ILM-FAN TARAQQIYOTIDA XOTIN - QIZLAR VA ULARNING IJTIMOIY
FAOLLIGI Zokirova Dilnoza Nematillaevna
Namangan muhandislik-qurilish instituti, katta o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.10659008
Annotatsiya. Maqolada ayollarning ilmiy faoliyatda nufuzi va o 'mini yanada oshirishga daxldor masalalar - olimalarga ijtimoiy muammolarni o'z vaqtida hal etishga ko'maklashish, tadqiqotlarni amalga oshirishning tashkiliy imkoniyatlarini yaratish, ilmiy faoliyatda gender diskriminatsiya muammosiga barham berish, olima ayollar uchun ilmiy nufuzli mukofotlar ta'sis etish, tadqiqot grantlari, xorijiy stajirovka dasturlarini kengaytirish, olimalarning akademik mobilligini oshirish, innovatsion g'oyalarni tijoratlashtirish, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash loyihalarini yo 'lga qo'yish, ilm-fanni ijtimoiy taraqqiyotning drayveri va generatoriga aylantirish sohaning bundan keyingi rivojida samarali yechimlari masalasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati tog'risida ma'lumotga ega bo'lamiz.
Kalit so'zlar: liderlik, tashkilotchilik, tadbirkorlik, gender tenglik, xotin - qizlar, ayollarga e 'tibor, ta'lim, bandlik, kasb - hunar.
Аннотация. В статье рассматриваются вопросы, связанные с дальнейшим повышением престижа и положения женщин в научной деятельности - оказанием помощи ученым в своевременном решении социальных проблем, созданием организационных возможностей для проведения исследований, прекращением проблемы гендерной дискриминации в научной деятельности, награждением престижных научных премии для женщин-ученых, исследовательские гранты, расширение программ зарубежных стажировок, повышение академической мобильности ученых, коммерциализация инновационных идей, создание проектов социальной поддержки, превращение науки в драйвер и генератор социального развития эффективно в дальнейшем развитии области мы получит информацию о государственной политике, реализуемой в вопросе решения.
Ключевые слова: лидерство, организация, предпринимательство, гендерное равенство, женщины - девушки, внимание к женщинам, образование, трудоустройство, профессия.
Abstract. The article discusses issues related to further increasing the prestige and position of women in scientific activity - providing assistance to scientists in the timely solution of social problems, creating organizational opportunities for research, ending the problem of gender discrimination in scientific activity, awarding prestigious scientific prizes for women scientists, research grants, expansion of foreign internship programs, increasing the academic mobility of scientists, commercialization of innovative ideas, creation of social support projects, turning science into a driver and generator of social development, effectively in the further development of the region we will receive information about government policies implemented in the matter of decision.
Keywords: leadership, organization, entrepreneurship, gender equality, women - girls, attention to women, education, employment, profession.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ta'minlash, munosib mehnat va turmush sharoitini yaratish, intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish, jamiyatning ijtimoiy hayoti va davlat qurilishidagi ishtirokini yuksaltirish, liderlik, tashkilotchilik, tadbirkorlik qobiliyatini qo'llab-quvvatlash borasida keng ko'lamli ishlar
amalga oshirilmoqda. Jamiyat hayotining turli jabhalarida gender tenglikni ta'minlashga e'tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev "Biz uchun muqaddas bo'lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o'zaro hurmat muhitini yaratish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to'ldirishdan iborat bo'lmog'i zarur", deb alohida ta'kidlagan [1]. Buyuk ma'rifatparvar Abdurauf Fitrat: "Farzandlarimizni yaxshi xulq egalari qilib tarbiyalashimiz uchun avvalo, millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim", deb yozgan edi. Biz Uchinchi Renessans poydevorini qurish, jamiyatda yangi ma'naviy makon yaratish haqida gapirar ekanmiz, bu ishlarni otalar, onalar, ustozlar ma'naviyati bilan uzviy amalga oshirishimiz zarur. Bugun biz ochiq jamiyatda yashayapmiz. Bu imkoniyatdan to'g'ri foydalanib, ilg'or g'oyalarni o'zlashtirishimiz kerak. Lekin, milliy qiyofamizga putur yetkazadigan illatlardan ehtiyot bo'lishimiz, o'zligimizni yo'qotmasligimiz shart" [2].
Yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj xotin -qizlarimizni bugun faol qilib, qiyin vaziyatida ularni o'qitib, kasb - hunarli qilib, muammolarini o'zlari yengishga asosiy e'tibor qaratilmoqda, va ijtimoiy xodim sifatida bu bizning ustuvor maqsadimiz. Zamonamizni o'tmish tarix bilan taqqoslasak, xotin - qizlarimizning bugungidek erkinligi, huquq va imkoniyat jihatidan tengligi taqsinga sazovordir. Bugun xotin - qizlarimiz uchun mavjud imtiyozlarni ko'rib chiqamiz.
Xotin- qizlar o'qishga kirishida qo'shimcha davlat granti va imtiyozli kreditlar.
- Kam ta'minlangan oilalardagi xotin qizlar;
- To'liqsiz oilada tarbiyalanayotgan yoxud ota - onasining ikkisi ham vafot etgan ijtimoiy himoya muhtoj qizlar;
- Turmush o'rtog'i vafot etgan. Voyaga yetmagan farzandini yolg'iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
- Nogironligi bo'lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin - qizlar.
Yuqoridagi ehtiyojmand toifalarga tavsiyanoma Mahalla va Nuroniylarni qo'llab -quvvatlash vazirligi tomonidan beriladi hamda bu toifalar "Ayollar daftari" ga ham tegishlidir. "Ayollar dafari" ga 30 yoshdan oshgan xotin va qizlarimizni qamrab oladi. Qo'llab - quvvatlash asosan (moddiy tomonlama, natura shaklida, dori- darmon bilan ta'minlsh, jarroxlik amaliyoti uchun mablag'lar bilan qo'llab - quvvatlash) ni o'z ichiga oladi. OTM uchun 4 % kvotani olishi mumkin. Bundan tashqari 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938 "Jamiyatda ijtimoiyma'naviy muhitni sog'lomlashtirish mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oil ava xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni qabul qilindi [3]. Bunda yordamga muhtoj va og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo'lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, xotin-qizlarning bandligi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, qishloq joylarda xotin-qizlarning oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilikka jalb qilishga ham atroflicha to'xtab o'tilgan. Aytishimiz joizki, 2019-yil 2-sentabrda "Xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquq va hamda imkoniyatlar kafolatlari" to'g'risidagi qonun mavjud bo'lib, 5- moddasida jins bo'yicha kamsitishga yo'l qo'ymaslik, ya'ni har bir faoliyat turida ayollarimiz erkaklar kabi istgan kasbida ishlashi va o'z karyerasini tashkil qilishi mumkin. Hozirda yangilanayotgan bosh qomusimiz hisoblangan Konstitutsiyamizning yangi tahririning 58-moddasida-xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlaydi [4].
Xo'sh, aslida erkak va ayol rahbarlar muvaffaqiyatga erishishlarida ma'lum darajada tafovut mavjud .Taniqli daniyalik olima F.Denmark katta hajmdagi tatqiqotlar natijasida shunday xulosaga keldiki, hususan insoniy munosabatlar, kongilchanlik, boshqaruvda demokratik tamoyillarga suyanish ayollarda ko'proq uchraydi. Va bu ko'rsatkichlar ma'lum ma'noda ijobiy omilni ifodalaydi. Mamlakatimizda 7 mln dan ortiq ishchi, xizmatchi, talabalarni o'zida mujassamlashtirgan 14 ta yirik kasaba uyushmalari a'zolarining yarmidan ko'pini ayollar tashkil etadi. Ko'rishimiz mumkunki, davlat boshqaruvi faoliyatida xotin - qizlarimizdan "Deputat", "Vazir", "Senator", "Vazir o'rinbosari", "Akademik", "Tadbirkor", "Direktor", lavozimlarda faoliyat olib borayotganlari gender tengligining yaqqol misolidir . 2030 - yilga qadar tenglik strategiyasi orqali barcha uchun teng huquq va sifatli ta'limni ta'minlash, qizlarning oliy ma'lumotga ega bo'lishi , zo'ravonlikka yo'l qo'ymaslik kabi masalalarni qamrab olgan. 2023 -o'quv yilidan boshlab, magistraturada o'qiyotgan barcha xotin- qizlarning kontrakt pullarini to'liq budjetdan qoplab berish uchun har yili 200 mlrd so'm mablag' va doktaranturada ilmiy tadqiqotlar olib borishlari uchun xotin - qizlarga har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratilyapti.
2022 - 2026 -yillarga xotin -qizlar ta'limini qo'llab -quvvatlash dasturi qabul qilinishi ko'zda tutilmoqda. 2021 -yilda ayollar tadbirkorligi dasturi doirasida mingdan ziyod xotin -qizlarga oilalar tadbirkorligi doirasida 200 mingdan ziyod loyihalarga 2 trillion kredit va subsidiya ajratilib, 320 ming xotin - qizlar doimiy ish o'rinlariga ega bo'ldi. 2021 -yilda 190 ming nafar ayollar kasb - hunargao'qitildi. Bundan tashqari, 4 mingdan ziyod xotin -qizlarga uy -joy to'lovining boshlang'ich badaliga mablag' ajratilmoqda. Yildan yilga inson qadri yuksak darajalarga ko'tarilmoqda.
2020- yil 1 - iyuldan o'zini - o'zi band qilgan shaxslar ro'yxati shakllantirildi. Bunda xotin - qizlarimizni hamshiralik ishi o'zini o'zi band qilish faoliyati turi hisoblanadi [5]. Mazkur faoliyatni o'rta tibbiy yoki oliy hamshiralik ishi yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotga ega tegishli axborot tizimida ro'yxatdan o'tgan shaxslar amalga oshiradi. Har bir hududda o'z - o'zini boshqarish orgonlarida "Ijtimoiy himoya yagona reeystr" elektron tizimi tashkil etilgan. Mazkur tizimda har bir tumandagi MFY da istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan oilalar, ishsiz xotin -qizlar, ijtimoiy yordamga muhtoj yolg'iz ayollar ro'yxati shakllantirilgan bo'ladi. Bu jarayon bilan mahallada xotin qizlar faoli ehtiyojmand ayol qizlarimizni har tomonlama qo'lab - quvvatlaydi. Ushbu yordam ijtimoiy psixologik, huquqiy, sog'lom turmush tarzini ta'minlash, tibbiy - ijtimoiy xizmatlar sifati shu kabi yoki yanada jiddiy muammolarini aniqlash va manzilli ko'mak berishni o'z vakolatiga oladi.
Ma'lumki, har qanday madaniyat gender neytral emas. Gender tushunchasi madaniyatga singib ketgan, boshqacha qilib aytganda, madaniyat - bu qadriyatlar va me'yorlar, munosabat va stereotiplar to'plami, ijtimoiy tarkibga kiritilgan, jinsga qarab belgilanadigan xatti-harakatlar va ijtimoiy o'zaro ta'sirlar majmui.
Tamaddun evolyutsiyasi kontekstida muayyan etnik-ijtimoiy tafakkur ko'p asrlar mobaynida shakllanadi. Tarixda turli davrlarda ayollarga nisbatan zulm ko'rinishlari mavjud bo'lgan. Arabiston yarim orolida qiz bolalarni tiriklayin ko'mish kabi johiliyat davrining shafqatsiz odatlari hukm surgan. Hindistonda eridan mahrum bo'lgan ayol ham tiriklayin gulxanda yoqilishga mahkum bo'lgan. Qadimgi Xitoyda qiz bolaning tug'ilishiga falokat sifatida qaralgan.
Rim davlat arbobi va huquqshunosi Emiliy Papinian ayollarning jamiyatdagi mavqei to'g'risida quyidagicha yozgan: "Qonunchiligimizning umumiy qoidalariga ko'ra, ayollarning mavqei erkaklarnikidan yomonroqdir" (Digestlar). Erkin bo'lsa ham, ayol hali ham fuqarolik "erkinliklari" ga ega emas edi. Masalan, u armiyada xizmat qila olmaydi, yig'ilishlarda ovoz
berolmaydi, davlat lavozimiga saylana olmaydi, sudya yoki prokuror bo'la olmaydi, har qanday uchinchi tomonning advokati sifatida sud jarayonini o'tkazish huquqiga ega emas.
"Amerikada demokratiya" asarining muallifi, XIX asr fransuz gumanisti va faylasufi Aleksis de Tokvil bu xususda shunday fikr yuritadi: "Ba'zilar erkak va ayolni nafaqat tengligi, balki yaxlit ekanini ta'kidlaydilar. Ular erkak va ayolga bir xil huquqlarni beribgina qolmay, bir xil majburiyatlarni ham ularning zimmasiga yuklaydilar. Ular erkak va ayolni bir xil fikrlashi, mehnat qilishini istaydilar. Bu yaxshilikka olib kelmaydi, erkak va ayolning jins sifatida inqirozini keltirib chiqaradi, zaif erkaklarni va kuchli ayollarni paydo qiladi".
Sharq qadriyatlarida ayol doimo erkak kishiga do'st, yor, oqila, mehribon, oilaviy tinchlikning rahnamosi sifatida ulug'langan.
Ayollarning oila va jamiyatdagi roli, xususan, farzand tarbiyasi va ijtimoiylashuvidagi ahamiyati mutafakkirlar tomonidan e'tirof etilgan.
Abu Rayhon Beruniy o'z qarashlarida oila tinchligi bevosita oqila, aqlli, farosatli, tarbiyali ayollar qo'lida ekanligiga alohida ahamiyat qaratgan. Ma'rifatparvar adib Abdulla Avloniy: "Qizlar bilim olishga hammadan ko'proq intilishlari lozim, zero, bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni tarbiyalaydilar", deya ta'kidlaydi.
Butun dunyoda xotin-qizlarning fan, texnika va innovatsion yutuqlardan teng va to'laqonli foydalanishlariga imkoniyatlar yaratish, mazkur sohada gender tenglikni ta'minlash BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2015 yil 22 dekabrda qabul qilingan "Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar" to'g'risidagi A/RES/70/212 - sonli rezolyutsiyada o'z aksini topgan. Mazkur rezolyutsiyaga ko'ra, 2016 yildan boshlab har yili 11 fevral "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni" (International Day of Women and Girls in Science) sifatida nishonlanadi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, ayollarning ilm-fandagi ishtirokiga e'tibor qaratish va qo'llab-quvvatlashdan iborat.
Yangi O'zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni ta'minlash, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash bo'yicha ishlar yangi bosqichga ko'tarildi. Xalqaro mehnat tashkilotining "Bir xil qiymatga ega bo'lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni teng rag'batlantirish to'g'risida"gi, "Onalikni muhofaza qilish to'g'risida"gi, "Mehnat va mashg'ulotlar sohasidagi kamsitishlar to'g'risida"gi konvensiyalarning ratifikatsiya qilinishi milliy darajada ayollar huquqlarini himoya qilishning zarur xalqaro-huquqiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Bu borada oliy ta'lim muassasalarida 2020-2021 o'quv yilida xotin-qizlarga 4 foiz qo'shimcha davlat grantlarining ajratilishi ularga berilgan yana bir imtiyozdir.
Bugun jamiyatimizning ilmiy-texnikaviy faoliyatida xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda. Olima ayollar tomonidan ilm-fan sohasidagi izlanishlar ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xo'jaligi, ijtimoiy-madaniy sohalarning rivojiga salmoqli hissa bo'lmoqda. 2018 yildan beri o'tkazib kelinayotgan "O'zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi" tanlovida ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion g'oyalarni amaliyotga j oriy etish maqsadida talaba va o'quvchi qizlar, dasturchi va tadbirkor ayollar ishtirok etib keladi. "Olima ayollar grantlari" tanlovi xotin-qizlarni ilm-fan sohasida qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga xizmat qiladi. Xususan, 2020 yilda tanlov doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy - amaliy akusherlik va ginekologiya tibbiyot markazining homilador ayolda endotelial tizimining ko'rsatkichlarini hisobga olgan holda homila yo'qotish sindromini rivojlanish xavfini erta tashxislashni ishlab chiqishga qaratilgan innovatsion loyihasiga yillik 899,9 million so'm miqdorida mablag' ajratilishi tasdiqlangan.
Mamlakatimiz ilm-fani va ma'naviyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan, milliy tarixda o'zining noyob iqtidori bilan nom qoldirgan, yuksak intellektual salohiyat va keng dunyoqarashga ega yuzlab ayollar nomini keltirish mumkin.
Oqqan daryo oqaveradi. Ilm-fan va tafakkur karvoni o'z yo'lida davom etadi, ustoz-shogird an'analari, avlodlar uzviyligi ta'minlanadi.
Ayni paytda ayollarning ilmiy faoliyatda nufuzi va o'rnini yanada oshirishga daxldor masalalar - olimalarga ijtimoiy muammolarni o'z vaqtida hal etishga ko'maklashish, tadqiqotlarni amalga oshirishning tashkiliy imkoniyatlarini yaratish, ilmiy faoliyatda gender diskriminatsiya muammosiga barham berish, olima ayollar uchun ilmiy nufuzli mukofotlar ta'sis etish, tadqiqot grantlari, xorijiy stajirovka dasturlarini kengaytirish, olimalarning akademik mobilligini oshirish, innovatsion g'oyalarni tijoratlashtirish, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash loyihalarini yo'lga qo'yish, ilm-fanni ijtimoiy taraqqiyotning drayveri va generatoriga aylantirish sohaning bundan keyingi rivojida samarali yechimdir.
Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, ta'lim olayotgan, mehnatda band bo'lgan xotin -qizlarimizning intilishlari va qobiliyatlarini inobatga olishimiz, ularni jamiyatda erkaklar bilan faoliyatini uzviy va uyg'un tarzda davom ettirish, imkoniyatlarini kengaytirish lozim. Ayollarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishimiz va jamiyatimizda ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish maqsadga muvofiq strategiyadir. Zero, unutmaylik, "Kelajak tarbiyasi olima ayollarimiz qo'lidadir" !! !
REFERENCES
1. SH.M.Mirziyoev raisligida o'tkazilgan Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo'nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilishidagi asosiy ma'lumotlar. 2017 yil 14 yanvar.
2. SH.M.Mirziyoev raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishidagi asosiy ma'lumotlar. 2022yil 2 mart.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18- fevraldagi PF-5938-son Farmoni.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-sentabrda "Xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquq va hamda imkoniyatlar kafolatlari" to'g'risidagi O'RQ-562-sonli qonuni.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019-yil 7-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlab o'tkazilgan tantanali marosimdagi nutqi.
6. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2015-yil 22-dekabrda qabul qilingan "Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar" to'g'risida rezolyutsiyasi
7. Qaxramon Abdulxamid O'Gli Axmedov, Aziza Jovli Qizi Sodiqova JAMIYATDA XOTIN -QIZLAR VA ULARNING IJTIMOIY FAOLLIGI // Academic research in educational sciences. 2023. №Periodical Collection 7. URL: https://cyberleninka.ru/article/nZjamiyatda-xotin-qizlar-va-ularning-ijtimoiy-faolligi (data obraщeniya: 13.02.2024).
8. Sayfullayeva D. A. et al. Methodology of using innovative technologies in technical institutions //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - С. 7505-75227505-7522.
9. Zokirova D. N. Goals And Objectives Of Organizing Independent Work Of Students //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 01. - С. 179-182.
10. Nematillaevna Z. D. Problems in providing independent learning education and ways to prevent them //Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. -Т. 11. - №. 1. - С. 1431-1436.
11. Зокирова Д. Н. Integration Of Professional And Educational Disciplines Into Training Of Self-Learning Motivated Students //Современное образование (Узбекистан). - 2021. - №. 6. - С. 24-28.
12. Usubovich O. O. et al. Problems Arising From the Use of the Case-Study Method and Methods of Their Prevention //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY. - 2022. - Т. 3. - №. 6. - С. 5-10.