Научная статья на тему 'YANGI O`ZBEKISTON: “INSON-JAMIYAT-DAVLAT” KONSEPSIYASINING JAMIYAT HAYOTIDAGI O`RNI'

YANGI O`ZBEKISTON: “INSON-JAMIYAT-DAVLAT” KONSEPSIYASINING JAMIYAT HAYOTIDAGI O`RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1010
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O`zbekiston / Yangi O`zbekiston strategiyasi / xalqaro xujjatlar / siyosat / ijtimoiy siyosat / inson qadri / milliy iqtisodiyot. / New Uzbekistan / strategy of New Uzbekistan / international documents / politics / social policy / human value / national economy.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Abdurazakova, Kamolaxon Yusupovna

Ushbu maqolada Yangi O’zbekiston “inson-jamiyat-davlat” konsepsiyasining jamiyat hayotidagi o’rni haqida ma'lumotlar berilgan. Inson, uning haq-huquqlari va baxt-saodati davlat siyosati, barcha davlat organlari faoliyatining eng ustuvor maqsadi sifatida namoyon bo`lmoqda. Bugungi kunda, jamiyat qurilishi va davlat siyosati ana shu g‘oyaga tayanishi, hamda “Davlat inson uchun”, “inson jamiyat davlat” tamoyillari asosida tashkil etilatganligi va Yangi O`zbekiston milliy dasturida ko`rsatilganligiga asoslanadi. Mazkur tamoyilga amal qilish esa, inson va uning manfaatlarini davlat siyosati va islohotlarining asosiy mezoniga aylanayapti. Bu nafaqat yurtimizda, balki butun Jahon siyosatida bunday islohotlarning demokratik tamoyillarga mosligi, ularning pirovard maqsadi va davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi inson manfaatlari, haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilganining e’tirof etilishi ham ana shu maqolada tanishib chiqish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NEW UZBEKISTAN: THE ROLE OF THE CONCEPT "MAN-SOCIETY-STATE" IN THE LIFE OF SOCIETY

This article provides information about the role of the "man-society-state" concept in the life of the society of New Uzbekistan. Man, his rights and happiness appear as the most important goal of state policy and activities of all state bodies. Today, the construction of society and state policy is based on this idea, and it is based on the principles of "State for man", "man society state" and is indicated in the national program of New Uzbekistan. Adherence to this principle is becoming the main criterion of the state policy and reforms of a person and his interests. It is not only in our country, but also in the world politics that such reforms are compatible with democratic principles, their ultimate goal and the recognition that the priority direction of state policy is aimed at ensuring human interests, rights and freedoms can be found in this article.

Текст научной работы на тему «YANGI O`ZBEKISTON: “INSON-JAMIYAT-DAVLAT” KONSEPSIYASINING JAMIYAT HAYOTIDAGI O`RNI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

YANGI OZBEKISTON: "INSON-JAMIYAT-DAVLAT" KONSEPSIYASINING JAMIYAT HAYOTIDAGI ORNI

Abdurazakova Kamolaxon Yusupovna

Alisher Navoiy nomli Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

o'qituvchisi [email protected]

Ushbu maqolada Yangi O'zbekiston "inson-jamiyat-davlat" konsepsiyasining jamiyat hayotidagi o 'rni haqida ma'lumotlar berilgan. Inson, uning haq-huquqlari va baxt-saodati davlat siyosati, barcha davlat organlari faoliyatining eng ustuvor maqsadi sifatida namoyon bolmoqda. Bugungi kunda, jamiyat qurilishi va davlat siyosati ana shu g'oyaga tayanishi, hamda "Davlat - inson uchun", "inson - jamiyat - davlat" tamoyillari asosida tashkil etilatganligi va Yangi O^zbekiston milliy dasturida ko^rsatilganligiga asoslanadi. Mazkur tamoyilga amal qilish esa, inson va uning manfaatlarini davlat siyosati va islohotlarining asosiy mezoniga aylanayapti. Bu nafaqat yurtimizda, balki butun Jahon siyosatida bunday islohotlarning demokratik tamoyillarga mosligi, ularning pirovard maqsadi va davlat siyosatining ustuvor yo 'nalishi inson manfaatlari, haq-huquqlari va erkinliklarini ta 'minlashga qaratilganining e'tirof etilishi ham ana shu maqolada tanishib chiqish mumkin.

Kalit so'zlar: Yangi O^zbekiston, Yangi O^zbekiston strategiyasi, xalqaro xujjatlar, siyosat, ijtimoiy siyosat, inson qadri, milliy iqtisodiyot.

This article provides information about the role of the "man-society-state" concept in the life of the society of New Uzbekistan. Man, his rights and happiness appear as the most important goal of state policy and activities of all state bodies. Today, the construction of society and state policy is based on this idea, and it is based on the principles of "State - for man ", "man - society - state " and is indicated in the national program of New Uzbekistan. Adherence to this principle is becoming the main criterion of the state policy and reforms of a person and his interests. It is not only in our country, but also in the world politics that such reforms are compatible with democratic principles, their ultimate goal and the recognition that the priority direction of state policy is aimed at ensuring human interests, rights and freedoms can be found in this article.

Key words: New Uzbekistan, strategy of New Uzbekistan, international documents, politics, social policy, human value, national economy.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

KIRISH

Prezident Shavkat Mirziyoevning "Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni loyihasining jamoatchilik muhokamalari shu yil 15-yanvarda yakunlanadi. Mazkur hujjat asosida, birinchidan, Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi, ikkinchidan, Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi", uchinchidan, Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo'yicha milliy komissiya tarkibi yuzasidan ko'plab taklif va mulohazalar kelib tushmoqda.Avvalambor, "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi", degan nomning mazmun-mohiyatiga muxtasar to'xtalamiz. Zero, bu nomning kelib chiqishi, fikrimizcha, bir qator muhim omillarga borib taqaladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Birinchi omil: ushbu nom Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi -Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi ekanini anglatadi. Agar Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yo'nalish belgilab olingan bo'lsa, Taraqqiyot strategiyasida ham ushbu ustuvor yo'nalishlar davomiyligi saqlab qolingan.Shu bilan bir qatorda, taraqqiyot o'zgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi ko'zda tutilgan holda, Taraqqiyot strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yo'nalish qo'shilyapti. Bulardan biri - ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchisi - O'zbekistonning dunyoda yuz berayotgan global muammolarga munosabati negizida belgilangan yangi ustuvor yo'nalishdir.

Shunday qilib, Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasida quyidagi yettita ustuvor yo'nalish nazarda tutilgan: birinchi ustuvor yo'nalish - inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

ikkinchi ustuvor yo'nalish - mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; uchinchi ustuvor yo'nalish - milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o'sish sur'atlarini zamon talablari darajasida ta'minlash;

to'rtinchi ustuvor yo'nalish - adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;

beshinchi ustuvor yo'nalish - ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;

oltinchi ustuvor yo'nalish - umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;

yettinchi ustuvor yo'nalish - mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Ikkinchi omil: Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyili ilgari surilayotgani bejiz emas. Chunki, avvalo, Harakatlar strategiyasidagi har bir yo'nalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yo'nalishlarda muhim natijalarga erishish ko'zda tutilmoqda. Inson qadri - bosh tamoyil.Taraqqiyot strategiyasida asosiy e'tibor, bir tomondan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir qonunlar, kodekslar, konsepsiya va dasturlar qabul qilinishiga qaratilgan.Ikkinchi tomondan, unda qonun ustuvorligini taminlash, konstitutsiyaviy islohotni hayotga izchil tatbiq etish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, manaviyatni rivojlantirish, shuningdek, global muammolarga O'zbekistonning munosabati, xavfsizlik va tashqi siyosat borasidagi muhim vazifalar qamrab olingan.Eng asosiysi, Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi 7 ustuvor yo'nalishning bosh g'oyasi - inson qadrini ta'minlashdir. Chunki, Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi asosiy g'oya ham "Inson qadri uchun" tamoyili edi.Uchinchi omil: inson qadrini joyiga qo'yishni qonuniy va tashkiliy-huquqiy yo'llar bilan hayotimizning barcha sohalarida milliy, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik darajalarida qanday qilib amalga oshirish kerak? Taraqqiyot strategiyasida bu dolzarb savolga juda ko'plab aniq maqsadlarga qaratilgan amaliy javoblar bor.Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yo'nalishi bo'yicha hozirgi kunga qadar 26 ta konsepsiya va bir qator dasturlar qabul qilingan bo'lsa, kelgusida Taraqqiyot strategiyasi doirasida 13 ta kodeks, 12 ta qonun, ya'ni har bir ustuvor yo'nalishda zarur qonun hujjatlari qabul qilinishi ko'zda tutilgan.Jumladan, Tadbirkorlik kodeksining ishlab chiqilishi - yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va tadbirkorlar huquqlarini to'liq himoya qilishning mustahkam qonuniy asosiga aylanadi.Bo'lajak Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risidagi kodeksda fuqarolik jamiyatining huquqiy mezonlari o'z aksini topadi.Axborot kodeksi - shu vaqtga qadar amal qilayotgan ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar faoliyati, axborot va so'z erkinligiga bag'ishlangan o'ndan ortiq qonun kodifikatsiya qilingan yagona va yaxlit qonun hujjati sifatida qabul qilinishining natijasi bo'ladi.To'rtinchi omil: Yangi O'zbekiston tarraqqiyot strategiyasining nafaqat nomlanishi, ayni chog'da unda belgilangan ustuvor yo'nalishlar va muhim vazifalar ham milliy yoki mintaqaviy miqyosdagina emas, balki global darajada ulkan ahamiyatga molik xalqaro hujjatlar bilan uyg'un va hamohangdir.Taraqqiyot strategiyasi - dunyo taraqqiyot trendlariga to'la mos.Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-2030 yillarda Barqaror taraqqiyot maqsadlarini elon qilgan. Bu xalqaro hujjat o'zbek tilida "Barqaror taraqqiyot maqsadlari" yoki "Barqaror rivojlanish maqsadlari", degan nomlar bilan sizu bizga yaxshi tanish.Dastlab Harakatlar strategiyasida, endilikda esa Taraqqiyot

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

strategiyasida ham O'zbekiston bajarishni o'z zimmasiga olgan BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarini mamlakatimiz hayotiga tatbiq etishning aniq taktika va strategiyalari belgilab berilmoqda.Boshqacha aytganda, O'zbekiston tashqi xalqaro munosabatlarning teng huquqli a'zosi sifatida o'zining BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlari bilan hamohang holda rivojlanishi, bu boradagi o'ziga xos o'rni va ahamiyati, yanada muhimi, ibratli tajribasini butun dunyoga ko'rsata oldi. O'z navbatida, Yangi O'zbekiston tarraqqiyot strategiyasi ushbu muhim taraqqiypravar jarayon uzluksiz davom etayotganidan dalolat beradi.

Bugungi kunda xalqaro hamjamiyat tomonidan Taraqqiyot huquqi to'g'risidagi konvensiya loyihasi ishlab chiqilyapti. Qolaversa, 35 yildan buyon Taraqqiyot huquqi to'g'risidagi deklaratsiya amal qilmoqda. Shu ma'noda, O'zbekiston Prezidenti taqdim etayotgan Taraqqiyot strategiyasi xalqaro hamjamiyatning rivojlanish tendensiyalariga, butun dunyoning taraqqiyot trendlariga to'la mos keladi.Shuni ham aytish joizki, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo'shma qarori bilan Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish bo'yicha konstitutsiyaviy parlament komissiyasi tuzilgan.Parlament komissiyasi Barqaror taraqqiyot maqsadlari ijro etilishini parlament nazorati yo'li bilan ta'minlamoqda. Binobarin, Taraqqiyot strategiyasini amalda tatbiq etishda ham parlamentning roliga alohida e'tibor qaratilayotgani juda muhim.Yangi O'zbekiston - xalqchil davlat.Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" loyihasida "Davlat xalqqa xizmat ko'rsatishi shart" g'oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi "Xalqchil davlat" milliy dasturini ishlab chiqish vazifasi zimmamizga yuklangani bejiz emas.

Albatta, ushbu Dastur loyihasi, ilg'or xorijiy davlatlarning tajribasini inobatga olgan holda, belgilangan muddatda ishlab chiqiladi va taqdim etiladi."Yo'l xaritasi" loyihasida yana bir muhim vazifa - Xalq qabulxonalarining huquqiy maqomini takomillashtirish masalasi uchun mas'ul etib belgilanganmiz. Xalq qabulxonalari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish va ularning davlat boshqaruvi tizimidagi maqomini mustahkamlashga qaratilgan Konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish bo'yicha ishlarni allaqachon boshlab yubordik.Yangi O'zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Bu davrda "inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri - eng muhim qadriyat" degan tamoyil e'tirof etilmoqda.Shu munosabat bilan milliy qonunchilik va huquqiy amaliyotda "shaxs -jamiyat - davlat" tamoyilini mustahkamlash kerak. Zero, Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida yillar davomida amal qilib kelgan "davlat - jamiyat - inson" tamoyili "inson - jamiyat - davlat" tamoyiliga o'zgartirilmoqda.Xalq bilan bevosita

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

muloqot qilish, yurtdoshlarimizning dardu tashvishlari, muammolarini ijobiy hal etish bo'yicha mutlaqo yangi demokratik tizim - Xalq qabulxonalari o'tgan besh yilda faoliyat yuritib kelmoqda va o'zini oqladi. Bundan tashqari barcha davlat organlari faoliyatida "xalq dardiga kuloq solish", muammolarni joyida hal etish va xalqni rozi qilish bo'yicha samarali ishlar qilinmoqda.Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasining 11-maqsadida "Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini takomillashtirish" muhim vazifa etib belgilanmoqda. Xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish, davlat organlariga kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish jarayonini raqamlashtirish, murojaatlarni tezkor va sifatli ko'rib chiqilishini ta'minlash ko'zda tutilmoqda. Eng asosiysiy, "Davlat xalqqa xizmat ko'rsatishi shart" g'oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi "Xalqchil davlat" milliy dasturi ishlab chiqish belgilanmoqda.O'z navbatida, "Yo'l xaritasi" 46-bandida qiynoqlarning oldini olish bo'yicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirish haqida so'z boradi. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi ushbu vazifaning asosiy ijrochilaridan biridir.Bunda, birinchidan, qiynoqlarning oldini olish bo'yicha tegishli xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish masalasini ko'rib chiqish taqozo etiladi. Ikkinchidan, qiynoqlarning oldini olish bo'yicha preventiv milliy mexanizmning qonuniy asoslarini rivojlantirish kerak bo'ladi. Hamkor tashkilotlar bilan har ikki masala bo'yicha, umuman, Taraqqqiyot strategiyasi ijrosi doirasida o'zaro hamji hatlikda faol ish olib boramiz.

REFERENCES

1. www.lex.uz.[1]

2. www.norma.uz[2]

3. 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni .[3]

4. www.strategy.uz.[4]

5. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

6. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

7. Абдурашидова, Нилуфар Абдурашидовна, & Хдсанов, М. (2022). ЁШЛАР ДУНЁКАРАШИДА ДИН ВА АХЛОКДИНГ УЗАРО МУТАНОСИБЛИГИ.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 1226-1235.

8. Ж. С. Раматов, & М. Хдсанов (2022). ШАХС ДИНИЙ ДУНЁКАРАШИНИНГ ШАКЛЛАНИШИДА ИЛМНИНГ АДАМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 3 (7), 35-39.

9. Нилуфар Жураевна Назарова, & Миршод Нуъмонович Хдсанов (2022). ТАЛАБАЛАРДА БУШ ВАКТДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ КУНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Academic research in educational sciences, 3 (6), 752-758.

10. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич, Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАККИЁТ БОСКИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 606-

11. C. PaMaroB, M. XacaHOB, & .TOHHH A3aMarOBHH BanneB (2022). AWOEHH^O rxom XAETH BA HTMHH OA.TCAOHH MELPOCH. Academic research in educational sciences, 3 (6), 1161-1169.

12. 3pHne3OB y., PAMATOB ., TyxTa6oeB 3., BanneB .T., ^yMaHne3OBa H., & XacaHOB M. (2022). mPH AyPOBHH^O KAPAfflTAPH^A HHCOH BA yHHHr MALHABHH MKCA^Hrn 3APyPATH . World Scientific Research Journal, 9 (1), 197-202. Retrieved from http: //www.wsrj ournal .com/index. php/wsrj /article/view/2285

13. Jumaniyoz Ramatov, Rozigul Umarova, Rashid Baratov, Mirshod Khasanov, Siroj Sultonov, & Fayzulla Kushakov (2022). MODERN REQUIREMENTS FOR THE SPIRITUAL IMAGE OF YOUNG PEOPLE AND ITS MANIFESTATION IN PRACTICE. Academic research in educational sciences, 3 (10), 582-586.

14. ^ypa6oeB, H. ro., KymaKOB, O. A., CynTaHOB, C. X,., & XacaHOB, M. H. (2022). KOHOУЦHH.ПHK XyCyCHHTHAPH^AH XHTOH OA^CAOACHHHHr KEHrAHHfflH. World scientific research journal, 9(2), 3742.

15. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Sultanov, S., & Khasanov, M. (2022). METHODS AND MEANS OF FORMATION OF SPIRITUAL MORAL CONSCIOUSNESS IN STUDENTS AND YOUTH OF UZBEKISTAN. World scientific research journal, 10(1), 257-262.

16. C. PaMaroB, Mnprnog HyMOHOBHH XacaHOB, & .T. A. BanneB (2022). fflAP^ yHFOHHffl ^ABPH MyTAOAKKHP.TAPHHHHr CHECHH-Xy^y^HH TAL.THMOT.nAPH (AEy HACP OOPOEHH, AEy PAHXOH EEPyHHHHHr

612.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

СИЁСИЩУ^У^ИЙ КАРАШЛЛРИ АСОСИДА). Academic research in educational sciences, 3 (6), 705-712.

17. Ж. С. Раматов, & М. Хдсанов (2022). ОНТОЛОГИЧЕСКИХ И ГНОСЕОЛОГИЧЕСКИХ ВОЗЗРЕНИЙ АЛЬ-ФАРАБИ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (6), 537-546.

18. Рахимова Машхура Иномжановна, & Хасанов Миршод Нумонович (2020). Роль среднеазиатской философии в развитии мировой и европейской науки. Вестник науки и образования, (4-1 (82)), 38-41.

19. Akbarova, L. U. (2022). APPLICATION OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN PRACTICAL CLASSES IN THE DISCIPLINE" ECONOMIC THEORY". Journal of new century innovations, 16(1), 133-3/. Akbarova, L. U. (2022). APPLICATION OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN PRACTICAL CLASSES IN THE DISCIPLINE" ECONOMIC THEORY". Journal of new century innovations, 16(1), 133-135.

20. Akbarova, L. U. (2022). THE SIGNIFICANCE OF ECONOMIC THEORY IN KNOWING AND SOLVING PROBLEMS OF ECONOMIC DEVELOPMENT OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Journal of new century innovations, 16(1), 128-129.

21. Akbarova, L. U. (2022). SOME PROBLEMS OF LIFELONG EDUCATION IN UZBEKISTAN IN THE CONDITIONS OF A MARKET ECONOMY. Journal of new century innovations, 16(1), 130-132

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.