TALABALARDA GENDER MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK
TIZIMI
Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Xolmo'minova Sevinch
1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi
o'qituvchisi
2Nizomiy nomidigi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti I bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10663646
Annotatsiya. Mazkur maqolada xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalarini, innovatsion g'oyalarini, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash, ta'lim sohasining asosiy faolligi, ta'lim, ilm-fan, sport hamda sog'likni saqlash sohasida xotin-qizlar imkoniyatlarni ta'minlash va rivojlantirish, dolzarb aloqador bilim va ko'nikmalarini muntazam takomillashtirishga qaartilgan fikr-mulohazalar bayon qilingan.
Kalit so'zlar: xotin-qizlar, gender tenglik, globallashuv sharoiti, gender farqlar, ijtimoiy zarurat, uzluksiz ta'lim, individual sifatlar, ilmiy faoliyat, ta'lim standartlari, ta'lim va tarbiya, ijtimoiy himoya.
Аннотация. В данной статье представлены основные направления деятельности в сфере образования, образования, науки, комментарии по предоставлению и развитию возможностей женщин в сфере спорта и здравоохранения, регулярному совершенствованию соответствующих знаний и навыков.
Ключевые слова: женщины, гендерное равенство, условия глобализации, гендерные различия, социальная необходимость, непрерывное образование, индивидуальные качества, научная деятельность, образовательные стандарты, образование и воспитание, социальная защита.
Abstract. In this article, the main activity of the field of education, education, science, comments on the provision and development of opportunities for women in the field of sports and health care, regular improvement of relevant knowledge and skills are presented.
Keywords: women, gender equality, conditions of globalization, gender differences, social necessity, continuous education, individual qualities, scientific activity, educational standards, education and upbringing, social protection.
Bugungi kunda o'quv-biluv jarayonida gender farqlar va o'ziga xosliklarni hisobga olish tabiiy pedagogik hodisa sifatida e'tirof etilmoqda. Biroq didaktikada ushbu hodisaning ilmiy talqini mavjud emas. O'quv-biluv jarayonida gender farqlarga oid o'ziga xosliklarni hisobga olmasdan turib, ta'lim natijasining samaradorligini ta'minlash mumkin emasligi barcha mutaxassislarga ayon bo'lmoqda. Ayniqsa, ruhshunoslar bu sohada bir qator yutuqlarni qo'lga kiritmoqdalar. Xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalarini, innovasion g'oyalarini, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash ta'lim sohasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bois, ta'lim, ilm-fan, sport hamda sog'likni saqlash sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash 2030-yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri etib belgilangan.
«Gender tenglikka erishish strategiyasi asosan, uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, qator ustuvor yo'nalishlarda amalga oshiriladi. Davlat xizmatida, ijtimoiy-iqtisodiy,
oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida, saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash shular jumlasidan.
Gender strategiyasini amalga oshirish orqali quyidagilarga erishiladi:
• Yuqori va quyi tizimdagi davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlash amaliyotini kengayadi.
• Gender nomutanosiblik mavjud bo'lgan davlat organlarida vaqtinchalik kvotalash tizimini joriy qilish orqali xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi mutanosiblik ta'minlanadi.
• Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan, ayniqsa qishloq joylaridagi oilalar xotin-qizlarini ish bilan ta'minlash, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, shuningdek, o'zini o'zi band qilishga erishiladi.
• Eng asosiysi — xotin-qizlarga nisbatan ish joylaridagi tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldi olinib, jamiyatda ularga nisbatan shakllangan salbiy qarashlarga barham beriladi.
Gender tenglik bu - huquqlarning tengligi demakdir. Hayotning har jabhalarida, jumladan ta'lim tizimida ayol va erkaklarga bo'lgan munosabat hamda imkoniyatlarning tengligini anglatadi. Bugungi kunda ta'lim sifatini ko'rsatkichi sifatida ta'limda gender yondoshuvi elementlarini joriy etish tobora ommaviylashmoqda. Ta'limda gender tengligi ijtimoiylashuv jarayonini ta'minlash hamda me'yor va tushunchalarni yetkazishda, shu jumladan gender tengligi to'g'risidagi sifatli bilim olishdan teng foydalanishni anglatadi. Jamiyatda gender tengligini ta'minlashga qaratilgan sifatli ta'lim bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda, o'quv dasturlarida, o'quv adabiyotida, ta'lim jarayonida, talaba va o'qituvchilar o'rtasidagi munosabatlarda gender tengsizlik masalalariga ta'sir qilish va hal qilishga qaratilgan. Bolonya jarayonining Ijtimoiy o'lchovida (Social Dimension) Yevropa oliy ta'limining (European Higher Education Area) raqobatbardoshligi va jozibadorligini oshirish uchun muhim omil etib ta'limga mazkur sifat tavsifi berilgan. Berlin kommyunikesida (2003-y.) milliy va Yevropa darajalarida ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash hamda ijtimoiy va gender tengsizlikni qisqartirish maqsadida ta'lim raqobatbardoshligini oshirishning zarurati Yevropa oliy ta'limining ijtimoiy tavsiflanishini yaxshilanishi bilan muvozanatlanishi kerak deb belgilab qo'yilgan. Genderga ta'sirchan amaliyotlarni va kamsitmaslik tamoyillarini qo'llashni ta'minlovchi malakali kadrlarni tayyorlash ta'lim tizimiga genderga oid bilimlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ta'limga gender tengligiga oid jihatlarni kiritish nafaqat xohish-istak va sifat masalasi, shu bilan birga, bu ta'lim tizimining yuridik majburiyati degan fikr ham mavjud. Masalan, Shvetsiyada Kamsitilish to'g'risidagi qonun (Discrimination Act, 2008 y.) qabul qilingan bo'lib, unga ko'ra gender tengligini targ'ib qilish bo'yicha faol choralarni ko'rish, misol uchun aniq maqsadlarni kiritish, ta'qib qilishni oldini olish bo'yicha choralarni ko'rish ish beruvchilar va o'quv muassasalarining majburiyatlariga kiritilgan.
Ta'lim olish orqali jamiyatda madaniy, siyosiy, etnik, diniy va gender xilma-xilliklarga bag'rikenglik g'oyalari shakllanadi. Ko'pincha ta'limdagi gender tengligi to'g'risidagi bahslar gender prioritetni muhokama qilish bilan cheklanib qolinadi: masalan, agar yigit va qizlarga oliy ma'lumot olishi uchun o'qishga kirish imkoni berilgan bo'lsa, demak ta'limdagi gender tenglik ta'minlandi deb hisoblanadi. Biroq, ta'limda gender tengligini ta'minlash - bu gender prioritetni ta'minlashdan ham kengroq bo'lgan konsepsiyadir.
Ta'limdagi gender tengligini tahlil qilishda turli xil o'lchovlarni ajratib olish mumkin.
YUNESKO gender tengligiga erishish bo'yicha quyidagi Doiraviy dasturni qo'llashni tavsiya qiladi (Gender Equality Framework):
• ta'lim olishda tenglik deganda yigit va qizlarga rasmiy va norasmiy ta'limga kirish uchun teng imkoniyatlar yaratish tushuniladi;
• o'quv jarayonidagi tenglik yigit va qizlar o'quv jarayonida adolatli baho va e'tibor olishi, ya'ni ular o'g'il va qiz bolalarni o'qitishning turli xil usullari bilan bog'liq bo'lgan maqbul kelishmovchiliklarni inobatga olib tuzilgan bir xil o'quv dasturlari orqali shug'ullanishini nazarda tutadi;
• ta'lim natijalaridagi tenglik yigit va qizlarning ta'lim natijalaridagi baholari ularning
individual iste'dodi va say-harakatlariga asoslanadi deganidir. Muvaffaqiyatga
erishishning adolatli imkoniyatlarini ta'minlash uchun ta'lim muddati, akademik malaka va diplomlari jinsiy mansublikka qarab farqlanishi mumkin emas;
• tashqi natijalardagi tenglik bu ayol va erkakning maqomi ularning tovar va resurslarni qo'lga kiritishda, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy faoliyatda ishtirok etish va foyda olishda o'z hissasini qo'shishdagi qobiliyati tengligidir.
Hozirgi kunda xalqaro tajribada oliy ta'lim tizimida genderga oid ta'lim berishning ikki xil yondoshuvi qo'llanilmoqda: "Gender tizimi" tushunchasi turli tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo'lib, turli mualliflar tomonidan har xil izohlanadi. Gender tizimi jinslararo munosabatlar birligidir. Gender tizimi ommaviy va norasmiy sohalarning gender o'lchovini taqozo etgani, gender ierarxiyasi boshqa ijtimoiy ierarxiyalar tizimlari bilan solishtirish tufayli bu turdagi tahlilda gender texnologiyalarini amalga oshiruvchi ijtimoiy institutlar rolini o'rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Gender munosabatlarining hukmronlik ma'nolari ko'p jihatdan ana shunday yondashuv rivojlanishi jarayonida namoyon bo'ldi.
So'nggi yillarda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tizimida gender masalalari, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, qobiliyatlarini erkin amalga oshirishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq normativ-huquqiy baza yanada takomilashtirildi. "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi (2019), "Xotin-qizlarni ta'ziyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi (2019) O'zbekiston Respublikasining qonunlari qabul qilindi. O'zbekistonda jamiyatning barcha sohalarida ayol va erkaklar teng huquq-ligini ta'minlashni maqsad qiluvchi 2020-2030-yillarda Gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilinadi. Strategiyadan ko'zlangan asosiy maqsad - barcha ayollar va qizlar, erkaklar va bolalar uchun ularning irqi, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotdagi fundamental inson huquqlarining ta'minlanishiga erishish hisoblanadi.
Xorijiy va MDH mamlakatlari olimlari E.Maer, K.Xiggins, I.Kon, A.Mudrik, L.Popova, I.I.Yukina, Yu.S.Tukacheva, L.I.Stolyarchuk va boshqalarning tadqiqotlarida gender va ta'limda gender yondashuv masalalari o'g'il va qiz bolalarga ta'limda bir xil imkoniyatlarni berish va tenglikni ta'minlash; o'quv jarayonida o'g'il va qiz bolalarning psixofiziologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularning o'z imkoniyatlarini to'laqonli ro'yobga chiqarishi uchun xizmat qiladigan o'qitishning shakl va metodlari, vositalarini tanlash; ta'lim muassasasida gender bag'rikenglikni, gender tenghuquqlilikni ta'minlash, shuningdek ta'lim mazmunining gender tahlilini amalga oshirish, o'qituvchilarning gender savodxonligini oshirish kabi yo'nalishlar keng o'rganilgan.
O'zbekiston Respublikasida gender yondashuv asosida uzluksiz ta'lim muassasalarida o'qitish sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish, kasbiy ta'limda gender masalalari kabi yo'nalishlarda tadqiqotlar (O.Musurmonova, N.Egamberdieva, R.Samarov,
U.Temirova va boshqalar) amalga oshirilgan. Mazkur tadqiqotlarda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari geder yondashuv orqali tahlil etilgan, pedagogik ta'limda gender yondashuv masalalari o'rganilgan.
Olimlarning fikricha, o'qituvchilarni tayyorlashda gender jihatlarni ishlab chiqish jarayoni va amalga oshirish tamoyillari ularni pirovard natijaga olib keluvchi asosiy bosqich hisoblanadi. Gender jihatlarni tushungan o'qituvchi gender muammolaridan xabardorligi va his qila olishi asnosida yosh avlodni ongli fikrlash va harakat qilishiga imkon yarata oladi.
Zamonaviy jamiyatda izchillik bilan va samarali tarzda ushbu tushunchaning ijtimoiy tahlili amalga oshirilib kelinmoqda. Gender tabiatan belgilanmagan, ijtimoiy xodisalar ato etgan xususiyatlar yig'indisidir. Gender - jinsning madaniy niqobi, bizning o'z ijtimoiy-madaniy tasavvurlarimiz doirasidagi jins haqidagi qarashlarimizdir. Buning ustiga, jins faqat gender demakdir, ya'ni uning ijtimoiylashtirilishi natijasida jinsni tashkil etgan narsadir.
Hozirgi zamon jamiyatida talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini belgilash, aniqlash va rivojlantirish gender yondashuv asosidagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, gumanitar munosabatlar asosida o'rganiladi. Oliy ta'lim tizimida gender yondashuv asosida talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti falsafiy-ijtimoiy xususiyatlar hamda pedagogik-psixologik o'ziga xosliklari bilan yoritib beriladi.
Gender borasida mazkur tahlil yo'nalishi jinsiy ramziylikni o'rganish nuktai nazaridan rivojlantirilgan. Jumladan, etnograflar o'z materiallarida oila-nikoh marosimlari, bolalar tarbiyasi va shu kabilarni o'rganish asnosida jinsiy ramziylik shakllariga e'tibor qaratib, shuni ta'kidlashdiki, ommaviy jinsiy tabaqalashtirish jinsiy ramziylik orqali insoniyat mavjudligining dastlabki bosqichlarida namoyon bo'lgan va mustahkamlangan.
Gender o'xshashlik - "Men" hamda boshqalar o'zaro hamkorligi jarayoni natijasida yuzaga kelgan xolda erkaklarga va ayollarga xos xususiyatlarning psixologik-pedagogik adaptatsiyasiga xizmat qiladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning oliy ta'lim tizimida talabalar tomonidan o'rganilishi gender yondashuv asosida talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishga ko'mak beradi. Hozirgi davrda oila, ta'lim, din, madaniyat kabi ijtimoiy institutlarning talaba-qizlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishdagi tarbiyaviy ahamiyati mazkur jarayon samaradorligini oshiradi.
Oliy ta'lim tizimida gender tafovutlar va gender stratifikatsiyasi ijtimoiy va pedagogik nuqtai nazardan o'zini oqlaydi. J.Stenli gender tafovutlarga nisbatan ilmiy nazariyani ilgari suradi. Genderdagi differentsiatsiya shunday jarayonki, unda erkaklar va ayollar o'rtasidagi biologik farqlar ijtimoiy mazmunga ega bo'ladi va ijtimoiy tasniflash vositasi sifatida qo'llaniladi. Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan, keng dynëqarashga ega bo'lgan talaba-qizlarni mutaxassis qilib tayyorlash va ular yordamida mamlakatimiz xotin-qizlari salohiyatini ko'tarish orqali jamiyatimiz ma'naviyati va moddiy farovonligini yanada oshirishning falcafiy-ijtimoiy xususiyatlari hamda pedagogik-pcixologik o'ziga xosliklari mavjuddir.
Zamonaviy sharoitda oliy ta'lim tizimida talaba-qizlarning jamiyatdagi ciëciy-ijtimoiy ishtiroki dinamikaki, ilmiy salohiyatni egallashdagi faoliyati, mehnat bozorida bandlik darajasi, nikoh munosabatlarida qadriyatli ëndashyvlar haqidagi faoliyati tarixiy davrlar nazariyalari bo'yicha tavsiflanadi. Gender yondashuv va shaxsga qadriyatli yondashuv asosida talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish bugungi kunda ta'lim sohasi hamda yoshlar ma'naviy saviyasini oshirishga xizmat qiladi.
Shunday ekan, ta'limda gender tenglikni amalga oshirish harakati o'qituvchidan boshlanib, uning kasbga tayyorlash bosqichidan, to uzluksiz malaka oshirish bosqichigacha, butun faoliyatini
qamrab olishi kerak. Shu bois, oliy ta'lim muassasalarida talabalarning kasbiy bilim va ko'nikmalardan tashqari, ularga muhim hayotiy ko'nikmalarni, shu jumladan tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini, muammolarni hal qilish, moslashuvchanlik, shaxslararo muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish, shuningdek mustaqil va hamkorlikda ishlashga o'rgatish gender kompetentlikni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Buning uchun oliy ta'lim tizimiga gender yondashuvni tatbiq etish va uni boshqarishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi.
REFERENCES
1. Alimova Madinaxon Iskanqar qizi, Egamberdiev N.B, UZBEK WOMEN IN DEVELOPMENT OF SCIENCE. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 1 JANUARY 2023. 17-25-p.
2. Dilshoda Jalilova Ural qizi, Shahzoda Jamilova. BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING E'TIBORLI JIHATLARI. YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI O'QITISHNING DOLZARB MASALALARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2023-yil 16-iyun. https://scholar.google.com/scholar?hl=en&as_sdt=0%2C5&q=0/o222181-3337
3. Madinakhon Alimova Iskandar qizi, Egamberdiev N.B. WOMEN IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION IN UZBEKISTAN: OPPORTUNITIES AND PROSPECTS. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 APRIL 2023. 451-452-453p.
4. Сайдуллаева, А. Р. (2022). НАЗНАЧЕНИЕ ТЕНДЕРНОГО ПОДХОДА В РАЗВИТИИ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ СТУДЕНТОВ. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(18), 705-711.
5. Saydullaeva, A. R. (2022). Gender Factors in Raising the Intellectual and Social Status of Women in Universities. American Journal of Social and Humanitarian Research, 3(10), 103107.
6. Saydullayeva, A. R. (2023). STRUCTURE AND COMPONENTS OF GENDER CULTURE DEVELOPMENT IN STUDENTS. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD, 2(5), 53-59.