Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA ADOLAT VA QONUN USTUVORLIGI TARAQQIYOTNING ENG ASOSIY VA ZARUR SHARTI'

MAMLAKATIMIZDA ADOLAT VA QONUN USTUVORLIGI TARAQQIYOTNING ENG ASOSIY VA ZARUR SHARTI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2174
220
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Harakatlar strategiyasi / taraqqiyot strategiyasi / ijtimoiy himoya / adolat / qonun / jamiyat / yuridik xizmat. / Action strategy / development strategy / social protection / justice / law / society / legal service.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Maqsudova, Gulbahor

Ushbu maqola 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishdan biri mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish masalasini qisqacha yoritishga bag‘ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

JUSTICE AND THE RULE OF LAW IN OUR COUNTRY

This article discusses the principles of justice and the rule of law in our country, one of the seven priorities developed on the basis of the Development Strategy of New Uzbekistan for 2022-2026 and the state program for its implementation in the "Year of Human Dignity and Active Neighborhood" is devoted to a brief account of the question of making it the most basic and necessary condition of development.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA ADOLAT VA QONUN USTUVORLIGI TARAQQIYOTNING ENG ASOSIY VA ZARUR SHARTI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAMLAKATIMIZDA ADOLAT VA QONUN USTUVORLIGI TARAQQIYOTNING ENG ASOSIY VA ZARUR SHARTI

Maqsudova Gulbahor

Toshkent shahar yuridik texnikumi "Ommaviy-huquqiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi

Ushbu maqola 2022-2026-yillarga mo 'Ijallangan Yangi O 'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo'nalishdan biri mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish masalasini qisqacha yoritishga bag'ishlanadi.

Kalit so'zlar: Harakatlar strategiyasi, taraqqiyot strategiyasi, ijtimoiy himoya, adolat, qonun, jamiyat, yuridik xizmat.

This article discusses the principles of justice and the rule of law in our country, one of the seven priorities developed on the basis of the Development Strategy of New Uzbekistan for 2022-2026 and the state program for its implementation in the "Year of Human Dignity and Active Neighborhood" is devoted to a brief account of the question of making it the most basic and necessary condition of development.

Keywords: Action strategy, development strategy, social protection, justice, law, society, legal service.

В данной статье основное внимание уделяется принципам справедливости и законности в нашей стране, одному из семи приоритетов, разработанных на основе Стратегии развития Нового Узбекистана на 2022-2026 годы и государственной программы ее реализации в «Год человека». Достоинство и деятельное соседство» посвящена краткому изложению вопроса о том, чтобы сделать его самым основным и необходимым условием развития.

Ключевые слова: Стратегия действий, стратегия развития, социальная защита, правосудие, право, общество, юридическая служба.

Mamlakatimizni 2017—2021 -yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o'tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mingdan ziyod O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlarini ta'minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. So'nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O'zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslari yaratildi.

Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "Harakatlar strategiyasidan -Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo'nalishdan biri mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish hisoblanadi. Unga ko'ra ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma'muriy ishlar bo'yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko'rsatish tartibini joriy etish belgilandi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.M.Mirziyoyevning asarlari hamda uning 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida Farmoni va internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Qonun ustuvorligi - barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega bo'lib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma me'yoriy hujjatlar va yo'riqnomalardan ustun turadi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik ta'minlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: "O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar". Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jab-halarida qonunlarning qat'iy hukmronligini bildirib, yuqorida ta'kidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga so'zsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

solinganini anglatib, mamla-kat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot muhiti o'rnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishida namoyon bo'ladi.

Mamlakatda hokimiyatlar bo'linishi prinsipining real joriy etilganligi O'zbekistonda konstitutsiya va qonunlar ustunligini ta'minlashning muhim kafolatidir. Unga ko'ra, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo'g'inlari o'zlarining konsti-tutsiyada, qonunda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar. Ular o'rtasidagi munosabatlarni uyg'unlashtirishda eng oliy hakam qonundir.

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir (93-modda). Prezidentning bu boradagi faoliyati muhim siyosiy-yuridik ahamiyatga ega. U o'z farmonlari, qarorlari bilan konstitutsiyaviy tamoyillarning, qonunlarda mustahkamlangan qoidalarning hayotga to'la joriy etilishi uchun yo'l ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi.

Qonunlar ijrosi, huquqni qo'llash amaliyotining samaradorligi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tayyorlanadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati bilan bevosita bog'liq. Bunda har bir tashkilotning yuridik xizmati zimmasiga katta mas'uliyat yuklanadi.

Shu bois ham yurtimizda yuridik xizmat sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu yo'nalishdagi normativ-huquqiy baza to'liq yangilanib, yuridik xizmat maqomini belgilashga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilingan. Adliya organlari tomonidan mazkur sohaga uslubiy yordam ko'rsatish, uni rivojlantirish maqsadida o'nlab idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi bilan birga, amaliy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida yuridik xizmat xodimlari malakasi oshirib borilmoqda.

Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o'rta va quyi bo'g'inda huquqiy jihatdan ta'minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko'rsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, Namangan shahri, Qarshi va Marhamat tumanlarida sinov tariqasida jami 23 ta davlat organi va tashkilotlarining hududiy bo'linmalariga yuridik xizmatlar ko'rsatuvchi markazlar faoliyati Adliya vazirligi tizimida yo'lga qo'yilib, o'zining ijobiy samarasini ko'rsatdi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Davlat tashkilotlarida yuridik xizmatlar ko'rsatish markazlarini tashkil etishning bir qator afzalliklari:

-Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tashkil qilish orqali respublikada qariyb 40 mlrd. so'mdan ortiq byudjet mablag'lari iqtisod qilinadi;

-Yuridik xizmatlar ko'rsatish markazlari davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga bo'ysunmaydi, ular to'la mustaqil faoliyat olib boradi;

- Natijada davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylik va qonun ustuvorligini ta'minlash sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tariladi;

-Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tashkil etish orqali ular faoliyatiga taalluqli bo'lmagan funksiya va vazifalar olib tashlanadi va markaz xodimlariga yuklangan vazifalar samarali bajarishi ta'minlanadi;

-Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari adliya bo'limlari huzurida tashkil qilinayotganligi sababli, tuman darajasidagi yuridik xizmatlar faoliyatini o'rganish, tekshirish zarurati qolmaydi. Bevosita nazorat vujudga keladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuridik markazlar faoliyati zamonaviy IT texnologiyalari bilan to'liq ta'minlanashi hamda davlat organlari va tashkilotlari bilan o'zaro hujjat almashinuvi yagona elektron tizim orqali amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan. Yuridik xizmatlar ko'rsatish markazlar keyinchalik eksperiment natijalarini umumlashtirib, muammolar bartaraf etilganidan so'ng butun respublikadagi tuman (shaharlar)da joriy qilinadi. Bu esa tizimda ham aholini ijtimoiy muhtoj qatlamiga samarali yuridik xizmatlar ko'rsatishda ham bir muncha qulayliklar va yengilliklar olib keladi.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Adolat va qonun ustuvorligi - xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini ta'minlashning eng asosiy va zarur shartidir". Zero, adolat davlatchilikning mustahkam poydevoridir. Jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta'minlashda esa sud hokimiyati hal qiluvchi o'rinni egallaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2020.

2. Davlat tili haqida (yangi tahriri). O'zbekiston Respublikasining Qonuni.- T.: O'zbekiston, 1997.

3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. - T.: Sharq, 1997.

4. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston,

5. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: O'zbekiston, 2016.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

6. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.-T.:O'zbekiston, 2017.

7. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.

8. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasi// https://www.lex. Uz

9. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi // https://www.lex.Uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.