Научная статья на тему 'ZAMONAVIY DAVLAT ORGANLARI TIZIMIDA PREZIDENTLIK INSTITUTINING TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI'

ZAMONAVIY DAVLAT ORGANLARI TIZIMIDA PREZIDENTLIK INSTITUTINING TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

735
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Prezident / davlat hokimiyati / davlat rahbari / davlat organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligi ta`minlash / davlat boshqaruv shakli / ijro hokimiyati / parlament / President / state power / head of state / coordinated functioning and interaction of state authorities / form of government / executive power / parliament

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Rushana Husnidin Qizi Sultonova

Ushbu maqolada Prezidentning davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi va hamkorliginini ta`minlash, davlat hokimiyatini tashkil etish bilan bog`liq integrativ funksiyalarining narariy-huquqiy asoslari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article analyzes the theoretical and legal aspects of the integrative function of the President, related to ensuring the coordinated functioning and interaction of state authorities, as well as its significance in the organization of state power.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY DAVLAT ORGANLARI TIZIMIDA PREZIDENTLIK INSTITUTINING TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI»

ZAMONAVIY DAVLAT ORGANLARI TIZIMIDA PREZIDENTLIK INSTITUTINING TUTGAN ORNI VA AHAMIYATI

Ushbu maqolada Prezidentning davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi va hamkorliginini taminlash, davlat hokimiyatini tashkil etish bilan bogTiq integrativ funksiyalarining narariy-huquqiy asoslari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Prezident, davlat hokimiyati, davlat rahbari, davlat organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligi taminlash, davlat boshqaruv shakli, ijro hokimiyati, parlament

The article analyzes the theoretical and legal aspects of the integrative function of the President, related to ensuring the coordinated functioning and interaction of state authorities, as well as its significance in the organization of state power.

Keywords: President, state power, head of state, coordinated functioning and interaction of state authorities, form of government, executive power, parliament

Bugungi kunda zamonaviy davlatlarning aksariyat qismi boshqaruvning respublika shakliga ega bo'lgan davlatlar bo'lib, ularda davlat boshqaruv tizimi ma'lum bir yo'nalish bo'yicha saylangan oliy hokimiyat organlariga asoslangan. Prezidentlik instituti boshqaruvining respublika shaklidagi davlatlarda davlat hokimiyati tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Demokratik nuqtayi nazardan qaralsa, prezidentlik instituti xalqning o'ziga xos g'alabasi sanaladi, chunki davlatda prezidentlik institutining mavjudligi to'g'ridan-to'g'ri saylovlar orqali yoki xalq tomonidan saylangan vakillar orqali o'z xalqining irodasini amalga oshiradigan Prezident lavozimiga eng munosib nomzodga ovoz berish imkoniyatini beradi.

Prezidentlik institutining bugungi kunda davlat organlari tizimida tutgan o'rni va ahamiyati haqida fikr yuritishdan oldin biz, avvalo, prezidentlik institutining mazmun-mohiyatiga to'xtalib

Rushana Husnidin qizi Sultonova

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

ANOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

o'tishishimiz lozim.

April, 2022

«Prezident » so'zi lotincha «praesidens» so'zidan kelib chiqib, so'zma- so'z tarjimasi «oldinda o'tiruvchi» (antik davrlarda turli xil majlislarda raislik qiluvchililarni president deb atashgan) ma'nosini anglatadi.

Prezident so'zi yuridik termin sifatida, qadimgi Afina va Rim respublikalari davridan qo'llanilganligi malum. Bu termin ilk demokratiya shakli hisoblangan kollegial organlar majlislarida raislik qiluvchi shaxsga nisbatan ishlatilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Huquqshunos olim N.A.Saxarov o„z asarlarida qadimda turli yig'ilishlarda raislik qilgan shaxsga Prezident deb murojaat qilishi odat bo'lganligini ta'riflaydi. Biroz vaqt o'tgach, ism lavozimga aylantirildi. Shunday qilib, hukmron shaxs sifatidagi "prezident" tushunchasi haqidagi birlamchi g'oyalar tug'ildi.

Bugungi kunda respublika davlat boshqaruvi shaklidagi mamlakatlarda Prezident so'zining-davlat boshlig'i, davlat organi sifatida qo'llanilishi rasm bo'lgan. Davlat hokimiyati organlari tizimida davlat boshlig'i va uning o'ziga xos funksiyalari aniq bo'lsa-da, har bir davlatda uning huquqiy maqomi turlichadir.

Davlat boshlig'i sifatida prezidentlik instituti alohida o'rin tutib, dunyoda birinchi bo'lib, ushbu lavozim 1787-yilda qabul qilingan Amerika Qoshma Shtatlari Konstitutsiyasida oz ifodasini topdi. Yevropada prezidentlik instituti 1848-yilda ikkita mamlakatda, yani Fransiya va Shvetsariyada paydo bo'ldi. Hozirga kelib Bilashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi 150 tadan ortiq mamlakatlarda Prezident lavozimi joriy etilgan.

O.T.Voloshukning fikricha, Prezident davlat boshlig'ining yuridik shakli sifatida hokimiyat tabiati haqidagi demokratik qarashlarning rivojlanishi natijasida xalq hokimiyatchiligining timsoli sifatida vujudga keladi

Prezidentlik institutini o'rganishda ayrim olimlar uni avvalambor ijtimoiy institut sifatida o'rganishni taklif qiladilar. Xususan, rus siyostchi olim I.D.Xutinayev "prezident institutini" kengroq tushuncha doirasida - "ijtimoiy institut" sifatida tadqiq etishni taklif qildi, chunki u ijtimoiy fanlarning turli sohalarida tadqiqot ishlarining predmeti bo'lib, ular doirasida «prezident» tushunchasiga turli xil fikrlar shakllangan .

Prezidentlik instituti terminologiyasinining manosini to liq anglash uchun ushbu unstitutning asosiy xususiyatlarini aniqlab olish zarur.

B.P.Yeliseyev ushbu institutning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko'rsatadi:

April, 2022

- Prezident saylab qo'yilgan davlat rahbari bo'lib, u ijro hokimiyatiga boshchilik qilishi mumkin va davlat hokimiyati bo'linishi tizimida arbitr vazifasini bajaradi;

- tashkiliy jihatdan Prezident hech kimga bo'ysunmaydi hamda davlat hokimiyatining boshqa oliy organlaridan mustaqilligining yuqoriligi bilan ajralib turadi;

- Prezidentlik lavozimining siyosiy xarakteri yuqori bo'lib, davlat ichki va tashqi siyosatini shakllantirish, davlat ishlariga siyosiy rahbarlikni amalga oshrishda Prezidentning o'rni ustuvor sanaladi.

V.A.Shatili prezidentlik instituti- Prezident saylovi, Prezident funksiya va vakolatlari, vakolat muddati va uni tugatish tartibi, konstitutsiyaviy-huquqiy ma'suliyati, shuningdek, Prezident huzuridagi muassasalar faoliyatini tartibga soluvchi normalar tizimi deb ta'rif beradi.

M.M.Mirakulovning fikriga ko'ra, prezidentlik instituti murakkab tuzilmaga ega bo'lib, quyidagi 8 guruh konstitutsiyaviy-huquqiy normalardan tashkil topadi: 1) Prezident lavozimini ta'sis etadigan; 2) Prezident saylovi (xususan, prezidentlikka bo'lajak nomzod; partiya yuqori organida ko'rsatilgan nomzod, ro'yxatga olingan nomzod; saylangan, biroq lavozimga kirishmagan president huquqiy maqomi; 3) prezidentning lavozimiga kirishish (inaguratsiya) tartibi; 4) Prezident funksiya va vakolatlari; 5) Prezident, xususan eks-prezident faoliyatining huquqiy, tashkiliy, moddiy, ijtimoiy kafolatlari; 6) president vakolatlari tugashining asoslari va tartibi; 7) prezident vakolatlarini vaqtincha bajarib turish asoslari va tartibi; 8) ma'suliyat asoslari va ularni qo'llash tartibi.

Biz ning fikrimizcha, prezidentlik institutiga berilgan ta'riflar ichida oxirgi qayd etilgani ushbu institutning barcha jihatlarini to'la ochib beradi.

Darhaqiqat, prezidentlik instituti bu faqatgina prezidentlik saylovi, Prezident vakolatlari va Pezidentning konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi bilan bog'liq bo'lgan munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari yig'indisi bo'libgina qolmay, ushbu institut prezidentlik lavozimini ta'sis etish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlarga ham tadbiq etiluvchi huquq normalarini ham o'z ichiga oladi.

Huquqiy adabiyotlardagi zamonaviy yondashuvlarga ko'ra, «prezident» atamasi davlat hokimiyati organlari iyerarxiyasida eng yuqori o'rinni egallovchi, mamlakat ichki siyosiy hayotida va davlatning davlatlararo, xalqaro munosabatlarida oliy vakilligini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs sifatida talqin

etiladi.

April, 20221 ©

Malumki, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida Ozbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi-hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi prinsipiga asoslanishi qayd etilgan. Shuningdek, Konstitutsiyamizning 89-moddasida Ozbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig'idir va davlat organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritisini taminlashi belgilangan.

Xo'sh, Prezidentning davlat hokimiyati o'rganlari tizimidagi o'rni va ahamiyati nimadan iborat.

Malumki, 2008 yilgacha Ozbekiston Respublikasi Prezidenti ijro etuvchi hokimiyat boshlig'i sanalgan. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan Prezidentning ayni bir vaqtda hukumat rahbari eknligini qayd etuvchi normaning chiqarilishi muhim siyosiy-huquqiy o'zgarish sanaladi. Prezidentning davlat hokimiyatini amalga oshirishi, muhim davlat funksiyalarini bajarishiga qaramasdan, Konsitutsiyaga muvofiq u hech bir hokimiyat tarmog'iga kiritilmagan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Barcha huquqiy tadqiqotlarda, parlement, hukumat va sud davlat hokimiyatining klassik tarmoqlari sifatida tushuniladi. Shu bilan bir qatorda, davlat mexanizmida davlat rahbari alohida orin egallaydi. Davlat rahbarining amaliy va huquqiy holatini yuqorida qayd etilgan hokimiyatlar tarmog'idan alohida o'rganib bo'lmaydi.

Prezidentning hokimiyatlar tizimida qanday o'rin egallashi va hokimiyatning qaysi tarmog'iga mansubligi to'g'risidagi masala har bir davlatning amaldagi Konstitutsiyasi va Konstitutsiyaviy tuzumi, qonun chiqarish jarayoni va huquqni qo'llash amaliyotiga bog'liqdir.

Aytib o'tish joizki, davlat rahbari lavozimi davlat boshqaruvining har qanday shaklidagi davlatlarda mavjud. Monarxiya shaklidagi davlatlarda- monarx, respublikalarda -saylangan Prezident davlat rahbari sanaladi. Davlatning o zi konstitutsiyaviy tuzumning yaxlitligini, hokimiyat mexanizminig samaradorligini taminlovchi, xalqaro munosabatlarda davlatning oliy vakilligini amalga oshiruvchi lavozimga ehtiyoj sezadi.

Turli davlat boshqaruvi shaklidagi davlatlarda davlat rahbarining vazifalari turlichadir. Masalan, ayrim davlatlarda davlat rahbari vazifalari nominallashtirilgan bo'lsa, ayrim davlatlarda davlat hokimiyati to'laligicha davlat rahbariga tegishlidir.

April, 2022

Ko'plab mamlakatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy doktrinalari davlat rahbarini xalq birligini ta'minlovchi, boshqa davlatlar bilan munosabatlarda davlatning vakilligini amalga oshiruvchi, davlat hududining yaxlitligi va xafsizligini ta'minlochi, suverenitetni kafolatlovchi, davlat hokimiyati organarning kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini ta'minlovchi davlat hokimiyatining oliy mansabdor shaxsi sifatida ko'rib chiqadi.

Davlat rahbarining aniq huquqiy holati va davlat hayotidagi faktik o'rni har bir mamlakatning tarixiy an'analari va siyosiy shart-sharoitlariga bog'liq bo'ladi.

A.Azizxo'jayevning fikriga ko'ra, davlat boshqaruvi turli davlatlarda turlicha tashkillashtirilgan. Davlat boshqaruvining shaklidan qat'iy nazar kim ijro etuvchi hokimiyat ustidan nazoratni o'rnatsa, u davlatda markaziy o'rin egallaydi. Prezidentlik boshqaruv shaklida bu Prezident, Parlametar boshqaruv shaklida-parlament hisoblanadi.

Agar davlat rahbari ayni vaqtda ijro hokimiyati boshlig'i sanalsa bunday davlatlar Prezidentlik boshqaruv shaklidagi davlatlar sanaladi.

M.Mirxamedovning ta'kidlashicha mamlakatda yuzaga keladigan qaltis va ziddiyatli vaziyatlarga nisbatan tezkor qaror qabul qilish zaruriyatining vujudga kelishi Prezidentlik lavozimining joriy etlishiga sabab bo'lgan. Sababi bunday vaziyatlarda kollegial organlar tezkor qaror qabul qilaolmagan.

O'zbekiston Respublikasida Prezident davlat hokimiyati tizimida markaziy o'rin egallaydi va siyosiy tuzumning asosini tashkil etadi.

Ma'lumki, konstitutsiyaviy huquqning muhim elementidan biri davlat boshqaruv shakli hisoblanadi. Agar O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv shaklini tahlil qiladigan bo'lsak, ushbu masalaga oid olimlarning fikrini ikkita katta guruhga bo'lish mumkin. 1-guruhga O'zbekiston Respublikasini prezidentlik respublikasi sifatida ko'rib chiquvchi olimlarni fikr-mulohazalarini kiritamiz. (F.X.Raximov, Sh.Abbosxo'jayev).

Prezidentlik respublikalari hokimiyatlarning qat'iy bo'linish prinsipiga asoslanadi. Bu shuni anglatadiki, mazkur shakldagi respublikalarning Konstitutsiyalarida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining vakolatlari o'rtasida chegara aniq belgilangan bo'ladi. Bunday holda hokimiyat tarmoqlari nafaqat bir-biridan aratilgan balki ularning mustaqilligi ham ta'minlangan bo'ladi. Prezidentlik respublikalarida Prezdentning qo'lida davlat boshlig'i va hukumat rahbari vakolatlari to'planishi bilan birga, prezidentlik saylovida, hukumatni shakllantirishda parlamentning ishtirok

April, 2022

etmasligi, parlamentning javobgarligi institutining mavjud emasligi kabi holatlar mavjud bo'ladi.

Ikkinchi guruh olimlar O'zbekistonni davlat boshqaruv shakliga ko'ra aralash respublika ekanligini ta'kidlashadi. (A.Azizxo'jayev, O.Muxamedjanov, G.R.Malikova). Masalan, O.Muxamedjanovning fikriga ko'ra O'zbekiston Respublikasida hokimiyatlar bo'linish tizimida parlamentning vakolatlarini aniqlashtiruvchi o'zida prezidentlik va parlamentar respublikalarning xususiyatarini mujassamlashtiruvchi o'ziga xos model shakllanmoqda. Shak-

shubhasiz O'zbekistonda davlat hokimiyatini tashkil etishda prezidentlik respublikasinig xususiyatlari namoyon bo'ladi: Prezident davlat boshlig'i hisoblanadi va xalq tomonidan saylanadi, ijro hokimiyati tizimida va sud hokimiyati faoliyatini tashkil etishda keng hajmli vakolatlarga, veto huquqiga ega hamda O'zbekiston respublikasining butun hududida bajarilishi majburiy bo'lgan qaror, farmon va farmoyish chiqaradi. Biroq hozirgi huquqqiy islohotlar sharoitida parlamentar respublikani shakllantirish tendensiyasi kuzatilmoqda. Xususan, parlament Prezidentning veto huquqini cheklay oladi, Bosh vazirni lavozimiga tayinlash parlament bilan kelishilgan holda amalag oshiriladi va Prezident parlamentni Konstitutsiyada belgilanga qat'iy shartlar va tartibga ko'ra tarqata oladi. Mazkur qarash tarafdorlari hukumat o'z faoliyati uchun parlament oldida javobgar bo'ladigan parlamentning ustunligi prinsipiga asoslanishadi. Parlamentar respublikalarda hukumat parlamentning quyi palatasida ko'pchilik o'ringa ega bo'lgan siyosiy partiya vakillalaridan shakllantiriladi. Parlamentar respublikalarda davlat boshlig'i parlamentar yo'l bilan yoki parlament tomonidan yoki parlament tomonidan tashkil etilgan kollegial organ tomonidan saylanadi.Parlamentar respublikalarda davlat boshlig'i bir qator vakolatlarga ega bo'lsada, davlat hokimiyatini amalga oshirishda amalda hech qanday ta'sir o'tkaza olamaydi.

A.A.Azizxo'jayev va G.R.Malikovaning fikriga ko'ra O'zbekiston bosqichma-bosqich aralash respublika boshqaruv shakliga o'tib bomoqda.

O'zbekiston Resublikasi Konstitutsiyasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning hamda Prezident bilan Vazirlar Mahkamasi o'rtasidagi munosabatlarning amaliy tahlili O'zbekistonda aralash respublika shakli qaror topib borayotganidan dalolat beradi.

Quyidagi huquqiy normalar fikrimizning isboti hisoblanadi:

- prezidentning umumxalq saylovida saylanishi (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasi)

prezidentlik respublikasi belgisi;

April, 2022

- Bosh vazir lavozimining mavjudligi (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi) parlamentar respublika belgisi;

- Ishonchsizlik votumi institutining mavjudligi (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 98-moddasi) parlamentar respublika belgisi;

- Prezidentning Bosh vazir taqdimiga binoan viloyat va Toshkent shahar hokimlarini lavozimiga tayinlashi va ozod etishi (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi) prezidentlik respublikasi belgisi;

- Prezidentning parlamentni tarqatib yuborish huquqi (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 95-moddasi) parlamentar respublika belgisi;

Bugungi kun huquqshunosligining yana bir muhim savol va tadqiqotlaridan biri bu Prezidentning hokimiyatlar boTinish tizimida qaysi hokimiyat tarmog'iga mansubligini aniqlash hisoblanadi.

Aytish joizki, Z.Islomov, B.Jo'rayev, M.N.Marchenko, I.M.Filyalina, K.V.Proxorov va boshqalar) kabi bir guruh olimlar Prezidentni ijro hokimiyati tizimiga, prezidentlik institutini esa ijro hokimiyati institutiga kiritishgan. G.R.Malikova fikriga ko'ra, qonun ustuvorli nuqtayi nazaridan Prezident davlat hokimiyati tizimining birorta tarmog'iga kirmaydi va holat uning boshqa hokimiyat tarmoqlaridan ustunligini va ularning bir biriga bog'liqligini izohlamaydi, chunki ular orasida bo'ysunuv munosabatlari mavjud emas. Ushbu fikrga zid ravishda M.V.Baglay hokimiyatlar bo'linish prinsipiga asoslangan har bir demokratik huquqiy davlatda har bir lavozim hokimiyatning qaysidir tarmog'iga mansub bo'lishini takidaydi. Ushbu olimning takidlashicha, Prezidentning funksiyalari hokimiyatning uchta tarmog' bilan chambarchars bog'liq bo'lib, uni qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmog'iga kiritishni imkoni mavjud emas.Prezidentning ijro hokimiyati bilan munosabatlari uning boshqa hokimiyat tarmoqlari bilan munosabatlardan juda ajralib turadi.

Boshqa bir guruh olimlar (M.A.Axmedshayeva, A.A.Kotenkov, V.Y.Vasilyev, V.A.Shatili) Prezident alohida konstitutsiyaviy-huquqiy maqomga ega bo'lib, ijro hokimiyati tizimiga kimasligini takidlaydi.

O.T.Voloshukning fikriga ko'ra, hokimiyatlar bo'linishi nazariyasini tahlil qilish jarayonidagi zamonaviy interpretatsiyada Fransiya, Rossiya va Ukraina kabi davlatlarida Prezident hech bir hokimiyat tarmog'iga mansub emasligi tezisi amal qiladi. Ushbu davlatlarda davlat rahbari to'laligicha bitta hokimiyat tarmog'iga mansub boTmasdan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo'yicha tegishli vakolatlarga ega bo'ladi. Bunday

April, 2022

holda Prezident davlat hokimiyati tizimidan chetda qolmasdan, balki ularning normal faoliyat yuritishini ta'minlaydi.

M.M.Mirakulovning qayd etishicha, Prezidentning davlat hokimiyati tizimiga aloqador emasligi va uning faqat davlat hokimiyati tarmoqlari faoliyati hamda hamkorligini ta'minlovchi organ sifatida ko'rib chiqilishi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasidagi hokimiyatlar bo'linish prinsipiga asosan demokratik huquqiy davlat qurilishiga zid hisoblanadi.. Olim o'z fikrlarini Prezidentning funksiyalari tabiatiga ko'ra ijro hokimiyati tizimiga yaqinroq bo'lganligi ifodalangan Konstitutsiyaning 93-94-moddalar va boshqa qonunlarda ifodalangan huquq normalari bilan isbotlashga harakat qilgan.

M.A.Axmedshayevaning ta'kidlashicha, Prezident rasman ijro hokimiyati rahbari hisoblanmasada, uning vakolatlari ijro hokmiyatining boshqa tarmoqlar bilan muvofiqlashtirilgan holda faoliyat yuritishini ta'minlashga

qaratilgan. M.A.Axmedshayeva O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 8,10,11,13,15,16,24 bandlarida qayd etilgan Prezident vakolatlarini ushbu toifadagi vakolatlarga kiritadi. Yuqorida sanab o'tilgan bandlardagi Prezident vakolatlari o'z tabiatiga ko'ra, hokimiyatning tarkibiy va tuzilmaviy qismini tashkil etishga yo'naltirilganligi birga ular faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirishga ham qaratilgan. M.Rahmonqulovning fikriga ko'ra Prezident ijro hokimiyatining keng hajmli, strategik ahamiyatga ega bo'lgan fnksiyalarini bajaradi. X.I. Ro'zmetov yuqoridagi olimlarning fikriga qo'shilishi bilan birga, Prezidentning konstitutsiyaviy-huquqiy maqomini belgilovchi Konstitutsiyaning 89-moddasidan 2007 yilda uning ijro hokimiyati rahbari ekanligini belgilovchi norma chiqarib tashlangan bo'lishiga qaramasdan, Prezident o'zining vakolatlari bilan ijro hokimiyati organlari faoliyatinini tashkil etish va rahbarlik qilishga ma'sul hisoblanishini qayd etadi. Olim Konstitutsiya 93-moddasi 4,7,8,10,11,13,15,16,17,19,20- bandlari, 89-moddasi M.Usmonov shuningdek, xavfsizlik va mudofaa vazifasini bajaruvchi ijro hokimiyati organlari O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Bosh Qo'mondoni - O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo'ysunishini ta'kidlab o'tadi. Mazkur norma ,shuningdek, O'zbekiston Respublikasining 9 yanvar 2018 yildagi ORQ-458 sonli «O'zbekiston Respublikasining mudofaa doktrinasi to'g'risida» gi Qonunida ham o'z aksini topgan.

M.M.Mirakulovning ta'kidlashicha, dunyo bo'ylab 143 ta davlatda prezidentlik instituti mavjud bo'lgan holda, 109 ta davlatda Prezident ijro

hokimiyati vakolatlarini bajaralishini ta'minlaydi.

April, 20221 ©

XULOSA

Prezidentlik instituti O'zbekiston Respublikasida bevosita xalqdan vakolat oladi va jamiyat hayoti hamda davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarining vakili hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, biz Prezidentni hokimiyatlar bo'linishi tizimida ijro hokimiyati tizimiga mansub ekanligini e'tirof etamiz. Mazkur fikrlar davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi shuningdek, Konstitutsiya 5 bo'limi tuzilishi bilan o'z tasdig'ini topadi. Xususan, 5 bo'limda dastlab Oliy Majlis haqidagi,so'ng Prezident, undan keyin Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sud hokimiyatiga oid boblar joylashtirilgan.

M.M.Mirakulovning fikriga ko'ra, prezidentlik institutining amaliy faoliyatiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Prezident hokimiyatlar bo'linishi tizimda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatning faoliyatida strtategik ahamiyatga ega bo'lgan o'rin egallaydi. M.Rahmonqulov prezidentlik instituti hokimiyatlar bo'linishi tizimida alohida o'rin egallaydi. Davlat boshlig'i davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlashi bilan bir vaqtda ijro hokimiyatining strategik ahamiyatga ega bo'lgan funksiyalarini ham bajaradi. Olim ta'kidlaganidek, Prezident qonun chiqarish faoliyatida, davlat hokimiyati butunligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishini kafolatli himoya qilish, O'zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligi va xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ahamiyatli vazifalarni bajaradi. M.M.Mirakulov, biz yuqorida bayon etilganlarni Prezident tomonidan qaror, farmon, farmoyishlar chiqarilganidan so'ng Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan harakatlar dasturi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ko'rishimiz mumkinligini aytib o'tadi. Olim Prezidentning farmon va qarorlari asos bo'lib xizmat qilgan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 23 fevraldagi yaqin va uzoq kelajakka mo'ljallangan harakat dasturini misol sifatida keltirib o'tadi. Bundan tashqari, M.M.Mirakulov 2005 yildan 2009 yilgacha bo'lgan vaqt oralig'ida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan 256 ta qonun loyihasidan 42 tasi, 2010-2014-yillar oralig'ida 19 ta qonun loyihasi O'zbekiston Respublikasi

Prezidentiga tegishli bo'lganligini, 160 ta qonun loyihasi esa hukumat tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlarining ijrosini ta'minlash yuzasidan Qonunchilik palatasiga kiritilganligini aytib o'tadi. O'z navbatida biz ham yuqoridagi fikrlarni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi PF-4947-sonli Farmoni bilan

mustahkamlashimiz mumkin. Xususan, ushbu famon asosida

April, 2022

davlat boshqaruvini isloh qilish yuzasidan Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil 1 may holatiga 100 dan ortiq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Bayon etilganlarga asosan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, davlatning bosh islohotchilik prinsipi asosida davlat boshlig'i Respublika Prezidenti sanalgan hamda davlat boshqaruvi organlarning ko'rastib o'tilgan iyerarxiyasiga asoslangan davlat boshqaruvi tizimi bugungi iqtisodiy nostabillik tendensiyasi sharaotida o'zini to liq oqlmoqda.

Davlat boshlig' ining muhim funksiyalaridan biri bu davlat hokimiyati oranlari faoliyatining o'zaro hamkorligi va samaradorligini taminlash hisoblanadi. Prezident bugungi kunda davlat hokimiyati tizimida fuqarolik jamiyati institutlari tola tashkil topishi, davlat boshqaruvining demokratlashtirilishini yanada chuqurlashtirish jarayonida davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yurtishini hamda hamkorligini taminlagan holda, Ozbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligi va suvereneteti himoyasining asosiy kafili hisoblanadi.

REFERENCES

1. Mirakulov.M.M. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi (qiyosiy-huquqiy tahlil): diss. .. .y.f.d . -Toshkent, 2016- 258

2. Abbosxodjayev Sh.A. Demokratik davlat qurilish sharoitida prezidentlik institutining huquqiy asoslari : diss. ... y.f.n. -Toshkent, -163.b

b.

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.