Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYA – O‘ZBEKISTON MILLIY MANFAATLARINING QONUNIY ASOSI'

KONSTITUTSIYA – O‘ZBEKISTON MILLIY MANFAATLARINING QONUNIY ASOSI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
167
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konstitutsiya / qonunchilik tizimi / milliy manfaatlar / islohotlar / taraqqiyot / xalq manfaatlari / milliy qadriyat. / constitution / legal system / national interests / reforms / development / interests of the people / national value.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Narzullayev, Komiljon Sobirjonovich

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini davlatning qonunchilik tizimining va milliy manfaatlarini himoyalashda asos ekanligi, bugungi kunda davlat rivojlanishining, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot suratlarini jadallashtirishda qonuniy me’zonlar majmui sifatidaligi bayon etilgan. Shu jumladan O’zbekiston xalqaro munosabatlarning to'la huquqli ishtirokchisi, fuqarolarning va yuridik shaxslarning xorijiy davlatlarda huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari har tomonlama himoya qilinishi, qonunchilik umumbashariy insonparvarlik qoidalariga asoslanganligi, iqtisodda bozor munosabatlarini rivojlantirish sohasida qonunchilik bosh mezon ekanligi haqida so’z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONSTITUTION IS THE LEGAL BASIS OF THE NATIONAL INTERESTS OF UZBEKISTAN

The article discusses aspects of the Constitution of the Republic of Uzbekistan, that this basic legal document is the basis of the legislative system of the state and the protection of national interests, as a set of legal criteria for accelerating the development of the state and socio-economic growth. It also highlights the issues that Uzbekistan is a full participant in international relations, the rights, freedoms and legitimate interests of citizens and legal entities are protected in foreign countries, the legislation is based on the norms of universal humanism and the constitution is the main criterion for the development of market relations in the country.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYA – O‘ZBEKISTON MILLIY MANFAATLARINING QONUNIY ASOSI»

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

KONSTITUTSIYA - O'ZBEKISTON MILLIY MANFAATLARINING

QONUNIY ASOSI

Komiljon Sobirjonovich Narzullayev

Namangan muhandislik-qurilish instituti el.manzil : narzullaev.komilj [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini davlatning qonunchilik tizimining va milliy manfaatlarini himoyalashda asos ekanligi, bugungi kunda davlat rivojlanishining, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot suratlarini jadallashtirishda qonuniy me'zonlar majmui sifatidaligi bayon etilgan. Shu jumladan O'zbekiston xalqaro munosabatlarning to'la huquqli ishtirokchisi, fuqarolarning va yuridik shaxslarning xorijiy davlatlarda huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari har tomonlama himoya qilinishi, qonunchilik umumbashariy insonparvarlik qoidalariga asoslanganligi, iqtisodda bozor munosabatlarini rivojlantirish sohasida qonunchilik bosh mezon ekanligi haqida so 'z borgan.

Kalit so'zlar: konstitutsiya, qonunchilik tizimi, milliy manfaatlar, islohotlar, taraqqiyot, xalq manfaatlari, milliy qadriyat.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются аспекты Конституции Республики Узбекистан, что данный базовый павовой документ является основой законодательной системы государства и защиты национальных интересов, как совокупность правовых критериев ускорения развития государства и социально-экономического роста. В том числе освещаются вопросы о том, что Узбекистан является полноправным участником международных отношений, права, свободы и законные интересы граждан и юридических лиц защищены в зарубежных странах, законодательство основывается на нормах общечеловеческого гуманизма и конституция является основным критерием развития рыночных отношений в стране.

Ключевые слова: конституция, правовая система, национальные интересы, реформы, развитие, интересы народа, национальная ценность.

ABSTRACT

The article discusses aspects of the Constitution of the Republic of Uzbekistan, that this basic legal document is the basis of the legislative system of the state and the protection of national interests, as a set of legal criteria for accelerating the development of the state and socio-economic growth. It also highlights the issues that Uzbekistan is a full participant in international relations, the rights, freedoms and legitimate interests of citizens and legal entities are protected in foreign countries,

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

the legislation is based on the norms of universal humanism and the constitution is the main criterion for the development of market relations in the country.

Keywords: constitution, legal system, national interests, reforms, development, interests of the people, national value.

Konstitutsiya - har qanday davlatning asosiy qonuni, mavjud qonunchilik tizimining asosi hisoblanadi. Bu hujjat davlatning shaklini, davlat hokimiyati tiziminining tuzilishini, ularning qanday vakolatlarga ega ekanligini, saylovlarni tashkillashtirishni, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o'zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o'zaro munosabatlarini belgilab beradi.

Konstitutsiya va qonunlar huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy xujjatlar qonunlarga zid bo'lmasligi kerak [1].

O'zbekiston Respublikasi taraqqiyotining hozirgi bosqichida, hayotiy dasturga aylangan "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yetita ustuvor yo'nalishdan iborat 2022 - 2026 - yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida islohotlar suratini ta'minlash ham ko'zda tutilgan. Bunga muvofiq inson, uning haq - huquqlari va baxt - saodati davlat siyosati, barcha davlat organlari faoliyatining eng ustuvor maqsadi bo'lishi lozim. Jamiyat qurilishi va davlat siyosati ana shu g'oyaga tayanishi hamda "Davlat - inson uchun" tamoyili asosida tashkil etilishi darkorligi takidlangan [2].

Boshlangan islohotlarning amalga oshishida mustaqillik yillarida ijtimoiy -iqtisodiy taraqqiyotga erishishda to'plangan tajribalar, tarixiy, madaniy, boy ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va an'analar asosida jamiyatda yuksak huquqiy va siyosiy madaniyatni mustahkamlash hamda ma'naviy yuksalishga erishish, halq manfaatlarini ta'minlash zarurligini alohida ta'kidlash lozim. Ushbu ta'kidlangan soxalarni rivojlantirish va zamon talablari darajasida ta'minlashda konstititsiya muxim o'rin tutadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA USLUBLAR

Asosiy materiallar va tadqiqot usullari sifatida yetakchi huquqshunosh olimlar tomonidan chop etilgan adabiyotlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev asarlari, O'zbekiston Respublikasi davlat organlarining rasmiy nashrlari, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharx, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishkar vazirligi akademiyasi manbalari, hamda xorijiy

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

mamlakatlarda, jumladan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida nashr etilgan zamonaviy manbalar kiradi. Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, dekompozitsiya usuli, tasniflash va guruhlarga ajratish kabi bilish usullaridan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA TAHLIL

Milliy tiklanishdan - milliy yuksalishga erishish g'oyasini amalga oshirish, ichki siyosatda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, xalqning farovonligini oshishi, mamlakatdagi tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, tashqi - siyosatda milliy manfaatlarni himoyalash va maqsadli ilgari surish, O'zbekiston xalqining milliy -madaniy va ma'naviy-axloqiy qadriyatlari, urf-odatlarini saqlash va boyitishdan iborat.

So'nggi yillardada O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlar, davlat va jamiyat rivojidagi keskin burilishlarning mazmun-mohiyati tahlil qilinsa, ular bugungi davr talabi va ko'p millatli xalq manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilayotganini ko'rish mumkin. Shuning uchun ham bu islohotlar mamlakat tarixida yangi davr, ya'ni yuksalish va taraqqiyot bosqichini boshlab berayotgan yangilanishlar sifatida ko'rish mumkin.

Bu borada yuqorida keltirilgan "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"da ko'zda tutilgan, jahon maydonida milliy manfaatlarimizni qat'iy himoya qilishga qaratilgan mutlaqo yangi ichki va tashqi siyosat muhim rol o'ynamoqda.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IV bobi 17-moddasida O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la huquqli sub'ekti ekanligi. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanishi belgilangan. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi belgilab qo'yilgan [3].

Fuqarolarimiz va yuridik shaxslarning xorijiy davlatlarda huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari har tomonlama himoya qilinishini ta'minlash borasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ham ushbu konstitutsiyaning VI bobi 22-moddasida ko'rsatib o'tilgan, yani "O'zbekiston Respublikasi o'z hududida ham, uning tashqarisida ham o'z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatishni kafolatlaydi"

Bugungi kunda globallashuv - sharoitida xalqning o'ziga xos qiyofasi, milliy qadriyat va an'analarini asrab qolish, odamlarda yuksak ma'naviyat va didni

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

tarbiyalashda huquqiy ongni shakllantirishda qonunchilik asosining o'rni yana dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Davlat va jamiyat hayotida siyosiy va sud-huquq masalalari muhim o'rin tutadi. Shu bois, bu borada mavjud davlat va siyosiy tizimni yanada mustahkamlash, milliy g'oya, jamiyatning axloqiy va ma'naviy asoslari ustuvorligini ta'minlashni asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda. Jamiyatda hukm surayotgan va o'zbek xalqiga xos bag'rikenglik, millati, dini, ijtimoiy holati va kelib chiqishidan qat'i nazar, barcha fuqarolarning birdamligi va hamjihatligini mustahkamlash masalalari ham e'tirof etilgan.

O'zbekiston - umumbashariy insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e'tiqodlaridan qan'iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkilniklari ta'minlab beradigan davlatdir. O'zbekistonda inson, unung hayoti, erki, shani, qadr-qimmati va boshqa huquq va erkinliklari muqaddasdir va bu masalalarning hammasi o'z ifodasini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida topgan [4].

Respublikaning taraqqiyoti va xalq farovonligini oshishida iqtisodiyot hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Iqtisodiyotga XXI asr talablari va tafakkuri asosida yondashuvni amalga oshirib, ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishga yo'naltirilmagan xarajatlarni qisqartirish, yangi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, mamlakatning turli mintaqalarida faoliyat yuritib, istiqbolli ishlab chiqarish bilan shug'ullanayotgan korxonalarga soliq va majburiy to'lovlarda imtiyozlar berish yo'li bilan mahalliy sanoat samaradorligini yanada oshirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish ham milliy qonunchilikda ta'kidlab o'tilgan. Dunyo bozorida raqobatdosh hamda milliy iqtisodiyotimiz timsoliga aylanadigan transmilliy kompaniyalarni shakllantirish, "O'zbekistonda ishlab chiqarilgan" yorlig'i ostida jahon bozoriga mahsulot yetkazib berishga yo'naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni qabul qilish va xorijiy mahsulotlar o'rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni samarali qo'llab-quvvatlash, jumladan, ular uchun soliq miqdorini kamaytirish, bojxona imtiyoz va preferensiyalari, imtiyozli subsidiyalar va boshqa shakllardagi davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash choralari joriy etilish shular jumlasiga kiradi [5, 6].

Bu yerda konstitutsiyaning "Jamiyat va shxs" III bo'limi, XII bobida "Jamiyatning iqtisodiy negizlarida keltirilgan "Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin""degan 53-moddasini eslash maqsadga muvofiq.

Xulosa qilib aytganda - O'zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash orqali iqtisodiyotning barqaror o'sish sur'atlari, xalqimiz farovonligi, milliy manfaatlarimizni jahon hamjamiyati oldida himoya etish va mamlakatimizning bundan buyon ham rivojlanishi zamonaviy va ilg 'or davlatlar qonunchilik tizimlarida ko'zda tutilgan va halqimizning milliy qadriyarlaridan kelib chiqib qollanilgan qonunchilik tizimiga bog'liq ekan.

O'zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimini yanada takomillashtirish va jahon talablari darajasida e'tirof etilishini taminlash, hamda halqimizda huquqiy madaniyatni shakllatirish maqsadida quyidagilarni amaliy joriy netishga e'tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi:

> rivojlangan jahon davlatlari qonunchilik tizimlarini monitoringini olib boorish va ijobiy - taraqqiyparvar natijalarni milliy qonunchilik tizimida qollash;

> ichki qonunchilikda raqamlashtirilgan tizimi tashkil etish va fuqarolarning fikrini tizimli o'rganib borish;

> qabul qilingan qonunlarning samaradorligini davlatning ravojlanishiga, fuqarolarning turmush tarziga ko'rsarayotgan ta'sirini halq vakillari va davlat xizmatchilari fikrini o'rganish orqali belgalash, lozim topilsa bunday (manjud) qonunlardan voz kechish tizimini tashkil etish;

> mavjud qonunlarga fuqarolarning doimiy, soddalashtirilgan va yengil murojat etish elektron tizimini tashkil etish (videofilmlar, videodasturlar, qonun xujjatlari bilan ishlash namunalari, interaktiv portallar, va x.k. Tizimni tashkil etishda oddysidan - murakkabiga tamoyiliga rioya qilinsa maqsadga yanada muvofiq bo'lar edi).

REFERENCES

1. Саидов А. ва бошкалар. Давлат ва хукук асослари: Дарслик. -Т.: Шарк;, 2002,- 720 б.

2. Ш.Мирзиёев. Янги Узбекистан стратегияси. - Тошкент: "O'zbekiston" нашриёти, 2021. 464 бет.

3. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: "O'zbekiston". 2019. -80 b.

4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharx. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishkar vazirligi akademiyasi. -T.: "O'zbekiston". 2001. -590 b.

XULOSA

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

5. Нарзуллаев К. Иностранные инвестиции: проблемы привлечения в экономику региона. Издательство «LAP Lambert Academic Publishing». International Book Market Service Ltd. Бривибасгатве 197, LV-1039, Рига, Латвия, Европейский Союз, 2019 г. 308 с.

6. Нарзуллаев К. Государственная экономическая политика в условиях пандемии «COVID-19». ФарПИ "Илмий - техника журнали". 2022. Том 26 . № 3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.