Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA INSON QADRINI YUKSALTIRISH VA ERKIN FUQAROLIK JAMIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH MASALALARI'

YANGI O’ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA INSON QADRINI YUKSALTIRISH VA ERKIN FUQAROLIK JAMIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1555
165
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson qadri / fuqorolik jamiyati / taraqqiyot strategiyasi / davlat dasturi / insonning huquq va erkinliklari / “yo‘l xaritasi”. / Human dignity / civil society / development strategy / state program / human rights and freedoms / "road map".

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Poyanov, Olim, Ismatullayeva, Shirin

Ushbu maqola 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishdan biri Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish masalalarini qisqacha yoritishga bag‘ishlanadi. Mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklarini, sha’nini, qadr-qimmatini, manfaatlarini, davlat organlarining jamiyat oldida hisobdorligini ta’minlash islohotlarning bosh maqsadi etib belgilanganligi xususida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF INCREASING HUMAN DIGNITY AND FURTHER DEVELOPMENT OF A FREE CIVIL SOCIETY IN THE DEVELOPMENT STRATEGY OF NEW UZBEKISTAN

This article is one of the seven priorities of the New Uzbekistan Development Strategy for 2022-2026 and one of the seven priorities developed on the basis of the state program for its implementation in the "Year of Human Dignity and Active Neighborhood". to briefly address issues of human dignity and the further development of a free civil society. It is said that the main goal of the reforms in our country is to ensure human rights and freedoms, honor, dignity, interests, accountability of government agencies to society.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA INSON QADRINI YUKSALTIRISH VA ERKIN FUQAROLIK JAMIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

YANGI O'ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA INSON QADRINI YUKSALTIRISH VA ERKIN FUQAROLIK JAMIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Olim Poyanov

Toshkent shahar yuridik texnikumi, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari, ikkinchi darajali yurist

Shirin Ismatullayeva Toshkent shahar yuridik texnikumi, fakultet dekani

Ushbu maqola 2022-2026-yillarga mo 'Ijallangan Yangi O 'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo'nalishdan biri Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolikjamiyatini yanada rivojlantirish masalalarini qisqacha yoritishga bag'ishlanadi. Mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklarini, sha'nini, qadr-qimmatini, manfaatlarini, davlat organlarining jamiyat oldida hisobdorligini ta'minlash islohotlarning bosh maqsadi etib belgilanganligi xususida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Inson qadri, fuqorolik jamiyati, taraqqiyot strategiyasi, davlat dasturi, insonning huquq va erkinliklari, "yo 'l xaritasi".

ISSUES OF INCREASING HUMAN DIGNITY AND FURTHER DEVELOPMENT OF A FREE CIVIL SOCIETY IN THE DEVELOPMENT

STRATEGY OF NEW UZBEKISTAN

Olim Poyanov

Deputy Director of Academic Affairs, Secondary Lawyer Tashkent city law

This article is one of the seven priorities of the New Uzbekistan Development Strategy for 2022-2026 and one of the seven priorities developed on the basis of the state program for its implementation in the "Year of Human Dignity and Active Neighborhood". to briefly address issues of human dignity and the further development of a free civil society. It is said that the main goal of the reforms in our

ANNOTATSIYA

technical school Shirin Ismatullayeva

Tashkent City Law College, Dean of the Faculty

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

country is to ensure human rights and freedoms, honor, dignity, interests, accountability of government agencies to society.

Keywords: Human dignity, civil society, development strategy, state program, human rights and freedoms, "road map".

ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО ДОСТОИНСТВА И

ДАЛЬНЕЙШЕГО РАЗВИТИЯ СВОБОДНОГО ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА В СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА

Олим Поянов

Заместитель директора по учебной работе, юрист по вторичному праву Ташкентский городской юридический техникум Ширин Исматуллаева Ташкентский городской юридический колледж, декан факультета

АННОТAЦИЯ

Данная статья является одним из семи приоритетов Новой стратегии развития Узбекистана на 2022-2026 годы и одним из семи приоритетов, разработанных на основе государственной программы ее реализации в «Год человеческого достоинства и активного добрососедства». вопросы человеческого достоинства и дальнейшего развития свободного гражданского общества. Говорится, что главная цель проводимых в нашей стране реформ -обеспечение прав и свобод человека, чести, достоинства, интересов, подотчетности государственных органов перед обществом.

Ключевые слова: Человеческое достоинство, гражданское общество, стратегия развития, государственная программа, права и свободы человека, «дорожная карта».

Bugun xalqimiz hayotida ulkan o'zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbusi bilan keng jamoatchilik muhokamasi natijasida "Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan, yettita ustuvor yo'nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining qabul qilinishi mamlakatimizda tub demokratik islohotlar, transformatsion o'zgarishlarning yangi davrini boshlab berdi. Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar barcha sohalarni qamrab oldi. Eng asosiysi,

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklarini, sha'nini, qadr-qimmatini, manfaatlarini, davlat organlarining jamiyat oldida hisobdorligini ta'minlash islohotlarning bosh maqsadi etib belgilangandi. Taraqqiyot strategiyasi esa bu ishlarning mantiqiy hamda uzluksiz davomi bo'ladi, shubhasiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Sh.Mirziyoyev asarlari, ma'ruzalari mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisida so'zlagan nutqining mazmun-mohiyati va ahamiyati, unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar talaba yoshlar, davlat xizmatchilari, olimlar, ekspertlar, keng jamoatchilik tomonidan qizg'in kutib olindi.

Shu o'rinda, Prezident nutqi kelajakka yo'naltirilgani, mamlakatni rivojlantirish strategiyasining amaliy dasturi bo'lganiga e'tiborni qaratish lozim. Davlat rahbari o'z ma'ruzasida mamlakat hayotining barcha jabhalariga atroflicha to'xtalib o'tib, yangi g'oyalar, innovatsiyalar va yangiliklarni taklif qildi.

Sh.Mirziyoyev o'z nutqida Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasinining yettita ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdi. Mazkur kontseptual hujjatda islohotlarning uzviyligi va davomiyligini ta'minlash maqsadida "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" degan tamoyil asosiy g'oya va bosh mezon qilib olindi. "Xalqimiz talablarini inobatga olgan holda, biz Yangi O 'zbekiston taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqdik va saylov jarayonida uni o 'ziga xos umumxalq muhokamasidan o 'tkazdik. Bu muhim konseptual hujjatda islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini ta'minlash maqsadida, "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" degan tamoyil asosiy g 'oya va bosh mezon sifatida kun tartibiga qo 'yildi", deydi prezident.

Xususan, unda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta'minlash, adolat va qonun ustuvorligi - xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini ta'minlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma'naviy va ma'rifiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish kabi muhim vazifalar belgilangan. Bundan tashqari, global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish, tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalarga atroflicha to'xtalib o'tilgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Mazkur nutqda mamlakat rahbari kelgusi besh yil uchun ustuvor yo'nalishlarni belgilab berar ekan, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat ekanligini alohida ta'kidlab o'tdi.

Ma'ruzaning e'tiborli jihatlaridan biri shundaki, Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasida birinchi o'ringa shaxs, inson qadri yuqori o'ringa qo'yilib, "inson -jamiyat - davlat" degan yangi tamoyil asosida davlat va jamiyat boshqaruvini tashkil etadi. Bir so'z bilan aytganda, amaliy natija, inson manfaati, uning qadr-qimmati bosh maqsadga aylangan.

Tan olib aytish joizki, o'tgan besh yilda ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida qator tizimli islohotlar amalga oshirildi va ijobiy natijalarga erishildi, biroq shu bilan birga mazkur sohada samarali mexanizmlarni yaratishga to'sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar ham yo'q emas. Kelgusi besh yilda bu borada ijtimoiy yo'nalishdagi islohotlar alohida ahamiyatga ega, albatta.

O'tgan yillar mobaynida ijtimoiy sohada amalga oshirilgan ishlarga nazar soladigan bo'lsak, ijtimoiy himoya va doimiy yordamga muhtoj shaxslar bilan ishlashning "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" kabi yangicha ishlash mexanizmi joriy etildi. Ijtimoiy nafaqa bilan ta'minlanadigan aholi soni qariyb 1,5 barobar oshirildi.

Qayd etilganidek, ushbu taraqqiyot strategiyasi yetti yo'nalishdan iborat.

Birinchi yo'nalish inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etishga qaratilgan. Inson qadrini ulug'lash, har kimning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishiga aylandi. Shuningdek, ushbu yo'nalishni amalga oshirish uchun quyidagi maqsad va vazifalar belgilab berildi:

1-maqsad: Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo'g'iniga aylantirish.

2-maqsad: Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo'g'inga aylantirish.

3-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini zamon talablariga moslashtirish.

4-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini "fuqarolarga xizmat qilishga yo'naltirish" tamoyili asosida transformatsiya qilish.

5-maqsad: Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

6-maqsad: Davlat boshqaruvi tizimida ma'muriy apparatni ixchamlashtirish va ish jarayonlarini maqbullashtirish.

7-maqsad: Mamlakatimizdagi islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish.

8-maqsad: Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik hujjatlarining qat'iy ijrosini ta'minlash.

9-maqsad: "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish.

10-maqsad: Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish.

11-maqsad: Xalq bilan muloqotning mexanizmlarini takomillashtirish.

12-maqsad: Ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Bu yo'nalish doirasidagi vazifalar o'tgan besh yil davomida inson qadr-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan keng ko'lamli islohotlarning uzviy davomi bo'ladi, ularni yangi pog'onaga ko'taradi. Xususan, Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi"ning 3-bandida mahallaning "faol" modelini joriy etish hamda har bir fuqarolar yig'inini aholi muammolarini bevosita hal qilish, hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta'minlash ko'zda tutilgan. Buning uchun kelgusida davlat funksiyalarining katta qismi markazdan hududlarga o'tkaziladi. Har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etiladi. Tuman byudjeti qo'shimcha manbalar bilan ta'minlanib, mahallaning alohida jamg'armasi shakllantiriladi. Markaziy idoralar transformatsiya qilinib, ixcham va samarali boshqaruv tizimi yaratiladi, bir xil yo'nalishdagi vazifalarni amalga oshirayotgan idoralar optimallashtiriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari vakolatlari kengaytirilib, ushbu maqsadda mahallaning alohida jamg'armasi tashkil etiladi. Bularning barchasi aholi muammolarini hal etishda sifat va samaradorlik oshishiga olib keladi. Umuman, strategiyaning har bir ustuvor yo'nalishi inson qadrini ulug'lashga xizmat qiluvchi vazifalarni qamrab olgan.

Zero, Prezidentimiz ta'kidlaganidek, — "inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta 'minlashni nazarda tutamiz".

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA VA TAKLIFLAR

Inson huquqlarini himoya qilish uzluksiz davom etadigan jarayon ekanligi nuqtai nazaridan xulosa sifatida aytish mumkinki, Yangi O'zbekisonning Taraqqiyot strategiyasida mamlakatimiz inson qadrini yuksaltirish borasida kelgusi besh yillik uchun muhim vazifa va maqsadlarini belgilab olgan. Demakki, keng ko'lamli islohotlar jarayoni izchil davom etib, ular sermahsul bo'lishidan butun xalqimiz manfaatdor. Ularni amalga oshishi uchun esa har birimiz mas'uldirmiz. Zero mamlakatimiz kelajagi va rivoji uchun hamjihatligimiz va birdamligimiz muhimdir.

Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda barcha davlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ham kamarbasta bo'lishiga ishonamiz.

Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi hamda xalqimizni umumiy maqsadlar yo'lida birlashtirib turadigan yaxlit ma'naviy asos va mezonga aylanadi.

REFERENCES

1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston, 2020.

2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.

3. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasi// https://www.lex. Uz

4. 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi// https: //www.lex.Uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.