Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM TIZIMIDA XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI RIVOJLANTISH'

OLIY TA’LIM TIZIMIDA XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI RIVOJLANTISH Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
144
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
GENDER NAZARIYASI / FEMINIZM / GENDER TENGLIK / XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Qurbanbayeva N.R.

Ushbu maqolada Gender nazariyasining vujudga kelishi, uning hayotga tadbiq etilishi hamda ta’lim tizimida xotin-qizlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning oʻziga xos asoslari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL DEVELOPMENT OF WOMEN IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM DEVELOPING ACTIVITY

This article describes the origins of gender theory, its application, and the specific foundations for the development of women's social activism in the education system.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM TIZIMIDA XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI RIVOJLANTISH»

Qurbanbayeva N.R. yo'nalishi talabasi Tarix fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi Sotsiologiya Berdaq nomidagi Qoraqolpoq Davlat Universiteti

OLIY TA'LIM TIZIMIDA XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI RIVOJLANTISH

Annotatsiya: Ushbu maqolada Gender nazariyasining vujudga kelishi, uning hayotga tadbiq etilishi hamda ta'lim tizimida xotin-qizlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning o'ziga xos asoslari ochib berilgan.

Kalit so'zlari: gender nazariyasi, feminizm, gender tenglik, xotin-qizlar faolligi.

Kurbanbayeva N.R.

student sociology

department of social sciences faculty of history Berdakh Karakalpak State University

SOCIAL DEVELOPMENT OF WOMEN IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM DEVELOPING ACTIVITY

Annotation: This article describes the origins of gender theory, its application, and the specific foundations for the development of women's social activism in the education system.

Keywords: gender theory, feminism, gender equality, women's activism.

Ta'lim strategik ahamiyat kasb etib, shaxs va jamiyat hayotida asosiy mavqeni egallaydi. Shaxs faqatgina gender tenglik va o'ziga xoslik hisobga olinib tashkil etilgan ta'lim jarayonida olingan bilim yordamida uzluksiz texnologik innovatsiyalarni o'zlashtirishi mumkin. Gender nazariyasining vujudga kelishida ijtimoiy-madaniy rivojlanishning muqobil nazariyasiga aylangan feminizm hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Feminizm - (fransuzcha "feministe", lotincha "femina" - "ayol") xotin-qizlarni kamsitishlardan xalos etishni targ'ib etuvchi, ular mavqeyini jamiyatdagi ijtimoiy voqealar hosilasi sifatida o 'rganuvchi oqimdir. [1.56] XX asrning 70-yillarida Z. Freyd va R. Xof g'oyalari bilan sug'orilgan an'anaviy-ijtimoiy fandan qoniqmagan feminizm nazariyotchilari o'zlarining g'arb mamlakatlariga xos madaniy, tarbiyaviy, nazariy-uslubiy yondashuvlarini ifodalay boshladilar. Feministik g'oyalarning

madaniyat va ta'lim-tarbiyaning turli sohalariga kirib borishi nihoyatda jadal sur'atlar bilan davom etdi.

70-yillarning boshida hammani hayratga solgan bahs-munozaralar, genderga nisbatan yondashuvlar va qarashlar asta-sekinlik bilan jamiyat a'zolari ongiga singa boshladi. Amalda jinsiy chegaralashga qarshi kurash BMTning xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi konvensiyasida ham e'lon qilingan. Ushbu g'oyalar YUNESKO faoliyati, shuningdek, ko'p sonli ijtimoiy, madaniy, ta'lim muassasalari, o'qituvchilar va ijtimoiy soha xodimlari uchun qo'llanmalar chop etadigan tashkilotlar manfaatlariga uyg'un bo'lib, jinsiy chegaralashga oid aqidalarni bartaraf etishga xizmat qila boshladi.

Rivojlangan mamlakatlar o'quv jarayonida gender farqlar va o'xshashliklarni yoshlar ongiga singdirishga xizmat qiladigan o'quv kurslari ham yuzaga keldi. Mazkur maqsadni amalga oshirish jarayonida mavjud o'quv dasturlarini yangi pedagogik texnologiya va zamonaviy usullarni qo'llagan holda takomillashtirish eng birinchi vazifa hisoblanadi. Takomillashtirilgan o'quv dasturlarida o'g'il va qiz bolalar tengligi, qolaversa, barcha fanlar bo'yicha o'quv materiallarining gender tenglik va farqlar asosida belgilab berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ta'lim jarayoni yangi o'quv vositalari - metodik materiallar va didaktik ishlanmalar yaratishni talab qiladi. O'z navbatida, o'quv-metodik materiallar nazorat vositalari bilan bog'liq ravishda tanlanishi lozim. Shuni ta'kidlash lozimki, istiqlolda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish nafaqat o'zlashtirish, balki o'g'il va qiz bolalarning har biriga xos bo'lgan tushunish, bilimlarni amaliy qo'llash va ijod ko'nikmalarini aniqlash asosida ham amalga oshirilishi lozim. Bu holat o'quvchilarning bilim darajasiga ijobiy ta'sir ko'rsatibgina qolmay, yangi sifatga ega bo'lgan aql-zakovat egasini tarbiyalaydi, ya'ni u o'ziga xos shaxsni shakllantirib, ular ongini o'stirish, shuningdek, dunyoning ijtimoiy, informatsion, texnologik va iqtisodiy o'zgarishlariga moslashishlariga katta yordam beradi. O'quvchilarni tarbiyalash va ularni bo'lajak amaliy faoliyatga tayyorlashda umummehnat ko'nikmalari katta o'rin tutadi. BMT Bosh Assambleyasining 2000-yildagi "Xotin-qizlar - 2000: Gender tenglik, taraqqiyot va tinchlik" mavzusidagi maxsus sessiyasi materiallari, Jahon banki tomonidan tayyorlangan so'nggi tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, iqtisodiy rivojlanish bilan gender tenglik o'rtasida uzviy bog'lanish mavjud. Mazkur muammoning jamiyat taraqqiyotida muhim o'rin tutishini so'nggi yillarda Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida ushbu sohaga bo'lgan qiziqishning ortib borayotganligi misolida ham yaqqol kuzatish mumkin. Jinsga asoslangan ta'lim-tarbiya o'quvchini kelajakdagi hayotga tayyorlashda har tomonlama ta'sir ko'rsatadigan ta'limiy-tarbiyaviy, ma'rifiy vositalar yig'indisidir.

Qadimgi madaniyat va xotin-qizlarga ularni an'anaviy ravishda ona va ayol deb qarash amaliyoti barcha darajalarda ustunlik qila boshladi. Hozirda

aholining huquqiy madaniyati darajasi ortib bormoqda. Xotin-qizlarni tom ma'noda yangi, demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyatining teng huquqli bunyodkoriga aylantirish yo'lida insoniyat ma'naviyat xazinasiga tayanadi. Pedagogika fanida erishilayotgan eng muhim yutuqlardan biri gender tenglik va farqlar asosida ta'lim berish imkoniyatlarining ochilayotganligidir. Bu hodisa ta'limni gumanitarlashtirish nuqtayi nazaridan ham alohida qimmatga ega.

Gender nazariyasi erkaklar va xotin-qizlarga xos xususiyatlarni farqlash masalasiga turli nuqtayi nazardan yondashadi. Jinslar o'rtasidagi asosiy farqlar erkak va ayolning ijtimoiy o'ziga xosligida namoyon bo'ladi. Ushbu farqlar jamiyatda ijtimoiy institutlar, me'yorlar va madaniy qarashlar vositasida shakllangan. Bunda gender farqlarning ijtimoiy jihatlari muhim ahamiyatga egadir. Gender tabaqalashtirish jamiyat va ta'lim tizimida ijtimoiy-pedagogik jihatdan insonparvarlik tizimini rivojlantirishga asos bo'ladi. Gender pedagogikasining asosi o'g'il va qiz bolalar ta'limining o'ziga xos jihatlarini quruq tavsiflash emas, balki gender tabaqalashtirish vositasida shakllantiriladigan o'quv, ijtimoiy ko'nikmalardir.

Korxona rahbarlari o'rtasida ayollar sonining ko'payishi kuzatilsa-da, ular faoliyatini oila doirasi bilan chegaralash tamoyili mavjud. Istiqlolga erishilgan dastlabki yillardan boshlab O'zbekistonda bu tendensiyani bartaraf etish va hayotning barcha jabhalarida ayollar mavqeyini ko'tarish borasida sezilarli sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ma'rifiy jihatdan jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan o'rin olishida o'zining ijobiy natijalarini bermoqda. Mana shunday o'zgarishlar barcha jabhalarda bo'lgani singari ta'lim-tarbiya tizimida ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, qadriyatlarimizni tiklash, o'zligimizni anglash, o'quvchilar dunyoqarashida milliy g'oya va mafkurani shakllantirish, ta'lim tizimini qayta qurish, har tomonlama yetuk, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash bosh vazifa qilib qo'yildi. Gender bilan bog'liq bo'lgan xatti-harakatga oid ko'rsatmalar, mehnatning erkaklar va xotin-qizlar mehnatiga bo'linishida yaqqol namoyon bo'ladi. Ushbu asoslar yordamida oliy ta'lim tizimida talaba-qizlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning ilmiy asoslari va texnologiyasini ishlab chiqish davr talabidir. Ta'lim tizimi jamiyatda nafaqat texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omili, balki ma'naviy va iqtisodiy rivojlanishning muhim strategik vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois mustaqil mamlakatimizda ta'lim sohasiga yil sayin katta e'tibor qaratilmoqda. Respublikamiz oliy ta'lim tizimida gender yondashuv asosida talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti bo'yicha tadqiqotlarning olib borilishi bo'lg'usi mutaxassislar ijtimoiy faolligining dunyodagi eng yangi tahliliy yutuqlar asosida shakllanishiga yordam beradi. Hozirgi davrda oila, ta'lim, din, madaniyat kabi jamiyatdagi

ijtimoiy institutlarning talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishdagi tarbiyaviy ahamiyati mazkur jarayon samaradorligini oshiradi. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-intellektual hayotida tub o'zgarishlar sodir bo'layotgan vaqtda o'quv jarayonini shaxsning gender tengligi va farqlari asosida tashkil etish masalasi ham pedagogik jarayon va tadqiqotlarning tarkibiy qismiga aylanishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Жеребкина И. А. Введение в гендерные исследования. - Санкт-Петербург.: 2001.

2. Фрейд З. Энциклопедия психоанализа. - Москва.: 1996

3. Хоф Р. Возникновение и развитие гендерных исследований // Пол, тендер, культура. - Москва.: 1999

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.