YOSHLAR SIYOSATI VA XOTIN-QIZLARLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGI
Ostonov Oybek Aliqulovich
Tarix fanlari dokdori., dotsent. Toshkent davlat agrar universiteti "Gumanitar fanlar va huquq"
kafedrasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10876617
Annotatsiya. Ushbu maqolada Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mamlakatimizda amalga oshiralayotgan islohotlar, xotin-qizlar tadbirkorligi, otin qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish tajribalari keltirilgan bo'lib, hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda, xotin qizlarni raqamli biznes imkoniyatlaridan keng foydalangan holda o'z o 'zini bandligini ta'minlash, oilaviy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka, kasanachilikka va boshqa yo'nalishlariga tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: xotin-qizlar tadbirkorligi, gender tenglik, xotin-qizlar, tadbirkorlik, xotin-qizlar tadbirkorligi, ayollar tadbirkorligi, o'z o'zini bandqilish.
Abstract. In this article, the reforms implemented in our country to increase the sociopolitical activity of women in our country, women's entrepreneurship, the experiences of involving girls in business activities are presented, based on the requirements of the present time, women and girls should be educated using digital business opportunities. z has been analyzed in terms of self-employment, family business, crafts, homemaking and other areas.
Keywords: women's entrepreneurship, gender equality, women, entrepreneurship, women's entrepreneurship, women's entrepreneurship, self-employment.
Xotin-qizlarga bo'lgan munosabatning tubdan o'zgarishi, ularning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, munosib yashash va mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy-siyosiy faolliklarini oshirish, davlat boshqaruvidagi, muhim hukumat qarorlarini qabul qilishdagi ishtirokini faollashtirish, intellektual salohiyatini oshirish, o'z iqtidorlarini turli jabhalarda namoyon etishlari uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib berish, ijtimoiy masalalarni hal etish, yangi ish o'rinlarini yaratish, iqtisodiy sohada, tadbirkorlikda, fan va texnika taraqqiyotidagi o'rnini kengaytirish kabi masalalar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari sifatida e'tirof etildi. Haqiqatdan ham oxirgi 34 yil ichida mamlakatimizda gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror taraqqiyot dasturining eng asosiy tamoyillariga ham mosdir. Zero, BMTning barqaror taraqqiyot dasturida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy sohalarda faol ishtirok etishini ta'minlash masalasi alohida o'rin olgan.
Xotin-qizlar tadbirkorligi gender va ijtimoiy siyosatdagi ko'pgina muammolarni hal etish vositalaridan biriga aylanib bormoqda. U xotin-qizlarning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish va bandlik sohasida gender tengligiga erishish, kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini hamda moliyaviy mustaqillikni oshirishga xizmat qilmoqda. Xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari, xususan, "Tadbirkor ayol" assotsiatsiyasi va Respublika fermerlar uyushmasi qoshidagi "Tashabbuskor ayol" markazi bilan hamkorlikda xotin-qizlarning tadbirkorlik borasidagi faoliyatlarini qo'llab-quvvatlash, ularning bu boradagi tashabbuslarini rag'batlantirish, ushbu yo'nalishda yetarli bilim va malakaga ega bo'lgan ayollar imkoniyatlaridan foydalangan holda aholining turmush farovonligiga ijobiy ta'sir ko'rsatish, tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan va tadbirkorlikni endi bilmoqchi bo'lgan xotin-qizlarni zamon yangiliklariga mos va xos bilim, ko'nikma va malaka bilan shug'ullantirishi maqsadida o'qitish va qayta o'qitish,
tajriba almashish jarayonlarini tashkil etish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi . Jumladan, aholi bandligi va daromadlarini oshirishning eng samarali usullaridan biri oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirishga qaratildi. Bu borada hududiy xotin-qizlar qo'mitalari tomonidan muayyan ishlar bajarildi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyat hamda imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun kerakli bo'lgan shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risida PF-5325- sonli Farmoni e'lon qilindi [1.1]. Mazkur Farmon asosida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan, ta'lim muassasalarida rahbar ayollarning o'quv jarayonida samaradorligini oshirish sohasida olib borilayotgan ishlar tahsinga sazovordir. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi "Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-81-son Farmonida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat siyosatining 7 ta ustuvor yo'nalishi, shuningdek, Qo'mitaning asosiy vazifa hamda faoliyat yo'nalishlari belgilab berildi[2.2].
Umuman olganda, O'zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni va mavqeyini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Zero, jamiyat rivojini xotin-qizlarsiz, ularning ishtirokisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shu bois ayollarning oilada ham, davlat va jamoat ishlarida ham emin-erkin faoliyat yuritishlari, ularning huquq va manfaatlarini ro'yobga chiqarish yo'lida mamlakatmiz miqyosida qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda. Ayollarning mehnat huquqlarini himoya qilish, kafolatlarini kuchaytirish - ushbu yo'nalishda olib borilayotgan ishlarning eng muhim jihatlaridan biri. Xususan, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida uzoq muddat bola parvarishida bo'lgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar bo'yicha qayta tayyorlash ishlari olib borish, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagini bildirganlariga ko'maklashilib, biznes g'oyalarini tayyorlashda konsultativ yordam berish bugungi kun talabi bo'lib kelmoqda. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, bilim va kasbiy ko'nikmalar egallab, munosib ish topishlariga ko'maklashish, salomatligini saqlash, uy-joy masalalarini hal etish borasida tizimli ish olib borilmoqda.
"2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi"ning 4.2. qismida mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish alohida nazarda tutildi. 2018-yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili" Davlat dasturida, 2019-yil "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" Davlat dasturida, 2020-yil "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturida, 2021-yil "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili Davlat dasturida xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalash, ularni qo'llab-quvvatlash masalasiga alohida ahamiyat qaratilgan va bu maqsadlarga katta mablag'lar ajratildi. Bundan tashqari, 2019-yil mart oyida O'zbekiston Prezidentining "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha muhim besh tashabbus"
dasturi ham yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini qamrab oldi. Xususan, ushbu davlat dasturining beshinchi tashabbusi "Xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash" bo'yicha hududlarda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va ayollar bandligini ta'minlash dasturi loyihasi tayyorlangan. 2019-2020-yillarda respublikaning har bir tumanida yengil sanoat korxonalarini qurish va ayollarni band etish ko'zda tutildi. Bu borada yirik loyihalar tayyorlanib amalga tadbiq etildi.
Jumladan, "O'zbekiston - 2030" strategiyasida xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta'minlash maqsadida, birinchidan, gender tenglikni ta'minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish, ikkinchidan, jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo'ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, uchinchidan, "Ayollar daftari" bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish, mazkur ishlar bo'yicha jamoatchilik nazoratini o'rnatish ko'zda tutilgan[3.3].
O'zbekistonda xotin-qizlarning ta'lim olish jihatlariga alohida e'tibor qaratilib, qizlarning sifatli ta'lim olishi, kasb egallab, ishli bo'lishi uchun katta imkoniyatlar yaratilgan. Talabalarning 48 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda. O'tgan yili yo'lga qo'yilgan tizimga muvofiq, 950 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar oliy ta'lim muassasalariga davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan. Shu bilan birga, bugungi kunda 1 ming 400 ga yaqin ayollar respublika va viloyatlar, 43 mingdan ziyodi tuman va shaharlar darajasidagi rahbarlik lavozimlarida ishlab kelmoqda. Mamlakatimiz mehnat potensialining asosiy qismini ayollar tashkil etishini hisobga olsak, ularning ish bilan bandligini ta'minlash dolzarb masalalardan biridir. Xotin-qizlarni bandligini ta'minlashda ular uchun qulay sharoitlarda yangi ish o'rinlari joriy etishni nazarda tutadi® Bunda hududlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib, xotin-qizlarning talab va istaklari inobatga olinib mavjud korxonalarda bo'sh va zahiralangan ish o'rinlariga joylashtirish, jamoat ishlariga jalb etish va subsidiyalar ajratish orqali o'z-o'zini band etish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari ularga imtiyozli kreditlar va to'g'ridan-to'g'ri moliyaviy yordam berish orqali yangi kichik biznes sub'yektlari faoliyatini yo'lga qo'yish mexanizmlariga urg'u berilmoqda[4.51].
Ayollarning mehnat huquqlarini himoya qilish, kafolatlarini kuchaytirish - ushbu yo'nalishda olib borilayotgan ishlarning eng muhim jihatlaridan biri. Xususan, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida uzoq muddat bola parvarishida bo'lgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar bo'yicha qayta tayyorlash ishlari olib borish, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagini bildirganlariga ko'maklashilib, biznes g'oyalarini tayyorlashda konsultativ yordam berish bugungi kun talabi bo'lib kelmoqda. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, bilim va kasbiy ko'nikmalar egallab, munosib ish topishlariga ko'maklashish, salomatligini saqlash, uy-joy masalalarini hal etish borasida tizimli ish olib borilmoqda. —Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal qilish, tikuvchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, parrandachilik va ekin maydonlaridan yer ajratish orqali ularning bandligini ta'minlash bo'yicha tizimli ishlar qilinmoqda[5.12].
Xulosa qilib aytganda, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mamlakatimizda amalga oshiralayotgan islohotlarning muhim omili hisoblanadi. Ayollar
tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash borasidaa amalga oshirilayotgan choratadbirlar, yangi ish joylari tashkil etilishiga, aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishga, yalpi ichki mahsulotni ko'paytirishga, import qilinayotgan mahsulotlar salmog'ini kamayishiga, eksportbop tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga, ichki bozorni tovarlar biln to'ldirishga, xizmatlar sifatini oshirishga hamda respublikamizda erkin raqobat muhitining rivojlanib borishiga xizmat qiladi. Ayol baxtli bo'lsa oilada va jamiyatdagi muhit barqaror bo'ladi. Barqarorlik bor joyda esa ulkan-ulkan marralarni ko'zlab yuksakka intilish mumkin. Bu yo'nalishdagi sa'y-harakatlar samaradorligini ta'minlashda esa davlat fuqarolik xizmatida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ayol - oila ustuni va jamiyat ko'rki. Oilalarimiz tinch va farovon bo'lsa, jamiyatimiz, davlatimiz ham mustahkam oilalar negiziga qurilgan davlat bo'ladi.
REFERENCES
1. Узбекистан Республикаси Президентининг 2018 йил 2 февралдаги "Хотин-кизларни куллаб- кувватлатлаш ва оила институтини мустах,камлаш сохдсидаги фаолиятни тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида"ги ПФ-5325-сон Фармони.
2. https://ijtimoiy.uz/2103/
3. https://uza.uz/oz/posts/davlat-fuqarolik-xizmatida-xotin-qizlarning-ijtimoiy-siyosiy-faolligini-oshirish-muhim-vazifa_531248
4. Axmedova D.Q. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xotin-qizlar bandligini ta'minlashning asosiy yo'nalishi //"Экономика и социум" №10 (89) 2021. -B.51
5. Ahmadjonova D. Mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar// Vol. 2 No. 14 (2022): INNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE 2022.