollarning javobi sifatida uzluksiz ta'lim tizimida uzviylikning ta'minlanmaganligini ko'rsatish mumkin.

Uzluksiz ta'lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta'minlanmaganligi ta'lim sifati va samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Jumladan, ta'lim turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko'p soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma'lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar mavjud. Ta'lim bosqichlari mazmuni tahlilida 10-15 foiz mavzularning takror berilayotganligi, 50-60 foiz mavzularda uzviylik ta'minlanmaganligi tahlillarda ko'rindi.

Maktabgacha ta'lim, Xalq ta'limi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari o'z ta'lim obyektlari bo'yicha me'yoriy hujjatlar tayyorlash jarayonida bir qancha ijobiy natijalarga erishgan bo'lsalar-da, ammo uzluksiz ta'lim tizimida uzviylik yetarlicha ta'minlanmay kelmoqda.

Oldimizda ta'lim mazmunini belgilashga xizmat qiluvchi, uzluksiz ta'lim tizimining me'yoriy hujjatlari, o'quv dasturlarining uzviyligini tahlil qilish, ularning har bir fan bo'yicha bosqichlar orasida takroriyligining oldini olish bo'yicha ishlar hamda uzviyligi ta'minlangan fan dasturlari asosida darsliklar mazmunini ham muvofiqlashtirish kabi dolzarb vazifalar turibdi.

Prezidentimiz "Maktab o'quv dasturlarini ilg'or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o'quv yuklamalari va fanlarni qayta ko'rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligi" hamda "Oliy ta'lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtirilishi, ta'lim yo'nalishlari va o'qitiladigan fanlar qayta ko'rib chiqilishi zururligi hamda mutaxassislikka aloqasi bo'lmagan fanlar sonini 2 barobarga qisqartirish" to'g'risida aniq vazifalarni belgilab bergan edi. Ushbu topshiriqlar asosida Prezident Administratsiyasi tomonidan har bir ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan kelib chiqqan holda 2020-yilda ta'lim sohasida islohotlarni jadallashtirish bo'yicha kompleks "Yo'l xaritasi" ishlab chiqilgan. Mazkur "Yo'l xaritasi"ning 3-bandida "Fan dasturlarining mazmun-mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligini ta'minlash hamda o'quvchi va talabalarda shakllanishi zarur bo'ladigan bilim va ko'nikmalar darajasini aniq belgilash" vazifasi belgilanib, ma'sul ijrochilar sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta'lim, Xalq ta'limi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari belgilangan. Idoralararo ushbu masala bo'yicha yig'ilish va seminarlar tashkil etilib, ishchi guruhlar shakllantirildi. O'rganishlar natijasida uzluksiz ta'lim tizimida uzviylikni ta'minlash borasida quyidagi muammolar borligi aniqlandi:

•mavzular takrorlanishi — uzluksiz ta'lim turlariaro bosqichlarida mavzularning aynan yoki mazmunan takrorlanishining mavjudligi;

• ayrim mavzularga soat hajmining ko'pligi — ta'lim bosqichlarida ayrim mavzularga ortiqcha vaqt ajratilganligi. Ayniqsa, nazariy mashg'ulotlarga ko'p vaqt ajratilgan;

• vaqtning besamar sarflanishi — takrorlanish va ortiqcha vaqt evaziga o'qituvchi va o'quvchining vaqti besamar sarflanishi;

• uzviylikning yo'qligi — uzluksiz ta'lim turlariaro fan xususiyatidan kelib chiqqan holda obyekt va subyekt tanlovi va mazmunida nomutanosibliklar mavjud va h.k.

Pedagogik innovatsiya ta'limning jamiyat barqaror rivojlanishidagi yuqori ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda zamonaviy talablar, tizimdagi muammolar va ularni hal qilishda fan va ta'lim bo'g'inlari o'rtasidagi aloqadorlikni ta'minlash uzluksiz pedagogik ta'limni klaster rivojlanish tizimiga o'tkazish zaruratini taqozo etmoqda.

Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri uzluksiz ta'lim tizimidagi barcha ta'lim turlari, ilmiy tadqiqot institutlari va markazlari, amaliyot bazalari, ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalarning bir butunligi bo'lib, ularning birgalikdagi

vazifalar taqsimlangan faoliyati pedagogik ta'lim tizimini sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish imkonini beradi. Binobarin, klasterning asosiy maqsadi o'z tarkibiga kiruvchi ta'limiy-ilmiy-innovatsion salohiyatni nafaqat yuqori fuqarolik va kasbiy layoqatlilik darajasi bilan, balki raqobatbardoshligi, yangiliklarni qabul qila olish qobiliyati, yangi ta'lim dastur va texnologiyalarini loyihalash hamda amalga oshira olish qobiliyatiga ega zamonaviy ta'lim mutaxassislarini tayyorlash uchun birlashtirishdir.

Pedagogik ta'lim rivojlanishining klaster tizimi ta'lim berish, o'quv adabiyotlarini yaratish, pedagog kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ta'lim va tarbiya uzviyligi bilan bog'liq umumiy yo'nalishlarda faoliyat olib boradi. Ayni paytda bu umumiy yo'nalishlar ta'limni boshqarish va tashkillashtirish, ta'lim turlari va yo'nalishlari o'rtasida uzviylik va integratsiyani ta'minlash, o'qitish metodlari va vositalaridan foydalanish kabi yo'nalishlarda xususiylashadi.

Quyidagilar klaster tizimining subyektlari sifatida ishtirok etadi:

- talabalar, magistrantlar va doktorantlar pedagogik amaliyot o'taydigan, ta'limiy, ilmiy tadqiqotchilik, innovatsion va loyihalashtirish faoliyatini olib boradigan o'quv va tajriba eksperimental baza vazifasini o'taydigan maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, oliy va qo'shimcha ta'lim muassasalari;

- ta'limning turli darajalaridagi yangilanishlarga muvofiq ravishda kattalarning qo'shimcha ta'limi tizimi muassasalari, bolalar va o'smirlarning maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari;

- hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug'ullanayotgan va uni belgilaydigan ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalar, markazlar, ilmiy tadqiqot institutlari;

- pedagogik hamjamiyatlar, tashabbuskor jamoalar, jamoat birlashmalari, davlat va nodavlat tashkilotlari;

- xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlar.

Klaster tizimi har biri alohida faoliyat olib boradigan subyektlarni umumiy maqsad atrofida birlashtiradi va ayni paytda har bir subyekt umumiy maqsaddan kelib chiqqan holda xususiy manfaatdorlik asosida ish yuritadi. Klaster tizimi subyektlari bir-birini qo'llab-quvvatlaydi va nazorat qiladi, har biri alohida klasterning ma'naviy va intellektual maydonini yaratadi, ijtimoiy ta'siri hamda ahamiyatini kengaytiradi.

Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri aloqadorlik, uzviylik, izchillik, vorisiylik, zamonaviylik, yo'naltirilganlik, manfaatdorlik tamoyillariga asoslanadi.

Pedagogik ta'lim klasteri faoliyatining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

- pedagogika sohasida samarali vorisiylikni ta'minlash va eng yaxshi o'quvchilarni pedagog kasbiga targ'ib qilish;

- pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini amaliyotga tayangan holda va manfaatdor subyektlar bilan samarali aloqasini intensiv ta'minlagan holda olib borish;

- bo'lajak ta'lim mutaxassislarini innovatsion tajribaga ega bo'lgan amaliyotlar bazasida tayyorlash muhitini yaratish;

- yosh mutaxassislarning kasbiy ko'nikmalarni egallash davrini qisqartirish;

- talabalarni bugungi jadal rivojlanish jarayonlarida bevosita ishtirok etishini ta'minlash;

- pedagogik ta'limda yangi avlod o'quv, o'quv-metodik, ilmiy adabiyotlar, vositalar va didaktik materiallar majmuasini yaratish;

- pedagogik ta'lim ilmiy, ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish;

- pedagogik ta'limni rivojlantirishning dolzarb masalalari atrofida intellektual resurslarni integratsiyalash;

- ta'lim, fan va pedagogik amaliyotning turli shakl va turlarini izlab topish va ta'limga tatbiq etish;

- ta'lim va tarbiya uzviyligini ta'minlovchi mexanizmlarni takomillashtirish;

- pedagog kadrlarni tayyorlashda maktabgacha, o'rta ta'lim va OTM hamda boshqa talabgorlar bilan o'zaro tezkor qayta bog'lanish imkoniyatini yaratish;

- pedagogik ta'lim bo'g'inlari o'rtasidagi aloqadorlik, bog'liqlik va hamkorlik zaruriyatini ilmiy asoslash.

Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda pedagogik ta'lim innovatsion klasteri quyidagi vazifalarni bajaradi:

- viloyatdagi ta'lim muassasalari uchun zamonaviy bilim va malakaga ega pedagog kadrlarni tayyorlash;

- ta'lim sifatini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish;

- pedagogika sohasida ilmiy faoliyatni izchil yo'lga qo'yish;

- ta'limning asosiy (darslik) va yordamchi (lug'atlar, qomuslar, elektron manbalar va b.) vositalari mazmun-mohiyatining ta'lim bosqichlari kesimidagi uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash;

- viloyatdagi ta'lim muassasalari o'qituvchilarining bilim saviyasidagi bo'shliqlarni to'ldirish maqsadida viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda muddatli o'quv kurslari tashkil qilish;

- umumta'lim maktablarida fanlarni o'qitish bilan bog'liq muammolarni bartaraf qilish maqsadida viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy seminarlar tashkil qilish;

- institutdagi professor-o'qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar va tayanch oliy ta'lim muassasalari bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish;

- umumta'lim maktablarida ilmiy tadqiqot olib borish layoqatiga ega o'qituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish;

- pedagogika sohasidagi ilg'or xorijiy tajribalarni o'zlashtirish maqsadida yetakchi xorijiy OTMlarga stajirovkalarni amalga oshirish.

Ayni paytda, pedagogik ta'lim innovatsion klasteri institutning asosiy ilmiy tadqiqot yo'nalishi sifatida belgilangan bo'lib, hozirda o'ttizdan ortiq professor-o'qituvchilar mazkur ilmiy tadqiqot yo'nalishida izlanishlar olib borishmoqda. Barcha sa'y-harakatlarimiz muhtaram Prezidentimiz qarorida belgilangan vazifalar ijrosini to'liq ta'minlash, viloyatning pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojini sifatli qondirish, sohaga ilg'or xorijiy tajribalarni jalb qilgan holda zamonaviy raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Bu bilan institut jamoasi "Harakatlar strategiyasi"da belgilangan ustuvor yo'nalish va vazifalarning ijrosini ta'minlash hamda hayotga tatbiq etilishida o'zining kamtarona hissasini qo'shgan bo'ladi.

Zamonaviy intelektual insonni tarbiyalashda integrativ ta'limning barcha jixatlari(aqliy, axloqiy, iqtisodiy, mexnat, estetik, gigienik, xuquqiy, jismoniy tarbiya)ni kamrab oladi va ularning ozaro boglikligini ta'minlaydi. Integrativ ta'lim jarayonida oquvchi, olamning yaxlitligini, koinot, tabiat konunlarini, tabiat, jamiyat va insonlarning ozaro munosabatlari haqida xar tomonlama bilimlarga ega bolib kamol topadi. Tabiat gozalligini xis qila olish, undan zavqlanish, e'zozlash konikmalariga ega boladi. Ta'limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qollash ayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta'lim muassasalari oquv jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi lozim. Fanlararo uzviylik tamoyili turdosh oquv predmetlararo munosabatlarning murakkab jihatlarini toliq ozlashtirilishini ta'minlab, bilimlarning ichki mohiyatiga kirib borishini ta'minlaydi, natijada turli tizimlar ichki aloqadorlik, integirativ yaxlitlik vujudga keladi.

Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash lozimki, jamiyatimizning bugungi rivojlanish bosqichida uzluksiz ta'lim tizmini pedagogik ta'lim innovatsion klasteri ta'limda ichki va tarmoqlararo aloqadorlikni ta'minlaydigan, ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik muassasalarda to'plangan tajriba va erishilgan ilmiy yutuqlarni ta'lim

hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga yetib borishini samarali amalga oshiradigan yaqin kelajakdagi eng muhim tizim sifatida taqdim etilmoqda. Bunda ta'lim muassasalari va jamiyat boshqa manfaatdor tomonlarining o'zaro uzviy va uzluksiz aloqasini ta'minlash, ta'lim jarayonining pirovard mahsuli - har tomonlama yetuk pedagog kadrlarni yetishtirish va jamiyatga naf keltirishi uchun ilmiy, ijodiy, ma'naviy, iqtisodiy imkoniyatlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki kadrlar bilim saviyasi va raqobatbardoshligi iqtisodiy ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xo'jaligi va jamiyatning boshqa sohalari taraqqiyoti va raqobatbardoshligining asosidir. Boshlagan har bir ishimizdagi sifat va samara aynan shu masala bilan chambarchas bog'liqligini rivojlangan mamlakatlar tajribasi va qolaversa hayotning o'zi yaqqol ko'rsatib turibdi.

REFERENCES

1. A. SH. Bekmurodov, Z.Y.Karimov — Bosh maqsadimiz - keng kolamli islohatlar va modernizatsiya yo'lini qafiyat bilan davom ettirish.Toshkent - 2013.

2. Azizxo'jaeva N.N. O'qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. -T.: TDPU, 2000. - 52 b.

3. Goziev Yo.Yo. «Umumiy psixologiya» 1-2-tom.Toshkent-2002y.

4. Yuldoshev J. Yangi pedagogik texnologiya: yunalishlari, muammolari, yechimlari. «Xalq ta'limi», 1999 yil, 4-son, 4-11 betlar.

5. Mahmudov M. O'quv materialini didaktik loyihalash tizimi. «Pedagogik mahorat», 2002 yil, 3-son, 3-11 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.