Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA “INSON QADRINI ULUG‘ASH” TAMOYILLARINING IJTIMOIY-FALSAFIY MOHIYATI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA “INSON QADRINI ULUG‘ASH” TAMOYILLARINING IJTIMOIY-FALSAFIY MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
14
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson qadri / inson qadrini ulug‘ash tamoyili / аdоlаtli jаmiyаt / xаlqpаrvаr dаvlаt / kuchli ijtimоiy siyоsаt. / Human dignity / the principle of glorification of human value / a Just Society / a nationalistic state / a strong social policy.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Kdirbayev Qonisbay Muratbay O‘g‘li

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda “inson qadrini ulug‘ash” tamoyillarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati haqida so‘z yuritildi. Mazkur tamoyillar yangi qadriyatlar tizimini omtimallashtirish omili sifatida tahlil qilindi. Bunda asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning asarlari, qabul qilingan qaror va farmonlar, mavzuga doir xorij va respublikamiz olimlarining asarlari metodologik manba sifatida belgilandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL-PHILOSOPHICAL ESSENCE OF THE PRINCIPLES OF "RESPECTING HUMAN DIGNITY" IN THE NEW UZBEKISTAN

This article talks about the socio-philosophical essence of the principles of “glorification of human dignity” in the New Uzbekistan. These principles were analyzed as a factor in the omtimalization of the new value system. In this case, mainly the President of the Republic of Uzbekistan Sh.Mirziyoyev the works of the decisions and decrees made, the works of foreign and Republican scientists on the topic were designated as methodological resources.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA “INSON QADRINI ULUG‘ASH” TAMOYILLARINING IJTIMOIY-FALSAFIY MOHIYATI»

YANGI O'ZBEKISTONDA "INSON QADRINI ULUG'ASH" TAMOYILLARINING IJTIMOIY-FALSAFIY MOHIYATI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.11669419

Kdirbayev Qonisbay Muratbay o'g'li

«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» MTU tayanch doktoranti Aloqa uchun: +99891 378-95-66 https://orcid.org/0009-0001-2627-5235

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Yangi O'zbekistonda "inson qadrini ulug'ash" tamoyillarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati haqida so 'z yuritildi. Mazkur tamoyillar yangi qadriyatlar tizimini omtimallashtirish omili sifatida tahlil qilindi. Bunda asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning asarlari, qabul qilingan qaror va farmonlar, mavzuga doir xorij va respublikamiz olimlarining asarlari metodologik manba sifatida belgilandi.

Kalit so'zlar: Inson qadri, inson qadrini ulug'ash tamoyili, adolatli jamiyat, xalqparvar davlat, kuchli ijtimoiy siyosat.

ANNOTATION

This article talks about the socio-philosophical essence of the principles of "glorification of human dignity" in the New Uzbekistan. These principles were analyzed as a factor in the omtimalization of the new value system. In this case, mainly the President of the Republic of Uzbekistan Sh.Mirziyoyev the works of the decisions and decrees made, the works of foreign and Republican scientists on the topic were designated as methodological resources.

Keywords: Human dignity, the principle of glorification of human value, a Just Society, a nationalistic state, a strong social policy.

АННОТАЦИЯ

В этой статье говорилось о социально-философском характере принципов "прославления человеческого достоинства" в новом Узбекистане. Эти принципы были проанализированы как фактор оптимизации новой системы ценностей. При этом в качестве методологических источников были определены в основном труды Президента Республики Узбекистан Ш.Мирзиеева, принятые постановления и указы, работы зарубежных и республиканских ученых по данной теме.

Ключевые слова: Человеческое достоинство, принцип прославления

человеческого достоинства, справедливое общество, народное государство, сильная социальная политика.

KIRISH

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o'z nutqlarining birida "Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta'minlashni nazarda tutamiz" [3] - deya alohida ta'kidlagan edilar.

Darhaqiqat, hozirgi vaqtda yurtimizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan jadal islohotlar o'zining shiddati va keng qamrovi bilan faqat yurtdoshlarimizni emas, balki xorijlik siyosatchilar, olim-u mutaxassislarning ham etiborini o'ziga jalb etmoqda. Bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan mamlakatimizga nisbatan "Yangi O'zbekiston" degan iboraning qo'llanilayotgani tarixan qisqa davr davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, o'zgarish va yangilanishlarga berilayotgan o'ziga xos munosib tarif deyishimiz mumkin. Bu haqda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda, Yangi O'zbekiston - bu "Xalq manfaati hamma narsadan ulug'" degan ezgu g'oya amaliy ishlar bilan o'z tasdig'ini topayotgan zamondir. Albatda, bugun yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli o'zgarish va yangilanishlar "inson qadrini ulug'lash" tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur g'oya va tamoyillar bugun mamlakatizmizda shakllanayotgan yangi qadriyatlar tizimining muhim omili bo'lib xizmat qilmoqda.

Aytish joizki, Yangi O'zbekiston o'zining ku'chli salohiyati bilan jahon maydonida har tomonlama munosib abru-e'tiborga ega bo'lmoqda, obod va farovon davlat sifatida o'zining ijobiy qiyofasini tabora nomoyon etib bormoqda. Mamlakatimizda inson qadrini ulug'lash, adolatli jamiyat va xalqparvar davlat qurish g'oyasi buyuk maqsadlar sari dadil intilayotgan mamlakatimizda, xalqimizni yangidan-yangi ezgu ishlarni, ulug'vor maqsadlarni amalga oshirishga undaydi.

ADABIYOTLARNING TAHLILI VA METODLAR

Globallashuv jarayoni yuz berayotgan bugungi kunda qadriyatlar tizimi bilan bog'liq muammolarni o'rganish dolzarb hisoblanadi. Ushbu yo'nalishdagi ilmiy tadqiqotlar bugungi kunda ham davom etmoqda. Jumladan, xorij olimlaridan E.Aronson, R.Brown, M.Descamps, H.Lasswell, respublikamiz olimlaridan I.Soifnazarov, Q.Nazarov, Sh.Madaeva, R.Ruzieva M.Mavrulova, T.To'ychieva, O.Sharipova, G.Shodimetova, D.Qosimova, U.Tlavov va boshqalar. Ushbu maqolani yozishda yuqorida nomlari keltirilgan mualliflarning kitoblari va ularga qoshimcha

mavzuga doir mamlakatimizda qabul qilingan qarorlar, farmonlar, farmoyishlar metodologik manba sifatida belgilandi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Tarixan qisqa davr davomida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga doir 300 ga yaqin qonun va 4 mingdan ortiq qaror qabul qilinib, ular amalda kun sayin o'z tasdig'ini topmoqda. Bu boradagi o'zgarish va yangilanishlar, fuqarolarning siyosiy ongi va madaniyatining yuksalishiga sabab bolmoqda.

Barchamizga sir emas, "Harakatlar strategiyasi" va uning mantiqiy davomi sifatida qabul qilingan "Taraqqiyot strategiyasi"da ijtimoiy sohani rivojlantirishning aniq maqsad va vazifalari belgilab berilgan. Ularning izchillik bilan bajarilayotgani mazkur sohadagi muammolarini hal etishda mutlaqo yangicha o'ziga xos tizim yaratilganligidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan "Obod qishloq", "obod mahalla" "Yoshlar kelajagimiz", "Har bir oila - tadbirkor", "Besh muhim tashabbus" kabi dasturlar xalqimizning farovon va osoyichta umr keshirishida o'zining ijobiy samarasini ko'rsatmoqda.

Qayd etish joiz, mamlakatimizda keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish borasida ham muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida "mehnatga layoqatsiz va yolg'iz keksalar, nogironligi bo'lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida ekanligi, Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to'laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta'minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralarni ko'rishi, shuningdek, Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan to'laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi, ularning ishga joylashishiga, ta'lim olishiga ko'maklashishi, ularga zarur bo'lgan axborotni to'sqinliksiz olish imkoniyatini ta'minlashi" [1] belgilangan.

Bundan tashqari, 2016 yil 28-dekabr kuni "Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorning qabul qilinishi mamlakatimizda keksa-nuroniylar, nogironlar va yordamga muhtoj odamlarning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning samarali usullarini yanada takomillashtirish borasida keng miqyosli ishlarning olib borilayotganligini tasdiqlaydi.

Shu bilan birga, 2021 yil 2-oktabrda "Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" Vazirlar Mahkamasining Qarori

qabul qilindi. Mazkur qarorda "kam ta'minlangan oilalarni "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali aniqlash; bola nafaqasi va moddiy yordam tayinlash shartlari; bola nafaqasi va moddiy yordam olish uchun murojaat qilish, uni ko'rib chiqish va ularni to'lash tartibi; bola nafaqasi va moddiy yordam uchun to'lovlarni moliyalashtirish" kabi bir qator tartiblar belgilab berilgan.

Shuningdek, xalqimizning turmush darajasini oshirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida 2021 yil 28 aprelda "Moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 250-sonli qarori, 2021 yil 4-iyunda esa "Aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6241-sonli Farmonining qabul qilinganligini alohida qayd etib o'tishimiz lozim.

Songi yillarda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar orqali erishilgan barcha yutuq va natijalar jahon hamjamiyati va bir qator xorijiy ekspertlarning alohida e'tirofiga sazovor bo'layotganligi hammamizni behad xursand qilayotgani shubhasiz, albatta.

Xususan, "Médium" xalqaro internet nashrida "O'zbekistonning Uchinchi Renessans poydevoriga insonparvarlik va ilm-fan asos bo'ladi" mavzusidagi chop etilgan maqolada O'zbekistonda ro'y berayotgan ahamiyotga molik islohotlar bugun dunyo siyosatida o'ziga xos yangi to'lqinni ko'rsatayotganligini anglatadi.

Shu bilan birga, muallif o'zining maqolasida amerikalik olim Eforim Gurmfanning Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlari orasida birinchilardan bo'lib, o'z siyosatida xalqini kelajakda emas bugundan boshlab yaxshi yashashi kerak degan g'oyani ilgari surdi, degan fíkrlarini keltirish bilan O'zbekistonning hozirgi siyosati boshqa ko'plab xalqaro ekspert tomonidan ham e'tirof etilayotganligini qayd etgan [5]. Bunnan shuni anglash lozimki, mamlakatimizda insonparvarlik borasida amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat zamirida avvalo xalqimiz va fuqarolarimizni rozi qilish davlatimizning o'z oldiga qoygan buyuk maqsadlaridan biridir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu haqda "insonparvarlik ruhi bilan yo'g'irilgan bunday islohotlarimiz buyuk Alisher Navoiy bobomizning bitta ko'ngli o'ksik odamni xursand qilish - Ka'bani obod etish bilan barobar, degan teran ma'noli so'zlariga, mehr-oqibat, saxobat, olijanoblik kabi fazilatlarni doimo qadrlab, ulug'lab yashaydigan xalqimizning orzu intilishlariga har tomonlama uyg'un va hamohangdir" [4]. Shuningdek, Prezidentimiz buyuk bobomizning quyidagi satrlariga alohida to'qtalib: "Odamiy ersang demagil odami, onikim, yo'q xalq g'amidin g'ami" degan jumlalarida qanchalik chuqur hayotiy hikmat, falsafa bor. Ya'ni, bu dunyoda

insonlarning dard-u tashvishlarini o'ylab yashash - odamiylikning eng oliy mezonidir, xalqning g'amidan uzoq bo'lgan insonni odam qatoriga qo'shib bo'lmaydi, deya ta'kidlaydilar. Zero, o'zining yuksak insoniy fazilatlariga ega xalqimiz hamiycha o'z davlati va Konstitutsiyasi himoyasidadir.

Ayni payta, yurtimizda yangi qadriyatlar tizimi shakllanishida har bir millat vakili o'z tili va e'tiqodidan qat'i nazar, bugungi hayotdan rozi bo'lib, tinch va erkin yashashi maqsad qilib olingan mamlakatimizda, har bir fuqoraning haq-huquqlarini homoya qilish, ularning qonuniy manfaatlarini ta'minlashni nazarda tutadigan "hech kimni e'tibordan chetda qoldirmaslik" tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar, avvalo, insonlar dunyoqarashini, ularning hayoti va turmush tarzini tubdan o'zgartirmoqda. Jamiyatda "Yangi O'zbekistonni birgalikda barpo etamiz" degan ulug'vor maqsad umumxalq harakatiga aylanmoqda.

Qayd etish lozimki bugun jamiyatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining markaziga qo'yilgan. Xususan, "Ayolni e'zozlash -ezgulik va adolat mezoni", g'oyasini hayotga keng tadbiq etish maqsadida ayollarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, jamiyatda gender tenglikni ta'minlash, ularning huquqlarini himoya qilish masalalarida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunga qadar mamlkatimizda gender tenglikka erishish bo'yicha maxsus strategiya va bir qator ahamiyatga molik qonunlar qabul qilindi.

Bu borada "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida" va "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida" 2019-yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining qonunlari shular jumlasidandir. Ushbu qonunning 2-moddasida "Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi" deya belgilanishi, bir tomondan, mamlakatimizda ayollarning huquq va manfaatlarini ta'minlashga bog'liq e'tiborni, ikkinchi tomondan esa O'zbekistonning xalqaro shartnomalarda belgilangan majburiyatlarini bajarishda javobgarlik hissining yuqoriligini o'zida aks ettiradi.

Respublikamizning barcha hududlarida xotin-qizlarni qiynayotgan muammolarini aniqlash maqsadida "Ayyollar daftari"ning, yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularga yordam berish maqsadida "Yoshlar daftari"ning joriy etilishi Yurtimizda inson huquqlari sohasida manzilli ishlarning olib borilayotganligidan ko'rsatadi.

Demak, mustaqil O'zbekiston davlati ham BMTga a'zo davlatlarning biri sifatida inson huquqlari sohasiga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Konstitutsiyamizda bu borada alohida moddalarning keltirilishi buning amaliy isbotidir. Jumladan, Bosh Qomusimizning X bob 54-moddasida "Insonning huquq va erkinliklarini ta'minlash davlatning oliy maqsadidir. Davlat inson hamda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi" [1] deb ko'rsatilgan.

Ma'lumki, hozirgi kunda O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilishning milliy mexanizmi shakllangan. Mazkur mexanizmning tarkibiy qismi sifatida quyidagi organlarning faoliyat yuritib kelmoqda. Ular:

- sud organlari;

- nosudlov organlari;

- huquqni muhofaza qilish organlari;

- O'zbekiston Respublikasining prokuratura organlari;

- ichki ishlar organlari;

- adliya organlari;

- advokatura.

Inson huquqlarini himoya qilishda O'zbekiston Respublikasining sud organlarining o'rni va ahamiyati beqiyos. Chunki, sud organlari faqat jazolashdan iborat vazifalarni emas, balki buzilgan inson huquqlarini tiklash, sohta dalillar va tuhmatlar asosida javobgarlikka tortish kabi nomaqbul amaliyotga chek qo'yichda muhim ahamiyatga ega. Prezidentimiz ta'kidlaganidek: Biz sud-huquq tizimini isloh etishda "sudyaning ongida - adolat, tilida - haqiqat, dilida - poklik bo'lishi kerak", degan g'oyani ilgari surdik va uni amalda qaror toptirishga intilmoqdamiz [2,43].

Bugungi kunda mamlakatimizda huquqni qo'llash amaliyotini muntazam ravishda monitoring qilib borish orqali ularning tahlilini amalga oshirish, amaldagi qununchilikni yanada takomillashtirish bo'yicha muhim taklif va tavsiyalarni berish tizimi joriy etildi. Mazkur harakatlar yurtimizda kuchli fuqarolik jamiyati va mustahkam huquqiy davlatning shakllanayotganligini, yangi O'zbekistonda inson qadrini ulug'lash tamoyillari - yangi qadriyatlar tizimini optimallashtirishning muhim omili sifatida tabora namoyon bo'layotganligidan dalolat beradi.

Ta'kidlash lozim, hozirgi kunda mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonalari va Xalq qabulxonalari faoliyati yo'lga qo'yilgan. Natijada aholi va davlat organlari o'rtasida ochiq muloqot yaratilib, mazkur qabulxonalar orqali odamlar bevosita davlat rahbariga murojaat qilish, o'zlarini qiynab kelayotgan muammolarni yetkazish va ularni tez hal qilish imkoniga ega bo'ldi.

Bu bir tomondan, fuqarolarning davlat hokimiyatiga va qonun ustuvorligiga bo'lgan ishonchining ortishiga xizmat qilayotgan, ikkinchi tomondan, mamlakatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng tadbiq etilayotgani va xalqimizning ulardan foydalanish darajasining tabora yuksalib borayotganligini, shu bilan birga, yaratilgan imkoniyatlardan odamlarning to'gri va oqilona foydalana olayotganligini ko'rsatadi. Shu boisdan ham ushbu qabulxonalarni jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ta'minlashning o'ziga xos samarali mexanizmi sifatida e'tirof etishimiz mumkin. Mamlakatimizda inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar ham faoliyat yuritib kelmoqda. Ularga Ombudsman va biznes-ombudsmen faoliyatini, inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazini kiritishimiz mumkin.

Ushbu institutlar faoliyatining samarali yo'lga qo'yilishi yurtimizda inson huquqlarini himoya qilish sohasida olib borilayotgan islohotlarning xalqaro norma va standartlar asosida tizimli amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi.

XULOSA

Tadqiqotimiz O'zbeksiton rivojlanishning yangi davrida qadriyatlar tizimi yangilanishiga ta'sir ko'rsatayotgan islohotlarning ustuvor vazifalari quyidagilardan iboratligidan dalolat beradi:

- inson huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar (Birlashkan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, Islom hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi) bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash;

- inson huquqlari bo'yicha xorijiy davlatlarning milliy institutlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, xalqaro normalarni huquqni qo'llash amaliyotga implementatsiya qilish va ularning bajarilishini doimiy monitoring qilib borish tizimini yaratish;

- Davlatimiz tomonidan inson huquqlariga oid ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarning mazmun-mohiyatini keng aholi qatlami va davlat organlari vakillariga etkazish, ularning xabardorligini oshirishning tizimli mexanizmlarini shakllantirish;

- aholining inson huquqlari bilan bog'liq savodxonlik darajasini oshirish, ularda qununga hurmat hissini shakllantirish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirishning muhim perspektivalarini ishlab chiqish;

- inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashning huquqiy hamda tashkiliy asoslarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada kuchaytirish;

- umumta'lim maktablari, akademik litsey, kollej va texnikumlarda, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida "inson huquqlari"ga oid alohida oquv kurslarini tashkil

qilish, mazkur kurslarni o'qitish bo'yicha darsliklarni yaratish, metodik qo'llanmalarini ishlab chiqish;

- inson huquqlari sohasidagi ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni yanada kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirish va natijalarni amaliyotga keng joriy etish.

Bularning barchasi mamlakatimizda inson qadr-qimmatining toptalishi, huquqlarining buzilishiga barham berish, odil sudlov tizimini yanada mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy institutlar faoliyati uchun keng sharoitlarni yaratish, ushbu jabhadagi davlat siyosatini doimiy monitoring qilib borish tizimini yanada rivojlantirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish kabi ustuvor vazifalarning samarali bajarilishiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Mazkur yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan. 01.05.2023. https://lex.uz/docs/-6445145.

2. Mirziyoyev.Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To'ldirilgan ikkinchi nashri. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022. - 416-bet.

3. Mirziyoyev.Sh.M. "Hamma islohotlarni, hamma harakatlarni jamiyat bilan birga qilamiz". O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig'ilishidagi nutqidan. 26.01.2022. Manba: https://president.uz/oz/lists/view/4942

4. O'zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Yangi o'zbekiston" gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga javoblari. Manba: https://tuit.uz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyev

5. Mirzaboeva.Z. "O'zbekistonning Uchinchi Renessans poydevoriga insonparvarlik va ilm-fan asos bo'ladi" O'zbekiston xorijiy OAV va yozuvchilar nigohida. Manba: https://uza.uz/oz/posts/xorijiy-nashr-ozbekistonning-uchinchi-renessans-poydevoriga-insonparvarlik-va-ilm-fan-asos-boladi_285800.

6. Saifnazarov, I. (2023). Yangi O'zbekiston: inson qadri ulug'langan yurt. -Tashkent: "Ilm-Ziyo-Zakovat" MChJ. - 209.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.