Научная статья на тему 'IROQ RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIGI MUAMMOLARINING GENEZISI VA ULARNING YECHIMLARI'

IROQ RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIGI MUAMMOLARINING GENEZISI VA ULARNING YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
948
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ommaviy qirg’in qurollari / Iroq – Eron urushi / Iroq – Quvayt urushi / ISHID / federatsiya / kurd / shia / sunniy / mintaqaviy hukumat / Yaqin Sharq / Yangi Yaqin Sharq konsepsiyasi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — G‘Aybullayev Oybek Qosim O‘G‘Li

Ushbu maqolada bugungi kunda Iroq Respublikasidagi davlat xavfsizligiga tahdid solib turgan muammolarning kelib chiqish sabablari tahlil qilingan. Iroqdagi davlat boshqaruv sohasidagi, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi muammolarning yechimlari borasida xulosa va takliflar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IROQ RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIGI MUAMMOLARINING GENEZISI VA ULARNING YECHIMLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

IROQ RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIGI MUAMMOLARINING GENEZISI VA ULARNING YECHIMLARI

Oybek Qosim o'g'li G'aybullayev

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati

yo'nalishi 2-kurs magistaranti oybek 1701 @mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kunda Iroq Respublikasidagi davlat xavfsizligiga tahdid solib turgan muammolarning kelib chiqish sabablari tahlil qilingan. Iroqdagi davlat boshqaruv sohasidagi, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi muammolarning yechimlari borasida xulosa va takliflar ilgari surilgan.

Kalit so'zlar: ommaviy qirg'in qurollari, Iroq - Eron urushi, Iroq - Quvayt urushi, ISHID, federatsiya, kurd, shia, sunniy, mintaqaviy hukumat, Yaqin Sharq, Yangi Yaqin Sharq konsepsiyasi.

KIRISH

Iroq Respublikasi Yaqin Sharq mintaqasida joylashgan neft bozoridagi global o'yinchilrdan bir bo'lgan davlatdir. Tasdiqlangan neft zaxiralari 153 mlrd barrelni tashkil etadi. Dunyo neft zahiralarining 9% qismi shu davlatda joylashgan. Iroq qora oltin zahiralari bo'yicha dunyoda Venesuela, SAP, Kanada va Erondan keying 5-o'rinda turadi. 2016-yilgi holatga ko'ra bir kunda 4 mln 465 ming barrel neft qazib oladi. Iroqning gaz zahiralari miqdori esa 3,7 trillion kub metrni tashkil qiladi1. Aytib o'tilgan bu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida biz boy, rivojlangan, barqaror iqtisodiy taraqqiyot yo'liga tushib olgan davlat haqida so'z yuritish o'rniga etnik jihatdan uchta katta va bir qancha mayda guruhlarga bo'lingan, diniy jihatdan kuchli bo'linish xususiyatiga ega bo'lgan, global va mintaqaviy kuch markazlarining manfaatlari to'qnashgan, hududlari muxtoriyat (o'rni kelganda mustaqil bo'lishga intiluvchi) uchun kurash olib borayotgan, terrorchi va ekstremistik guruhlarning faoliyati natijasida bir qator muammolar girdobida qolgan, davlat boshqaruvi zaif holatdan endi-endi tiklanayotgan, ushbu tiklanish jarayonida jahon hamjamiyati yordamiga ko'z tikib tugan davlat haqida gapirmoqchmiz.

Ko'p o'rinlarda Iroq davlatidagi bugungi vaziyatning shakllanishiga sabab bo'lgan omillar so'ngi 10 yillikdagi voqealar bilan izohlanadi. Ha, bu inkor qilib bo'las haqiqat.

Кузнецов. А. Состояние нефтегазового сектора Ирака и российско-иракское сотрудничество сфере. Геоэкономика энергетики. УДК 339. 4/2018. - C.176.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Lekin mutlaq sabab faqat IShID va boshqa terrorchi guruhlar emas. Iroqdagi bugungi vaziyatni vujudga kelishining boshlanish nuqtasini o'tgan asrning so'ngi choragidagi Yaqin Sharq voqealari va Iroq davlatining energetik imkoniyatlari bilan bog'lash lozim. Ushbu hududdagi energetika zahiralari sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishni boshlagan davrdanoq kuch markazlari e'tiborini o'ziga jalb qilgan edi. 1922-yildayoq Buyuk Britaniya bosh vaziri David Lloyd Jorj tabiiy resurslarga boy ushbu mintaqa haqida quyidagi fikrlarini bildirgan edi "Agar biz ketsak, ketganimizdan keyin bir-ikki yil o'tgach jahondagi eng boy neft maydonlarini fransuzlar va amerikaliklar qo'liga shundoqqina berib qo'yganimizni ko'ramiz"2. AQShning bo'lajak prezidenti Duayt Eyzenxauer esa Yaqin Sharq boyliklari to'g'risida aytilgan yuqoridagi fikrni to'ldiri b, ushbu mintaqani strategik jihatdan muhim nuqta ekanligini baholar ekan, quyidagi fikrlarni ta'kidlab o'tgandi: "Ulkan neft resurslariga ega bo'lgan Yaqin Sharq

"5

xavfsizligi Amerika uchun kata ahamiyat kasb etadigan yana bir mintaqadir" . Ayni shu sababdan bu hududdagi har bir jarayonga tashqi kuchlarning faol aralashuvi kuzatiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD Iroq Respublikasidagi bugungi holatning shakllanish jarayoniga e'tibor berib, voqealar rivojini sabab-oqibat zanjirida tahlil qilsak ushbu davlatdagi siyosiy vaziyat va mavjud muammolarning kelib chiqish sababi terrorchilarning so'ngi 10 yillikdagi faoliyati, bu guruhlarning faollashuviga sabab AQSh bosqini, AQSh bosqiniga sabab kimyoviy qurollar va Quvayt bilan bo'lgan urush, Quvayt bilan urush olib borilganligining sababi Eron bilan urushdagi yo'qotishar. Mutlaq haqiqat shu demoqchi emasmiz. Lekin voqealar orasidagi mantiqiy bog'liqlikni ham inkor eta olmaymiz.

Eron va Iroq o'rtasidagi 1980-yildan 1988-yilgacha sakkiz yil davom etgan urush mintaqadagi ikki davlat o'rtasidagi eng uzoq urush deb hisoblanadi. Urushni o'sha paytda Saddam Husayn boshqargan Iroq rejimi boshlagan. Chegara mojarosi va Eronning inqilobiy islomiy hukumatining Iroqdagi aksariyat shialar orasida isyon ko'tarishga urinishlari haqidagi xavotirlar, shuningdek islom dunyosida yetakchilik uchun raqobat bu urushni keltirib chiqardi. Urushayotgan Iroqning SAP va Quvayt (ular bu urushda Iroqqa moliyaviy yordam bergandi) tomonidan qo'llab-quvvatlangani bu fikrlarni qisman quvvatlaydi.

Iroq o'sha paytdagi Erondagi ichki beqarorlik va tartibsizlikdan foydalangan. Ikkala davlat ham bir-birlarining hududlariga, harbiy kuchlarga va neft inshootlariga katta hujumlar uyushtirishdi. Bu urushda Iroq AQSh va uning maslakdoshlari tomonidan qo'llab-quvvatlagan bo'lsa-da, urush Iroqning obro'siga juda kata putur

Fойибназаров Ш. Хал^аро терроризм: илдизи, омиллари ва манбалари. "Узбекистн"НМИУ, 2013. -Б.100

3 Fойибназаров Ш. Хал^аро терроризм: илдизи, омиллари ва манбалари. "Узбекистн"НМИУ, 2013. -Б.104

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

etkazdi. Chunki xalqaro huquqda taqiqlangan kimyoviy qurollarni Iroq hukumati tomonidan Eron kuchlariga va Eronga nisbatan moyilligi bor deb hisoblangan ba'zi Iroq kurd fuqarolariga qarshi foydalanish holatlari bor degan taxminlar paydo bo'ldi. 1980-yillarning o'rtalarida Iroq Eron bilan tinchlik bitimini imzolashga kirishdi, ammo Eron rejimi urushni davom ettirishga qaror qildi. Eronning bu qarorini qabul qilishning asosiy sababi Iroq prezidenti Saddam Husaynga nisbatan katta adovat bilan munosabatda bo'lgan Ruhullo Xumayniy edi. Yana bir sabab shundaki, urush bu hudud, resurslar yoki iqtisodiy manfaatlarni qidiradigan mamlakatlar o'rtasidagi urush emas edi. Bu ikki mafkura va mintaqada gegemonlikni intilayotgan ikki mintaqaviy kuchlar o'rtasidagi urush edi. Joana Dodds va Ben Uilsonlar kabi tahlilchilar ushbu urush haqida o'z tadqiqotlarini quyidagi fikrlarni berganlar: "Eron-Iroq urushi sakkiz yildan so'ng tugadi va har ikki tomon bir milliondan ortiq talafot ko'rdi. Harbiy qobiliyatsizlik, g'oyaviy va siyosiy ta'sirlar va geosiyosiy omillar tufayli, urush XX asrning eng uzoq davom etgan an'anaviy urushlaridan biri edi"4. Shunday bo'lsa-da 1988-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti vositachiligida urush harakatlari to'xtatildi.

1990-yil avgustda Iroq prezidenti Saddam Husayn qo'shni davlat Quvaytni bosib olishga qaror qildi. Aksariyat siyosatshunoslar Iroqning Quvaytga qarshi olib borgan urushi Iroq iqtisodiyotini vayron qilgani haqida fikr bildirib, bu urushga sababini Iroq rejimini qo'shni Quvayt va SAPga katta qarzdorligi bilan izohlaydilar. Chunki ikkala davlat ham Saddamni Eron bilan urush paytida moddiy tomondan Iroqni qo'llab-quvvatlagan edilar. Bundan tashqari quyidagi ikkita asosiy maqsad Quvayt bilan urush harakatlarini keltirib chiqargan edi.

1. Iqtisodiy manfaatlar. Eron bilan uzoq muddatli urushdan so'ng Iroq hukumatining asosiy yo'nalishi davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan edi. Eronga qarshi urush Iroq iqtisodiyoti uchun juda jiddiy muammolarni keltirib chiqardi va tashqi qarz 80 milliard dollarga baholandi. Qarzning asosiy qismi arab davlatlaridan olingan edi. Iroq 1980-1985-yillarda 94 milliard dollarga baholangan yuqori harbiy xarajatlar, inflyatsiya, urush tufayli kelib chiqqan iqtisodiy qiyinchiliklardan qiynalardi. Umuman olganda, Eronga qarshi urushning umumiy qiymati 452 milliard dollarni tashkil etadi. Davlat barcha iqtisodiy muammolarga duch kelayotgani sababli, kreditor davlatlar, shu jumladan arab davlatlari ham o'z pullarini Iroqdan talab qila boshladilar. Bundan tashqari, davlat urush tufayli zarar ko'rgan kommunal xizmatlarni ta'mirlash kabi katta va juda qimmat islohotlarni amalga oshirishi kerak edi.

Shunday qilib, Saddam Husayn OPEK davlatlaridan neft ishlab chiqarish miqdorini kamaytirishga kelishib, neft narxini oshirishni so'radi. OPEKdagi arab

4 Claudia W. "Implications of The Iraq-Iran War" Foreign Affairs, no. 16 (2006). -

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

P.275.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

davlatlarining aksariyati uning taklifini qo'llab-quwatlamadilar, aksincha, Saudiya Arabistoni va Quvayt kabi davlatlar katta ishlab chiqarish siyosatini qo'llab-quvvatladilar. Bundan tashqari, Quvayt ishlab chiqarishni OPEK tomonidan belgilangan chegaralardan oshirib yubordi. Shu sababli, bu bir necha oy ichida neft narxi 18,84 dollardan 14 dollarga pasaydi. Saddam Husayn Husayn Quvaytdan qilingan bu harakatni o'zi uchun haqorat deb hisobladi va buni g'arb davlatlari va Isroil boshchiligidagi iqtisodiy urushda Quvaytning hissasi sifatida izohladi. Shunday qilib, o'sha paytda Iroq va uning arab qo'shnilari o'rtasidagi munosabatlar salbiy xarakterga ega bo'la boshladi. 1990-yil iyulda Saddam Husayn Quvaytni noqonuniy ravishda Iroq neftini mamlakatlar chegaralari orasidagi neytral hududdan qazib olishda aybladi va u Quvaytdan tovon puli sifatida 2,4 milliard dollar va Iroqning 10 milliard dollarlik qarzidan kechishini so'radi. Quvayt ushbu talablarni bajarishdan bosh tortdi.

2. Siyosiy maqsad. Eron bilan urush tugaganidan so'ng Saddam Husayn mintaqaviy gegemonlikni qo'lga kiritishni istadi. U islom-arab millatchiligiga urg'u berib arab mamlakatlarida katta jamoatchilik ko'magiga erishishga muvaffaq bo'ldi. Iroq qo'shnilarining harbiy jihatdan ustunligi urushga va g'alabaga bo'lgan ishonchnii kuchaytirdi.

Saddam Husayn Quvaytni bosib olganidan keyin uni Iroq viloyati deb e'lon qildi. BMTning 660, 661 - raqamli Iroqqa iqtisodiy sanktsiyalar qo'llashni nazarda tutuvchi qarorlaridan boshlab, uzoq vaqt davomida uning ketma-ketligidan aziyat chekdi. Ushbu sanksiyalar Iroq iqtisodiyotiga 170 milliard dollar zarar keltirdi. Ushbu sanksiylarni chetlab o'tish maqsadida Mosul yaqinidagi konlardan qazib olinadign neft mahsulotlarini Turkiya, G'arbiy Yevropa va AQShga kontrabandachilar vositasida yetkazib berish tizimi shakllantirildi (keyinchalik bu tizimdan IShID guruhi foydalangan)5. Lekin bu ish ham kutilgan natijani bermadi. Bu hol Iroqning Misr va Saudiya Arabistoni kabi qarama-qarshi pozitsiyada bo'lgan davlatlar bilan Iroqning siyosiy va iqtisodiy munosabatlariga ta'sir ko'rsatdi. Iroqning avtoritar tuzilishi va prezident Saddam Husaynning xarajatlarni va foydalarini oqilona hisoblamasdan, qaror qabul qilishi Iroqqa qimmatga tushdi. Ma'lumki, demokratik tizimda bunday qarorlar ba'zi bir davlat muassasalarida muhokaa qilinadi va bu ko'plab tartib-qoidalardan o'tadi. Ammo avtoritar rejimlarda, ayniqsa arab rejimlarida, rahbarlar har doim so'ngi so'zni aytguvchi sanalganlar.

2003-yilda Bush ma'muriyati Saddam Husaynning 11-sentyabr voqealarini qo'llab-quvvatlaganikda ayblab, AQShning Iroqqa bostirib kirishi haqida qaror qabul qildi. Urush Amerika razvedkasining Iroq taqiqlangan kimyoviy qurollarni o'z ichiga

5 Lukas Tichy. Energy infrastructure as a target of terrorist attacks from the Islamic State in Iraq and Syria. International journal of Critical Infrastucture Protection 25 (2019). - P.5. www.elsevier.com/locate/IJCIP.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

olgan ommaviy qirg'in qurollarini (WMD - weapons of mass destruction6) yashirganligi haqidagi da'volariga asoslangan edi. Xalqaro hamjamiyatni va Amerika jamoatchiligini Saddam Husayn rejimi uning AQSh ichki xavfsizligiga tahdid deb ishontirish AQSh uchun qiyin emas edi. Darhaqiqat, bosqinning boshqa muhim sabablari ham bor edi.

1. Saddam Husayn rejimini olib tashlaganidan keyin Iroq endi Isroilni tashvishga solmaydi;

2. Iroqning ishg'ol qilinishi AQShga neft oqimini kuchaytiradi.

Ushbu bosqinchilik Iroqning zamonaviy tarixidagi eng ayanchli voqea edi. Saddam Husayn rejimining salbiy tomonlariga qaramay, u qulaganidan keyin Iroq juda zaiflashib, AQSh va Eron kabi davlatlarning xalqaro va mintaqaviy aralashuvlari uchun qaynoq nuqtaga aylandi. Bundan tashqari, uning ichki barqarorligiga juda kata putur yetdi. Natijada, Iroq bugungi kungacha azob chekayotgan terrorizm rivojlanishi uchun qulay muhit shakllandi. AQSHning Iroqqa bostirib kirishi Iroq xalqini Saddam Husayn diktatorlik rejimidan qutqarishning tezkor jarayoni sifatida namoyon bo'ldi, ammo keyinchalik haqiqat ma'lum bo'ldiki, AQSh Mudofaa vaziri Donald Ramsfeld

n

aytganidek "isyon va urush olti, sakkiz, o'n yoki o'n ikki yil davom etishi mumkin" ekan.

MUHOKAMA

Dunyo yetakchi davlatlarining aksariyati amerikaliklarning ommaviy qirg'in qurollari haqida ilgari surgan fikrlarini qo'llab-quvvatlagan holda 2003-yilning 20-mart - 1-may kunlari AQSh va Buyuk Britaniya boshchiligida Iroqni ishg'ol qilganaridan keyin ma'lum bo'ldiki, Iroqda ommaviy qirg'in qurollari bo'lmagan. Oqibati chuqur tahlil qilinmagan holda amalga oshirilgan yuqoridagi ishlarning natijasida Iroq davlatidagi quyidagi jiddiy muammolar vujudga keldi.

l.Davlat boshqaruvi ya'ni siyosiy xarakterdagi muammolar.

2.Ijtimoiy muammolar.

3.Iqtisodiy muammolar.

4.Terrorizm.

Davlat boshqaruvi ya'ni siyosiy xarakterdagi muammolar. Uzoq yillik tartibsizliklardan keyin Iroqda davlat boshqaruvi izdan chiqdi. Mamlakatda respublika tuzumi o'rnatilganidan to 2018-yilgacha to'rt marta prezident va olti marta bosh vazir

o

almashgan . Hokimyatning har to'rt-besh yilda bir shaxsdan ikkinchi bir shaxsga o'tishi rivojlangan davatlarda demokratiyaning belgisi hisoblanadi. Masalan AQShda prezident

6 WMD - inglizcha "Weapons of Mass Destruction" - ommaviy qirg'in qurllari degan ma'noni anglatadi.

7 Ahmed.M.A."Current Iraq Situation Isn't War we were Sold."//Indianapolis Star.July 07, 2005. https://ezproxysrv.squ.edu.om:2123/docview/240754198?accountid=27575.

8 https://uz.regionkosice.com/wiki/List_of_Prime_Ministers_of_Iraq

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

juda yaxshi ishlasa ikki marta ya'ni sakkiz yil muddatga rahbarlik qilishi mumkin. Lekin rivojlanmagan va rivojlanayotgan mamlakatlarda bu holat kuzatilsa bu siyosiy beqarorlik sifatida qabul qilinadi. Tahlilga qaytsak: 13 yilda Iroqda to'rt marta prezident (o'rtacha 3.5 yil), olti marta bosh vazir (o'rtacha 2.1 yil) almashdi. Bundan shunday xulosa qilish mumkin: mamlakat aholisi amaldagi boshqaruvni to'liq qo'llab-quvatlamaydi.

Iroqda IShID yo'q qilingungacha uchta mintaqaviy hukumat bor edi.

1. Shimolda Kurdiston mintaqaviy hukumati

2. Janub, Markaz va Sharqda shialar ta'siridagi Bag'dod hukumati

3. G'arbda, asosan, Anbar viloyatida IShID guruhi9.

2017-yilga kelib mamlakat IShID ustidan g'alaba qozonilganligini e'lon qildi. Shu paytdan boshlab kecha umumiy dushmanga qarshi birlashib harakat qilgan kurdlar, sunniylar va shialar o'rtasida davlatning tashkiliy shakli borasida ixtiloflar yuz bera boshladi. Bilamizki Saddam Husayn hokimyati ag'darilganidan keyi Iroq davlatchiligi muammolarini hal etish maqsadida 2003-yilning o'zida Vashington, London, Salohiddin va Naseriya konferensiyalari bo'lib o'tdi. London konferensiyasida koalitsiya tomonidan Iroqda davlat boshqaruv shakli sifatida federalizm tanlandi va bu Iroq vaqtinchalik konstitutsiyasining to'rtinchi hamda doimiy konstitutsiyasining birinchi moddalari bilan mustahkamlandi10. Davlat boshqaruvining ushbu shakliga kurdlar, sunniylar va shialarning reaksiyasi kutilgaidek turlicha. Kurdlar Iroqdagi federalizmning eng asosiy tarfdorlaridirlar. Asosiy maqsadi mustaqllik bo'lgan kurdlarning ajralib chiqishga intilishlari Usmoniylar xalfaligi davridan boshlangan. Lekin rasmiy hukumat va mintaqadagi ayrim davltlarning qarshiligi sababida kurd mustaqilligi masalasi kun tartibidan chiqarib tashlangan. Kurdiston millatchi ittifoq partiyasi yetakchisi va o'z vaqtida Iroq prezidenti bo'lgan Jalol Talabani o'z intervyularining birida iroqliklar federal hukumatni qabul qilishini va kurd mustaqil hukumatining tuzilishi real emasligini, chunki bu Eron, Turkiya va Suriya tomonidan rad etilganini ma'lum qilgan edi.

Kurdlar va hukumat o'rtasidgi yana bir muammo bu Kirkuk mintaqasi. Kirkuk kurdlar o'rnashgan mintaqa bo'lib, konstitutsiyaning 140-moddasiga binoan unda referendum o'tkazish orqali Kurdiston yerlariga qo'shilishi kerak. Shuningdek Kurdiston mintaqaviy hukumatining vakolatlarini kengaytirish, Peshmarge harbiy kuchlarining Iroq armiyasidan mustaqilligini ta'minlash va neftga oid xalqaro

9 Rawiya Mohamad Alrawahi. Iraq Conflict and Security Issues. International Security Seminar Series. Muscat, 2015. P.13.

10 Jahanbakhsh Moradia, Masoud Motalebib. A Study of Federalism in Iraq from the View of the Micro Level of Analysis. 6th World conference on Psychology Counseling and Guidance, 14 - 16 May 2015. Procedia - Social and Behavioral Sciences 205 (2015). - P.494.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

kelishuvlarda Bag'dodning ta'sirini kamaytirish kurdlarning hozirgi asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Iroq sunniylari federal boshqaruv shakli masalasida kurdlarga xayrxoh. Ammo bu tartib shialar uchun tadbiq etilishiga qarshilar. Sunniy koalitsiyasi rahbari Adnan Muhammad Salmon Aldolining fikricha quyidagi ikki holat sunniylarni juda g'azablantiradi:

l.Iroqni uchta o'zini-o'zi boshqaruvchi hududga bo'linishi

2.Iroq arab xalqining bir qismi ekanligini ta'kidlash holatini konstitutsiyada aks etmaganligi.

Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda 15 kishilik sunniylar jamoasiga yetakchilik qilgan Faxri al G'aysiy "Sunniy arablar o'z-o'zini boshqaruvchi mintaqalar yaratilishini odatiy hol kabi qabul qila olmaydi, chunki bu mamlakatni bo'lib tashlaydi"11 deya bu borada sunniylar pozitsiyasini aniq ifodalab bergan edi.

Shialarda bu masalada fikriy bo'linish mavjud. Ularning bir qismi kuchli markazlashgan davlat tarafdori. Hokimyatda shialarning ta'siri kuchli bo'lib turgan bugungi kunda ularning qarashlarida jon bordek. Ikkinchi qismi bo'lgan Iroq Islom inqilobining yuqori palatasi esa Iroqning janubidagi shialar yashovchi hududlarda o'zini-o'zi boshqaruvchi hudud yaratish tarafdori. Ularning fikricha federalism Iroqda birlik va uyg'unlikni saqlashning enh muhim shartidir. Shialarning uchinchi guruhi bo'lgan Sadrchilar esa Kurdistonda federlizmga qarshi emas, lekin boshqa hududlarda buni amalga oshirishga qarshilar. Ularning fikri xuddi arab sunniylarining qarashlari kabi.

Bilamizki, davlat boshqaruvida shialar kata ta'sir kuchiga ega. Ozchilik sunniylar kurdlar bilan ittifoq tuzishi variant ham yo'q emas. Agar shu ish amalga oshadigan bo'lsa Iroq shialariga, albatta tashqi kuchlar yordamga keladi. Ushbu keskinlikni keltirib chiqargan o'zgarishlardan so'ng siyosiy rejim qulashi va 2018-yilgi saylovlar tarixga Iroqdagi so'nggi saylovlar sifatida kirishi mumkin. Chunki Iroq xalqi, ayniqsa Iroq janubidagi aholi siyosiy tartibsizliklardan charchagan. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, Iroq siyosiy rejimi butunlay qulay boshlaydi va bu safar Iroq osongina parchalanadi. Iroqning qulashi va uning uchta davlatga bo'linishi Iroqqa ham, Iroqga

1 9

o'xshash ijtimoiy tuzilishga ega bo'lgan qo'shni davlatlarga ham foydali emas . Turkiya, Suriya, Eron uchun bu kutilmagan holat bo'ladi.

11 Jahanbakhsh Moradia, Masoud Motalebib. A Study of Federalism in Iraq from the View of the Micro Level of Analysis. 6th World conference on Psychology Counseling and Guidance, 14 - 16 May 2015. Procedia -Social and Behavioral Sciences 205 (2015). - P.495.

12 https://www.orsam.org.tr/tr/2018-irak-parlamento-secimleri-ve-siyasi-reiimin-gelecegi/

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Ijtimoiy muammolar. Oxirgi qirq yillik hayotini harbiylashgan va urush sharoitida yashagan davlatning ijtimoiy sohasi qanday holatda bo'lishi mumkin?! Eron va Quvayt bilan urushlar natijasida mamlakatning iqtisodiy ahvoli yomonlashib, uning ijtimoiy soha rivojlanishiga ajratadigan mablag'larining kamayishi bu sohani og'riqli nuqtaga aylantirgan edi.

Hozirgi kunda Iroqda 40 mln da ortiq kishi istiqomat qiladi. Bu 25 yil oldingiga qaraganda ikki baravar, 1970-yilgi aholi sonidan esa to'rt baravar ko'p. Ma'sul vazirliklarning hisob-kitoblariga ko'ra chork asrdan kamroq vaqt ichida aholi soni yana ikki baravar ko'payadi. Agar joriy o'sish sur'atlari davom etsa, bu mintaqadagi eng yuqori ko'rsatkichlar qatoriga kiradi. Natijada, Iroq hukumati joriy o'n yillikning oxirigacha har yili taxminan 1 mln ish o'rniyaratish imkonini beruvchi qulay biznes muhitini yaratishi kerak.

Mavjud ishbilarmonlik muhiti xususiy sektorda ish o'rnlari yaratishni rag'batlantirishga qodir emasligi sababli, davlat muassasalari har yili 700 000ga yaqin yoshlar, shu jumladan yuz minglab bakalavriat va magistratura talabalari uchun mehnat bozoriga chiqayotgan deyarli yagona vositadir. 2019-yil oktabr oyidagi norozilik namoyishlari, asosan, hukumatning munosib ish imkoniyatlarini ta'minlay olmasligi sababli keskin avj oldi. Xavfsizlik kuchlari va tinch namoyishchilar o'rtasidagi ro'qnashuvlar Adel Abdul Mahdi hukumatining qulashiga olib keldi va hukumat hamda Iroq jamiyatining katta qatlamlari o'rtasida ishonchsizlikni kuchaytirdi.

IShID va unga aloqador guruhlar tomonidan so'ngi o'n yillikda amalga oshirilgan qo'poruvchilik harakatlari ijtimoiy sohaga ta'sir etmay qolmaydi albatta. Asr boshlarida Iroqda bo'lib o'tgan voqealarni ijtimoiy oqibatlarini mamlakat kelajagi hisoblangan yoshlarning hayotiga qanchalik ta'sir ko'rsatganligini ko'rib chiqamiz.

Iroq Respublikasida bolalar va o'spirinlar mamlakat aholisining 55 foizidan ko'pini tashkil qiladi (29 million kishi). So'nggi yigirma yil davomida ular qamoq yoki o'lim sababli ota-onasidan ayrilish, oilalarning notinchligi, zo'ravonlik va mojarolarga duchor bo'lish, qirg'in sahnalariga guvoh bo'lish bilan nafaqat yuqori darajadagi psixologik shikastlarni boshdan kechirdilar; Saddam Husayn davrda hokimyatda sunniylar ta'sirining yuqoriligi hamda hozirgi kunda "o'ch olish" imkoniyatiga ega shialarning hokimyatdaligi bois ular diniy va siyosiy ta'qiblarga uchramoqdalar. 2003-yildan boshlab to'g'ridan-to'g'ri jismoniy shikastlanish va zo'ravonlik darajasi yuqori bo'lib kelmoqda. Oilalarda bolalarga nisbatan jismoniy zo'ravonlikning ko'payishi odatiy holga aylangan. Shuningdek, uy sharoitida yetim bolalar soni sezilarli va o'sib bormoqda, ular uchun uyushgan xizmatlar mavjud emas.

Ko'pgina xabarlarda isyonchi guruhlar xalqaro kolitsiya kuchlari (MNF) va Iroq xavfsizlik kuchlariga (IFS) qarshi kurashga voyaga yetmaganlarni, shu jumladan

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

1 "5

yetimlarni va qo'zg'olonchilarning bolalarini jalb qilayotgani ko'rsatilgan . Hali mamlakatda terrorchilar faollashmagan, yirik shaharlarni egallamagan XXI asrning dastlabki o'n yilligida taxminan to'rt million iroqlik - umumiy aholining deyarli 15% -o'z uylarini tashlab ketishdi, ularning 50% bolalardir. Taxminan 1,9 million kishi Iroq ichida boshpana topgan va 2,2 million kishi qo'shni davlatlar chegarasini kesib o'tgan. Qochib ketayotganlar orasida shifokorlar, hamshiralar va o'qituvchilar ham bor. Bu holat boshqa bir jiddiy muammo hisoblangan aholining sifatli ta'lim va asosiy tibbiy yordamdan mahrum bo'lishiga olib keladi.

Iqtisodiy muammolar. Iroq iqtisodiyotida neftdan olinadigan daromadlar asosiy o'rinni egallaydi. Iroq neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotida (OPEK) eng yirik xom neft ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Shuningdek, dunyodagi eng yirik neft zaxiralariga ega mamlakatlardan biri. Yana bir ijobiy holat: mamlakat janubdagi yirik konlarning qazib olish xarajatlari nisbatan past. Bu hol mamlakat iqtisodiy rivojlanishini kafolatlashi kerak edi. Biroq Iroqdagi infratuzilma sohasidagi muammolar tufayli ishlab chiqarish o'sishi so'nggi o'n yil ichida pasayib ketdi. Janub va shimoldagi notinch vaziyat tufayli mahsulotni yetkazib berishdagi uzilishlar, shartnomalar o'z vaqtida bajarilmasligi iqtisodiy sohadagi muammolarga sabab bo'ldi.

Yirik ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun investitsiya jalb qilinishi va bu investitsiya ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga yo'naltirish kerak. Lekin har qanday investor o'z pulini tinch, barqaror va eng muhimi foydasi kafolatlangan joyga kiritadi. Iroqdagi vaziyat mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini so'roq ostiga qo'yadi.

Shunga qaramay, xom neft ishlab chiqarish 2019-yilda kuniga 4,7 million barrelga o'sdi. Ammo 2020-yilda global miqyosda neftga bo'lgan talabning pasayishiga javoban ishlab chiqarish hajmi yana pasayib ketdi .

2014-yilgacha Iroqning markaziy hukumati va uning neft vazirligi shimolda, ayniqsa Kirkuk konida (Avana va Baba gumbazlari ) va Bay- Xasan konlarida xom neft qazib olishning katta qismini o'z nazoratida olgan. Ammo 2014-yil mart oyida Iroq-Turkiya quvur liniyasi jangarilar tomonidan katta zarar ko'rgan va ishlamay qolganidan keyin shimoliy ishlab chiqarish eksport bozorlariga chiqa olmagan . Bayji neftni qayta ishlash zavodi (o'sha paytdagi Iroqdagi eng yirik) 2014-yil iyun oyida IShID hujumidan so'ng yopilgan edi. Bu kabi holatlarni uzun-uzun qilib sanash mumkin. Qisqa xulosa qilsak: terrorizm xavfi yuqori nuqtaga chiqqunicha ham Iroqda iqtisodiy muammolar yetarli edi. Yuqoridagi kabi holatlar esa mamlakatning iqtisodiyotiga jiddiy zarba bo'ldi.

13 United Nation Integrated Regional Information Networks. Evidence of Insurgents Using Child Soldiers. Middle East & Select Country. 03/07/2007. Geneva: IRIN, 15 March 2005. www.irinnews.org/report.asp?ReportID=46117&SelectRegion

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Xalqaro energetika tashkilotalarining hisobotlarida atrof-muhit muammolriga global qiiqish ortib borayotganligi bois dunyo tez sur'atlar bilan neftdan uzoqlashmoqda va energiya ishlab chiqarish va tashish uchun toza, qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalaridan ko'proq foydalanishga o'tmoqda. Shuning uchun Iroqning neftga o'z xarajatlarini moliyalashtirish uchun asosiy mahsulot sifatida qaramligi tobora ortib borayotgan xavf hisoblanadi.

Terrorizm. Davlatdagi beqarorlik va hokimyatning kuchsizligi har qanday vaziyatda ham o'z manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo'yuvchi tor doiradagi guruhlarning, jumladan terrorchi guruhlarning faollashuviga sabab bo'ladi. Iroq Respublikasi bilan ham shu holat takrorlandi. Islomiy davlat, Iroq va Shom Islom Davlati shular jumlasidandir. Bir holatga e'tibor berish kerakki, 2013-yilda IShID hujumlarining aksariyati 2011-yildan beri vayron qiluvchi fuqarolik urushi davom etayotgan Suriyada emas, balki Iroqda sodir etilgan. Iroq 2013-yilda IShIDning 419 ta hujumiga guvoh bo'lgan14. Hozirgi kunda Iroqda ushbu guruhlarning faoliyatiga rasman chek qo'yilgan. Ammo guruh a'zolari o'z taktikalarini passiv shaklga o'tkazib, oddiy fuqaro sifatia mamlakatda yashirin faoliyat olib borayotgani, faol harakat uchun qulay fursat kutayotgani ham ehtimoldan yiroq emas.

NATIJALAR

Iroq Respublikasidagi mavjud muammolarning o'z yechimini topishi uchun mamlakat o'z siyosiy tizimi, partiyaviy tuzilishini qayta ko'rib chiqmog'i lozim.

Iroq siyosiy tizimi hozirgi kunda juda zaif bo'lib, bu o'tgan yigirma yillikdagi muammoli vaziyat hamda undan oldingi diktatorlik rejimi bilan bog'liq. Shu bois bugungi kungacha islohotlar uchun qonun loyihasini ishlab chiqish borasida xalq siyosiy iroda ko'rsatmagan, amaldagi tuzum oddiy aholi tomonidan qo'llab quvvatlanmagan. Ya'ni hayotiy muammolar birlamchi ahamiyatga ega ekanligi Iroq aholisining siyosiy ongi rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatib kelgan. Islohotlarning muvaffaqiyati katta va yagona parlament bloki tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan izchil hukumatga bog'liq. Shuningdek u keng jamoatchilik tomonidan ham qo'llab -quvvatlanishi kerak. Afsuski, parlament tomonidn 2020-yilda qabul qilingan qonun bo'yicha yirik parlament blokini yaratish mumkin emas. Iroq saylov komissiyasi tomonidan ro'yxatga olingan 83 ta saylov okrugida 329 o'rin uchun kurash olib boradigan 250 ga yaqin partiya va subyektlar mavjudligini inobatga olsak, izchil va samarali hukumatni shakllantirishga qodir katta blokning shakllanish ehtimoli juda past15. Mavjud siyosiy tizim islohotlarni amalga oshirishga qodir samaralihukumat shakllanishiga to'sqinlik qilish uchun atayin ishlab chiqilgan. Hukumat , odatda, tashqi

14 Mohammad S.U. Iraq Conflict and Security Issues. Sultan Qaboos University, 2017. - P.6.

15 https://www.mei.edu/publications/mrt-akhry-alraq-nd-mftrq-trq

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ko'rinishdan demokratik ko'rinadign rasmiy qoidalar va tartiblarga muvofiq tuziladi. Qarorlar esa kichik liderlar guruhi o'rtasida qabul qilinadi. Bu holat vaqt o'tgan sayin saylovlarda saylovchilar soning kamayib borishiga xizmat qildi. Masalan 2018-yilgi saylovlarda saylov yoshidagilarning 44% qismi qatnashdi. Asosiy partiyalar yigirma yil davomida bir xil odamlar tomonidan boshqarib kelinmoqda. Partiya bilan kelisha olmay qolgan rahbar yoki unga yaqin shaxs partiyadan ajralib chiqib o'z partiyasiga asos solishi va hokimyat uchun kurash (tashqi qo'llovchilar yordamida ehtimol) boshlashi odatiy holat. Bag'dodda joylashgan Al-Bayan mustaqil tadqiqot va rejalashtirish markazi tomonidan o'tkazilgan so'rovnomalarga ko'ra, mamlakat aholisining 40% qismi bo'lajak saylovlarni mamlakatdagi vaziyatni yaxshilash va rivojlanish uchun muhim deb hisoblaydi16. Respondentlarning 83%dan ortig'i partiyaviy bo'lmagan, blok yoki koalitsion nomzodlar uchun ovoz berishni xohlaydi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Iroqda partiyaviy tizimni isloh qilish saylov jarayonini, samarador hukumat va barqaror parlamentni shakllantirish uchun qilinishi kerak bo'lgan ishlarning debochasidir. Siyosiy partiylar to'g'risidagi, saylov qonunchiligi to'g'risidagi qonunlarni isloh qilish davlat kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega. Ko'p partiyalarning mavjudligi har doim ham yetuk siyosiy jarayonni ko'rsatmaydi. Fuqarolar ushbu partiyalarga erkin qo'shilishi, bir partiyadan ikkinchisiga o'tish huquqiga ega bo'lsa-daularning asosiy qismi saylovlar oldidan tuziladigan va saylovdan keyin hech qanday siyosiy yoki ijtimoiy rol o'ynamaydigan "vaqtinchalik" (kinochilar tilida "konfet") partiyalardir.

Iroq Respublikasi Konstitutsiyasi va siyosiy partiyalari haqidagi huquqiy manbaalarda fuqarolik, vatanparvarlik, birlik tushunchalariga urg'u berilganligiga qaramay, milliylik o'rniga partyalar faoliyatida mintaqaviy, diniy yoki mazhabiy motivlar ustun. Hozirgacha bo'lib o'tgan saylovlarning hech birida qaysidir prtiya yoki blokning o'tkazilgan saylovlarda davlatning barcha hududlarida o'rinlarni qo'lga kirita olmaganidan ham buni ko'rish mumkin. Masalan Baaschilar asosan janubda, kurdlarning partiyalari shimolda, Ittifoq fronti g'arbda katta qo'llab-quvvatlovga ega. Mamlakat barcha viloyatlarida Iroq elektoratini ifodalovchi yirik partiyalar yo'q. Ularning tuzilishi uchun saylov qonunchiligi va partiya tizimini isloh qilish lozim. Agar Iroqda parlament saylovlarida milliy miqyosda raqobatlashadigan kam sonli katta partiyalar, barcha din vakillari uchun "ochiq" bo'lgan partiyalar bo'lsa, bu yadanda kuchli, samarali va uyg'un hukumatning shakllanishiga yordam berishi mumkin. Hukumat faoliyatini nazorat qiladiga kuchli muxolifatning shakllanishi esa ko'plab Iroq

16 https://www.baYancenter.org/en/2021/04/2195/

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

siyosatchilarini xavotirga solgan hokimyat tepasiga ozchilik guruhlarning kelib olishini oldini oladi.

Ushbu holatlarning inobatga olgan holda Iroq Respublikasi kelajagiga befarq bo'lmagan va hozirgi kunda hokimyatda turgan yetakchilar vaziyatni tartibga solish va muammolarni hal qilib, Iroq o'tmishi qayta takrorlanmasligi uchun quyidagi vazifalarni bajarishlarini lozim deb hisoblaymiz.

Birinchidan, davlat siyosiy tizimini qayta ishlab chiqish. Iroqda "Siyosiy partiyalar to'g'risida"gi qonunning 5-moddasida "Partiya fuqarolikka asoslanadi. Partiya irqchilik, terrorizm, mazhab, etnik va milliy aqidaparastlik asosida tashkil etilishi mumkin emas" deb belgilab qo'yilgan. Xuddi shu qonunning 11-moddasida "milliy saylovlarda qatnashmoqchi bo'lgan partiyaga har bir viloyatdan a'zolar olish majburiyati yuklanadi" mazmunida normalar bor. Ushbu moddalarni to'liq, izchil ravishda amaliyotga tadbiq qilish lozim.

Ikkinchidan, sud, ijro va qonun chiqaruvchi tizimlarni isloh qilish. 2016-yilda va

2020-yilda hukumat korrupsiyaga qarshi kurashda yordam so'rab, BMTning Taraqqiyot

11

Dasturi bilan anglashuv memorandumini imzoladi . Shunga qaramay, yuqorida aytib o'tdik, bu sohada Iroq 180 ta davlat ichida 160-o'rinda. Iroq qonunchiligiga ko'ra, sud hokimyati fuqarolar tomonida saylanmaydi. Sud hokimyati rahbarlarini tanlashda fuqarolar ishtirok etishi rahbarlikka kimningdir manfaatiga xizmat qiluvchi shaxsning kelib qolish ehtimolining oldini oladi. Pirovardida bu o'zgarish korrupsiya muammosiga yechim bo'ladigan eshiklarni ochadi.

Uchinchidan, xavfsizik kuchlari va huquqn muhofaza qiluvchi organlar faoliayti qayta ko'rib chiqish.

To'rtinchidan, milliy boyliklar va resurslardan keladigan daromadni taqsimlash borasida islohotlar qilish. Neft eksporti Iroqning eng katta daromad manbai hisoblanadi. Konstitutsiyaning 111-moddasifda "Barcha viloyatlardagi neft va gaz zahiralari Iroq xalqining mulki" ekanligi belgilab qo'yilgan. Lekin kurdlar "hukumat budjet taqsimotida bu qoidaga amal qilmaydi" deb hisoblaydi.bunday holatlarni ko'rdik, referendum, ajralishga intilish kabi holatlarni kuchayishiga sabab bo'ladi. Pensiya va ijtimoiy taminot sohasidagi ishlarni ham tahlil qilib, shunga monand islohot rejalarini ishlab chiqish lozim

Beshinchidan, iqtisodiyotni jamiyat rivojlanishini rag'batlantiruvchi yangi ish o'rinlarini yaratishga yo'naltirish. Iroq aholisining tez su'ratlarda o'sib borayotganligini aytdik. Bu muammoni hal qilish uchun iqtisodiy sohaga budjetning qanchadir qismini yo'naltirsh, asosiy yo'nlishlarni aniqlab bizdagi kabi "besh yillik" yoki bo'lmasa "uch yillik" loyihalar qilib shu bo'yicha ishlash kerak.

17 https://www.uniraq.org/index.php?option=com_k2&view=item&id=13387:2020-

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Oltinchidan, butun jamiyat vakillari Iroqning keying 10, 20 yoki 30 yillik istiqbolini shakllantiradigan yuqori darajadagi milliy maqsadlar bo'yicha kelishib olishlarini ta'minlash. Maqsad bitta, faqatgina uni amalga oshirish borasida tomonlar o'rtasida raqobat shakllanadi. Hukumatlarga qiyin bo'lishi tabiiy, lekin eng muhim Iroq rivojlanadi, aholi farovon yashaydi.

XULOSA

Biz yashayotgan zamonaviy dunyodagi hech bir muammoli holat o'z-o'zidan, atrofdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga bog'liq bo'lmagan holda vujudga kelmaydi. Aynan shu sababdan ham har bir muammoli vaziyatni tahlil qilish va uning yechimlari borasida ish olib borilayotgan masalani atrofdagi jarayonlar bilan aloqadorlikda o'rganish lozim. Bugungi kunda Iroq Respublikasida sodir bo'layotgan jarayonlar ham o'zining ijobiy yechimlariga erishish uchun xuddi shunday yondashuvlarni talab qiladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Iroqning bugungi muammolari oqibatini o'ylamasdan amalga oshirilgan ko'pyillik boshqaruv siyosatining natijasidir. O'tgan asrning oxiri yangi davr boshlarida davlat rahbariyatining, oxirgi o'n besh yillikd a esa dunyo hamjamiyatining masalaga jiddiy bo'lmagan tarzda panja ortidan nazar tashlashi oqibatida bugungi inqirozli holat vujudga keld.

Shu o'rinda Iroqdagi ziddiyatli vaziyatning shakllanishida "parda orti"dagi kuchlarning ham roli borligini unutmaslik lozim. Malakatning ulkan neft va uglevodorod zahiralariga ega ekanligi yirik neft istemolchisi bo'lgan davlatlarning oshkora va yashirin tarzda Iroqning ichki ishlariga aralashuviga hamda o'z manfaatlarini o'ylab ish tutganliklari ham bugungi inqirozli holatning sabablarida biri hisoblanadi. Iroqdagi muammolar nafaqat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy balki terrorchilik faoliyati nuqtai nazaraidan ham dunyo hamjamiyatini e'tiborini talab qiladi.

Ushbu mavzuni chuqurroq tadqiq qilgan insonda "Iroq Respublikasi o'zining joylashuvi, tabbiy zahira boyliklari bilan Yaqin Sharqdagi eng muhim strategik nuqtalardan biri va ayni shu omil mintaqaviy va kuch markazlarining doimo bu hududda o'z manfaatlarini ilgari suradilar" degan mazmundagi xulosa shakllanadi.

Manfaatdor davlatlarning Iroqda barqaror vaziyatni tartibga solish masalasida ixtilofga bormasdan, shaxsiy manfaatlarini biroz chetga surib, Iroq Respublikasining amaldagi hukumatiga yordam berishlari mamlakatadagi barqarorlikni ta'minlash eng muhim shartlaridan bir.

Hozirgi kundagi Iroq jamiyatida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolar mavjud ekanligini ko'rdik. Ularning har biri bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Ijtimoiy muammolar amalfagi hukumatdan norozilikni, bu siyosiy inqirozni, siyosiy inqiroz esa iqtisodiyotga zarba ekanli kundek ravshan. Tadbirkorlik va biznesda ish boshlash uchun

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

boshlang'ich daromadga ehtiyoj tug'ilgani kabi, Bahram Solih hukumati Iroqdagi vaziyatni tartibga solish va xavfsizlikni taminlashda xuddi shunday "boshlang'ich daromad"ga ehtiyoj sezmoqda. Shuningdek, fuqarolarning ham muammolarni yechim topishida muhim o'rni mavjud. Amalga oshirilayotgan islohotlarda kamchilik bo'lishiga qaramasdan, mavjud ijobiylarini qo'llab quvvatlash amalga oshirilayotgan islohotlarning davomiyligini taminlaydi.

Iroq Respublikasi hukumati davlat kelajagi bo'yicha aniq bir qarorga, yakdil qarorga kelishi lozim. Kurdlarning muammolaga yechim toppish uchun alohida harakati, shialarning o'ziga xos yo'nalishi va sunniylarning hozirgi pozitsiyasi aravani har tomonga tortishga o'xshaydi. To'g'ri vaziyat qaltis. Lekin muammolar zanjirining qaysidir qismini uzib, shu joydan o'zgartirishlarni boshlamoq kerak.

Bunday paytda mintaqaviy davlatlar va dunyo hamjamiyati mas'uliyati o'z zimmalariga olib, muammo Iroqning muammosi emas, balki dunyo xalqlarining muammosidir degan nuqtai nazarda turgan holda ish tutsalar Iroqdagi vaziyat ijobiy yechim topadi. Davlatlarda abadiy do'stlar bo'lmaydi, abadiy dushmanlar ham. Ularda abadiy manfaatlar bo'ladi. O'z manfaatlarini xaysidir davlatning manfaatlariga dahl qilgan holda ilgari surish, manfaatdor tomonning o'zi uchun ham qaysidir ma'noda "javob kelishi"ga sabab bo'ladi albatta. Hozirgi kundagi Rossiya - Ukraina munosabatlaridan ko'rinmoqdaki, bu borada dunyo hamjamiyatida o'ziga xos tajriba maktabi shakllangan.

Ushbu holatlarni inobatga olgan holda ishtirokchilar o'z oldilaridagi vazifalarni taqsimlagan holda harakat qilishlari lozim. Jumladan Iroq hukumati xalqaro hamjamiyat yordamida mamlakatda har bir sohada tub islohotlarni amalga oshiradi. Davlat muassasalarining faoliyati muvofiqlashtiradi. Adolat va shaffoflik prinsipiga amal qilgan holda faoliyat yuritadi.

Mamlakat aholisi ijobiy o'zgarishlar oz bo'lsada ularni qo'llab quvvatlab, bir g'oya atrofida, Iroq Respublikasining milliy manfaatlarini o'zida ifodalagan g'oya atrofida birlashadi. Eng muhim vazifa dunyo hamjamiyati a'zolari zimmasiga tushib, ular bu hududd o'zlarining shaxsiy manfaatlarini ko'zlamasligi, inson huquqlarining eng asosiy prinsiplariga amal qilgan holda harakat qilishlari talab qilinadi. Bu qilingan ishlar pirovardida o'z natijasini berib, Iroqdagi siyosiy vaziyat va xavfsizlikni ta'minlash borasidagi muammolari, albatta, o'zining ijobiy yechimini topadi.

ADABIYOTLAR

1. Ahmed.M.A."Current Iraq Situation Isn't War we were Sold.'V/Indianapolis Star.July 07, 2005.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

2. Anthony H.Cordesman. Iraq, the United States, and the "New" Middle East. CSIS. Working Draft: August 5, 2021. - P.5

3. Claudia W. "Implications of The Iraq-Iran War" Foreign Affairs, no. 16 (2006). -P.275.

4. Jahanbakhsh Moradia, Masoud Motalebib. A Study of Federalism in Iraq from the View of the Micro Level of Analysis. 6th World conference on Psychology Counseling and Guidance, 14 - 16 May 2015. Procedia - Social and Behavioral Sciences 205 (2015). - P.494.

5. Lukas Tichy. Energy infrastructure as a target of terrorist attacks from the Islamic State in Iraq and Syria. International journal of Critical Infrastucture Protection 25 (2019). - P.5.

6. Mohammad S.U. Iraq Conflict and Security Issues. Sultan Qaboos University, 2017. - P.6.

7. Rawiya Mohamad Alrawahi. Iraq Conflict and Security Issues. International Security Seminar Series. Muscat, 2015. P.13.

8. United Nation Integrated Regional Information Networks. Evidence of Insurgents Using Child Soldiers. Middle East & Select Country. 03/07/2007. Geneva: IRIN, 15 March 2005.

9. Еойибназаров Ш. Халкаро терроризм: илдизи, омиллари ва манбалари. "Узбекистон"НМИУ, 2013. - Б.100

10. Бартенев.В.И. Ирак в начале 2018 г.: оценка ситуации и потребностей восстановления. Вестн. Моск. ун-та. Сер. 25. Международные отношения и мировая политика. 2018. № 2. - C.148.

11. Варакса А. Н. Вооруженные конфликты в Ираке и Сирии в зеркале региональной геополитики. ПОЛИТЭКС. Санкт-Петербург, 2016. Том 12, № 1. -C. 171. УДК 913.327.338

12. Кузнецов. А. Состояние нефтегазового сектора Ирака и российско-иракское сотрудничество сфере. Геоэкономика энергетики. УДК 339. 4/2018. - C.176.

13. www.elsevier.com/locate/IJCIP

14. https://ezproxysrv.squ.edu.om:2123/docview/240754198?accountid=27575

15. https://www.orsam.org.tr/tr/2018-irak-parlamento-secimleri-ve-siyasi-rejimin-gelecegi/

16. www.irinnews.org/report.asp?ReportID=46117&SelectRegion

17. https: //www. mei.edu/p ubl i cati ons/mrt-akhry-al raq -nd-mftrq -trq

18. https://www.bayancenter.org/en/2021/04/2195/

19. https://www.uniraq.org/index.php?option=com k2&view=item&id=13387:2020-...

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.