Научная статья на тему 'XOTIN-QIZLARNING ILM-FANDAGI O‘RNI YUKSALISHIDA O‘ZBEKISTONDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR'

XOTIN-QIZLARNING ILM-FANDAGI O‘RNI YUKSALISHIDA O‘ZBEKISTONDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
78
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Conferences
Область наук
Ключевые слова
ilm-fan / gender tenglik / xotin-qizlar / biznes / ta’lim / davlat. / наука / гендерное равенство / женщины / бизнес / образование / государство.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Tahir Abdukarimovich Urkinboev

Xotin-qizlarning fandagi o‘rni O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish omili sifatida xizmat qiladi. Yurtimizda xotin-qizlarning ta’lim olishi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Jamiyatda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida gender tenglikni amalga oshirish siyosatini yanada kengroq targ‘ib etish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish muhim vazifa kasb etadi. Xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish O‘zbekistonda ilm-fan rijojlanish bosqichlaridan biridir. Yuqorida sanab o‘tilgan islohatlar respublikamizdagi xotin-qizlarning rivojlanishida ijobiy samara beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В УЗБЕКИСТАНЕ ПРОВОДЯТСЯ РЕФОРМЫ ПО ПОВЫШЕНИЮ РОЛИ ЖЕНЩИН В НАУКЕ

Роль женщин в науке служит фактором повышения международного престижа Узбекистана. В нашей стране широко открыты двери возможностей для женщин получить образование, начать бизнес и найти своё место в обществе. В целях обеспечения прав и законных интересов женщин в обществе важной задачей является продвижение политики реализации гендерного равенства, повышение социальной и политической активности женщин, реализация реформ по их поддержке. Всесторонняя поддержка женщин в получении образования и профессиональных навыков, поиске достойной работы, поддержке их предпринимательства, выявлении талантливых молодых женщин и правильном направлении их способностей является одним из этапов развития науки в Узбекистане. Перечисленные выше реформы окажут положительное влияние на развитие женщин в нашей республике.

Текст научной работы на тему «XOTIN-QIZLARNING ILM-FANDAGI O‘RNI YUKSALISHIDA O‘ZBEKISTONDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR»

DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-6-39-45

Pages: 39-45

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS

4th INTERNATIONAL CONFERENCE

XOTIN-QIZLARNING ILM-FANDAGI O'RNI YUKSALISHIDA O'ZBEKISTONDA

OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR

Tahir Abdukarimovich Urkinboev

dotsent, iqtisodfanlari nomzodi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O'zbekiston E-mail: urkinbaev2 6@mail. ru

_MAQOLA HAQIDA_

Kalit so'zlar: ilm-fan, Annotatsiya: Xotin-qizlarning fandagi o'rni

gender tenglik, xotin-qizlar, O'zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish omili sifatida biznes, ta'lim, davlat. xizmat qiladi. Yurtimizda xotin-qizlarning ta'lim olishi,

tadbirkorlik faoliyatini boshlashi, jamiyatda o'z o'rnini topishi uchun imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Jamiyatda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash maqsadida gender tenglikni amalga oshirish siyosatini yanada kengroq targ'ib etish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo'llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish muhim vazifa kasb etadi. Xotin-qizlarning ta'lim va kasbiy ko'nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko'maklashish, tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to'g'ri yo'naltirish O'zbekistonda ilm-fan rijojlanish bosqichlaridan biridir. Yuqorida sanab o'tilgan islohatlar respublikamizdagi _xotin-qizlarning rivojlanishida ijobiy samara beradi._

REFORMS BEING CARRIED OUT IN UZBEKISTAN TO INCREASE THE ROLE OF

WOMEN IN SCIENCE

Takhir Abdukarimovich Urkinboev

associate professor, candidate of economic sciences Tashkent State University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan E-mail: urkinbaev2 6@,mail. ru

ABOUT ATRICLE_

Abstract: The role of women in science serves as a factor in increasing the international prestige of Uzbekistan. In our country, the door of opportunities for women to get an education, start a business, and find their place in society is wide open. In order to ensure the rights and legal interests of women in society, it is an important task to promote the policy of implementing gender equality, increase the social and political activity of women, and implement reforms to support them. All-round support for women to get education and professional skills, to find a decent job, to support their entrepreneurship, to identify talented young women and to properly direct their abilities Science in Uzbekistan - science is one of the stages of development. The reforms listed above will have a positive effect on the development of women in our republic._

В УЗБЕКИСТАНЕ ПРОВОДЯТСЯ РЕФОРМЫ ПО ПОВЫШЕНИЮ РОЛИ

ЖЕНЩИН В НАУКЕ

Тахир Абдукаримович Уркинбоев

доцент, кандидат экономических наук Ташкентский государственный университет востоковедения Ташкент, Узбекистан E-mail: urkinbaev2 6@ mail. ru

О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: Аннотация: Роль женщин в науке служит

наука, гендерное равенство, фактором повышения международного престижа женщины, бизнес, Узбекистана. В нашей стране широко открыты двери

образование, государство. возможностей для женщин получить образование,

начать бизнес и найти своё место в обществе. В целях обеспечения прав и законных интересов женщин в обществе важной задачей является продвижение политики реализации гендерного равенства, повышение социальной и политической активности женщин, реализация реформ по их поддержке. Всесторонняя поддержка женщин в получении образования и профессиональных навыков, поиске достойной работы, поддержке их предпринимательства, выявлении талантливых молодых женщин и правильном направлении их способностей является одним из этапов развития науки в Узбекистане. Перечисленные выше реформы окажут положительное влияние на развитие _женщин в нашей республике._

Kirish. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, ilmiy faoliyatga keng jalb etish, bandligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 2015-yil 22-dekabrda BMT Bosh Assambleyasining

Key words: science, gender equality, women, business, education, state.

70-sessiyasida 11-fevral "Ilm-fandagi ayollar va qizlar xalqaro kuni" deb rasman e'ion qilindi va 2016-yildan boshlab bu sana dunyoning ko'plab mamlakatlarida har yili keng nishonlanib kelinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilm-fan va ta'lim sohasini rivojlantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga k o'tarish maqsadida yosh qizlarni chuqur bilimli, yuksak madaniyat va ma'naviyatli shaxs sifatida tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishda katta rol o'ynaydi deb bejiz ta'kidlamagan [8, b.67].

Asosiy qism. Ayni paytda mamlakatimizda ilm-fan sohasida 5 ming nafarga yaqin olimlar faoliyat ko'rsatmoqda, oliy o'quv yurtlarida 14 mingdan ortiq, ta'lim muassasalari da 4 millionga yaqin xotin-qizlar tahsil olmoqda. Bugun xotin-qizlar ta'lim, madaniyat va ilm-fan rivojiga katta hissa qo'shmoqda. Prezidentimiz tomonidan keyingi besh yilda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va turmush sharoiti yaratishga qaratilgan 30 dan ortiq me'yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Kuzatuvlar natijasi shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda olima ayollar erkaklarga qaraganda ilmga osonroq kirishib, intizom bilan ishlashadi [3, b.172]. Gap shundaki, hozir jamiyat ayollarga ham oilani barqarorligini saqlashda, ham ta'lim olishda, ham ilm bilan shug'ullanishda birmuncha qiyin ekanidan "xavotir"da va ular hayotini har tomonlama yengil lashtirishga, ularga e'tibor qaratishga, ularni u yoki bu faoliyat bilan shug'ullanishga jalb qilishga harakat qilmoqda.

qizlar xalqaro kuni" deb rasman qabul qilingan rezolyutsiyasi dunyoning barcha davlatlarini mavjud muammoga e'tibor qaratishga, fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi gender nomutanosibligi sabablarini aniqlashga, shuningdek, ayollar va qizlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish bo'yicha tadbirlar dasturlarini tashkil etishga chaqiradi [9].

Ushbu Rezolyutsiyaning maqsadi ayollar va qizlarning ilm-fandan to'liq va teng foydalanishi va ishtirok etishi, shuningdek, gender tengligi hamda ayollar va qizlarning huquq va

YuNESKO bosh direktori Odri Azulepo xonimning Xalqaro fandagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan yozgan maktubida "Ayollarga erkaklar bilan mutlaqo teng huquqlar berish sivilizatsiyalashgan dunyoning eng ishonchli belgisi bo'ladi va insoniyatning intellektual kuchini ikki baravar oshiradi" degan gaplari yozilgan edi. BMTning "Ilm-fandagi ayollar va

imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Qolaversa, ushbu kunning nishonlanishi xotin-qizlarrning fan-texnika sohasida muhim o'rin tutayotgani, ularning faolligini yanada kengaytirish zarurligini eslatib turadi.

Zero, bundan ikki asr avval Stendal taxallusi bilan tanilgan Anri Beyl gender tengligi nafaqat adolat qaror topishi, qadr-qimmatni hurmat qilish, balki ilm-fan va inson bilimi rivoji uchun ham naqadar zarur ekanligini oldindan bilgan edi.

XIX asrdan boshlab sezilarli yutuqlarga erishilganiga shubha yo'q. Ammo tan olishimiz kerakki, gender tengsizligining turli ko'rinishlari umuman dunyoda ham, xususan, ilmiy jamoatchilikda ham juda sezilarli [6, b.14].

2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo' yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi O'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarorida ilm-fan va gender tengligi rivojlanish maqsadlariga erishishning ajralmas qismi ekanligi ta'kidlangan [2].

Oxirgi 15 yil ichida jahon hamjamiyati ayollar va qizlarni ilm-fanga jalb etish borasida sezilarli yutuqlarga erishdi. Shunga qaramay, ayollar va qizlar bu sohada hali ham cheklovlarga duch kelishmoqda [4, b.11]. Garchi ilm-fan va gender tengligi barqaror rivojlanishga erishish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lsa-da, YuNESKO Statistika instituti tadqiqotiga ko'ra, matematika fanidan qizlar o'g'il bolalar kabi yaxshi natija ko'rsatsa ham, ayollar ilmiy tadqiqotchilarning atigi 30 foizini tashkil qilar ekan.

Farzandli bo'lgandan keyin, ilm-fan sohasida ayollar kamsitishlarga ko'proq duch kelishadi. Uzoq vaqt davomida harakatsizlik uchun ba'zi muassasalar o'z xodimlarini jarimaga tortadi, ularning reytingini pasaytiradi [5, b.148]. Britaniya universitetlaridan biri bu masalani o'rganib chiqdi va ma'lum bo'ldiki, jarimaga tortilgan olimlarning 100 foizi kichik bolali onalar edi.

Shuni ta'kidlash kerakki, intellektual va ijodiy salohiyatga ega ayollar hamon doimiy tengsizlik yoki noto'g'ri qarashlar qurboni bo'lib kelmoqda. YuNESKO Bosh direktori Odri Azule ta'kidlaganidek: "Tarixda va bugungi kungacha ilm-fan ayollar unutilgan ko'plab sohalardan biridir. Bu holat ayollar va erkaklar o'rtasidagi tengsizlikning davom etishiga olib keladi. Eng avvalo, ta'lim barcha imkoniyatlarning asosi sifatida, qizlar va ayollarga e'tibor qaratish hamda ilm-fan tizimidagi tengsizlikka qarshi kurashish muhim". Shuning uchun YuNESKO ayol olimalar va tadqiqotchilarning karyeralarini faol ravishda targ'ib qiladi, masalan, L'Oreal - YuNESKOning ilm-fan sohasida ayollar mukofoti, bu mukofot taniqli olimalarga beriladi.

Keyingi yillarda O'zbekistonda xotin-qizlarning davlat tuzilmalari va jamoat ishlarida keng ishtirok etish masalalari hal etilib, ularga o'z sohalarida rivojlanishlari uchun sharoitlar yaratildi. Ayol-qizlar faoliyatning barcha yo'nalishlarida tobora yetakchi o'rinlarni egallab, ta'lim, madaniyat va ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo'shmoqdalar.

Natijalar va muhokama. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari tomonidan 2022 yil noyabr oyida o'zbek ayollarining martabaga erishish imkoniyatlarini o'rganish, martabasi oshishi yo'lidagi asosiy muammolarni aniqlash maqsadida ishlaydigan ayollar o'rtasida so'rov o'tkazib natijalarni tahlil qildilar. Unda turli sohalarida faoliyat yurituvchi 16-65 yosh oralig'idagi l300 nafar ayol (N=300) ishtirok etdi. Respondentlarning o'rtacha yoshi 36 yosh. So'rovda oliy ma'lumotli (68%), ilmiy darajaga ega (13,6%), o'rta maxsus (20,6%) va umumiy ma'lumotli (7%) ayollar ishtirok etdi. Respondentlardan 65,8% ining ikki nafar va undan ortiq farzandi bor, 25%i turmush qurmagan yoki ajrashgan.

IFMR

O'ZBEK AYOLINING MARTABAGA ERISHISH IMKONIYATLARI

AYOLLARNING QARIYB 40 FOIZI

RAHBARLIK LAVOZIMLARIGA TAYINLASHDA ERKAKLARGA AFZALUK BERILADI», DEB HISOBLAYDI

RESPONDENT LAR ISHLAYOTGAN KOMPANIYALARDA RAHBAR AYOLLARNING O'RTACHA YOSHI 38,6 GA TENG

AYOLLAR KUNIGA TAXMINAN 4 SOAT VAQTINI UY YUMUSHLARIGA SARFLAYDI

AYOUARNING MEHNAT BOZORIDAGI ISHTIROKI BIRINCHI NAVBATOA ULARNING OILAVIY AHVOLIGA BOG'LIQ"

RESPONDENTLARNING 68,4* FOIZI «ERKAKLARGA NISBATAN AYOLLARNING MARTABAGA ERISHISHI ANCHA QIYIN», DEB HISOBLAYDI*

ERKAKLAR UY ISHLARIGA O'RTACHA 1 SOAT VAQT SARFLAYDI (SO'ROVDA ISHTIROK ETGAN AYOLLARNING FIKRIGA KO'RA)

•SO'ROV NATI JALARI "EKONOMETRIK TAHLIL NATIJALARI

2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risidagi O'zbekiston respublikasi prezidentining farmonida gender tenglikni ta'minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo'llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish, xotin-qizlarning ta'lim va kasbiy ko'nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko'maklashish, tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to'g'ri yo'naltirish kabi vazifalar belgilab qo'yilgan [1].

Respublikamizdagi fan va ta'lim muassasalarida 700 nafardan ortiq ayol fan doktori, olti nafar akademik faoliyat yuritmoqda. O'zbekistonlik olima ayollar kimyo, biotexnologiya,

qishloq xo'jaligi va boshqa ko'plab sohalarda o'zini namoyon qildi. Ularning intellektual mehnati xorijiy ilmiy markazlar tomonidan yuqori baholanmoqda [7, b.23]. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan 240 nafar qizning 42 nafari ta'lim sohasida, 24 nafari ilm-fan sohasida o'z xizmatlarini ko'rsatdi.

Yosh xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularga motivatsiya berish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalar hamda tuman-shahar bo' limlari qoshida, shuningdek, barcha mahallalarda "Qizlar ovozi" klubi faoliyati yo'lga qo'yildi. Bu orqali xotin-qizlar bilan "mahallabay" ishlash tizimini takomillashtirish ko'zda tutilgan.

Oily ta'lim muassasalarida magistraturada o'qiyotgan xotin-qizlarning shartnoma pullari davlat tomonidan to'lab berilyapti, kamida 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun oily ta'limda alohida kvota ajratilmoqda. Joylarda yoshlar kasb-hunarga bepul o'rgatmoqda. Bu orqali qanchadan-qancha qizlar hayotda o'z o'rnini, daromad manbayini topyapti. Opa-singillarimiz subsidiya asosida mehnat qurollari olib, o'z-o'zini band qilyapti.

Bundan tashqari, 2023 yilda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Qizlar ovozi klubi bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishi olib borayotgan barcha yosh ayol-qizlar uchun to'liq moliyalashtiriladigan "Ilm-fan oromgohi" loyihasini taqdim etdi. U yerda Respublikamizning olima ayollari, turli sohalarda yutuqlarga erishgan ayollar ishtirokida ilmiy seminarlar tashkil etildi. Bu kabi loyihalar yosh ayol-qizlarni ilmiy tadqiqot ishlarini natijadorligini oshirish, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli talaba qizlarni izlab topish, ularni rag'batlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqishlarini orttirish va ilm-fanga jalb qilishda yo'lchiroq vazifasini bajaradi.

Xulosa. Xulosa qilib aytganda, Vatanimizning barqaror rivojlanishiga sog'liqni saqlashni yaxshilashdan tortib, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishgacha bo'lgan muammolarni sifatli hal qilishda xotin-qizlar ishtirokisiz erishib bo'lmaydi. Bu ayollarni ushbu sohalarga yanada ko'proq jalb etish demakdir. Oila institutining bosh qahramoni ayol ham ta'lim olishga, ilm-fan rijovlanishiga hissa qo'shishga mutlaqo haqli. U ham oila tichligini saqlab, farzandlari salomatligini asrab, ilm bilan shug'ullanib ona yurtini rivojlantira oladi. Bejizga ayol dunyoni tebratadi deb aytishmagan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 83-sonli "2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha qo' shimcha chora-tadbirlar" to'g'risidagi qarori.

3. Барчунова Т.В., Мешанин Ю.М. К вопросу об идеале рациональности и так называемом женском стиле мышления в науке // Вечные философские проблемы. — Новосибирск: Наука. Сиб. отд -ние, 2011. — С. 172.

4. ^урбонова Г.М. Гендер тенглик ва фарклар асосида таълим бериш имкониятлари // Современное образование (Узбекистан). 2015. №12.

5. Клименкова Т.А. Философские проблемы неофеминизма 2000 -х годов // Вопросы философии. — М., 2009. — N 5. — С. 148.

6. Мак К. Карьера женщин в науке, научных исследованиях и разработках // Высшее образование в Европе. — М., 2002. — Т. 17, N 2. — С. 14-15.

7. Тураев М.О. цифровые технологии в развитии экономического интеграционного взаимодействия // Большая Евразия: развитие, безопасность, сотрудничество. 2022. №5-1.

8. Уркинбаев Т. А. Внедрение современных инструментов икт в развитии туризма //журнал инновации в экономике. - 2023. - Т. 6. - №. 4.

9. UNESCO Strategy for gender equality in and through education (2019-2025).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.