Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI SAYLOV JARAYONLARIDA QO’LLASH SAMARADORLIGI'

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI SAYLOV JARAYONLARIDA QO’LLASH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
314
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Saylov / Elektron saylov (E-saylov) / Blokchain / Election / Electronic election (E-election) / Blockchain

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Normirzayev, Ilyosbek Ilhomjon Ogli

Zamonaviy texnologiyalarni (blokchain texnologiyasini) savlov jarayonlariga tadbiq etish natijasida saylov jarayonlarining shaffofligiga, oshkora o’tkazilishiga hamda qonunlarning ijrosini ta’minlashda inson omilining kamayishiga doir xulosalar va taklif ushbu maqolada ilgari suriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVENESS OF THE USE OF MODERN TECHNOLOGIES IN ELECTORAL PROCESSES

This article presents conclusions and recommendations on the transparency, openness and reduction of the human factor in the implementation of laws as a result of the introduction of modern technologies (blockchain technology) in the procurement process.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI SAYLOV JARAYONLARIDA QO’LLASH SAMARADORLIGI»

Scientific Journal Impact Factor

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI SAYLOV JARAYONLARIDA

QO'LLASH SAMARADORLIGI

Normirzayev Ilyosbek Ilhomjon o'g'li

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti Biznes huquqi magistri Mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Zamonaviy texnologiyalarni (blokchain texnologiyasini) savlov jarayonlariga tadbiq etish natijasida saylov jarayonlarining shaffofligiga, oshkora o 'tkazilishiga hamda qonunlarning ijrosini ta'minlashda inson omilining kamayishiga doir xulosalar va taklif ushbu maqolada ilgari suriladi.

Kalit so'zlar. Saylov, Elektron saylov (E-saylov), Blokchain.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ИЗБИРАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССАХ

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлены выводы и рекомендации по прозрачности, открытости и снижению человеческого фактора при реализации законов в результате внедрения современных технологий (технологии блокчейн) в процесс закупок.

Ключевые слова: Выборы, Электронные выборы (Э - выборы), Блокчейн

EFFECTIVENESS OF THE USE OF MODERN TECHNOLOGIES IN

ELECTORAL PROCESSES

ABSTRACT

This article presents conclusions and recommendations on the transparency, openness and reduction of the human factor in the implementation of laws as a result of the introduction of modern technologies (blockchain technology) in the procurement process.

Keywords: Election, Electronic election (E-election), Blockchain

Saylov - bu demokratiyaning asosiy elementlaridan bo'lib, mamlakat fuqorolaring siyosiy jarayonlardagi ro'lini ko'rsatuvchi va kelajakka bo'lgan xohish irodasini ro'yobga chiqarishga xizmat qiluvchi asosiy demokratik jarayondir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta'biri bilan aytganda

KIRISH

"Vatanimizning bugungi va ertangi taqdiri, farzandlarimizning kelajagi sizlaming ushbu saylovdagi ongli ishtirokingizga, fuqorolik pozitsiyangizga bog'liq. Ishonaman, bu saylov, sizlarning faol ishtirokingiz bilan, bugun biz intilayotgan Yangi O'zbekiston, Uchinchi Renessans sari tashlangan, yana bir ulkan qadam bo'ladi, Xech qachon unutmang, saylash va tanlash huquqi - sizning qo'lingizda. Kelajak uchun ma'suliyat esa - barchamizning zimmamizda.1 Ushbu fikrlar zamirida ham fuqarolar hayotida va mamlakat kelajagida ham saylovning O'zbekistondek demokratik davlatlarda o'rni beqiyos ekanligini ko'rishimiz mumkin. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117- moddasida, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining eng muhim siyosiy huquqlaridan biri davlat vakillik organlariga saylash va saylanish huquqidir deya e'tirof etilishi saylovlarning ahamiyati qay dajarada ekanligini ko'rsatadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar hayotimizga jadallik bilan kirib kelmoqda, bunga sabab ulardagi yuqori aniqlik, iqtisodiy samaradorlik va ko'p vaqt talab qilmasdan belgilangan vazifani ado etishida desak xato bo'lmas. Ushbu zamonaviy texnologiyalar huquqiy munosabatlarni tashkil etishda ham yuqorida nazarda tutililgan samaradorlikga erishishini "Saylov" jarayoniga qo'llash orqali ko'rishimiz mumkin,

Dastlab, Savlov jarayonllari amalga oshirish haqida fikr yuritadigan bo'lsak, uning klassik ko'rinishi sifatida saylov byulletenlaridan foydalanish orqali ovoz berish va ularni sanash orqali saylov jarayoni tashkil qilinishini ko'rsatishimiz mumkin. Ushbu "saylov jarayoni" ni Turg'unov quyidagi yetti bosqichga bo'ladi2. Unga ko'ra:

1) saylov kompaniyasi boshlanganligini e'lon qilish;

2) salov okruglari va uchastkalarini va okrug, saylov kommissiyalarini tuzish;

3) nomzodlarni ko'rsatish va ularni ro'yxatga olish;

4) saylovoldi tashviqotini tashlik qilish;

5) saylovchilar ro'yxatini tuzish. Sayloy byulletenlarini tayyorlash;

6) ovoz berish va saylov natijalarini aniqlash va e'lon qilish;

7) Tegishli hol sodir bo'lsa, takroriy ovoz berish va takroriy saylov tashkil etish;

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Liberal -demakratik partiyasining Quriltoyida,

2 "Saylov huquqi" O.K. Turg'unov. Darslik. - Toshkent TDYU, 2018-304 bet , {164 bet}

395

Bekzod Narimovning ta'kidlashicha3 ushbu saylov jarayoni (klassik saylov jarayoni) tartibda joriy yilgi Prezidentlik saylovlariga 28 mln AQSh dollar sarflanishi belgilangan. Mazkur mablag'larning katta qismi barcha komissiya a'zolarining ish xaqi va boshqa harajatlarga sarf qilinadi. Boshqacha aytganda, saylov komissiyalari a'zolarining ish xaqi va kompensatsiya to'lovlariga umumiy mablag'larning 45-55 foiz ajratilishi belgilangan. Bundan ko'rinadi, ushbu tartibdagi savol jarayoni iqtisodiy jihatdan ko'p harajat va shunga muqobil inson omili talab etadi.

Keyingi saylov jarayonini tashkiliy shakl sifatida elekton ovoz bezish qurulmalari orqali (Electronic Voting Machine) amalga oshiriladigan Elektron salov jarayonidir, bu asosan yigirmanchi asr oxirlarida Hindiston saylov tizimida foydalanilgan ekanligini va Osiyo mamlakatlarida qo'llanganini ko'rishimiz mumkin.4 Elektron ovoz berish qurilmalari orqali ovoz berish uch turni o'z ichiga olgan:

1. Telefon orqali aloqa qilish (Dials)

2. Ekranlarga teginish orqali (Touchscreens)

3. Tugmalarni bosish orqali (Buttons)

Yuqoridagi elekron ovoz berish usuli dastlabkisiga nisbatan shaffof, iqtisodiy jihatdan arzon, ovozlarni hisoblashda ko'p vaqt va harakat talab qilmaydi, shuningdek saylov jarayonida inson omili sezilari darajada kamayishini ko'rishimiz mumkin.

Elektron ovoz berish quyidagi vazifalarga ega bo'lish kerakligini olimlar ta'kidlashadi:

1. Yagona litsenziyalangan jismoniy shaxs savlovda ovoz bera olishi

2. Saylov adolatli bo'lishi kerakligiga

3. Ovoz beruvchi butun saylov jarayonida berilgan ovozlarni to'gridan to'g'ri va hisob - kitoblarni aniqlab tura olishi zarurligi

4. Berilgan ovoz uchinchi shaxsning tasirida o'zgarmas bo'lishi kerakligi.

5. Butun ovoz berish jarayoni barcha saylovchilar tomonidan tekshira olinishi kerakligi.

Yuqoridagi elektron ovoz berish qurilmalarida ovoz berishni tashkil etishni "O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi" ga yondoshuv orqali ko'radigan bo'lsak

3 (Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi dotsenti v, b PhD)

4 D.A Kumar and T.U. S. Begum, "Electronic voting machine - A rewiev ," International Conference on Pattern Recognition , Informatics and Medical Engineering ( PRIME- 2012) , Salem, India , 2012, pp. 41-48

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

uning 3- moddasiga, O'zbekiston Respublikada saylov o'takazishning asosiy prinsiplariga to'g'ri kelishi ko'rishimiz mumkin. Ya'ni:

Elekron ovoz berishning dastlabki vazifasi - yagona litsenziyalangan jismoniy shaxs ovoz bera olishi saylov umumiy, teng, to'gridan to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berishga muqobili;

Saylov ochiq va oshkora o'tkazilish prinsipiga elektron ovoz berishning uchinchi (Ovoz beruvchi butun saylov jarayonida berilgan ovozlarni to'gridan to'g'ri va hisob - kitoblarni aniqlab turolishi zarurligi);

Beshinchi (Butun ovoz berish jarayoni barcha saylovchilar tomonidan tekshira olinishi kerak) funksiyalari muqobil ekanligi ko'rishimiz mumkin. Bundan shuni tushunish mumkinki eleketron saylash tizimini O'zbekiston Respublikasida bo'lib o'tadigan savlovlarda qo'llash mamlakat "Saylov kodeksi" ning asosiy prinsiplarini yanada takomili sifatida ko'rishimiz mumkin.

Elektron ovoz berishning dastlabki funksiyasi (Yagona litsenziyalangan jismoniy shaxs saylovda ovoz bera olishi) orqali, O'zbeksiton Respublikasi Saylov kodeksining to'rtinchi moddasida (Umumiy saylov huquqi) va beshinchi moddasida (Teng saylov huquq) tartibga solishni amalga oshirish mumkin. Shuningdek, ushbu kodeksning to'rtinchi "Saylovchilarning ro'yxatini tuzish" bobida, ko'rilgan masalalar bilan bir qatorda litsenziyalashni tashkil qilish orqali elektron ovoz berishni joriy qilish mumkin ekanligini ko'rishimiz mumkin. Hamda, ovoz berish jarayonlarida saylov byulletenidan foydalanib tashkil qilish, ovoz berishning dastlabki usuli bo'lib qolmay, ko'p vaqt, mablag' va inson omili talab qiladigan usul ekanligini hisobga olsak, Kodeksning beshinchi "Saylov byulleteni'' bobida nazarda tutilgan masalalar axborot texnologiya asrida o'zining mohiyatini yo'qotib bormoqda desak xato bo'lmas. Shu bilan bir qatorda, O'zbekiston Respubliksi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Liberal-demokratik partiyasining Quriltoyida, "Kelgusi yil yakuniga qadar " Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi" tamoyili asosida barcha davlat organlari ish yuritish, aholi bilan hujjat almashish to'liq elektron shaklga o'tkaziladi" degan fikrlariga mos tarzda yechilishi kerak bo'gan vazifa sifatifda qarashimiz va albatta, "Elektron saylov ( E-saylov ) ni ushbu masalaga yechim sifatida taklif qilishimiz mumkin. Elektron ovoz berish usulini joriy qilish orqali saylov byulleteniga ehtiyoj qolmasligi, shuningdek, elektron ovoz berish jarayonini tashkil etishda insonlar tomonidan bajariladigan vazifalarning katta qismi zamonaviy texnologiyalar orqali bajarilishini ko'rishimiz mumkin.

Lekin elektron saylash usuli ham biz o'ylagandek nuqsonlardan mutlaqo holi emas, uning bir qancha ijobiy va samarali xususiyati ega ekanligiga qaramasdan, veb

zaiflik mavjud ekanligi aniqlangan va u hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. Ushbu zaiflikni bartaraf etish boshqa ko'plab ijobiy xususiyatlarini yo'qolishiga olib kelishini olimlar ta'kidlashmoqda. Ushbu elektron savlovning kamchiligining yechimi sifatida blokcheyn texnologiyasi eng muqobil yechim sifatida qaralmoqda.5

Blokcheyn (inglizcha Blockchain - blok zanjiri) - shunday ketma-ket ulangan ma'lumotlar zanjiridirki: u ma'lum qoidalar asosida tuzilgan ma'lumotni o'z ichiga olgan bloklarning tizimli bog'lamidir. Blokcheyn - bu bloklar deb nomlangan ma'lumotlarning tartibli joylashtirilgan yozuvlarining raqamli muomalasi. Ushbu bloklar bir-biri bilan Xesh (inglizchada Hash) funksiyasi deb ataladigan kriptografik tekshirish orqali bog'lanadi. Bir-biriga bog'langan, bu bloklar blok zanjirini hosil qiladi. Blokcheyn nafaqat moliyaviy operatsiyalarni, balki deyarli barcha qiymatlarni yozib olish uchun dasturlashtirilgan. Masalan blokcheynda saylovlarda berilgan ozovlar natijalarini ham qayd qilib borish mumkin, saylov davomida jonli holatda. Blokcheyn texnologiyasidagi Xesh funksiyasi uning havfsizlik tizimi yuqori ekanligini ta'minlaydi. Shu bilan bir qatorda, blokcheyn asosidagi platforma orqali Xitoy xalq banki milliy raqamli valyutasi (CBDC) da bir soniyada kamida 250 mingta tranzaksiya amalga oshira oldi, bu esa blokcheyning samadorlini ham ko'rsatadi. Xesh funksiyasi orqali blokcheynda kiritilgan ma'lumotni hech kim o'zgartira olmaydi. Bu esa saylov jarayonining shaffofligiga olib keladi.

Shuningdek, ushbu texnologiya har bir qiymatliklarni yozib olishi elektron saylov tizimidagi, saylovlar adolatli bo'lishi, berilgan ovoz uchinchi shaxsning ta'sirida o'rgarmas bo'lishi kerak ekanligini so'zsiz ta'minlaydi. Albin Benny va bir qator olimlarning ta'kidlashicha, blokcheynning shaffoflik xususiyati saylov jarayonlarini ko'proq nazorat qilish va tushunish imkonini beradi, bu esa salovning asosiy talablaridandir. Blokcheyn texnologiyasini salov tizimida qo'llashning algoritimi va uni samarali tashkil etish bo'yicha ko'plab izlanishlar olib borilmoqda. Olimlar blokcheyn texnologiyasi yordamida saylovlarni tashkil etishning bir qancha usullarini taqdim etmoqdalar hamda blokcheyn texnologiyasi yordamida saylovlarni tashkil etish nafaqat havfsizlik jihatdan balki qog'oz saylov byulletenlarda tashkil etilgan ovoz berishdan mablag' jihatdan ko'p harajat va vaqt talab qilmaydi deya xulosaga kelmoqdalar.6 Barcha ijobiy va so'nggi zamonaviy texnologiya bo'lishiga

5 Privacy Preserved E-Voting System Using Blockchain, Neha S Aswale, Manasi S Mali,Shraddha

5 Irale, Saakshi S Dhoka, Tanishqua H Mudaliar, Gurunath G Machhale, Rahul G Sonkamble. Sanjay Ghodawat University, Atigre 416 118, Kolhapur, Maharashtra, [email protected]

6 Privacy Preserved E-Voting System Using Blockchain, Neha S Aswale, Manasi S Mali,Shraddha S Irale, Saakshi S Dhoka, Tanishqua H Mudaliar, Gurunath G Machhale,Rahul G Sonkamble.

398

qaramasdan, blokchain texnologiyasida ham kamchiliklar borligi olimlar tomonidan aytib o'tilmoqda.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, zamonaviy texnologiyalar nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy hayotimiz, balki huquqiy munosabatlarimizni shakllantirish uchun xizmat qilishini va uning bir qismi bo'lishi oydinlashib bormoqda. Mamlakatimizdagi islohatlar esa yaqin kelajakda E- saylovlarga ijtimoiy ehtiyoj tug'lishi mumkin ekanligini va qonunlarda o'z aksini topishi kerakligini ko'rsatmoqda. Bu kabi amalga oshirilgan islohotlar sirasiga "Yagona interaktiv davlat xizmat portali", "Elektron hukumat portali", "Elekton raqamli imzo" va "Elekton xujjatlar aylanshi" larni ko'rsatishimiz mumkin. Shuningdek, E-salov (Elekron saylovlarni) joriy qilish uchun uning ijtimoiy, iqtisodiy, qonuniy asoslarini o'rganib bosqichma bosqich tadbiq etish, qonunchilik asosini yaratish taklifini berishimiz mumkin.

REFERENCES

1. "Saylov huquqi" O.K. Turg'unov. Darslik. - Toshkent TDYU, 2018-304 bet, {164 bet} (Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi dotsenti v, b PhD)

2. Kumar D.A and Begum T.U. S., "Electronic voting machine -A rewiev ," International Conference on Pattern Recognition , Informatics and Medical Engineering ( PRIME- 2012) , Salem, India , 2012, pp. 41-48

3. Drew Springall, Travis Finkenauer, Zakir Durumeric, Jason Kitcat, Harri Hursti, Margaret MacAlpine, and J. Alex Halderman. 2014. Security Analysis of the Estonian Internet Voting System. In Proceedings of the 2014 ACM SIGSAC Conference on Computer and Communications Security. Association for Computing Machinery, New York, NY, USA, 703-715

4. Privacy Preserved E-Voting System Using Blockchain, Neha S Aswale, Manasi S Mali,Shraddha S Irale, Saakshi S Dhoka, Tanishqua H Mudaliar, Gurunath G Machhale, Rahul G Sonkamble. Sanjay Ghodawat University, Atigre 416 118, Kolhapur, Maharashtra, India. nehadeshmukh213 @gmail .com

5. Blockchain as a Solution to the United States' Voter Turnout Issue, Sam Martin

Sanjay Ghodawat University, Atigre 416 118, Kolhapur, Maharashtra, [email protected]

399

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.