Научная статья на тему '“O„ZBЕKISTON – 2030” STRATЕGIYASIDA GЕNDЕR TЕNGLIKNI TA‟MINLASH MASALASI'

“O„ZBЕKISTON – 2030” STRATЕGIYASIDA GЕNDЕR TЕNGLIKNI TA‟MINLASH MASALASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

12
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gender tenglik / fuqarolik jamiyati / xotin-qizlar masalasi / strategiya / islohot / ijtimoiy-siyosiy faollik / iqtisodiy faollik / buyuk davlat / zo'ravonlik / tazyiq / qo'llab-quvvatlash / nodavlat notijorat tashkilotlar / fuqarolik jamiyati institutlari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Dilmira Tuychiyevna Kuanishova

Mazkur maqolada gender tenglikni ta'minlash va xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash masalalarining dolzarb masala sifatida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek bugungi kunda “O'zbekiston 2030” strategiyasida ko'zda tutilgan xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan samarali islohotlari haqida aytib o'tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“O„ZBЕKISTON – 2030” STRATЕGIYASIDA GЕNDЕR TЕNGLIKNI TA‟MINLASH MASALASI»

Tashkent State University of Economics

"O'ZBEKISTON - 2030" STRATEGIYASIDA GENDER TENGLIKNI

TA'MINLASH MASALASI

Dilmira Tuychiyevna Kuanishova

Toshkent davlat texnika universiteti "Falsafa va milliy g'oya" kafedrasi katta

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada gender tenglikni ta'minlash va xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash masalalarining dolzarb masala sifatida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek bugungi kunda "O'zbekiston - 2030" strategiyasida ko'zda tutilgan xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan samarali islohotlari haqida aytib o'tilgan.

Kalit so„zlar: Gender tenglik, fuqarolik jamiyati, xotin-qizlar masalasi, strategiya, islohot, ijtimoiy-siyosiy faollik, iqtisodiy faollik, buyuk davlat, zo'ravonlik, tazyiq, qo'llab-quvvatlash, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari.

Gender tenglikni ta'minlash va xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash masalasi, ayniqsa ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Chunki zamonaviy fuqarolik jamiyatining deyarli hech bir muammosini, hatto kelajagi buyuk davlat qurish vazifasini ham xotin-qizlar ishtirokisiz hal qilish mushkul. O'z navbatida oiladagi farzandlarning davlat va jamiyat rivojiga o'z ijobiy hissasini qo'shuvchi barkamol inson bo'lib yetishishi eng birinchi navbatda ayollarimizga bog'liqdir. Shuning uchun xotin-qizlarsiz umuman hayotni, jamiyat taraqqiyotini tasavvur qilib bo'lmaydi. Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Ayol baxtli bo'lsa, jamiyat baxtlidir" [1].

Umuman olganda jamiyat rivoji turli bosqichlarida gender tenglik hamda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlarning ilmiy tadqiqot obyekti bo'lib kelganligiga qaramasdan, bugungi zamonaviy davrga kelib ham bu masala o'zining to'liq yechimini topdi deb ayta olmaymiz. Chunki gender tenglik muammosi, ayniqsa xotin-qizlarning ijtimoiy mavqei masalasi davr va zamon o'tgan sayin yanada yangi

307

Tashkent State University of Economics

tus olib jadallashib bormoqda. Lekin ushbu muammolarga qaramay zamonaviy fuqarolik jamiyatida gender tenglik masalalari bosqichma-bosqich o'z yechimini topib bormoqda, ya'ni bugungi kunda xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni va mavqei jadal ravishda oshib bormoqda. Jumladan, bu jarayonni dunyoning deyarli barcha mamlakatlari iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy hayotida xotin-qizlarning hajmi ortib borishida kuzatish mumkin.

Bugungi kunga kelib O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va modernizatsiyalash jarayoni ayollarning jamiyatdagi mavqeini yanada oshishiga sabab bo'lmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-son "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni o'zbek ayollari va ular sohasida faoliyat olib borayotgan tashkilotlarning imkoniyatlarini yana bir karra oshirdi. Mazkur Farmon bilan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek 2023 yil 11 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston - 2030» strategiyasi to'g'risida»gi PF-158-son Farmoni qabul qilinishi esa mamlakatimizda gender tenglikni ta'minlash siyosatini izchil davom ettirish hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish uchun yanada keng imkoniyatlar yaratmoqda. Chunki ushbu "O'zbekiston - 2030" strategiyasida 5 ustuvor yo'nalish bo'yicha 100 ta muhim maqsad o'z aksini topgan bo'lib, uning 25-maqsadida xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta'minlashga qaratilgan [2]. Eng muhimi, strategiya orttirilgan tajriba, xalqaro ekspertiza va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqildi.

Shuningdek ushbu Farmonda ko'zda tutilgan barcha maqsadlarni kelgusi yetti yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilgan bo'lib, 25-maqsad 1-ilovasi asosida gender tenglikni ta'minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish kabi 2030 yilgacha amalga oshiriladigan islohotlarning samaradorlik ko'rsatkichlariga erishish ko'zda tutilgan.

Mamlakatimizda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida

308

Tashkent State University of Economics

ko'rilayotgan ushbu chora-tadbirlar va amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli bugungi kunda O'zbekiston xotin-qizlari ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o'zlarini to'la namoyon etib kelmoqda. O'zbekiston ayollari davlat va boshqaruv idoralari, vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, ijtimoiy sohalarda samarali mehnat qilib, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shmoqda. Bugungi kunda respublikamizda 700 dan ortiq fan doktorlari, 5 mingdan ortiq fan sohasida izlanish olib borayotgan ayollar, 14 mingdan ortiq oliy ta'lim yurtlarida dars berayotgan xotin-qizlar, 4 mln. nafardan ortiq ta'lim muassasalarida o'qiyotgan qizlarimiz bor. Yildan yilga ularning soni oshib borayotgani quvonarli holdir.

Respublikamizda barcha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining kamida bir nafar o'rinbosarini xotin-qizlar orasidan tayinlash tizimi joriy etilishi natijasida, rahbar ayollar soni 2017 yilda 27 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2023 yilga kelib 33 foizga yetdi. Ayollarning ulushi tadbirkorlik sohasida 37 foiz, siyosiy partiyalarda 47 foiz, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida 46 foiz, tibbiyotda 77 foizni tashkil etmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 33 foizi, Senat a'zolarining 24 foizi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining 25 foizi ayollardan iborat. Vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar ulushi 2018 yilda 2,9 foizni tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunda qariyb ikki barobarga oshdi va 5,7 foizga yetdi. Kattaqo'rg'on shahar, Bo'ston, Olot, Boyovut va Yakkasaroy tumanlarini ayol xokimlar boshqarmoqda. Sud tizimida faoliyat ko'rsatayotgan 181 ayol sudyaning 26 nafari rahbarlik lavozimida mehnat qilib kelmoqda [3].

Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston - 2030» strategiyasi to'g'risida»gi PF-158-son Farmonining 25-maqsad 2-ilovasida jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo'ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash ko'zda tutilgan. Ushbu Farmonning qabul qilinishidan asosiy maqsad xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, hamda ularning oila va jamiyatdagi o'rni va mavqeini mustahkamlash, salohiyatini to'la namoyon etishiga shart-sharoit yaratish, oilalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog'lomlashtirishdir.

Bundan tashqari dunyodagi barcha davlatlarning milliy qonunchiligida inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash, xususan shaxsning hayoti, sog'lig'i, sha'ni va qadr-qimmatini turli jinoiy tajovuzlardan himoya qilishga alohida ahamiyat qaratilgan bo'lib, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida "Insoniyat oilasining hamma a'zolariga xos qadr-qimmat va ularning teng, ajralmas huquqlarini tan olish

309

Tashkent State University of Economics

erkinlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligi" [4] e'tirof etilgan. Lekin shunga qaramay hozirgi kunda aksariyat hollarda jamiyat turli sohalar, ya'ni ishda, o'qishda, oilada ayol va erkak o'rtasidagi munosabatlarda ayolga nisbatan tayziq, zo'ravonlik va kuch ishlatish holatlari kuzatilmoqda. Bu holatda ko'pincha oilaviy mojarolar ko'rinishida bo'lib, ayol uzoq vaqt davomidagi kamsitish, tayziq va kuch ishlatishni oddiy turmush tarzi deb o'ylashi dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Mazkur muammo dunyo miqyosdagi ahamiyatga egaligi shundaki, jabrlanuvchilar o'zlariga yetkazilgan zararni oddiy hayot deb tushunishi, oilasining siri ovoza bo'lib ketmasligi yoki oila buzilib ketmasligi, ota-onasi yoki turmush o'rtog'ining obro'sini to'kmaslik uchun hech qayerga murojaat qilmasligi oxir-oqibat ayanchli oqibatlarga olib kelishidadir. Bugungi kunda jamiyat ijtimoiy munosabatlarda keng foydalanilayotgan so'z "Zo'ravonlik tushunchasi" nimani anglatadi? Zo'ravonlik tushunchasi - xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta'sir o'tkazish yoki bunday ta'sir o'tkazish choralarini qo'llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog'lig'i, jinsiy daxlsizligi, sha'ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g'ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik) tushuniladi [5].

Bugungi kunga kelib respublikamizda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish, hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash maqsadida taxminan 500 dan ortiq ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy -huquqiy qo'llab-quvvatlash masalalari bilan shug'ullanuvchi NNTlar faoliyat olib bormoqda. 2018 yilgi ma'lumotlarga qaraganda O'zbekiston Adliya vazirligi tomonidan 8700 dan ortiq NNT rasmiy ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lib, ularning 600 ga yaqini ayollar tashkilotidir. Birgina 2015-2017 yilgi ayollar NNTlari sonini o'sish ko'rsatkichini tahlil qiladigan bo'lsak, respublikamizda 2015 yilda 328 ta, 2017 yilda esa 595 ta ayollar NNTlari o'z faoliyatlarini olib borishgan [6]. Ushbu ma'lumotlar tahlilidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, mamlakatimizda oxirgi yillarda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosi hisoblangan 3-sektor, ya'ni NNT va ayniqsa ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati yanada jadallashib bormoqda.

Shuningdek hozirgi davrda butun dunyoda xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabiga aylanmoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 58-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli ekanliklari mustahkamlab qo'yilgan [7]. Ushbu konstitutsion normaning ijrosini ta'minlash maqsadida davlatimiz "Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risida"gi, "Xotin-

310

Tashkent State University of Economics

qizlarning siyosiy huquqlari to'g'risida"gi, "Bir xil qiymatga ega bo'lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni teng rag'batlantirish to'g'risida"gi konvensiyalarga qo'shilgan.

O'tgan yillarda yurtimizda ayollar huquqlari himoyasini tubdan kuchaytirishga doir 15 dan ortiq me'yoriy-huquqiy hujjat qabul qilingan va ijroga qaratilgan. Xususan, «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida»gi hamda «Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonunlar qabul qilindi.

Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi tashkil etildi. Alohida Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiya tashkil etilib, u xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi ishlarning holati to'g'risida har yili O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga axborot taqdim etishi belgilab qo'yildi.

Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, "O'zbekiston - 2030" strategiyasi mamlakatimiz rivojining muhim fundamental asoslarini o'zida qamrab olgan bo'lib, eng muhimi, mazkur hujjat xalqaro hamjamiyat oldida davlatimiz mavqei va obro'sini yanada mustahkamlashga, inson qadrini ulug'lashga xizmat qiladi. Chunki bugungi kunga kelib davlatimiz say'i-harakatlari bilan ayol mavqesini yanada yuksaltirish, hamda ularning davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bu chora-tadbirlarni amalga oshirish esa fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga bog'liq bo'lib, ularni ushbu jarayonga keng jalb etish va faolligini kuchaytirish davlatimiz ijtimoiy siyosatining istiqboldagi vazifalari sirasiga kiradi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T., 2021. - 247 bet.

2. https://lex.uz/ru/docs/6600413 - internet sayti.

3. https://adliya.uz/uzb/posts/ - internet sayti.

4. https://constitution.uz/uz/pages/humanrights - internet sayti.

5. "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida" O'RQ-561-sonli O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 02.09.2019.

6. O'zbekistonda ayollar tashkilotlari // O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi. T.:2018, 2-bet.

7. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2023. - 23 bet.

311

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.