Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLIS SENATINING SHAKLLANISH TARTIBI VA UNING MILLIY VA XORIJIY TAJRIBASI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLIS SENATINING SHAKLLANISH TARTIBI VA UNING MILLIY VA XORIJIY TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1658
101
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konstitutsiya / Senat / “oqsoqol” yoki “keksa odam” / “hushyor ikkinchi fikr” / “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” gi qonun. / The Constitution / the Senate / the law "On the elder" or "old man" / "vigilant second opinion" / "On the Senate of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan".

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Usmonov Nodir Yaqub O‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining shakllanish tartibi va uning milliy va xorijiy tajribasi asosida tahlil qilindi. Bu maqolada Senatga saylanish yoshi, taribi va qoidalari to’g‘risidagi xorijiy manbalar asosida o‘rganilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORDER OF FORMATION OF THE SENATE OF THE SUPREME ASSEMBLY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND ITS NATIONAL AND FOREIGN EXPERIENCE

The order of formation of the Senate of the Republic of Uzbekistan and its national and foreign experience were analyzed. This article examines the age, procedure, and rules of election to the Senate based on foreign sources

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLIS SENATINING SHAKLLANISH TARTIBI VA UNING MILLIY VA XORIJIY TAJRIBASI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLIS SENATINING SHAKLLANISH TARTIBI VA UNING MILLIY VA XORIJIY TAJRIBASI

Usmonov Nodir Yaqub o'g'li Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi va huquqiyo'nalishi magistranti

Anostatsiya: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining shakllanish tartibi va uning milliy va xorijiy tajribasi asosida tahlil qilindi. Bu maqolada Senatga saylanish yoshi, taribi va qoidalari to'g'risidagi xorijiy manbalar asosida o 'rganilgan

Kalit so 'zlar: Konstitutsiya, Senat, "oqsoqol" yoki "keksa odam ", "hushyor ikkinchi fikr", "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida" gi qonun.

Аннотация: Проанализирован порядок формирования Сената Республики Узбекистан, его национальный и зарубежный опыт. В этой статье исследуются возраст, процедура и правила избрания в Сенат на основе зарубежных источников.

Ключевые слова. Конституция, Сенат, закон «О Сенате Олий Мажлиса Республики Узбекистан», «Старейшина» или «старик», «Бдительное второе мнение».

Abstract: The order of formation of the Senate of the Republic of Uzbekistan and its national and foreign experience were analyzed. This article examines the age, procedure, and rules of election to the Senate based on foreign sources

Keywords: The Constitution, the Senate, the law "On the elder" or "old man", "vigilant second opinion", "On the Senate of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan".

KIRISH

Senat - kengash majlisi, ko'pincha ikki palatali parlamenti qonun chiqaruvchi organning yuqori palatasi. Bu nom qadimgi Rim senatidan (lotincha: Senatus) kelib chiqqan bo'lib, u keksa odamlar majlisi deb ataladi (lotincha: senex "oqsoqol" yoki "keksa odam" degan ma'noni anglatadi) va shuning uchun jamiyatning dono va tajribali a'zolari deb hisoblanadi.

Ikki palatali parlament tizimiga ega bo'lgan zamonaviy demokratik davlatlarda senat turlicha nomlar bilan nomlangan, shulardan eng mashxurlari "Vakillar Palatasi", "Jamoalar palatasi", "Deputatlar palatasi", "Milliy assambleya", Saylov qoidalari bo'yicha "Qonunchilik Assambleyasi" yoki "Assambleya uyi"

315

Scientific Journal Impact Factor

Ko'pgina mamlakatlarda mamlakatga qarab saylanishi, tayinlanishi, unvonga ega bo'lishi yoki boshqa usullar bilan a'zo bo'lishi mumkin bo'lgan senatorlardan tashkil topgan senat deb nomlangan assambleyasi mavjud. Zamonaviy senatlar a'zolari odatda saylanadigan quyi palata tomonidan qabul qilingan qonunchilikni ko'rib chiqish uchun "hushyor ikkinchi fikr" palatasini ta'minlashga xizmat qiladilar. Senatlarning aksariyati assimmetrik vazifalar va vakolatlarga ega bo'lib, tegishli quyi palata bilan taqqoslaganda, ular maxsus vazifalarga ega, masalan, muhim siyosiy lavozimlarni egallash yoki maxsus qonunlarni qabul qilish. Aksincha aksariyat senatlarning ko'rib chiqilayotgan qonun loyihalarini o'zgartirish yoki to'xtatish bo'yicha cheklangan vakolatlari bor va qonun loyihasini to'xtatib qo'yish yoki veto qo'yish harakatlari quyi palata yoki boshqa hokimiyat tarmog'i tomonidan chetlab o'tilishi mumkin.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida O'zbekiston Respublikasi OliyMajlis Senatining shakllanish tartibi va uning milliy va xorijiy tajribasi asosida olib borilayotgan islohatlar obyektiv ochib berildi. Bugungi kundagi yurtimizda olib borilayotgan islohatlar va ularning samaradorligi mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Bugungi kunda "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida" gi qonun metodologik manba sifatida olindi.

O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi eng muhim vazifalardan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish bo'lsa, ikkinchi muhim vazifa respublikada davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarining yangi mustaqillik sharoitlariga mos keladigan tizimini yaratish edi.

Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning X sessiyasi (2002 yil 12 dekabr) "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risida" va "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida" gi Konstitutsiyaviy Qonunlarning qabul qilinishi bilan ikki palatali parlament shakllantirishning asosiy huquqiy asoslarini yaratish jarayoni muhim ahamiyat kasb etdi.

Saylovlar parlament tarkibini shakllantirishning muhim vositasidir. Butun parlament ishi samaradorligi Senatni shakllantirish qanday tamoyillar va normalardan foydalanilgan xolda kechganligiga bog'lik. Binobarin yuqori palatani tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsadlar parlament islohotini yanada jadallashtirishdir. 2005 yil

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

28 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo'shma majlisida Prezidentimiz tomonidan "Senat asosan mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bo'lishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish" kerak degan fikrlarida ham aynan Senat faoliyatining muhim vazifalariga to'xtalib o'tdi.

O'z navbatida palatani shakllantirish tamoyillari va normalari Senat zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadi.Ushbu o'zaro shartlilik va o'zaro bog'liqlilik senatorlar korpusini shakllantirish va palata faoliyatini tashkil etishining boshqa masalalari - palata ishini konstitutsiyaviy tarzda belgilangan maqsad va vazifalar doirasida samarali tashkil etishning yagona normativ-huquqiy tizimidan iborat ekanligini ko'rsatadi.

Garchi ushbu tizim umum e'tirof etgan oshkoralik va nomzodlarning bellashuvi printsiplari asosida, yuksak demokratik mezonlar zamirida barpo etilsada, birinchi navbatda mamlakat siyosiy tizimining xususiyatlarini ifodalaydi va shu tarzda tashkiliy mazmuniga ko'ra betakrordir. Jahonda yuqori palatalarni shakllantirishning usul va tartiblari orasida xilma-xillik kuzatilayotganligi tasodifiy xol emas. Har bir milliy tajriba tegishli siyosiy tizim va davlat mexanizmining tarixan rivojlanishi tendentsiyalarini ifodalaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari va Konstitutsiyaning kafolati ekanligini, binobarin tegishlicha hokimiyat barcha tarmoqlari mutanosib faoliyat ko'rsatishini ta'minlanishini hisobga olib, palataning muayyan miqdordagi a'zolari uning tomonidan tayinlanishi Senatni shakllantirish tartibining uzviy qismiga aylantirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo'lib, Senat a'zolaridan (senatorlardan) iborat.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo'shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo'li bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadi.1

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining (2003 yil 24 apreldagi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq tuzatish va qo'shimchalar

1 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. 2007

Scientific Journal Impact Factor

kiritilgan) 77-moddasi uchinchi qismida Senatga saylanadigan shaxslarning tanlab olinish mezoni o'z ifodasini topgan.

Ular fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo'lgan hamda alohida xizmat ko'rsatgan eng obro'li odamlar orasidan tanlanadilar. Senatorlar korpusining ushbu qismi zimmasiga umummilliy manfaatlar ifodachilarining nufuzli o'zagini shakllantirish vazifasi yuklatiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan senatorlar shunday ahloqiy obro'-e'tiborga ega bo'ladilarki, Senat a'zolari masalalarni ishchanlik va asos bo'larli muhokamalar chog'ida ko'rib chiqar va xal qilar ekanlar, ularga albatta murojaat qiladilar2.

Birok e'tirof etish kerakki, tanlanish chog'ida «tajriba» bosh mezon sifatida maydonga chiqadi. Tajriba esa albatta o'z-o'zidan emas, muayyan yoshga kirgandan so'ng orttiriladi. Shuning uchun ham qator mamlakatlarda parlamentlarni shakllantirish chog'ida nomzodning yoshiga nisbatan qo'yiladigan talab palata ishi uchun barqaror eski tarkibni shakllantirishni ta'minlashda o'lchov sifatida foydalaniladi.

Ushbu talablar xalq hokimiyatchiligining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlab qo'yilgan asosiy printsiplariga asoslanadi. Ushbu tamoyilga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylab qo'yiladigan organdir (O'zbekiston Respublikasinnng Konstitutsiyasi. 10-modda).

Ushbu tartibni mohiyatiga ko'ra, pog'onama-pog'ona deya ta'riflash mumkin: «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga va O'zbekiston Respublikasi hamda Qorakalpog'iston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq avval Korakalpog'iston Respublikasi, viloyat. tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar o'tkaziladi. Faqat shundan keyingina deputatlar tarkibidan Senatning asosiy guruhi majmui saylanadi.

Senatga saylovlar Qorakalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o'tkaziladi. (O'zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risia»gi (qonuni, 52-modda). Yuqori palatani shakllantirishdagi yoshga nisbatan qo'yiladigan talab juda sezilarsiz va palatani

2 Мухамеджанов О. Новый этап развития парламентаризма в Узбекистане // Хозяйство и право. № 9. 2003. -

C.61

konservatorlar (eskilikka yopishib olganlar) deya nomlanuvchilarning eng kam mikdori bilan shakllantirishga to'sqinlik qilmaydi.

Senat a'zoligi uchun yoshga nisbatan qo'yiladigan talab ham turlicha.

Qator Yevropa mamlakatlarida senatorlikka 18 yoshda saylanish mumkin bo'lsa (Ispaniya, Niderlandiya, Bosniya-Gertsegovina), Buyuk Britaniya va Irlandiyada bu yosh 21 qilib belgilangan. Polsha yuqori palatasi a'zoligi 30 yosh belgilangan bo'lsa, Italiya va Chexiyada eng yuqori - 40 yosh talab qilinadi.

Qorakalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, viloyat, tuman, shahar davlat hokimiyati vakillik organlarining saylov kuni yigirma besh yoshga to'lgan hamda kamida besh yil O'zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat a'zoligiga saylanish uchun nomzod bo'lishi mumkin.

Ovoz berish natijalariga ko'ra boshqa nomzodga nisbatan ko'prok ovoz olgan Senat a'zoligiga nomzodlar agar ular uchun davlat hokimiyat vakillik organlarining majlisda ishtirok etayotgan deputatlari ellik foizidan ko'prog'i ovoz bergan takdirda saylangan hisoblanadilar. Agar ovoz berish natijasida Senatning belgilangan miqdordagi a'zolari saylanmasa, tegishli bo'sh o'rinlarga davlat hokimiyati vakillik organalarining mana shu ko'shma majlisida zarur mikdordagi ovozlarni to'play olmagan nomzodlari bo'yicha takroriy ovoz berish o'tkaziladi.

Agar saylovlar davomida, ovozlarni sanab chiqish chog'ida, yashirin ovoz berish natijalarini aniqlashda 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida»gi qonunning 58 moddasida saylov natijalariga ta'sir qilgan tarzda buzilishiga yo'l qo'yilgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi Senat a'zolarining saylovini haqiqiy emas deb topishi mumkin.3

Qonunda, shuningdek saylov haqiqiy deb topilgan hollarda va agar takroriy ovoz berish natijasida belgilangan miqdorda Senat a'zolari saylanmagan bo'lsa, Senat a'zolarining takroriy saylovini o'tkazish extimoli ham nazarda tutilgan. Takroriy ovoz berish natijasida belgilangan miqdorda senatorlar saylanmagan hollarda keyingi takroriy saylovlar Senat a'zolarining saylanmay qolgan miqdori bo'yicha o'tkaziladi. Senat a'zolarining takroriy saylovi Senatga o'tkazilgan asosiy saylovdan keyin ko'pi bilan o'n besh kunlik muddat ichida o'tkaziladi.

Saylanmay qolgan miqdordagi Senat a'zoligiga nomzodlar ko'rsatish va takroriy saylovlar o'tkazish ushbu qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Senat vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganda Senat a'zosining

3 «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida» qonun. T. 2019

319

o'mi bo'shab qolsa, bo'shab qolgan o'ringa Senatning yangi a'zosi saylovi o'tkazilmasligi mumkin.

Yevropa mamlakatlari parlamentlarining ikkinchi palatasini shakllantirishda eng ko'p qo'llaniladigan usul bilvosita (to'g'ridan-to'g'ri emas - vakillar orkali) saylovlar ekanini ta'kidlab o'tish lozim. Italiyada «amaldagi prezident besh nafardan munosib fuqarolarni senator etib umrbodlikka tayinlash huquqiga egaligini belgilovchi konstitutsiyaviy norma amalda bo'lib turipti. Xorvatiyada ham xuddi shunday - yuqori palataning besh a'zosi davlat rahbari tomonidan tayinlanadi.

Belorus respublikasida ham yuqori palata a'zolarini tayinlash instituti amal qiladi. Belorus prezidenti yuqori palata - Respublika Kengashining sakkiz a'zosini (palata uchdan bir qismini) o'zi tayinlaydi. Bu miqdor (sakkiz kishi) har bir viloyatdan va Minsk shahridan tayinlanadigan a'zolar soniga tengdir. Qozog'iston Prezidenti yetti nafar senatorni tayinlasa, Hindistonda esa ularning o'n ikki nafarini tayinlaydilar.

Yuqori palata a'zolarining vakolati Bosniya va Gersegovinadagi 2 yillik muddatan Frantsiyada 9 yilgacha va Buyuk Britaniyada umrbod 81 a'zolikkacha ega bo'lgan vaqt ichida tebranib turadi. Aksariyat Yevropa mamlakatlarida uning muddati 4-5 yilni tashkil etadi4.

O'zbekistonda ham Senatni tuzishning asosiga hududiylik printsipi joylashtirilgan. Amalga oshirilayotgan parlament islohotlarning sababi ham ayni vaqtda ushbu printsipdir. O'zbekiston yuqori palatani shakllantirish masalasidagi xalqaro tajribadan fakatgina O'zining an'anaviy demokratik mamlakatlarda amaliy yashovchanligini ko'rsatgan. Ammo respublikamizning o'ziga xos shart-sharoitlariga mos hamda milliy davlatchilik taraqqiyotining strategik vazifalaridan kelib chiqib qo'llash mumkin bo'lgan xolatlarnigina qabul qilib oldi.

Chet el davlatlarining tajribasidan foydalanishdagi bosh masala - senatorning ulardagi singari saylanishi va tayinlanish elementlari bilan birgalikda, senatorlikka nomzodlarni qobiliyatiga qarab tanlab olishni ham o'zida mujassamlashtirgan mexanizmni shakllantirishdan iboratdir. Senatning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tarkibiy qismi sifatidagi o'rni va roli nafakat uning konstitutsiyaviy vakolatlari bilan, balki palataning imkoniyatlari va uning a'zolari resurs bazasi bilan xam keng ma'noda bog'likdir. Palataning sifat tarkibi Senat ishining xususiyati va uslubi, tegishli vakolatlarni amalga oshirish

4 Федосов П.А.. Порядок формирования и полномочия вторых палат парламентов в странах зарубежной Европы. Аналитический вестник. №20. 2001. - С. 8-9.

Scientific Journal Impact Factor

Odatda, senat yuqori palata deb ataladi va quyi palataga qaraganda kichikroq a'zoga ega. Ba'zi federal shtatlarda senatlar submilliy darajada ham mavjud. Qo'shma Shtatlarda Nebraskadan tashqari har bir shtatda senat mavjud (uning qonunchilik organi "qonun chiqaruvchi" deb nomlangan bir palatali organ, ammo a'zolari o'zlarini "senator" deb atashadi). Shuningdek, federal darajada AQSh Senati mavjud. Xuddi shu tarzda Argentinada, federal darajadagi Senatdan tashqari, mamlakatning sakkizta viloyati, Buenos-Ayres, Katamarka, Korrientes, Entre Rios, Mendoza, Salta, San Luis (1987 yildan) va Santa Fe, Senat bilan ikki palatali qonun chiqaruvchi organlarga ega. Kordova va Tukuman 2001 va 2003 yillarda mos ravishda bir palatali tizimlarga o'tdilar. Avstraliya va Kanadada faqat federal parlamentning yuqori palatasi Senat deb nomlanadi. Avstraliyaning Kvinslenddan boshqa barcha shtatlarida Qonunchilik kengashi deb nomlanuvchi yuqori palataga ega. Germaniyada 1999 yilda shtat parlamentining so'nggi senati - Bavariya senati bekor qilingan. Senatga a'zolikni saylov yoki tayinlash orqali aniqlash mumkin. Masalan, Filippin Senatining yarim a'zosi uchun saylovlar har uch yilda o'tkaziladi, senatorning muddati olti yil. Bundan farqli o'laroq, Kanada Senatining a'zolari Kanada Bosh vazirining tavsiyasiga binoan general-gubernator tomonidan tayinlanadi, ular lavozimini iste'foga chiqmaguncha, lavozimidan chetlashtirilgunga qadar yoki 75 yoshga to'lguncha nafaqaga chiqqunga qadar ishlaydi.

O'zbekistn Resublikasi Oliy Majlis Senati haqida xulosa qilaydigan bo'lsam, Senatning shakllanishi tartibi mukkammal darajada ishlab chiqilganki senator bo'lish uchun kerak bo'ladigan har bir detalga ahamiyat berilgan. Yana shunisi ham ahamiyatliki Jahn tajribasiga javob beradi.

1. O'zbekiston Republikasi Konstitutsiyasi

2. A Greek Senate was reestablished in 1927, and abolished again in 1935.

3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. 2007

4. Мухамеджанов О. Новый этап развития парламентаризма в Узбекистане // Хозяйство и право. № 9. 2003. - C.61

5. «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida» qonun. T. 2019

6. Федосов П.А.. Порядок формирования и полномочия вторых палат парламентов в странах зарубежной Европы. Аналитический вестник. №20. 2001. - С. 8-9.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.