Научная статья на тему 'RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLAR SAYLOV QONUNCHILIGINI TAHLIL ETISHNING MILLIY SAYLOV QONUNCHILIK RIVOJLANISHIDAGI AMALIY AHAMIYATI'

RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLAR SAYLOV QONUNCHILIGINI TAHLIL ETISHNING MILLIY SAYLOV QONUNCHILIK RIVOJLANISHIDAGI AMALIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
484
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
saylov qonunchiligi / milliy saylov jarayoni / saylov huquqi / erkin saylov. / избирательное право / общенациональный избирательный процесс / избирательное право / свободные выборы.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saidov, Baxodirxo‘ja Nosirxo‘jayevich

Mazkur tadqiqot jarayonida xorijiy mamlakatlar saylov qonunchiligi va milliy saylov qonunchilik o’rtasidagi o’xshash va farqli jihatlar tahlil qilib o’tildi. Ma’lumki, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida davlat qurilishi tajribasida davlat hokimiyati organlari ikki usulda – saylovlar va tayinlash yo‘li bilan shakllantiriladi. Biroq barcha demokratik davlatlarda ijroiya va sud hokimiyati organlarining yuqori lavozimlariga tayinlashni ham xalq tomonidan saylab qo‘yiladigan organlar amalga oshiradi. Shu tariqa, saylovlar qadimdan davlat hokimiyati organlarining oliy darajadagi qonuniyligini ta’minlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРАКТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ АНАЛИЗА ИЗБИРАТЕЛЬНОГО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА РАЗВИТЫХ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН В РАЗРАБОТКЕ НАЦИОНАЛЬНОГО ИЗБИРАТЕЛЬНОГО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА

В ходе исследования были проанализированы сходства и различия между избирательным законодательством зарубежных стран и национальным избирательным законодательством. Известно, что по опыту государственного строительства во многих странах мира органы государственной власти формируются двумя способами путем выборов и назначений. Однако во всех демократических государствах назначение на высокие должности исполнительной и судебной власти осуществляется органами, избираемыми народом. Таким образом, выборы уже давно обеспечивают высший уровень легитимности государственной власти.

Текст научной работы на тему «RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLAR SAYLOV QONUNCHILIGINI TAHLIL ETISHNING MILLIY SAYLOV QONUNCHILIK RIVOJLANISHIDAGI AMALIY AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLAR SAYLOV QONUNCHILIGINI TAHLIL ETISHNING MILLIY SAYLOV QONUNCHILIK RIVOJLANISHIDAGI AMALIY AHAMIYATI

Saidov Baxodirxo'ja Nosirxo'jayevich,

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo'riqlash bosh boshqarmasi muhim topshiriqlar bo'yicha inspektori

Mazkur tadqiqot jarayonida xorijiy mamlakatlar saylov qonunchiligi va milliy saylov qonunchilik o'rtasidagi o'xshash va farqli jihatlar tahlil qilib o'tildi. Ma'lumki, dunyoning ko'pgina mamlakatlarida davlat qurilishi tajribasida davlat hokimiyati organlari ikki usulda - saylovlar va tayinlash yo 'li bilan shakllantiriladi. Biroq barcha demokratik davlatlarda ijroiya va sud hokimiyati organlarining yuqori lavozimlariga tayinlashni ham xalq tomonidan saylab qo 'yiladigan organlar amalga oshiradi. Shu tariqa, saylovlar qadimdan davlat hokimiyati organlarining oliy darajadagi qonuniyligini ta 'minlaydi.

Kalit so'zlar: saylov qonunchiligi, milliy saylov jarayoni, saylov huquqi, erkin saylov.

В ходе исследования были проанализированы сходства и различия между избирательным законодательством зарубежных стран и национальным избирательным законодательством. Известно, что по опыту государственного строительства во многих странах мира органы государственной власти формируются двумя способами - путем выборов и назначений. Однако во всех демократических государствах назначение на высокие должности исполнительной и судебной власти осуществляется органами, избираемыми народом. Таким образом, выборы уже давно обеспечивают высший уровень легитимности государственной власти.

Ключевые слова: избирательное право, общенациональный избирательный процесс, избирательное право, свободные выборы.

Saylov huquqi esa eng muhim siyosiy huquqlardan biri bo'lib, u fuqarolarga nafaqat vakillik organlarini tashkil etish, balki bunday organlarga o'z vakillarini yuborish imkoniyatini ham beradi. Fuqarolar tomonidan o'z saylov huquqlarining hech qanday to'siqsiz amalga oshirilishi, ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokining eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, har bir fuqarolarning erkin va

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

halol saylov yo'li bilan davlatni boshqarishda qatnashish huquqi inson huquqlari to'g'risidagi bir qator xalqaro normativ hujjatlarda belgilab qo'yilgan. "Hozirgi paytda dunyoda insonning saylov huquqlari va erkinliklarini ta'minlash, erkin demokratik adolatli saylovlarni tashkil etish va o'tkazish sohasiga doir 20 dan ziyod xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar mavjud"1.

Erkin saylov huquqining amalga oshirilishi, erkin hamda chinakamiga ifoda etiladigan xalq irodasi hokimiyat va har qanday hukumat qonuniyligining asosi ekanligi va har bir shaxsning o'z davlatini boshqarishda bevosita yoki o'z vakillari orqali qatnashish huquqi ko'pgina xalqaro hujjatlarda, jumladan, EXHTning Kopengagenda qabul qilingan hujjatida ham ta'kidlangan. Ushbu hujjat talablariga ko'ra, «Ishtirok etuvchi davlatlar tegishlicha o'z fuqarolarining bevosita yoki haqiqiy saylov jarayonida o'zlari erkin saylaydigan vakillari orqali mamlakatni bo shqarishda qatnashish huquqlarini hurmat qiladilar»2 . Bu huquqning amalga oshirilishi uchun yaratilgan imkoniyatga qarab, u yoki bu davlatning qay darajadagi demokratiya asosida yashayotganligiga baho berish mumkin. Bu borada mamlakatimiz saylov qonunchiligi tizimida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar ham aynan fuqarolarning siyosiy huquqlarini ta'minlashga qaratilayotganini ta'kidlab o'tish joiz.Shu jumladan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrlari so'zlarimiz tasdig'i bo'ladi, deya ishonch bilan ayta olamiz: "Odamlarning dardu tashvishi, manfaatlarini o'ylab yashash, aholi uchun munosib sharoitlar yaratish, dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatorida munosib o'rin olishni davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari etib belgilaganmiz"3.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'z navbatida saylovlar siyosiy hayotning barometri bo'lib hisoblanadi. Ushbu jarayon natijasida nafaqat fuqarolar, balki partiyalar va boshqa jamoat siyosiy birlashmalari o'z manfaatlari, qarashlarini ifoda etadilar. Saylovlarning natijalari ushbu birlashmalarning jamiyat hayotidagi rolini, shuningdek, saylovchilarning siyosiy hayotga bo'lgan qiziqish darajasini belgilaydi.

Xorijiy mamlakatlarda saylov turlari yuridik adabiyotlarda saylovlarning turli xil asoslarga ko'ra, bir qancha ko'rinishlari sanab o'tilgan. Biz o'z saylov

Рандов А.Х. Международное право и избирательное законодательство - Т.: ТГЮИ, 2004. - С. 19-33.

2Yevropa xavfsizlik va hamkorlik komitetining insoniylik mezonlari boyicha Kopengagen kengashi hujjatining 1-qism 6-moddasi «Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining insoniyloik mezonlari boyicha hujjatlari " A.Saidov muharrirligi ostida.T.:2002 yil.52 bet.

3Shavkat Mirziyoyev "Milllatlararo do'stlik va hamjihatlik- xalqimiz tinchligi va farovonligining hayotbaxsh manbai"-Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganligining 25 yilligiga bag'ishlangan uchrashuvdagi nutq. 2017 —yil 24 yanvar. 302 bet.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qonunchiligimiz va tizimimizni yaratishda bevosita taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalandik va qisqa davr mobaynida zamon ruhiga mos, mukammal holga keltirilgan saylov qonunchiligimizni yaratib kelmoqdamiz, desak mubolag'a bo'lmaydi. Xorijiy mamlakatlarda saylov turlari o'ziga xos ko'rinishlarga ega.

"Saylovlar to'g'ri va egri saylovlarga bo'linadi. To'g'ri (bevosita) saylov yo'li bilan fuqarolar saylov masalasini o'zlari hal etishadi, ya'ni fuqarolarning saylanadigan organ yoki saylanadigan mansabga bevosita saylashlari yoki saylanishlarini angalatadi"4. Ushbu usul bilan ko'pincha parlamentlarning quyi yoki yagona palatasi, prezident respublikalarida va aralash respublikalarda prezident saylanadi. Egri saylovda esa saylov masalasi fuqarolar tomonidan emas, balki ular tomonidan vakolat berilgan shaxslar, masalan deputatlar tomonidan amalga oshiriladi. Egri saylovlar ikki, uch va ko'plab bosqichlardan iborat bo'lishi mumkin. Masalan, Fransiyaning Senati (parlamentning yuqori palatasi) yoki AQShda prezidentning saylanishi.

Saylovlar shuningdek, umumiy va qisman bo'lishi mumkin. Umumiy saylovlarda ushbu davlatdagi barcha fuqarolar qatnashadi (masalan, prezidentni, parlamentning quyi yoki yagona palatasiga saylovlar) .

"Qisman saylovlar esa biron-bir deputat chaqirib olinganda, vafot etganda va hokazo hollarda parlament tarkibini to'ldirish maqsadida o'tkaziladi. Ba'zan ushbu saylov turini qo'shimcha saylovlar deb ham atashadi" 5 . Bundan tashqari saylovlarning umummilliy, regional, mahalliy saylovlar kabi ko'rinishlari mavjud. Umummilliy saylovlar butun davlat hududida o'tkazilib, unda barcha saylovchilar ishtirok etishadi. Bunday saylovlar har qaysi demokratik davlatda o'tkaziladi. Bu saylovlarda qatnashish ba'zi mamlakatlar (Argentina, Turkiya, Gretsiya, Belgiya) uchun fuqarolarning burchi hisoblansa, ba'zi mamlakatlarda esa ixtiyoriy (Qirg'iziston, Rossiya).

Regional saylovlar esa ma'lum bir hududiy birliklar doirasida amalga oshiriladi. Bunda ma'lum hudud doirasidagi masalalar hal qilinadi. Masalan, Rossiya davlatida shahar meri yoki viloyat gubernatorini saylash bunga misol bo'la oladi.

Mahalliy saylovlar (ba'zan ularni ma'muriy saylovlar ham deb atashadi) mahalliy o'z-o'zini boshqaruv organlarini shakllantirish maqsadida, o'tkaziladi. Ba'zi mamlakatlarda mahalliy saylovlarning maxsus nomlari mavjud. Masalan, Fransiyada mahalliy saylovlarini kantonal saylovlar deb atashadi, ya'ni bunda saylov okruglari

4Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi. T.: Mualliflar jamoasi. TDYI 2006 yil.

5Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi. T.: Mualliflar jamoasi. TDYI 2006 yil

439

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bo'lib o'zining boshqaruv organi bo'lmagan tarixiy birliklar - kantonlar xizmat qiladi. Agarda, saylov natijalari bir marotabada aniqlangan bo'lsa, unda ushbu saylov bir turda o'tkazilgan hisoblanadi, agarda saylov natijalarini aniqlashda, birinchi marotaba o'tkazilgan saylov yetarli bo'lmasa va qayta saylovlar o'tkazishga ehtiyoj tug'ilsa, ikkinchi tur yoki bir qancha turlar orqali saylov natijasi belgilanadi. Ikkinchi va boshqa bir qancha turlar orqali saylovlar o'tkazish qayta saylovlar deb nomlanadi.

Agarda, saylovlar bo'lib o'tmagan bo'lsa yoki uni o'tkazish jarayonida qo'pol ravishda qonunlar buzilishi natijasida, ushbu saylov haqiqiy emas deb topilsa , yangi saylovlar o'tkaziladi.

Shuningdek, "saylovlar navbatdagi va navbatdan tashqari saylovlarga bo'-linadi"6 . Asosan, ushbu hol parlamentga bo'ladigan saylovlarda uchraydi.

Navbatdagi saylovlar Konstitutsiyada yoki qonunlarda to'g'ridan — to'g'ri ko'rsatilgan muddatlarda yoxud parlamentning vakolat muddati tugashi bilan tayinlanadi. Navbatdan tashqari saylovlar esa parlament yoki palata muddatidan oldin tarqatib yuborilganda o'tkaziladi.

Xorijiy mamlakatlar saylov qonunchiligida "saylovlarning davriyligi" termini ham uchrab turadi. Saylovlarning davriyligi asosan vakillik organlarining vakolat muddatlari bilan belgilanadi. "Saylovlardagi davriylik saylovchilarga vakillik organining tarkibini yangilash yoki saqlab qolish imkonini beradi"7 .

Saylov zamonaviy demokratiyaning eng muhim institutlaridan biridir, xalq irodasining ifodalanishi, siyosiy jarayonda ishtirok etishining asosiy shakllaridan biri, shu bilan birga, vakillik organlari (parlament, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari) tashkil topishi va bir necha oliy mansablarni (masalan, prezident) band etish usulidir.

Jahon mamlakatlari tajribasida saylovlarni tashkil qilish va uni o'tkazishni amalga oshirilishida hozirgi davrda ma'lum bir tajribalarga erishildi. Buning natijasida saylov o'tkazishning demokratik prinsiplari aniqlanib, barcha davlatlarning saylov to'g'risidagi qonunlarida o'z aksini topdi.

Demokratik huquqiy davlat shakllanishida, Konstitutsiyadan boshlab, to barcha qonunlarda ularning maqsad va vazifalari prinsiplar tarzida o'z ifodasini topgan. "Saylov huquqi sohasiga taalluqli prinsiplar va andozalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qancha xalqaro universal hujjatlarida, xususan, "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" ning 21-moddasida, "Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt" ning 25-moddasida, "Irqiy kamsitishning barcha

6Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi.T .: Mualliflar jamoasi. TDYI 2006 yil

7Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi. T.: Mualliflar jamoasi. TDYI 2006 yil

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

shakllarini tugatish to'g'risida" gi xalqaro konvensiyaning 5-moddasida, "Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to'g'risida BMT deklaratsiyasi" ning 6-moddasida mustahkamlab qo'yilgan"8.

Xorijiy demokratik davlatlardagi saylov o'tkazilishining asosiy prinsiplarini (shartli ravishda) quyidagi tartibda tahlil qilib chiqishimiz mumkin:

1) Konstitutsiyaviy davlat tuzumiga mos bo'lgan saylov tizimi va saylov huquqining yaratilish prinsipi:

"Fransiya demokratik Respublikasi Konstitutsiyasining to'rtinchi qism, 3-moddasida saylov huquqi mustahkamlangan bo'lib, irqi-jinsi va millatidan qat'iy nazar respublika fuqarolarining voyaga yetganlari saylov huquqiga egadirlar, deb belgilangan. 1857 yildan boshlab takomillashtirilib kelingan "Saylov kodeksi"ning 2-moddasiga muvofiq, saylovchilar - 18 yoshga yetgan siyosiy huquqlarga va muomala layoqatiga ega bo'lgan fransuz fuqarolaridir"9 ;

2) Saylovni tashkil etish va uni o'tkazishda qonun ustivorligiga erishish prinsipi.Xorijiy davlatlarning siyosiy boshqaruvi amaliyotida saylovlarni tashkil qilish va o'tkazish qonun ustivorligiga erishish prinsipi asosan jamoatchilik nazoratiga tayanadi va bunga oshkoralik prinsipi orqali to'liq erishiladi. Bu masalaning bir tomonini ochib bersada, ammo bu prinsipning asl mazmuni va mohiyatini yoritib bermaydi.

Saylovlarni o'tkazilishida qonun ustuvorligining so'zsiz tan olinishi prinsipini asl mohiyati uning natijasiga qarab aniqlanadi, ya'ni namoyon bo'ladi;

3) Saylovning xalqchillik prinsipi.Demokratiyaning eng muhim prinsipi - davlat boshqaruvida fuqarolarining keng ishtirok etishiga, davlat xizmatini o'tashga tobora ko'proq muntazam jalb qilishdir. Mazkur prinsipning amalga oshirilishi dastlab saylovlarni qay darajada o'tkazilishi bilan bog'liqdir.

Darhaqiqat, AQSh, Fransiya, Italiya, Germaniya, Angliya va boshqa davlatlar demokratiyani rivojlantirish borasida eng uzoq tarixiy jarayonlarni boshdan kechirgan. Shunday davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda endigina o'z mustaqilligini qo'lga kiritib rivojlanayotgan xalqlar o'z davlat tuzumini belgilashga harakat qiladi. Buni amalga oshirishda eng birinchi navbatda inson huquqlari yotadi;

4)Saylovning tejamkorligiga erishish prinsipi. Barcha davlatlarda amalga oshirilayotgan saylovlarda qilinadigan sarf-xarajatlar davlat byudjetidan qoplanadi. Siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalar va fuqarolar o'z mablag'larini ixtiyoriy

8Инсон хукуклари буйича халкаро шартномалар/Масъул мухаррир А.Х. Саидов. - Т.: «Адолат», 2004. -Б. 34; 45; 86-87.

конституционное право зарубежнкх стран ( учебник ) Особенная часть. Страны Европы. (Авторский коллектив). -Москва "Бек" 1997. 121 стр.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ravishda saylov o'tkazish uchun berishlari mumkin. Bu mablag'lar maxsus saylovni o'tkazish uchun tuzilgan organ tomonidan qabul qilib olinadi. Bu esa saylovlarni tenglik prinsipida o'tkazilishini ta'minlaydi. Barcha turdagi saylovlarda ortiqcha dabdababozliklarning bo'lishiga chek qo'yadi va boshqa manbaalardan kelib tushadigan mablag'larni xarajat qilinishi maqsadli bo'ladi.

Fransiya Respublikasining saylovini tejamli o'tkazilishini ta'minlashda nomzodlarga ma'suliyat yuklaydi. Masalan, Prezidentlikka saylov to'g'risidagi qonunning 14-moddasiga binoan, nomzod o'z shaxsini xalqqa tanishtirish va dasturini e'lon qilish tadbirlari shaxsiy hisobidan bo'lishi belgilangan.

Siyosiy partiyalardan saylov uchun o'tkazilgan mablag'lar ham Milliy Komissiya nazorati ostida tenglik prinsipi rioya etilgan holda harajat qilinadi.

Fransiya Respublikasi saylovlarida davlat byudjetidan o'tkazilgan mablag' asosan, saylov byulletenlarini nashr qilish va uni ovoz berishga tayyorlash, saylov uchun ketadigan qog'ozlarning harajatini, afishalar tayyorlash va uni tegishli joylarga yopishtirish va komissiyalar faoliyati uchun ketadigan sarf-xarajatlardan iboratdir;

5) Saylovda barqarorlik, haqqoniylik, yuksak ma'naviyat va inson huquqlarining hurmat qilinish prinsipi. Xorijiy mamlakatlar tajribasida mazkur prinsiplarning doimiy amal qilishini ta'minlanishi uchun shunday mexanizm yaratilganki, tabiiy ravishda saylov jarayonlarida turli xil siyosiy kuchlarning o'zaro munosabatlarida unga rioya etilishi qat'iy nazorat qilinadi. Vaholanki, saylovni o'tkazilishida AQShda Kongress, Fransiyada Konstitutsiyaviy Kengash, Germaniyada Federal Majlis, Italiyada Prezident, Ispaniyada Qirol, Angliyada Qirolicha, Kanadada Qirol, Yaponiyada Imperator, Gretsiyada Prezident va Parlament davlat va millat ramzi sifatida parlament saylovlarini e'lon qiladi va uni haqiqiyligini belgilaydi. Bu davlatlarda siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar saylov jarayonlarida bir-birining faoliyatini nazorat qiladi. Bu esa saylovda belgilangan maqsadga erishish uchun eng birinchi navbatda inson huquqlari va erkinliklarining qat'iy rioya etilishini kafolatlaydi;

6) Saylovning uyushqoqligiga erishish prinsipi. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o'zlarining demokratik yo'l bilan saylab qo'yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Bu saylov prinsipida eng avvalo saylovning ommaviy uyushqoqlik bilan o'tkazilishida fuqarolarga keng erkinliklar beradi.

Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy Qonunini 3-moddasida: barcha nemislar ittifoqlar va jamiyatlar tashkil etish huquqiga egadirlar;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

20-moddasini ikkinchi bandida: butun davlat hokimiyati xalqqa asoslanadi. U xalq tomonidan saylov va ovoz berish yo'li bilan maxsus qonun chiqarish organlari, ijro etuvchi hokimiyat va odil sudlov vositasida amalga oshiradi; 21-moddasining birinchi bandida: partiyalar xalqning siyosiy irodasini shakllantirishga ko'maklashadi. Ular erkin ravishda tashkil etilishi mumkin. Ularning ichki tuzilishi demokratik tamoyillarga mos kelishi lozim. Saylovlarni uyushqoqlik bilan o'tishi xalqning tafakkuri, siyosiy faolligi va davlat organlari amalga oshiradigan o'zgarishlarga ishonchi bilan belgilanadi deb ko'rsatilgan.

Davlat hokimiyati vakillik organiga saylov masalalariga o'zida 145 davlat parlamentlarini birlashtirgan va, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi ham a'zo hisoblanuvchi Parlamentlararo ittifoq ayniqsa katta e'tibor qaratadi.1994 yili Parlamentlararo ittifoq Kengashi «Erkin va adolatli saylov prinsiplari to'g'risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi10 . Ushbu Deklaratsiya barcha mamlakatlar hukumatlari va parlamentlarini mazkur hujjatda belgilangan saylov huquqi sohasiga doir xalqaro prinsiplar va normalarga amal qilishga da'vat etadi.

Saylovlarga oid xalqaro andozalarda fuqarolarning saylov huquq va erkinliklariga amal qilinishini ta'minlash har qanday demokratik davlatning milliy qonunlariga implementatsiya qilish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatning zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini quyidagi tartibda o'rganish mumkin:

l.Konstitutsiya va qonunlarning umume'tirof etilgan xalqaro huquq normalariga muvofiq bo'lishini taminlash.

2.Saylov to'g'risidagi qonunlar faqat qonun chiqaruvchi hokimiyat (parlament) tomonidan qabul qilinishi.

3.Ko'ppartiyaviylik asosida o'tadigan bevosita saylovlar chog'ida barcha nomzodlarning erkin raqobatlashuvi uchun zarur shart-sharoit yaratish.

4.Saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chog'ida fuqarolarning saylovga doir huquq va erkinliklariga amal qilinishini ta'minlashning huquqiy, tashkiliy, axborot jihatdan kafolatlash tizimlarini yaratish.

5.Xotin-qizlarning saylab qo'yiladigan organlarga saylash va saylanish huquqlarini erkaklar bilan teng amal qilinishi imkoniyatlarini ta'minlash.

6.Ovoz berishda barcha saylovchilar ishtirok etishi uchun huquqiy kafolat va shart-sharoitlar yaratish choralarini joriy etish.

10Декларация о принципах свободных и справедливых выборов//В кн.: Саидов А.Х. Межпарламентские организации мира: Справочник, - М.: Международные отношения, 2004. - С. 295-300.

443

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

7.Saylovchilarni yoshi, fuqaroligi, turar joyi, shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjati mavjud ekani kabi mezonlarni ko'zda tutuvchi hech bir kamsitishlarsiz amalga oshiriladigan muayyan qonuniy-me'yoriy protsedura negizida ro'yhatga olish uchun tegishli huquqiy shart-sharoit yaratish.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8.Saylovchilar haqida ma'lumot taqdim etuvchi shaxslarning mas'uliyatini, ma'lumotlarning haqqoniyligini, tegishli ma'lumotlar to'la hajmda ekani va ularning o'z vaqtida etkazib berilishini, shaxsiy ma'lumotlar maxfiyligi qonunga muvofiq ta'minlanishini qonuniy asoslarda mustahkamlash.

9.Siyosiy partiyalar shakllanishiga va ularning erkin qonuniy faoliyat yuritishiga ko'maklashish, siyosiy partiyalar va saylov jarayonlarining moliyaviy ta'minlanishini qonuniy jihatdan tartibga solish, siyosiy partiyalar va nomzodlarga o'z qarashlari va munosabatlarini, saylovoldi dasturlari qoidalarini erkin bayon eta olishi va saylovchilar buning bilan tanishish kimni yoqlab va kimga qarshi ovoz berish, muhokama yuritishi uchun tegishli shart-sharoit yaratish.

10.Siyosiy partiyalar va nomzodlarning hech bir kamsitishlarsiz ommaviy axborot vositalaridan foydalanishida huquqiy yoki ma'muriy to'siqlar qo'yilishining oldini olish, ijtimoiy fikr so'rovlari natijalariga asoslangan ma'lumotlarning axborot bankini shakllantirish va ushbu ma'lumotlar bilan saylov jarayonlari ishtirokchilarining tanishib chiqish saylovlarning ochiqligini ta'minlaydigan, ovoz berish yakunlari va saylov natijalariga nisbatan ishonch darajasini oshiradigan zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish.

Xorijiy davlatlar va mustaqil O'zbekistonning saylov qonunchiligida asosiy xalqaro saylov andozalarining barchasi implementatsiya qilingan.Shundan kelib chiqib davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlar saylov qonunchligini o'rganishimizning tub mohiyatini va uni amalda qo'llash ahamiyatini quyidagi jumlalar bilan aniq-ravshan ochib berganlar:

"Bizning vazifamiz to'plangan tajriba va ilg'or xalqaro amaliyotga suyangan holda, o'zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat'iy amalga oshirishdan iborat"11 .

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki, bizga xorijiy mamlakatlarning boy tajribasi buyuk kelajagimizni sari muhim harakatlantiruvchi kuch vazifasini o'tamoqda. Chunki biz xorijiy mamlakatlar saylov qonunchiligini o'rganish mobaynida uning rivojlanish tendensiyalari bilan yaqindan tanishib chiqdik

"Shavkat Mirziyoyev "Erkin va obod,demokratik jamiyatni barchamiz birgalikda barpo etamiz"-Ozbekiston prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qoshma majlisidagi ma'ruza.2016 yil 14 dekabr.154 bet.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

va saylov huquqi tarixini o'rganish chog'ida saylov sohasida kiritilgan yutuqlar osonlikcha qo'lga kiritilmaganiga amin bo'ldik.Masalan, Buyuk Britaniyada taraqqiyparvar partiyalar parlamentga o'tkazilgan saylovlar arafasida barcha partiyalarga o'z programmasini radio va televideniya orqali bayon qilish huquqi berilishi uchun kurashdilar.Chunki a'zosi kam bo'lgan partiyalarni radio va televideniya orqali gapirishdan mahrum etish xalq vakillari to'g'risida qonunga xilof ekanligini ta'kidladilar.Bu qonunda barcha nomzodlarga bir xil imkoniyatlar yaratib berish haqida gap yuritiladi.Taraqqiyparvarlar bu masalada oxir-oqibat o'z maqsadlariga erishdilar.Shunga o'xshash misollarni Germaniya, Italiya, Fransiya davlatlari tarixida ham kuzatishimiz mumkin.

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki , Ozbekiston o'z tanlagan taraqqiyot yo'lini o'zida mujassam etgan besh ustuvor yo'nalishdan iborat "Harakatlar strategiyasi" amalda hayotimizning mazmunini tashkil etadigan barcha jabhalarda asosiy islohotlar poydevori bo'lish bilan birga, saylov qonunchiligi takomillashuvi borasida ham xuddi shunday funksiyani bajarib kelmoqda.Fikrimiz isboti sifatida "Harakatlar strategiyasi" asosida taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlar saylov qonuchiligi o'rganib borilayotganligi natijasi bo'lib Saylov kodeksining qabul qilinganligini keltirib o'tishimiz mumkin.

Jamiyat taraqqiy etib borar ekan,albatta,islohotlar ham saylov qonunchiligi taraqqiy etishiga turtki bo'ladi.Bu esa o'z navbatida fuqarolar h uquq va erkinliklari kengayib borishiga olib keladi. Zero,islohotlar jamiyatimiz rivoji uchun xizmat qilishi lozimdir.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoyev "Erkin va obod,demokratik jamiyatni barchamiz birgalikda barpo etamiz"-Ozbekiston prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi maruza.2016 yil 14 dekabr.

2. Саидов А.Х. Международное право и избирательное законодательство - Т.: ТГЮИ, 2004. - С. 19-33.

3. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik komitetining insoniylik mezonlari bo'yicha Kopengagen kengashi hujjatining 1-qism 6-moddasi «Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining insoniyloik mezonlari bo'yicha hujjatlari " A.Saidov muharrirligi ostida.T.:2002 yil.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.