Научная статья на тему 'YAGONA DARCHA TAMOYILI ASOSIDA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING MILLIY QONUNCHILIKDAGI AYRIM JIHATLARI VA XALQARO TAJRIBA'

YAGONA DARCHA TAMOYILI ASOSIDA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING MILLIY QONUNCHILIKDAGI AYRIM JIHATLARI VA XALQARO TAJRIBA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1494
86
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Yagona darcha” tamoyili / davlat xizmatlari markazi / elektron hukumat / Single Window / Center for Public Services / Electronic Government.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Babakulov, Аzamat Sotiboldiyevich

Ushbu maqolada “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini taqdim etish xususiyatlari, Chexiya va Braziliya davlatlari misolida xalqaro tajribani o’rganish, xizmatlar ko‘rsatish usulini o‘zgartirish yo‘li bilan mazkur jarayondagi ortiqcha va keraksiz qadamlar sonini kamaytirishdagi o’rni haqida so’z boradi. “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha barcha turdagi xizmatlardan foydalanish, ma’lumotlar olish imkoniga ega bo‘lish imkoniyatlari ko’rsatib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ASPECTS OF NATIONAL LEGISLATION AND THE INTERNATIONAL EXPERIENCE OF PROVIDING SERVICES OF GOVERNMENT SERVICES ON THE BASIS OF SINGLE WINDOW

The article examines the features of the provision of public services on the principle of "one window", the role of the Czech Republic and Brazil in reducing the number of redundant and unnecessary steps in this process by studying international experience, changing the way services are provided. are provided. The “one-stop shop” principle provides access to all types of services and access to information.

Текст научной работы на тему «YAGONA DARCHA TAMOYILI ASOSIDA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING MILLIY QONUNCHILIKDAGI AYRIM JIHATLARI VA XALQARO TAJRIBA»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

YAGONA DARCHA TAMOYILI ASOSIDA DAVLAT XIZMATLARI KO'RSATISHNING MILLIY QONUNCHILIKDAGI AYRIM JIHATLARI

VA XALQARO TAJRIBA

Babakulov Äzamat Sotiboldiyevich

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Yetakchi maslahatchi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Yagona darcha" tamoyili bo'yicha davlat xizmatlarini taqdim etish xususiyatlari, Chexiya va Braziliya davlatlari misolida xalqaro tajribani o 'rganish, xizmatlar ko 'rsatish usulini o 'zgartirish yo'li bilan mazkur jarayondagi ortiqcha va keraksiz qadamlar sonini kamaytirishdagi o'rni haqida so'z boradi. "Yagona darcha" tamoyili bo'yicha barcha turdagi xizmatlardan foydalanish, ma 'lumotlar olish imkoniga ega bo 'lish imkoniyatlari ko 'rsatib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: "Yagona darcha" tamoyili, davlat xizmatlari markazi, elektron hukumat

ABSTRACT

The article examines the features of the provision of public services on the principle of "one window", the role of the Czech Republic and Brazil in reducing the number of redundant and unnecessary steps in this process by studying international experience, changing the way services are provided. are provided. The "one-stop shop " principle provides access to all types of services and access to information.

Keywords: Single Window, Center for Public Services, Electronic Government.

АННОТАЦИЯ

В статье исследуются особенности оказания государственных услуг по принципу «одного окна», роль Чехии и Бразилии в сокращении количества избыточных и ненужных шагов в этом процессе путем изучения международного опыта, изменения способа предоставления услуг. предоставлена. предоставлены. Принцип «одного окна» обеспечивает доступ ко всем видам услуг и доступ к информации.

Ключевые слова: «Единое окно», Центр государственных услуг, Электронное правительство.

KIRISH

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq hukumat tomonidan tadbirkor va ishbilarmonlaming jamiyatdagi faolligini oshirishga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Mazkur sohada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli chora-tadbirlar

301

Scientific Journal Impact Factor

natijasida ular jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchiga aylanmoqda. Ayniqsa, aholi va tadbirkorlik sub'ektlari uchun shart-sharoitlar yaratishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilayotganini alohida ta'kidlab o'tish joiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Elektron hukumat" tizimi

"Elektron hukumat" tizimi doirasida idoralararo axborot hamkorligini takomillashtirish, aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga davlat xizmatlarini yangicha usulda, axborot texnologiyalarini qo'llagan holda ko'rsatish hamda bu orqali davlat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga eng muhim ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda aholining davlat tashkilotlariga murojaatlarini interaktiv tarzda qabul qilish va ko'rib chiqish, elektron murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish orqali vaqt va xarajatlarni tejash, xizmatlarni soddalashtirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada taraqqiy topgan xorijiy davlatlar tajribalaridan kelib chiqib, mamlakatimizda aholi va tadbirkorlik sub'ektlari uchun davlat xizmatlarini interaktiv shaklda ko'rsatishni yo'lga qo'yish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "yagona darcha" tamoyili bo'yicha xizmat ko'rsatadigan Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilib, yanada takomillashtirilib bormoqda.

Xorijiy davlatlarda "yagona darcha" markazlari

"CZECH POINT" yoki Chexiya Axborot Milliy Terminali, davlat loyihasi bo'lib, Chexiya davlati aholisi mazkur aloqa maskanida bir nechta davlat va jamoat boshqaruvi organlari bilan bir vaqtning o'zida muloqot qila olishlari mumkin.

"CZECH POINT" - infokioskalar ko'rinishidagi aloqa maskani bo'lib, mazkur infokioskalar mamlakatning barcha hududlari, jumladan, Chexiya pochta bo'linmalari, shahar va chekka hudud hokimiyatlari, o'z-o'zini boshqarish organlari, notarius idoralari va banklarga joylashtirilgan. Aloqa maskanida foydalanuvchilar identifikatsiyasi ularning barmoq izlari orqali amalga oshiriladi.

Chexiya Aloqa maskanlarida quyidagi bir qator xizmatlar taqdim etiladi:

- Hujjat va hujjat nusxalarini tasdiqlash;

- Savdo reestrlaridan ko'chirma;

- Ko'chmas mulk kadastridan ko'chirma;

- Tadbirkorlik reestridan ko'chirma;

- Jismoniy va yuridik shaxslarning sudlanganlik yoki sudlanmaganlik to'g'risidagi ma'lumot;

Chexiya

- To'lovga layoqatsiz shaxslar reestridan ko'chirmalar olish.

302

Scientific Journal Impact Factor

Chexiyaning Aloqa maskanlarida pullik asosda xizmatlar ko'rsatiladi.

Rossiya Federatsiyasi.

Ko'p tarmoqli markaz (MO^ - "Yagona oyna" tamoyili asosida aholiga davlat va mahalliy davlat xizmatlarini o'rnatilgan tartibda ko'rsatish vakolatiga ega bo'lgan tashkilot.

Ko'p tarmoqli markazlar Rossiyaning barcha hududlarida tashkil etilgan bo'lib, fuqarolarni ijtimoiy himoyalash, mulkchilik munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish, fuqarolik-huquqiy holatini o'rnatish kabi sohalarda xizmatlarni taqdim etadi. Shu bilan birgalikda, notarius, bank kabi yordamchi xizmatlarni ham ko'rsatadi.

Aholiga xizmat ko'rsatish markazi (SAC) - mazkur markazga bir oyda tashrif buyuruvchilarning o'rtacha soni 1 mln 500 ming nafar kishini tashkil etadi. Markaz tashkil etilgandan buyon uning foydalanuvchilari soni 153 million kishini tashkil etgani statistikada qayd etilgan. Braziliyaning aholiga xizmat ko'rsatish markazlari transport tarmoqlari, yirik savdo shahobchalari va madaniy-ko'ngilochar maskanlardan bevosita uzoq bo'lmagan hududlarda joylashgan.

Markazlar tomonidan quyidagi xizmatlar ko'rsatiladi:

- shaxsini tasdiqlovchi guvohnomani berish;

- mehnat daftarchasi va haydovchilik guvohnomasini berish;

- avtomobillarni ro'yxatdan o'tkazish;

- sudlanmaganlik to'g'risida ma'lumotnoma berish;

- kichik korxonalarni ro'yxatdan o'tkazish;

- iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish;

- aloqa va pochta xizmatlari;

- bank va kommunal xizmatlari;

Aksariyat xizmatlar arizachi murojaat etgan vaqtda tezkor ravishda taqdim etiladi, hujjatlar joyida chop etiladi. SHuningdek, markazlarda kichik kutubxonalar tashkil etilgan. Aholini jalb etuvchi eng muhim bir jihati shundan iboratki, markazlarda har bir fuqaro kun davomida 30 daqiqa davomida bepul Internetdan foydalanishi hukumat tomonidan kafolatlangan. Foydalanuvchilar bu erda hujjatlardan nusxa ko'chirishi, hujjatlar uchun rasmga tushishi va intrenetdan foydalanish imkoniga ega bo'ladilar.

Davlat xizmatlari markazi faoliyat haqida

Davlat xizmatlari markazi davlat xizmatlarini taqdim etishning yangicha ko'rinishi bo'lib, u xizmatlar ko'rsatish usulini o'zgartirish yo'li bilan mazkur jarayondagi ortiqcha va keraksiz qadamlar sonini kamaytirishda yordam beradi. Bu

Braziliya

Scientific Journal Impact Factor

qulayliklarning mohiyati shundan iboratki, aholi uchun mo'ljallangan katta doiradagi davlat va jamoat xizmatlari bir joyga jamlanadi va yagona nuqtadan turib ko'rsatiladi, fuqarolar esa vaqt sarflamasdan, Davlat xizmatlari markazida barcha turdagi xizmatlardan foydalanish, ma'lumotlar olish imkoniga ega bo'ladi.

Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ular asosida vakolatli organlar bilan elektron hujjat almashish asosida hujjatlar tayyorlab, fuqarolarga taqdim etish, davlat bojlari va davlat tomonidan ko'rsatiladigan pullik xizmatlar to'lovini markazda joylashtirilgan bank bo'limini orqali amalga oshirish, shu bilan birga, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, tadbirkorlik sub'ektlarini ro'yxatga olish kabi xizmatlar ko'rsatiladi. Shuningdek, fuqarolar markazning o'zida kommunal to'lovlarni amalga oshirishi hamda FHDY, tadbirkorlik faoliyati, soliq to'lovlari va boshqa masalalarga oid axborotlarni to'liq shaklda olish imkoniga egalar.

Davlat xizmatlari markazlarining ko'lami haqida.

Davlat xizmatlari markazi tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarning ko'lami haqida so'z yuritadigan bo'lsak, masalan, gaz ta'minoti bo'yicha, fuqaro Davlat xizmatlari markazidan turib, qarzdorlik bo'yicha ma'lumotlar olishi va qarzlarini to'lashi, hisoblagichlarni o'rnatish va almashtirish bo'yicha buyurtma berishi, qiyoslashdan o'tkazish uchun ariza qoldirishi mumkin. Shu bilan birga, markaz muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishni tashkil etadi.

Davlat xizmatlari markazlarining ustun jihatlari ko'p. Mazkur tizim orqali aholi va tashkilotlarga bir qancha davlat va jamoat xizmatlari bir joyda ko'rsatiladi. Bu esa, o'z navbatida, fuqarolarga zarur ma'lumotlar olish va boshqa xizmatlardan foydalanishlarida vaqtni tejash barobarida, ortiqcha rasmiyatchilik holatlarini qisqartirishga yordam beradi.

Ilk qadamlar

Dastlab "Yagona darcha" markazlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi "Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o'zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 181-son qarorini hamda BMT Taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi vakolatxonasi va O'zbekiston hukumati tomonidan imzolangan "2010-2015 yillar davri uchun mamlakatga oid dasturni amalga oshirish bo'yicha xatti-harakatlar rejasi"ni bajarish doirasida tashkil etila boshladi.

Scientific Journal Impact Factor

2009 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining moliyaviy ko'magi yordamida tajriba sinov tariqasida Toshkent shahrining Sergeli tumanida respublikadagi dastlabki "Yagona oyna" markazi tashkil etilgan edi.

2011 yilda hukumat miqyosida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Kompyuterlashtirish markazlari tarkibida aholiga zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida xizmat ko'rsatuvchi Yagona Oyna Markazlarini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

2010-yildan buyon O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamkorligida Jizzax va Namangan viloyatlarida "Mahalliy boshqaruv tizimini qo'llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik" loyihasini amalga oshirilishi asnosida Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi birinchi tajriba va yo'l qo'yilgan kamchiliklardan tegishli xulosalar chiqarilib, 2011- yilning dekabr oyida BMTTD O'zbekistondagi vakolatxonasi, O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Jizzax va Namangan viloyat hokimliklarining uch taraflama o'zaro kelishuvi asosida "Yagona oyna" markazi Davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etildi.

Tadbirkorlik subyektlarini "yagona darcha" tamoyili bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish 2003-yildan buyon tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazish inspeksiyalari (keyingi o'rinlarda Inspeksiyalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirib kelingan.

2016-yil 1-yanvardan boshlab Inspeksiyalar negizida Tadbirkorlik subyektlariga "yagona darcha" tamoyili bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatish yagona markazlari (keyingi o'rinlarda Yagona markazlar deb yuritiladi) tashkil etildi.

2017-yil 1-fevraldan Yagona markazlarning tumanlar (shaharlar) hokimliklari tuzilmasidan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga o'tkazilishi mazkur sohani rivojlantirish bo'yicha keyingi qadam bo'lib, vertikal boshqaruvni shakllantirish, ularning samarali faoliyatini tashkil etish imkonini berdi. Natijada Yagona markazlar tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlari soni 33 tagacha oshdi.

2017-yil 1-apreldan boshlab ro'yxatga olish tartib-taomillarini 30 daqiqagacha qisqartirish imkonini beruvchi tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilganligi "Doing Business 2018" global reytingidagi "Biznesni ro'yxatdan o'tkazish" ko'rsatkichi bo'yicha O'zbekistonning mavqeini 24-o'rindan 11-o'ringa yaxshilashga xizmat qildi.

Bugungi kun

Scientific Journal Impact Factor

Davlat xizmatlari markazlari orqali 2018-yilgacha bo'lgan davrda faqat tadbirkorlik subyektlariga 37 turdagi davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lsa, bugungi kunda ushbu xizmatlar soni 150 tadan ortgan.

2017-yilda tadbirkorlarga 170 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lsa, bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslarnnig davlat xizmatlari ko'rsatish bo'yicha 25 mln.dan ortiq murojaatlari qabul qilingan.

Davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasiga doir 100 dan ortiq qonun hujjatlari ishlab chiqilgan, 70 dan ortiq xizmatlar to'liq qayta ko'rib chiqilib, soddalashtirilgan.

Davlat xizmatlari ko'rsatishga oid 70 dan ortiq ma'muriy reglamentlar qabul qilingan.

Buning natijasida talab etiladigan hujjatlar soni 167 tadan 79 taga kamaytirilib, xizmat ko'rsatish muddati ham 465 kundan 245 kunga qisqartirilgan.

Ko'rsatilgan davlat xizmatlari uchun davlat boji va yig'imlarni elektron to'lov tizimlari (Click, Payme, Upay, Paynet, Uzcard, Oson, Websum va barcha bank mobil to'lov ilovalari) orqali to'lash tizimi joriy etilgan.

Sohada o'tkazilgan islohotlar natijasida O'zbekiston Jahon bankining "Doing business" indeksida "Biznesni ro'yxatdan o'tkazish" ko'rsatkichi bo'yicha 190 ta davlat orasida 8-o'rinni egallab, tarixda birinchi bor top-10 talikka kirdi.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Xususan, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida 2018-2021 yillarga mo'ljallangan tegishli dastur ishlab chiqilishi belgilangan. Bu va boshqa dolzarb vazifalarning muvaffaqiyatli ro'yobga chiqarilishi davlat xizmatlari soni hamda sifatini oshiradi, xalq bilan muloqotni yanada yangi, yuqori bosqichga ko'tarish imkonini beradi.

REFERENCES

[1] Mardonov, A. B. (2021). DAVLAT BOSHQARUV TIZIMINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH XORIJIY TAJRIBA VA MILLIY AMALIYOT ASOSIDA. Scientific progress, 2(1), 483-488.

[2] Jabborov, I. (2019). Diffusion of International Experience in the public services improvement. American Journal of Economics and Business Management, 2(3), 3543.

[3] MycaeB, O. m. O., & Oañ3ynnaeB, M. O. (2021). BOJXONA NAZORATINI OLIB BORUVCHI ORGANLAR TAVSIFI HAMDA ULAR FAOLIYATINI

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

HUQUQIY TARTIBGA SOLISH ASOSLARI. Журнал Инновации в Экономике, 4(7). Internet saytlari

1. www.lex.uz

2. https://davxizmat.uz

3. http : //mopkqtm.zn.uz/

4. https://www.uz.undp.org

5. http://strategy.regulation. gov.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.