Научная статья на тему 'GENDER YONDASHUV ASOSIDA O‘QUVCHI-QIZLARDA IJTIMOIYMADANIY KOMPITENTLIKNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI.'

GENDER YONDASHUV ASOSIDA O‘QUVCHI-QIZLARDA IJTIMOIYMADANIY KOMPITENTLIKNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI. Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

393
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiya / gender yondashuv / faoliyat / ijtimoiy kompitentlik / integrativ texnologiyalar / competence / integration approach / activity / social competence / integrated technology

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sardorbek O‘razboy Tabib O‘g‘li Sharifzoda, Habibulla Qadamboyevich Karimov

Ushbu maqolada o„quvchi-qizlarda gender yondashuv asosida ijtimoiymadaniy kompitentlikni rivojlantirish omillari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes the factors in the development of socio-cultural competence of female students on the basis of a gender approach

Текст научной работы на тему «GENDER YONDASHUV ASOSIDA O‘QUVCHI-QIZLARDA IJTIMOIYMADANIY KOMPITENTLIKNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI.»

GENDER YONDASHUV ASOSIDA O'QUVCHI-QIZLARDA IJTIMOIY-MADANIY KOMPITENTLIKNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI.

Sardorbek O'razboy tabib o'g'li Sharifzoda

UrDU, "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi katta o „qituvchisi

Habibulla Qadamboyevich Karimov

Xorazm viloyati Shovot tumani 42-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi MMIBD

o'rinbosari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'quvchi-qizlarda gender yondashuv asosida ijtimoiy-madaniy kompitentlikni rivojlantirish omillari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, gender yondashuv, faoliyat, ijtimoiy kompitentlik, integrativ texnologiyalar

ABSTRACT

The article describes the factors in the development of socio-cultural competence of female students on the basis of a gender approach.

Keywords: competence, integration approach, activity, social competence, integrated technology

KIRISH

Inson oldiga yangi talablar qo'yilayotgan bugungi kunda ta'lim jarayonida shaxsda alohida sifatlarni shakllantirish taqozo qilinmoqda. Ular:

1. Siyosiy, ekologik, madaniyatlararo muammolarni yechish layoqatiga ega bo'lgan shaxslarni shakllantirish.

2. Madaniy, etnik, diniy qadriyatlar va farqlar, ijtimoiy turli-tumanliklarni hisobga olgan holda qadriyatshunoslik sohasidagi muammolarni yechishga layoqatli shaxslarni shakllantirish. Shuningdek, millatlararo muloqot vositalari va usullarini o'zlashtirish uchun qulay didaktik vaziyatlarni yaratish.

3. O'quvchilarni ijtimoiy hayotdagi turli rollarni, chunonchi, fuqaro, saylovchi, ota-ona, oila a'zosi kabilarni bajarishga tayyorlash.

4. Axborotlarni izlash, tahlil qilish imkonini beradigan umumiy ko'nikmalarni hosil qilish.

5. Ko'pvariantli vaziyatlar sharoitida qarorlar qabul qilish layoqatini shakllantirish. Shu bilan bir qatorda noaniq

July, 2022

371

vaziyatlarda qabul qilgan qarorlari uchun mas'uliyatni zimmasiga olish, jamoada ishlash va jamoa faoliyatini tashkil etish ko'nikmalarini shakllantirish.

6. Uzluksiz ta'lim olish layoqatiga ega bo'lish, bilish faoliyatining rivojlanishini ta'minlash kabilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan kompetensiyalarni shakllantirishga qo'yiladigan talablar ta'lim mazmunida bir turkumdagi fanlar integratsiyasini ta'minlash asosida o'z ifodasini topishi kerak. Chunonchi:

- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi. Uning tarkibiga siyosiy hamda ijtimoiy bilimdonlik, shaxsning mas'uliyatli bo'lishi, guruh ichidagi ziddiyatlarni kuch ishlatmasdan bartaraf etish layoqatini egallash imkoniyatlari kiradi.

- Milliy va umummadaniy kompetensiya.Ushbu kompetensiya doirasida ko'pmadaniyatli jamiyatda hayot kechirish uchun zarur bo'lga n bilimlar, tolerantlik muhitini rivojlantirish, boshqa din va millat vakillari bilan jamiyatda birgalikda yashash va mehnat qilish layoqatiga ega bo'lish kabilarning shakllantirilishi nazarda tutiladi.

- Kommunikativ kompetensiya. Mazkur kompetensiya doirasida bir va undan ortiq tilda yozma va og'zaki muloqot qila olish ko'nikmalari shakllantiriladi.

- Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi. Ushbu kompetensiya doirasida jamiyatdagi axborotlarni o'zlashtirish bilan bog'liq bilimlar, axborot texnologiyalarini o'zlashtirish, ularning imkoniyatlari va qo'llashdagi to'siqlarni anglab yetish, axborotlarga nisbatan tanqidiy-tahliliy munosabatda bo'lish, targ'ibot-tashviqot vositalarini ommaviy tarzda yoyish ko'nikmalari shakllantiriladi.

- O'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasi. Mazkur kompetensiya doirasida o'quvchilarni jadal tarzda o'zgarayotgan texnologiyalar muhitiga moslashtirish, ijtimoiy kasbiy sohada muvaffaqiyat qozonish uchun imkoniyat yaratish ko'zda tutiladi.

Ko'rsatib o'tilgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirish natijasida o'quvchilarni ijtimoiy hayot va istiqboldagi mehnat faoliyatiga jadal tayyorlash amalga oshirilib, u shaxsning har qanday faoliyat sohasida muvaffaqiyat qozonishini ta'minlaydi.[2]

Davlatimiz diqqat markazida turgan ko'psonli ijtimoiy muammolar orasida ayollarning ahvolini yaxshilash, ularni mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etish jarayoniga keng jalb qilish muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Aholining yarmini tashkil etuvchi xotin-qizlarning kundalik turmushi, ularning muayyan muammolari

July, 2022

372

katta ijtimoiy ahamiyatga molik bo'lib, ular jamiyatga ulkan ta'sir ko'rsatadi va ayollarning rivojlanishi umuman insoniyat taraqqiyotining aniq ko'rsatkichi hisoblanadi. BMT 1996 yildan boshlab insoniylik mezonlarining yana bir indeksini joriy etgani ham bejiz emas. Bu indeks ayollar va erkaklar o'rtasidagi aniq teng huquqlilikni ta'minlash hamda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, gender notengligini bartaraf etish bilan bog'liqdir. Hozirgi dunyoda ayollar va erkaklarning chinakam teng huquqliligini qaror toptirishga ijtimoiy taraqqiyotning, jamiyatni barqaror rivojlantirishning asosi sifatida qaralmoqda. SHuning uchun ham inson huquqlari sohasidagi barcha xalqaro-huquqiy hujjatlarda teng huquqlilik va kamsitmaslik prinsiplari izchil rivojlanib va mustahkamlanib bormoqda. Bu xalqaro hujjatlar xotin-qizlarga nisbatan kamsitmaslik prinsipining real hayotda qaror topishiga xalqaro hamjamiyat muhim ahamiyat berayotganligiga yaqqol dalolatdir.[1] Xotin-qizlarga insonning asosiy huquq va erkinliklari berilishini kafolatlaydigan huquqiy normalarni rivojlantirish - zarur qadam ekanligi, biroq bu ularni kamsitishlarni bartaraf etish uchun etarli emasligi xalqaro hujjatlarda e'tirof etiladi. Bu esa davlat ayollarning huquqlarini himoya qilishning qo'shimcha vositalari va samarali mexanizmlarini yaratishi shart ekanligini anglatadi. Davlat mustaqilligiga erishgach, O'zbekiston Respublikasi gender masalalarini hal qilish hamda xotin-qizlarning jamiyat ishlarida keng ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratish bilan muntazam shug'ullanish borasida tarixiy imkoniyatga ega bo'ldi. Bu ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy maqsadlarga erishish uchun eng muhim shartlardan hisoblanadi. O'zbekistonda erkaklar va ayollar o'rtasida to'liq tenglikka erishishga, xotin-qizlarning huquqiy va iqtisodiy ahvolini, ularning turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilashga, reproduktiv salomatligini saqlashga, shuningdek ayollarning ham, erkaklarning ham jamiyat va oiladagi an'anaviy rolini o'zgartirishga qaratilgan siyosat qonun chiqaruvchilik va ijro etuvchilik darajalarida olib borilmoqda. Mamlakatimizning oliy o'quv yurtlari xamda xalq ta'limi tizimida o'quvchi qizlarning huquqiy va ijtimoiy folligini rivojlantirish nazaryasi va amaliyoti bo'yicha tadqiqotlarning olib borilishi bo'lg'usi mutaxasislarning ijtimoiy faolligining dunyodagi eng yangi taxliliy yutuqlar asosida shakllanishiga yordam beradi.Gender yondashuv asosida keng dunyo qarashga ega bo'lgan o'quvchi qizlarimiz mutaxasislik asosida tayyorlash va ular yordamida mamlakatimiz xotin qizlari soloxiyatidan jamiyatimiz ma'naviyati va moddiy farovonligini yanada oshirish yo'lida to'laroq foydalanishga yordam beradi. Gender roli gender atrofidagi tushunchalardan kelib chiqadigan ijtimoiy umidlar, shuningdek, nutq, o'zini tutish, kiyimlar va imo-ishoralar shaklidagi xatti-harakatlardir. Erkaklar va ayollar g'oyalari, insonlarning fikricha,

July, 2022

З1З

bir-birini inkor etadi va ayrim madaniyatlarda rolga xos xatti-harakatlar qutblangan bo'lishi mumkin: sustlik - ayollarga, faollik - erkaklarga xos. Gender rollar bilan bog'liq bo'lgan xatti- harakatga oid ko'rsatmalar mehnatning erkaklar va xotin-qizlar mehnatiga bo'linishida ayniqsa, yaqqol namoyon bo'ladi Yurtimizda Gender siyosati to'g'ri qo'llangan xolda O'zbekiston Konstitutsiyasida xotin qizlarning siyosiy huquqlari aniq belgilab berilgan bolsa,Oila kodeksida ularning oilaviy huquqlari,Fuqorolik kodeksida xar bir insonning merosga vorislik va boshqa huquqlari,Mexnat kodeksida esa xotin qizlarning mexnatga oid ijtimoiy imtiyozlar bilan mustaxkamlangan. O'tgan yillar mobaynida mamlakatimizda ta'lim soxosida shuningdek ,gender tenglikda, sog'likni saqlash, ayollarga g'amho'rlik qilish bilan bog'liq masalalarda katta yutuqlarga erishildi. Mamlakatimizda kechayotgan demokratik isloxatlar jarayonida xotin-qizlarning faol ishtirokini xam ko rish mumkin.Respublika xotin qizlar qo'mitasi mamlakatimizda ayollarning jamiyatda tutgan o'rni, ularning xuquq va erkinliklarini ximoya qilishda muxim mavqega ega bo'lgan nufuzli jamoat tashkilotlaridan sanaladi.Tadbirkor ayol, fuqorolarning o'z-o'zini boshqarish orgonlari,ayollarning siyosiy faolligini oshirish maqsadida tuzilgan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati xam yuqoridagi fikrlarimizning yorqin dalilidir.Rasmiy kommunistik mafkura barxam topgach uning o'rnida vujudga kelgan bo'shliqni an'anaviy qadryatlar,urf odatlar egalladi. Xotin qizlarga - ularni an'anaviy ravishda ona va ayol deb qarash amaliyoti barcha darajalarda ustunlik qila boshladi.Bunday amaliyot xotin-qizlarning, ayniqsa,qishloq ayollarining axvoli,tanlash imkoniyatiga jiddiy ta'sir ko rsatadi. Hozirda xam xotin qizlarni kamsituvchi qarashlar va urf odatlar aqidalar bazan uchrab turadi. Buning uchun aholining huquqiy madaniyatini oshirishimiz darkor. Bu boradagi kamchiliklarga barxam berish, xotin qizlarni tom ma'noda yangi,demokratik tamoyillarga asoslangan fuqorolik jamiyatining teng huquqli bunyodkoriga aylantirish eng dolzarb masalalaridan biridir. Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan, keng dunyoqarashga ega bo'lgan o'quvchi-qizlarni mutaxassislik asosida tayyorlash va ular yordamida mamlakatimiz xotin-qizlari salohiyatidan jamiyatimiz ma'naviyati va moddiy farovonligini yanada oshirishning falsafiy-ijtimoiy xususiyatlari hamda pedagogik-psixologik o'ziga xosliklari mavjuddir. Zamonaviy sharoitda o'quvchi-qizlarning jamiyatdagi siyosiy- ijtimoiy ishtiroki dinamikasi, ilmiy salohiyatni egallashdagi faoliyati, mehnat bozorida bandlik darajasi, nikoh munosabatlarida qadriyatli yondashuvlar asosidagi faoliyati tarixiy davrlar nazariyalari bo'yicha tavsiflanadi.

July, 2022

XULOSA

Gender yondashuv va shaxsga qadriyatli yondashuv asosida o'quvchi-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish bugungi kunda ta'lim sohasi hamda yoshlar ma'naviy saviyasini oshirishga xizmat qiladi, huquqiy tarbiyani takomillashtirish, gender tengligiga erishishga harakat qilish oilada yuzaga keladigan har qanday nizo, ixtilof va muammolarni tinch yo'l bilan bartaraf qilishga imkoniyat yaratadi. Farzandlarga esa odatlarga tayangan gender vazifalarini bajarishni uqtirmay, oilaviy hayot uchun zarar keltiradigan salbiy an'analarga emas, balki ularga bevosita gender tengligiga asoslanib tarbiya berish o'rinlidir.

REFERENCES

1. Z.Boboeva,Z.Usmonova Gender tadqiqoti asoslari kursi xrestomatiyasi T.: O'zbekiston. 2003

2. Sharifzoda S. Integrative methods of formation of basic competencies in students. Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3)

ISSN 2651-4451 | e-ISSN 2651-446X (2021)

3. Karimov I.A. Inson, uning huquqlari va erkinliklari hamda manfaatlari - eng oliy qadriyat. Prezident Islom Karimovning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi. -//Halq so'zi, 2005 yil 8 dekabrb

July, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.