Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TASHQI MANBA MA’LUMOTLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA KAMERAL SOLIQ TEKSHIRUVINI O‘TKAZISH TARTIBI'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TASHQI MANBA MA’LUMOTLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA KAMERAL SOLIQ TEKSHIRUVINI O‘TKAZISH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
380
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli iqtisodiyot / kameral soliq tekshiruvi / tashqi axborot manbalari / operatsiyalarni onlayn nazorat qilish / soliq risk menedjmenti / virtual voqelikni nazorat qilish / energiya manbalarini monitoring qilish va xisobga olishning ajralmas onlayn tizmi. / Digital economy / in-house tax audit / external information sources / online control of transactions / tax risk management / virtual reality control / integral online system of monitoring and accounting of energy sources.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — O. Xojimatov

Maqolada rivojlangan davlatlarning amaliy tajribalaridan kelib chiqib, kameral tekshiruvida tashqi manbalardan foydalanishni keng joriy qilish ko‘rib chiqildi. Bu esa o‘z navbatida soliq qonunchiligiga rioya etilish darajasini, soliq tushumlarini real vaqtda monitoring qilish, soliq auditlarini o‘tkazish va soliq risklarini aniqlashda keng va katta hajmdagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCEDURE FOR CAMERAL TAX INVESTIGATION IN THE DIGITAL ECONOMY USING EXTERNAL SOURCE DATA

The article discusses the widespread introduction of the use of external sources in in-house inspections, based on the practical experience of developed countries. This, in turn, expands the level of compliance with tax legislation, real-time monitoring of tax revenues, tax audits and access to a wide range of data in determining tax risks.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TASHQI MANBA MA’LUMOTLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA KAMERAL SOLIQ TEKSHIRUVINI O‘TKAZISH TARTIBI»

Scientific Journal Impact Factor

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TASHQI MANBA MA'LUMOTLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA KAMERAL SOLIQ TEKSHIRUVINI O'TKAZISH TARTIBI

Annontatsiya: Maqolada rivojlangan davlatlarning amaliy tajribalaridan kelib chiqib, kameral tekshiruvida tashqi manbalardan foydalanishni keng joriy qilish ko'rib chiqildi. Bu esa o'z navbatida soliq qonunchiligiga rioya etilish darajasini, soliq tushumlarini real vaqtda monitoring qilish, soliq auditlarini o 'tkazish va soliq risklarini aniqlashda keng va katta hajmdagi ma 'lumotlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.

Tayanch iboralar: Raqamli iqtisodiyot, kameral soliq tekshiruvi, tashqi axborot manbalari, operatsiyalarni onlayn nazorat qilish, soliq risk menedjmenti, virtual voqelikni nazorat qilish, energiya manbalarini monitoring qilish va xisobga olishning ajralmas onlayn tizmi.

Abstract: The article discusses the widespread introduction of the use of external sources in in-house inspections, based on the practical experience of developed countries. This, in turn, expands the level of compliance with tax legislation, real-time monitoring of tax revenues, tax audits and access to a wide range of data in determining tax risks.

Keywords: Digital economy, in-house tax audit, external information sources, online control of transactions, tax risk management, virtual reality control, integral online system of monitoring and accounting of energy sources.

Mamlakat iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda samarali soliqqa tortish tizimi va davlat soliq xizmati organlarining uyg'unlashgan faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947-sonli Farmoni asosida soliq ma'muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etishning muhim yo'nalishlari belgilab berilgan1. Mamlakatda

1 Y3ÔeKHCTOH PecnyGnuKacu npe3ugeHTHHHHr 2017 hhh 7 t^eBpangara "Y36eKHCTOH PecnyGnuKacuHH raaga puBo^naffrapum Gynu^a x,apaKaT.nap CTpaTeraflCH Typpncnga" ru nO-4947-coHHH OapMOHH

O. Xojimatov Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

soliq siyosatini takomillashtirish, soliq ma'muriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliq yukini izchil kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq hisobotlarini tubdan qisqartirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Joriy yilning 2 mart kuni "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida"gi O'zbekiston Prezidenti Farmoni imzolandi.

Ushbu davlat dasturiga ko'ra, Soliq islohotlarini amaliyotga samarali joriy etish, soliq ma'muriyatchiligini shaffof yo'lga qo'yish, soliq yukini kamaytirish hamda soddalashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini modernizatsiya qilish orqali soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish uchun 2020 yil 20 martga qadar Davlat soliq qo'mitasi, «Soliq servis» DUK, Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklariga: Xalqaro moliya institutlari mablag'lari va autsorsing asosida xizmatlar ko'rsatuvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar mablag'lari moliyalashtirish manbalari xisobidan 15 mln AQSh dollari ajiratildi.

Davlat dasturiga ko'ra quydagilar davlat dasturini amalga oshirish mexanizmi etib belgilandi. Ushbu mexanizimni tadqiqotimiz bilan bog'liq qismi quydagilar.

- Davlat soliq qo'mitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha strategiyasini ishlab chiqish;

- soliq to'lovchilarni segmentlash, xavflilik darajasidan kelib chiqib, inson omilini to'liq bartaraf etadigan soliq nazoratini amalga oshirishni nazarda tutuvchi «Tahlika-tahlil» dasturiy mahsulini yaratish;

- onlayn nazorat kassa-mashinalari, virtual kassalar hamda elektron hisobvaraq-faktura ma'lumotlarini qayta ishlash va ular asosida soliq ma'muriyatchiligini amalga oshirish jarayonini avtomatlashtirish;

- «Big data» arxitekturasi asosida ma'lumotlarni qayta ishlovchi «Business Intelligence» tahliliy modellarni joriy etish, yirik hajmdagi ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun Davlat soliq qo'mitasining ma'lumotlarni qayta ishlash markazi quvvatini oshirish;

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari parkini yangilash;

Scientific Journal Impact Factor

- «Ishonchli hamkor» loyihasi doirasida tijorat banklari va boshqa tashkilotlar orqali soliq to'lovchilar haqidagi axborotlarni jamlagan (skoring) xizmat turlarini joriy etish2.

Raqamlashtirish- jamiyatdagi voqea va hodisalar bo'yicha ishonchli va tizimlashtirilgan axborotlarni o'zida saqlovchi raqamli texnologiyalarni integratsiyalashtirish jarayoni bo'lib, fiskal siyosatda iqtisodiy voqeliklar bo'yicha o'z vaqtida axborotga ega bo'lish va qaror qabul qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Biroq, soliq siyosatini ishlab chiqish, yuritish va baholashda har doim ham aktual va ishonchli ma'lumotlarga ega bo'lish, ulardan foydalanish imkoniyati yuzaga kelavermaydi. Raqamlashtirish - soliq to'lovchilarning tranzaksiyalari bo'yicha ma'lumotlarni operativ tahlil qilish imkoniyatini oshirish orqali soliq qonunchiligiga rioya qilinish darajasini yaxshilashga xizmat qiladi. Raqamli texnologiyalardan foydalanish dunyo bo'ylab tez va keng tarqalmoqda. 2015 yilgi ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi 10 yillikda dunyo bo'yicha internet foydalanuvchilari 3 barobarga ko'payib 3.2 mlrd.ni tashkil etgan. Aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlardagi fuqarolar mobil texnologiyalardan, ular orqali o'quv yurti, elektr-energiya, ichimlik suvi kabi tizimlarning elektron xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga egadirlar.3

Bu shuni anglatadiki, hozirgi kunda fuqarolar, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va davlatlar o'rtasida o'zaro elektron bog'lanish imkoniyatiga ega tarmoq mavjud va bu ma'lumotlarni umumiylashtirish va o'zaro foydalanish imkoniyatini yaratadi. So'nggi 20 yillikda elektron ma'lumotlarni to'plash, saqlash, qayta ishlash, kuzatish va tarqatish bo'yicha sezilarli rivojlanish kuzatildi. Huqumatlar yildan-yilga elektronlashib bormoqda. Deyarli, barcha davlat idoralari o'zlarining

rasmiy veb-sayt va avtomatlashtirilgan tizimlariga egadirlar. Raqamlashtirish soliq organlariga elektron hisobotlar to'ldirishni soliq to'lovchilarga taklif etish, elektron xizmatlar ko'rsatish va soliq to'lovchilarning bojxona va xo'jalik faoliyati yuzasidan nazoratni olib borish imkoniyatini taqdim etadi. Bu esa o'z navbatida soliq qonunchiligiga rioya etilish darajasini, soliq tushumlarini real vaqtda monitoring qilish, soliq auditlarini o'tkazish va soliq risklarini aniqlashda keng va katta hajmdagi ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Shu

2 Узбекистан Республикаси Президентининг 2017 — 2021 йилларда Узбекистан Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йуналиши буйича Харакатлар стратегиясини «Илм, маърифат ва ракамли иктисодиётни ривожлантириш йили»да амалга оширишга оид давлат дастури тугрисида 2020 йил 02 март кунги ПФ-5953 Фармони

3 World bank "Risk-Based Tax Audits" 2011.

ADABIYOTLAR SHARHI.

Scientific Journal Impact Factor

bilan bir qatorda, elektron ma'lumotlar tranzaksiyalarni bilvosita soliqlar bo'yicha ma'lumotlar bilan bog'lash imkoniyatini ham taqdim etadi va ma'lumotlarning o'zaro muvofiqligini kuzatish imkoniyatini yaratadi. Rivojlangan davlatlar allaqachon raqamlashtirish jarayonida bir qator muvoffaqqiyatlarga erishganlar. Shu bilan bir qatorda, ayrim rivojlanayotgan davlatlar tajribasida ham ushbu yo'nalishda ijobiy yutuqlarni kuzatish mumkin. Bunga misol sifatida, Yevropada Estoniya, Lotin Amerikasida Chili, Osiyoda Singapur va Afrika mintaqasida Janubiy Afrikani misol keltirish mumkin.4

Kundan-kunga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanishi, biznes yuritish modellarini yangilanishiga ham olib kelmoqda. Maxsulotlarni sotish yoki xi zmatlar ko'rsatish jarayonlari kompyuter tizimlaridan foydalangan holda elektron amalga oshirilmoqda (elektron tijorat). Ushbu jarayonlar o'z navbatida, yangi soliq risklarining yuzaga kelish ehtimolini kuchaytiradi. Raqamlashtirish rivojlanishi bilan yuzaga keladigan risk faktorlari quyidagilardan iborat:

To'g'ri soliq yurisdiksiyasini aniqlash imkonini beradigan, ba'zi daromad manbalarining jismoniy joylashuvi mavjud emasligi;

Tovar va xizmatlarni ko'rsatishda ularni oqimini fizik o'lchovini nazorat qilish mexanizmlarini qo'llash imkoniyati mavjud emasligi;

Savdo maydonlari tashkillashtirilgan veb-saytlar masofadan nazorat qilinishi sababli istalgan joyda, istalgan davlatda joylashishi;

Moddiy ko'rinishga ega bo'lmagan tovar va xizmatlarni internet

orqali realizatsiya qilish bo'yicha yangi biznes modellarining qo'llanilishi;

Bank tizimlaridan tashqarida amal qiluvchi to'lov tizimlarining mavjudligi.

Ushbu omillar soliq ma'muriyatlaridan soliq risk menedjmentini olib borish uchun risklarni tahlil qilish vositalarini raqamli iqtisodiyot bilan bog'lashni talab etadi. Ushbu yangi yondashuv axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va foydalanishga asoslangan elektron soliq ma'muriyatchiligi tushunchasini yuzaga keltirib, quyidagilarni tizimli amalga oshirishni talab etadi:

Soliq hisobotlari topshirish jarayonlarini osonlashtirish;

Soliq munosabatlarini raqamlashtirish choralarini ko'rish;

Soliq to'lovchi to'g'risidagi axborotlar ko'lamini kengaytirish;

Tahlillarni amalga oshirish jarayonlarini tezlashtirish;

Soliq to'lovchilarni soliqqa tortishga oid ma'lumotlar bilan ta'minlash;

Soliq ma'muriyatchiligi protsesslari narxini arzonlashtirish.

4 IMF working paper "Reducing Tax Evasion from Cross-Border Fraud: The role of Digitalization" 2019.

Scientific Journal Impact Factor

(Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti)

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga fikriga ko'ra, soliq ma'muriyatlari raqamli iqtisodiyot qiyinchiliklariga moslashish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi lozim:

Soliq ma'muriyatchiligi uchun zarur bo'lgan ishonchli ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatini saqlab qolish;

Elektron tijorat bilan shug'ullanuvchi biznes sub'ektlarini identifikatsiyalash tizimini joriy etish;

Elektron yozuvlarni olish, ularning formati, uchinchi tomon ma'lumotlaridan foydalanish va yozuvlarni saqlash muddati bo'yicha xalqaro darajadagi normativlarni qabul qilish;

Soliq qonunchiligiga oid, soliq tushumlari va hisobot formalari

bo'yicha ma'lumotlarni saqlovchi veb-saytlarni takomillashtirish.

Virtual voqelikni nazorat qilish uchun soliq ma'muriyatlari 2 ta asosiy yo'nalishni o'z ichiga olishi lozim.

Birinchidan, axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali elektron tijorat modellari va ulardagi soliq riski menedjmenti o'rtasidagi assimetriyani kamaytirish. Bunda, Risk menedjment uchun "BIG DATA" texnologiyasini qo'llash va risk doirasidagi sub'ektlarni ajratib olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ikkinchidan, davlatlararo soliq ma'muriyatlari o'rtasida elektron axborot almashishni yo'lga qo'yishdir. Xalqaro darajada axborot almashish, sub'ektlarning davlatdan tashqarida topgan daromadlarini to'g'riligini nazorat qilish imkonini beradi.5

Soliq risk menedjmenti soliq organlarining turli manbalardan olingan ma'lumotlarni tahlil qilish qobiliyatiga asoslanadi. Ma'lumotlarni tahlil qilish imkoniyatidan kelib chiqib, soliq risk menedjmenti strategiyasi belgilab olinadi. Ma'lumotlarni samarali tahlil qilishni axborot texnologiyalari vositalarisiz amalga oshirib bo'lmaydi.6

Shu o'rinda taqidlab o'tish lozimki joriy yilning 5-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Soliq ma'muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori tasdiqlandi. Qarorga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish

5 Rafal Lipniewicz "Tax administration and risk management in the digital age" 2017.

6 H^THCognH xaMKopnHK Ba puBo^naHum TamKunora (OECD),2014

Scientific Journal Impact Factor

strategiyasi va xamda Davlat soliq qo'mitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi.

Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi:

- davlat soliq xizmati organlari va soliq to'lovchilar o'rtasida o'zaro aloqani masofaviy tarzga o'tkazish, barcha ishtirokchilar o'rtasidagi munosabatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llash orqali to'liq avtomatlashtirish va interaktiv davlat xizmatlari sonini kengaytirish; Ya'ni xozirgi glabalashuv zamoni talabidan kelib chiqan xolda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish orqali korrupsion va navbatda turish salbiy xolatlarni bartaraf etgan xolda soliq to'lovchilarga masofaviy interaktiv xizmatlar sonini oshrish;

- davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlari bilan elektron hamkorlik orqali axborot almashinuvini samarali tashkil etish hamda bu borada mavjud muammolarni bartaraf qilish; Ya'ni davlat soliq xizmatiga soliq majburiyati yuzaga kelgan jismoniy va yuridik shaxslar to'g'risdagi ma'lumotlarni taqdim etivchi mas'ul idora va tashkilotlar bilan aloqalarni elektronlashtirish va mavjud kavchliklarni bartaraf etish;

- katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish; Ya'ni katta sig'imdagi axborotlarni saqlash, qayta ishlov berish va ushbu axborotlardan samarali foydalanish tashkil qilish;

- «Onlayn nazorat kassa mashinalari», «Elektron hisobvaraq-fakturalar» va boshqa markazlashgan tizimlarni keng joriy etish;

- iqtisodiyotda xufiyona faoliyatni qisqartirish, shaffoflik darajasini oshirish hamda tadbirkorlik uchun teng raqobat muhitini yaratish maqsadida soliq organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish; Ya'ni soliq solish prinsiplariga amal qilgan xolda yashirin, xufiyona, nazoratsiz va kriminal iqtisodiyotni qisqartirish orqali, tadbirkorlar uchun raqobat bardosh bozorni yaratish maqsadida soliq organlarida innovasion axborot-kommunikatsiyalarini joriy qilish;

- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o'qitish usullaridan foydalangan holda soliq sohasida ilg'or va innovasion texnologiyalarni egallash hamda ularni amaliyotda samarali tatbiq etish ko'nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini joriy qilish; Ya'ni eng so'ngi rusumdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va ularni amaliyotda samarasini yanada oshirish yo'llarini joriy etish;

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

- soliq nazorati tizimini soliq to'lovchilar faoliyatiga aralashishni, shuningdek, davlat soliq xizmati organlarida «inson omili»ni hamda korrupsiya holatlarni kamaytirish imkonini beruvchi masofaviy tahlil ishlari asosida tashkil etish. Ya'ni soliq nazoratida soliq to'lovchilar faoliyatiga asossiz aralashish, soliq xizmati organlarida o'tkaziladigan taxlillarda korrupsion xolatlarni kamaytirish uchun masofaviy nazorat tizimini tashkil etgan xolda inson omilni kamaytirish.7

Xo'sh, tizimga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishning o'zi yetarli bo'ladimi?

Bizning fikrimizcha buning uchun birinchi navbatda tizimning zamonoviy serverlarga extiyoji bo'ladi, ya'ni texnik ta'minot va dasturiy mahsulotlar yuqori darajada bo'lishi kerak; Ikkinchidan, "Neftegaz", "Sharobsavdo" kabi bilvosita soliq to'lovchi (qqs, aksiz soliqlari) yirik ob'ektlarni, bojxona idoralarini (qqs, aksiz va davlat bojlari) faoliyati davlat soliq qo'mitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bog'lanishi kerak bo'ladi; Uchinchidan, tizimdagi inspektorlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilish darajasini oshirish lozim bo'ladi.

TAHLIL VA NATIJALAR MUHOKAMASI.

Haqiqatdan xam yuqorida ta'kidlangan soliq riskini aniqlashda maxlumotlarni samarali taxlil qilishni axborot texnalogiyalari va tashqi axborot vositalarisiz amalga orshirib bo'lmaydi. Bunga 1-ramsda aks etiriligan Farg'ona viloyati misolidagi o'tkazilgan kameral nazoratni manbalar ulushini misol qilib keltirishimiz mumkin.

2015-2019 MM/i/iapAa yTKa3M/iraH «a/viepa/i

Ha3opaTfla MaHÔa/iapu y/iyuiM ßfiarpaMMacM

42%

flCH HMHr mmkm Mat/iyMOT/iapM xnco6nra «y WMMMa TauiKM Mat>/iyMOT/iap xnco6nra «yiijMMMa xMco6/iaHraH XMCo6/iaHraH co/imk sa 6owKa MawöypMii Ty/ioB/iap % co/imk Ba öowna MajKÖypnii Ty/ioB/iap %

1-rasm. Farg'ona viloyatida 2015-2019 yillarda o'tkazilgan kameral nazoratda manbalar ulushi.

Ushbu diagrammada soliqlar yig'iluvchanligini oshirish uchun tashqi manba ma'lumotlarini to'playdigan bazaning takomillashtirish xamda davlat soliq organlariga mutasaddi idora va tashkilotlar tomonidan o'z vaqtida va sifatli

7 BM-359 coma rçapopn, 2020

Scientific Journal Impact Factor

ma'lumotlar taqdim etilishi korxonalarning soliq majburiyatlari bo'yicha samarali usul orqali nazorat qilinishida va xamda soliq nazoratini amalga oshirilishida inson omilini kamaytirilishida katta axamiyat kasb etganini ko'rishimiz mumkin. Shu o'rinda yashirin iqtisodiyotni salmog'ini kamaytirilishi o'z navbatida soliq solinadigan bazani kengayishiga va davlat byudjetini daromad qismini barqarorligini ta'minlash uchun davlatimiz raxbari tomonidan o'tkazilayotgan keng qamrovli isloxotlardan foydalanishimiz mumkin. Bunga 2020 yil 14 sentabr kuni Davlatimiz raxbari boshchiligida o'tkazilgan videoselktorda, energiya manbalarini monitoring qilish va xisobga olishning ajralmas onlayn tizmini yaratish bo'yicha ko'rsatma berilganligini misol qeltirishimiz mumkin. Ma'lum qilinishicha, 1,2 milliard dollar O'zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazni avtomashtirilgan boshqarish va xisobga olish tizimlarni to'liq joriy etish uchun ajiratilganligi, ushbu mablag'larning samaradorligi va rentabelligi faqat xisoblagichlarni o'rnatish bilan ta'minlash mumkin emasligi, boshqacha qilib aytganda iste'molchining qancha energiya sarf qilinganini bilish, tizimidagi yo'qotish va o'g'irliklarning oldini olish uchun yetarli emasliligi, buning uchun energiya ishlab chikaruvchi, magistral tarmoqlar, tarqatish tarmoqlari va iste'molchi zanjirining xar bir bo'g'inini qamarb oladigan ajralmas onlayn tizim yaratish kerakliligini ta'kidlab o'tdi Prezident o'z nutqida. Ta'kidlanishicha, elektr energiyasini monitoring qilish va xisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) joriy qilingan bo'lib, 7 ta tuman va shaxarlarda to'lovlarni yig'ish 40 % ga oshdi, debitorlik qarzdorligi esa 20 % ga kamaygan. Shu munosabat bilan yig'ilishda Respublikaning barcha xududlarida elektr energiyasi va tabiiy gazni avtomatlashtirilgan boshqarish va xisobga olish tizimlarni to'liq joriy etish masalalari muxokama qilindi. Bugungi kunda deyarli 4 million elektr xisoblagich o'rnatildi, shundan 2 millioni yagona elektron ma'lumotlar bazasiga ulangan. "Xududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik kompaniyasi oldiga yig'ilshida joriy yil oxiriga qadar yana 3.5 million elektr xisoblagichni joriy etish va 2021 yil 1 martgacha avtomashtirilgan tizimni to'liq ishga tushirish vazifasi qo'yildi. Dastlab, avtomatlashtirilgan tizim bilan axolini to'liq qamrab olish 2021 yil oxiriga qadar rejalashtirilgan edi. Biroq, muddatlar 2020 yil oxiriga ko'chirildi va loyxani tezroq bajarishga 100 milliard so'm yuborildi. Bundan tashqari, yirik iste'molchilar va tadbirkorlarga tarqatish punktlari va transfarmatorlarga elektron xisoblagaich o'rnatish, ularni yagona elektron ma'lumotlar bazasiga ulash bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Ta'kidlanishicha "Xududiygazta'minot" AJ joriy yil oxiriga qadar 1.2 million dona zamanoviy gaz xisoblagichlarni o'rnatish kerak, yana 2.3 million kelasi yilning

Scientific Journal Impact Factor

birinchi yarmida o'rnatish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, yaqin 4 oy ichida tabiiy gazni iste'mol qilish darajasi va qarz ko'rsatqichlari yuqori bo'lgan 22 ta tuman va shaxar qamrab olinadi. Xamda 4 mingdan ortiq yirik iste'molchilar, gazni to'ldirish punktlari va gaz ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek 850 ta issiqxona avtomatlashtirilgan tizimga ulanadi, dedi davlat raxbari. Tizimlarning samarali ishlashi uchun "Xududiy elektr tarmoqlari" va "Xududiygazta'minot" aksiyadorlik jamiyatlarining texnik xodimlari va IT mutaxasisilari uchun o'qitishni tashkil etish, ularning avtomatlashtirilgan buxgalteriya tizimi bilan ishlash bo'yicha malaka va ko'nikmalarni oshrish, uning imkoniyatlari va qulayliklaridan to'liq foydalanish qobilyatini shakillantirish zarurligi ta'kidlandi. Xar bir mintaqada xisoblagichlarni va boshqa jixozlarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish tizimini tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.8

Bugungi kunda "Xududiy elektr tarmoqlari" va "Xududiygazta'minot" aksiyadorlik jamiyatlari yirik soliq to'lovchi sifatida Xududlararo yirik soliq to'lovchilar inspeksiyasida ro'yxatdan o'tgan bo'lib, Qo'shilgan qiymat va foyda soliq to'lovchisi xisoblanadilar. Ularning davlat byudjetiga qo'shgan xissasini Davlat soliq qo'mitasi tomonidan 2020 yilda eng ko'p soliq tushumlarini amalga oshirigan yirik soliq to'lovchilar top 10 reytingi e'lon qilingan ma'lumotida ko'rishimiz mumkin.

8 "Gazeta.uz" npe3ugeHT fflaBKaT Mup3HëeBHHHr 2020 nun 16 uron KyHru BngeoceneKTpga cy3naraH HyT^n.

Scientific Journal Impact Factor

2-rasm. 2020 yilda eng ko'p soliq tushumlarni amalga oshirgan yirik soliq

to'lovchilar top 10 reytingi.9

Rasmdagi ma'lumotda ko'rinib turibtiki gaz va neft maxsulotlarni sotish va qayta ishlash bilan shug'ullanuvchilarning ulushi "O'zitransgaz" AJ 8%, "O'zbekneftgaz" AJ 7% "Lukoil" 3%, "Hududiygazta'minot" AJ 2% va "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MChJ 1% tashkil etmoqda. Xo'sh o'zi yuqoridagi soliq to'lovchilar qanday soliq stavkalarda soliq to'lashadi. 2021 yil uchun mo'jallangan soliq stavkalarin kuydagi rasmda ko'rishimiz mumkin.

9 flaBnaT connrç rçyMHTacHHHHr pacMHH caÖTH.soliq.uz

203

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Нефть махсулотлари ва бошка акциз туланадиган товарлар ва Щ^в Davlat хизматларга дойр солик ставкалари

(Солик кодекси, 289-модда)

Товарлар (хизматлар) номи Солик ставкаси

2021 йил 1 январдан | 2021 йил 1 февралдан

1 Нефть ма*сулотлари:

Аи-80 200 ООО сум/тонна 240 ООО сум/тонна

Аи-90 ва ундан юк,ори 250 ООО сум/тонна 275 ООО сум/тонна

авиакеросин (синтетикдан ташкари) 180 ООО сум/тонна 200 ООО сум/тонна

дизель ёкилгиси (синтетикдан ташкари) 200 ООО сум/тонна 240 ООО сум/тонна

ЭКО дизель ёкилгиси (синтетикдан ташкари) 180 ООО сум/тонна 216 ООО сум/тонна

дизель ёки карбюратор (инжектор) двигателлари учун мотор мойи 280 ООО сум/тонна 340 ООО сум/тонна

2 Полиэтилен гранулалар 20%

3 Табиий газ, шу жумладан экспорт 20%

4 Ишлаб чикарувчи корхоналар томонидан сотиладиган суюлтирилган газ (бундан "\удудгазтаъминот" АЖ оркали ахрлига сотиладиган хажмлар мустасно), шу жумладан экспорт 30%

5 Якуний истеъмолчига сотиладиган:

бензин 1 литр учун 285 сум/1 тонна учун 378 480 сум 1 литр учун 350 сум/1 тонна учун 465 530 сум

дизель ёкилгиси 1 литр учун 285 сум/1 тонна учун 346 275 сум 1 литр учун 350 сум/1 тонна учун 425 918 сум

суюлтирилган газ 1 литр учун 285 сум/l тонна учун 540 645 сум 1 литр учун 350 сум/1 тонна учун 665 493 сум

сикилган газ 1 куб метр учун 435 сум 1 куб метр учун 500 сум

6 Мобиль алока хизматлари 15%

7 Хушбуйлаштирувчи ёки ранг берувчи кушимчаларсиз ок шакар 20%

3-rasm. 2021 yil neft maxsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlar va xizmatlarga doir soliq stavkalari.10

Yuqoгidagi ma'lumotlaгdan kelib chiqib fikralaydigan bo'lsak agar gaz, elektr energiya va neft maxsulotlarni qayta ishlash va sotishda onlayn nazorat amalga oshirilsa byudjetga tushadigan bilvosita soliqto ko'payadimi? Albatta chunki ushbu maxsulotlarni ishlab chiqaгilib iste^olchila^a sotilishida yoki istimolchilar tomonidan o'g'rilik va koгupsion xolatlar bo'lmasiligi xech kim kafolat bera olmaydi. Shu sababdan xam balki o'g'rilik va yoqotishlaT xisobiga yuqoridagi Davlat soliq qo'mitasining ma'lumotida Elektг taгmoqlaгi koraonasi top 10 talik гo'yxatga tushmay qolgan bo'lishi extimoldan xoli emas.

Shuniingdek, benzinni, dizel yoqilg'isini va gazni yakuniy iste^olchila^a realizatsiya qiladigan YaYoQShlar va AGTShlarga onlayn xisoblagichlarni joriy etilishi va ulami Davlat soliq qo'mitasini tashqi manba ma'lumot^ bazasiga ulanishi va onlayn nazorat amalga oshirilsa byudjetga tushadigan bilvosita soliqlar qo'payishiga olib keladi deb xisoblayman.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak gaz, elekfr ta'minoti xamda neft, va neft maxsulotlar qayta ishlash va sotish korxonalarida raqamlashtirish va elektron

10 Солщ Кодекси 289-модда.Соли^ ставкалари

Scientific Journal Impact Factor

xuqumat tizimini keng joriy qilinish orqali, gaz va elektr manbalarini monitoring qilish va xisobga olishning onlayn platformasini Davlat soliq qo'mitasining tashqi manba ma'lumotlar bazasiga bog'lanishi yashirin va nazoratsiz iqtisodiyotni kamayishiga shuningdek QQS va aksiz solig'ini davlat byudjetiga qo'shimcha mablag'larni jalb qilish imkoniyati vujdga keladi. Qolaversa korxonalarning soliq majburiyatlari bo'yicha samarali usul orqali nazorat qilinishida va xamda kameral soliq tekshiruvlarida tashqi manba ma'lumotlari asosida soliq nazoratini amalga oshirilishida inson omilini kamaytiriliga erishiladi.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida tashqi manba ma'lumotlaridan foydalangan holda kameral soliq tekshiruvini o'tkazish tartibi takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar:

1. Bizning fikrimizcha, birinchi navbatda Davlat soliq qo'mitasi tashqi manba ma'lumotlar bazasi bilan bog'lanish uchun, ma'lumot taqdim etuvchi tizimning zamonoviy serverlarga extiyoji bo'ladi, ya'ni texnik ta'minot va dasturiy mahsulotlar yuqori darajada bo'lishi kerak;

2. Ikkinchidan, "Neftegaz", "Sharobsavdo" kabi bilvosita soliq to'lovchi (qqs, aksiz soliqlari) yirik ob'ektlarni, bojxona idoralarini (qqs, aksiz va davlat bojlari) faoliyati Davlat soliq qo'mitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog'lanishi kerak bo'ladi;

3. Uchinchidan, tizimdagi inspektorlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilish darajasini oshirish lozim bo'ladi.

4. Elektr energiyasini monitoring qilish va xisobga olishning avtomatlashtirilgan (ASKUE) tizimini Davlat soliq qo'mitasiga integratsiya qilish;

5. Benzinni, dizel yoqilg'isini va gazni yakuniy iste'molchilarga realizatsiya qiladigan YaYoQShlar va AGTShlarga onlayn xisoblagichlarni joriy etilish orqali, ularni Davlat soliq qo'mitasini tashqi manba ma'lumotlar bazasiga integratsiya qilish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Rafal Lipniewicz "Tax administration and risk management in the digital age" 2017.

2. World bank "Risk-Based Tax Audits" 2011.

3. IMF working paper "Reducing Tax Evasion from Cross-Border Fraud: The role of Digitalization" 2019.

4. "Gazeta.uz" Prezident Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 16 iyul kungi videoselektrda so'zlagan nutqi.

Scientific Journal Impact Factor

5. PF-5953-sonli 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2020 yil 2 mart.

6. PF-4947-sonli O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2017 yil 7 fevral.

7. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD),2014

8. VM-359 sonli qarori, 2020

9. O'zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.