Научная статья на тему 'GENDER TENGLIGINI TA’MINLASHDA XOTIN-QIZLARNING TA’LIMIGA OID JIHATLAR TAHLILI'

GENDER TENGLIGINI TA’MINLASHDA XOTIN-QIZLARNING TA’LIMIGA OID JIHATLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
9
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) / barqaror rivojlanish / gender tengligi / xalqaro konvensiyalar / oliy ta’lim / ilm-fan / rahbar ayol.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Radjabova Aziza Matlubovna

zkur maqolada gender tengligini ta’minlashgda xotin-qizlar salohiyatidan unumli foydalanish mamlakat taraqqiyoti yo’lida muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan. Shuningdek, bunda ilm-fan va ta’limda xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish nafaqat ularning iqtisodiy va ijtimoiy mavqeyini mustahkamlashga xizmat qilishi, balki jamiyat farovonligi yo’lida muhim omillardan biri ekanligi xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GENDER TENGLIGINI TA’MINLASHDA XOTIN-QIZLARNING TA’LIMIGA OID JIHATLAR TAHLILI»

GENDER TENGLIGINI TA'MINLASHDA XOTIN-QIZLARNING TA'LIMIGA OID

JIHATLAR TAHLILI Radjabova Aziza Matlubovna

siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD), mustaqil ekspert https://doi.org/10.5281/zenodo.10667033

Annotatsiya: Mazkur maqolada gender tengligini ta'minlashgda xotin-qizlar salohiyatidan unumli foydalanish mamlakat taraqqiyoti yo'lida muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan. Shuningdek, bunda ilm-fan va ta'limda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish nafaqat ularning iqtisodiy va ijtimoiy mavqeyini mustahkamlashga xizmat qilishi, balki jamiyat farovonligi yo'lida muhim omillardan biri ekanligi xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), barqaror rivojlanish, gender tengligi, xalqaro konvensiyalar, oliy ta'lim, ilm-fan, rahbar ayol.

Аннотация

В данной статье обосновано, что эффективное использование женского потенциала в обеспечении гендерного равенства важно для развития страны. Поддержка и поощрение женщин в науке и образовании не только служит укреплению их экономического и социального статуса, но и является одним из важных факторов благополучия общества.

Ключевые слова: Организация Объединенных Наций (ООН), устойчивое развитие, гендерное равенство, международные конвенции, высшее образование, наука, женщина-лидер.

Annotation

This article strongly asserts the critical importance of harnessing the full potential of women to ensure gender equality, which is absolutely crucial for the development of the country. It is imperative to actively support and promote women in fields such as science and education to bolster their economic and social status, and this is an essential factor in ensuring the overall well-being of society.

Keywords: United Nations (UN), sustainable development, gender equality,international conventions higher education, science, female leader.

"Taraqqiyotning qaysidir bir bosqichida biz aslida kim ekanligimizni va hayotimizda muhim bo'lgan qarorlarni qabul qilishda javobgar ekanligimizni anglab yetamiz. Bu qarorni Siz o'zingiz uchun qabul qiling, chunki, Siz o'zganing emas, o'z haqiqiy hayotingizda yashaysiz".

(Eleonora Ruzvelt)

XXI asrda qamrovi yanada kengayib borayotgan muammolar, qashshoqlik, qashshoqlikning feminizatsiyalashuvi, ishsizlik, ekologik xavfning ortishi, ayollarga nisbatan zo'ravonlikning avj olib borayotganligi, hokimiyat va boshqaruv organlariga cheklovlar yer sayyorasining teng yarim aholisini tashkil etuvchi xotin-qizlar holatiga befarq bo'lmaslik kerakligini ta'kidlaydi. Barqaror rivojlanish, tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, shaxs manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yish jamiyat hayotining zaruriy shartidir. Bunda hukumatlar va xalqlar o'rtasidagi hamkorlik, xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning tubdan o'zgarishi, jamiyatlarda ayollar va erkaklar o'rtasida to'liq va teng huquqli sheriklik munosabatlarining o'rnatilishi har qachongidanda dolzarbroq ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, aholi sonining ortishi, ularning eng ko'p qismi rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to'g'ri kelishini va ayollar ulushi bunda yuqori ekanligini hisobga olgan holda, gender tengligini ta'minlashga oid siyosatning barcha darajalarda ustuvor ahamiyati yaqqol ko'rinadi. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti

(BMT) taxminiy xulosalariga ko'ra, 2025-yilda dunyo aholisining 60 yoshdan oshgan aholi qatlami (ularning teng yarmini ayollar tashkil etadi) asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda istiqomat qiladi. Shu sababli rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotining barqaror o'sishda davom etishi, global muammolar aholi turmush tarziga salbiy ta'sir yetkazish oqibatlarini oldini olishga butun jahon hamjamiyati jiddiy yondashuvi talab etiladi. Iqtisodiy resurslarga egalik qlishning nomuvofiq taqsimoti, iqtisodiy nobarqarorlik sababli ishchi migrantlar soni ortib bormoqda. Shuningdek, norasmiy sektorda faoliyat yurituvchi migrant xotin-qzlar soni ham ko'payib bormoqda. Mazkur vaziyat davlatlardan nafaqat mamlakat ichki hududida, balki tashqi siyosatda ham gender tengligi tamoyilining amal qilish xususiyatlarini puxta isloh qilish lozimligini talab etilayotganligi yaqqol ko'rsatib turibdi.

Global hamjamiyat barqaror taraqqiyotga erishish yo'lida samarali islohotlar ko'lamini qanchalik oshirishga intilmasin, birdek ta'lim olish, siyosiy va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish, erkin kasb tanlash va ishga joylashish, o'z xohishiga binoan oila qurish huquqidan hali-hanuz teng foydalanish imkoniyati cheklangan. Insonning tug'ilishi bilan aniq belgilab qo'yiladigan norma, standart, qoida, harakatlar me'zoni uning butun hayoti davomida amal qiladi. O'g'il va qiz bola alohida yo'nalishlarda tarbiyalanadi. Ularning biologik xilma-xilligi ijtimoiy rollarini (gender munosabatlarini) belgilab beradi. Mana shu yerdan bir jins ustidan ikkinchi jinsning ustunlik jihatlari namoyon bo'la boshlaydi. O'g'il bolalar kuchli, qo'rqmas, kurashuvchan, sobit, faol, intiluvchan, yetakchi sifatida tarbiyalanadi va bu ularga o'ziga bo'lgan ishonchni oshiradi. Qiz bolalar passiv, his-tuyg'ularga beriluvchan, uy-xo'jalik ishlari bilan band, ko'nikuvchan ruhda tarbiyalanadi, uning qiziqish va xohishlari kamdan-kam hisobga olinadi va bu uning o'ziga bo'lgan ishonchini so'ndiradi, shuning boshqalar u uchun qaror qabul qilishlariga moslashish instinktini shakllantiradi. Gender, aynan mana shu jihatlarni hisobga olgan holda jamiyatda erkak va ayolning ijtimoiylashuv jarayonlarida muhim ahamiyatga ega va ular o'rtasidagi aloqalar ma'lum bir o'rnatilgan axloqiy me'yorlar, madaniy qoliplar asosida qurilganligini o'zida aks ettiruvchi ijtimoiy munosabatlar jamlanmasidir.

O'zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatning a'zosi sifatida gender borasidagi davlat siyosatini yanada takomillashtirish, xalqaro hamkorlikning genderga oid jihatlarini samaradorligini oshirish, gender ta'sirchan siyosat umumdavlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri sifatida amal qilinishini ta'minlab kelmoqda. Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash milliy gender tengligiga erishish strategiyasini amalga oshirish va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni ta'minlash borasidagi eng ustuvor yo'nalish sanaladi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 841-son "2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonlari, 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi va "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-son "2030-yilga qadar O'zbekiston Respublikasida Gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida"gi Qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022— 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" to'g'risidagi

Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmoni mazkur yo'nalishdagi siyosatning huquqiy asosini tashkil etadi. Sh.Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasida yuqori minbardan turib: "Biz gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlarni qat'iy davom ettiramiz"-deya, - bu boradagi mamlakatning joriy siyosiy xohish-irodasini ifodaladi. Bu O'zbekistonning genderga oid siyosati xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashga asoslanganligi va ular uchun teng imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda, genderga asoslangan xalqaro hamkorlik munosabatlarida ochiq siyosatning namoyon bo'lishi bilan ifodalanadi.

O'zbekistonda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini, gender tenglikni ta'minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o'rinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, mamlakatda kechayotgan islohotlar jarayonida faol ishtirokini ta'minlash va boshqaruv masalalari dolzarb bo'lgan bir sharoitda, rahbar ayol imidjini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Bu borada dastlabki qadam sifatida xalqaro tajribaga tayanildi va o'rganib chiqilib, mos ravishda tadbiq etildi. Bu jabhada hukumat tomonidan hozirga qadar 80 dan ortiq xalqaro konvensiya, bitim va shartnomalarni imzolandi, inson huquqlariga oid 69 ta xalqaro huquqiy aktni, shu jumladan, BMTning 6 ta asosiy konvensiyasi ratifikatsiya qilindi, shuningdek, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini tartibga soluvchi 700 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashga oid mexanizmlar yaratildi, mustahkam institutsional tizim yaratildi.

Shu bilan bir qatorda Xotin-qizlar ta'limi va salomatligi borasida ham sezilarli va samarali ishlar amalga oshirildi. Og'ir xastalikka chalingan xotin-qizlarning yuqori texnologik tibbiy yordam olishlari, nogironligi bo'lgan ayollarnngi reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlanishlari, turli skrining tekshiruvlari, emlash va bepul dori-darmon hamda vitaminlar bilan ta'minlanishlariga oid choralari ko'rilmoqda. Ta'lim sohasida xotin-qizlarning ta'limning barcha bosqichlarida qamrovi masalasi, shuningdek, ularning Oliy ta'limdan keyingi bosqichlarda moliyaviy imtiyozlar berish, Xorijiy Oliygohlarda ta'lim olishlarini rag'batlantirish, kam ta'minlangan oila qizlarining imtiyozli ta'lim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Joriy o'quv yilidan boshlab, ta'lim kontraktlarini to'lash uchun ilk marotaba 7 yil muddatga foizsiz kredit ajratish yo'lga qo'yiladi. Buning uchun joriy yilda banklarga 1 trln. 800 mlrd. so'm, kelgusi besh yilda esa 8 trln. so'm mablag' ajratiladi. Bundan tashqari, kelgusi o'quv yilidan boshlab, magistraturada tahsil olayotgan qizlarning kontrakt pullari byudjetdan davlat tomonidan qoplab beriladi. Shuningdek, ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo'qotgan talaba qizlarning ta'lim kontrakti mahalliy byudjetdan to'lanadi. Olimlar orasida xotin-qizlar ulushini oshirish maqsadida doktoranturaga kirish uchun har yili kamida 300 tadan kvota o'rinlari ajratish, shu bilan birga 2022-yil 1-sentabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan to'lash tartibini joriy etish maqsadida joriy yilda budjetdan 200 mlrd. so'm, 2023 yilda esa 1,7 trln. so'm mablag' yo'naltirilishi ko'zda tutilgan. Ma'lumot o'rnida: 2021-yilda 2000 nafar qiz alohida grant asosida oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan bo'lib, natijada OTMlarga kirgan talabalarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.

Shuningdek, birgina 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi shuni ko'rsatadiki, 2023-yilda gender tenglikni ta'minlash hamda ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish yuzasidan 13 ta normativ-huquqiy hujjat (shundan 3 tasi Qonun, 4 tasi Prezidentfarmoni

va qarori, 6 tasi Hukumat qarori) qabul qilindi. Xususan, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi. Xususan, saylov kodeksiga siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko'rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizdan 40 foizga oshirishni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritildi.

Bu kabi islohotlar, xotin-qizlarga bo'lgan alohida e'tiborni ko'rsatadi. Shu bilan bir qatorda, mamlakatda mavjud qator muammolarning o'z yechimini topishiga ko'maklashadi. Xususan, bandlikni ta'minlash orqali ishsizlik darajasini kamaytirish, ayollarning ta'limga bo'lgan qiziqishini rag'batlantirish natijasida xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning innovatsion g'oyalarini, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash orqali iqtisodiyotni rivojlantirish, siyosiy faollikni oshirish orqali qarorlarning jozibadorligini ta'minlash va ijtimoiy hayotda baxtlilik va farovonlik darajasini oshirishga erishiladi.

Bunda quyidagi jihatlar o'ta muhim sanaladi:

Birinchidan, mamlakatda ilm-fanga bo'lgan har qanday qiziqishni rag'batlatirish, bunda xotin-qizlarning iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda ular raqobatlasha oladigan muhitni shakllantirish;

Ikkinchidan, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ishlash mexanizmini nazorat

qilish;

Uchinchidan, Xorijda ta'lim olayotgan kadrlar va yetuk mutaxassislar bilan mahalliy kadrlar va mutaxassislar integratsiyalashgan muhitni shakllantirish; Barcha sohalarda hamkorlikni yo'lga qo'yish;il

To'rtinchidan, rahbar kadrlarni tayyorlash, mutaxassislarning malaka oshirishlari alohida mentoring, trening kurslarni takomillashtirish;

Beshinchidan, ilm-fan yutuqlaridan unumli, ratsional foydalangan holda qaror-qabul qilish jarayonlariga, aholining xabardorlik darajasini oshirish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.